A. I. Oparin fikriga ko‘ra, oqsil molekulalari kolloid birikmalarni hosil qilgan. Bu birikmalar suvdan ajralib turadigan koatservat tomchilari (koatservatlar)ni hosil qiladi



Yüklə 9,27 Mb.
səhifə1/30
tarix29.04.2022
ölçüsü9,27 Mb.
#86128
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
imtixon javoblari 10 sinf


1-BILET

  1. Koatservatlarning paydo bo‘lish jarayonini tushuntiring .

A. I. Oparin fikriga ko‘ra, oqsil molekulalari kolloid birikmalarni hosil qilgan. Bu birikmalar suvdan ajralib turadigan koatservat tomchilari (koatservatlar)ni hosil qiladi (lotincha koatservus -quyqa, quyuq narsa ma’nosini anglatadi). Koatservatlar o‘ziga suvdan har xil moddalarni biriktirib, bir-birlaridan tobora farqlanib borgan, ularda kimyoviy reaksiyalar kuzatilgan, keraksiz moddalar ajratilib chiqarilgan.

Koatservatlarni tirik mavjudotlar deb atash mumkin emas. Kimyoviy evolutsiyaning so‘nggi bosqichlarida koatservatlar o‘sa boshlagan, moddalar almashinishiga o‘xshagan belgilar paydo bo‘lgan. Koatservatlar membrana bilan o‘rala boshlagan va ularda bo‘linish xususiyati paydo bo‘lgan deb faraz qilinadi. Bunday koatservatlar protobiontlaryoki birlamchi hujayralardeb ataladi.

Koatservatlarga o‘xshagan birikmalar A. I. Oparin va uning shogirdlari tomonidan tajribada hosil qilingan va ularning xususiyatlari yaxshi o‘rganilgan.


  1. Energiya almashinuv jarayonining kislorodli bosqichini tushuntiring.

Moddalar va energiya almashinuvi. Barcha tirik organizmlar va tashqi muhit o‘rtasida doim moddalar va energiya almashinuvi sodir bo‘ladi. Moddalar va energiya almashinuvi oziqlanish, nafas olish, ayirish kabi jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Moddalar va energiya almashinuvi tufayli o‘zgaruvchan tashqi muhit sharoitida tirik organizmlar kimyoviy tuzilishi va tarkibining doimiyligi ta’minlanadi.Kislorodli parchalanish. Aerob organizmlarda glikolizdan so‘ng

energetik almashinuvning oxirgi bosqichi – kislorodli parchalanish sodir bo‘ladi. Bunda glikoliz jarayonida hosil bo‘lgan moddalar metabolizmning

oxirgi mahsulotlari (CO2 va H2O)gacha parchalanadi. Bunda 2 molekula sut kislotadan 36 molekula ATF, 42 molekula H2O va 6 molekula CO2 hosil

bo‘ladi.


2C3H6O3+6O2+36ADF+36H3PO4=6CO2+42H2O+36ATF Kislorodli bosqichda 2 molekula sut kislotasining to‘liq parchalanishi

natijasida 2600 kJ energiya ajralib chiqadi. Shundan 1440 kJ energiya ATFning fosfat bog‘lariga bog‘lanadi. Qolgan 1160 kJ energiya issiqlik sifatida

tarqalib ketadi. Hujayradagi energetik almashinuv reaksiyalarining yig‘indisi quyidagicha:

C6H12O6+6O2+38ADF+38H3PO4= 6CO2+44H2O+38ATF

Demak, 180 g glukozaning to‘liq oksidlanishi natijasida ajraladigan 2800 kJ energiyaning 1520 kJ hujayrada ATF shaklida to‘planadi.
3.Hayotning har bir tuzilish darajasida amalga oshadigan jarayonlarni yozing.



Yüklə 9,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə