6-variant Matematikaga ixtisoslashtirilgan boshlang`ich sinflarda o`qitish



Yüklə 24,67 Kb.
səhifə1/5
tarix21.05.2022
ölçüsü24,67 Kb.
#87573
  1   2   3   4   5
6-variant Matematikaga ixtisoslashtirilgan boshlang`ich sinflard


6-variant
1.Matematikaga ixtisoslashtirilgan boshlang`ich sinflarda o`qitish. O‘quvchilarga matematikaga ixtisoslashgan sinflarda o‘qitishda ta‘lim berish
va maktabdagi o‘quv-tarbiya jarayonini takomillashrishning maqsadlaridan biri –bu o‘quvchilarni mustaqil fikrlashini shakllantirishdir.
S.L.Rubinshteyn birinchilardan umumiy aqliy rivojlanish borasida qilingan
izlanishlarni o‘rganishga chaqirganlardan biridir. U ruhshunoslikdagi faoliyat
toifasini ruhiy izlanishning ob‘ekti va maqsadi qilib kiritdi va asosladi. Faoliyat
nazariyasi asosida Rubinshteyn faoliyat tushunchasini sub‘ektdan ob‘ekga o‘tis
deb kiritadi. Rubinshteyn faoliyatning ikkinchi bosqichi ob‘ekdan sub‘ektga qara borgan aloqadan deb hisoblaydi. Rubinshteynning diqqat markazida, inson faoliyat jarayonida faqatgina o‘ziga xos bo‘lgan shaxs sifatida o‘zining xususiyatlarinin amoyon etib qolmay, balki undagi ruhiyatning shakllanishi ob‘ekt bo‘lib aniqlanadi degan mazmuni turadi. «Faoliyat», «harakat», «operatsiya» tushunchalarining fundamental psixologik tushunchalari A. N. Leontev ishlarida yoritilgan. Faoliyat – sub‘ektning bir-biriga bog‘langan realligining o‘zaro ta‘sir
ko‘rsatishi deb bilgan A.N.Leontev, reallikning inson ongida aks ettirilishi –
«ta‘sir» ning natijasi bo‘lmay, o‘zaro ta‘sir, ya‘ni bir- biriga duch kelgan
jarayonlarning natijasidir deb hisoblaydi .A.N Leontev va Rubinshteynning o‘qitish amaliyotidagi xulosalariga qaraganda mustaqil fikrlashni rivojlantirishda faoliyat shakllarining ishlanmasi va ishlatilishi, hamda ta‘limdagi faoliyat tamoyillarining bir-biriga ketma-ket o‘tkazilishi eng foydali va natijali yo‘nalishdir.
B.P.Erdnievning dissertatsiyasi fikrlash muammosi rivojlanishining turli
yo‘llarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Muallif tomonidan matematikani
o‘rganishda o‘quvchilarda mustaqil fikrlashni shakllantirish uslubiyoti ishlab
chiqilgan.Matematik masalalardan keng foydalanilsa, o‘quvchilarda chuqurroq
fikrlash, fikrlashdagi ketma-ketlik, mustaqillik, tanqidiylik kabi fikrlash
xususiyatlarni tarbiyalashga imkon yaratadi. Erdniev o‘quvchilarga ilmiy faraz
qilishni o‘rgatish, bir-biriga bog‘lash, umumiylashtirish, qobiliyatlarni
tarbiyalashda matematik masalalardan foydalanish uchun aniq misollarni keltiradi L.S.V godskiy fikrlashning rivojlantirish muammosini o‘rganib, «yaqindan
rivojlanish maydoni» fenomenini ilgari suradi. Bunda u o‘quvchilarda mustaqil
fikrlashni rivojlantirish uchun eng qulay sharoitlarni to‘ish lozimligini tahkidlaydi. Vgodskiyning fikri bo‘yicha, bolaning rivojlanishi bilimlarni o‘zlashtirish jarayonisiz o‘tmaydi, faqatgina o‘quv axborotlarining to‘plami (bilim, bilish)fikrlashni harakatlantiradi, bolalarni rivojlantiradi. o‘z navbatida oxirgisi bilim va bilishni o‘zlashtirish yukori darajada bo‘lishiga dastlabki shart hisoblanadi.
L.S.Vgodskiydan keyin psixolog va didaktiklarning ko‘pchiligi o‘rgatish –
Ri vojlanish manbasi, o‘quvchilarning bilimi va bilishi – ularning rivojlanishi uchun muhim shartlaridan biridir deb hisoblaydilar. Bunda o‘qitish jarayonida «yaqindan rivojlantirish maydoni»ni ko‘zda tutish muhimdir, ya‘ni o‘quvchilarning egallagan rivojlanish darajasini e‘tiborga olish va ularni keyingi yengilroq maydonga siljitish kerak. Ushbu maydonni aniqlash uchun L.S.Vgodskiy ikki ko‘rsatkichdan foydalanishni tavsiya etadi:
1) bolaning yangi bilimlarini kattalar yordamida egallashi;
2) boladagi o‘zlashtirilgan bilimlarni masalalarni mustaqil yechishga
qo‘llash, tadbiq etish qobiliyati.
Vgodskiyning takliflarini amaliyotda qo‘llaganda o‘qituvchi:
a) o‘quvchilarga masalani yechilishini ko‘rsatib, xuddi shuncha o‘xshash
masalani o‘zlariga yechish uchun beradi;
b) boshlab qo‘ygan masalani o‘quvchi yechib tugatishni tavsiya etadi;
v) murakkabroq masalalarni yechishni o‘quvchilarga tavsiya etadi;
g) masalaning yechilish printsipini tushuntiradi, yordamchi savollar beradi,
muammolar qo‘yadi, masalani qismlarga bo‘ladi va xokazo.
Bundan tashqari masalani yechish jarayonida «yaqindan rivojlantirish
maydoni»ni aniqlash uchun tavsiya etilayotgan usullardan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi deb hisoblaymiz.
Didaktlar o‘zlarining izlanishlarida ta‘lim olish jarayonini va fikrlashning
rivojlashini uzviy bog‘lanish birligida ko‘radilar. Ijodiy fikrlash rivojlanishi tashqi shartlarning o‘quvchilardagi ichki imkoniyatlari bilan muvofiq bo‘lishida
ifodalanadi. Ijodiy fikrlashni rivojlanishi muammolarining ta‘limiy uslublari bilan bog‘lanishi e‘tiborda muhimdir. Tahlimning nazariy va amaliy uslublarining
keyingi rivojlanishida B.S.Esenov, I.Ya.Lerner, M.N.Skatkin va boshqalar kattax issasini qo‘shgan.
Izlanishimizda bizlar I.Ya.Lerner va M.N.Skatkin ishlab chiqqan uslublar
turkumlariga tayanamiz. Ushbu turkumlashda uslublar quyidagilarga bo‘linadi:
1) tasvirli tushuntirish yoki retsentli axborot uslubi
2) reproduktiv (yodda saqlash, eslash) uslubi
3) muammoli ifodalash uslubi
4) qisman izlanish uslubi
5) izlanish uslubi
Ta‘lim uslublarining ushbu turkumi uslublarini yodga tushurish va mustaqil
fikrlash faoliyatlarining nisbatiga qarab bo‘lishga imkoniyat yaratadi.
Shunday qilib, tasvirli tushuntirish uslubi uchun tayyor bilimlar va faoliyat
uslublarini eslash (yodda saqlash) kiradi. Muammoli ifodalash uslubi esa mustakil fikrlash elementlarining birga qo‘shilib kelishi va aniq bilimlarni yodda saqlashni o‘z ichiga oladi. qisman izlanish uslubida ijodiy fikrlash va yodda saqlash
elementlari qo‘shilib keladi. Izlanish uslubi esa ijodiy faoliyatni taxmin etadi.
Ushbu uslublar bilimlarni o‘zlashtirish, bilim va ko‘nikmalarni
shakllantirishni ta‘minlaydi, o‘quvchilarda ijodiy faoliyat tajribasini egallashga
imkon yaratadi, ularda emotsional (xis, tuyg‘u) madaniyatini tarbiyalashga xizmat qiladi. o‘quvchida mustaqil fikrlashni shakllantirishda muammoli ta‘lim kata ahamiyatga egadir.
Muammoli ta’lim – bu didaktik tizim bo‘lib o‘quvchilarni m

Yüklə 24,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə