Amaliy mashg’ulot n 1



Yüklə 63,16 Kb.
tarix07.06.2022
ölçüsü63,16 Kb.
#89032
1-amaliy


AMALIY MASHG’ULOT N_1
Ekologiyada qo‘llaniladigan usullar. Qishloq xo‘jaligi va biosfera.
REJA:
1. Ekologiyada qo’llaniladigan ilmiy tadqiqot usullari.
2. Taqqoslash va tasviriy uslublarning qo’llash sohalari.
3.Tajriba usuli va uning mohiyati.
4.Ekologik modellashtirish uslubini ilmiy tadqiqotlarda qo’llanilishi.
Ishning maqsadi: Ekologiyada qo’llaniladigan usullar yuzasidan bilim va ko’nikmalarga ega bo’lish. Kerakli material va jihozlar: Ekologiyaga oid o’quv qo’llanmalari,jadvallar, gerbariylar, slaydlar. Nazariy material: Dala usuli. Tabiiy sharoitda olib boriladigan va o’tkazila-digan kuzatishlar dala usuli asosida bo’ladi. Dala usuli bo’yicha tur vakillari, ular hosil qiladigan turli katta-kichik tirik organizmlar guruhlari tabiiy sharoitda o’rganiladi. Bunday holda floristika, sistematika, geobotanika, fiziologiya kabi biologik hamda nobiologik fanlarning usullari ham keng qo’llaniladi va tirik organizmlarni o’sish, rivojlanish, ko’payish, o’zgarib turish jarayonlari aniklanishi bilan, ularning birbirlariga hamda muhitga munosabatlari o’rganiladi, olingan materiallarni ekologik tahlil qilish asosida tirik organizmlarning hayot faoliyatiga oid turli ekologik qonunlar aniqlanadi. Laboratoriya eksperiment usuli — maxsus joylarda, xonalarda, turli mikroorganizmlar, suvo’tlar, umurtqasiz hayvonlar, ular-ningformalari (shtamlari) kichik-kichik idishlar, Petrikosachasi, akvariumlarda maxsus oziqa moddalar, yorug’lik, harorat yordamida o’stiriladi va kuzatiladi. Ularning ko’payish jadalligi, massa hosil qilishi, fiziologik, biokimyoviy tarkiblari, hamda foydali formalarini tez ko’paytirish usullarini ishlab chiqib, non, qatiq, yog’, vino, spirt tayyorlashda foydalaniladi. Organizmlar va ularning populyatsiyasi holatini aniqlashda mor-fofiziologiya indikator usulidan foydalaniladi. Bu usul yordamida hayvon tanasiningog’irligi, ayrim organlariningtabiiy zonalar va muhit omillariga bog’liq holda o’zgarishi, shakllarining kattalanishi yoki kichrayishi o’rganiladi.Organizmlarning son ko’rsatkichlarini o’rganish. Ekologik tad-qiqotlarda organizmlarning soni va ularni o’zgarib turishini aniq bilish katta ahamiyatga ega. Organizmlar mikdorivizual va instrumental yo’l bilan aniqanadi. Organizmlar vizual hisobga olinganda, ularning ma’lum joyda, to’g’ri yo’nalishda yoki ma’lum hajmdagi suvdagi mikdori aniqlanadi. Masalan, geobotanikada ma’lum joydagi o’simliklarni hisobga olish, gidrobiologiyada - dengiz, okeanlardan «dnocherpatellar» yordamida suv tagidagi loyqa tortib olinib, uning ichidagi organizmlar tarkibi va soni aniqlanadi. Suv qatlamidan plankton holda yashovchi organizmlarning turlar tarkibi, biomassasianiklanadi. Matematik modellar va modellashtirish. Turli ekosistemalarning tabiiy holati, o’zgarishi va ularga xos boshqa ekologik tomonlar matematik modellar usuli yordamida anikdanadi. Tabiatdagi ko’p qirrali voqeliklarni ekologik nuqtai nazar-dan tekshirishda katta va kichik ekosistemalarga xos qonuniyatlarni aniqlash jarayonida ularningdoimo o’zgarib turishi, muhit omillarining ta’siriga ko’rsatadigan reaktsiyasi, turli tsenozlarning har xilligi va farqi aniqlanadi.
ISHNING BORISHI
1. Ekologiyada qo’llaniladigan usullar hakida ma’lumotlar to’plash (ma’ruza matni asosida) va jadvallarni to’ldirish.
2. Ekologiyada qo’llaniladigan usullarni o’ziga xos xususiyatlari aniqlash va jadvalga yozish (2-jadval)
3. 1600-2000 yillar oralig’ida aholi soning o’sishini matematik modellashtirish.(3-jadval)
TOPSHIRIQLAR
1-topshiriq
1-jadval

Nazariy material: Dala usuli. Tabiiy sharoitda olib boriladigan va o’tkazila-digan kuzatishlar
dala usuli asosida bo’ladi. Dala usuli bo’yicha tur vakillari, ular hosil qiladigan turli katta-kichik tirik
organizmlar guruhlari tabiiy sharoitda o’rganiladi. Bunday holda floristika, sistematika, geobotanika,
fiziologiya kabi biologik hamda nobiologik fanlarning usullari ham keng qo’llaniladi va tirik
organizmlarni o’sish, rivojlanish, ko’payish, o’zgarib turish jarayonlari aniklanishi bilan, ularning birbirlariga hamda muhitga munosabatlari o’rganiladi, olingan materiallarni ekologik tahlil qilish asosida
tirik organizmlarning hayot faoliyatiga oid turli ekologik qonunlar aniqlanadi.



Laboratoriya eksperiment usuli — maxsus joylarda, xonalarda, turli mikroorganizmlar,
suvo’tlar, umurtqasiz hayvonlar, ular-ningformalari (shtamlari) kichik-kichik idishlar, Petrikosachasi,
akvariumlarda maxsus oziqa moddalar, yorug’lik, harorat yordamida o’stiriladi va kuzatiladi. Ularning
ko’payish jadalligi, massa hosil qilishi, fiziologik, biokimyoviy tarkiblari, hamda foydali formalarini tez
ko’paytirish usullarini ishlab chiqib, non, qatiq, yog’, vino, spirt tayyorlashda foydalaniladi.
Organizmlar va ularning populyatsiyasi holatini aniqlashda mor-fofiziologiya indikator usulidan
foydalaniladi. Bu usul yordamida hayvon tanasiningog’irligi, ayrim organlariningtabiiy zonalar va
muhit omillariga bog’liq holda o’zgarishi, shakllarining kattalanishi yoki kichrayishi o’rganiladi.



Matematik modellar va modellashtirish. Turli ekosistemalarning tabiiy holati, o’zgarishi va
ularga xos boshqa ekologik tomonlar matematik modellar usuli yordamida anikdanadi.
Tabiatdagi ko’p qirrali voqeliklarni ekologik nuqtai nazar-dan tekshirishda katta va kichik
ekosistemalarga xos qonuniyatlarni aniqlash jarayonida ularningdoimo o’zgarib turishi, muhit
omillarining ta’siriga ko’rsatadigan reaktsiyasi, turli tsenozlarning har xilligi va farqi aniqlanadi.


2 . Ekologiyada qo’llaniladigan usullarni o’ziga xos xususiyatlari aniqlash va jadvalga yozish (2-jadval)


3.1600-2000 yillar oralig’ida aholi soning o’sishini matematik modellashtirilishi.

Yüklə 63,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə