Aholini ijtimoiy ximoya qilish tizimida davlat va nodavlat tashkilotlari



Yüklə 168 Kb.
tarix30.01.2023
ölçüsü168 Kb.
#99770
Aholini ijtimoiy ximoya qilish tizimida davlat va nodavlat tashkilotlari



Aholini ijtimoiy ximoya qilish tizimida davlat va nodavlat tashkilotlari
Reja:

  1. Aholiga ijtimoiy xizmat ko‘rsatishning mohiyati va tamoyillari

  2. Ijtimoiy xizmatlar sohasidagi organlar va tashkilotlar tizimi

  3. Ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish shakllari va turlari

  4. Ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishni tashkil etish bosqichlari

  5. Ijtimoiy xodim va uning vazifalari

Aholiga ijtimoiy xizmat ko‘rsatishning mohiyati va tamoyillari


Ijtimoiy xizmatlar shaxsning turmushi sifatini oshirish, unga jamiyat hayotida ishtirok etishning boshqa fuqarolar bilan teng bo‘lgan imkoniyatlarini yaratish va (yoki) o‘zining asosiy hayotiy ehtiyojlarini mustaqil ravishda ta’minlash imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan xizmatlarga muhtoj shaxsga yordam ko‘rsatish bo‘yicha huquqiy, iqtisodiy, psixologik, ta’limga oid, tibbiy, reabilitatsiya chora-tadbirlari va boshqa chora-tadbirlar majmuyidir.
Ijtimoiy xizmatning asosiy maqsadi turmush sharoitlarini inson yashashi uchun me’yoriy, yetarli bo‘lishini ta’minlash, kasbiy faoliyat, kishilar, ijtimoiy guruhlar, shaxsiy va ijtimoiy qiyinchiliklarni qo‘llab-quvvatlash, himoyalash va qayta moslashtirish vositasida bartaraf etishga ko‘maklashish hisoblanadi. Bular ijtimoiy siyosat vositasida erishiladi, u jamiyatda ijtimoiy munosabatlar tizimini yaratishni ko‘zda tutadi, ishlab chiqarish va iqtisodiyotning tobora oshib borayotgan samaraliligini turli ijtimoiy guruhlarning ob’yektiv mavjud
manfaatlarini tartibga solish va samaralilashtirishga asoslanadi.
Quyidagilar ijtimoiy xizmatlarning asosiy vazifasi hisoblanadi:
ijtimoiy va shaxsiy muammolar, vaziyatlarni tashxislash;
ijtimoiy oldini olish;
ijtimoiy qayta tiklash;
ijtimoiy terapiya;
ijtimoiy yordam ko‘rsatish;
ijtimoiy maslahat;
ijtimoiy loyihalash;
ijtimoiy ekspertiza;
ijtimoiy nazorat;
ijtimoiy g‘amxo‘rlik;
“Ijtimoiy xizmat” atamasi bozor iqtisodiyoti bilan chambarchas bog‘liq, chunki uning samaradorligiga erishish ijtimoiy qatlamlarning yuzaga kelishi bilan birga kechadi. Agar ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tarmog‘i tuzilmagan bo‘lsa, unda ijtimoiy sohada muammolar keskinlashadi, ijtimoiy keskinlik yuzaga keladi. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda o‘nlab yillar mobaynida kishilarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash institutlari yaratilgan va ancha muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularda “ijtimoiy xodim” kasbi keng tarqalgan kasblardan sanaladi, ijtimoiy tuzilmalar esa ham davlatga qarashli, ham xususiydir.
Ijtimoiy xizmatga bo‘lgan fuqarolarning huquqi davlat tizimidagi ijtimoiy xizmatda davlat tomonidan kafolatlanadi. Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmaganlar ham muayyan mamlakat fuqarolari bilan bir xilda huquqdan foydalana oladi. Ijtimoiy xizmat fuqarolarning uning qarovchisi, homiysi, boshqa qonuniy vakilining davlat hokimiyati va mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish idoralari, jamoatchilik birlashmalariga murojaati asosida amalga oshiriladi. Quyidagilar aholiga ijtimoiy xizmat ko‘rsatishning asosiy tamoyillari hisoblanadi:
manzillilik;
adolat (inson qobiliyatlarini amalga oshirish uchun sharoitni ta’minlash);
mumkinlilik;
ixtiyoriylik;
insonparvarlik (insonni oliy qadriyat deb tan olish);
og‘ir hayotiy vaziyatda qolgan balog‘atga yetmaganlarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatishning ustuvorligi;
oshkora emaslik;
oldini olishga yo‘naltirilganlik;
altruizm (o‘zganing manfaatini o‘zining manfaatidan ancha yuqori deb tan olish);
vakolatlilik (ijtimoiy xizmatlar nazariyasi va amaliyotini chuqur bilish);
shaxsiy yondashish (har bir ijtimoiy muammoda muayyan shaxs
manfaatlarini ko‘ra olish layoqati);
vositachilik (ijtimoiy xizmatlarni davlat ijtimoiy siyosatining ifodasi tarzida tushunish);
jalb etishlik (mijozning e’tiborini tortish uquvi);
ishonch (mijoz bilan o‘zaro ishonchli munosabatlarni o‘rnatish uquvi).
O‘zbekiston Respublikasining “Keksalar, nogironlar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida”gi
qonunida ijtimoiy xizmatlarning asosiy tamoyillari ham keltirilgan bo‘lib, ular
quyidagilardan iborat:
qonuniylik;
inson huquqlariga rioya etish;
insonparvarlik;
erkin foydalanish;
profilaktik yo‘naltirilganlik;
aniq yo‘naltirilganlik va individual yondashuv;
ixtiyoriylik.
Ijtimoiy xizmatlarni integral tavsifga ko‘ra, unda iqtisodiy, huquqiy, tashkiliy, ma’muriy, psixologik, ijtimoiy-ruhiy, tibbiy-ijtimoiy, pedagogik usullardan
foydalaniladi.
Ijtimoiy xizmatlar sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash;
ijtimoiy xizmatlarga muhtoj shaxslarni aniqlash va hisobga olish hamda ularga ushbu xizmatlar ko‘rsatilishini tashkil etish;
ijtimoiy xizmatlar oluvchilarning oila va jamiyat bilan aloqalarini saqlash, ularning qulay muhitda bo‘lishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
davlat organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash;  ijtimoiy xizmatlar standartlariga rioya etilishini ta’minlash;
ijtimoiy sheriklikni rivojlantirish.
Aholiga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish quyidagi tarzda amalga oshiriladi:
moddiy yordam ko‘rsatish (pul mablag‘i, oziq-ovqat mahsulotlari, sanitariya va gigiyena vositalari, bolalarni parvarishlash uchun vositalar, kiyim, poyabzal va h.k.);
kundalik zarur narsalar, yonilg‘i, maxsus transport vositalari, nogironlar, doimiy yoki vaqtincha statsionardan tashqarida xizmat ko‘rsatishga muhtoj shaxslarni qayta tiklash texnikaviy vositalari;
o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish qobiliyatini qisman yoki to‘liq yo‘qotgan va doimiy qarovga muhtoj fuqarolarga statsionar muassasalarda maxsus xizmat ko‘rsatish, ularning yoshi va sog‘lig‘iga ko‘ra, hayot faoliyati sharoitlarini yaratish, tibbiy, ruhiy, ijtimoiy tavsifdagi tadbirlarni o‘tkazish, ovqatlantirish, parvarishlash,
shuningdek, imkoniga yarasha mehnat faoliyatini, dam olishi va bo‘sh vaqtini
tashkillashtirish;
yetim bolalarga, ota-onasining qarovisiz qolganlarga, boqimsiz balog‘atga
yetmagan va og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolganlarga ixtisoslashgan
muassasalarda vaqtincha boshpana berish;
ijtimoiy-maishiy va hayot faoliyatini ta’minlash uchun ijtimoiy-tibbiy masalalar va ijtimoiy-huquqiy himoya bo‘yicha maslahat berish;
nogironlar, imkoniyati cheklangan shaxslarga, balog‘atga yetmagan huquqbuzarlarga kasbiy, ijtimoiy, ruhiy qayta tiklanishda yordam ko‘rsatish.
Aholiga ijtimoiy xizmat bepul va pulli ko‘rsatiladi. Keksa yoshdaligi, kasalligi, nogironligi, qarindoshlari yo‘qligi tufayli o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatishga noqobil fuqarolarga, agar shunday fuqarolarning daromadi yashash minimumidan past bo‘lsa; qiyin hayot vaziyatiga tushgan shaxslarga; ishsizlik, tabiiy ofat, halokatdan jabr ko‘rganlarga; qiyin hayot vaziyatiga tushib qolgan balog‘atga yetmagan bolalarga bepul ijtimoiy xizmat ko‘rsatiladi.
Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish muassasalari faoliyati qonunchilik hujjatlari asosida belgilanadi va tartibga solinadi.
Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ijtimoiy xizmatlarga muhtoj deb topilgan shaxslar, shu jumladan:
o‘zgalarning parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar va yolg‘iz yashovchi keksalar;
I va II guruh nogironlari, nogiron bolalar;
muomalaga layoqatsiz va muomala layoqati cheklangan fuqarolar;
ijtimoiy ahamiyatga molik kasalliklarga chalingan shaxslar;
yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalaridir.
Bugungi kunda jamiyatda kuzatilayotgan ijtimoiy hodisalardan kelib chiqib, muhtoj aholining ijtimoiy himoyasiga ustuvor e’tibor berish, ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmat sifat va saviyasini ko‘tarish, bu yo‘nalishda yangi uslub va mexanizmlar joriy etish maqsadida yangi ijtimoiy texnologiyalar qo‘llanilmoqda.
Ularga:
“tez ijtimoiy xizmat”ni tashkillashtirish;
kunduzgi ijtimoiy xizmat ko‘rsatish markazlarini yaratish; – harakat vositalari, xizmat ko‘rsatish prokat punktlarini ochish.
Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish tadbirlariga yangi ijtimoiy texnologiyalarni joriy qilishning asosiy maqsadi muhtoj aholining huquqlarini himoya qilish, ularga xavfsiz shart-sharoitlarni yaratish, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish orqali muhtoj aholining o‘z-o‘zini boshqarishda mustaqilligini saqlash, ularning hayot kechirish sifatini oshirish, idora va tashkilotlarning turli xil darajalarda ijtimoiy hamkorligini kuchaytirishdir.
Umuman olganda, ijtimoiy texnologiyalarning ijrosi uch bosqichdan iborat choralarni o‘z ichiga oladi:
har bir ijtimoiy xizmatga muhtoj aholining holatiga individual yondashish; – muhtoj aholining holatiga ob’yektiv baho berish; – ularga sifatli ijtimoiy xizmat ko‘rsatish.
Ijtimoiy ta’minot organlarining aholiga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish borasidagi faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri idora va muassasalar, jamoat tashkilotlari, homiylar bilan ijtimoiy g‘amkorlik qilish hisoblanadi. Bu yo‘nalishda izchillik bilan faoliyat ko‘rsatishning maqsadi, birinchidan, turli xil idoralar va muassasalar, jamoat tashkilotlarining ijtimoiy sohadagi faolligini oshirish, ikkinchidan, bu chora-tadbirlarni muvofiqlashtirib borish, uchinchidan, ijtimoiy sohaga yo‘naltirilayotgan budjet mablag‘lariga qo‘shimcha tarzda mablag‘larni jalb qilish va bu orqali muhtoj aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy himoya hamda ijtimoiy xizmat ko‘rsatish choralarining ta’sirchanligini oshirishdir.
2. Ijtimoiy xizmatlar sohasidagi organlar va tashkilotlar tizimi
Ijtimoiy xizmatlar sohasidagi organlar va tashkilotlar tizimiga quyidagilar kiradi:
davlat boshqaruvi organlari;
mahalliy davlat hokimiyati organlari;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari;
nodavlat notijorat tashkilotlari;
ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatuvchi tadbirkorlik sub’yektlari.
Davlat boshqaruvi organlari o‘z vakolatlari doirasida:
ijtimoiy xizmatlar sohasidagi davlat siyosatini amalga oshiradi;
ijtimoiy xizmatlar sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqadi va ularni amalga oshirishda ishtirok etadi;
ijtimoiy xizmatlar standartlarini ishlab chiqadi;
ijtimoiy xizmatlar monitoringi yuritilishini ta’minlaydi;
ijtimoiy xizmatlarga muhtoj shaxslarni aniqlaydi va ularning hisobini yuritadi, ularga tegishli ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatadi;
aholini ijtimoiy xizmatlar va bunday xizmatlar ko‘rsatish shartlari to‘g‘risida xabardor qiladi;
aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarining ijtimoiy xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojlari tahlilini o‘tkazadi;
ijtimoiy xizmatlar sohasidagi organlar va tashkilotlarning faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha choralar ko‘radi;
ijtimoiy xizmatlar sohasida ilmiy tadqiqotlar o‘tkazilishi, mutaxassislar tayyorlanishi, qayta tayyorlanishi va ularning malakasi oshirilishini tashkil etadi;
ijtimoiy xizmatlar sohasidagi o‘ziga qarashli tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;
ijtimoiy xizmatlar sohasidagi boshqa organlar va tashkilotlar bilan
hamkorlik qiladi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining ijtimoiy xizmatlar sohasidagi vakolatlariga quyidagilar kiradi:
ijtimoiy xizmatlar sohasidagi davlat siyosatini amalga oshiradi;
ijtimoiy xizmatlar sohasidagi davlat dasturlarini amalga oshirishda ishtirok etadi;
ijtimoiy xizmatlar sohasidagi hududiy dasturlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va amalga oshiradi;
ijtimoiy xizmatlar monitoringi yuritilishini ta’minlaydi;
ijtimoiy xizmatlarga muhtoj shaxslarni aniqlaydi va ularning hisobini yuritadi, ularga tegishli ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatadi;
aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarining ijtimoiy xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojlari tahlilini o‘tkazadi;
ijtimoiy xizmatlar sohasidagi davlat boshqaruvining hududiy organlari faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;
ijtimoiy xizmatlar sohasidagi boshqa organlar va tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari o‘z vakolatlari doirasida:
aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini qo‘llab-quvvatlashga doir choratadbirlarni amalga oshiradi, ushbu maqsadlar uchun markazlashtirilgan holda ajratiladigan davlat mablag‘laridan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda maqsadli va samarali foydalanilishini ta’minlaydi;
boshqa organlar va tashkilotlar bilan birgalikda ijtimoiy xizmatlarga muhtoj shaxslarni aniqlaydi;
ijtimoiy xizmatlarga muhtoj shaxslarning hisobini yuritadi;
boshqa organlar va tashkilotlar, homiylar, boshqa shaxslar va resurslarni
ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishga jalb qilishga doir chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
ijtimoiy xizmatlarga muhtoj shaxslar qabulini amalga oshiradi, ularning arizalari, takliflari va shikoyatlarini ko‘rib chiqadi, tegishli axborot va zarur ma’lumotnomalarni taqdim etadi;
fuqarolar yig‘inining ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash komissiyasi faoliyatini ta’minlaydi;
ijtimoiy xizmatlar sohasidagi tegishli organlar va tashkilotlarning faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi;
ijtimoiy xizmatlar sohasidagi boshqa organlar va tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
Nodavlat notijorat tashkilotlarining ijtimoiy xizmatlar sohasidagi ishtiroki quyidagilardan iborat:
ijtimoiy xizmatlar sohasidagi davlat dasturlari va loyihalarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etishi;
ijtimoiy xizmatlarga muhtoj shaxslarni aniqlashi va ularning hisobini
yuritishi;
ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishi yoki ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatilishiga ko‘maklashishi;
aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarining ijtimoiy xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojlarini aniqlash yuzasidan tadqiqotlar o‘tkazishi;
ijtimoiy xizmatlar sohasidagi tegishli organlar va tashkilotlarning faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishi;
ijtimoiy xizmatlar sohasidagi davlat ijtimoiy buyurtmalarini, subsidiyalari, grantlarini olishi;
davlat xaridlari, korporativ xaridlar va boshqa xaridlar bo‘yicha tenderlarda
(tanlovlarda) va birja savdolarida ishtirok etishi, shuningdek, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish uchun davlat tomonidan
moliyalashtirishning boshqa shakllarini olishi;
ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatuvchi tadbirkorlik sub’yektlari bilan ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish, ijtimoiy xizmatlar sohasida boshqa ishlarni bajarish yoki
loyihalarni amalga oshirish uchun shartnomalar tuzishi mumkin.
Ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatuvchi tadbirkorlik sub’yektlari:
ijtimoiy xizmatlar sohasidagi davlat dasturlari va loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etishi;
ijtimoiy xizmatlarga muhtoj shaxslarni aniqlashi va ularning hisobini
yuritishi;
ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishi, shu jumladan, internat, tibbiy-ijtimoiy va ta’lim-tarbiya muassasalarini tashkil etish yo‘li bilan ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishi, shuningdek, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatilishiga ko‘maklashishi;
aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarining ijtimoiy xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojlarini aniqlash yuzasidan tadqiqotlar o‘tkazishi;
davlat xaridlari, korporativ xaridlar va boshqa xaridlar bo‘yicha tenderlarda (tanlovlarda) va birja savdolarida ishtirok etishi;
ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish, ijtimoiy xizmatlar sohasida boshqa ishlarni bajarish yoki loyihalarni amalga oshirish uchun shartnomalar tuzishi mumkin.
3. Ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish shakllari va turlari
O‘zbekiston Respublikasining “Keksalar, nogironlar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq ijtimoiy xizmatlar quyidagi shakllarda ko‘rsatiladi:
ijtimoiy kuzatuv va maslahat berish xizmatlari;
uyda parvarishlash bo‘yicha ijtimoiy xizmatlar;
kunduzi va (yoki) qisqa muddat bo‘lish muassasalaridagi ijtimoiy
xizmatlar;
internat muassasalaridagi ijtimoiy xizmatlar.
Ijtimoiy kuzatuv va maslahat berish xizmatlari quyidagi turlarni o‘z ichiga oladi:
ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish masalalari bo‘yicha maslahatlar berish,
ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatuvchi tegishli organlar va tashkilotlarga yuborish;
ishga joylashishda ko‘maklashish;
homiylik va vasiylikni belgilash, farzandlikka olish, yetim bolalar va otaona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni oilada tarbiyalash (patronaj), bolalar internati muassasalariga qabul qilishda ko‘maklashish;
bolalar internati muassasalari tarbiyalanuvchisini oilaga qabul qilishga otaonalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarni tayyorlash;
uy-joy-maishiy jihatdan joylashishda va moddiy yordam olishda ko‘maklashish;  protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya texnik vositalarini olishda ko‘maklashish.
Uyda parvarishlash bo‘yicha ijtimoiy xizmatlar quyidagi turlarni o‘z
ichiga oladi:
maishiy xizmat ko‘rsatish, shu jumladan, oziq-ovqat mahsulotlari, gigiyena tovarlari, dori vositalari va tibbiy buyumlarni xarid qilish hamda uyga yetkazib berish;
ovqat tayyorlash, xonalarni yig‘ishtirish-tozalash, shaxsiy gigiyena tadbirlarini amalga oshirishda ko‘maklashish;
zarur tibbiy yordam ko‘rsatilishida ko‘maklashish, tibbiy ko‘rsatmalarga ko‘ra protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya texnik vositalari bilan ta’minlash.
Kunduzi va (yoki) qisqa muddat bo‘lish muassasalaridagi ijtimoiy xizmatlar quyidagi turlarni o‘z ichiga oladi:
ijtimoiy xizmatlar oluvchilarga o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish, mustaqil ravishda harakatlanish va mo‘ljal olish, muomala qilish, o‘z xulq-atvorini nazorat qilish ko‘nikmalari, o‘qish yoki mehnat faoliyati uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalar, shu jumladan, reabilitatsiya texnik vositalaridan foydalanishni o‘rgatish;
oila a’zolari yoki boshqa qonuniy vakillariga sog‘lig‘ining holatida buzilishlar mavjud bo‘lgan, nogiron shaxslarni parvarishlash, ular bilan muomalada bo‘lish ko‘nikmalari va uy sharoitida ularni reabilitatsiya qilish asoslarini o‘rgatish;
ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarga bolalarni, shu jumladan, oilaga tarbiyaga qabul qilinadigan (patronat) yetim bolalarni va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar, farzandlikka olinadigan bolalarni parvarishlash va tarbiyalash ko‘nikmalarini o‘rgatish;
ijtimoiy xizmatlarni oluvchilar uchun psixologik va ijtimoiy-pedagogik maslahatlar berish. Internat muassasalaridagi ijtimoiy xizmatlar quyidagi turlarni o‘z ichiga oladi:
muntazam ravishda parvarishlashni ta’minlash, maishiy xizmat ko‘rsatish, mebeli, ashyo-anjomlari, ko‘rpa-yostig‘i bo‘lgan qulay xona berish, kiyim-bosh va poyabzal, boshqa eng zarur buyumlar bilan ta’minlash, yoshi va sog‘lig‘ining holatini inobatga olgan holda ovqatlanishni tashkil etish;
birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, dispanser ko‘rigidan o‘tkazish, zarur bo‘lgan hollarda statsionarda davolanish uchun yuborish, tibbiy ko‘rsatmalarga ko‘ra dori vositalari, protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya texnik vositalari bilan ta’minlash;
maxsus psixologik-pedagogik yordam ko‘rsatish, hayotiy ko‘nikmalarni rivojlantirish;
qiziqishlarni shakllantirish va rivojlantirish uchun bo‘sh vaqtni, klub va to‘garaklar ishini tashkil etish;
shaxslarning internat muassasalaridan chiqishi va ularning mustaqil hayot kechirishi yoki oilada yashashi uchun sharoitlar yaratish.
Internat uylari yashovchilarning turiga qarab: qariyalar va nogironlar internat uyi, 18 yoshdan 40 yoshgacha bo‘lgan nogironlar internat uyi va “Mehnat faxriylari pansionati” kabi turlarga bo‘linadi.
Qariya va nogironlarning internat uylari keksa fuqaro ayollar 55 yoshdan, erkaklar 60 yoshdan, 18 yoshdan katta bo‘lgan I- va II-guruh nogironlari, nogironlar internat uyiga esa faqat 18 yoshdan 40 yoshgacha bo‘lgan mehnatga layoqatsiz qonun bo‘yicha bolasi yoki ota-onasi bo‘lmagan I- va II-guruh nogironlari “Internat uylariga olish-olmaslikka doir tibbiy mezonlar” haqidagi ko‘rsatmaga muvofiq qabul qilinadi.
Internat uylarining asosiy maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:
qariyalar va nogironlarni qabul qilish, moddiy-maishiy ta’minlash, ularga uydagidek quylay hayot sharoitlarini yaratish;
qariya va nogironlarga tasdiqlangan me’yor asosida mebel va uy jihozlari, kiyim-bosh va poyabzal, ko‘rpa-yostiq bilan jihozlangan qulay yotoq joyi berish bilan maishiy xizmat ko‘rsatish;
ularning yoshi va sog‘lig‘iga qarab to‘g‘ri, jumladan, parhez
ovqatlantirishni yo‘lga qo‘yish;
qariya va nogironlarni shifokor ko‘rigidan o‘tkazish, maxsus tibbiy maslahatlarni amalga oshirish, shuningdek, zarur bo‘lganda tibbiy-davolash
muassasalariga yotqizish;
muhtoj bo‘lgan qariya va nogironlarni eshitish apparatlari, ko‘zoynaklar, sun’iy ortopedik buyumlari bilan ta’minlash;
madaniyat bo‘limi bilan birgalikda qariya va nogironlarning sog‘lig‘i va yoshini hisobga olgan holda madaniy-ommaviy ishlarni amalga oshirish;
nogironlarning ijtimoiy mehnat faoliyatini tiklash tadbirlarini ko‘rish. Internat uyida yashovchilar tibbiy mehnat ekspert komissiyasining mehnat tavsiyanomasi bo‘yicha yoki internat uyining shifokori xulosasiga binoan tibbiy ishlab chiqarish mehnat ustaxonalari, yordamchi qishloq xo‘jaligi, o‘z-o‘ziga xizmat qilish sohasida mehnat qilishlari mumkin. Bu ustaxonalar va yordamchi qishloq xo‘jaligida ishlagan qariya va nogironlarga bajargan ishining 50 foiziga ish haqi to‘lanadi, qolgan qismi esa maxsus mablag‘ smetasi hisobiga o‘tadi. Bu mablag‘ qo‘shimcha madaniy, maishiy ishlar va oziq-ovqatlarga sarflanadi.
Qariya va nogironlar internat uyidan vaqtincha ketishi bosh shifokor ruxsati bilan bir oydan ortiq bo‘lmagan muddatga belgilanadi. Bu ruxsat shifokor roziligiga asosan shu qariya va nogironning parvarishi uchun uning qarindoshurug‘lari yoki boshqa shaxslaridan yozma ravishda ariza mavjud bo‘lganda hal
qilinadi.
Bugungi kunda aholining keksayish jarayoni avj olgan iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda qariyalar uchun qurilgan maxsus uylarga alohida e’tibor berilmoqda. Qariyalar uyi oilada yashash imkoniyatiga ega bo‘lmagan va muntazam parvarishga muhtoj keksayib qolgan fuqarolar uchun ijtimoiy rivojlantirish muassasasidir. Qariyalar uyida istiqomat qilish sabablari uch turga ko‘ra guruhlanadi: ijtimoiy, psixologik va tibbiy-ijtimoiy. Ijtimoiyga ko‘pincha turar-joyning yo‘qligi yoki uni yo‘qotish xavfi, pensiyaning minimal miqdori kiradi. Psixologik sabablar ancha murakkab: avvalo, bir-birini yoqtirmaslik va buning oqibatida oilada yaqinlari va tug‘ishganlari bilan yashashlikning mumkin bo‘lmay qolishligi. Tibbiy-ijtimoiy sabablar ko‘pchilik keksa kishilar, ayniqsa, yolg‘izlari muntazam tibbiy nazorat va parvarish, ruhiy qo‘llab-quvvatlash va yordamga muhtoj ekanliklari hisoblanadi.
Yolg‘iz bolalarga doimiy ijtimoiy-tibbiy xizmat ko‘rsatishda bolalar uylarining o‘rni katta. Bolalar uyi ota-onasidan ajralgan, yolg‘iz ota-onalar bolasini, shuningdek, davlat yordamiga muhtoj (ota-onasi kasal, ota-onalik huquqidan mahrum etilganlar bolasi) bolalar uchun davlat tarbiya muassasasi hisoblanadi. Yetim bolalar uchun mo‘ljallangan bolalar muassasasi turli nom bilan ko‘plab mamlakatlarda qadimdan mavjud. Hozirgi kunda bolalar uyining asosiy turi quyidagilar: maktabgacha (3-7 yosh) va maktab (7-18 yosh). Bulardan tashqari hozirgi kunda nogiron bolalar uchun alohida bolalar uylari mavjud. Maktabgacha bolalar uyida guruhlar bolalarning yoshiga ko‘ra shakllantiriladi. Mazkur bolalar uyida tarbiyalanuvchilar uchun savod chiqarish, sport bilan chiniqish va boshqa mashg‘ulotlar o‘tkazish, xususan, musiqa bilan shug‘ullanish, rasm chizish, texnikaviy ijod uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
Dunyoning ko‘pchilik mamlakatlarida bolalarni tug‘ilgan kundan to 3 yoshga to‘lgunga qadar tarbiyalashga mo‘ljallangan davlat, jamoatchilikka qarashli muassasalar ham mavjud. Bunday bolalar uyiga yetim, yolg‘iz onalarning bolalari, shuningdek, ota-onalik huquqidan mahrum etilgan yoki jazoni o‘tayotgan otaonalarning bolalari qabul qilinadi. Ota-onasi noma’lum bolalarga familiya, ism beriladi va qabul qilinganlik to‘g‘risidagi dalolatnoma asosida fuqarolik holatini qayd etish daftariga yozib qo‘yiladi. Bolalar uyiga kelgan yoki undan ketgan bolalar haqidagi ma’lumot manzillar byurosiga yuboriladi hamda ixtiyoriy ravishda topshirilgan bolalar istalgan vaqtda o‘z ota-onalariga qaytarilishi mumkin. Ta’kidlash joizki, bolalar uyida bolalarga tibbiy xizmat ko‘rsatiladi, ular samarali ovqatlanadi, parvarishlanadi. Bola uch yoshga to‘lgandan so‘ng maktabgacha bolalar uyiga o‘tkaziladi.
4. Ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishni tashkil etish bosqichlari
Ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishni tashkil etish quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
ijtimoiy xizmatlarga muhtoj shaxslarni aniqlash;
ijtimoiy xizmatlarga muhtoj shaxslarning turmushi holatini baholash;
ijtimoiy xizmatlarning yakka tartibdagi dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish (zarur bo‘lgan hollarda);
ijtimoiy xizmatlarning yakka tartibdagi dasturi monitoringi.
Ijtimoiy xizmatlarga muhtoj shaxslarni quyidagi manbalar asosida aniqlash mumkin:
uyma-uy yurish chog‘ida;
jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan berilgan axborot asosida;
ijtimoiy xizmatlarga muhtoj shaxs mustaqil ravishda murojaat etganda.
Ijtimoiy xizmatlarga muhtoj shaxslarning turmushi holatini baholash ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatuvchi tegishli organlar va tashkilotlar tomonidan o‘tkaziladi.
Ijtimoiy xizmatlarga muhtoj shaxsning turmushi holatini baholashdan o‘tkazish uchun mazkur shaxs yoki uning qonuniy vakilining yozma arizasi asos bo‘ladi.
Ijtimoiy xizmatlarni oluvchilar yoki ularning qonuniy vakillari ijtimoiy xizmatlarga muhtojligi va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish shartlari to‘g‘risida qaror qabul qilinishi uchun ahamiyatga ega bo‘lgan axborotni taqdim etishi shart va ular taqdim etilgan axborotning to‘g‘riligi uchun javobgar bo‘ladi.
Ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatuvchi organlar va tashkilotlar ijtimoiy xizmatlarga muhtoj shaxsning turmushi holatini baholash natijalariga ko‘ra shaxsni ijtimoiy xizmatlarga muhtoj deb topish to‘g‘risida yoki ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishga doir arizani rad etish haqida qaror qabul qiladi.
Shaxsni ijtimoiy xizmatlarga muhtoj deb topish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda shaxs ijtimoiy xizmatlarni oluvchilar ro‘yxatiga kiritiladi va unga maslahatlar beriladi, zarur bo‘lgan hollarda, ijtimoiy xizmatlarning yakka tartibdagi dasturi ishlab chiqiladi yoki tegishli hujjatlar ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatuvchi boshqa vakolatli organlar va tashkilotlarga yuboriladi.
Ijtimoiy xizmatlarning yakka tartibdagi dasturini ishlab chiqish uchun ijtimoiy xizmatlarga muhtoj shaxsning turmushi holatini baholash natijalari asos bo‘ladi.
Ijtimoiy xizmatlarning yakka tartibdagi dasturini ishlab chiqish ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatuvchi organlar va tashkilotlar mutaxassislari tomonidan amalga oshiriladi.
Ijtimoiy xizmatlarning yakka tartibdagi dasturi ijtimoiy xizmatlar shakllari, turlari, ularning hajmi, davriyligini, bunday xizmatlar ko‘rsatish shartlari va muddatlari, shuningdek, mas’ul shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.
Ijtimoiy xizmatlarning yakka tartibdagi dasturi ijtimoiy xizmatlarni oluvchi yoki uning qonuniy vakili ishtirokida ishlab chiqiladi.
Ijtimoiy xizmatlarni oluvchi yoki uning qonuniy vakili ijtimoiy xizmatlarning yakka tartibdagi dasturiga muvofiq beriladigan ijtimoiy xizmatlarni olishdan to‘liq yoki qisman voz kechishga haqli.
Ijtimoiy xizmatlarni oluvchi yoki uning qonuniy vakili ijtimoiy xizmatlarning yakka tartibdagi dasturini bajarishdan yozma ravishda to‘liq yoki qisman voz kechgan taqdirda, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatuvchi organlar va tashkilotlar ijtimoiy xizmatlarning yakka tartibdagi dasturi yoki uning bir qismi bajarilmaganligi uchun javobgar bo‘lmaydi.
Ijtimoiy xizmatlarning yakka tartibdagi dasturida ko‘rsatilgan axborot maxfiydir va u ijtimoiy xizmatlarni oluvchi yoki uning qonuniy vakilining yozma roziligisiz tarqatilishi mumkin emas.
Ijtimoiy xizmatlarning yakka tartibdagi dasturi monitoringi ijtimoiy xizmatlar samaradorligini aniqlash, yakka tartibdagi dasturni qayta ko‘rib chiqish yoki uni tugatish maqsadida amalga oshiriladi.
Ijtimoiy xizmatlarning yakka tartibdagi dasturini qayta ko‘rib chiqish ijtimoiy xizmatlar oluvchining turmushi holati o‘zgarishi munosabati bilan amalga oshiriladi.
Ijtimoiy xizmatlarni oluvchilar yoki ularning qonuniy vakillari ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishga ehtiyoj tug‘diradigan turmush holatidagi o‘zgarishlar to‘g‘risida ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatuvchi organlar va tashkilotlarni o‘z vaqtida
xabardor qilishi shart.
Ijtimoiy xizmatlarning yakka tartibdagi dasturi tugatilishi uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
ijtimoiy xizmatlarni oluvchining turmushi holatini yengib o‘tganligi;
ijtimoiy xizmatlarni oluvchining bunday xizmatlarni olishni rad etganligi;
ijtimoiy xizmatlarni oluvchining boshqa yashash joyiga ko‘chib o‘tganligi;
ijtimoiy xizmatlarni oluvchining vafot etganligi;
noto‘g‘ri yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlar aniqlanganligi;
ijtimoiy xizmatlarni oluvchining qamoqqa olinganligi;
ijtimoiy xizmatlarni oluvchining oilaviy holati o‘zgarganligi oqibatida uning turmushi holati yaxshilanganligi;
ijtimoiy xizmatlarni oluvchining yashash joyida uzoq muddat bo‘lmaganligi.
5. Ijtimoiy xodim va uning vazifalari
Aholiga ijtimoiy xizmat bevosita ijtimoiy xodimlar orqali amalga oshiriladi. Ijtimoiy xodim keksalar, mehnatga yaroqsiz fuqarolarga qarovchi mutaxassis hisoblanadi. G‘arbiy Yevropaning rivojlangan mamlakatlarida ijtimoiy mutaxassislar XIX asr o‘rtalaridan oliy va o‘rta maxsus ta’lim yurtlarida, diniy
muassasalarda tayyorlana boshlagan.
Odatda, ijtimoiy xizmatlar hamma uchun mumkin bo‘lgan ish hisoblanadi. Bu xodimlarning kasbiy malakasini talab etmaydi va ijtimoiy foydali hisoblanadi.
Ijtimoiy xizmatlarning farqli jihatlari quyidagilar hisoblanadi:
ishsizlar uchun maxsus mo‘ljallangan vaqtinchalik ish o‘rinlarini yaratadi;
zarur hollarda bunday ish o‘rinlari miqdorini kam sarf qilgan holda sezilarli oshirish mumkin;
xodimlar ommaviy tarzda ishdan bo‘shatilgan hollarda ish miqdori va hajmini tez oshirish mumkin;
to‘liq bo‘lmagan ish kuni va moslashuvchan jadvalli ishlarni tashkil qilish mumkin;
bunday ish o‘rinlari mintaqa uchun iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik foydali hisoblanadi;
o‘qishni tugatgan va o‘ziga doimiy ish topa olmagan yoshlar uchun ishga joylashish imkonini beradi.
Ijtimoiy xodim bo‘lib ishlash istagini bildirgan fuqarolar bilan muddatli mehnat shartnomasi tuziladi, bunday bitim tuzishga ustuvor huquqdan ishsizlik bo‘yicha moddiy yordam olmaydigan ishsiz fuqarolar foydalanadi.
Ijtimoiy xodimning lavozim majburiyatiga yolg‘iz keksalar va xizmat ko‘rsatish hududida yashovchi fuqarolarni aniqlash kiradi. Ijtimoiy xodimlar ularning uyiga tushliklar, oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmonlar, sanoat mollari va boshqa tovarlarni yetkazib beradi, xonani yig‘ishtirish, yuvishga, yuviladigan ro‘zg‘or buyumlari, ust-boshlarini kirxonalarga, kimyoviy tozalashga topshirishga ko‘maklashadi, uy-ro‘zg‘or anjomlarini ta’mirlashda, maishiy xizmat va boshqa xizmatlarga haq to‘lashda ko‘maklashadi. Shuningdek, ular shifokorga borgungacha xizmatlarni (harorat o‘lchash, xantal qo‘yish, isitgich tayyorlash, uyga shifokor chaqirishni) amalga oshiradi, turar-joyni ta’mirlash, hovli-bog‘ga ishlov berish, yoqilg‘i bilan ta’minlash va hokazolarni tashkillashtiradi. Shular bilan bir qatorda, ijtimoiy xodim yordam ko‘rsatish, qo‘llab-quvvatlash, tashkilotchilik ham qilishi mumkin, u sanitariya-gigiyena talablarini uy sharoitida keksa va mehnatga yaroqsizlarga tatbiq etish, keksa yoshdagi shaxslar bilan ishlash xususiyatlarini o‘zlashtirgan bo‘lishi kerak.

Rasm. Ijtimoiy xodim vazifalari
Ijtimoiy xizmatlar mavjud bo‘lgan mamlakatlarda ijtimoiy xodimlar tasarrufidagi vositalar majmuyi quyidagilardan iborat:
pul yordami tizimi mehnatga qobiliyatsiz kishilar, muhojirlar va qochoqlarga doimiy, vaqtinchalik, bir yo‘la va maqsadli moddiy yordamlarni o‘z ichiga oladi;
natura ko‘rinishidagi yordam tizimi;
tibbiy xizmat tarzidagi yordam tizimi;
ijtimoiy muassasalarni tashkillashtirish;
psixologik maslahatlar va mashqlar;
o‘qitish va qayta tayyorlash kurslari (asosan, muhojirlar uchun).
Bu vositalardan samarali foydalanish tegishli tashkiliy tuzilma bo‘lgandagina mumkin.
Ta’kidlash lozimki, ijtimoiy xodim xizmatlarni loyihalashtirish jarayonida bevosita ijtimoiy ishlar bilan shug‘ullanuvchi xizmat bo‘linmalari: “ijtimoiy homiylar” lavozim jadvali, ruhiy yordam xizmati xodimi, ishga joylashtirish xodimi; ijtimoiy yordamga muhtojlar haqida ma’lumot to‘plash xizmati va shunday yordam samarasini baholash; umumiy qarorlar qabul qilish, mutaxassislar moddiy resurslarini taqsimlash vazifasini bajaruvchi boshqarish xizmati kabi modellardan foydalanishi mumkin.
Aholiga xizmat ko‘rsatishda ijtimoiy xodimning odobi muhim ahamiyat kasb etadi. Ta’kidlash joizki, ijtimoiy xodim odobi odob me’yorlari majmuyi hisoblanib, ijtimoiy xodimlar va ular faoliyatini tartibga soluvchi jamiyat tomonidan tuziladi. Bu me’yorlar olti guruhga ajraladi:
Ijtimoiy xodim xulqi va qiyofasi (xulqning oliy namunalari, ijtimoiy xodimga munosib bo‘lganlariga amal qilish; o‘z kasbiy malakasini takomillashtirish; ijtimoiy xodim kasbiy majburiyatlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘z majburiyatlari sifatida qarash; o‘z xulq-atvorini kasbiy vijdonlikning yuqori namunalari bilan qiyoslash; ilmiy tadqiqotlar olib borishda tegishli shartnomalarga amal qilish).
O‘z mijozlariga bo‘lgan munosabati (mijozlarga munosabat bo‘yicha mas’uliyatni o‘zining to‘g‘ridan to‘g‘ri mas’uliyati sifatida qarash; ularda yuqori darajada mustaqillikning yuzaga chiqishiga ko‘maklashish; mijozlardan olingan ma’lumotlarni tarqatmaslik; ko‘rsatilayotgan yordam va mijozlar imkoniyatidan kelib chiqib, gonorar belgilash).
Hamkasblariga bo‘lgan munosabati (o‘z hamkasblariga hurmat va ishonch bilan munosabatda bo‘lish; ularning mijozlari bilan kasbiy to‘la safarbar holda ish olib borish).
Hamkorlik qiladigan tashkilotlariga munosabati (tegishli tashkilotlar oldidagi majburiyatlariga sodiq bo‘lish).
O‘z kasbiga bo‘lgan munosabati (o‘z kasbi ijtimoiy ahamiyatini tushunishga ko‘maklashish; o‘z ijtimoiy yordamini aholi keng qatlamiga yetib boradigan tarzida bo‘lishiga erishish; o‘z kasbiy faoliyatida bilimlardan faol foydalanish).
Jamiyatga bo‘lgan munosabati (umumiy farovonlik oshishiga hissa qo‘shish).


Yüklə 168 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə