5-mavzu: Shaxs hissiyoti, irodasi, bilish jarayonlari, motivasiyasi, o‘z-o‘zini anglashi diagnostikasi va psixokorreksiyasi. Reja



Yüklə 101,45 Kb.
səhifə1/23
tarix05.02.2023
ölçüsü101,45 Kb.
#100203
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
5-мавзу


5-mavzu: Shaxs hissiyoti, irodasi, bilish jarayonlari, motivasiyasi, o‘z-o‘zini anglashi diagnostikasi va psixokorreksiyasi.
Reja:
5.1. Shaxs hissiyoti diagnostikasi va psixokorreksiyasi.
5.2. Shaxs irodasi diagnostikasi va psixokorreksiyasi.
5.3. Shaxs bilish jarayonlari diagnostikasi va psixokorreksiyasi.
5.4. Shaxsning destruktiv xulq-atvori psixokorreksiyasi.
Tayanch so‘z va iboralar:
Destruksiya, omil, shaxs destruksiyasi, shaxs aksetuasiyasi, hissiyot, psixodiagnostika, emosional beqarorlik, qo‘rquv, xavotirlanish, psixik holati, stress, affekt, kayfiyatsizlik, depressiya, irodaviy xususiyati, iroda diagnostikasi, iroda akti tuzilishi.
Destruksiya tushunchasi, shaxs destruksiyasi.
Destruktiv hulqning paydo bo‘lishi psixologik hususiyatlar bilan bog‘liq. Bu davrda bolalar qaysar bo‘ladi. Katta o‘smirlar hayotda mustaqil bo‘lib, o‘z o‘rnini topmoqchi bo‘ladi. Ular romantik bo‘lib, tortinish nimaligini bilmaydilar va yolg‘izlikni yoqtiradilar. Shaxsning rivojlanishi jamiyat va madaniyat ta’sirida kechadi. Jinsiy yetilish hammada har hir kechadi. Ba’zilarda o‘smir bu davrni og‘ir kechib, juda ta’sirchan bo‘lib qoladi. Masalan o‘smir sportchilar orasida obro‘yli bo‘lib, qarama-qarshi jins bilan aloqa qilishda mutloqo tayyor bo‘lmasligi mumkin. Ba’zida hulqning buzilishi oila bilan chegaralanadi. Bu yerda ota-ona va qarindoshlarning qo‘pol muomilasi bilan namoyon bo‘ladi. Uydan narsa o‘g‘irlanadi, uy yondiriladi va hokazolar. Ba’zida o‘smirlarni yetarli darajada kattalar yoki tengdoshlar bilan muloqat qilmasligi ham shu holatlarga olib keladi. Kattalarga nisbatan ishonchsizlik, tushunmovchilik, berahimlikni ko‘ramiz. Har galgidek bola yoki o‘smir yolg‘iz. Bu yolg‘izlik tartib buzarlikga, shavqatsizlikga, qo‘pollikka olib keladi. Bunday holatlarda kattalar bilan munosabati yomon bo‘lganligini ko‘rsatadi.
Destruktiv xulq ko‘rinishlaridan biri- delinkvent hulqdir. Ushbu xulq ko‘rinishlari salbiy oqibatlar sarasiga quyidagilar kiritildi. Bunga mayda hulq va huquqbuzarliklar kiradi. Ya’niy, kuchsiz va kichiklarni kamsitish, pul talab qilish, velosiped yoki motosikllarini olib qochish, darslardan qochish va hokazolar.

Yüklə 101,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə