5 – mavzu. O ‘simlikchilik tarmoqlari iqtisodiyoti



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/12
tarix29.11.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#142415
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
5 – mavzu. O ‘SIMLIKCHILIK TARMOQLARI IQTISODIYOTI



5 – mavzu. O ‘SIMLIKCHILIK TARMOQLARI IQTISODIYOTI 
1.0‘simlikchilik tarmoqlarining ahamiyati. 
O‘simlikchilik - qishloq xo‘jahgi ishlab chiqarishining asosiy tarmoqlaridan biri bo‘lib, 
o‘z ichiga dalachilikda ekinlami yetishtirish paxtachilik, g‘allachilik, sabzavotchilik, 
bog‘dorchilik, mevachilik, bog‘dorchilik va shu kabilami oladi. Odam undan oziq-ovqat 
mahsulotlarini, yengil va oziq-ovqat sanoati qayta ishlash uchun xom- ashyo, chorvachilik - 
ozuqa oladi. 
Tarmoq tuzilmasining ko‘rsatkichi bo‘Ub umumiy hajmda ishlab chiqilgan 
mahsulotlaming har bir tarmog‘idan sotilgan mahsulotning ulushi xizmat qiladi. Hozirgi paytda 
o‘simlikchilik qishloq xo‘jaligining hamma mahsulotlari orasida eng ko‘p ulushni egallaydi. 
0‘simlikchilik em-hashak, dag‘al, yashil, shiraU ozuqa bo‘lib, chorvachilikning 
rivojlanishi uchun baza hisoblanadi. 0‘z navbatida chorvachilik ham somon, poya, shuningdek, 
oziq-ovqat sanoati chiqindilari (kunjara, sheluxa, kepak, barda va b.) kabi qo‘shimcha 
mahsulotlami chiqaradi. 
0‘simlikchilikda foydalaniladigan asosiy resurs - bu yer, pichanzor, yaylov, bog‘lar). 
Haydaladigan yer maydonini ekinlar bo‘yicha taqsimlash uzoq vaqtlargacha qabul qilingan 
dehqonchilik tizimiga bog‘liq bo‘ldi. Xo‘jaliklar daromadliroq ekinlami tanlay boshladilar va 
ekin ekiladigan, yer maydoni strukturasi narx ta’siri ostida o‘zgara boshladi. 
Shu tarzda, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining hamma turini, chorvachilikni va qayta 
ishlashni ham qo‘shib ishlab chiqish, bevosita o‘simlikchilikni sharth ravishda quyidagi 
tarmoqlarga ajratish mumkin: paxta ishlab chiqarish, g‘alla ishlab chiqarish, yog‘li ekinlar ishlab 
chiqarish, kartoshka va sabzavot ishlab chiqarish, meva va polizlar o‘stirish. Bu tarmoqlarda 
ishlab chiqarilgan mahsulotlarni realizatsiya qilish texnologiyasi har biri o‘ziga xosligi bilan 
forqlanadi. 
Ushbu sharoitda eng rentabelli bo‘ladigan qishloq xo‘jaligi ekinlarini tanlashda tabiiy-
iqlim omillari, transport tarmoqlarining rivojlanishi, mintaqada u yoki bu mahsulotlarni qayta 
ishlashga mo‘ljallangan qayta ishlash korxonalarining mavjudligi katta ta’sir o‘tkazadi. 
Barcha g‘alla mahsulotlarini oziq-ovqat va yem-hashakka ajratish qabul qilingan. Shu 
bilan birga, oziq-ovqatga oid ekinlar tarkibidan non va non mahsulotlariga doirlari ajratiladi. 
Umuman, asosiy qishloq xo‘jaligi ekinlari sanab o‘tilgan guruhlar bo‘yicha quyidagi 
tarzda klassifikatsiyalanadi: 
-
paxta-paxta xom-ashyosi; 
-
oziq-ovqat - non mahsulotlari olinadigan g‘alla ekinlari, bug‘doy, javdar; 
-
oziq-ovqat - krupa-g‘alla ekinlari: tariq, grechixa, makkajo‘xori, sholi; 
-
yem-hashak ekinlari; 
-
dukkakli ekinlar; 
-
yog‘li ekinlar: kungaboqar, kanop, zig‘ir; 
-
texnika ekinlari: kartoshka, qand lavlagi; 
-
sabzavotlar: pomidor, bodring, piyoz, sarimsoq piyoz, karam, sabzi; 
-
mevalar: danakli mevalar, pista mevalar, uzum va boshqa ekinlar. 
Keltirilgan ro‘yxat mamlakatimiz hududida o‘stiriladigan hamma 
ekinlami qamrab ololmaydi. Ro‘yxatda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishning umumiy 
hajmida eng ko‘p ulushiga ega bo‘lganlari, holos. 
0‘smilikchilikda ishlab chiqarishning asosiy vositasi - yer. Undan to‘g‘ri foydalanish 
tuproq unumdorligining oshishiga yordam beradi, bu esa qishloq xo‘jaligi ekinlarini o‘stirishga 
samarali ta’sir qiladi. Yerdan foydalanishda xo‘jalik yuritishning hududiy tizimini yuritishning 
hisobi katta ahamiyatga ega. 
Dehqonchilik tizimi deganda tuproq unumdorligini oshirishga, o‘simlikchilik 


mahsulotlarining yer maydoni, birligidan mehnat sarfini va mahsulot birligiga mablag‘ va 
mehnat sarflarini kamaytirib, mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirish maqsadida tuproqni suv va 
shamol eroziyasidan himoyalashga yo‘naltirilgan tashkiliy va agrotexnik tadbirlar kompleksi 
tushuniladi. 
Dehqonchilik tizimining asosiy elementlari: almashlab ekish tizimlari, mashinalar tizimi, 
o‘g‘itlar tizimi, urug‘chilik tizimi, o‘simliklami himoya qilish tizimi, melioratsiya tadbirlari 
tizimi (sug‘orish, quritish, kimyoviy melioratsiya va boshqalar), suv va shamol eroziyasiga 
qarshi kurash bo‘yicha tadbirlar tizimi, dalani himoyalash, ixota daraxtlarini yaratish. 
Mamlakatning hamma mintaqalarida dehqonchilikning yagona tizimidan foydalanishning 
imkoni yo‘q, chunki turlicha tuproq-iqlim sharoitlarida tizimidagi alohida elementlaming 
ahamiyati har xil bo‘ladi. 
Quruq iqlimli tumanlarda - sug‘orish, shamol eroziyasiga qarshi kurashish, namlik ko‘p 
tumanlarda - yeming melioratsiya holatini yaxshilash, sug‘oroladigan dehqonchilik tumanlarida - 
o‘g‘itlardan oqilona foydalanish, sho‘rlangan va kislotasi yuqori tuproqlarda - kimyoviy 
melioratsiya katta ahamiyatga ega. 
Dehqonchilik tizimining asosini almashlab ekish tizimi - dala, o‘tloq- beda, 
makkajo‘xori, sabzavot, tuproqni himoya qiluvchi va boshqa ekinlami almashlab ekish tashkil 
etadi. Ilmiy asoslangan almashlab ekishlar - tuproqqa ishlov berishning tavsiya etilgan tizimini 
joriy etish uchun sharoit yaratadi, uning suv-havo tizimini yaxshilaydi, yuqori samarali 
texnikadan, organik va mineral o‘g‘itlardan foydalanishga imkon beradi. 
Unumdor tuproqqa mexanizatsiyalash (mashinalar tizimi) ulkan ta’sir etadi. 
Mashinalardan oqilona foydalanish tuproqda namlik yig'ilishiga, havo va issiqlik tartibi 
to‘g‘rilanishiga, dalaning ifloslanishiga qarshi kurashga, qishloq xo‘jaligi ishlarini optimal 
muddatlarda o‘tkazishga yordam beradi. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini kompleks 
mexanizatsiyalash o'simlikchilikda mehnat unumdorligini oshiradi. 
Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga texnik xizmat ko‘rsatish, hamma turdagi 
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish samaradorligini oshirish uchun ma’lum 
maqsadlami ko‘zda tutadigan mintaqaviy dasturlar ishlab chiqiladi. 
Dehqonchilik tizimi mineral va organik o‘g‘itlami qo‘llashni ko'zda tutadi. Kiritiladigan 
o‘g‘itlar dozasi ko‘paytirilgan sug‘oriladigan yerlarda o‘g‘itni yuqori darajada qoplash 
kuzatiladi. Qisqa muddatlarda qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligini oshirish imkoni bo‘lgan 
intensiv texnologiyalarda ishlab chiqarish xarajatlari strukturasida o‘g‘it va o‘simliklarni himoya 
qilish vositalarining ulushi ortishi (masalan, paxta va g‘alla ekinlari bo‘yicha 1,5 dan 3,5 
martagacha) ko‘zda tutiladi. 
Hozirgi paytda o‘g‘itlar qiymati yuqorililigi bilan bog‘liq holda ulaming qoplanishi 
normativdan 60% ni tashkil etadi, shu bois muhim masala optimal usullar va ulami kiritish 
muddatlari, ozuqa elementlari nisbati to‘g‘riligi muhim masala hisoblanadi. 
0‘g‘itlashning pasayishi tuproqdan ozuqa moddalar to‘liq chiqmasligiga sabab boladi. 
Tuproqda chirindi va ozuqa moddlalarining defitsitsiz balansini yaratish uchun 1 ga 
shudgorlanadigan ekin maydoniga har yili 7-8 t organik modda zarur. Dehqonchilik tizimida 
urug‘chilik tizimi katta rol o‘ynaydi, chunki urug‘ning sifati past bo‘lsa, qishloq xo'jalik 
mahsulotlari sezilarli darajada to‘liq bo‘lmaydi. Mamlakatimizda u yoki bu tuproq iqlimiga 
moslashtirilgan minglab nav va gibridlar yaratilgan va ishlab chiqarishga joriy etilgan. Biroq, 
urug‘chilikmng yaxshi tashkil etilmaganligi, urug‘chilik xo'jaliklari birinchi va ikkinchi 
reproduksiyadagi yaxshi urug‘lar bilan ta’minlanmaganligi tufayli rayonlashtirilgan sifatli 
uruglarga talab to‘liq qondirilmayotir. 

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə