Abdulla Oripovning "O’zbikiston qasidasi"



Yüklə 57 Kb.
səhifə1/4
tarix03.06.2022
ölçüsü57 Kb.
#88644
  1   2   3   4
Ozbekiston-qasidasi


Mavzu : Abdulla Oripovning “O’zbikiston qasidasi”
Talimiy maqsad: Qasidani o’qish, tahlil qilish, mazmun –mohiyatini o’rganish, matn ustida ishlash, tarixiy shaxslar siymosiga tavsif berish, izohli so’zlar lug’ati bilan ishlash;
Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarning ona-Vatanga bo’lgan mehr-muhabbatini kuchaytirish,buyuk ajdodlarimizga, shonli o’tmishimizga hurmat hissi bilan tarbiyalash;
Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni mustaqil fikrlash qobilyatini rivojlantirish,og’zaki nutqini o’stirish.
Dars usuli: Interfaol musobaqa usuli.
Dars jihozi: Abdulla Oripov portreti, mavzuga doir slaydlar, tarqatmalar, rag’bat va jarima kartochkalar.
Dars shiori: Mangu yorug’ maskanim manim,
O’zbekiston, Vatanim manim!
Dars rejasi:

  1. Tashkiliy qism - 5 daqiqa

  2. O’tgan mavzu A.Oripov hayoti va ijodini “Bumerang” usulida so’rash - 8 daqiqa

  3. Ifodali o’qish daqiqasi - 2

  4. Yangi mavzu “O’zbekistan qasidasi tahlili” - 17 daqiqa

  5. Sardorlar bellashuvi - 3 daqiqa

  6. Yangi mavzuni mustahkamlash - T sxemasi, BBB usuli yordamida - 4 daqiqa

  7. Guruhlarni baholash - 3 daqiqa

  8. Darsni xulosalash -3 daqiqa

Darsning borishi:

  • O’quvchilar bilan salomlashish.

  • Yo’qlama qilish, darsga tayyorgarlik holatini tekshirish.

O’quvchilar: Assalomu alaykum!
O’qituvchi: Vaalaykum assalom, aziz o’quvchilar!
Kim salom bersa oldin,
Koproq topadi oltin,
Biz salomdan boshladik,
O’quvchilar saboqni.
Darsda sizga tilayman a’lo baho olmoqni.
Qani kimdir navbatchi? Bir yo’qlama qilaychi?
Navbatchi: Bizning sinifimizda 35 o’quvchi bor ,
Adabiyot darsiga barcha o’quvchi tayyor.
O’qituvchi: Demak darsimaiz adabiyot. Qani adabiyotga ta’rif beringchi.
O’quvchilar: Adabiyot bu:
Allomalar ibrati,
Donolarning hikmati,
Alisher “Hamsa”si bu,
Boburshoh sheriyati,
Ijodkor mahsuli u,
Yozuvchilar romani,
Odoblar xazinasi,
Talanlilar makoni.
O’qituvchi: Aziz o’quvchilar, bugungi darsimizni musobaqa usulida tashkil etamiz .

  1. Guruh “Zukkolar”

  2. Guruh “Bilimdonlar”

  3. Guruh “Topqirlar”

Darsimiz qoidasi quyidagicha: o’zaro hurmat, faollik, hamkorlikda ishlash, vaqtdan unumli foydalanish, qisqa va lo’nda gapirish.
Darsimiz yanada jozibali bo’lishii uchun “oltin so’zlar”dan foydalanamiz .

  • Kechirasiz

  • Marhamat qilib aytsangiz

  • Agar ruxsat bersangiz

  • Fikringizni hurmat qilgan holda

  • Adashmasam

  • Mannuniyat bilan aytish joizki

  • Agar malol kelmasa

  • Balki yanglishgandirman

(Yuqoridagilarni barchasi qog’ozga yozib doskaga yopishtiriladi)

Yüklə 57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə