Asosiy vosiтalar hisobi



Yüklə 200,5 Kb.
səhifə1/21
tarix23.12.2022
ölçüsü200,5 Kb.
#97772
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
ASOSIY VOSITALARNI HISOBDAN CHIQARISH VA ULARNI HISOBDA AKS ETIRISH


ASOSIY VOSITALARNI HISOBDAN CHIQARISH VA ULARNI HISOBDA AKS ETIRISH
MUNDARIJA:
KIRISH…………………………………………………….………………………2

I.BOB. ASOSIY VOSITALAR HISOBI

1.1. Asosiy vositalarni baholash tartibi…………………………………...………..6

1.2.Asosiy vositalarga eskirish hisoblash usullari………………………..……….12

II.BOB. ASOSIY VOSITALARNI ISHCHI HOLATDA SAQLASH XARAJATLARI VA KEYINGI KAPITAL QO’YILMALAR HISOBI


2.1.Asosiy vositalarni ishchi holatida saqlab turish va joriy ta’mirlash
xarajatlari………………………………………………………………...…21
2.2.Asosiy vositalarning chiqib ketishini hisobga olish………………...……….30
Xulosa…………………………………………………………………………….35
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………………..37


KIRISH
Mavzuning dolzarbligi O’zbekiston Respublikasi “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi Qonunning 4-moddasida «Asosiy va joriy aktivlar, majburiyatlar, xususiy kapital, zahiralar, daromadlar va xarajatlar, foyda, zararlar hamda ularning harakati bilan bog’liq xo’jalik operatsiyalari buxgalteriya hisobining ob’ektlaridir»- deb ko’rsatib o’til-gan.
Buxgalteriya hisobini ob’ektlaridan biri hisoblanuvchi aktivlarni korxona faoliyatida ishlatish yoki foydalanish muddati nuqtai nazardan ikkita yirik guruhga ajratish mumkin:

Bir yildan ortiq muddat mobaynida foydalaniladigan aktivlarni «uzoq muddatli aktivlar» deb aytiladi va ular tarkibiga moddiy va nomoddiy aktivlar kiradi.
Kurs ishining maqsadi. Moddiy (asosiy vositalar) va nomoddiy aktivlar - bu bir yildan ko’proq foydali xizmat qilish muddatiga ega bo’lgan ishlab chiqarish, ma’muriy maqsadlar uchun foydalanadigan va qayta sotish uchun mo’ljallanmagan aktivlardir.
Moddiy aktivlarni eskirishi nuqtai nazardan uch guruhga ajratish mumkin:

  • eskirishga tegishli bo’lgan aktivlar - binolar, inshootlar, uskunalar, mebel, qurilmalar va shunga o’xshashlar;

  • emirilishga tegishli bo’lgan aktivlar - foydali qazilmalar, o’rmon boy-liklari;

  • emirilishga yoki eskirishga tegishli bo’lmagan aktivlar – foydalanish-dagi er.

Uzoq muddatli moddiy aktivlar tarkibida asosiy vositalar katta salmoqqa ega bo’lib, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatida katta rol o’ynaydilar. O’zbekiston Respublikasining 5-sonli Buxgalteriya hisobi milliy standartining 7-bandida asosiy vositalarga quyidagicha ta’rif berilgan: «Asosiy vositalar - moddiy ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalarida uzoq (bir yildan ortiq) muddat davomida foydalaniladigan hamda ijaraga berish uchun mo’ljallangan moddiy aktivlardir».
Berilgan ta’rifga ko’ra, asosiy vositalarning asosiy xususiyatlari - korxonalar faoliyatida uzoq muddat mobaynida foydalanishi yoki ijaraga be-rilishidir. Shuningdek, ularning yana boshqa xususiyatlari – xizmat muddati mo-baynida o’zini natural-buyum shaklini saqlab qolishi va o’z qiymatini sekin-asta eskirish tariqasida chiqarib borishidir.
Asosiy vositalar tarkibi, xizmat muddati, qiymati va boshqa bir qator ji-hatlari bo’yicha turlicha bo’lishi ularni hisobga olishda ham bir qator muammo-larni yuzaga keltiradi.
Asosiy vositalarning foydali xizmat qilish muddati davomida davriy es-kirish hisoblab boriladi. Bir qator asosiy vositalarning barcha qiymati eski-rish yo’li bilan hisobdan chiqarib borilsa, boshqa bir turdagi asosiy vosi-talarning tugatish qiymatidan qolgan qismi eskirish tariqasida hisobdan chiqarib boriladi.
Asosiy vositalarni hisobga olishda e’tibor beriladigan yana bir masala bu ularning qaysi birlarini eskirish summasini ishlab chiqarilgan mahsulot tan-narxi tarkibiga kiritish yo’li bilan qoplanadi-yu, qaysi birlarini qiymati foyda hisobidan koplanishini aniqlab olishdir. Bu masalalar o’z navbatida asosiy vositalarni ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko’rsatish bilan bog’lik xarajatlarni hisobga olishni to’g’ri aniqlash bilan ham bog’lik.
Demak, asosiy vositalarni hisobga olishda yuqoridagi aytib o’tilgan masa-lalar bilan bog’liq quyidagi ikkita muammoni hal qilib olish lozim:

  • joriy hisobot davrida ular qiymatining qanday qismi hisobdan chiqariladi;

  • ularning balansda ko’rsatilgan qiymatini qoplanish summasi qanday hisoblanadi.

Bu muammolarni xal qilish, albatta, bir qator savollarga to’g’ri javob topishni taqozo qiladi. Bular jumlasiga asosan quyidagilarni kiritish mumkin:

  • Asosiy vositalarning boshlang’ich qiymatini qanday aniqlash kerak?

  • Asosiy vositalarning bir qismini xarajatlarga qanday olib borish kerak?

  • Asosiy vositalarni ta’mirlash, texnik xizmat ko’rsatish va ulardan foydalanish bilan bog’liq xarajatlar hisobini qanday olib borish kerak?

  • Hisobda asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning chiqib ketishini qanday ifodalash kerak?

Kutubxona fondlari, qishloq xo’jalik mashinalari va qurollari qiymatidan qat’iy nazar, asosiy vositalarga qo’shiladi.
Asosiy vositalarni hisobga olishni engillashtirish maqsadida uni batafsil turkumlab olish maqsadga muvofiqdir. Asosiy vositalar bir qator belgilari bo’yicha turkumlanadi (8.1- chizma).


Asosiy vositalarni turkumlanishi


Buxgalteriya hisobida hisobga olishda asosiy vositalarni turlari bo’yicha (natural buyum shakliga ko’ra) quyidagi gruhlarga ajratiladi:



  • yer;

  • yerni obodonlashtirish;

  • moliyalanadigan lizing shartnomasi bo’yicha olingan asosiy vositalar;

  • binolar, inshootlar va uzatuvchi moslamalar;

  • mashina va uskunalar;

  • mebel va ofis jihozlari;

  • kompьyuter jihozi va hisoblash texnikasi;

  • transport vositalari;

  • ish hayvonlari;

  • mahsuldor hayvonlar;

  • ko’p yillik o’simliklar (daraxtlar);

  • boshqa asosiy vositalar;

  • konservatsiya qilingan asosiy vositalar.



Yüklə 200,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə