Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti



Yüklə 1,89 Mb.
səhifə1/147
tarix01.04.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#103973
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   147
3.08 Она тили укит.мет2-курс


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ALISHER NAVOIY NOMIDAGI
SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI


«BOSHLANG’ICH TA’LIM METODIKASI» KAFEDRASI
Ona tili o‘qitish metodikasi
fanidan
5141700-Boshlang’ich ta’lim va sport, tarbiyaviy ish bakalavr yo’nalishi
2-kurs talabalari uchun
O‘QUV - METODIK MAJMUA

Samarqand - 2012


ANNOTATSIYA

Mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy sohalarda jahonga yuz tutishi, o’z taraqqiyot yo’lini belgilab olganligi, bozor iqtisodiyoti munosabatlariga tobora chuqurroq kirib borayotganligi oliy va o’rta maxsus ta’lim oldiga yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega bo’lgan har jihatdan raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash vazifasini ko’ndalang qilib qo’ymoqda.


Ushbu vazifani hal etishda, shubhasiz, “Ona tili o’qitish metodikasi ” fanining ham o’z o’rni mavjud.Mazkur o’quv-metodik majmua “Ona tili o’qitish metodikasi” kursi reja va dasturiga muvofiq ravishda tartiblashtirilgan bo’lib, unda “Ona tili o’qitish metodikasi” fani bo’yicha ishchi dastur, texnologik harita, baholash mezonlari, kalendar reja, mashg’ulotlarning xronologik haritasi, ma’ruza mashg’ulotlari ishlanmasi, seminar mashg’ulotlari ishlanmasi, laboratoriya ishlari, mustaqil ishlari mavzulari, ularni nazorat qilish va baholashga doir uslubiy tavsiyalar, o’z-o’zini nazorat qilish uchun test variantlari, oraliq va yakuniy nazorat variantlari hamda adabiyotlar ro’yxati o’rin olgan. Mazkur fanning maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda mavzular tizimli ravishda, bir-biriga bog’liq holda bayon etilgan, har bir ma’ruzada uning mazmunini aks etgan tayanch iboralar alohida ajratib ko’rsatilgan.
Tuzuvchi: N.Shavazova.
Ushbu o‘quv-metodik qo‘llanma Boshlang‘ich ta’limda gumanitar fanlarni o‘qitish metodikasi kafedrasining 2012-yil 28-avgustdagi yig‘ilishining № 1 son bayonnomasi bilan hamda Pedagogika fakultet ilmiy kengashining 2012-yil 29-avgust № 1 qarori bilan tasdiqlangan



Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə