Androtsey va gineseyning tuzilishi. Murtakning rivojlanishi urug’ va meaning hosil bo’lishi



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə1/14
tarix31.12.2021
ölçüsü1,2 Mb.
#81893
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Androtsey va gineseyning tuzilishi. Murtakning rivojlanishi urug’ va meaning hosil bo’lishi


Androtsey va gineseyning tuzilishi. Murtakning rivojlanishi urug’ va meaning hosil bo’lishi
Reja:
1. Androtsey uning etilishi va tuzilishi.

2. Erkak gametofitning rivojlanishi

3. Urug‘chi, uning yetilishi va tuzilishi

4. Urug‘kurtak, uning yetilishi va tuzilishi.



1.Changchi (androtsey), uning yetilishi va tuzilishi. Guldagi muhim a’zolari changchilar va urug’chilardir. Guldagi changchilar yig‘indisi androtsey deyiladi (yunoncha so’zdan: “andros” - erkak, “oikos” – uy, makon). Bazi bir gullarda androtsey bo‘lmasligi mumkin, bunday gullar bir jinsli urg‘ochi gullar deyiladi.

Bir jinsli erkak gullarida esa faqat androtsey bo‘ladi. Gulda bittadan tortib bir necha 10 tacha changchilar bo‘lishi mumkin. Masalan arxideyadoshlar oilasi vakillarida 1 changchi, burchoqdoshlar oilasiga 10 tagacha changchi, ra’nodoshlar va gulxayridoshlar oilalarida ko’p sonda bo‘ladi. Biroq ko‘pchilik gullarda changchining miqdori 3, 4, 5, 6, yoki 10 ta bo‘ladi. Changchining ontogenez davrida u o‘sish nuqtasida bo’rtma shaklida akropetal (ya’ni ostidan yuqoriga qarab) yoki bazipetal (ya’ni uchidan ostiga karab) hosil bo‘lishi mumkin. Dastlab changdon, keyin oraliq o’sish hisobiga chang ipi rivojlanadi (74-rasm). Birinchi holatda yosh changchilar gul markazida joylashsa, ikkinchi holatda esa aksincha bo‘ladi. Changchilar birlashgan yoki erkin holatda joylashgan bo‘ladi, masalan, choyo’tida changchilar bir nuqtaga birlashgan, qoqio’tdoshlar oilasiga kiruvchi o‘simliklarda esa, changdonlari birlashgan bo‘ladi.





74-rasm. Androtsey xillari:

1-to'rt stillik (ustunchali) changchilar (karamdoshlar); 2-ikki stillik (yalpizdoshlar); 3-ikki to’dali changchilar (burchoqdoshlar); yopishib naycha hosil qilgan changchilar (qoqio’tdoshlar).




Burchoqdoshlar oilasiga mansub ko‘pchilik o‘simliklarda 10 ta changchidan 9 tasi birlashgan va bittasi esa erkin joylashadi. Har bir changchi chang ipiga va ikkita changdondan tuzilgan, changdonlar bir-birlari bilan o’tkazuvchi boylamlarning bog‘lagichi orqali birlashgan. Ba’zan chang ipi bo’lmasligi ham mumkin (magnoliyada). Changchining o’lchami va shakli nihoyatda xilma-xildir. U uzun va qisqa, dumaloq, yassi, ayrim hollarda tuklar bilan qoplangan bo’ladi. Changchilar gulda 3 doirani tashkil qiladi. Ular spiral yoki doira xolda joylashishi mumkin. Changchilar soni har bir oila va turkumlar uchun doimiy bo‘ladi.

Har bir changdon ikkita chang uyasi yoki mikrosporangiyadan tuzilgan. Ular ba’zan chang xaltachalari ham deb ataladi. Ularning har bir yarim bo’lagi teka deb ataladigan to’siq bilan chang xonasiga bo’linadi va ularda keyinchalik chang donchalari va mikrosporalar rivojlanadi. Changchi ipining ko’ndalang kesimini kuzatilganda, u asosan parenxima to’qimasidan tuzilgan bo’lib, uning o’rta qismida bitta o’tkazuvchi bog’lam joylashadi.




Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə