7-mavzu: Iqtisodiy islohotlar, xususiy muhlkchilikning shakllanishi. O‘zbekistondada bozor munosabatlarining rivojlanishi



Yüklə 29,37 Kb.
səhifə1/6
tarix07.04.2023
ölçüsü29,37 Kb.
#104495
  1   2   3   4   5   6
7-mavzu Word маруза


7-mavzu: Iqtisodiy islohotlar, xususiy muhlkchilikning shakllanishi.
O‘zbekistondada bozor munosabatlarining rivojlanishi.

  1. Iqtisodiyotni modеrnizatsiya qilish kontsеptsiyasi. O‗zbekistonda Rеspublikasida bozor munosabatlarining shakllanishi, uning yo‗nalishlari, bosqichlari va xususiyatlari.

  2. Bozor munosabatlariga o‗tishning huquqiy asoslarining yaratilishi.

  3. Iqtisodiy islohotlarning bеsh tamoyilini amalga oshirilish mеxanizmi. Bozor infratuzilmasining shakllanishi, qishloq xo‗jaligidagi islohotlar, uning vazifalari va yo‗nalishlari.

  4. Sanoat, avtomobilsozlik sohasining rivojlanishi. Makroiqtisodiyotni barqarorlashtirishga erishish.

  5. Jahon moliyaviy inqirozining yuzaga kеlish sabablari, oqibatlari va uni O‗zbekistondada barqtaraf etish yollari.

  6. Mamlakat iqtisodiyotining modеrnizatsiya va divеrsifikatsiya qilinishi, bank-moliya tizimini mustahkamlash borasidagi chora-tadbirlar. Soliq tizimidagi islohotlar.

Mustaqillikning ilk davridayoq O‗zbekiston iqtisodiy jihatdan rivojlangan yirik industrial-agrar davlat sifatida tanila boshlandi. Prezident I.A.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan O‗zbekistonda bozor iqtisodiyoti va bozor munosabatlariga o‗tishning o‗ziga xos siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish konsepsiyasi hayotga tatbiq etila boshlandi. Bu rivojlanish yo‗li jahondagi mamlakatlar tomonidan «O‗zbek modeli» sifatida e‘tirof etildi. Mamlakat xalqaro iqtisodiy integratsiyadan o‗ziga munosib o‗rinni olishga erishdi.
Mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar bosqichma-bosqich va izchillik asosida amalga oshirilib, bu holat jamiyatni tinch va barqaror tarzda o‗tish davriga kirishini ta‘minlab berdi. Mamlakatda amalga oshirilgan islohotlarning birinchi bosqichida (1991—1994 yy.) bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o‗tish uchun zarur bo‗lgan barcha shart-sharoitlar tayyorlandi. Bu jarayonda quyidagi keskin o‗zgarishlar amalga oshirilgan edi:

  • islohotlar strategiyasi va taktikasi mamlakat tarixiy-iqtisodiy rivojlanish xususiyatlarini, aholining mentalitetini hisobga olgan holda shakllantirildi;

  • iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning bozor iqtisodiyoti

munosabatlariga xos bo‗lgan me‘yoriy-huquqiy asoslari yaratildi;

  • mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish asosida ko‗p ukladli iqtisodiyotni shakllantirish asoslari shakl1 lantirildi;

  • milliy iqtisodiyotning eng murakkab sohasi — qishloq xo‗jaligini tubdan o‗zgartirish asosida mutlaqo yangi — bozor iqtisodiyotiga xos bo‗lgan agrar munosabatlar shakllantirildi va qishloqda mulkdorlar sinfini yaratishga kirishildi; - ma‘muriy-buyruqbozlik tizimiga barham berildi va yangi demokratik institutsional o‗zgarishlar uchun keng yo‗l ochildi;

  • narxlarni erkinlashtirish va bozor infratuzilmalarini shakllantirishga ustuvor ahamiyat berildi;

  • tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish asosida mamlakatning jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuviga erishildi;

davlatning bosh islohotchilik faoliyati natijasi o‗laroq millat ma‘naviy-ruhiy jihatdan uyg'ondi; aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj keng qatlamiga nisbatan davlat tomonidan kuchli ijtimoiy himoyalash siyosati amalga oshirila boshlandi.
O‗zbekistonda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning ikkinchi bosqichida (1995—1999 yy.) — makroiqtisodiy barqarorlikka erishildi, xususiylashtirish jarayonlari yanada chuqurlashtirildi va yangi raqobat muhiti shakllantirildi. Bu davrda milliy sanoatni mustahkamlash chora-tadbirlari, iqtisodiyotda tarkibiy qayta qurish dasturlarini amalga oshirish, ijtimoiy ishlab chiqarishda nodavlat sektori ulushining ortishi va ijtimoiy yo‗naltirilgan ko‗p ukladli iqtisodiyotni shakllantirish, aholini manzilli himoya qilishni yanada kuchaytirishdan iborat dasturlar amalga oshirildi. Amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlar natijasida O‗zbekiston 2000-yilga kelib MDH davlatlari o‗rtasida yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarish bo‗yicha 1991-yil darajasiga yaqinlashgan yagona davlat sifatida e‘tirof etildi (yalpi ichki mahsulot indeksi 1991-yilga nisbatan 98,7% ni tashkil qildi). Ayni vaqtda, yalpi ichki mahsulotning mutlaq hajmi jihatidan MDH doirasida uchinchi iqtisodiy baquvvat (Rossiya va Ukrainadan so‗ng) davlat darajasini egalladi.
Mamlakatda iqtisodiy islohotlarning uchinchi bosqichida (2000—2005 yy.) bozor iqtisodiyoti munosabatlari mexanizmlarining samarali ishlashi negizida iqtisodiy o‗sishning barqaror sur‘atlariga erishish Dasturi asosida davlat qurilishining siyosiy va iqtisodiy sohaiari yanada rivojlandi, ma‘naviy jihatdan yangilanishlar ro‗y berdi, aholi turmush darajasi o‗sa boshladi, iqtisodiyotda tarkibiy qayta qurishlar amalga oshirildi.
«O‗zbek modeli» asosida iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish jarayonida yirik muvaffaqiyatlar qo‗lga kiritildi. Jumladan, 1997— yillarda YalMning o‗rtacha yillik o‗sishi 4,4 %, 2007-yilda 2006-yilga nisbatan 9,5 % o‗sdi. 2003-yiida real YalM 1995-yilga nisbatan 36,9 % oshdi. 2007-yilgacha aholi jon boshiga YalM ishlab chiqarish sur‘atlari sezilarli ravishda o‗sib bordi.
Mustaqillik yillarida O‗zbekistonda davlatning iqtisodiyotga aralashuvini cheldash asosida ko‗p ukladli iqtisodiyot shakllandi, xo‗jalik faoliyatiga aralashuvlar chegaralandi, xo‗jalik subyektlarining iqtisodiy va moliyaviy mas‘uliyati ortib bordi, bozor infratuzilmalari rivojlandi, tashqi iqtisodiy faoliyat tizimi qayta shakllandi va valuta tizimi erkinligi kengayib borishi natijasida real raqobat muhiti shakllandi, erkin tadbirkorlik faoliyati uchun iqtisodiy va huquqiy shart-sharoitlar yaratildi. Shuningdek, mulkdorlar roli va huquqi mustahkamlandi, 2 jumladan xorij investitsiyalari uchun kafolat va yengilliklar beradigan qulay va sog‗lom investitsion iqlim va rag‗batlantirish tizimi yaratildi.
Mustaqillikning dastiabki o‗n yilligidagi iqtisodiyotdagi tarkibiy o‗zgarishlar samarasi o‗laroq tarmoqlarda texnik qayta qurishlar va modernizatsiyalash, tabiiy va xomashyo salohiyatidan to‗la va samarali foydalanish, eksportga yo‗nalgan va import ornini bosuvchi ishlab chiqarish tizimlari shakllandi. Ko‗rinib turibdiki, mamlakat iqtisodiyotidagi chuqur tarkibiy va institutsional o‗zgarishlar, barqaror iqtisodiy o‗sish sur‘atlari, mavjud tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy, texniktexnologik salohiyat O‗zbekistonning istiqbolda iqtisodiy rivojlangan davlatlar qatoridan joy olishi uchun mustahkam zamin bo‗lib xizmat qila boshladi. Shuni alohida ta‘kidlash lozimki 2008-yilda boshlangan jahon moliyaviy va iqtisodiy inqirozi mamlakat iqtisodiyotiga deyarli ta‘sir ko‗rsatmadi.
O‗zbekiston mustaqillik davrida Prezident Islom Karimov tomonidan ilgari surilgan tadrijiy taraqqiyot konsepsiyasini amalga oshirish, iqtisodiyotni mafkuradan xoli bo‗lishi, demokratik islohotlarni bosqichma-bosqich joriy qilish, qonun ustuvorligini ta‘minlash, davlatning bosh islohotchi sifatidagi rolini tan olish va o‗tish davrida uning ta‘sirini oshirish, mamlakatimizning o‗ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, kuchli ijtimoiy siyosat yuritish kabi prinsiplar asosida fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat qurish islohotlarini chuqurlashtirib borish asnosida bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyotni shakllantirdi.

Yüklə 29,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə