Andozalar turi va ularni tayyorlashga qo’yiladigan talablar



Yüklə 72,5 Kb.
tarix14.05.2023
ölçüsü72,5 Kb.
#110168
Andozalar turi va ularni tayyorlashga qo’yiladigan talablar


Andozalar turi va ularni tayyorlashga qo’yiladigan talablar. 
Tikuvchilik korxonalarining tajriba sexida yangi model uchun tavsiya etilgan hamma razmer-rostdagi andozalar tayyorlanadi. Andozalar asosan 3 turga bo’linadi: etalon andozalar, ishchi andozalar, yordamchi andozalar va qo’shimcha andozalar.

Etalon andozalar asosan, nusxa ko’chirish va ko’paytish uchun ishlatiladi, ko’pincha ular originallar – asl nusxalar deb ham ataladi va hamma kiyimlar detallar konstruksiyasining etaloni hisoblanadi. Ishchi andozalar detallarni bichish bo’rlamalar tayyorlash uchun ishlatiladi, ular asosan 5 ta komplektda tayyorlanadi: 2 tasi tajriba sexida gazlama sarflash normasini aniqlash uchun, bittasi tayyorlov sexida bo’rlama tayyorlash uchun, ikkitasi bichish sexiga nuqsonli gazlamalarni bichish va bo’rlamalar uchib ketgan joylarni bo’rlash uchun ishlatiladi. Andozalar 0,9–1,2 mm qattiq kartondan tayyorlanadi. Yordamchi andozalar detallarni tikishga tayyorlayotganda bo’r yoki qalam bilan yordamchi chiziq o’tkazish va belgilar qo’yish uchun ishlatiladi.

Lentali bichuv mashinasida kiyim detallarini tekislab qirqish uchun qo’shimcha andozalardan foydalaniladi.

Andozalarni tayyorlashda ma’lum talablarga javob berish talab etiladi. Ular quyidagilardir:

- andozalar tayyor bo’lib qirqilgandan so’ng, ularning cheti aylantirib tamg’alab chiqiladi;

- andozaga gazlamani o’rish va arqoq iplari qanday yo’nalishda bo’lishi chiziladi;

- hamma andozalarga modelning nomeri, o’lchami, bo’yib yoziladi

- ishchi va yordamchi andozalarga texnik nazorat bo’limidan tekshirilib tamg’a qo’yiladi va ular oyda bir yoki ikki marta andoza bilan solishtirib tekshiriladi;

- karton qurish natijasida kirishishi mumkin bo’lgani uchun italon andozalari ham chorakda bir marta o’lchash tabeliga asosan tekshiriladi. 
2.3. Anzodazalar satxini o’lchash usullari. 
Ma’lumki gazlama qiymati tikuvchilik mahsuloti tannarxining 80-90 % tashkil etadi. Mahsulot tannarxini kamaytirish ishlab chiqarish rentabilligini oshirish uchun, bichish paytida chiqindilarni kamaytirish va materiallarni tejash kerak.

Gazlama shaklini tejash asosan, ma’lum fason uchun uning andozalari satxini to’g’ri o’lchashga bog’liqdir. Kiyim detallarining shakli ko’pincha Murakkab va egri chiziqli konturlaridan iborat. Uni satxini hisoblash ancha murakkab hisoblanadi.

Andozalar satxini hisoblashning bir qancha usullari bor:

1. Geometrik usul

2. Andozalarni tarozida tortish usuli

3. Aralash usul

4. Pitra sepish usuli

5. Fotoelektron mashinada hisoblash usuli.

1. Geometrik usulda har qaysi andoza satxi mayda geometrik shakllarga bo’linib, ular aloxida hisoblab chiqiladi. Olingan natijalar yig’ilib, andoza satxi aniqlanadi. Ammo, bu usulda satxni o’lchash uchun ko’p vaqt ketadi. Olingan natija ham aniq bo’lmaydi.

2. Andozalarni tarozida tortish usuli. Andozalar kartondan qirqib olingandan so’ng, ular og’irligi tarozida o’lchanadi. Tarozida tortib o‘lchashning ikki xil usuli bor:

- absolyut og’irligini topish buning uchun kiyimning hamma andozalari alohida – alohida tortilib og’irliklari qo’shiladi.

- nisbiy og’irligini topish uchun, hamma andozalar birgalikda o’lchanib, umumiy og’irlik aniqlaniladi. So’ngra, shu kartondan bir bo’lak, hajmi 10 sm x 10 sm ya’ni 100 sm2 qirqib olinib, uning ham og’irligi o’lchanadi va shu yuza og’irlikka nisbatan andozalar satxi quyidagi formula orqali aniqlanadi:


Sa – andozalarning umumiy satxi

Sb – karton bo’lagining satxi

Qa – andozalrning umumiy og’irligi

Qb – karton bo’lagining og’irligi

Bu usul ancha oson va oddiy hisoblanadi, faqat natijalar aniq chiqishi uchun, barcha andozalar bir xil kartondan qirqilgan bo’lishi kerak.

3. Aralash usulda andoza satxining katta qismi to’g’ri burchakli turtburchaklik satxi tarzida topiladi, egri chiziqli qismlarning satxi planimetr bilan o’lchab topiladi.

Andozalar satxini fotoelktron mashinada hisoblash usuli maqsadga muvofiqdir. Bu uchun IL mashinasidan foydalaniladi. IL mashinada andozalar satxi yorug’lik turi yordamida, fotoelektron qurilmadan foydalanib o’lchnadi. Bunda, andozalar satxi bevosita o’lchanmay, balki surilib borilayotgan andoza yorug’lik yo’lini to’sgan vaqt mobaynida generator hosil qilgan impulslarni sanasi vositasi bilan hisoblanadi.

Bichish ishlari bir qancha jarayonlardan iborat. Shuning uchun, bu jarayonlarning har qaysisi uchun alohida gazlama sarflash normasi belgilanadi. Bu normalar quyidagilardan iborat:

1. Bo’rlama normasi - Nb

2. To’shama normasi - Ntsh

3. Texnik norma – Nt

4. Fond normasi – Nf 
2.4. Gazlama sarfini normalash. 
2.4.1Bo’rlamaga gazlama sarflash normasi 
Bo’rlama normasi muayyan razmer – rostga yoki razmer rostlar birlashmasiga sarflanadigan gazlamani belgilaydi. Ushbu norma buyum kalkulatsiyasini hisoblashda gazlmaga buyurtma berishda gazlama sarfini texnik va fond normasi belgilashda qo’llaniladi. 

(1)


Bunda: Fa – andozalar satxi m2

Ch – andozalar orasidagi chiqindilar, % hisobida

E – joylashmaning eni, m.

Hisoblab aniqlangan bo’rlama normasi yordaqmida andozalarni tajribali (eksperemental) joylashtiriladi va xaqiqiy bo’rlama normasi belgilanadi. Andozalarni eksperemental joylashtirish 2 – 3 gazlama enida va 5 – 6 variantda bajariladi. Qolgan gazlama enlariga hisob yo’li bilan bo’rlama normasi aniqlanadi.

Tikiladigan kiyim chiroyli chiqishi bilan birga, unga ketadgian gazlama ham tejamliroq sarf bo’lishi uchun andozalrni eksperemental joylashtirishda ma’lum qoidalarga rioya qilish kerak:

1. Andozalarni gazlmaning o’rishi va arqog’i yo’nalishiga moslab joylashtiriladi.

2. Joylashmadan oldin katta detallar andozalarini qo’yib, ular orasiga mayda detallar andozasini joylashtiriladi

3. Guli bor tomonga qaragan, yoki tukli gazlamalarni bichishga mo’ljallangan joylashmada andozalar shunday joylashtiriladiki, kiyim detallaridagi gullar yoki tuklar bir tomonga qaragan bo’lsin. Kiyimdagi simmetrik joylashgan detallarning gullari bir xil joyga to’g’ri kelishi kerak.

4. Bobrik, baxmal, yarimbaxmal, velvet kabi gazlamalardan tikiladigan kiyimlar barcha detallarning tuki yuqoriga yo’nalgan bo’lishi kerak.

Baxmal, ola baxmal, duxoba - mayin, silliq, patli gazlama. Patlari tabiiy yoki sunʼiy ipakdan, zamini ip yoki kanopdan toʻqiladi. B. toʻqishda ikkita oʻrish ipi ishlatiladi: biri zamin, ikkinchisi esa pat hosil qiladi.

5. Gazlamaning tuki uzun bo’lib, aniq bir tomonga taralgan bo’lsa, kiyim detallarida tuklar pastga qaragan bo’lishi kerak.

6. Andozalarni joylashmada joylashtirilganda to’shamada gazlamani to’shash usuli hisobga olinadi.

7. Joylashmada joylashtiriladigan andozalar qancha komplekt bo’lishiga va bichiqlar soniga ahamiyat beriladi.

Andozalar orasidagi chiqindilar miqdoriga ta’sir etadigan omillar quyidagilardan iborat:

1. Joylashmadagi andozalar komplektining soni (bir, bir yarim, ikki va undan ortiq komplekt).

2. Gazlamaning to’shash usuli (yalang qavat, o’ngini o’ngiga qaratib va o’ngini pastga qaratib).

3. Gazlamaning turi (sidirg’a, gullik yoki tukli).

4. Joylashmaning eni.

5. Andozalarni joytlashtirishda, gazlamaning tanda iplari yo’nalishiga nisbatan yo’l qo’yiladigan chetga chiqishlari, kiyim detallariga to’shadigan uloqlar soni.

6. Joylashmadagi razmer - rostlar soni.

7. Andozalarni shakli.

Andozalar shakli eksperemental joylashtirilib, har ishchi andozalar orasidagi chiqindilar amalda necha foiz tashkil etishi aniqlanadi.


(2)


Bunda: 

Ch – andozalar orasidagi chiqindilar

Fj – joylashma satxi, m

Fa – andozalar satxi 

2.4.2To’shamaga gazlama sarflash normasi

To’shamaga bo’lgan gazlama sarfi muayyan razmer va rostga yoki razmer rostlar birlashmasiga hisoblab aniqlanadi. Ushbu norma bitta buyumga sarflanadigan gazlama miqdorini nazorat qilib borishga va gazlama to’plarini miqdorini to’shamalarga hisoblash qo’llaniladi.


Bunda: 

Ntsh – to’shamaga sarflanadigan gazlama normasi

Nb – bo’rlamaga sarflanadigan gazlama normasi, m

Chb – to’shama bo’yida chiqqan chiqindilar, m

H – to’shamadagi qavatlar soni.

K – to’shama qavatlaridagi seksiyalar tutashgan joylar soni

0.02 – har bir to’shalgan joydan chiqindilar turli gazlamalar uchun turlicha belgilanadi.


2.4.3Texnik (o’rtacha) norma.

Yuqorida ko’rib chiqilgan gazlama normalari bir modeldagi buyumni hamma razmer – rostlariga gazlama sarfini belgilamaydi. Shuning uchun (o’rtacha) norma aniqlanadi.

Bunda: 

Fao’r – bitta kiyim andozalarning o’rtacha satxi, m

Cho’r – andozalar orasidagi chiqindilarning o’rtacha miqdori, %

Chb – gazlamalarning to’shama enidagi chiqindilarining eng ko’p miqdori, % 
2.4.4 Fond normasi

Bu model uchun texnik norma asosida assortimentga sarflangan gazlma normasini aniqlash mumkin va bu esa reja va haqiqiy buyumni tannarxini aniqlashga imkon beradi. Texnik norma asosida fond (buyurtma) normasi aniqlanadi

Bunda: 

Nf – gazlama sarflash fond normasi

Nt – muayyan kiyim turi uchun o’rtacha texnik norma, m

Pk – noratsional qoldiqlar (yaroqsiz lahtaklar), % 

Tayyorlov sexida texnologik jarayonining asosiy bosqichlar tasnifi. 

Tikuvchilik ishlab chiqarishda gazlamalarni bichishga tayyorlash tayyorlov sexida amalga oshiriladi.

Tayyorlov sexidagi ishlab chiqarish jaroyoni quyidagi operatsiyalarga bo’linadi; materiallarni hujjatlar va o’rovlar batartibligini tekshirib qabul qilish, materiallar o’rovini ochish, materiallarni saqlash; materiallarnng miqdori va sifatini baholash ,(gazmollar uzunligini, kenligini o’lchash, nazorat qilish) ko’zdan kechirilgan materiallarni asrash; konfeksiyalash; gazlama to’plamlarini qoldiqsiz bichish uchun hisoblash ,bichish sexiga jo’natish uchun materiallarni komplektlash.

Tayyorlash sexi o’rov ochish bo’limi va nuqson topish va o’lchab kurish bo’limlaridan iborat bo’ladi. O’rov ochish bo’imiga savdo bazaliridan, yoki to’qimachilik firmalaridan, tuzilgan shartnomalarga binoan, kerakli materiallar ilova hujjatlari bilan birga kelib to’shadi. Kelgan materiallar butligi va miqdori hujjatlarga muvofiq tekshiurib chiqiladi. Keyin o’rovi ochilgan materiallarni yorliqlarini tashqariga qaratib, tahlab tagliklariga yoki konteynerlarga joylanadi; tagliklar yoki konteynerlar sex ichida elektir tahlagich ko’chma tallar va h.k yordamida korhona hududida esa akumuliyatorli aravachalar, yakka izli yo’lda yo’radigan eliktr yuk ortgichlar yordamida tashiladi.


3.2. Materiallarni nuqsonini aniqlash. 


Asosiy materiallarning nuqsonini topish va ularni o’lchab ko’rish parallel tarzda, ya’ni bitta ish o’rnida – nuqson topish- o’lchash mashinasida, yoki birin – ketin nuqson topish mashinasida va uch metrli o’lchash stolida bajariladi.

Astarlik va yordamchi materiallardan nuqson topish va ularni o’lchab ko’rish faqat parallel tarzda – nuqson topish - o’lchash mashinasida bajariladi. 1 – rasm

Nuqson topishda dastgoh ekrani derazaga qaratib qo’yiladi va gazlama to’pining uzunasi bo’ylab dog’lar, torayib qolgan joylar, turli bo’yalib qolgan joylar va boshqa nuqsonlar aniqlanib, nuqsoni bor joyga bo’rda belgi qo’yiladi, gazlama milkiga esa rangli ip osib qo’yiladi.

Uch metrli o’lchash stoli tomiga uchta o’lchash chizg’ichi montaj qilingan bo’lishi kerak; ikkitasi stolning uzinasiga, bittasi gazlama enini o’lchash uchun ko’ndalangiga. Materiallarni qiyshaytirmay, burishtirmasdan va tortib yubormay, mexanik usulda stol ustida surib buriladi va nayga o’rab turiladi.

Nuqson topish stanogi 
O’lchash stoli 

To’p uzunligini, uning ichki ichidan boshlab o’lchanadi - shunda o’ralgandan keyin yorliq tashqarida qoladi. Material enini milki bilan qo’shib, har uch metrda 1 mm gacha aniqliq bilan o’lchanadi. Hamma enlar ichida eng ko’p uchraydigani asosiy qilib olinadi, juda torayib va kengayib qolgan joylarini esa, bichayotganda ularni hisobga olish uchun, belgilab qo’yiladi. Material bo’yi va eni haqidagi ma’lumotlar to’pning ikki nushada toldiriladigan pasportiga yoziladi. Pasportning birinci nushasiga material namunasi chatilib, hisoblovchiga beriladi. Ikki nusha material to’piga chatiladi.

3.3. Materiallarni saqlash. 
Materiallarni saqlashda, gazlama to’plarini saqlash uchun tezroq joylash va to’shama uchun tezroq olish maqsadida ombor sathidan to’laroq foydalanish kerak. 

2 – rasm. Gazlamalarni saqlash:

a - ko’p qavatli javonlarda 
в – elevatorlarda 

Materiallar saqlashning yangi usullaridan biri – elevator usuli bo’lib, bunda gazlamalar boshqaruv pultidan aftomatik tarzda ortiladi va tushiriladi. Bu usul og’ir mehnatni mexanizatsiyalash imkonini beradi va muayyan hisobga tushgan gazlama to’pini tezroq topishga yordam beradi.


c – baraban tipdagi mexanizatsiyalangan javon


Materiallar, shamollatiladigan quruq xonada isitish asboblaridan kamida 1 metr narida saqlanadi.

Metr (belgilanishi: m; grekcha μέτρον - o'lchov) - SI dagi uzunlik o'lchov birligi. 1 metr - yorug'lik nurining vakuumda, 1/299 792 458 soniya ichida bosib o'tgan masofasiga teng.

Xonadagi havoning nisbiy namligi – 60 - 65 % harorati esa 16 – 20 oC bo’lishi kerak. Materiallarni changdan, quyosh nuri to’g’ri tushishidan, kuyadan va iflos bo’lishidan ehtiyor qilinadi. 

3.4. To’shamalar uchun material tanlash va xillash. 
To’shama deb, biror sathga ustma-ust to’shab qo’yib, o’zaro perpendikulyar tomonlari tekislangan va qirqilishga mo’ljallangan bir necha gazlama qavatlariga aytiladi.

Tayyorlov sexida materiallarning eniga qarab to’shama uchun materiallar tanlanadi. Bunday tanlash to’plamlarning pasportlariga binoan, qoldiqsiz bichishini hisobga olib, korxonada amalda bo’lgan me’yorlarga rioya qilib amalga oshiraldi.

To’plarni hisoblash oldidan tayyorlov ishlari o’tkariladi. Bichish topshirig’iga muvofiq to’shamalar soni va balandlik belgilanadi. To’shaladigan materiallar turi va assortimenti konfeksiyon xaritalarda so’rsatilgan bo’ladi.

Konfeksion xaritani tayyorlov sexida konfeksionir tuzadi va korxonani bosh muxandisi tasdiqlaydi.


3.5. Gazlama to’pini hisoblash usullari. 


Gazlamani bichish jarayonida ko’p gazlamadan noratsional qoldiqlarini va gazlamani to’shashda gazlama chiqindilarini kamaytirish maqsadida gazlama to’plarini to’shamalarga hisoblanadi. Ushbu hisoblash “qoldiqsiz hisoblash”, ya’ni ko’p “to’shamali hisoblash” deb nomlanadi. Chunki,gazlama to’plarining uzunligi bir nechta har xil uzunlikdagi to’shamalarga hosoblanadi. Bunda to’shamalarni uzunligi bir- biridan 8-10 sm ortmasligi kerak. Gazlama to’plarini to’shamalarga hisoblaganda bitta hisob kartasiga 7-8 har-xil uzunlikdagi to’shamalar kiritiladi. Ushbu to’shamalar asosiy va qo’shimcha to’shamalarga bo’linadi. Asosiy to’shamalarda bir nechta razmer-rost birlashtirilib, bichishga mo’ljallangan bo’lsa, qo’shimcha to’shamalarda muayyan bitta razmer-rost buyumlarni bichishga mo’ljallangan.

Gazlama to’pini to’la xisoblash quyidagi tenglama talabiga javob berishi kerak:

Bunda: 

L – gazlama to’pining uzunligi (m),

l1, l2.....ln – to’shamalar uzunligi (l)

n1, n2….nn – to’shama uzunligidagi qavatlar soni

ly.q – gazlama to’pida yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan 10 – 15 sm ga teng laxtak (qoldiq).

Gazlama to’plarini hisoblash qo’lda (kalkulyator va yordamchi jadval yordamida) yoki EHM da bajarilishi mumkin. Buning uchun “Kashtan” va “Razdan” EHM mashinalari tavsiya etiladi.

Ayrim korxonalarda hisob xaritasiga asosan gazlama to’plarini to’shama qavatlar uzunligida qirqib olinadi. Har bir to’shamaga mo’ljallangan qavatlar alohida – alohida aravacha – konteynerga solinadi. Bu asosan MPM mashinasida bajariladi.

Bo’rlama va gazlama qavatlari solingan aravachalar bichish sexiga uzuatiladi. 


Gazlamalarni to’shash va bichish. 
Darsni maqsadi: Tikuvchilik korxonasi bichuv bo’limida bajariladigan ishlar ,ularning mazmuni bilan tanishish ,zarur nazariy bilimlarni egallash va amaliy ko’nikmalarni shakllantirishdan iborat. 
Tayanch iboralar: to’shama, bichiq, furnitura, marshurt varaqa, bo’rlash, tovar yorlig’i ,nazorat yorlig’I, hisobxaritasi , bichish xaritasi, ketma-ket to’shash, parallel to’shash, to’shamani tamg’alash, yorliql 
Reja: 
4.1. Bichuv sexida texnologik jarayon bosqichlari.

4.2. Gazlmamalarni to’shash usullari.

4.3. To’shamalarni bichish bosqichlari

4.4. Bichish sexining yakunlovchi texnologik operatsiyalari.


4.1. Bichuv sexida texnologik jarayon bosqichlari. 


Bichish sexi tikuvchilik ishlab chiqarishdagi eng muhim bosqich hisoblanib, u yerda muljallangan sifatdagi kiyim tikishga asos solinadi. Bichish sexida quyidagi ishlar amalga oshiriliadi:

- gazlamalarni to’shash, bo’rlash;

- to’shamani tamg’alash; 

- kiyim detallarini bichish;

- bichig’ detallarini nomerlash va komplektlash;

- ranglar ketma –ketligi talonlarini osish;

- bichiq pachkalarni saqlash va tashish;

- marshurt varaqalarini rasmiylashtirish;

- tovar yorlig’ini va nazorat yorlig’ini to’ldirish;

Bichish sexi gazlamalar to’plamini va bivhish uchun xujjatlarni (hisob va bichish xaritasini) tayyorlov sexidan, kerakli miqdorda furniturani furnitura omboridan, asbob uskuna, extiyot qismlari va yordamchi moslamalarni bosh mexanik bo’limidan va texnik xujjatlar, andozalar, gazlama sarfi va joylama nusxasini tajriba sexidan qabul qilib oladi. 

Bichish sexini boshqa sexlar bilan ishlab chiqarish aloqasi 

4.2. Gazlmamalarni to’shash usullari. 


Gazlamalar qavatini to’shash bichish sexidagi asosiy texnologik jarayon hisoblanadi. Gazlamalar “o’ngini pastga qaratib” va “o’ngini o’ngiga qaratib” yalang qavat qilib toshalishi mumkin. Gazlamalarni “o’ngini pastga qaratib o’shash” da gazlama qavatlarini soni juft yoki toq ekanligi hisobga olinmaydi. Gazlamalarni “o’ngini o’ngiga qaratib to’shash” da, to’shama qavatlarini juft bo’lishiga amal qilinadi. Toshamaning uzunligi bitta buyum gazlama sarfiga va joylashmadagi andozalar komplektiga bog’liq. To’shama uzunligi 8- 9 metrdan ortmasligi, balandligi esa 15 – 18 sm dan ortmasligi kerak. To’shamadagi qavatlar soni gazlama turiga bog’liq bo’lib:

- kostyumbob gazlamalar uchun 28 – 34 qavat

- drap gazlamasi 18 – 24 qavat

- ipak va astarli gazlamalar 50 – 60 qavat

- ip gazlamalar 100 – 120 qavat bo’ladi.

Gazlamarni qo’lda va mashina yordamida to’shash mumkin. To’shash jarayoni qo’lda bajarilganda ,stollar rulonni ochish qurilmasi, to’shama ortgi uchini qisib turuvchi lineyka, gazlama qavatini qirquvchi lineyka va old uchini qisib turuvchi lineyka bilan jixozlanadi. Bunda qavatlar minimal darajada tortilib, qiyshaytirmay va burishtirmay gazlama old uchini va bir tomondagi milkini tekislab to’shaladi. To’shayotganda tukli, taramli va boshqa turdagi gazlamalarni bichishning texnik shartiga (TSH) rioya qilinadi. Gazlamalar qo’lda uch xil usulda to’shlaladi:

1. Ketma-ket

2. Parallel

3. Aralash. 

Ketma-ket to’shash usulida, avval bir stolga mo’ljallangan to’shamani to’la bajarib bo’lib, keyin navbatdagi stollarga birin-ketin to’shaladi. Bunda gazlama to’plari oxirigacha to’shalib bitishi kutilmay, bir to’shamadan ortib qolgan qismi keyingi stolga to’shash uchun olib qo’yiladi. Bunday usul bilan to’shashda ikki kishidan iborat to’shovchilar zvenosi bitta stolda baravar ishlaydi. Ular xar qaysi to’p gazlamadan mazkur ro’shamaga qancha mo’ljallangan bo’lsa, shuncha qavat to’shaydilar, keyin gazlama to’pini navbatdagi to’shamada ishlatish uchun olib qo’yadilar va bir to’shamani tugallagandan keyingina navbatdagisiga o’tib boradilar. 

Avzalligi:

- bichiqchilik sexi satxidan samarali foydalaniladi;

- keyingi stollardagi to’shamalar tayyor bo’lishi kutilmay, to’shab bo’lingan stoldagi to’shama qirqilaveradi. 

Kamchiligi:

- to’p o’ramini ochishni ko’p marta takrorlashdan bitta to’pni keyingi to’shamalarda ishlatish uchun bir necha marta olib qo’yiladi, natijada to’shash jarayoni ancha cho’zilib ketadi.

Parallel to’shash usulida xar qaysi gazlama to’pi oxirigacha bir nechta stolga bir vaqtda to’shaladi, to’shamalar barcha to’plar to’shab bo’lgandan keyin qirqiladi. 

Avzalligi:

- bir to’p gazlama butunlay tugaguncha to’shaladi;

- qancha gazlama sarf bo’lishini hisoblash imkoniyati tug’iladi;

- hisob xaritasiga binoan to’shash usuli qisqaradi;

- to’qimachilik nuqsonlari anchagina bo’lgan gazlama to’plarini ratsional ishlatish uchun imkoniyat paydo bo’ladi.

Gazlamalarni aralash to’shash usuli parallel va ketma-ket to’shash usuling ikki yoki undan ortiq marta ketma-ket takrorlanishidan iborat.

Gazlamalarni to’shash jarayonida quyidagi texnik shartlarga rioya qilinadi:

1.Gazlamaning guli va tuki yo’nalishiga e’tibor berish.

2. Barcha qavatlarning milklarini to’shamaning bir tomoniga tekislab, bir – biriga to’g’ri keltirish.

3. Gazlama qavatlarini tartibli joylashtirish.

4. To’shama oxirida gazlama uchlari tutashgan joylarda gazlamani uzunasiga aniq perpendikulyar qirqish.

5. Gazlamadagi yo’l yo’l yoki katak gulini to’shamaning hamma qavatlarida ustma-ust bir biriga to’g’ri keltirish.


4.3. To’shamalarni bichish bosqichlari. 


Bichish ishlarini mexanizasiyalash yuzasidan konstruktorlik buyrolarda va tikuv korxonalarida olib borilayotgan ishlardan biri - ko’p qavatli to’shash stollarini yaratishdir. Bunda stollarning qavatlari ma’lum tartibda o’rin almashib turadi. Har bir stolning konstruksiyasi ikkita texnologik zonadan iborat, ya’ni to’shash va bichish zonalari. Tikuvchilik sanoatida bunday stollarda ikki qavatli mexanizasiyalashtirilgan stol, gazlamani to’shash va bichishga mo’ljallangan besh qavatli stol va yeti qavatli ANK agregati ko’proq ishkatiladi.

Ikki qavatli mexanizasiyalashtirilgan stolning konstruksiyasi gazlamalarni faqat ketma-ket usulda to’shashga mo’ljallangan. Ma’lumki parallel to’shash usulida hisob kartasida ko’rsatilgan to’shamaning hammasi bir vaqtda baravar to’shaladi. Ikki qavatli to’shash stolida esa to’shalib bo’lingan stol qavatida bo’sh stolga gazlama to’shab turiladi.

To’shamani tamg’alash. Detallarning to’g’ri komplektlanishi uchun bo’rda yoki qalamda yozilgan talonlar osib yoki yopishtirib, detallar tamg’alanadi yoki belgilanadi. 

Gazlamalarni bichish. Bu jarayon ikki bosqichda avalga oshiriladi:

1. EZM-3, EZDM-3 ko’chma bichish mashinasida to’shamani qismlarga bo’lish va yirik detallarni qisman qirqib olish;

2. To’shamaning alohida qisnlaridan chizma chiziqlariga muvofiq yoki andozalarga muvofiq RL-4 lentali bichish mashinasida detallarni qirqib olish va h.k. bunda to’shamaning bo’lingan qismlarini statsionar lentali mashinaga to’shama stoli ustida surib, yoki aravachalarda tashib o’tkaziladi. To’shamadagi qavatlar bir-biriga nisbatan surilib qolmasligi uchun to’shama qisqichlar bilan puxtalab qo’yiladi. Bichilgan detallar sifati nazorat andazalari ustiga to’shamaning ustki, o’rtadagi va ostki qatlamlarini qo’yib ko’rib tekshiriladi. 

3 - rasm 4 - rasm 

Ko’chma bichsh mashinalari: 


RL-4 lentali bichish mashinasi 

a-EZM-3 vertikal pichoqli 

b-EZDM-3 disk pichoqli 

Hozirgi kunda katta tikuv korxonalarida detallarni bichish maxsus dasturlar bo’yicha EHM yordamida amalga oshiriladi. Gazlamalarni to’shash ham maxsus ikkita to’shash va bichish zonasiga ajratilgan stollarda to’shaladi. To’shama to’shash zonasida bajarilgandan so’ng bichish zonasiga havo bosimi yordamida o’tkaziladi. To’shamaning ustiga plyonka yopiladi va havo yordamida stolga surib qo’yiladi va plyonka tagidagi havo surib olinib, to’shama qavatlarini bir – biriga nisbatan siljimaslikka keltiriladi. Bichish golovkasining uchi to’shamaning ma’lum nuqtasiga o’rnatiladi. Dastur bo’yicha pichoqli bichish golofkasi detal shaklida trayektoriya bo’ylab harakat natijasida detallar bichiladi. Detallarga razmer va rostlar bo’rlama namunasi bo’yicha qo’lda yozib qo’yiladi. 


4.4. Bichish sexining yakunlovchi texnologik operatsiyalari. 
Bichiqlar razmer va rostlar bo’yicha komplektlanadi va sifati tekshiriladi. Detallar bog’lamining ustki, o’rtadari va ostki qavatlaridagi detallar sifati nazorat andazalar yordamida tekshiriladi. Tikish vaqtida detallar adashib ketmasligi maqsadida nomerlanadi. Detalarni nomerlash qo’lda yoki mashinada bajarilishi mumkin. Qo’da bo’r yoki qalam yordamida nomer qo’yiladi. 68 kl mashinasida nomer yozilgan qog’oz taloni tikiladi. Bundan tashqari “Meto” mashinasida buyoq yordamida nomer qo’yilishi mumkin.

Detallar komplekti bog’lanib bichiqlar omboriga joylanadi. Har bir boq’lam komplekt uchun yo’l varag’i 5 ta nusxada to’lg’iziladi va detallar bog’lamida biriktiriladi. Yo’l varag’ida buyum nomi, artikuli, razmer va rosti, bog’lamdagi buyum soni yoziladi. Bundan tashqari bu sexda yorliqlar, kal’kulyatsion talonlar nashr etiladi va bog’lam komplektiga biriktiriladi.
Yüklə 72,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə