6 ma‘ruza mavzu: qon va qon aylanish a`zolarining yoshga bog‘liq xususiyatlari



Yüklə 233,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix04.06.2022
ölçüsü233,2 Kb.
#88838
  1   2
6- Maruza. Qon tizimi va uning yosh.bog. xus



6 - MA‘RUZA 
 
MAVZU: 
QON VA QON AYLANISH A`ZOLARINING YOSHGA 
BOG‘LIQ XUSUSIYATLARI

R e j a : 
1. Organizmda qonning ahamiyati. 
2. Qonning xususiyatlari va tarkibiy qismi. 
a) eritrotsitlar 
b) leykotsitlar
v) trombotsitlar 
3. Qonning cho’qish tezligi va qon gruppalari. 
4. Qon aylanish va yurak-tomir faoliyatining yosh xususiyatlari. 
5. Yurak qon-tomir sistemasini chiniqtirish va jismoniy mashqlanishning ahamiyati. 
 
Tayanch tushunchalar: 
Qon, limfa, eritrotsit, leykotsit, trombotsit, qon deposi, muhit, vorsinka, plazma, 
gemoglabin, ROE, immunitet. 
Organizmning ichki muhitini qon, limfa va to’qima suyuqligi tashkil etadi. Bular 
tomirlarni va to’qimalar orasidagi bo’shliqlarni to’ldirib turadi. Qon, to’qima suyuq va limfa 
tarkibi va fizik ximiyaviy xossalarini uncha o’zgartirmasdan doimo bir xilda saqlaydi. Bu 
doimiylik, ya‘ni qon, to’qima suyuqligi va limfaning tarkibiy qismini muvozanatda bo’lishi, 
xayot faoliyati normal kechib turishi uchun zarur shartdir. 
Bolalarda qonning absalyut miqdori, bolaning o’sishi va rivojlanishi jarayonida oshib 
borsa, nisbiy miqdori (1kg og’irlikka to’g’ri keladigan miqdorda) kamayib boradi. 
Bolalarning tana vazniga nisbatan qon miqdori chaqaloqlarda 17.7%, 1 yoshli bolada 
10.9%ni 6-10 yashar bolada 6.97%ni, 11-16 yoshli bolalarda esa 6.01% ni tashkil etad. O’g’il 
bolalardagiga qaraganda qon qiz bolalarda birmuncha ko’proq bo’ladi. Qon suyuq biriktiruvchi 
to’qima bo’lib, qizil rangli, yopishqoq xira bo’ladi, reaktsiyasi kuchsiz ishqoriy va ta‘mi sho’rroq 
bo’ladi. Qonning solishtirma og’irligi asosan qizil qon tanachalarining soniga va ulardagi 
gemoglabin miqdoriga bog’liq bo’ladi. Qon doimo, qon tomirlarda xarakatlanib, organizm 
tirikligini, hayotiyligini saqlashda bir muncha muxim vazifalarni bajaradi. 
Qonning organizmdagi ahamiyati va qon hosil bo’lishi xususiyatlarini birligi bo’lib, 
1578-1657 yillarda yashab ijod etgan italyan olim-vrachi Bilyam Gorvey hisoblanadi. U birinchi 
bo’lib, murdalarda tekshiruv o’tkazib, qon tomirlarni o’rganib, yopiq sistemada qon aylanish 
qonuniyati xaqida yangilik yaratdi. 
1.Qon-ichak vorsinkalarida surilgan oziq moddalarni organizm to’qima va xujayralariga 
yetkazib beradi. 
2.Hujayra va to’qimalarda modda almashinish jarayonida hosil bo’lgan keraksiz qoldiq 
maxsulotlarni organizmdan chiqaruv organlariga yegkazib beradi. 
3.Qon o’pkada kislorodga to’yinib, so’ngra xujayralarga tarqatadi. 
4.Ichki sekretsiya bezlarida ishlangan gormonlar qon orqali turli organlarga boradi, 
shuning natijasida organlarni bir-biri bilan aloqasini bog’laydi. 
5.Qon elementlari organizmga tushgan yot va zararli moddalarga, hamda yuqumli 
mikroblarga qarshi kurash olib boradi. Qondagi maxsus oqsil moddalar qonga tushgan mikrob va 
viruslarni parchalash xususiyatiga ega. 
6.Qondagi oziq moddalar va boshqa xujayra va to’qimalarning ishlash uchun muvofiq 
sharoit yaratib beradi. 
7.Qon temperaturasining turg’unligini saqlashda katta rol o’ynaydi. 
Qon organizmda boshqa fanga ma‘lum bo’lmagan va izlanishda ma‘lum bo’layotgan
ko’pgina boshqa vazifalarni bajaradi. Organizmdagi qonning hammasi ham qon tomirlarida 


xarakatlanavermasdan, qonning 40-45% organizm tinch xolatda qon tomirlarda, qolgan qismi 
esa qon depolarida (taloq, jigar, teri osti to’qimasida) saqlanadi. Depolangan qon earuriyat 
bo’lganda: qon yo’qotganda, bo’g’ilganda, tana temperaturasi ko’tarilganda va jismoniy yuklama 
berilganda qon tomirlarga chiqadi. 
Qonning 1G’4-1G’Z qismi yo’qotilganda xayot uchun xavfli xisoblanadi. Qonning
taxminan 55-60% qon plazmasi 40-45% qon shaklli elementlarini tashkil etadi. 8-10%
turli oqsillar, mineral tuzlar, uglevodlar, gormonlar tashkil etadi. Qonning xususiyatlari 
odamning yoshiga o’zgarib boradi. Bolaning bir yoshidagi qonning xususiyatlari katta 
odamnikidan farq qiladi. Bunga sabab, modda almashinuvining tezligiga qon yaratuvchi 
organlarning yaratuvchanlik mohiyati va tuzilishi bilan bog’liq. 
Bola qancha yosh bo’lsa, tana og’irligiga nisbatan shuncha ko’p qon to’g’ri keladi. 
Umumiy tana og’irligiga nisbatan yangi tug’ilgan bolalarda qon 15% ni, katta odamlarda 7% 
tashkil etadi. Urtacha katta yoshni (70kg.) organizmda 5-b litr qon bo’ladi. 
Bolalarda qonning yopishqoqligi yuqori bo’ladi. M-n: Yangi tug’ilgan bolalarda 10-11 
bo’lsa, 2 yoshli bolalarda 6 ga, katta yoshli odamlarda 4 ga tushib qoladi. 
Qonning ko’pchilik qismi bolalarda eritrotsitlar tashkil qilib, uning plazma qismi 50% 
dan ham kam bo’ladi. Plazma, suv organik birikmalar va anorganik tuzlardan iborat. 
Plazmaning-90-92% suv tashkil etadi. Qonning 8-10% turli oqsillar, mineral tuzlar, uglevodlar, 
fermentlar, gormonlar tashkil etadi. Yangi tug’ilgan bolalarda og’irligiga 150sm3 , ko’krak 
yoshidagi bolada 110sm3, 7-12 yoshda 70sm3, 15 yoshdan boshlab tana ogirligini xar kg.ga 
65sm3 qon to’g’ri keladi. 
Qon shaklli elementlariga eritrotsitlar, leykotsitlar va xokazolar (limfotsitlar, neytrofillar, 
eozenofillar) kiradi. Eritrotsitlar- qizil qon tanachalari yoki qonning yadrosiz xujayralari, shakl 
jixatdan ikki tomoni botiq uy noki shaklida bo’ladi. Inson organizmida 25 trillion eritrotsit 
bo’ladi. Xar sutkada o’lgan eritrotsitlar o’rniga suyak iligidan 300 milliard yangi eritrotsit hosil 
bo’ladi. 
Agarda biz 1 minutda 10 tadan tezlikda sanaganimizda bizga 400000 yil kerak bo’lar 
ekan. Eritrotsitlarning diametri 7 mikronga teng. Shunga qaramasdan, agar yerga terish imqoni 
bo’lganda, 3800kv.m. yerni egallagan bo’lar .edi. Eritrotsitlarni hayoti 30-120 kungacha davom 
etadi. Eritrotsitlarni shunchalik ko’p bo’lganligi uchun, butun organizm to’qima va xujayralarini 
kislorod bilan taminlab, organizm xayotiyligini saqlaydi.
1mm3 qonda ularning o’rta soni 4,5-5,5 ml-on eritrotsit bo’ladi. Eritrotsitlarning asosiy 
vazifasi, ular nafas organlaridan (o’pkadan) organizm to’qimalariga kislorod tashish va 
organizmda tuz va suv muvozanatini ushlash vazifasini bajaradi. Eritrotsitlarning tsitoplazmasida 
gemoglabin degan rangli modda bor. Gemoglabin ikki qismdan iborat: oksilli qismi- globin va 
temirli qismi gemdan iborat. Gemoglabinga qizil rang beruvchi temir moddasi hisoblanadi. 
7-9 yashar bolalarda 80-81% gacha, 10-11 yashar bolalarda 85%, katta odamlar qonida 
100% gacha, ya‘ni 100 ml. qonda 17,3 gr. gemoglabin bo’ladi. Gemoglabin 70% gacha yoki 100 
ml. qonda 14 gr. tushganda organizm kasal bo’ladi. 
Gemoglabin o’pkada xavo tarkibidagi kislorod bilan birikib, oksigemoglabin hosil qiladi 
va to’qimalarga borib esa gemoglabinga va kislorodga ajraladi. Gemoglabin to’qima 
xujayralarga kislorodni berib, to’kima xujayralardan karbonat angidrid gazini biriktirib olib 
o’pkada ajratadi. Shuning natijasida ichki nafas olish sodir bo’ladi. 
Eritrotsitlarning soni yoki gemoglabin miqdorini kamayishi kam qonlik xisoblanadi. Bu 
esa bolalarning yoshlik vaqtida noto’g’ri ovqatlanishi, ovqatni sifat tarkibiga e‘tiborsizlik, ochiq 
xavodan yaxshi foydalanmaslik oqibatida, darmonsizlik, tez charchab qolishlik va bosh aylanish 
kasalligiga olib keladi. Bolalarda bunday kamchilikka uchraganda temir moddasiga boy, 
vitaminlik va yuqori kolloriyalik ovqatlarni iste‘mol qilish kerak (jigar, hayvon qonidan 
tayyorlangan ovqatlar,
olma, sabzi, qulupnoy, va boshqalar). 
Eritrotsitlarning cho’kish reaktsiyasi. Agarda qonning ivishdan saqlab, shishadan 


yasalgan kopilyarda bir necha soatga qoldirsak, qon tarkibidagi eritrotsitlarni kapilyar trupkalar 
tubiga cho’kib qolganini ko’ramiz. Eritrotsitlarni cho’kish tezligi turli yoshdagi kishilarda, 
ayollarda, bolalarda turlicha bo’ladi. Bundan tashqari turli xil kasalliklar tufayli ham o’zgarishi 
mumkin. 
M-n: 3-9mm. erkaklarda, ayollarda 7-12 mm. soatiga cho’kadi. Organizm xolatining 
o’zgarishlarida eritrotsitlar cho’kish reaktsiyasini o’zgarishi kuzatiladi. Eritrotsitlarning ma‘lum 
tezlikda cho’kishidan foydalanib, tibbiyotda kasalliklarni belgilashda foydalaniladi. Buni 
tibbiyotda ROE deyiladi. Aniqlaydigan asboboni Panchenko apparati deyiladi. Organizm qattiq 
shamollaganda, tuberkulyoz kasalligida, homilador ayollarda, yallig’lanish kasalligi 
boshlanganda va boshqa o’zgarishlarda eritrotsitlar cho’kish reaktsiyasi tezligi ortadi. 
Leykotsitlar oq qon tanachalari qonning yadroli xujayralari bo’lib, aktiv xarakatlanishi 
xususiyatiga egadir. Ular xar xil shaklda bo’lib, 1 kub G’ mm. bolalar qonida 8000-11000gacha 
bo’ladi, katta odamlarda normal holatda 6-8 ming leykotsit bo’ladi. Ularni soni kun mobaynida 
ham o’zgarib turishi mumkin. 1kub.mm 7 yoshli bola qonida 11000, 9 yoshli bola qonida 10900, 
13 yoshli bolada 8500 ta leykotsit bo’ladi. 
Leykotsitlar 3 gruppaga bo’linadi: 1) Donador leykotsitlar; 2) Donasiz leykotsitlar va 3) 
Monotsitlar. Donador leykotsitlar o’z navbatida 3 gruppaga bo’linadi: neytrofillar, eozanafillar 
va bazafillar. Kichik yoshli bolalarda leykotsitlardan limfotsitlarning protsent miqdori ortiq 
bo’ladi. Leykotsitlarning ko’rsatilgan miqdordan ortib ketishi leykotsitoz deb atalsa, miqdordan 
kamayib ketishi leykopeniya deyiladi. 
Leykotsitlar organizm ichki muhitning posboni hisoblanadi, chunki leykotsitlar qonga va
limfaga tushgan mikroblarni, viruslarni va sodda xayvonlarni organizmni ichkarisiga kirishga 
qattiq kurashadi. Organizmga tushgan zaxarli moddalarni neytrallash xususiyatiga egalir. 
Leykotsitlar fagatsitoz yo’li bilan ovqatlanadi. Ulir qon tomirlaridan tashqari ham, qon tomir 
devorlaridan o’tib yallig’langan yoki shikastlangan joyga yetib borib, mikroblarga qarshi 
kurashishi va ximoya qilishi mumkin. 
Trombotsitlar - qon plastinkalari qonning eng shaklli elementlari orasida eng
maydasidir. Ularning diametri 2-4 shakli ortmaydi. Ular ko’plikda hosil bo’ladi. 1mm
3
qonda 
300000 dan 400000 qon plastikalari bo’ladi. Trombotsitlar ham yoshga qarab o’zgarib boradi. 
Katta odamlarda 1mm3 qonda 200-400 ming, 1 yoshgacha bolalarda 160-330 ming, 1 yoshdan 2 
yoshgacha 140-370 ming, 2-3 yoshda 150-300 ming, 3-4 yoshda 356-370 ming trombotsitlar 
bo’ladi. Trombotsitlar qonning ivishida muxim rol uynaydi. Muskullarning xarakati bilan bog’liq 
jismoniy ish bajarilganda trombotsitlar miqdori ortadi. Bu xodisani miogen trombotsitoz deb 
ataladi. 
Qon ivishi katta biologik ahamiyatga ega bo’lib organizm jaroxatlanganda qon 
yukotishdan saqlaydi. Organizm jaroxatlanganda qon chiqqan trombotsitlar yoriladi va ulardan 
chiqqan maxsus modda-serotanik qon tomirlarini torishini ta‘minlaydi. 
Immunitet- organizmning yukumli kasallik yuktirmaslik xolati tushuniladi. Bunday 
xodisani ikki- yuz yil muqaddam Angliyada provintsiyalik doktor Eduard Jenner birinchi bo’lib 
kuzatgan va mikroblarga qarshi kurashish uchun yordam berishini ajoyib yo’lini topgan. U 
birinchi bo’lib, chechak kasalligiga karshi kurash chorasini topdi (u Tonni degan bolada tajriba 
utkazdi). Jenner har bir kasal tarqatuvchi mikroblar qonga tushganda, shu mikroblarga qarshi 
qon plazmasida antitelalar maxsus globulen, gruppasiga kiruvchi oqsil kompleksi hosil bo’lishini 
aniqladi. Antitelalar juda ham spetsifik bo’lib, nixoyatda tanlab ta‘sir ko’rsatadi. 
Hayotda tug’ma va hayotda orttirilgan immunitet bo’ladi. Tug’ma immunitet odamlarga 
hayvonlar o’rtasida tarqalgan kasalliklarni yuktirmaydigan bo’lishini ta‘minlaydi. Odatda 
odam yuqumli kasallik bilan og’rib utgandan keyin yoki extiyotdan zardob yoki vaktsinalar 
emlangandan keyin ana shunday immunitet paydo bo’ladi. Shuning uchun bolalarning ma‘lum 
yoshlarida turli xil yuqumli kasalliklarni oldini olish uchun ana shunday zardoblardan 
foydalaniladi. (m-n: Silga qarshi 5-7 kunda, poliomelitga karshi 5-6 oyligida, qizamiqqa qarshi 
10 oyligida , chechakka qarshi 1-1, 
oyligida va xokazo. 


Qon aylanish jarayonining doimiyligi organizmning xayotiyligini belgilovchi faktordir. 
Yurakning ishlashi, qon tomir devorlarining elastik bo’lishi, skelet muskullarning qisqarishi, 
bosimning farq qilib turishi qonning xarakatga keltiruvchi faktorlardir. Bir butun organizm va 
organlar faoliyati qon aylanish funktsiyasi bilan bog’liqdir.Qon aylanish orqali yurak va qon 
tomirlar faoliyati ta‘minlanib turadi. 
Yurakdan qon olib ketuvchi qon tomirlarini arteriya qon tomirlari, yuqakka qon olib 
keluvchi qon tomirlarini vena qon tomirlari deyiladi. Qon qon tomirlarida xarakatlanar ekan, 
murakkab yo’lni katta va kichik qon aylanish doirasini bosib utadi. Yurak muskullarining 
qiskarishi qon xarakatini boshlab beradigan turtki bo’ladi. Natijada qonning tomirlardan
to’qimalarga borishi va yurakka qaytib kelishi arteriyalardan kapilyarlarga, kapilyardan 
venalarga, venalardan yurak bo’lmalariga utishda bosimning pasayishiga bog’liqdir. 
Katta qon aylanish doirasi yurakning chap qorinchasidan boshlanib, u bir oz yuqoriga 
kutarilib yoyni hosil qiladi. Aorta qon tomiri bir-nechta mayda arteriyalarga bo’linadi. Kapilyar 
yoki qil tomirlarda modda almashinali. Arteriya kapilyari, vena kapilyarini, vena tomirlari yuqori 
va pastki qavat venasini hosil qilib, yurakning o’ng bo’lmasiga quyadi va shu bilan katta qon 
aylanish doirasini hosil qiladi. Bu qon aylanish doirasi orgaiizmni butun xujayralarini qon bilan 
ta‘minlaydi. 
Kichik qon aylanish doirasi yurakning ung qorinchasidan, o’pka arteriyasi bilan 
boshlanib, upkaga boradi, u yerda arteriya, o’rta arteriya kapelyarlariga tarmoqlanib, upka 
xujayralari bilan gazlar almashinib, to’rtta o’pka venasi bo’lib, yurakning chap bo’lmasiga 
quyiladi. Qon aylanishning bu kichik qon aylanish doirasini hosil qiladi. 
Ona qornidagi embrion tug’ulguncha, kichik qon aylanish doirasi funktsiyalanmaydi. 
Ona qoni homila qoni bilan aralashmaydi. Xomilada modda almashinuvi yo’ldosh (platsenta) 
dagi qon tomirlar vositasida sodir bo’ladi. 
Bola tug’ilishi bilan uning qon aylanishi sistemasida bir qator chuqur o’zgarishlar hosil 
bo’ladi, ya‘ni nafas olish bilan o’pkada qon oqish nisbatan bo’ladigan qarshilik keskin, 
kamayadi, o’pka tomirlari qon bilan to’ladi va natijada o’pka arteriyasidagi bosim aortadagiga 
nisbatan kamayib ketadi. Natijada o’pka arteriyasidan qon aortaga o’tmay qoladi. Chap bo’lmaga 
upkada tozalangan qon ko’plab tushganligi uchun unda bosim ancha oshib ketadi. Oqibatda chap 
va o’ng bo’lmalari orasidagi klapan doimiy yopiq bo’lib qoladi. Shunday qilib, yurakning chap 
va o’ng bo’lmalari bir-biridan butunlay ajralib, katta va kichik qon aylanish doiralari mustakil 
bo’lib oladi. 
Bolaning o’sish va rivojlanish jarayonida yurak massasi va xajmi ortib boradi. Shu bilan 
birga funktsiyasi ham o’zgaradi. Bunday o’zgarishlar bolaning birinchi yoshlarida, qisman 
bog’cha yoshida va jismoniy balog’at yoshida juda tez bo’ladi. Katta odamda yurak konus 
shaklida bo’lib, ko’krak qafasidan 1G’Z qismi chap tomonda, 2G’Z qismi o’ng tomonda 
joylashgan muskulli organdir. 
Yurak 3 qavatdan tuzilgan: tashqi seroz, epikard qavat, o’rta muskulli va ichki yassi 
epiteliyadan tashkil topgan - endokard qavatdan iborat. Tashqi qavat yurak xaltasiga to’tashib 
ketgan bo’ladi. Odam yuragi bir-biridan ajralgan o’ng va chap bo’laklarga bo’lingan bo’ladi. 
Yurakning o’ng bo’lagiga organizmdan kelayotgan vena tomirlari quyiladi. Chap bo’lagiga 
upkadan kelayotgan arteriya qoni bo’lgan o’pka venalari quyiladi. Yurakning har bir bo’lagi ikki 
kameradan : bo’lmacha va qorinchadan tashkil topgan. Shunday qilib, yurak 4 kameradan : ikkita 
yurak bo’lmasi va ikkita yurak qorinchalaridan tashkil topgan bo’ladi. 
Bolaning 7-8 yoshida yurak muskullarining elastik tolalari yaxshi rivojlanmagan bo’ladi. 
Yurak muskullarining rivojlanishi va diferentsiyalanishi 18-20 yoshgacha davom etadi. 
Yurakning o’sishi erkaklarda 55-60 yotgacha ayollarda 65-70 yoshgacha davom etadi. Bolaning 
bir yoshdan yurakning og’irligi yangi tug’ilganga nisbatan 2 marta, 3 yoshda 3 marta. 5 yoshida 
1 marta, 10 yoshida 6 marta, 16 yoshida 11 marta ortadi. Bu ortish asosan chap qorincha 
devorining qalinlashuvi hisobiga bo’ladi. Bola yoshi ortishi bilan yurak hajmi ham ortib boradi. 
1yoshida 42 sm3, 7 yoshida 90 sm3, 14 yoshida 130 sm3, katta odamda esa 280sm
3
bo’ladi. 
Bola yoshining ortishi bilan yurakning bo’lmacha va qorinchalarining xajmi, qon 


tomirlarining diametri ortishi bilan ortib boradi. Bolaning ilk yoshida yurakning hayotga 
chidamliligi yuqori bo’ladi. 

Yüklə 233,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə