Akula va skatlarning ichki va tashqi tuzilishi, ko’payishi va rivojlanishi



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə1/10
tarix31.05.2022
ölçüsü0,93 Mb.
#88483
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Akula va skatlarning ichki va tashqi tuzilishi, ko’payishi va ri

AKULA VA SKATLARNING ICHKI VA TASHQI TUZILISHI, KO’PAYISHI VA RIVOJLANISHI

MUNDARIJA


KIRISH ……………………………………………………………………….....2

I BOB. TOG’AYLI BALIQLAR SINFI SISTEMATIKASI 3
1.2.Akulalarning ichki va tashqi tuzilishi. 12
1.3.Akulalar ko'payishning uch xil usuliga ega. 18
II BOB. SKATLAR TURKUMI. 22
2.2. Skatlarning tarqalish va yashash muhiti. 26
Xulosa 31
Foydalanilgan adabiyotlar. 33



KIRISH
Tog’ayli baliqlarning xilma-xilligi: tog'ayli baliqlar sinfi sayyoramizdagi suv havzalari son-sanoqsiz va nihoyatda xilma-xildir. Turli suv havzalarida yashash sharoiti har xil bo'ladi. Hatto bitta suv havzasining turli qismida ham sharoit bir xil bo'lmaydi. Yashash sharoiti va oziq tarkibining xilma-xilligi, o'zaro raqobat, dushmanlarning ko'p bo'lishi baliqlar tuzilishi va fe'l-atvorining turlicha bo'lishiga olib kelgan.
Dengiz tubida yashovchi baliqlar sekin harakatlanadi, tanasi yassi bo'lganidan yirtqich hayvonlar ularni sezmaydi. Rang-barang marjon riflari orasida hayot kechiradigan baliqlarning rangi ham xilma-xil va chiroyli bo'ladi. Dengiz va okeanlaming juda chuqur joyida yashaydigan baliqlarning yog'du taratadigan a'zolari bo'ladi. Suvning yuza qismida, ayniqsa ochiq dengizlarda yashaydigan baliqlarning muskullari va suzgichlari, xususan dum suzgichi kuchli rivojlanganligidan ular tez suzadi. Gavdasining suyri shakli esa suzishni osonlashtiradi.
Akulalar turkumi. Akulalar ancha yirik, tanasi torpedasimon, dum suzgichi juda kuchli rivojlangan Terisini qoplab turgan tangachalari haqiqiy suyakli baliqlarnikidan batamom farq qiladi. Ularning tangachalari qalin plastinka- chalardan iborat bo'lib, har qaysi tangacha ustida sirtdan emal bilan qoplangan tishsimon o'simtasi bo'ladi. Akula jag'ida bunday o'simtalar tishlarga aylanadi. Barcha umurtqali hayvonlar, shu jumladan odamlarning tishlari ham akulalar- nikiga o'xshash tuzilgan. Akulalar juda serharakat yirtqich baliqlar bo'lib, ancha yirik hayvonlarga, shu jumladan cho'milayotgan odamga ham hujum qiladi. Ko'pchilik akulalar tirik tug'adi, ba'zi turlari tuxum qo'yib ko'payadi.
Akulalarning kattaligi har xil bo'lgan 250 turi ma'lum. Ular orasida uzunligi 40 - 45 sm bo'lgan tikanli akula eng kichigi, uzunligi 15 m keladigan giga.it akula yoki 18 m ga yetadigan kit akulasi eng yirik hisoblanadi. Lekin bunday bahaybat akulalarning ishlari juda mayda bo'lib, ular mayda qisqichbaqasimonlar va Baliqlar bilan oziqlanadi.

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə