5-Mavzu: Mustaqil O’zbekistonda ijtimoiy pedagogikaning rivojlanishi



Yüklə 30,65 Kb.
səhifə1/5
tarix09.09.2023
ölçüsü30,65 Kb.
#121551
  1   2   3   4   5
5 MARUZA

5-Mavzu: Mustaqil O’zbekistonda ijtimoiy pedagogikaning rivojlanishi


Reja:
1.«Avesto» va adabiy manbalarda ijtimoiy-pedagogik g‘oyalar.
2. O’ ‘rta asrlarda O ‘rta Osiyo qomusiy olimlarining ijtimoiy-pedagogik g‘oyalari.
3. XVIII-XIX asr ma'rifatparvarlarining ijtimoiy-pedagogik qarashlari.
4.XX asr boshlarida ijtimoiy- pedagogik faoliyat.
5.II jahon urushi yillarida ijtimoiy-pedagogik faoliyat.
Ijtimoiy pedagogika fani bundan 200 ming yil oldin ham mavjud bo’lgan. Fakat unda bu fan pedagogikaning tarkibida bo’lgan. Pedagogik sotsiologiya fanning ilk kurtaklari yevropa va Osiyoda yozilgan .Bu fan asosan 820-829 yillardan boshlab rivojlangan, albatta fan bo’lib emas. Hozirda pedagogik sotsiologiya fan sifatida kiritilgan. Pedagogik sotsiologiya fanining integratsiya tarmog’i sifatida.
Har bir fan aniq bir xaqiqatdan “o’sib chiqadi”, uning aksini ifodalaydi. Ilmiy bilimlar amaliy faoliyatidan uzilgan holda rivojlana olmaydi. Aynan amaliyot istalgan fanning manbai hisoblanadi. Boshqa tomondan, barcha amaliy faoliyat ham agar ilm-fan yutuqlariga asoslangan bo’lsa yanada samarali bo’ladi. Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida ham, amaliy faoliyat muhiti sifatida ham farqlaydilar, aslida ular bir-biri bilan o’zaro bog’liq. Amaliy faoliyat – bu ijtimoiy pedagogikaning aniq bir bola yoki bolalar guruhi bilan olib boradigan ishidir.
Ijtimoiy pedagogika o’quv fani sifatida ham oldinga chiqishi mumkin. O’quv fani – bu umumta’lim yoki maxsus ta’lim muassasalalarida o’rganiladigan predmetdir.
O’zbekistonda ijtimoiy pedagogikaning rivojlanishi o’ziga xos xususiyatga ega – fan, ilmiy bilimlar sohasida maxsus amaliy faoliyat hamda o’quv fani sifatida.
Qadim antik davrlardayoq bolani himoya qilish maqsadida o’z ijtimoiy pedagogik tarbiyaga oid muammolarni oldinga surganlar.
Eramizdan avvalgi 7-6 asrlar Markaziy Osiyo hududida jahon dinlari orasida eng qadimgi din zardushtiylik dini hukmronlik qildi.
Bu din insoniyatga katta ta’sir qildi, yani insonni birinchi o’ringa olib chiqdi. Zardushtiylarning muqaddas kitobi “Avesto” (olovga sig’inish) o’z erasining o’ziga xos qomusiy asari deb hi soblash mumkin. Zardushtiy dinda axloqiy me’yorlar asosi (axloqiy mezonlar) uchlikka tayangan edi. “Avesto” da inson yaxshi fikrlarga ega bo’lishi, faqat yaxshi so’zlar va savobli ishlar qilishi lozim deb yozilgan (xulq atvor)1.
“Avesto” ning katta qismi bo’lgan “YAsna” larda inson kamolini ko’rsatuvchi axloq – odob mezoni ana Shu uchlikda humata (gumata) – yaxshi fikr, hukta (gukta) – yaxshi soz va hvarsha (gvarshta) – yaxshi ishlarda ifodalanadi. “Men yaxshi fikr, yaxshi so’z, yaxshi ishga shon-Shavkat bahsh etaman. Men yaxshilikdan iborat qonunga shon-Shavkat baxsh etaman” (“yasna”, 14), deyiladi.
“Avesto” tadqiqotchisi A.O.Makovelskiy inson firi, so’zlari va ishlariga ikki qarama -qarshi kuch: Voxu Mana (“Ezgu fikr”) va Apo Mana (“YOvo’z fikr”) ta’sir ko’rsatadi deydi. Barcha fikrlar, so’zlar va ishlar ichida aslida ezgulik va yovo’zlik yotadi. “YAxshi fikr” deganda iloxiy -qonun ruhidagi kishisiga mehribon bo’lish, muhtojlarga ko’maklashishga, yovo’zlikka qarshi kurashishga tayyor turish, kishilarni baht-saodati uchun harakat qilish, ahillik va do’stlik, totuvlikda yashashga intilish ruhidagi niyatlar va fikrlar musaffoligi tuShunilgan. Inson o’z fikri hayolida boshqalarga hasad qilmasligi lozim. YAxshi niyatli kishi darg’azab bo’lmaydi va boshqa jihatlarga berilmaydi. CHunki bunday holatda inson yaxshi niyatni yo’qotadi, burch va adolat haqida unitadi va nojo’ya haraktalar qiladi. Zardushtiylik dinida uchlik asosga tayangan holda axloqiy me’yorlar:

Yüklə 30,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə