Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti



Yüklə 394,86 Kb.
səhifə1/5
tarix22.11.2017
ölçüsü394,86 Kb.
#11620
  1   2   3   4   5

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ALISHER NAVOIY NOMIDAGI

SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI

Qo‘lyozma huquqida

UDK

SHAKAROVA NILUFAR NUSRATOVNA
O‘ZBEK TILI MORFOLOGIYASINING SHAKILLANISH TAMOYILLARI (ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK MATERIALLARI ASOSIDA)

5A220102 Lingvistika (O‘zbek tilshunosligi) mutaxassisligi

Magistr

akademik darajasini olish uchun yozilgan

dissertatsiya

MO‘


SAMARQAND - 2012

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ALISHER NAVOIY NOMIDAGI

SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI


SHAKAROVA NILUFAR NUSRATOVNA

O‘ZBEK TILI MORFOLOGIYASINING SHAKLLANISH TAMOYILLARI

(Zamonaviy tilshunoslik materiallari asosida)

Magistr akademik darajasini olish uchun yozilgan

Dissertatsiya
Ilmiy rahbar: dots. Aliqulov Z.

Rasmiy taqrizchi: Turniyozova Sh.
Magistrlik dissertasiyasi o‘zbek tilshunosligi kafedrasining 2012 yil ____ maydagi majlisida muhokama qilingan va YaDAK himoyasiga tavsiya etilgan. (Bayonnoma № ____ )
Kafedra mudiri: prof. A.Abdusaidov
Magistrlik dissertasiyasi YaDAKning 2012 yil ____ iyundagi yiilishida himoya qilingan va ____ foiz bilan baholangan. (Bayonnoma № ____ )

YaDAK raisi prof. I.Haqqulov

A’zolari: __________________

__________________

__________________

SAMARQAND - 2012



Reja

Ishning umumiy tavsifi

Kirish: So‘z. So‘zning tasnifi. So‘zlarni turkumlarga ajratishda yunon, arab, hind tilshunosligida hamda turkologiyadagi turlicha qarashlar.

I bob: So‘zlarni turkumlash tamoyili

II bob: XX asrda o‘zbek tilshunosligida morfologiya va so‘z

turkumlari.



III bob: Zamonaviy tilshunoslikda so‘zlarni ma’noviy morfologgik va sintatik xususiyatlarga qarab ajratish.

IV Xulosa:

V Foydalanilgan adabiyotlar:


ISHNING UMUMIY TAVSIFI

Mavzuning dolzarblilgi Dunyo tilshunosligining hozirgi xolati jamiyatimizda yuz berayotgan ijtimoiy siyosiy o‘zgarishlar, boshqa fanlarda bo‘lgani kabi, o‘zbek tilshunosligi oldiga ham yangidan-yangi vazifalarni qo‘ymoqda. Prezidentimiz I.A.Karimov o‘zining “Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch” asarida aloxida ta’kidlanganidek fundamental fanlar, zamonaviy kommunikasiya va axborot texnologiyalari, bank, moliya tizimi kabi o‘ta muhim sohalarda ona tilimizning qo‘llanilish doirasini kengaytirish, etimologik va qiyosiy lug‘atlar chop etish zarur atama va iboralar, bir so‘z bilan aytganda, o‘zbek tilini har tomonlama rivojlantirish milliy o‘zlikni, Vatan tuyg‘usini anglashdek ezgu maqsadlarga xizmat qilishi shubhasiz.1

Yurtboshimiz tomonidan belgilab berilgan ona tilimizni ma’naviy boyligimiz sifatida asrab-avaylash, boyitish, undan amaliy foydalanish, samaradorlikni oshirish, qo‘llanish imkoniyatlarini kengaytirish vazifalari tilshunoslar oldiga ham aniq talablarni qo‘ymoqda. Barcha tillarda bo`lgani kabi tilshunoslikning morfologiya sohasida ham qadimdan shug‘ullanib kelgan. Shunga qaramasdan so‘zlarning morfologik tuzilishi, xususan lug‘at tarkibidagi so‘zlarni turkumlarga ajratish hozirga qadar o‘z yechimini topgan emas. O‘zbek tilshunosligida keyingi yillarda so‘zlarni turkumlarga ajratish sohasida diqqatga sazovor yangicha ilmiy qarashlar yuzaga kelmoqda, ammo zamonaviy tilshunoslikda so‘zlarni turkumlarga ajratishdagi yangicha qarashlar ham turli tuman bahslarga sabab bo‘lmoqda. Bular qatoriga taqlidiy so‘zlarning mustaqil so‘z turkumi sifatida talqin etlishi undov, modal so‘zlarning so‘z-gap deb yuritilishi kabilarni ko‘rsatish mumkin.

Muammoning o‘rganilganlik darajasi boshqa tillarda bo‘lgani kabi o‘zbek tilshunosligida ham ot tarkibidagi so‘zlar bajarayotgan vazifalariga ko‘ra an’anaviy ravishda mustaqil so‘z turkumlari, yordamchi so‘z turkumlari deb keyinchalik esa ular mustaqil, yordamchi va alohida so‘z turkumlari sifatida, hatto mustaqil, yordamchi va oraliq so‘z turkumlari deb talqin etila boshlandi. Zamonaviy tilshunoslikda esa so‘zlarni turkumlarga ajratish sintaktik ma’noviy va morfologik nuqtai nazardan tadqiq etilmoqda. Garchi ushbu mavzu tilshunoslar tomonidan atroflicha o‘rganilgan bo‘lsa-da ularda hanuzga qadar bir to‘xtamga kelinmaganligining guvohi bo`lamiz.

Dissertatsiyaning ilmiy tadqiqot ishi bilan bog‘liqligi.

Ushbu mavzu 2012 yil mart oyida Samarand Davlat Universiteti O’zbek tilshunosligi kafedra yig‘ilishida muxotama etilib, kafedraning rejasina asosan himoyaga tavsiya etilgan. O‘tgan davr mobaynida ushbu mavzu bo‘yicha ko’pgina yangilkilar amalga oshirildi.



Tadqiqotning maqsadi.

O‘zbek tilshunosligida morfologiyaning shakllanish jarayonini tadqiq qilish. Keyingi yillarda so‘zlarni turkumlarga ajratishdagi an’anaviy qarashlardan voz kechib, ularni zamonaviy tilshunaslik nuqtai nazaridan tahlil qilishdir.



Tadqiqotning vazifalari.

Ko‘zda tutilgan vazifalarni amalga oshirish uchun quydagilar nazarda tutildi.

- Tarixiy nuqtai nazardan qadimgi Yunon, Arab tilshunosligida so‘zlarni turkumlash to‘g‘risidagi qarashlarni ko‘rib chiqish;

- Turkiy tillarda, jumladan o‘zbek tilshunosligida M.Koshg‘ariy, A.Navoiyning morfologiya, so‘zlarni turkumlarga ajratish to‘g‘risidagi qarashlarini o‘rganish;

- XIX asr o‘rtalari va XX asr boshlarida o‘zbek tili morfologiyasining taraqqiyotini kuzatish;

-XX asr o‘zbek tilshunosligining shakllanishi to‘g‘risidagi ilmiy tadqiqotlar bilan tanishish;

- Mustaqillik davridan buyon o‘tgan davrda o‘zbek tili morfologiyasining rivojlanishi va so‘zlarni turkumlarga ajratishda ularni an’anaviy usuldan voz kechib, asosan so‘zlarni ma’noviy, morfologik va semantik nuqtai nazardan ajratishni o‘rganish;
Tadqiqotning ob’yekti va predmeti

Ushbu magistrlik dissertatsiyamizning tadqiqot ob’yekti o‘zbek tili morfologiyasining tarixiy, tadrijdiy (evolyutsion) rivojlanishi hamda XX asrga kelib o‘zbek tilining shakllanishini ko‘rsatishdir, shu bilan birga o‘zbek tilida davom etib kelayotgan so‘zlarni turkumlashdagi ularning mustaqil ma’no anglatishi va gap bo‘lagi vazifasida kelishi, mustaqil va yordamchi so‘z turkumlariga ajratgan xolda, ham hali mustaqillik va yordamchilik xususiyatiga ega bo‘lgan so‘zlar guruhini oraliq so‘z turkumlari degan qarashni lozim deb hisoblaymiz. Shu bilan birgalikda hozirgi davrda o‘zbek tilshunosligida morfologiyada so‘z gaplar qatoriga kiritilgan so‘zlarni sintaktik nuqtai nazardan emas, ularni morfologik nuqtai nazardan tahlil qilishni e’tirof etdik.



Tadqiqotning metodlari.

Tadqiqotda O‘zbekiston Respublikasining prezidenti I.Karimovning Milliy g‘oya va milliy qadriyatlarga munosabat va ilm-fan taraqqiyoti bilan bog‘liq qarashlarga hamda dialektik falsafaning keng tarqalgan tadqiqot usullariga tayangan. “ Umuman, men fanni ilg‘or, taraqqiyot, progress degan so‘zlar bilan yonma - yon qabul qilaman. Fanning vazifasi kelajagimiz shakli shamoyilini yaratib berish, ertangi kunimizning yo‘nalishlarini, tabiy qonuniyatlarini, uning qanday bo‘lishini ko‘rsatib berishdan iborat, deb tushunaman. Odamlarga mustaqillikning afzalligi, mustaqil bo‘lmagan millatning kelajagi yo‘qligini, bu tabiy bir qonuniyat ekanligini isbotlab, tushuntirib berish kerak. Fan jamiyat taraqqiyotini olg‘a siljituvchi kuch, vosita bo‘lmog‘i lozim.” 2Ko‘rinib turibdiki, bugungi kunda jatiyatning ilg‘or taraqqty etishi, avvalo, fanning oldiga mazmunan va moxiyatan yetuk tadqiqotlar yaratish talabini qo‘ymoqda. Bu ilm-fanning barcha sohalarida, xususan tilshunoslik sohasida ham yangicha yondashish va zamon talabiga javob beradigan yetuk tatqiqotlarni yaratish lozimligini ko‘rsatadi”.



Ishning ilmiy yangiligi shundan iborat.

- O‘zbek tili morfologiyasining tarixiy – taraqqiyoti va shakllanishi ilmiy asosda tahlil qilindi.

- O‘zbek tili moryaologiyasining XX asrda shakllanishi tadqiq qilindi.

- O‘zbek tili morfologiyasining xususan, so‘zlarni turkumlarga ajratishdagi turlicha qarashlar ilmiy baholandi.

- Mustaqillik davridan buyon so‘zlarni turkumlarga ajratishdagi turlicha qarashlarga tanqidiy qarashlar o‘rganilgan, tadqiq qilingan xolda so‘zlarni morfologik, sintaktik nuqtai nazardan tadrijiy taxlil etish.

- So‘z gaplar qatoriga kiritilgan so‘zlarni qat’iy ravishla morofologik va sintaktik aspektda o‘rganish tahlil etildi.



Tadqiqot natijalarining ilmiy ahvmiyati.

Mazkur ishning nazariy xulosalari va ilmiy natijalari o‘zbek tili morfologiyasining, xususan, so‘zlarni turkumlarga ajratishdagi xilma- xillikni ajratishga qo‘shilgan muayyan hissadir. Ishning ilmiy va amaliy ahamiyati shundaki, birinchidan talabalarning savodxonligini oshirish, maktab, litsey, kollejlarda maktab darsliklari uchun chiqarilgan maktab darsligida qo‘llanmalar chiqarishda so‘zlarni turkumlarga ajratish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsata oladi.

Bir so‘z bilan aytganda mavzu so‘zlarni turkumlarga ajratishdagi xilma xilliklarga barxam berildi.

Ishning joriy qilinishi va sinovdan o‘tishi.


KIRISH

O‘zbek tili morfologiyasining talqini o‘zbek tilshunosligining taraqqiyot bosqichi bilan bevosita bog‘liqdir.

Buyuk ajdodlarimiz qoldirgan yozma yodgorliklar sinchiklab o‘rganiladigan bo‘lsa, bu manbalarda tilshunoslikning bir qancha masalalari Ovro‘pa olimlaridan ancha oldin bayon qilinganligining guvohi bo‘lamiz. Shuning uchun ham ajdodlarimiz qoldirgan lingvistik merosni o‘rganish va uni jahon tilshunosligi doirasida baholash, o‘zbek tilshunoslarining jahon tilshunosligi rivojiga qo‘shgan hissasini aniqlash bugungi o‘zbek tilshunosligi oldidagi eng xayrli ishdir.

O‘zbek tili morfologiyasining talqini o‘zbek tilshunosligining traqqiyot bosqichi bilan bevosita bog‘liqdir, ularni quydagi turlarga ajratish mumkin:

1.Arab tilshunosligi an’anasi asosida o‘zbek tili qurilishi tadqiqi (XI-XV asr)

2.Fors tilshunosligi an’anasi asosida o‘zbek tili qurilishi tadqiqi (XVI-XIX asr)

3.Yevropa tilshunosligi an’anasi asosida o‘zbek tili qurilishi tadqiqi (XIX-XX asr)

4.O‘zbek milliy tilshunosligining shakllanishi (XX asrning birinchi choragidan to milliy istiqlolgacha bo‘lgan davr)_.

5.Mustaqillik davri o‘zbek tilshuinosligi.3

Dunyo madaniyati va taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan, fan olamida katta iz qoldirgan qomusiy olimlarimizdan Farobiy o‘zining “Fanlar tasnifi” asarida tilshunoslikka katta e’tibor bilan qaraganligini ko‘rish mumkin.

…Hozirgi kunda leksika, grammatika singari atamalarning ikki ma’noda qo‘llanishi, deyarli barcha adabiyotlarda qayd etiladi: birinchisi ma’lum bir tilda mavjud bo‘lgan ularning leksik va grammatik birliklar tizimi, ikkinchisi esa shu tizimni o‘rganadigan fan sohasi.

Bunday fikrning ildizlari ham Farobiyga borib taqaladi. U til haqidagi fanning iikki qismdan iboratligini ta’kidlaydi. Birinchisi ma’lum tilda mavjud bo‘lgan so‘zlarni xotirada saqlash va nomini ifodalashni bilish. Ikkinchsi esa bu so‘zlarni boshqarib turadigan qonunlarni bilish. Farobiy so‘z ma’nolarini ham tasnif etadi. Uning fikricha, so‘z ma’nosi ikki turli bo‘ladi: sodda va murakkab. U atoqli va turdosh otlarni ham farqlaydi, shu bilan bir qatorda sodda ma’noli so‘zlarni ikkiga bo‘ladi:

1) atoqli otlar. Masalan: Zayd, Amr kabi;

2) tur va jinsni ko‘rsatadigan so‘zlar. Masalan: odam, hayvon, ot kabi. Farobiy tur va jinsni bildiruvchi so‘zlar asosida so‘z turkumlarini ham tasnif etadi. Shuningdek ot va fe’llarning grammatik kategoriyalari haqida ham ma’lumot beradi .

…Farobiy bugungi tilshunoslik bo‘limlari: fonetika, leksika, morfologiya, sintaksis, orfografiya, orfoepiya, stilistika haqida, ularning o‘rganilish ob’yektlari haqidagi ilk ma’lumotlarni ham beradi.

Farobiy tildagi umumiylik va xususiylik dialektikasini ham ochib beradi. Uning ta’kidlashicha har bir til o‘ziga xos birliklarga ega. Shu bilan birga hamma tillar uchun xos bo‘lgan tushunchalar ham mavjud. Masalan, ot, fe’l, yuklama arab tilida ham, grek tilida ham bor. Har bir tilning grammatikasi shu tilning o‘ziga xos jihatlarini o‘rganish bilan birga, boshqa tillarda ham uchraydigan umumiy tomonlarga ham e’tibor beradi. Farobiy bugungi til falsafasi uchun g‘oyat muhim bo‘lgan bir qator tushunchalarga (konstanta-aksidensiya, zot-tazohir, umumiylik- xususiylik; fahmiy (hissiy bilish) (idrokiy bilish)ga asos solgan ulug‘ faylasuf bo‘lish bilan birga, tilshunoslikning umumiy masalalarini, uning mundarijasini yoritib bergan ulkan olim hamdir.4

O‘z navbatida Beruniy ham morfologik birlik bo‘lgan morfemalar haqida , ya’ni so‘zning ma’noli birliklari haqida fikr yuritib ularni o‘zak hamda o‘zak bo‘lmagan (affiksal) turlarga ajratadi.

O‘zbek tilshunosligi tarixi eshigini XI asrda yashab o‘tgan va turkiydan yetishib chiqqan to‘ng‘ich tilshunos, qomusiy olim Mahmud ibn Xusayn ibn Muhammad Koshg‘ariyning o‘rni beqiyosdir. Mahmud Koshg‘ariy o‘zining “Devonu lug‘otit-turk” asarida so‘zni morfologik nuqtai-nazardan fe’l, ism (ot, sifat, son, ravish, olmosh, harfga yordamchi so‘z bog‘lovchi, ko‘makchi, yuklama)ga ajratadi Turkiy til agglyutinativ qurilishli, morfologik shaklni hosil qilishga xizmat qiluvchi so‘z o‘zak/negizga birin-ketin qo‘shilib kelishi, ko‘p xolda esa, xatto qo‘shimcha va yordamchi so‘z sinonimiyasi ham (chunonchi, senga-sen uchun, ishla-ish qil) ham mavjudligi sababli Koshg‘ariy turkiy shakl qo‘shimchani o‘zbek tilidagi -lar, -ga, -da, -dan kabi shakl va -la, -chi kabi harf deb tasnif etadi va hatto “Devon”ning lug‘at qismida uni alohida ajratib, lug‘aviy birlik qatorida sharhlaydi ham. Chunonchi “Devon”da su-askar, qo‘shin va -si egalik qo‘shimchasi, qa-idish, -qop va -qa jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasi bir band va bo‘limda sharhlanadi. 5

Olim turkiy tilda bir bo‘g‘inli va ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarda morfologik shakl bir xilda yasalishini aloxida ta’kidlab, turkiy til morfologiyasida eng asosiy xususuiyatlardan biri-shakl yasovchi qo‘shimchaning bir xilligini aloxida ta’kidlaydi va bu bilan turkiy til arab tilidan keskin farqlanishini uqtiradi. Deyarli har bir morfologik shakl yasovchi turkiy qo‘shimchani lug‘at tarkibida aloxida olib sharhlash bilan birga Mahmud Koshg‘ariy turkiy morfologik paradigmani, xususan fe’l nisbati, zamon va shaxs son paradigmasini juda to‘g‘ri ajratadi, shakl yasash bo‘yicha qat’iy qoida beradi, fe’lning barcha shakli uchun buyruq shakli asos ekanligini ham uqtirib o‘tadi.6

Tilshunos olimlarning e’tirof etishicha, XI-XIX asrlar filologiya sohasida hech bir olim turkiy til morfologiyasini tasnif etishda Mahmud Koshg‘ariy darajasiga ko‘tarila olmagan. Mahmud Koshg‘ariyning o‘zbek tili morfologiyasi xususiyatiga bergan tavsifi XX asr tavsifi bilan bemalol bellasha oladi va ayrim jihati bilan undan ustun ham turadi.

So‘zning morfologik strukturasi bilan bog‘liq ravishda “Devon”da affiksal (morfologik affiksisiya) usuli bilan so‘z yasash juda mufassal va ayrim zamonaviy ishlarda chuqur ilmiy tahlil asosida sharhlangan. Mahmud Koshg‘ariyning turkiy tilda fe’l, ot, sifatning yasalishi bo‘yicha bergan tavsifi XX asrning o‘rtasigacha nazariy jihatdan, jumladan derevasiya tizimida sinxronik va diaxronik holatni farqlab tavsif berishda eng mukammal bo‘lib qoldi .7

Turkiy til morfologiyasi tavsifini bergan va Mahmud Koshg‘riy asaridan foydalanganligi tahmin etilayotgan o‘rta asr tilshunos-turkiyshunosidan biri Asiruddin Abu Hayyon (1256-1345). Uning “Kitobul idrok lil-lisonul atrok”, undan foydalanib XIV-XV asrda yozilgan va haligacha muallifi noma’lum bo‘lib kelayotgan “Attuhfatuz zakiya fil lug‘otit turkiya” asarida o‘zbek tili morfologik xususiyatining ilk sistemaviy bayoni beriladi.8

Alisher Navoiy asarlari tilining o‘ziga xos morfologik xususiyatlaridan biri shundaki, unda shakl jihatidan hozirgi zamon o‘zbek adabiy tiliga o‘xshash ba’zi bir morfologik elementlar unda boshqacha vazifada qo‘llaniladi. Masalan,“e,sabo ovora ko‘nglim ista-yu har yon bor-u,vodiy-yu, tog‘-u, biyobonlarni bir-bir ahtar-u” degan bir she’riy parchada ista-yu, bor-u, ahtar-u fe’llarida –yu, -v, -u affikslari hozirgi o‘zbek tilidagi -gin yoki -gil vositasida ishlatilgan.

Demak, kontekstdagi ista-yu fe’li istagin (-gil), boru fe’li borgin (-gil), ahtar-u fe’li esa ahtargin (-gil) ma’nolarini bildiradi.9

Morfologik jihatdan Navoiy asarlari tilida o‘zbek tilining morfologik belgilari bilan bir qatorda “g‘arb” elementi jumladan o‘tgan zamon sifatdosh formasi -mish va bu affiks yordami bilan yasalgan fe’l alohida ajralib turadi. Masalan: -o‘lmisham-bo‘lganman,topmisham-topganman,qilmamish-qilmagan,

bog‘lamishman-bog‘langanman, topmamishlar - topmaganlar kabi.10

Til haqidagi fanning shakllanishi, odatda XIX asrning boshiga to‘g‘ri keladi deb, baholanadi. Biroq tilshunoslikning eng aosiy, tub muammosi, jumladan, so‘z turkumi va gap bo‘lagi, tilning tabiati, til belgisining ma’noga aloqadorligi, mantiqiy, grammatik va boshqa hodisaga munosabati va hatto, til, lison va nutq munosabati, tilning sistemaviy xarakteri, sistema ekanligi, yaxlit strukturadan iborat ekanligi, tilga qadimdan boshlab sistema sifatida yo‘l tutilganligi, shuningdek, tilning kelib chiqishi masalasini ham qamrab olib baho beriladigan bo‘lsa, tilshunoslik fanining shakllanishi uzoq tarixga egaligi ma’lum bo‘ladi. Morfologiyaga e’tibor mashhur hind tilshunosi Panini (eramizdan oldingi III-II asrlar) davridan buyon e’tibor qaratilganligi e’tirof etiladi. So‘zlarni turkumlarga ajratish dastavval hind tilshunosligida amalga oshirilgan. Bu davrda so‘zlar to‘rt guruhga ajratilgan: ot, fe’l, ko‘makchi va yuklama. Til muammosiga emperik va tasviriy yo‘nalishda yondashish hind tilshunosligining asosiy yo‘nalishi edi. Qadimgi yunon tilshunosligi til masalasiga, asosan, falsafiy nuqtai nazardan yondashishi bilan xarakterlanadi. Shunga ko‘ra, tilni o‘rganish falsafa tarkibida, u bilan asosan faylasuflar shug‘ullangan. So‘z va narsa munosabati masalasi yunon tilshuniosligining bosh masalasi bo‘lgan, so‘zni turkumga ajratish harakati Aflotun yashagan davrga to‘g‘ri keladi. Aflotun mavjud so‘zni ikki guruhga ajratadi:

a) ot, b) fe’l.

Ega vazifasida qo‘llaniluvchi so‘z, ot, kesim vazifasida qo‘llaniluvchi so‘z- f’el. Sifat ham oddiy fe’l qatoriga kiritiladi.11

Arastu esa nutqni quydagi bo‘lakka ajratadi:

1) harf; 2) bo‘g‘in; 3) bog‘lovchi; 4) bo‘lak (a’zo);

5) ot; 6) fe’l; 7) kelishik; 8) gap;

Har bir qism alohida-alohida izohlangan. Jumladan, ot quydagicha izohlanadi: “Ot murakkab, (a) ma’no anglatuvchi, (b)zamonni bildirmaydigan, (v) qismi o‘z-o‘zidan ma’no anglatmaydigan so‘z, (g) so‘z.

Morfologiyaga oid ko‘pgina masalalar Arustu maktabi tomonidan o‘rganilgan. keyinroq esa shakllangan Aleksandriya maktabi vakillari so‘z turkumi va morfologiya masalasi ancha batafsil o‘rganilganligi diqqatga sazovordir. Aristarx tasnifiga ko‘ra, so‘zlar sakkizta turkumga ajratiladi:

1. Ot; 2.Fe’l; 3.Sifatdosh; 4.A’zo;

5.Olmosh; 6.Ko‘makchi; 7. Ravish; 8.Bog‘lovchi;

Dian Fraksiy esa, ot, fe’l, sifatdosh, ravish, bog‘lovchi turkumining har biri haqida aloxida to‘xtalib, uning eng xarakterli jihatini sanab o‘tadi.

Jumladan, u fe’l haqida gapirar ekan, fe’l kelishiksiz so‘z turkumi, u zamon, shaxs va sonni qabul qilib, harakat yoki holatni bildiradi. Shuningdek, u fe’l mayli (buyruq, istak, xabar, tobe va noaniq), fe’l nisbati, son, shaxs, fe’l zamoni haqida ham batafsil ma’lumot beradi. 12

Xorazmda tavallud topgan Mahmud Zamaxshariyning “Muqaddimat ul- adab” asarida turkiy tilning morfologik jihati keng tadqiq etilgan. Morfologiyani o‘rganishda uning o‘rni beqiyos.13

Tilshunoslik tarixida olimlar tilning morfologik jihatini o‘rganish bilan VIII-XV asrda ham keng shug‘ullanganligi ma’lum. Jumladan Yusuf Sakkokiyning “Miftoh ul-ulum” asarining ayrim qismi morfologiya va sintaksisni o‘rganishga bag‘ishlangan. Abu Hayyon al-Andalusiyning “Kitob al-idrok li-lison, al-atrok” asaridagi ayrim qismlar ham turkiy til morfologiyasini yoritishga bag‘ishlangan.

Muallifi noma’lum bo‘lgan tilshunoslikka oid, ayniqsa, turkiy tilni jiddiy o‘rganishga bag‘ishlangan asardan ikkinchisi “At-tuhfa (kitob at-tuhfa az- zakiyatu fil-lug‘at at-turkiya)” (“Turkiy til haqida noyob tuhfa”) kitobi. Bu asarning “Leksik-grammatik ocherk” qismida “At-tuhfa” asari muallifining morfologik qarashi bayon qilinadi. Unda ism (ot) alohida so‘z turkumi sifatida ajratilgan. Otdagi barcha grammatik kategoriya o‘sha davr nuqtai nazaridan juda mukammal yoritib berilgan. Muallif, avvalo, grammatik shaklni ham shu tarzda, ya’ni aniq xarakterlab beradi. Jumladan, ko‘pgina shaxs otining atoqli otga ko‘chishi asosida yuzaga kelganligini ko‘rsatadi: arslon, lochin.

Shuningdek, otning asosiy qismini turdosh ot tashkil etishi, turkiy tilda jins kategoriyasini (biologik jins)ga ajratish mumkinligini (uni faqat grammatik jins sifatida qaralmasligi kuzatiladi) ko‘rsatadi: ota, qardosh, okuz (ho‘kiz), ayg‘ir (yerkak ot), basrak (nor tuya), yigit, ona, tul (beva), qiz, inak (sigir) kabi.

“At- tuhfa”da sifat, son, olmosh, fe’l kategoriyasi haqidagi uning yasalishi, barcha shakli borasidagi qarashi yuklamaga oid fikrning hammasi o‘zbek tili morfologiyasi bo‘yicha “At-tuhfa” asari muallifining jiddiy talqinini ko‘rsatadi. Bu kitobda o‘zbek tili morfologiyasi juda jiddiy tarzda tadqiq etilgan. Muallifning morfologiya sohasidagi qarashi, hozirgi o‘zbek tilshunosligidagi morfologiyaga oid tadqiqotini boyitadi, deyish mumkin. O‘zbek tili morfologiyasining tilshunoslik tarixida chuqur o‘rganilishi, talqini haqida gapirganda, ayniqsa “At-tuhfa” asariga batafsil to‘xtalmaslik mumkin emas. Chunki, morfologik kuzatish boshqa manbada keng va asosli xolda ma’lumot bermagan. Asarda har bir grammatik shaklning turli hil ma’no qirrasiga ega ekanligi, turli hil vazifa bajarishi kabi ko‘p holat to‘la o‘z ifodasini topgan.

Yuqorida ta’kidlanganidek, Alisher Navoiyning morfologik qarashlari alohida o‘rin egallaydi. Ularni quyidagi guruhlarga ajratadi:

a) so‘zni uch turkumga ajratadi: fe’l, ism va harakat (yordamchi)

Bunda Navoiyning fe’lga alohida e’tibor qaratganligi ancha muhim;

b) fe’lning birgalik nisbatdagi shakliga alohida e’tibor beradi (orttirma nisbat yasovchi -t qo‘shimchasiga diqqaqt qiladi);

d) mazmuniy sintaksis bo‘yicha ilk ma’lumotlarni bergan.

Alisher Navoiy o‘z davrida tilshunoslikning boshqa sohasiga to‘xtalish bilan birga, morfologik sathga oid o‘z talqinini beradi.14

O‘zbek tilshunosligida morfologiyaga qiziqish o‘rta asrda ham u yoki bu tarzda olib borganligini kuzatish mumkin. Bu davrda morfologiyaga oid talqin ancha mukammal o‘z ifodasini topgan lug‘at asarlardan biri Muhammad Yaqub Chingiyning “Kelurnoma”asaridir. Ushbu asarda fe’lning noaniq shakli bo‘lgan infinitivga, otning kelishik kategoriyalariga alohida o‘rin berilgan.15

XIX asrning ikkinchi yarmi XX asrning boshida ham o‘zbek tili, morfologiyasiga jiddiy e’tibor berildi. XX asrning boshida ham tilshunoslik, shu jumladan, morfologiya sohasida ham Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Ashurali Zohiriyning tilshunoslikka doir ishlarida morfologiyaga oid yetarli ma’lumotlar berilgan. XX asr boshida o‘zbek tili morfologiyasini bevosita tadqiq qilishni mashhur olim Abdurauf Fitrat o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydi. U o‘zbek tili grammatikasini yaxlit, ya’ni morfologiyani jiddiy ravishda tadqiq qiladi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, o‘zbek ilmiy tilshunosligi shakllangandan buyon so‘z tarkibi maslasiga alohida ahamiyat berib kelindi. So‘z tarkibi unga bog‘liq bo‘lgan atamalar tizimining shakllanishida prof. A.G‘ulomovning xizmatllari beqiyosdir. Ushbu, muammo asosan, so‘z yasalishi bilan uzviy bog‘liq ravishda ko‘tariladi. So‘z yasash jarayonida ma’lum yasovchi vositalarning muayyan asosga qo‘shiluvchi va bu qismlarning o‘zaro munosabatini o‘rganish jarayonida so‘zni ma’noli qismlarga ajratishga to‘g‘ri keldi. Shuningdek, so‘zning morfologik tarkibini belgilashda ham uning eng kichik ma’noli qismlarini ajratishga ehtiyoj tug‘ildi. Shunday qilib, so‘z yasalishi va so‘zning morfologik tarkibini o‘rganish bilan uzviy bog‘liq ravishda morfemika masalalari ham o‘rganila boshlandi. Eng avvalo so‘zning eng kichiki ma’noli qismi, tushunchasi paydo bo‘ldi va ana shu lingvistik tushunchani maxsus atama bilan atash ehtiyoji tug‘ildi. Natijada prof. A.G‘ulomov o‘zbek tilshunosligi tarixida ilk bor Boduyen de Kutene tomonidan eng kichik ma’noli birlikni ifodalash uchun qo‘llangan morfema atamasini olib kirdi.16

Tilshunoslik fan sifatida shakllangan davrdan tortib to sistemaviy-struktur tilshunoslik paydo bo‘lgunga qadar, ya’ni antik davrdan XX asrning birinchi choragiga qadar bo‘lgan davrda asosiy til birligi sifatida so‘zni e’tirof etish, qolgan barcha birliklarni so‘z asosida izohlash an’anaga aylangan edi. Xususan, so‘zdan kichik va katta birliklar esa so‘zlarning qo‘shilishidan hosil bo‘lgan birliklar sifatida izohlanar edi. Demak tilning barcha birliklari so‘z asosida aylanar va ana shundan keltirib chiqarilar edi. Bu konsepsiya tabiatshunoslikda barcha planetalarning nima asosida harakat qilishiga ko‘ra giosentrik (barcha planetalarning yer atrofida aylanishi) va geliosentrik (barcha planetalarning harakat markazida quyosh turishi) nazariyalarning vujudga kelgani kabi barcha til birliklarining asosida glossentrik (lotincha glosso-so‘z) yoki verbotsentrik (lotincha verbe-fe’l yoki so‘z) nazariya deb yuritiladi. I.A.Boduyen de Kurtene ham morfema atamasini tilshnoslikka olib kirar ekan, uni glossentrizm nuqtai nazaridan izohladi.

Uning ta’kidlashicha, morfema so‘zning mustaqil psixik hayotga ega bo‘lgan va shu nuqtai nazardan yana bo‘linmaydigan qism .17

Nutq jarayonida har bir so‘z leksik va grammatik ma’nolar uyg‘unligidan tashkil topadi. Odatda, leksik va grammatika ma’nolarning muayyan tovush yoki tovushlar birikmasi bilan barqaror munosabatidan tashkil topgan butunlikka nisbatan so‘z atamasi qo‘llaniladi.

Grammatik ma’nosiz, faqat leksik ma’no bildiruvchi so‘zning qismi uchun leksema atamasi qo‘llaniladi. Bunday vaqtda so‘z morfologiya birligi sifatida, leksema esa leksikologiya birligi sifatida, bir-biridan farqlanadi.

Morfologiya so‘zning grammatik ma’nolari va bu ma’nolarni ifodalovchi shakllarni, ya’ni so‘zning morfologik shakllarni o‘rganadi.

Masalan, qalam, qalamning, qalamni, qalamga, qalamdan, qalamda shakllari bir so‘zning qalam so‘zining turli shakllari hisoblanadi.

Bu so‘z shakllarining hammasida takrorlanayotgan qalam qismi ikkita ma’noga ega.

Birinchi ma’nosi yozish, chizish uchun mo‘ljallangan grafik toshga yog‘och qoplama o‘rnatilgan o‘quv qurolini bildiradi. Uning grammatik ma’nosi esa morfologiyaning tekshirish ob’yektidir.

Bir so‘z bilan aytganda, morfologiya so‘z turkumlari va ularning grammatik shakllari bo‘yicha bahs yuritadi. So‘zlarni turkumlarga ajratishda so‘zlarning leksik ma’nosi ustiga qo‘yilgan umumiy grammatik (predmet, belgi- xususiyat, harakat-holat kabi) ma’no asosiy tayanch nuqta bo‘lib xizmat qiladi.18

XX asrning boshlariga kelib, morfologiya fan sifatida shakllana boshlagan davrdan boshlab morfemaga an’anaviy yondashuvdan boshqacharoq yondasha boshladi. Bu bilan sistemaviy-struktur tilshnoslikning morfema va uni o‘rganuvchi tilshunosliknig alohida bo‘limi bo‘lgan morfemikaning mavjudligi e’tirof etila boshlandi.19

Amerika deskriptiv tilshunoslik maktabining vakillari glossosentrik nazariyaga qarama-qarshi ravishda morfosentrik nazariyani olg‘a sura boshladilar. Bu qarashga muvofiq, til tizimidagi markaziy, eng kichik ma’noli birlik morfema hisoblanadi. Qolgan ba rcha birliklar morfema asosida izohlanadi. Morfemaning ma’nosini farqlash uchun xizmat qiladigan va boshqa mayda bo‘laklarga bo‘linmaydigan eng kichik til birligi sifatida fonema sanaladi. Morfemaning morfema bilan qo‘shiluvidan hosil bo‘lgan birliklar konstruksiya hisoblanadi.20

Morfemika so‘zning nechta morfemadan tashkil topishini o‘rganmaydi, balki morfemalarning turini, har bir turga xos xususiyatlarni o‘rganadi.21

Xulosa qilib aytganda, yuqorida ta’kidlanganidek, morfologiya, morfemika doimo tilshunoslar markazida bo‘lib kelmoqda . Shuni alohida qayd etish zarurki, o‘zbek tili leksikasining shu jumladan o‘zbek tili morfologiyasining shakllanishida mashhur tilshunos olim Fahri Kamolning xizmatlari beqiyosdir.I22

O‘zbek tili morfoligiyasining, xususan morfemikaning shakllanishi va uning o‘rganilish ob’yektining to‘g‘ri belgilanishida akademik A.Hojiyevning o‘rni beqiyosdir . … Morfema so‘zining tarkibiy qismi sifatida qaralganligi uchun so‘z tayanch nuqta qilib olinadi. So‘zning shakllari haqidagi talimot morfologiya bo‘lganligi uchun morfema haqidagi fikrlar ham o‘z-o‘zidan, morfologiya tarkibida bayon qilinishi lozim. O‘zbek tilshunosligida ham morfema haqidagi qarashlar ana shu nazariya tasirida dunyoga keldi.23

Albatta, milliy fanda milliy mafkura ask etadi.O‘zbek tilshunosligida ham milliy fan bo‘lib, u ham o‘zida milliy msfkura va milliy g‘oyani aks ettirish bilan birgalikda, uni targ‘ib qiluvchi vositalar sirasidan ham o‘rin oladi.

Til ijtimoiy-ruhiy hodisa bo‘lganligi sababli uning meyorlarini belgilash til siyosati bilan ham bog‘liq. Yurtimiz bir asrdan ko‘proq mustamlakada bo‘ldi. Hukmron xalq va uning tilga har jihadan imtiyoz berilib, qarol xalqlarning ruhiyati va tiliga tajovuz qilindi. Faqat istiqlol natijasi o‘laroq, til va tilshunosligimiz istibdod nishonidan halos bo‘ldi. O‘zbek tilshunosligi tom ma’nodagi musaqil fan sifatida o‘zbek tilining o‘zbekona tabiatini ochiq-oydin o‘rganib, uni milliy g‘oya va milliy mafkurani targ‘ib qilishning tarkibiy qismiga aylantirdi. Bugungi kunda morfologiyada grammatik kategoriya va shakllarning, so‘z. turkumlarining yangicha tasnifi, sintaktik hodisalarning yangi nuqtai nazardan tadqiq qilinishi natijasida talimga olib kirilayotgan ilmiy yangiliklar gapning markazi sifatida kesimning qaralishi gap va so‘z kengaytiruvchilarning farqlanishi, gap .bo‘laklarining darajalanishi, soda va qo‘shma gap oralig‘ida uyushgan gapning ajratilishi, gap markaziga tayangan xolda qo‘shma gapning yangicha tasniflanishi kabilar fikrimiz dalilidir. Bular esa grammatika, milliylik va milliy mafkura tushunchalarining bog‘liqligini ko‘rsatadi.24 Xalqimiz, millatimiz uchun tamomila yangi sosial-tarixiy sharoit bo‘lgan istiqlol munosabati bilan davlat va jamiyatning adabiy tilga talabi, shunga muvofiq til siyosati o‘zgarib o‘zbek adabiy tilining ijtimoiy va ruhiy vazifasini takomillashtirish asosiy maqsad qilib belgilandi. Adabiy til bo‘limlarini shu nuqtai nazardan isloh qilish, qayta baholash bosh vazifadir.25

Mustaqillik davriga kelib o‘zbek adabiy tilining boshqa bo‘limlari kabi morfologiya sohasida ham isloh talab mavjud ekanligini davrning o‘zi ko‘rsatdi. Shu munosabat bilan modomiki meyorlashtirishda mustamlakachilik tuzimi davridagidek morfologik tuzilishi jihatidan boshqa guruhga mansub til hukmron bo‘lgan rus tili ta’siriga asoslanish emas, o‘zbek tilining sistem tuzilishiga xos xususiyatga asoslanib ish ko‘rish, ularni nazariy asoslash, ilmiy nuqtai nazardan talqin etish zarurati paydo bo‘ldi. Umuman olganda, ilmiy talqindagi xilma-xillik kimningdir “zo‘r”,kimningdir “zaif “ligidan emas, balki shu jamiyatda shu fanning chuqur o‘rganilganligidan, unga turli tomondan turib yondashish va turli nuqtai nazardan turib tarifu tavsif berish odatiy tusga aylanayotganligidan, fanning rivojlanganligidan dalolat. Chunki, har qanday fan va ilmiy bilishdagi tub yangilanishning ilk bosqichida yangi mezon va munosabat hamisha “ko‘r tutganini, kar eshitganini qo‘ymas” tamoyili asosida uqilgan va uqilmagan holda, ba’zan hattoki zo‘rlik bilan kiritiladi, u ma’lum darajada ommalashgach, navbatdagi bosqichdagina bu mezonlar “mahallashtiriladi”, tugal o‘zlashtiriladi. Shuning uchun yangi talqin , yondashish, albatta qarshilikka uchraydi, davr fani “daholari”tomonidan inkor qilinadi. Zero, odatda “fan daholari” mavqyeyida ilmiy yo‘nalishi va dunyoqarashi o‘z ijtimoiy vazifasini o‘tab bo‘lgan o‘rnini yangi yo‘nalish yoki yondashishga bo‘shatishi kerak bo‘lgan shaxslar turadi va ular yangicha talqinni hazm qila olmaydi. Har qanday yangilik fan olamiga qiyinchilik bilan kirib keladi. O‘zbek tili morfologik tizimitalqini ham bundan mustasno emas26.

Zero, nutqning mustaqil bo‘lagi hisoblangan so‘z doimo olimlarning diqqat markazida bo‘lishi - bu qonuniyatdir.


Yüklə 394,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə