Arab Yozuvining vujudga kelishi, rivojlanishi va uning turlari



Yüklə 21,67 Kb.
tarix19.06.2023
ölçüsü21,67 Kb.
#117871
Arabiy Yozuvining vujudga kelishi



Arab Yozuvining vujudga kelishi, rivojlanishi va uning turlari.
Eramizning dastlabki yillarida Arabiston yarim orolining shimoliy - g’arbiy qismida Nabatiylar davlati mavjud bo’lib bu davlatning Yozuvi oromiy Yozuvi edi. Bu Yozuv nabatiylar davlatida ishlatilganligi sababli nabatiylar Yozuvi deb ham atalgan. Bu alifbo 22 belgidan iborat bo’lgan. Keyinchalik bu alifbodan xozirgi kunda Afrikaning shimoliy - g’arbiy qismidan Hindistongacha bo’lgan ulkan xududda amalda qo’llanib kelinayotgan va Arab Yozuvi deb ataladigan Yozuv shakllangan.
Ilk arab Yozuvining eng qadimgi yodgorliklari Janubiy Suriyadan topilgan bitiklar bo’lib, ular eramizning IV - VI asriga mansubdir.
Erarnizning V - VI asriga kelib arab Yozuvi shimoliy Afrikaga ham tarqalgan edi.
Arablar xayotidagi eng ulkan ijtimoiy - sixosiy va madaniy - ma'naviy burilish VII asrning boshlarida vujudga kelgan islom ta’limotidir. Bu ta'limotning beShigi o’Sha davrdayoq umumarab ahamiyatiga ega bo’lgan savdo markazi Makka shaxridir. Islom ta’limotining va uning birinchi kitobi bo’lgan “Qur'oni Karim” ning sharofati bilan deyarli savodsiz xisoblangan ko’chmanchi arablar juda boy va rang - barang Yozuvga ega bo’IiShgan, sivilizatsiyalaShgan va madaniy xalqqa aylangan. Shuning uchun ham “Qur'oni Karim” kitoblarning onasi deb ataladi.
Islom dini ildiz otib, aholi bu dinga e'tiqod qilishga boshlaganidan keyin, Qur'on va arablarning o’sha davrdagi og’zaki she'riyati asosida arab adabiy tili shakllana boshlagan. Arablarning xarbiy soxadagi qo’lga kiritgan yutuqlari, islom dinining qo’shni hududlarda tarqalishi arab tilining obro’ - e'tiborini kuchaytirgan. VII asr oxirida (685 — 705 yy.) xalifa Abdulmalik davrida (ungacha to’rtta dastlabki xalifalar va Muoviya, Yazid, Marvonlar xalifalik qilishgan edi) xalifalikning poytaxti Damashqda barcha davlat muassasalari va rasmiy yozishmalarni faqat arab tilida olib borish xaqida farmon qabul qilindi va bu farmon xalifalikning barcha xududlari ucluni uinuiniy deb e'lon qilindi. Chiqarilgan bu farmon arab tili va Yozuvining jamiyatda tutgan mavqeini yanada mustaxkamladi.
Arab tilining rivojlanishi, uning xalifalikka tobe bo’lgan xududlarda keng tarqalishi arab Yozuvi va uning orfografiyasini takomillashtirish zaruratini keltirib chiqardi. Bu narsa esa, Yozuvda isloh o’tkazish masalasini ko’ndalang qo’ydi. Bu isloxni amalga oshirishda o’sha davrda Iroqning xukmdori bo’lgan Al - Hajjojning tashabbusi va xizmati ulkan bo’lgan. Yozuvda o’tkazilgan bu isloxotning vaqti aniq bilingan emas. Extimol u bosqichma — bosqich uzoq muddat davomida amalga oshirilgan va 680 yildan 780 yilgacha bo’lgan davrni o’z ichiga olgan. Umuman arab Yozuvicla o’slia davrda o’tkazilgan isloxotning moxiyati qisqacha quyidagilardan iborat:
Yuqorida aytganimizdek, nabatiy Yozuvi da 22 ta harf mavjud bolgan. Bu xarflar orasida 4 ta harf shaklan juda o’xshash bo’lgan. Ular deyarli bir xil yozilgan. Ilk arab Yozuvida bu xarflarni bir — biridan farqlash uchun ularning ustiga yoki ostiga nuqtalar qo’yish joriy etilgan. Shundan keyin bu harflarning shakli bir xil yozilavergan va ular faqat tepa yoki pastdagi nuqtalar va ularning soni bilangina farqlangan. Huddi Shunday uslub bilan nabatiy tilida bo’lmagan, lekin arab tilida mavjud bo’lgan undosh tovushlar uchun ettita harf ijod etilgan. Nabatiy Yozuvidagi bitta harf arab tilida yo’q bo’lgan tovushni ifodalaganligi uchun u iste'moldan chiqarib yuborilgan. Shunday qilib 28 ta xarfdan iborat bo’lgan arab Yozuvi shakllangan. Bu Yozuvdagi bir — biridan shaklan farq qiladigan harflar nabatiy Yozuvida bo’lgani kabi 15 tadir.
Nabatiy Yozuvida so’z tarkibidagi xarflar asosan bir tomondan ulab yozilgan. Ilk arab Yozuvida esa, xarflarning ko’pchiligi har ikki tomondan qo’shib yozilgan. Shu sababli shakllanib takomiliga etgan arab Yozuvida har bir harfning so’z boshida, o’rtasida, oxirida yoziladigan va alohida shakllari ishlab chiqilgan va amalda qo’llana boshlagan. Istisno tariqasida 6 ta xarf ilgarigi xususiyatini saqlab qolgan va ular faqat o’ng tomondagi harf bilan qo’shib yoziladi. Shuning uchun ularning ikkitagina shakli mavjud, Shunday qilib, arab Yozuvidagi 28 harfning 100 ta ko’rinishi shakllangan.
Ilk arab Yozuvida ayrim harflarga nuqtalarning qo’yilishi, ko’pchilik xartlarning xar ikki tomondan qo’shib yoziladigan shakllarini ishlab chiqish bilan bir qatorda xarflarning o’zaro katta — kichiklik normalari xam ishlab chiqilgan.
Nabatiy Yozuvida cho’ziq unlilar xarflar yordamida ifodalanar edi. Bu qoida arab Yozuvida ham saqlab qolingan. Shuning uchun arab Yozuvidagi harflari undosh tovushlarni ifodalash bilan birga cho’ziq a, u, i unlilarni xam ifodalaydigan bo’lgan.
Qisqa unlilar esa, aloxida harflar yordamida emas, balki shu unlilardan oldingi xarflarning ostiga yoki ustiga qo’yiladigan zabar, zer, pech harakatlari bilan ifodalanadigan bo’lgan. Bu harakatlardan tashqari turli vazifalami bajaruvchi hir necha qo’shimcha harakatlar ham joriy etilgan.
Shunday qilib, “Qur'oni Karim” va o’sha davr og’zaki poeziyasi talaffuz normalariga to’la javob bera oladigan Yozuv ishlab chiqilgan. Arablarning bu Yozuv sistemasi VII asrning o’rtalariga kelib, takomiliga etgan.
Shu tariqa arablar chetdan olib kirgan Yozuvni takomillashtirish yo’li bilan kelajakda yozma yodgorliklarni yaratish uchun juda qulay va ixcham Yozuvga ega bo’lganlar. Bunda har bir undosh tovushni ifodalash uchun alohida harf mavjud bo’lgan. Unli tovushlar xam qo’shimcha belgilar yordamida yozilish imkoniga ega bo’lgan. Bundan tashqari bu Yozuv ixchamligi bois tejamkor hisoblangan. Bu esa arab tilida kitob yozish an'anasining shakllanishida muxim shartlardan biri bo’lgan.
Arablar xukmronligining kengayishi, arablarning boshqa arab bo’lmagan xududlarga tarqalishi, arab tili va islom dinining bosib olingan o’lkatarning ziyoli aholisi orasida yoyilishi, arab tilining davlat tili sifatida mavqeining mustahkarnlanishi va nihoyat arab Yozuvida imlo qoidalarining ishlab chiqilishi — bularning xammasi arab Yozuvining kelajakda yanada keng tarqalishiga zamin yaratgan.
XI asrda arablarda shakllangan fikrga ko’ra, arab Yozuvining dastlabki bosqichida faqat kufiy Yozuvi mavjud bo’lgan. “Qur'oni Karim” dastlabki nusxalari shu Yozuvda ko’chirilgan. Bu Yozuv 4 - xalifa Ali ibn Tolib tomonidan takomiliga etkazilgan. Arab grafikasidagi boshqa xat turlari shu kufiy Yozuvi asosida keyinchalik shakllangan xat turlaridir.
X asrga kelib arab Yozuvi yana islox qilingan. Bu islox Ali Muxammad ibn Ali ibn Muqla (272 — 328) — (886 — 940) nomi bilan bog’liq. Bu kishi uch abbosiy xalifa qo’Iida vazirlik lavozimida ishlagan. U kufiy xati asosida sharq olamida keyinchalik mashhur bo’lib ketgan olti xat turini yaratgan olimdir: muxaqqaq, suls, riqo, nasx, tavqi' va rayhoniy xat turlari. Ibn Muqlaning bu ishini Eronlik olim Ali ibn Hiloi davom ettirgan. Uning taxallusi Ibn Bavvob bo’lgan va u 413—1022 yilda vafot etgan. U Sherozdagi mashxur kutubxonada xodim bo’lib ishlagan. Isloxot ishini undan keyin davotn ettirgan shaxs so’nggi abbosiy xalifa saroyida xattot bo’lib ishlagan Yoqut Musta'simiydir (640-696)-(1242-1298 yy.)
Ibn Muqlaning yaratgan sistemasi aniq mutematik hisob - kitobga asoslangan mutanosiblik asosida qurilgan. Bunda harflarning shakli, diametri alif harfiga teng bo’lgan aylana ichiga joylashtirilgan kvadrat, besh burcliakka qiyoslab yaratilgan. Bu xarflarning moduli esa, qamishqalamning bir harakati bilan hosil qilingan rombik shaklidagi nuqtadir. Bu nuqtalarning soni bilan xarflarning katta — kichikligi aniqlangan. Umuman Ibn Muqlaning bu tizimida harflarning shakli va razmeri alifning uzunligiga teng bo’lgan rombik nuqtalarning soni bilan aniqlangan. Natijada Ibn Muqla yaratgan olti xat turining xammasida xarflarning Yozuvdagi o’rni, ularning hajmi ilmiy jihatdan aniqlab berilgan.
Umuman, xattotlar va qalam sohiblari orasida eng ko’p tarqalgan va eng e'tiborli sanalgan xat turlari quyidagilardan iboratdir:
1. Kufiy Yozuvi yoki xatti kufiy -
Kufiy Yozuvi nabatiy Yozuvi asosida shakllangan dastlabki arab Yozuvidir. U birinchi marta Kufa shahrida ishlatilib, u erda rivoj topgani uchun «kufiy» deb nom olgan. Arab olimlarining fikricha, (bu olimlar XI asrga mansubdirlar) “Qur'oni Karim” birinchi qo’lyozma nusxasi yozilgan bu Yozuv turi 4 - xalifa xisoblangan Ati ibn Abu Tolib tomonidan takomillashtirilgan. Natijada o’sha davrda turli yozishmalar, davlat idoralaridagi hujjatlar va boshqa Yozuv - chizuvlar shu Yozuvda olib borilgan. o’sha davrdagi qo’lyozma kitoblar ham shu Yozuvda yaratilgan. Keyinchalik esa, Ibn Muqla o’tkazgan isloxot natijasida vujudga kelgan boshqa turdagi Yozuvlar o’rnini egallay boshlagan. XII asrga kelib Suriya, Iroq, Eron xududlarida kufiy Yozuvi amalda qo’llanishdan to’xtagan. Lekin u umuman iste'moldan chiqib ketgan emas. Kufiy Yozuvi islom badiiy san’atining asosiy elementlaridan biri bo’lib xizmat qilgan. Shu bilan bog’liq xolda bu Yozuv turi ishlatilish soxasiga qarab, yana bir necha turga bo’Iinib ketgan. Masalan, bu xat turidagi harf elementlariga gullar, barglar, ko’raklar shakli berilib, xusnixat turlarida ishlatilgan va unga gulli xatti kufiy deb nom berilgan. Kufiy Yozuvidagi xarflarning yozilishidagi to’g’ri chiziqlar o’rtasidagi to’g’ri burchaklarga yanada ishlov berilgan, ya'ni uning geometrik shakli qayta ishlangan va undan turli xil binolarning ustki qismidagi bezaklar sifatida ishlatila boshlagan. Bunda mazkur xatti kufiy, birinchidan, Yozuv sifatida ma'lum tushunchani ifodalasa, ikkinchidan, naqsh yoki bezak sifatida imoratlaming chiroyli chiqishi uchun xizmat qilgan. Xatti kufiyning bu turi kufiyyi bannoiy — binokorlik kufiy xati deb nom olgan.
Kufiy Yozuvida qabr toshiariga turli Yozuvlar bitilgan. Shuningdek, XV asrgacha qo’lyozmalarda asar nomi, asar boblari va qismlari nomi, asar boshlanishidagi bosmalani yozishda kufiy Yozuvidan foydalanilgan.
2.Muhaqqaq Yozuvi yoki xatti muhaqqaq –
Bu Yozuv turi abbosiylar hukmronligining boshlanishida — VII asrning ikkinchi yarmida vujudga kelgan. U Iroq hududida paydo bo’lgani sababli xatti iroqiy deb ham ataladi. Bu Yozuv turida xarflardagi egri chiziqlar bilan to’g’ri chiziqlar o’rtasidagi proportsiya 1,4 va 3,4 ga to’g’ri keladi. Muxaqqaq Yozuvi katta xarflar bilan yoziladigan matnlarga mo’ljallangan. Shuning uchun u katta xajmdagi “Qur'oni Karim” nusxalarini ko’chirishda ishlatilgan. Bundan tashqari boshqa bitiklarda ham, agar harflar vositasida ulug’vorlik, tantanavorlik ifodalash zarur bo’lgan o’rinlarda shu Yozuv turidan foydalanilgan. Eron xattotlari tomonidan shu Yozuv turida yaratilgan “Qur'oni Karim” nusxalari o’sha davrlarda katta shuxrat qozongan. Xususan, Amir Temurning nabirasi Boysunqur Mirzo (vaf. 837—1434) juda katta xajmdagi “Qur'oni Karim” nusxasini shu Yozuvda ko’chirib, kitob yaratgan. Bu “Qur'oni Karim” har bir varag’i 170 - 101 sm xajmga ega bo’lgan.
Yana shuni aytish joizki, muxaqqaq Yozuvming ishilatilish sferasi juila keng bo’Imagan. Undan asosan “Qur'oni Karim” nushalarini ko’chirishda, xattotlik namunalarini yaratishda xamda imoratlarning peshtoqiga bezak sifatida “Qur'oni Karim” oyatlarini bitishda foydalanilgan. XVII asr o’rtalariga kelib, bu Yozuv o’z o’rnini yana bir Yozuv turi xisoblangan suls Yozuvi ga bo’shatib bergan. Suls Yozuvida esa, “Qur'oni Karim” nusxalari to’laligicha yaratilgan emas, balki “Qur'oni Karim” ning ayrim oyatlarigina yozilgan.
3. Rayhoniy Yozuvi yoki xatti rayhoniy –
Hozirgacha Sharq paleografiyasida bu Yozuv turiga aniq ta'rif berilmagan. Bir xil olimlar rayxoniy Yozuvi bilan muxaqqaq Yozuvi o’rtasidagi farq rayhoniy Yozuvidagi chiziqlarning faqat ingichkaligi va go’zalligidan iborat, bundan boshqa ular o’rtasida farq yo’q desalar, boshqalarning fikricha, agar muxaqqaq Yozuvidagi harflarning o’zaro mutanosibligi qonun - qodasiga rioya qilgan holda nasx Yozuvi bilan bir xil xajmda xarflar yozilsa, bu rayxoniy Yozuvi bo’ladi. Yana uchinchi toifa olimlarining fikricha, muxaqqaq Yozuvida ayrim harflarni tashkil etuvchi doiralar kvadratga yaqinroq turadi. Rayhoniy Yozuvi xam muxaqqaq Yozuvi bilan bir xil funktsiyani bajargan va XVII asrning o’rtalariga kelib, o’rnini Nasx Yozuvi ga bo’shatib bergan va iste'moldan chiqib ketgan. Yana Shuni ayliSh joiz,ki, XIV - XV asrlardayoq ayrini xattotlar bu Yozuvni qo’lyozmalarning hoshiyalaridagina ishlata boshlagan edilar.
4. Suls Yozuvi yoki xatti suls —
O’rta asrlarda bu Yozuv musulmon olamining barcha xududlarida eng keng tarqalgan Yozuv turlaridan edi. Bu Yozuvni muxaqqaq Yozuvi bilan qiyoslasak, muxaqqaq Yozuvida tantanavorlik, ulug’vorlik aks etib tursa, suls Yozuvida esa, o’ziga xos mayinlik, noziklik ustun turadi. Bu Yozuvda harflardagi yo’g’on yoziladigan qism bilan ingichka yoziladigan qism o’zgacha bir noziklik bilan almashinadi. Bu Yozuvda chiziqlarning uchdan bir qismi to’g’ri chiziqdan va uchdan ikki qismi egri chiziq va dumaloq shakldan iborat bo’lgani uchun bu Yozuv « suls » deb atalgan. (arabchada bu so’z «uchdan bir» ma'nosini bildiradi). O’rta asr an'analariga binoan, xukmronlarning rasmiy ko’rsatmalari, farmonlari shu Yozuvda bitilgan. Shuningdek, qo’lyozmalarning titul varaqlari, oxirgi sahifasi suls Yozuvida amalga oshirilgan. Me'moriy yodgorliklarda bezak o’rnida ishlatilgan suls Yozuvlarini ham uchratish mumkin.
5. Tavqi' Yozuvi yoki xatti tavqi' —
Bu Yozuv turi xatni tez yozishga mo’ljallangan, xarflarning shakli dumaloq bo’lgan Yozuvdir, o’rta asr xattotlarining fikricha, bu Yozuv suls Yozuvidan kelib chiqqan va uning modifikatsiyasidir. Bu Yozuv turida harflarning hajmidagi o’zaro mutanosiblik suls Yozuvidagi mutanosiblik bilan bir xil bo’lsa - da, ularning bir - biriga ulanishi suls
Yozuvidan farq qilgan. Chunki bu Yozuv turida elementlarning oltidan bir qismi to’g’ri chiziqli elementlardan iboratdir. Shunday qilib, tavqi' Yozuvi mavjud bo’lgan etti Yozuv turi ichida eng tez yoziladigan Yozuv xisoblangan. Bu Yozuvda harflarning barcha elementlari bir xil yo’g’onlikda yoziladi va unda yo’g’on elementlarning ingichka Yozuvlar
hilan almashinish hodisasi uchramaydi. Bunga esa qamishqalamning uchini boshqacharoq chiqarish yo’li bilan erishilgan. Tavqi1 Yozuvida nafaqat bir so’z ichidagi Yozuvlar, balki ayrim so’zlar xam qo’shib yozilgan. Islom olamida bu Yozuvdan xukmronlar u yoki bu farmonga, ko’rsatmaga imzo qo’yishda foydalanganlar. Bundan tashqari davlat ahamiyatiga molik boIgan muxim hujjatlar, qozilarning chiqargan hukmlari ham shu Yozuvda bitilgan. Vaqt o’tishi bilan XIV asrdan keyin qo’lyozmalarning so’nggi sahifalari, undagi turli xil qo’shimcha ma’lumotlar shu Yozuv bilan bitilgan. Dunyoviy mazmundagi qo’lyozmalar, hamda “Qur'oni Karim” yangi ko’chirilgan nusxalarining hoshiyalari hain ko’proq shu Yozuv turida yozilgan.
6. Riqo Yozuvi yoki xatti riqo –
Bu Yozuv turi tavqi' Yozuvining kichraygan shakli bo’Iib, u ham suls Yozuvi bazasida vujudga kelgan. U xam xukmronlarning farmon va yorliqlarini yozishda qo’llanilgan. Riqo Yozuvi o’zining xususiyatlari bilan tavqi' Yozuvidan farq qilmaydi. Faqat riqo tavqi'ga qaraganda maydaroq va ingichkaroq yoziladi. Qisqa qilib aytganda bu Yozuv ham tez yozishga mo’ljallangan, xarflari dumaloq shaklli Yozuvdir. Bu Yozuvning taraqqiyotini kuzatgan olimlarning fikricha, bu Yozuv kichkina qog’oz varaqchalariga yoziladigan shaxsiy maktublarni yozishga mo’ljallab yaratilgan Yozuvdir. Shuning uchun xam bu Yozuv riqo'- kichkina qog’ozga yozilgan xat demakdir. Keyinchalik bu Yozuvda ko’ngilochar mazmundagi qisqa - qisqa hikoyachalar xam yozila boshlagan. Shuningdek, “Qur'oni Karim”, xadislar va dunyoviy mazmundagi qo’lyozmalarning titul varag’i va oxirgi saxifasi yozilgan va bunda qo’lyozmaning ko’chirilgan joyi, sanasi, xattotning ismi, asarning nomi, ba'zan qo’lyozmani ko’chirishga buyurtma bergan shaxsning ismi va hokazolar yozilgan, Tavqi' bilan riqo' o’rtasidagi o’xshashlik oxir — oqibatda shunga olib kelganki, keyinchalik riqo’ termini ostida xam tavqi' Yozuvi, xam riqo' Yozuvi tushunila boshlagan.
7. Nasx Yozuvi yoki xatti nasx -
«Nasx» so’zining lug’aviy ma'nosi «yo'q qiiish, bekor qilish, chizib tashlash»dir. Termin sifatida u «boshqa xat turlarini bekor qiluvchi» ma'nosida qo’llanilgan. Bu Yozuv hozirgi kiingacha xam butun musulmon Sharqida eng ko’p tarqalgan va eng ommabop Yozuv turidir. Hozirgi kunda bosma usulda chiqayotgan barcha kitoblar, jurnallar. gazetalar va xakozolar nasx Yozuvi bazasida nashrdan chiqadi. Bu Yozuvning bu darajada keng tarqalishiga sabab unda xarflarning aniq, ravshan, o’zaro mutanosib ravishda bir - biriga ulanishi va eng asosiysi, uni o’zlashtirishning nisbatan osonligidir. Bu Yozuv turi xarflar shakl va xajmining o’zaro mutanosibligi qoidasi asosida shakllangan. Nasx Yozuvi X asr oxiridan boshlab ishlatila boshlagan. Keyingi ikki yarim asrlik muddat ichida undan «nasxi eroniy» deb ataladigan varianti vujudga kelgan. Bu esa mashhur xattot va olim Yoqut Musta'simiy faoliyati bilan bog’liqdir. XIII —XIV asrlarda mo’g’ullar bosqini bilan bog’liq holda bu Yozuv bir oz e'tibordan chetda qolgan bo’lsa ham, u Eron va O’rta Osiyoda XVII asroxiri --XVIII asr boshlarigacha xukmronlik qilgan. Uni mashxur xattot Axmad Nayriziy bir oz o’zgartirgan va uni nasta’liq Yozuviga yaqinlashtirgan. Garchi XIV asr oxirida yangi nasta’liq Yozuvi paydo bo’lib, uni bir oz chekkaga surgan bo’lsa xam, nasriy asarlarning ko’pchilik qismi nasx Yozuvida kilobat qilingan va XX asr boshlarigacha nasx Yozuvi bilan nasta’liq Yozuvi xattotlar uchun asosiy Yozuv turi bo’lib xizmat qilgan.
Biz yuqorida ko’rib o’tgan Yozuv turlari kelib chiqish nuqtai nazaridan arabiy xisoblangan, an'anaviy va mumtoz Yozuv turlari deb tan olingan va ular arab mamlakatlarida, Eronda va o’rta Osiyoda keng qo’llanib kelingan.
Bundan tashqari Temuriylar davrida Xuroson va Movarounnaxr xududlarida vujudga kelgan Yozuv turlari xam mavjudki, ularning asosiylari «ta'liq», «Shikastayi ta'liq», «nasta'liq» va «Shikastayi nasta'liq» Yozuvlaridir.
Xullas, arab olamida shakllanib, amalda qo’llana boshlagan arab Yozuvi keynchalik Shunday taraqqiy etganki, unda vujudga kelgan Yozuv turlari haqiqiy san'at darajasiga ko’tarilgan va bu Yozuvlarda bitilgan qo’lyozmalar hozirgacha ham dunyo miqyosida sharq sivilizatsiyasining tipik namunasi sifatida e'zozlanib kelinmoqda.





Yüklə 21,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə