Abdukarimova Seygohning Semasiologiya fanidan taqdimot ishi



Yüklə 45,71 Kb.
tarix16.03.2023
ölçüsü45,71 Kb.
#102653
2-mavzu semmm -ya

Ajiniyaz nomidagi NukusDPI Ellikqaʼla

pedagogika fakulteti oʻzbek tili va

adabiyoti 4-kurs talabasi

Abdukarimova Seygohning

Semasiologiya fanidan

taqdimot ishi

Mavzu: Leksik semantika. Leksik ma'no va uni belgilovchi omillar


Semasiologiya va onomasiologiya leksik semantikaning ikki aspekti sifatida umumiy semasiologiyaning bir bo'limi bo'lgan leksik semantikada leksik ma'no o'rganiladi.
Leksik semantikaning o'zi ham semasiologiya va onomasiologiya kabi ikki aspektdan iborat.
Onomasiologiya semantikaning yana bir aspekti bo’lib, unda ma'no ma'no belgi yynalishida tadqiq qilinadi. Bu o'rinda «Mazkur ma'noni qanday belgi yoki belgilar ifodalaydi?», degan savol ko'ndalang quyiladi (so'zlovchining holati). Masalan, vaqt ma'nosini ifodalovchi qanday so'zlar mavjud?, mavhum tushunchalarni qanday so'zlar yordamida ifodalash mumkin?
Leksik semantikaning bu ikki aspektining ajratilishi leksik semantik kategoriyalar va hodisalarning mohiyatini turli nuqtai nazarlardan to'liq va aniq o'rganishga xizmat qiladi. Zero, bir ma'nolilik, ko'p ma'nolilik, omonimiya semasiologik kategoriya sanalsa, sinonimiya, antonimiya, konversiya, mazmuniy maydon kabilar onomasiologik kategoriyalar deb qaraladi. Semasiologiya va onomasiologiyani qat'iy chegaralab bylmaydi. Ular leksik semantikani yrganuvchi ikki aspekt va metod sifatida biri ikkinchisiga o'tib, to'ldirib turadi.
Leksik ma'no bilan nom (belgi, shakl, ifoda plani, nomema)ning bog'lanishi tarihiy ijtimoiydir. Ya'ni muayyan leksik ma'no ma'lum bir nomga shu til egasi bo'lgan jamoa tomonidan biriktiriladi. Leksik ma'no va nom o'rtasidagi bog'lanishning tabiati, uning shartli yoki tabiiyligi xususidagi tortishuvlar antik davrdan hozirgacha davom etib keladi. Ma'no va nom o'rtasidagi bog'liqlik asosan shartli bo'lib, leksik ma'noga ma'lum bir nom jamoa tomonidan shartli biriktiriladi. Biri ikkinchisidan: ma'no nomdan, nom ma'nodan kelib chiqmaydi. Tilda ma'no va nom o'rtasidagi bog'lanish tabiiy emasligiga, ya'ni birining ikkinchisidan kelib chiqmasligiga asosan quyidagilar sabab bo'la oladi:
1. Bitta ma'noning turli tillarda har hil nomlar bilan ifodalanishi. Muayyan bir ma'no har bir tilda o'zgacha nomga ega.
2. Sinonimiya hodisasining mavjudligi. Bir tilning o'zida ham muayyan ma'no birdan ortiq nomga ega bo'lishi mumkin.
3. Ko'p ma'nolilik va omonimiya hodisalarining mavjudligi. Tilda bir nom bilan birdan ortiq ma'nolarning ifodalanishi;
Leksik ma'no bilan nom (belgi, shakl, ifoda plani, nomema)ning bog’lanishi tarihiyg'ijtimoiydir. Ya'ni muayyan leksik ma'no ma'lum bir nomga shu til egasi bo'lgan jamoa tomonidan biriktiriladi. Leksik ma'no va nom o'rtasidagi bog'lanishning tabiati, uning shartli yoki tabiiyligi xususidagi tortishuvlar antik davrdan hozirgacha davom etib keladi. Ma'no va nom yrtasidagi bog'liqlik asosan shartli bo'lib, leksik ma'noga ma'lum bir nom jamoa tomonidan shartli biriktiriladi. Biri ikkinchisidan: ma'no nomdan, nom ma'nodan kelib chiqmaydi. Tilda ma'no va nom o'rtasidagi bog'lanish tabiiy emasligiga, ya'ni birining ikkinchisidan kelib chiqmasligiga asosan quyidagilar sabab bo'la oladi:
Lekin tilda ma'no va nomning tabiiy bog'langan ko'rinishlari ham uchraydi. Bunday bog'langan so'zlarning asosini tovushga taqlidni ifodalovchi va ulardan yasalgan so'zlar tashkil qiladi. Masalan, taraq-turuq, qasur-qusur, miyovlamoq, vovullamoq, uvullamoq.
Leksik ma'no va nom o'rtasidagi bog'liqlik qanday bo'lishidan qat'i nazar (shartlimi, tabiiymi), u majburiydir. Zero, shaklsiz ma'no, ma'nosiz shaklning bo'lishi mumkin emas. Ferdenand de Sossyur til birligidagi substantsiya (moddiy tomon) va ma'noning o'zaro tashkil etuvchilik holatini bir qog'oz varag'ining ikki tomonini o'zaro tashkil etuvchanligi bilan qiyoslagan edi . Lekin so'zning nomi (belgisi, ifoda plani, shakli, fonetik qobig') va ma'nosi (mazmun plani) o'rtasida asosan nomutanosiblik mavjud o'yladi.
Yüklə 45,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə