3-Mavzu: Kaykovusning “Qobusnoma” asari va juvonmardlik tarbiyasi reja



Yüklə 138,76 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix07.06.2022
ölçüsü138,76 Kb.
#88970
3-Mavzu Kaykovusning “Qobusnoma” asari va juvonmardlik tarbiyas



3-Mavzu:Kaykovusning “Qobusnoma” asari va juvonmardlik tarbiyasi 
REJA: 
1.
Kaykovusning “Qobusnoma”asarining yaratilishi va tuzilishi. 
2.
Asarda ilgari surilgan ta'lim-tarbiya va ahloq masalalari. 
3.
“Qobusnoma” asarida barkamol inson tarbiyasida qo`llaniladigan metod va usullarning 
ifodalanishi. 
4.
Javonmardlik tarbiyasi. 
5.
“Qobusnoma” asari ilk pandnoma sifatida yoshlarni hayotga, amaliy faoliyatga 
tayyorlashdagi ahamiyati. 
 
Darsning maqsadi: 
Kaykovusning “Qobusnoma” asarining yaratilishi,asarda ilgari 
surilgan ta'limiy ahloqiy masalalar,barkamol inson tarbiyasida qo`llaniladigan metod va usullar 
haqida tushuncha berish. 
 Darsdagi asosiy tushunchalar: ”
Pandnoma”, ”ta'limiy-axloqiy asar”, ”pandnomai 
muluk”, adolat, davlat, aql ramzi, javonmardlik. 
Darsning umumiy metodlari: 
og`zaki bayon qilish, ko`rgazmalilik, interfaol metodlar, 
nazorat va o`z-o`zini nazorat. 
Talabalarga qo`yiladigan umumiy talablar: 
Qo`shimcha adabiyotlarni tahlil qilish, 
konspektlash, ijodiy izlanuvchanlik, faol ishtirok, qo`yilgan muammolarni og`zaki bayon etish. 
O`qituvchiga qo`yiladigan talablar: a) 
talabalarni jalb etish; b) didaktik maqsadni 
tushuntirish; v) faollashtiradigan bilim va ko`nikmalarni Rag`batlantirish; g) Aniq reaktsiya 
paydo qiluvchi o`quv materiallariga yo`naltirish; d) talabalar reaktsiyasini rag`batlantirish, ye) 
talabalar harakatini baholash. 
Dars jarayonida har ikkala tomondan (o`qituvchi va talaba) quyidagilarga alohida e'tibor 
beriladi:
 
Kerakli bilimlarni yetkazish va o`zlashtirish, reproduktiv darajadagi ko`nikmalarni 
shakllantirish- qabul qilish, faoliyatni yaxlitligicha va qismlarga bo`lib ko`rsatish, ko`nikmalarni 
soddalashtirgan sharoitda berish-o`zlashtirish, uzluksiz qaytuvchan aloqa va ijodiy 
mustahkamlashga asoslangan mustaqil ishni tashkil etish, izlanuvchan yaratuvchanlik fazasiga 
o`tish, muammoli vaziyatlar yaratish, imitatsion modellash, talabalarning o`z faoliyatini o`zlari 
tahlil qilishi. 
Ta'lim standarti va dasturiga asosan mavzu mazmunini ochishda quyidgilarga alohida 
e'tibor beriladi: Ming yillarga yaqin davrdvn beri xalqni , yoshlarni hayotga, amaliy faoliyatga 
tayyorlashda qo`llanma bo`lib kelayotgan “qobusnoma” asarining muallifi Unsurul oliy 
Kaykovus gilon qabilasidan bo`lgan. Kaykovusning o`z ta'kidlaganidek, butun bir asar oxirigi 
bobida ta'rif berilgan javonmardlik tarbiyasiga bag`ishlangan. Kaykovus”...barcha fikr va 
tushunchalarim sening uchun kitobga yozdim va har bir ilm,har hunar va har peshakim bilur 
edim,hammasini qirq to`rt bobda bayon edim.”-deyish bilan har bir yoshning aqliy,ahloqiy 


,jismoniy tarbiyasiga oid turmush tajribasi bilan bog`langan holda kamolga yetkaztsh yo`llari va 
usullarini bayon etgan. Kitobda javonmardlar egallashi zarur bo`lgan quyidagi yo`nalishlarda 
ta'lim-tarbiya berish nazariyasi tutilgan:Kaykovus bilim haqida,hunar va turli kasb egalari 
haqida,turmush va xulq odob haqida,jismoniy yetuklik haqida. Kaykovusning “qobusnoma” 
asarida yoshlar tarbiyasida-javonmardlik talablaridan eng muximi –bu yuksak axloqlilik tarbiyasi 
ekanligii keltiriladi. Yoshlarda insonga nisbatan insoniy munosabatda bo`lish, adolatlilik
samimiylilik, saxiylik, mardlik kabi xislatlarni tarkib toptirini istaydi va shuningdek,doim yaxshi 
kishilar bilan xamkor bo`lishni, kishining o`zi ham ezgu, yaxshi ishlar qilib yashsa, yaxshi 
natijaga erishishi mumkinligini ta'kidlaydi. 
ADABIYOTLAR 
1.
I.A.Karimov Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q. «Muloqot» jurnali. 1998 yil, 5-soni. 
2.
I.A.Karimov Manaviy yuksalishi yo`lida. Tosh.O`zb. 1998 y 
3.
Kaykovus «Qobusnoma» 2-nashr «Istiqlol».1994 y. 
4.
Mirtursunov Z.F.O`zbek xalq pedagogikasi. T. Fan. 
5.
Rajabov S. R. Tarbiya va o’qitish haqida klassik ta’limot. T. «Fan» 1971 yil. 
6.
O`zbek pedagogikasi tarixi. (prof. A.Zunnunov taxr.ostida)T.O`qituvchi 1997y 
7.
Hasanboev J, Hasanboeva O, X.Hamidov “Pedagogika tarixi”T. O`qituvchi.1997y 

Yüklə 138,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə