Amoat tashkilotlari va



Yüklə 51,75 Kb.
səhifə1/5
tarix23.03.2022
ölçüsü51,75 Kb.
#84677
  1   2   3   4   5
Jamoat tashkilotlari va aholining fuqarolik faolligi


Jamoat tashkilotlari va aholining fuqarolik faolligi
Reja:


  1. Jamiyat taraqqiyotini ta’minlashda va fuqarolik jamiyati barpo jamoat tashkilotlari vazifalari.

  2. Fuqarolik jamiyatining huquqiy zaminlari

  3. Aholining fuqarolik faolligi belgilari va uning jamoat tashkiloti faoliyatidagi ahamiyati

Bugungi kunda, har bir davlat jahon hamjamiyatida munosib о‘ringa ega bо‘lishi va о‘z xalqiga munosib turmush darajasini ta’minlashi uchun eng avvalo demokratik boshqaruv tizimi, iqtisodiy barqarorlik, mamlakatda qonun ustuvorligi va inson huquqlarining ta’minlanishi, fuqarolik jamiyati institutlarining rivoji, aholining ijtimoiy-siyosiy madaniyati, fuqarolik pozitsiyasining yuqoriligi kabi kо‘plab omillar asos bо‘lib xizmat qiladi. Shu о‘rinda kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish va rivojlantirish har bir mamlakat uchun ustuvor vazifa bо‘lib qolmoqda.

Fuqarolik jamiyati eng avvalo ijtimoiy munosabatlar jarayonida о‘z aksini topib, mamlakatda demokratiya, huquqiy davlat va shaxs erkinliklarini ta’minlashning muhim kafolati bо‘lib xizmat qiladi. Fuqarolik jamiyatida ijtimoiy hayotga va uning doimo taraqqiy etib borishiga juda katta ahamiyat beriladi. Uning asosiy maqsadi insonning munosib hayot kechirishini, barcha hayotiy orzu-maqsadlari shu jamiyatdagi siyosiy tashkilotlar, ijtimoiy institut, guruh, oila va boshqa jamoat birlashmalari orqali amalga oshirilishini ta’minlashdir. Bu siyosiy tashkilotlar, ijtimoiy institutlar va guruhlar har bir insonga о‘zi yashayotgan jamiyatda hokimiyatning manbai ekanligini, huquq va erkinliklari, qobiliyati va harakati, obrо‘si yuksak qadriyat ekanligini tushuntirishga yordam beradilar. Insonlar ushbu tashkilot va birlashmalar orqali о‘zlarining siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy, madaniy va boshqa maqsadlarini amalga oshiradilar.

Ma’lumki, fuqarolik jamiyati bozor iqtisodiyoti va demokratik huquqiy davlat sharoitidagina davlat tasarrufida bо‘lmagan tashkilotlar, ya’ni jamoat tashkilotlari, uyushmalar, erkin va teng huquqli individlarning о‘zaro plyuralizmiga asoslangan munosabatlar uyg‘unligidan tashkil topadi.

Fuqarolik jamiyatining birlamchi asosi bu eng avvalo shaxs bо‘lib, va undan keyin uning tomonidan asos solingan ijtimoiy institutlar hisoblanadi. Har bir shaxs oila a’zosi, jamoat birlashmasi ishtirokchisi yoki ijtimoiy institut faoli sifatida fuqarolik jamiyati ichidagi huquqiy munosabatlar jarayonida ishtirok etadi. Shuning bilan birga, insonlar umumiy muammolarini birgalikda hal qilishi, jamiyatning barcha sohalarida о‘zlarining talab va manfaatlarini himoya qilishida fuqarolik jamiyatining muhim va ajralmas elementi hisoblangan fuqarolik jamiyati institutlari asosiy rol о‘ynaydi.

О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga kо‘ra «О‘zbekiston Respublikasida qonunda belgilangan tartibda rо‘yxatdan о‘tkazilgan kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar, olimlarning jamiyatlari, xotin-qizlar, faxriylar va yoshlar tashkilotlari, ijodiy uyushmalar, ommaviy harakatlar va fuqarolarning boshqa uyushmalari jamoat birlashmalari sifatida e’tirof etiladi».

Ma’lumki, mustaqillik yillarida О‘zbekistonda ham ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy sohalarda kо‘plab о‘zgarishlar sodir bо‘lmoqda. Jamiyatimizda shakllanayotgan yangi iqtisodiy tizim bilan bir qatorda, fuqarolarimizning siyosiy tafakkurida ham yuksalish kuzatilmoqda. U yangi yо‘nalish va komponentlar bilan boyib bormoqda. Shulardan kelib chiqib, О‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini shakllantirish borasida quyidagi mezon (indikator)larni ishlab chiqishga harakat qildik:


Yüklə 51,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə