8-bob. Statistik indekslar



Yüklə 402,5 Kb.
səhifə1/6
tarix28.05.2022
ölçüsü402,5 Kb.
#88188
  1   2   3   4   5   6
8-mavzu lotin


8-BOB. STATISTIK INDEKSLAR
8.1. Indekslar to‘g‘risida tushuncha va ularning turlari
8.2. Miqdor ko‘rsatkichlari indekslari
8.3. Sifat ko‘rsatkichlari indekslari
8.4. Bazisli, zanjirsimon va hududiy (territorial) indekslar
8.5. Statistik indekslarni iqtisodiy menejmentda qo‘llash


8.1. Indekslar to‘g‘risida tushuncha va ularning turlari
Indeks so‘zi lotincha “Index” atamasidan olingan bo‘lib, belgi, ko‘rsatkich degan ma’noni bildiradi. Lekin har qanday ko‘rsatkich ham indeks deb atalavermaydi. Indeks so‘zi pochta, poligrafiya va boshqa tarmoqlarda tartib nomeri ma’nosida ishlatiladi. Statistikada esa ushbu so‘z butunlay boshqa ma’noga ega. Statistik indeks – bu bevosita qo‘shib bo‘lmaydigan bo‘laklardan tashkil topgan ikki to‘plamni taqqoslashga aytiladi.
Bevosita qo‘shib bo‘lmaydigan hodisalarni vaqt bo‘yicha yoki makonda o‘zgarishini baholash uchun ularni mutloq yoki o‘rtacha hadlari bilan o‘zaro taqqoslab bo‘lmaydi. Bu ishni bajarish uchun indeks metodining maxsus usullarini qo‘llash kerak.
Statistikada shunday hodisalar uchraydiki, ularga mumkin bo‘lmagan sharoitda umumlashtirib baho berish (mahsulotni moddiy natural formulada o‘zgarishini yoki narxlarni, tannarx va boshqalarni baholash) zaruriyati tug‘iladi.
Bu kabi muammolarni echish uchun statistikada mahsulot hajmi indeksi, baho, tannarx, mehnat unumdorligi va boshqa indekslar hisoblanadi.
Mahsulot hajmini taqqoslaydigan bo‘lsak, uni moddiy natural formadan qiymat formasiga o‘tkazish kerak, ya’ni mahsulot unsurlari (miqdor va baho) o‘zaro ko‘paytiriladi. Lekin bir narsani esda saqlash zarur, mahsulot qiymatining o‘zgarishi, ikki omilga, ya’ni uning miqdori va bahosining o‘zgarishiga bog‘liq bo‘ladi.
Mahsulot qiymatini taqqoslash bilan biz indeks metodi oldiga qo‘yilgan vazifani hal qilmaymiz. Bizning maqsadimiz barcha mahsulotlar bo‘yicha birgalikda miqdorni yoki bahoni o‘zgarishini o‘rganish edi. Bu maqsadga erishish uchun, ya’ni turdosh mahsulotlarning hajmi qanday o‘zgarganligini bilish uchun taqqoslashdan oldin taqqoslanuvchi va taqqoslanadigan davrlarda mahsulot hajmi o‘zgarmas (bitta davr) baholarda hisoblaniladi, agar bahoning o‘zgarishini o‘lchamoqchi bo‘lsak, mahsulot miqdorining ta’sirini yo‘qotish kerak. Bu indeks metodining o‘ziga xos xususiyatidir.
Indeks metodi yordamida murakkab hodisalarning vaqt bo‘yicha va hududiy o‘zgarishi, reja va buyurtmalar bajarilishi o‘rganiladi. Mana shu vazifalarga qarab indekslar quyidagi turlarga bo‘linadi: dinamika indekslari; hududiy indekslar; reja yoki buyurtmalarning bajarilishi indekslari.
Indeks metodi o‘rtacha ko‘rsatkichlarning o‘zgarishini o‘rganishda ham keng qo‘llaniladi. Masalan, joriy davrda o‘tgan davrga nisbatan turdosh tovarlar uchun o‘rtacha baho o‘zgarishini o‘rganmoqchi bo‘lsak, joriy davrdagi o‘rtacha bahoni o‘tgan davrga bo‘lamiz. Ma’lumki, o‘rtachalarni o‘zgarishiga faqat o‘rtalashtirilayotgan belgini o‘zgarishi emas, balki shu to‘plam tarkibining o‘zgarishi ham ta’sir qiladi. Demak, o‘rtachaning o‘zgarishiga ikki omil ta’sir ko‘rsatadi. Bu omillar ta’sirini baholash uchun statistikada o‘zgaruvchan va o‘zgarmas tarkibli hamda tarkibiy siljishlar indekslari hisoblanadi.
Indekslar to‘plam birliklarini qamrab olishiga qarab individual va umumiy indekslarga bo‘linadi. Individual indekslar to‘plamning ayrim elementlarining o‘zgarishini ta’riflaydi. Masalan, Toshkent shahrida 10 ta dehqon bozori mavjud. Hammasida olma, uzum, shaftoli va boshqalar sotiladi. Mana shu sotiladigan mahsulotlardan bittasining bahosi yoki miqdorining o‘zgarishini o‘rganmoqchi bo‘lsak, individual indeksni qo‘llaymiz. Barchasi bo‘yicha o‘rganmoqchi bo‘lsak, umumiy indeks qo‘llaniladi.
Taqqoslanish asosiga qarab indekslar bazisli va zanjirsimon indekslarga bo‘linadi. Baza o‘rnida qabul qilingan miqdor bilan qolganlari taqqoslansa bu indekslar bazisli, o‘zidan oldingi davr bilan taqqoslansa zanjirsimon indekslar deyiladi.
Indekslashtirilayotgan miqdorlarning xarakteri va mazmuniga qarab indekslar miqdor(fizik hajm) va sifat kursatkichlari indekslariga bo‘linadi.
Indekslar nazariyasida qaysi ko‘rsatkich indekslashtirilsa, u indekslashtiriladigan miqdor deyiladi. Umumiy indekslarda indekslashtirilayotgan miqdor so‘zi o‘rniga indekslashtirilayotgan belgi va uning vazni tushunchalari ishlatiladi. Masalan, baho umumiy indeksi hisoblanayotgan bo‘lsa, indekslashtirilayotgan belgi baho hisoblansa, uning vazni sifatida mahsulot miqdori olinadi.
Indekslarni bevosita hisoblashishga kirishishdan oldin, shu metodda qo‘llaniladigan ramziy belgilar bilan tanishib chiqaylik.
Hodisaning miqdori (fizik xajmi) q; narxlar-r; tannarx –s; unumdorlik  harflar bilan belgilanadi. Joriy davr ko‘rsatkichi “1” satr osti ishorachasi, o‘tgan davr esa “0” –bilan ifodalanadi. “i” va “I” lar individual va umumiy indekslarni ifodalaydi, “” – yig‘indini bildiradi.
Individual indekslar quyidagicha ifodalanadi:
mahsulot fizik hajmi individual indeksi ,

bu erda: q1 va q0 - joriy va o‘tgan davrlarda ishlab chiqarilgan mahsulot fizik hajmi. Bu indeks yuqorida ta’kidlaganimizdek, mahsulot fizik hajmini vaqt, hudud va ob’ektlar bo‘yicha faqatgina bitta mahsulot uchun o‘zgarish xarakterlaydi.


Baho individual indeksi - ip=

bu erda: p1 va p0 – joriy va o‘tgan davrlarda mahsulot bir birligini bahosi (narxi).


Tannarx individual indeksi iZ=
bu erda: z1 va z0 – joriy va o‘tgan davrlarda mahsulot birligini tannarxi.



Yüklə 402,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə