|
 9-mavzu: monetarizm
|
səhifə | 1/11 | tarix | 03.02.2023 | ölçüsü | 169,63 Kb. | | #100093 |
| 8. Монетаризм. Инс. Неолиб. MUSTAQIL ISH _____________________________ _____________________________ Reja: - Monetarizm konsepsiyasi
- Zamonaviy monetarizmning asosiy qoidalari
- Irving Fisherning ayirboshlash tenglamasi
- M. Fridmenning «pul qoidasi»
- Monetar va keynschilik maktabi konsepsiyalarining asosiy qoidalari
Institutsionalizm ta‘limotining mohiyati. T. Veblen – institutsionalizm asoschisi. - Institutsionalizm ta‘limotining mohiyati. T. Veblen – institutsionalizm asoschisi.
- J.R.Kommons – sotsial-huquqiy institutsionalizm asoschisi. U.Mitchell - konyunktura - statist institutsionalizmi vakili
- J.K.Gelbreyt institutsionalizmning texnokratik yo‘nalishi vakili. U.Rostouning jamiyat taraqqiyoti to‘g‘risidagi iqtisodiy qarashlari.
- Neoliberalizm konsepsiyasi
- F.Xayek va uning ijtimoiy-iqtisodiy g’oyalari.
- Valter Oykenning iqtisodiy tizim nazariyasi
- Lyudvig Erxardning iqtisodiy islohotlari
- Ijtimoiy bozor xo‘jaligi
Milton Fridmen
(1912-2006yy.)
asosiy asari
“Qo’shma Shtatlarning monetar tarixi”
(1957-1960y)
(Anna Shvars hammuallifligida)
(1963)
Monetarizm (monetary-pul)-bu iqtisodiyotdagi tebranma harakatlarda pul hal qiluvchi ahamiyatga ega, deb tasdiqlovchi fandagi iqtisodiy oqimdir. Monetarizm – nafaqat pul to‘g‘risidagi ta’limot, bu oqim vakillarining diqqat markazida pul kategoriyasi, pul –kredit dastaklari, pul mexanizmi, bank tizimi, pul-kredit siyosati, valyuta munosabatlari ham turadi.
Monetaristlar pul massasi bilan ishlab chiqarish o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlash uchun ularni tadqiq qildilar.
Zamonaviy monetarizmning asosiy qoidalari
Bozor xo’jaligini tan olish
Monetarizm, bozor iqtisodiyoti ichki barqaror tizim hisoblanadi, degan tushunchaga asoslanadi. Bu oqim tarafdorlarining fikricha, unda vujudga keladigan barcha salbiy holatlar-bu davlatning iqtisodiyotga noto‘g‘ri aralashuvi natijasidir, shu bois bunday aralashuvni minimallashtirish zarur. Monetaristlar fikricha, bozor iqtisodiyoti o’zining ichki xususiyatiga ko’ra barqarorlikka, o’zini o’zi tartiblashga intiladi. Bozor raqobati tizimi mustahkam barqarorlikni ta’minlaydi. Mabodo muvozanat buzilsa, baholar uni tuzatishning bosh vositasi bo’lib xizmat qiladi. Nomutanosibliklarning vujudga kelishi, odatda, ichki sabablar natijasida emas, balki tashqaridan bo’ladigan arashuvlar, davlat tartiblashidagi xatolar natijasi hisoblanadi.
Bozor xo’jaligining barqarorligi to’g’risidagi ushbu qoida J.M. Keynsning iqtisodiyotiga davlat aralashuvining zarurligi to’g’risidagi tasdig’iga qarshi qaratilgandir.
Dostları ilə paylaş: |
|
|