44-Amaliy mashg’ulot Mavzu: Tuzilmalar va tektonik xarakatlar ifodalanishi



Yüklə 14,76 Kb.
tarix22.05.2023
ölçüsü14,76 Kb.
#112112
44-Amaliy mashgulot


44-Amaliy mashg’ulot
Mavzu: Tuzilmalar va tektonik xarakatlar ifodalanishi.
Yangi geotektonik gipotezalar doirasida (R. Bemmelen, B. va S. Willis, V.V.Belousov) burmalar hosil bolishida yer qobigʻining katta koʻtarilmalaridan togʻ jinslari siljishi (koʻchishi) natijasida hosil boʻlishi degan taxminlar qoʻllanildi. Bu “gravitatsion sirpanish” gipotezasi ancha keng tarqalishga erishdi.
Yadrosida tuzli yoki gipsli gumbaz shaklidagi burmalar hosil boʻlishi - tuzli gumbazlari - zich qatlamlarning ostidan zichligi nisbatan kamroq boʻlgan jinslarning (tuz, gips) gravitatsion chiqib kelishi ancha keng tarqaldi.
Kontraktsiya gipotezasidan xoli ravishda burmalar hosil boʻlishining yana uchinchi imkoniyati mavjud boʻldi - uning asosida maʻlum hududlarda qatlamlarning vertikal bosim ostida katlamlar orasida paydo boʻladigan mahalliy gorizontal oqimlar yotadgan edi (M.M.Tetyayev). Bu oxirgi nuqtai nazarning eng toʻliq rivojlanishi V.V. Belousov tomonidan amalga oshirildi. .
Shunday qilib, geotektonikada yer qobigʻining tuzilishida vertikal kuchlarning etakchi oʻrni haqidagi tasavvurlar shakllandi. Gorizontal kuchlarning ta’siri burmalar hosil boʻlishidagi oʻrni vertikal kuchlar ta’siri natijasi deb qabul qilingan.
M.V.Gzovskiyning davri geologik muhitda kuchlanish va deformatsiyalarni oʻrganishning nazariy asoslari sezilarli rivojlanganligi bilan tavsiflanadi. Deformatsiya jarayonlarining, geologik muhitning kuchlanish holatlari toʻgʻrisidagi fizik tasavvurlari qayta koʻrib chiqildi, yangi atamalar paydo boʻldi.
Oʻsha paytda geotektonikada burmalar hosil boʻlishining turli gipotezalar mavjud edi. Bularga kontraktsiya, pulsatsiya gipotezalari, kontinentlar harakatlanishi gipotezasi, gravitatsion sizilib tarqalish gipotezalari va boshqalar kiradi.
Burmalar paydo bolishning sababi sifatida yerning qobiq osti qismi hajmining davriy ravishda umumiy qisqarishi togrisidagi tushunchalar yotar edi.
Ular orasida eng ahamiyatlisi hajmning qisqarishi yer qobigʻidan ancha chuqurroq sodir boʻladi deb taxmin qilinishi boʻlgan (P.N. Kropotkinning chuqur kontraktsiya gipotezasidir). Bu fikrlarning barchasini batafsil koʻrib chiqish kerak edi.
Yüklə 14,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə