Asli gurkiragan gulgun chog`inga, Mevangga do`ymag`an yonar dog`inga, (x2)



Yüklə 20,06 Kb.
tarix17.12.2023
ölçüsü20,06 Kb.
#150210
Anorlar


Anor 1
Asli gurkiragan gulgun chog`inga,
Mevangga do`ymag`an yonar dog`inga, (x2)
Gun botar vaqtinda kirib bog`inga, {x2}
Bir ichasim galdi anorlaringdan,
Bir chiqasim galdi xumorlarimdan. (x2)

Kiyikning shoxasini sal angiltirib,


Azib-azib yurak qurtin o`ldirib, (x2)
Asl chinni piyolani to`ldirib, {x2}
Bir ichasim galdi anorlaringdan,
Bir chiqasim galdi xumorlarimdan. (x2)

Saloma loyiq at jonim alikni,


Bo`shat qopingdaki tamba ilikni, (x2)
Unchalik xushlamin olma-arikni, {x2}
Bir ichasim galdi anorlaringdan,
Bir chiqasim galdi xumorlarimdan. (x2)

Xola hayotdami, xola o`yinda,


Ergash qal’asi yo`q sira keyinda, (x2)
Nasibamni olib xirmon teyinda, {x2}
Bir ichasim galdi anorlaringdan,
Bir chiqasim galdi xumorlarimdan. (x4)
Bir chiqasim galdi xumorlarimdan

Anor 2
Anor yedim borib otiz boshimnan,
O`zi lo`ppi, lekin bibi yoshimnan. (x2)
Shunnan bari getolmiman qoshingdan,
Shunnan bari getolmiman qoshindan-ey,

Visolingni ohangrabosi bormu?


Yo anoringni bir balosi bormu? (x2)

Bilmadim bu na sirdan darak bo`ldi,


Alam shohasina yugurak bo`ldi. (x2)
Indasi dardim go`rishmak bo`ldi,
Indasi dardim go`rishmak bo`ldi-yey,

Visolingni ohangrabosi bormu?


Yo anoringni bir balosi bormu? (x2)

Anoring donasi ming dona edi,


Ko`zlarim hayratda hayrona edi, (x2)
To`g`risi anor bir bahona edi,
To`g`risi anor bir bahona edi,

Visolingni ohangrabosi bormu?


Yo anoringni bir balosi bormu? (x2)

Jonim, endi bo`sha gapni qo`yoli,


Ham anora, ham diydora do`yoli. (x2)
Gap atsalar Ergashbekni bo`yoli,
Ey, gap atsalar Ergashbekni bo`yoli,
Visolingni ohangrabosi bormu?
Yo anoringni bir balosi bormu? (x4)
Yo anoringni bir balosi bormu? {x2}
Yüklə 20,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə