710 yilda birinchi doimiy poytaxt Nara qurildi



Yüklə 13,98 Kb.
tarix11.12.2023
ölçüsü13,98 Kb.
#145864
646 yil yer davlat mulki deb eʼlon qilindi


 646 yil yer davlat mulki deb eʼlon qilindi, aholi esa davlat chek yerlari egasiga aylandi. Yarim erkin dehqonlar zodagonga qaram dehqonlar bilan tenglashtirildi. Xitoydagi Tan davlati tipida markaziy maʼmuriyat tuzildi.
710 yilda birinchi doimiy poytaxt — Nara qurildi,
794 yilda poytaxt Kioto (Xeyan)ga koʻchirildi.
8-asrda mamlakat janubidagi avstronezlarning singdirilishi natijasida yapon millati shakllandi.
10-asrda davlat chek yer egaligi tizimi barham topib, aslzoda va ibodatxonalarning yermulklari (syoen) yerga egalikning asosiy shakliga aylandi.
11-asrdan sardorlar boshchiligida harbiy zodagonlar guruhlari tashkil topa boshladi.
12-asrning oʻrtalarida Xonsyudan shim.sharqda Minamoto, jan.gʻarbda Tayra ulardan eng yirigi edi. Bu xonadonlarning oʻzaro kurashi
1185 yilda Tayraning magʻlubiyati bilan tugadi.
1192 yilda shim.sharqliklar oʻz sardorlari Yoritomo Minamotoni syogun (sarkarda) unvoni bilan davlatning hukmdori deb eʼlon qildilar. Imperator sulolasi syogunlar hukmronligini xalq oldida qonuniy boʻlishini kafolatlab turish uchun nomigagina saklab qolindi. Qarorgohi Kamakura shahrida joylashgan syogunlarga harbiylar tabaqasi (busi) va shaxsiy vassallar (ular maʼmuriy mansablarni egalladilar) asosiy tayanch boʻldi. Busi tabaqasining quyi qismi mayda harbiy dvoryanlar — samuraylardan iborat edi.
Adabiyoti qadimdan mavjud boʻlgan xalq ogʻzaki ijodi (qoʻshiq, afsona va boshqalar) zaminida vujudga kelgan. Afsona, ertak, tarixiy rivoyat va qoʻshiqlardan iborat "Kojiki" ("Qadimgi hodisalar yilnomasi", sintoizmning muqaddas kitobi hisoblanadi) toʻplami ilk marta 712 yilda tuzilgan.Bu asar yapon tilida bitilgan birinchi manba hisoblanadi.
759 yil 4516 folklor va 500 ga yaqin muallifning asarlaridan iborat yapon sheʼriyati antologiyasi — "Manʼyosyu" ("Koʻp asrlik qoʻshiqlar toʻplami") yaratildi.
9-asrning oʻrtalarida birinchi adabiy nasriy asar — "Taketorimonogatari" yaratiddi.
10-asr oxiri — 11-asr boshlarida adiba Murasaki Sekibu (978—1016) yaratgan "Gendzimonogatari" ("Shahzoda Gendzi haqida qissa") asari Yaponiya mumtoz adabiyotining choʻqqisi boʻldi.
8-asrda Xitoy shaharsozligi uslubida Heyjokyo (hoz. Nara) va Heyan (hoz. Kito) shahrilariga asos solindi. 
 Yaponiya rang-tasviri buddizm hamda Xitoy sanʼati taʼsirida taraqqiy etdi. 11—12-asrlarda oʻziga xos milliy xususiyatlarga ega boʻldi.
Professional musiqa diniy harakatlar va teatr bilan bogʻliq boʻlgan; uning sarchashmalari 6—7-asrlarga borib taqaladi.
7-asr Teatr sarchashmalari qadimiy xalq dehqonchilik bayramlarida koʻrsatilgan tomoshalardan boshlanadi.
7—8-asrlarda gigaku va bugaku deb nomlangan musiqali raqs tomoshalari paydo boʻldi; ular yapon mumtoz teatrining shakllanishiga yordam berdi.
8—12-asrlarda sangaku musiqali raqs tomoshalari keng yoyildi.
12-asr boshlarida musiqali tomoshalarning yangi turlari’— Dengaku va Sarugaku rivojlandi
6 7 asr Yaponiyada davlatchilik shakilandi
Yüklə 13,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə