Angren shahar mtb tasarrufidagi 11-dmtt 5- katta guruh tarbiyachisi



Yüklə 4,21 Mb.
tarix28.11.2023
ölçüsü4,21 Mb.
#136844
Hisobot Suyunova


Angren shahar MTB tasarrufidagi 11-DMTT 5- katta guruh tarbiyachisi


Suyunova Nargizaning 2021-2022-o’quv yilida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan tayyorlagan yillik xisoboti

2021-2022 o’quv yilida 5-katta guruhda ta’limiy tarbiyaviy faoliyatlar ,,Ilk qadam” davlat o’quv dasturi, Davlat talablari , ,,Katta guruh mavzuviy rejalashtirish” asosida olib borildi. Ish hujjatlari maktabgacha ta’lim vazirining 155 sonlli buyrug’i asosida yuritildi.


05-01
Katta guruh tematik rejalashtirish asosida 5-guruhda o’yinli ta’limy faoliyatlar olib borildi. Bolalarning ishlari yig’ma jildga yig’ib borildi.









05-02 Tarbiyachining ish jurnali
Ish jurnalida bolalarning kun tartibi, ertalabki qabul, ertalabki davra suhbatlari , o’yinlar, ertalabki badan tarbiya, markazlarga kiritilgan o’zgarishlar, umumiy guruh bo’lib ishlash faoliyatlari yoritib borildi. Sayr, harakatli o’yinlar, yakka ishlash, badiiy adabiyot, kechki sayr kabi faoliyatlar yoritib borildi. Shu ish reja asosida olib borildi.


05-03 Tabel, filtr, patronaj va ota-onalar haqidagi ma’lumotlar
Ushbu hujjat MTB tomonidan muhrlangan. Bu hujjatda bolalarning kunlik davomati, filtr, patronajlar qayd qilib borildi. Ota-onalar haqidagi ma’lumotlar qismi ham to’liq yozilgan.

05-04 Bolalarning rivojlanish xaritalari


Bolalarning rivojlanish xaritalari ,,Ilk va Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan davlat talablari asosida rivojlanish ko’rsatgichlarini belgilash siklogrammasi” asosida yil davomida belgilab borildi. Sentabr, dekabr, may oylarida oraliq va yakuniy kuzatuvlar o’tkazilib, hisoboti metodistga taqdim etildi. O’zlashtirishga qiynalayotgan bolalar yakka ishlashga olindi va tegishli mutaxassislarga (defektolog, psixolog, musiqa rahbari, jismoniy tarbiya yo’riqchisi) yo’naltirildi.



05-05 Pedagoglar bilan o’zaro hamkorlik ish rejasi.



DMTT da pedagog tarbiyachilar o’rtasida o’tkazilgan ,,Eng yaxshi didaktik o’yin’’ tanlovida faol ishtirok etib ,,Nima qayerda o’sadi?” didaktik o’yini yaratganman.



Qibray tumani Maktabgacha ta’lim bo’limi tasaruffidagi 40-maktabgacha ta’lim tashkilotida o’tkazilgan ,,Milliy qo’g’irchoqlar yasash’’ mavzusidagi seminarda hamkasbim Norqo’ziyeva Nilufar bilan faol ishtirok etib ushbu seminarda o’rganganlarimizni Angren shahridagi DMTTlar tarbiyachilariga metodistimiz Abdujabborova Sh. A boshchiligida seminar tashkil qilib o’rgatdik.

Musiqa rahbari bilan hamkorlik


Rejamizda belgilagan tadbirlar, bayramlar, reja asosida o’tkazilib borildi
,,Mehrjon-Hosiljon” bayram ertaligi.

O’zbekiston Respublikasi Konstittsiyasi qabul qilingan kunga bag’ishlangan ,,Qomusim -Nomusim”nomli bag’ishlangan,bayram tadbiri.

,,Yangi yil sarguzashtlari” nomli bayram ertaligi


,,Buyuk siymolarga ehtirom” nomli bayram ertaligi



14-yanvar Vatan himoyachilar kuniga bag’ishlangan ,,Mardlar qo’riqlaydi – Vatanni” nomli bayram ertaligi

,,Onajonimga ta’zim’’ nomli bayram ertaligi



,,Navro’z sayli’’ nomli bayrami tadbir ertaligi

,,Xotira aziz -qadr muqaddas’’ nomli bayram ertaligi

,,Yo’l xaritasi” bo’yicha belgilangan ma’naviy-marifiy tadbirlarda 5-guruh tabiyalanuvchilari , ota-onalari faol ishtirok etib bordi.






Tarbiyachi: Suyunova N.A___________
Yüklə 4,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə