9 Ma’ruza. Neftni kompleks tayyorlash texnologiyasi. Maruza rejasi



Yüklə 458,59 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix29.05.2023
ölçüsü458,59 Kb.
#113850
  1   2
КНГСЙТТ маруза-9



9 Ma’ruza. 
Neftni kompleks tayyorlash texnologiyasi. 
Maruza rejasi. 
9.1. Neftni kompleks tayyorlash texnologiyasi. 
9.2. Neftni turg`unlashtirish
.
9.3.Neftni qatlam suvi va mineral bug`lardan tozalash. 
9.1. Neftni kompleks tayyorlash texnologiyasi. 
 
Neftni kompleks tayyorlash qurilmasi va jihozlarning umumiy texnologik 
tarxi
9.1-rasm. 
Neftni kompleks tayyorlash qurilmasi va jihozlarning umumiy 
texnologik sxemsi.

1
–neft quduqlari; 2–neft miqdorini o‘lchovchi jihozlar; 3– 
siquvchi nasos stansiyasi; 4–gazni qayta ishlash zavodi; 5– neftni kompleks 
tayyorlash qurilmalari; 6– suvni tozalovchi qurilmalar; 7– neftni saqlovchi 
rezervuarlar; 8– tayyorlangan neftni uzatuvchi nasoslar; 9–neft sifatini tekshiruvchi 
jihozlar; 10–tayyor neftni saqlovchi rezervuarlar; 11–tayyor neftni magistral neft 
quvuriga (12) haydovchi nasoslar; 13–suvni haydovchi nasos; 14– suvni neft 
quduqlariga haydash.
Quduq (1) dan olingan neft quvurlar orqali o`z bosimida neft hajmini o`lchovli 
jihoz (2) larga keladi. Bu yerda ma‘lum miqdoriga yengil uglevodorodlar ajratib 
olinadi. Keyin neft siquvchi nasos stantsiyasi (3) ga uzatiladi. U yerda ajratgichlar 
o`rnatilgan bo`lib, birinchi bosqich ajratib olish amalga oshiriladi. U yerda ajralgan 
gaz gazni qayta ishlash zavodi (4) ga beriladi. Qisman gazdan tozalangan neft neftni 
kompleks tayyorlash qurilmasi (5) ga yuboriladi. Bu yerda neftni ikkinchi va 
uchinchi bosqich gazdan tozalash jarayoni amalga oshiriladi. Undan tashqari neftni 
suvsizlantirish va tuzsizlantirish jarayonlari amalga oshiriladi. Undan tashqari neftni 
suvsizlantirish va tuzsizlantirish jarayonlari amalga oshiriladi. Ajratib olingan gazlar 
gazni qayta ishlash zavodi (4) ga yuboriladi. Ajratib olingan suvlar esa suvni 



tozalash qurilmasi (6) ga uzatiladi. Tozalangan neft yopiq idish (7) larga oqiziladi 
va u yerdan nasos (8) yordamida neftning sifatini tekshiruvchi jihozlar (9) ga 
uzatiladi.
Agar tayyorlangan neftning sifati qoniqarli bo`lsa, mahsulot saqlovchi idish 
(10) ga haydaladi. U yerdan nasos (11) yordamida magistral neft quvurlari (12) 
orqali neftni qayta ishlash zavodiga yuboriladi. 
Agar tayyorlangan neftning sifati qoniqarsiz bo`lsa, neft sifatini tekshiruvchi 
jihoz (9) dan yana kompleks tayyorlash qurilmasi (5) ga qaytariladi. Ajratib olingan 
suv (6) tozalash nasos (13) yordamida neft quduqlariga haydaladi. 

Yüklə 458,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə