Abu Rayhon Beruniy



Yüklə 70,66 Kb.
səhifə1/2
tarix19.12.2023
ölçüsü70,66 Kb.
#150654
  1   2
Извлеченные страницы из -1


Xorazmda ijod qilayotgan barcha olimlarni G‘aznaga chaqirib oladi. Ma’mun akademiyasining buyuk olimlaridan biri Abu Rayhon Beruniy (973 – 1048 yillar)



edi. U Xorazmning qadimgi poytaxti Kot (hozirgi Beruniy) shahrida tug‘ilgan.
Buyuk qomusiy olim, tabiatshunos- geograf, o‘z zamonasining hamma fanlarini, birinchi navbatda falakiyot (astronomiya), fizika, matematika, geologiya, geodeziya, mineralogiya, biologiya, kimyo, tilshunoslik, tarix, mamlakatshunoslik va boshqa fanlarni egallagan siymodir. O‘z davrining mashhur olimi, astronom va matematik Abu Nasr Ibn Iroq Mansur esa unga ustozlik qilgan. Beruniy Jurjon shahrida
«Al-osor al boqiyaan al-kurun al xoliya» (O‘tmish avlodlaridan qolgan yodgorliklar)
nomli o‘lmas asarini yaratadi. Asarda yunonlar, eroniylar, arablar, sug‘diyonlar, xorazmliklarning kalendar tizimini mufassal yoritadi va ularni qiyoslaydi. Asar
«Kun va tun ekanligi haqida so‘z», «Oy va yillarning mohiyati», «Oyning manzillari haqida so‘z», degan boblardan tashkil topgan.
Ushbu asar alloma tavalludining 1000 yilligi munosabati bilan 1968 yilda o‘zbek tiliga tarjima qilinib nashrdan chiqqan. Beruniyning «Hindiston» nomli yirik asari (“Hindlarning aqlga sig‘adigan va sig‘maydigan ta’limotlarni aniqlash kitobi”) 1030 yilda yozilgan bo‘lib, asar G‘arb va Sharq olimlari tomonidan yuqori baholangan. Asarda hind adabiyoti, falsafasi, aniq fanlar, geografiya, etnografiya, qonunshunoslik va urf-odatlar, din, hind yozuvining turlari kabi masalalar yoritilgan. U dunyoda birinchi bo‘lib yer shari shakli, eni 5 metr keladigan globusni yasaydi. Lekin u yasagan asbob bizgacha yetib kelmagan va uning qismlari saqlanmagan. Vatandoshimiz Beruniyning globus yaratganiga ham 1000 yil to‘ldi. Beruniy yaratgan asarlarning aksariyatida geografik bilimlar keng o‘rin egallaydi, jumladan u O‘rta Sharq olimlari orasida birinchi bo‘lib Yerning shar shaklida ekanligini isbotladi va Yer Quyosh atrofida aylanadi degan g‘oyani ilgari surgan. Bu Beruniyning geografiya fanida o‘tmishdoshlarning yutuqlarini to‘la egallaganligini ko‘rsatib qolmasdan unga juda ko‘p yangiliklar qo‘shganligidan dalolat beradi.

Beruniyning «Munajjimlik san’atidan boshlang‘ich tushunchalar» asarida geografik bilimlar keng o‘rin egallaydi. Asarning ayrim boblari kenglik va uzoqliklarga, joylarni iqlimiga qarab bilish va hokazolarga bag‘ishlangan.
Beruniyning yer sathidan dengizlarning taqsimlanishi to‘g‘risidagi nazariyasi uning dunyoqarashi nihoyatda keng ekanligini ko‘rsatadi. U o‘zining bu asarida o‘zidan oldin o‘tgan geograflarning ma’lumotlarini o‘zi to‘plagan ma’lumotlar bilan to‘ldiradi. Beruniy o‘zining geografik tadqiqotlarida o‘sha zamon sayyohlari ma’lumotlaridan keng foydalangan.
Ayniqsa, bu borada minerallar, tog‘ jinslari, viloyatlarining uzoqligi, kengliklarini aniqlashda savdogar va sayyohlardan eshitgan materiallardan unumli foydalangan. Adabiyotlardan yaxshi xabardor bo‘lish va sayyohlar bilan yaqin aloqada bo‘lganligi tufayli u Boltiqbo‘ylari, Oq dengiz, Sharqiy Yevropa kabi uzoq va kam o‘rganilgan mintaqalar haqida ham ko‘pgina tasavvurga ega bo‘lgan.
Beruniyga ekvatorning janubidagi hududlar ham ma’lum edi. Bu to‘g‘rida u
«Bizda yoz bo‘lgan paytda u yerda qish bo‘ladi» deb yozadi. U Shimoliy hududlar haqida ham ma’lumot bergan.
Beruniyning «Yerda dengizlarning taqsimlanish nazariyasi» O‘rta asr geograflari o‘rtasida munosib o‘rin egallagan edi. O‘sha davr geograflari ham dengizlar taqsimlanishi haqida ko‘p fikrlar aytganlar, ammo o‘z davri uchun nisbatan mukammal va puxtaligi bilan Beruniy nazariyasi ekanligini 200 yil keyin yashagan arab geografi Yoqut alohida uqtirgan edi. «Munajjimlik san’atidan boshlang‘ich tushunchalar»dan tashqari Beruniy tasviriy geografiyaning masalalari bilan ham o‘zining boshqa asarlarida ko‘proq to‘xtaladi.
Bu asarlarning deyarli ko‘pchiligi bizgacha yetib kelmagan. Jumladan, uning mashhur «Iqlimlarning bo‘linishi» asarining faqat nomigina ma’lum. Alloma o‘zining «Hindiston» asarida geografiyaga oid juda boy meros qoldirgan. U bu
asarida okean, uning sohillari, davlatlarning katta-kichikligi haqida qimmatli ma’lumotlar yozib qoldirgan. Asarda Hindiston daryolari alohida bob qilib berilgan. Unda hind daryolarining boshlanishi, rejimi haqida ham anchagina geografik ma’lumotlar qoldirgan. Beruniy bu asarida hindlarning geografiya sohasidagi mavjud bilimlarini ham umumlashtirishga harakat qiladi.
Beruniyning bizning zamonamizgacha yetib kelgan geografik asarlaridan eng muhimi «Turar joylar orasidagi masofalarni tekshirish uchun joylarning oxirgi chegaralarini aniqlash haqida» nomlar asarini yaratdi. Bu asar 1025-yilda yozilgan. Beruniy mazkur asarida yer yuzining odamlar yashaydigan qismlarini iqlimga bo‘ladi. Ayniqsa, uzoq viloyatlar haqida juda ko‘p ma’lumotlar qidiradi. U bu asarida yettinchi iqlimning qarshi tomonidagi mamlakatlar aholisi iqlimi haqida so‘z yuritadi. Bu yerdagi odamlar qishda chanalarda, chang‘ilarda yurishini izohlab shunday deb yozadi: «Kishilar bu yerga valakushalar- chanalar bilan keladilar, ularga oziq-ovqatlar ortib qorlar ustidan yurib boradilar yoki ularni itlar tortadilar. Ikkinchi yurish vositasini suyaklardan yasaydilar va oyoqlarga bog‘lab qisqa vaqt ichida uzoq masofalarni bosib o‘tadilar» deydi.
Beruniy «Al-Qonun va Al-Mas’ud» asarida geografiyaga oid ma’lumotlarni keltiradi. U bu asarida Hindiston, O‘rta Osiyoning, Xitoy, Tibet bilan bo‘lgan chegaralarni u yerda yashovchi aholini ta’riflaydi. Metrologiya va iqlimshunoslik fani o‘tilayotgan ko‘pgina masalalarni ham Beruniyning qator asarlarida uchratish mumkin. Allomaning g‘arbiy qit’aning mavjudligi haqidagi bashorati alohida diqqatga sazovordir. Uning bu aytgan fikrlariga asoslanib, Beruniyni Amerika qit’asini kashfiyotchisi deya olishimizga bemalol asos bor. Beruniy geografiyaning matematik masalalari bilan ham juda mukammal shug‘ullanadi. U bu soha bo‘yicha o‘nlab risolalar yozadi. Afsus, ularning aksariyati bizgacha yetib kelmagan. Beruniyning matematika, geografiya fanlari bo‘yicha eng qiziqqan masalalaridan biri geografik obyektlarning kenglik va uzoqligini aniqlash metodini ishlab chiqish va takomillashtirish edi. Geografik koordinatalarni aniqlash metodlari Beruniygacha ham mavjud edi.
Beruniy o‘z zamondoshlari va o‘zidan oldin o‘tgan olimlarning geografik kenglik va uzoqliklarni aniqlashdagi turli metodlarni bir-biriga taqqoslaydi. Ularning aniqlik darajasini belgilaydi. Boshqalarning bu boradagi ishlariga tanqidiy yondashib, ularga o‘z fikrini yozib qoldirgan.
Beruniy «Al-Qonun» «Al-Mas’ud» asarlarida ham yer yuzidagi ko‘pgina geografik obyektlarning kenglik, uzunliklarini va ularning jadvallarini keltiradi. Beruniyning kuzatishlari va o‘lchash ishlari juda aniqlik bilan bajarilgan. Xususan geografik koordinatalari borasidagi ishlari hozirgi zamondagidan juda oz farq qiladi. Ammo uning bu borada o‘lchash ishlari o‘rta asr olimlari natijalaridan bir
muncha aniqligi bilan ajralib turadi. Bu borada Beruniyning tarixda birinchi bo‘lib ko‘pgina geografik kenglik va uzoqliklarni 150 0 gacha aniqlikda hisobladi.
Beruniy o‘z tadqiqotlarida grek olimi Ptolemey asarlarida sayyoh va savdogarlar materiallaridan foydalanganliklarini e’tirof etadi. Ammo ularning aksariyatlaridan taqqoslash maqsadida foydalanadi, o‘zi ko‘proq kuzatuv ishlari olib boradi.
Bu Beruniyga joylarning kenglik va uzoqliklarini aniqlashda yangi original metodlar ishlab chiqishga imkon yaratadi. Tadqiqotchilar va olimlar kenglikni aniqlash uchun XV asrda Tixo Brago qo‘llagan metod va formulalar Beruniy tomonidan yaratilganligi uning «Al-Qonun, Al-Mas’ud» asarida batafsil yoritilganligini e’tirof qiladi.
Beruniy Buxoro shahrining kengligini 390 46ʹ deb o‘lchaydi. Buxoroning hozirgi aniqliq bilan o‘lchangan kengligi 390 20ʹ ya’ni xatolik 26 minutga teng. Boshqa obyektlar va qo‘rg‘onlar haqidagi ma’lumotlar ham xuddi shunday xatoliklar bilan farq qiladi.
Beruniy yer kattaligini bir necha bor o‘lchab ko‘radi. Tekshirish ishlarining ko‘p qismini Hindistonda olib boradi va bu borada yangi metod ishlab chiqadi. Bu metod «Yer o‘lchami tog‘ tepasidan ko‘rinadigan pastlik gorizontni kuzatish yo‘li bilan aniqlash haqida» asarlarida bayon etilgan. Afsus asar bizgacha yetib kelmagan. Yer aylanasi uzunligi o‘lchash uchun qanday joy tanlangani haqida u shunday deb yozadi: «Bu maqsad uchun men Hindistonda keng tekislik ustidagi baland tog‘ni tanladim, tekislik sathi dengiz sathidan ham tekisroq edi».
Beruniy yer sathi hajmini hisoblab, meridian yoyi uzunligini 1 gradusi 111,6 km (111,1 hozirgi) teng ekanligini o‘lchaydi. To‘g‘ri, Beruniy o‘z o‘lchash ishlarini «Farsang birligi» bilan bajaradi. Beruniyning bu metodlari keyingi davrlarda unitilib ketdi. Faqat Yevropada XVI asrda uning o‘lchash ishlari qaytadan kashf etildi.
Beruniy o‘zining «Burjlar va mamlakatlar proeksiyasi» haqida degan asarida kartagrafik proeksiyalar haqida qator tadqiqotlar qiladi. Hozirgi zamon olimlari uning ba’zi proeksiyalarini hozir ham amaliy ahamiyatini yo‘qotmaganligini ta’kidlashadi. Alloma biologiya, mineralogiya sohalarida ham buyuk kashfiyotlar qiladi va ularni o‘lmas asarlarida yozib qoldirgan.
U 1048-yilda yozib tamomlagan «Qimmat baho toshlarni bilib olish bo‘yicha ma’lumotlar» kitobi uning mineralogiya sohasiga oid eng buyuk va eng so‘nggi asari sanaladi. Asarning arabcha matni 1937-yilda Hindistonda nashr etildi. Bu kitob 2 qismdan iborat bo‘lib, 1. Mineralogiyaga, 2. Metallarga bag‘ishlangan. Beruniy mineralogiya va fizika fanlari tarixida birinchi bo‘lib minerallarning solishtirma og‘irligini aniq o‘lchaydi va bu borada maxsus asbob ham yasagan.
Olim aniqlagan solishtirma og‘irliklar hozirgi zamon fani qo‘llanilayotgan ma’lumotlardan deyarli farq qilmaydi.
Beruniy O‘rta Osiyo foydali qazilmalari haqida ham muhim tadqiqotlar qilgan. U Farg‘onada tabiiy gaz, neft va boshqa jinslar, Zarafshon daryosining boshlanishi qismida esa temir, simob olish texnologiyasiga ham to‘xtaladi.
Beruniy gidrologiya sohasida ham ko‘pgina ishlar olib bordi. U Amudaryo o‘zanining o‘zgarishi, Orol dengizining paydo bo‘lishi nazariyalarini yaratish bo‘yicha ham shug‘ullanadi. Uning qadimiy sug‘oriladigan hududlarning rejimi, buloqlarning paydo bo‘lishi haqidagi tadqiqotlari geografiya fani sohasiga qo‘shgan katta yutuq hisoblanadi.
Buyuk olim qiziqqan sohalarini sanab chiqishdan ko‘ra, qiziqmagan sohalarini sanab chiqish osonroq. Uning ilmiy merosi 152 ta kitob va risolalardan iborat. Afsuski, hozirgi kunda olimning 38 ta asari ma’lum. Beruniyshunos olim va tadqiqotchilar tomonidan uning ilmiy merosini o‘rganish davom etmoqda.



Jahon madaniyati va taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shgan o‘rta osiyolik buyuk qomusiy olim
Yüklə 70,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə