3-Ma’ruza. Analizatorlarning yosh xususiyatlari va gigiyenasi. Ichki sekretsiya bezlarining yosh xususiyatlari



Yüklə 42,2 Kb.
səhifə1/11
tarix25.05.2023
ölçüsü42,2 Kb.
#112886
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
3- Ma\'ruza


3-Ma’ruza. Analizatorlarning yosh xususiyatlari va gigiyenasi. Ichki sekretsiya bezlarining yosh xususiyatlari.
Reja:

  1. Analizatorlarning umumiy tuzilishi va ahamiyati.

  2. Ko`rish analizatorining yosh xususiyatlari

  3. Eshitish analizatori.

  4. Eshitish gigiyenasi.

  5. Muvozanat apparati.

Tayanch tushunchalar: Analizator, sklera, rangdor parda, to`r parda, gavhar, ko`z akkomodatsiyasi, yaqindan va uzoqdan ko`rish, nog`ora pardasi, uzangi, sandon, bolg`acha, yevstaxiy nayi, chig`anoq, yarim aylana kanallar.


Analizatorlarning fiziologiyasi va gigiyenasi. Odam organizmi tashqi muhit bilan uzviy bog`langan, bu bog`lanish sezgi organlari orqali amalga oshadi, ya'ni tashqi muhitning barcha omillari sezgi organlariga ta'sir etadi va ular bosh miyadagi markazlariga qabul qilinadi. Sezgi organlarga ko`rish, eshitish, teri, hid bilish, ta'm bilish analizatorlari kiradi.
I.P.Pavlov sezgi organlari markazini analizatorlar deb atagan. Analizatorlar bosh miya po`stloq qismida joylashgan.
Har bir analizator uch qismdan tashkil topgan.
1.Analizatorlarning pereferik ya'ni retseptor qismi. Analizatorning periferik bo'g'imi hisoblanadi, ular ma'lum ta'sirga javob beruvchi nerv uchlari bilan tugaydi. Reseptor tuzilishi, joylashishi, funksiyasiga ko'ra turli xil bo'ladi. Ayrim reseptorlar oddiy tuzilishga ega bo'lgan nerv uchlaridan iborat bo'lsa, ayrimliri murakkab tuzilishdagi sezgi organlarining alohida tuzilmalari yig'indisidan iborat bo'ladi. Retseptorlar joylashishiga qarab ikki qismga ekstroretseptorlar va introretseptorlarga bo`linadi.
Ekstroretseptorlarga: teri, ko`z, quloq, hid bilish, ta'm bilish organlarida joylashgan retseptorlar kiradi. Ular turli xildagi tashqi ta'sirlarni qabul qiladi.
Introretseptorlar: esa ichki organlarda joylashgan bo`lib, ular organizmning o`zida hosil bo`ladigan ta'sirni qabul qiladi.
Properioretseptorlar: muskullar, paylar va bo`g`imlarda joylashgan retseptorlardir.
O'tkazuvchi qism. Qo'zg'alishni reseptordan bosh miya yarimsharlariga o'tkazadigan markazga intiluvchi neyronlardan tashkil topadi.
Markaziy qism. Bosh miya yarim sharlarining ma'lum reseptorlardan ta'sirni qabul qilib oluvchi qismlarini o'z ichiga oladi.
Analizatorning barcha qismlari bir butun holda ishlaydi, agar biror qismi shikastlansa butun analizator funksiyasining buzilishiga olib keladi.



Yüklə 42,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə