6-Seminar. Ossuriya davlati



Yüklə 120,95 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix12.04.2023
ölçüsü120,95 Kb.
#105336
6 mavzu. Seminar. .Jahon tar. 1-kurs



6-Seminar. Ossuriya davlati
Reja 
1. Qadimgi Osuriya davri 
2. O'rta Osuriya davri (er. av. II ming yillikning II yarmi) 
3. Osuriyaning ijtimoiy-siyosiy hayoti 
Qadimgi Osuriya davri (er. av. II ming yillikning I yarmi) Qadimgi Osuriya 
markazi Ashshur bo'lgan kichik hududni o'z ichiga olgan edi. Ammo ilk Osuriya 
jamiyatida savdo yetakchi o'rin egalladi. Qadimda Osuriya orqali Kichik Osiyo va 
Kavkaz ortidan Tigr daryosi bo'ylab o'rta va Janubiy Ikki daryo oralig'i va Elamga, 
Sharqiy O'rtayer dengizidan muhim savdo yo'llari o'tgan edi. Ashshur shahri asosiy 
savdo yo'llarida o'rnashib qolish uchun o'z koloniyalarini barpo qilishga uringan. 
Ashshur Kichik Osiyoni sharqiy qismini faol kolonizatsiya qilgan. Bu yerdan mis, 
qo'rg'oshin, kumush, chorva mollari teri va yog'och tashib ketilgan. Qadimgi 
Osuriya jamiyatida ibtidoiy quldorlik shakllangan bo'lib, ibtidoiy jamoa qoldiqlari 
saqlanib qolgan. Podsho va ibodatxona yerlarida jamoachi va qullar mehnat qilgan. 
Yerning asosiy qismini jamoa yer egaligi tashkil qilgan. Qulchilikning asosiy 
manbalari mulkiy tabaqalanish natijasida erkin jamoachilarning qarzi uchun qul 
qilish va chetdan qul sotib olish bo'lgan. Er. av. XVI asrgacha Osuriya podsholari 
Alum-Ashshur, shahar-jamoa esa
Ashshur deb atalgan. ‖Kichik va ulug'lan xalq yig'ini‖ o'z ahamiyatini yo'qota 
borgan, hokimiyatning oliy organ! «Shahar Uyi» boylardan tuzilgan oqsoqollar 
kengashi edi. Kengash a'zolari ichidan bir xil muddatga alohida lavozimli shaxs, 
«limmu» tayinlanib, u shahar xazinasini boshqargan, uning nomi bilan joriy yil 
boshlangan. Oqsoqollar kengashi sud va ma'muriy ishlar bilan shug'ullanadigan 
mansabdor shaxs «ukulluma»ni tayinlagan. Shahar-davlatning merosiy hokimi 
«Ishshiakkum» lavozimi ham mavjud bo'lib, u diniy vazifalarni bajarib, 
ibodatxonalar qurilishiga rahbarlik qilgan. U urush vaqtida harbiy boshliq bo'lgan.
Er. av.XX asrda xalqaro vaziyat Osuriya uchun noqulay kelgan. Frot havzasida 
Mari davlati yuksalib, Ashshurning g'arb savdosiga jiddiy to'siq bo'lgan. Xett 
davlati Osuriya savdosini Kichik Osiyoda to'xtatib qo'ygan. Amoriy qabilalarini 
Ikki daryo oralig'iga yurishlari ham vaziyatni beqaror qilib, Osuriya savdosiga 
zarar yetkazgan. Faqat er. av. 1781-yillar atrofida amoriylardan bo'lgan yo'lboshchi 
Shamshi -Adad Ashshur shahrini o'zini Yuqori Mesopotamiyadagi davlatini 
markaziga aylantirgan. Ashshur Ikki daryo oralig'ining shimolidagi shaharlarni 
bosib oladi, Marini bo'ysundirib, Karxemish bilan ittifoq tuzadi. Suriya shaharlari 
ham bosib olinadi. O'rta Osuriya davri (er. av. II ming yillikning II yarmi) Er. av. 


1353-1318-yillarda podsho Ashshuriballit Osuriyani qudratli davlatga aylantiradi. 
Zaiflashib qolgan Mitanni xettlar tazyiqiga qarshi Osuriyaga ittifoqchi sifatida 
chiqadi. Tez orada Osuriya xettlarni yuqori Mesopotamiyadan haydab chiqarib, 
Frot daryosiga chiqadi. Natijada Mitannining sharqiy viloyatlari, bu yerdagi diniy 
markaz Nineviya bosib olinadi. Mitanni, keyinchalik Bobil ham Osuriya ta'siri 
ostiga tushib qoldi. Osuriya shahar-davlatdan qudratli davlatga aylanib, yetti yuz 
yil davomida o'zining yurishlari bilan qo'shni hududlarga dahshat tug'dirdi. 
Osuriya davlatini shakllanishi er. av. 1295—1264-yillarda hukmronlik qilgan 
podsho Adad-Nirari davrida tugallanadi. U birinchi bo'lib rasmiy ravishda o'ziga 
podsho unvoni berib, Old Osiyo buyuk davlatlari hukmdorlariga teng bo'lgan 
«Buyuk podsho» mavqeiga da'vo qiladi. Er. av. XIII asrda Xett davlati Osur 
savdogarlarini Kichik Osiyodan siqib chiqardi, Misrni Suriyadan mahrum qiladi. 
Mitanni davlati esa Osuriya uchun g'arbga chiqadigan yo'lni butunlay yopadi. Er. 
av. XIII—XII asr boshlarida Osuriya yuqori Mesopotamiyaning qo'shni 
hududlarini to'rt marta o'ziga qo'shib oladi va to'rt marta yo'qotadi. Podsho 
Tiglatpalasalar I (er. av. 1114-1076-yillar atrofida.) davrida xalqaro vaziyat 
Osuriya foydasiga o'zgaradi. Bu davrda Xett podsholigi halokatga uchrab, Misr 
siyosiy tarqoqlik tomon yo'l tutadi. Osuriya qulay vaziyatdan foydalanib, shimoliy 
Suriya va shimoliy Finikiyani, Kichik Osiyoning janubiy-sharqiy oqimini o'z ta'siri 
ostiga oladi. Suriyaning gullab-yashnashi er.av. XII-XI asrlarda Arabistondan 
oromiy qabilalarining bostirib kelishi natijasida tugadi. Buyuk Osuriya harbiy 
davlati (er. av. I raing yillik) Er. av. I ming yillikda Old Osiyoda temirdan keng 
miqyosida foydalana boshlanishi, Qadimgi Sharqda iqtisodiy o'sishga olib keladi. 
Quruqlik va dengiz savdosi keng hajmda rivojlanadi, Xett va Mitanni kabi qudratli 
davlatlar tarix sahnasidan tushib ketdilar. Bobil va Misr ichki va tashqi siyosatda 
tushkunlikka yuz tutdilar, natijada Yaqin Sharqda Osuriya yetakchi o'ringa chiqib 
oldi. Osuriya er. av. X—VII asrlarda o'zining iqtisodiy, harbiy qudratini qayta 
tikladi, siyosiy markazlashuv va barqarorlikka erishdi. Osuriya bu davrda faol 
istilochilik urushlari olib bordi. Butting sababi Osuriya iqtisodiyoti uchun zarur 
bo'lgan xomashyo (metall, yog'och) taqchil bo'lganligi edi. Ikkinchidan, 
rivojlanayotgan shaharlar himarmandchiligi va dehqonchiligi va quldorlik xo'jaligi 
uchun ishchi kuchi — qullarga ehtiyoj tez o'sdi. Osuriyani istilochilik urushlarini 
olib borishining yana bir sababi, mamlakat quruqlik va dengiz savdo yo'llari 
tutashgan hududda joylashgani uchun yetakchi o'rinni egallashga intilishi edi. 
Osuriyaning ijtimoiy-siyosiy hayoti Osuriya katta-katta hududlarni bosib olishi 
natijasida hududlar, shaharlarda savdo-hunarmandchilik, dehqonchilik va 
chorvachilik rivojlanadi. Mamlakatda ko'plab yerlar o'zlashtirildi. Irrigatsiya va 
suv ta'minoti yaxshilanadi. Bog'dorchilik, uzumchilik va chorvachilik rivojlanishi 
uchun turtki bo'lgan temir qurollar keng tarqaladi. Metallurgiya, qurolsozlik 


sohalari yuqori darajada taraqqiy qiladi. Talonchilik urashlardan olingan ko'plab 
o'ljalar va qullardan Osuriya shahar va qal'alarni qurishda keng foydalaniladi. 
Yangi shaharlar quriladi, jumladan, Kalxu shahri qayta tiklanadi, Osuriyaning 
yangi poytaxti «Tukulti-Ninurtu qal'asi» asir olingan tassit, xurrit va urartu 
qabilalari kuchi bilan qayta tiklangan. Osuriya jamiyatini hukmron tabaqasi 
harbiylar, davlat xizmatidagi zodagonlar, ibodatxona va savdo ahlidan iborat 
bo'lib, ular juda katta boylik va imtiyozlarga ega bo'lganlar va mavjud siyosiy 
hokimiyat bilan yaqin aloqada
bo'lib, uni istilochilik siyosatini qo'llab-quwatlatlaganlar. Osuriya -jamiyatining 
quyi tabaqalarini kichik ishlab chiqaruvchi yer egalari, jamoa a'zolari va 
hunarmandlar tashkil etgan. Ular xazinaga qishloq xo'jalik mahsulotlari, chorva 
mollari va kumush bilan soliq to'laganlar. Ijtimoiy tizimning eng pastidagilar 
ko'chib kelganlar, asirlar va qullar qaram ishchilar toifasini tashkil qilganlar. Ular 
ko'p hollarda podsho xo'jaligida va ayrim hollarda ibodatxonalar, xususiy yerlarda 
ishlaganlar. Osuriya davlati o'z tarixining so'nggi davrida qadimgi Sharq 
davlatchiligining o'ziga xos shakliga ega bo'lgan. Podsho qo'lida dunyoviy, harbiy 
va diniy sohalardagi cheklanmagan hokimiyat to'planadi. «podshoga hokimiyat 
muqaddas xudolar tomonidan topshirilib, hukmdorning homiyligi ostida davlatni 
boshqaradi» degan tushuncha xalq ommasi ongiga singdirilgan. Er. av. IX—VII 
asrlarda Osuriya davlati boshqaruvi quyidagi shaklda bo'lgan: Bosib olingan 
hududlarning ko'pchiligida provinsiyalar (Osuriya, Kichik Osiyoning ayrim shahar 
va viloyatlari, Xaldey va Oromiy knyazliklari) tashkil qilingan. Ular Osuriya 
noiblari tomonidan boshqarilgan. Ba'zi hududlarda Osuriyaga xiroj to'laydigan 
qaram podsholiklar (Finikiya shaharlari, Yahudiya, Moav, Edem, Tabal, Manna) 
saqlanib qoladilar.

Yüklə 120,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə