Amaliy mashg‘ulot №2 Neft va neft mahsulotlarining zichligini aniqlash Ishdan maqsad



Yüklə 72,81 Kb.
tarix01.03.2023
ölçüsü72,81 Kb.
#101698
2-amaliy


Amaliy mashg‘ulot №2
Neft va neft mahsulotlarining zichligini aniqlash


Ishdan maqsad amaliy mashg‘ulotda talabalar neft bo‘yicha tushuncha oladilar va areometr bilan tanishadilar. Mustaqil ravishda areometr bilan neftning zichligini aniqlashni o‘rganadilar.
N eft – yonuvchan moysimon suyuqlik bo‘lib, to‘q rangli, spisifik hidga ega. Kimyoviy tarkibiga ko‘ra neft turli uglevodorodlarning aralashmasi hisoblanadi va uning kimyoviy, fizik xossalarini aniqlaydi. Neft quyidagi uglevodorod guruhlaridan tashkil topgan: metanli yoki parafinli (CnH2n+2) naftinli (CnH2n-6).
T abiiy sharoitda metanli uglevodorodlar nisbatan keng tarqalgan. Bu qator uglevodorodlar metan (CH4), etan (C2H6), propan (C3H8) va butan (C4H10) atmosfera bosimi va haroratida gaz holatida bo‘ladi. Bosim oshganda bu uglevodorodlar qisman yoki to‘liq suyuq holatga o‘tadi.
Pentan (C5H12), geksan (C6H14) va geptan (C7H16) beqaror, u holatdan bu holatga oson o‘tuvchan hisoblanadi. C8H18 dan C17H36 gacha tarkibli uglevodorodlar suyuq moddalar, tarkibida 17 dan ortiq uglevodorod atomi bo‘lgan uglevodorodlar qattiq bo‘lib, neftning tarkibida turli miqdorda bo‘ladi.
Uglevodorodlardan tashqari neft va gazning tarkibida kislorod, azot, oltingugurt va (juda kam miqdorda) boshqa kimyoviy moddalar bo‘lishi mumkin.
Neftning tovar sifatini asosiy ko‘rsatkichlaridan biri uning zichligidir. Zichlik xajm birligidagi og‘irlik miqdori bilan aniqlanadi. Neftning zichligi 200 C haroratda 700 dan 980 kg/m3 gacha o‘zgaradi, ayrim holatlarda 1000 kg/m3 gacha yetadi. Zichiligi 880 kg/m3 gacha bo‘lgan yengil neft tarkibida ko‘p miqdorda benzinli va moyli fraksiyalar mavjud bo‘ladi va nisbatan qimmatboho hisoblanadi.
Neftning zichligi areometr bilan o‘lchanadi (1-rasm). Neftning zichligini standart haroratga (20 °C) keltirish uchun quyidagi formuladan foydalaniladi:
p20 = p t+a (t - 20)
bu yerda, p t – neftning t haroratidagi zichligi: а – neftning hajmiy kengayish koeffitsenti, maxsus jadvallardan olinadi (а=0,0008 + 0,0006) kg/gradus m3.
Neft zichligi quyidagi formula bilan aniqlanadi.
,
bunda G – neft namunasining og‘irligi, V – neft namunasining hajmi.
Ishni bajarish tartibi.
1. Talabalar areometr yordamida neftning zichligini aniqlashni o‘rganadilar.
Yüklə 72,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə