Asosiy ishlab chiqarish Asosiy vositalarning eskirishi



Yüklə 19,4 Kb.
tarix25.01.2023
ölçüsü19,4 Kb.
#99307
Document (1)bux1


  1. Reja:

  1. Asosiy ishlab chiqarish

  2. Asosiy vositalarning eskirishi

  3. Nomoddiy aktivlar

  4. Тayyor mahsulot

Har bir korxona va tashkilot tegishli faoliyat yuritish bilan o‘zining ishlab chiqarish jarayonini tashkil qiladi, bu jarayonning bir me’yorda tashkil qilinishi uchun asosiy mezon bo‘lib ta’minot jarayoni hisoblanadi.


Ishlab chiqarish jarayoni, o‘z navbatida, ta’minot va sotish jarayonlariga o‘z ta’sirini o‘tkazib borishi mumkin.
Buxgalteriya hisobida ishlab chiqarish jarayonining to‘g‘ri tashkil qilinishi, birinchidan, mahsulot tannarxini to‘g‘ri hisob-kitob qilish imkoniyatini yaratsa, ikkinchidan, mehnat unumdorligi, mavjud resurslardan tejamkorlik bilan foydalanishni ifoda etadi.
Ishlab chiqarish jarayonida korxonaning tegishli mahsulot ishlab chiqarish bilan bog‘liq imkoniyatlari to‘liq namoyon bo‘ladi. Buxgalteriya hisobida ishlab chiqarish jarayoni quyidagi schotlarda hisobga olinadi:
— asosiy ishlab chiqarish schotida;
— asosiy vositalarning eskirishi schotida;
— nomoddiy aktivlarning eskirishi schotida;
— yordamchi va boshqa ishlab chiqarishlar schotida; — umumishlab chiqarish xarajatlari schotida; — tayyor mahsulot schotida.
„Asosiy ishlab chiqarish“ schoti. Schot aktiv hisoblan
„Asosiy ishlab chiqarish“ schoti. Schot aktiv hisoblanib, uning uslubiyatida asosiy ishlab chiqarishga chiqarilgan xomashyo va materiallar summasi ko‘rsatilsa, kredit tomonida asosiy ishlab chiqarishdan olingan tayyor mahsulotlar summasi ko‘rsatiladi. Bu schotning o‘ziga xos xususiyati shundaki, mahsulot ishlab chiqarish bilan bog‘liq barcha xarajatlar oy oxirida shu schotga o‘tkaziladi. „Asosiy ishlab chiqarish“ schotida mahsulotning tannarxi aniqlanadi. Demak, „Asosiy ishlab chiqarish“ schoti tannarx aniqlovchi schot hisoblanadi.
„Asosiy ishlab chiqarish“ schoti yordamida tayyorlangan tayyor mahsulot hisob-kitob qilinadi va tannarxi ko‘rsatiladi. Agar korxonada bir nechta xildagi mahsulot tayyorlansa, har bir turi bo‘yicha alohida-alohida analitik ko‘rsatkichlar yuritiladi. „Asosiy ishlab chiqarish“ schoti bo‘yicha xo‘jalik operatsiyalarini aks ettirish tartibini quyidagi misolimizda ko‘rib chiqamiz.
1. Ombordan asosiy ishlab chiqarishga xomashyomateriallar chiqariladi—50000 so‘m.
2. Asosiy ishlab chiqarishdagi ishchi-xizmatchilarga ishhaqi hisoblanadi—20000 so‘m.
3. Asosiy ishlab chiqarishdan tayyor mahsulotningomborga kirim qilinishi—30000 so‘m.
4. Asosiy ishlab chiqarishdagi asosiy vositalarga eskirish hisoblanadi—18000 so‘m.
Yuqoridagi misolimizga quyidagi buxgalteriya yozuvlari beriladi:
1. Debet „Asosiy ishlab chiqarish“ schoti 50000 so‘m.Kredit „Materiallar“ schoti 50000 so‘m.
2. Debet „Asosiy ishlab chiqarish“ schoti 20000 so‘m.
Kredit „Mehnat haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisobkitoblar“ schoti 20000 so‘m.
3. Debet „Тayyor mahsulot“ schoti 30000 so‘m.
Kredit „Asosiy ishlab chiqarish“ schoti 30000 so‘m.
4. Debet „Asosiy ishlab chiqarish“ schoti 8000 so‘m.
Kredit „Asosiy vositalarning eskirishi“ schoti 18000 so‘m.
„Asosiy ishlab chiqarish“ schotining debet tomonidan mahsulot ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xarajatlar o‘z ifodasini topadi. „Asosiy ishlab chiqarish“ schoti mahsulot tannarxini aniqlash bilan bevosita bog‘liqdir.
Hisobot davrining oxirida ishlab chiqarilgan mahsulot-
ga taalluqli bo‘lgan „Umumishlab chiqarish xarajatlari“, „Asosiy ishlab chiqarish“ schotiga o‘tkaziladi.
Misolimiz buxgalteriya hisobi schotlari chizmasida quyidagicha ko‘rsatiladi:

Asosiy vositalarning eskirish“ schoti. Asosiy vositalar o‘z qiymatini ishlab chiqarilgan mahsulotga asta-sekinlik bilan eskirish summasi sifatida o‘tkazib boradi. Asosiy vositalarning eskirishi ularning boshlang‘ich qiymatiga nisbatan aniqlanadi. Asosiy vositalarning eskirishi me’yoriy hujjatlar bilan belgilanadi. Buxgalteriya hisobida asosiy vositalarning eskirishi passiv „Asosiy vositalarning eskirishi“ schotida hisobga olinadi. Bu schotning kredit tomonida asosiy vositalarga hisoblangan eskirish summasi ko‘rsatiladi. Asosiy vositalarga eskirish hisoblanganda debet „Umumishlab chiqarish xarajatlari“ schoti, kredit „Asosiy vositalarning eskirishi“ schoti deb buxgalteriya yozuvi beriladi.


Nomoddiy aktivlar“ schoti. N omoddiy aktivlar moddiy ashyoviy mazmuniga xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan xo‘jalik faoliyatida foydalanish uchun yoki boshqarish uchun nazorat qilinadigan obyektlar kiradi. N omoddiy aktivlar buxgalteriya hisobida boshlang‘ich bahoda hisob-kitob qilinadi. Nomoddiy aktivlarga patent, litsenziya, savdo markalari, belgilari, mualliflik huquqlari, resurslardan foydalanishlar kiradi va ular „N omoddiy aktivlar“ schotida hisobga olinadi. Schot aktiv hisoblanib, uning debetida xarid qilingan nomoddiy aktivlar, kredit tomonida esa nomoddiy aktivlarning sotilishi, chiqib ketishi ko‘rsatiladi.
Xodimlar mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha hisob-kitoblar schoti passiv hisoblanib, uning kredit tomonida ishchi va xizmatchilarga to‘langan ish haqi summasi ko‘rsatiladi. Debet tomonida ishchi-xizmatchilarga to‘langan, amaldagi qonun bo‘yicha ish haqidan ushlab qolinishi belgilangan summalar ko‘rsatiladi.
Misol:
1. Korxona ishchi-xizmatchilariga tuzilgan tabelga asosansentabr oyi uchun ish haqi hisoblandi — 150000 so‘m.
2. Ishchi va xizmatchilarga hisoblangan ish haqisummasidan amaldagi qonunga asosan soliqlar summasi ushlab qolindi — 20000 so‘m.
3. Kassadan ishchi-xizmatchilarga 130000 so‘m ish haqiberildi.
Yuqoridagi misolimizga quyidagi buxgalteriya yozuvi beriladi:
1. Debet — „Asosiy ishlab chiqarish“ schoti — 150000 so‘m. Kredit — „Xodimlar bilan mehnatga haq to‘lash bo‘yicha hisob-kitoblar“ schoti — 20000 so‘m.
2. Debet — „Xodimlar bilan mehnatga haq to‘lashbo‘yicha hisob-kitoblar“ schoti — 20000 so‘m, kredit „Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik“ schoti — 20000 so‘m.
3. Debet — „Xodimlar bilan mehnatga haq to‘lashbo‘yicha hisob-kitoblar“ schoti — 130000 so‘m, kredit — „Kassa“ schoti — 130000 so‘m.
Misolimiz schotlar chizmasida quyidagicha ko‘rsatiladi:

„Mehnatga haq to‘lash bo‘yicha


„Asosiy ishlab chiqarish“ xodimlar bilan hisob-kitoblar“
Dt schoti Kt Dt schoti Kt

Boshlang‘ich qoldiq


1) 50000

2) 20000


4) 130000 Boshlang‘ich qoldiq
1) 50000

Dt „Kassa“ schoti Kt „Budjetga to‘lovlar bo‘yicha


Dt qarzdorlik“ schoti Kt

Boshlang‘ich qoldiq 3) 130000


Boshlang‘ich qoldiq


2) 20000

Umumishlab chiqarishni tashkil qilish faqat asosiy ishlab chiqarish bilan chegaralanmasdan, boshqa asosiy va yordamchi ishlab chiqarish faoliyati bilan bog‘liqdir. „Umumishlab chiqarish xarajatlari“ schotining o‘ziga xos xususiyati shundaki, bu schotdagi xarajatlar hisobot davrining oxiriga kelib, „Asosiy ishlab chiqarish“ schotiga tegishli mahsulot hajmiga nisbatan taqsimlanish yo‘li bilan o‘tkaziladi. Hisobot davrining oxiriga bo‘lgan qoldiq tugallanmagan tayyor mahsulotga tegishli bo‘lgan xarajatlarni ko‘rsatadi.


Тayyor mahsulot“ schoti. Schot aktiv hisoblanib, uning debetida asosiy ishlab chiqarishdan olingan tayyor mahsulot summasi ko‘rsatilsa, kredit tomonida iste’molchilarga chiqarilgan, jo‘natilgan mahsulot summasi ko‘rsatiladi. Korxona tomonidan bevosita sotib olingan, xarajatlari mahsulot tannarxiga qo‘shilmaydigan mahsulot, ya’ni tovarlar bevosita „Тovarlar“ schotida ko‘rsatiladi.
Bevosita asosiy ishlab chiqarishlardan olingan tayyor mahsulot summasiga debet „Тayyor mahsulot“ schoti, kredit „Asosiy ishlab chiqarish“ schoti deb buxgalteriya yozuvi beriladi. Тuzilgan shartnomalarga asosan, xaridorlarga jo‘natilgan tayyor mahsulot summasiga debet „Olinadigan hisob varaqlari“ schoti, kredit — „Тayyor mahsulotlar“ schoti bo‘yicha ko‘rsatiladi.
Yüklə 19,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə