“Assalom, Yangi yil



Yüklə 27,81 Kb.
səhifə1/2
tarix23.12.2022
ölçüsü27,81 Kb.
#97745
  1   2
assalom yangi yil


rishton7m.zn.uz @rishton7

“Assalom, Yangi yil!” nomlitadbir senariysi
Maqsad: a) Bolalarga Yangi yil bayrami haqida, Yangi yilning qaysi mamlakatlarda qanday kutib olinishi to’g’risida ma’lumot berish;
b) o’quvchilarga estetik va axloqiy tarbiya berish, ularni ziyrak, topqir va ahil bo’lishiga chorlash;
c)bolalarning so’z boyligini, dunyoqarashini o’stirish.
Sahna Yangi yil bayramiga mos bezatilgan, zal o’rtasida Yangi yil archasi o`rnatilgan. Sharlar bilan qor parchalari xona husniga-husn qo’shilib turibdi. Zalga bayram libosidagi bolalar, mehmonlar, ertak qahramonlari kirib kelishadi va avvaldan tayyorlab qo’yilgan o’rindiqlarga o’tirishadi.
(Sahnaga suhandonlar kirib kelishadi).
1-suhandon:
Assalom, Yangi yil, yangi rejalar,
Yangi o’y-rejali kunduz-kechalar!
Yangilik yaratgan qo’llar bor bo’ling.
Yaxshilik chorlagan yillar bor bo’ling!
2-suhandon:
Assalom, Yangi yil, yangi kashfiyot,
Mo’l bo’lsin senda baxt-saodat ziyoda,
Barchaning orzusi ushalsin, do’stlar,
Mehrdan poyondoz to’shalsin, do’stlar!
1-suhandon:
Assalomu alaykum, aziz mehmonlar, hurmatli ustozlar, Yangi yil bayramini intiqlik bilan kutgan bolajonlar!
2-suhandon:
Barchalaringizni eshik qoqayotgan Yangi yil bayrami bilan chin dildan qutlaymiz!
1-suhandon:
Bor bo’ling, do’stlarim, qaro ko’zlarim,
Siz bilan dil obod, yorug’ yuzlarim,
Qalblarni qamragan sehrlar oshsin,
Qayg’uni haydagan mehrlar oshsin.
2-suhandon:
Yana kulib keldi Yangi yil,
Qordek oppoq orzular bisyor,
Ezgulikka yo’g’rilgan qalblar,
Davra qurib aytaylik alyor!
1-suhandon:
Azizlar! Endi e`tiboringizga bayram dasturimizni havola etamiz.
2-suhandon:
Voy, Anvarjon, nega buncha shoshasiz? Hali Qorbobo, Qorqiz, Yalmog’iz buvi tashrif buyurishmadilar-ku? Ularsiz bayram qandoq o’tarkin-a?
1-suhandon:
Qizishmang, Nafosatxon, Qorbobo bilan Qorqiz mening qo’l telefonimga SMS yubordilar.Ular biroz kechikib kelarkanlar. Yalmog’iz buvi hammadan oldin yetib kelar edilar, negadir kechikyaptilar.
Bolalardan biri: Bolalar, qaranglar, Yalmog’iz buvimiz kelyaptilar.
Bolalar (xor bo’lib): Urra!
(Shu payt Yalmog’iz buvi supurgisini minib, ikki xizmatkorini ergashtirib, ikki bolani oldiga solib, quvib davraga kirib keladi).
Yalmog’iz: To’xta, to’xta deyapman senlarga!Tut,bezori,o’g’rilarni!
________: Yalmog’iz buvi, o’zimning buvijonim! Nega jahlingiz chiqyapti? Nima bo’ldi? Biroz charchagan ko’rinasiz, keling salgina dam oling.
_________: Avvalo, Assalomu alaykum, Yalmog’iz buvi!
Yalmog’iz:Vaalaykum assalommas.
To’polonchilar: Namaste,unaqa emas-de.
Yalmog’iz : Pishtay, pishtay, Namaste emish-a, Namaste pamastelaringni ko’zingga ko’rsataman. Agar saloming bo’lmaganda, ikki yalmab, bir yutardim.
_____________: Yalmog’iz buvijonim! Aylanib ketay o’zim sizdan. Avlod-ajdodlaringizdan o’zim aylanay!
Yalmog’iz : O! Mening avlod-ajdodimga til tekkizma! Enangni Uchqurg’ondan ko’rsataman-a! Dadam rahmatlining dadalarining dadasi xo’jalardan bo’lganlar. Ti etogo ponimaysh?
____________: Ha, buvijon, ponimat qilamiz!
_____________: Buvijon, tinchlaning, axir sizbizning mehmonimiz-ku! Aytganlaringizningbarchasini bir pasda muhayyo qilamiz.
__________: Buvijon, negabizning sinfdoshlarimizni quvib yuribsiz?
Yalmog’iz : Hali bular sizlarning maktabingizda o`qishadimi? Bular sonixonaning oldida lanka tepishayotgan ekan. Qo’llarida sotka, kimlar bilandir yarim soatlab gaplashib turishdi. O’zimcha bular darsdan qochgan bo’lsa kerak deb o’yladim-u, quvlab kelaverdim. Menimcha, bular“ikki”chilar bo’lsa kerak-a?
To’polonchilar:Yalmog’iz buvi! Bizni hadeb yerga uravermang, biz har doim “ikki” olavermaymiz, onda-sonda “uch” ham olib turamiz!
___________:Yalmog’iz buvi, sinfdoshlarimizni nega o’g’ri deyapsiz?
Yalmog’iz :Bularning ko’zlari olazirak,hoynahoy ular Qorqizning sehrli sandiqchasining kalitini olib qochganlar.
To’polonchilar:Biz o’g’rilik qilmadik!
Yalmog’iz : O’chir ovozingni! Bo’lmasa, tilingni yulib, ko’zingni o’yib olaman.
_________: Buvijon, bularni kechiring, bugun bayram. Bu xatolarini boshqa takrorlashmaydi.
Yalmog’iz : Ho, kechiraymi? Bo’lmasa, bularga hozir mantiqiy topishmoq beraman, maylimi?
To’polonchilar: Mayli, buvijon!
Yalmog’iz : Sharning o’rtasida nima bor?
1-to’polonchi:Havo bor.
Yalmog’iz : Bekor gap! Topolmagan kal-kal , topolmagan kal-kal.
2-to’polonchi:Yalmog’iz buvi, sharning o’rtasida a harfi bor.
Yalmog’iz : Barrakalla, bular mard bolalar ekan, mayli kechiramiz.
__________: Yalmog’iz buvi, mehmonlarni tanishtirmadingiz?
Yalmog’iz : Ho,men bularning malayi emasman. Kerak bo’lsa, o’zlari tanishtirishsin!
1-shayton Shayton Adiz ibn Yusuf al-Navoiy
2-shayton Shayton Xurshid ibn Boboqul al-Navoiy
Yalmog’iz : Shaytonlar, Bayramni qiziqtirish uchun tayyor bo’l!
Shaytonlar Yest! Shaytonlar bayramni qizdirishga tayyor!
Yalmog’iz : Volno, Shalpaying!
_________: Keling, Yalmog’iz buvi!Shaytonlaringiz bilan bayramimizni tomosha qiling (Stullarga o’tirishadi.
1-suhandon:
Navbat raqqosa qizlarimizga. “Qor parchalari” raqsini tomosha qiling (“Qor parchalari” raqsi ijro etiladi).
2-suhandon:
Dastlabki tabrik so’zini maktabimiz direktoridan eshitsak.
Maktab direktori: Aziz va hurmatli mehmonlar, qadrli ustozlar, sho’x- shodon bolajonlar! Barchalaringizni Yangi yil bayrani bilan qutlayman.Sog’lik,baxt,omad hamisha siz azizlarga hamroh bo’lsin! Yangi yil sevimli bayramlarimizdan biri bo’lib, uning tarixi eramizdan oldingi II asrga borib taqaladi. Bu bayram eng avvalo Rim imperiyasida va Sharqda nishonlagan.
IV asrga kelib, G’arbiy Yevropada tantana qilina boshlangan. Avvallari 25-dekabr kuni o’tkaziladigan bayram “Qorboboning tug’ilgan kuni” deb atalgan. G’arbiy Yevropada nishonlangan. Yangi yil bayrami yillar o’tishi bilan butun dunyoda nishonlanib kelinmoqda. Yangi yil har biringizga faqat shodlik va omad ola kelsin! Jonajon O’zbekistonimiz ozod va obod jannatmakon o’lkaga aylansin.
1-suhandon:
Rahmat, ustoz, ishlaringizga baraka tilaymiz. Barchalaringizni “Lazgi” raqsiga taklif etaman. Marhamat! Hamma ommaviy o’yinga! (Ommaviy raqs ijro etiladi).
Yalmog’iz : Uf,zerikib ketyapman. Bo’ldi, bayram tugadi, tarqalinglar.
2-suhandon:
Voy, Yalmog’iz buvi, yana nima bo’ldi?
Yalmog’iz : Shu ham o’yin bo’ptimi? Men mana bu mehmonlar bilan raqsga tushmoqchiman. Faqat “Makareno” ga o’ynayman.
1-suhandon:
Mayli, Yalmog’iz buvi, “Makareno” bo’lsa “Makareno”-da Hamma yalmog’iz buvi boshchiligida ommaviy o’yinga!
(“Makareno” raqsi ijro etiladi).
2-suhandon:
Yalmog’iz buvi, endi ko’nglingiz joyiga tushdimi?
Yalmog’iz : Ha,rosa mazza qildim, agar ashula aytmasam, bayramni buzaman.
___________: Yo’q, buvijon, mayli xohlagan qo’shig’ingzini ayting, lekin baryamni buzmang.
Yalmog’iz : Bo’pti, chal musiqangni!
Man, man, man, man,
Man Yalmog’iz bo’laman.
Supurgimni minvolib,
Goh sayohat qilaman.
Yashayman men o’rmonda,
O’rmonda yey!
Dorilamon zanomda ,
Zamonda yey!
Yomonlarni qaqshatib,
Qaqshatib ey!
So’ng qilaman sharmanda,
Sharmanda yey!
Jazolash-chun har doim,
Shamol kabi yelaman.
Qanch xatlar borsa ham,
Bir yilda bir kelaman.
Lanchaki-yu yalqovni
Juda yomon ko’raman,
Supurgim omon bo’lsa,
Man jazolab turaman.
Darsdan qochsangiz agar,
Sira-sira kechirmam.
Supurgim-la xo’p silab,
Aslo-aslo tindirmam.
Man, man, man, man,
Man Yalmog’iz bo’laman.
Davrani kengroq oling,
Man qizdirib beraman.
1-suhandon:
Yalmog’iz buvi, endi rozimisiz?
Yalmog’iz : Ho,mendan osonlikcha qutula olmaysan! Mana bu xorijdan kelgan mehmonlar o’zlarida Yangi yil bayrami qanday o’tkazilishini aytib berishsin.
2-suhandon:
Navbat xorijiy do’stlarimizga!Ular o’z yurtlarida Yangi yil qanday nishonlanishi haqida so’zlab berishadi.
Hindistonlik mehmon: Hindistonda bayram kechasi barcha odamlar shirinso’z, nazokatli, mayin bo’lib,bir-birlari bilan xushmuomalada bo’lishadi. Bu yil bo’yi baxt hamma insonlarga hamroh bo’ladi deganidir.
Yaponyalik yigit: Bizda yarim kechada 108 marta bong uriladi. Bu yangi yil kirib kelganini bildiradi. Har bitta bong hayotdagi bitta illatni mahv etadi. Yangi yil kirib kelgach, har bir kishi tabassum qilishi yoki xandon otib kulishi shart. Chunki bu omad keltiradi. Yaponiyaliklar uy eshigini bambuk va qayin daraxti shox-shabbalari bilan bezatishadi.
Xitoylik bola: Bizda Yangi yil bayrami oldidan “Buddani cho’miltirish” an`anasi o’tkaziladi. Shu kuni barcha ibodadxonalarda Budda haykallari tog’ bulog’i suvi bilan yuviladi, odamlar ham o’zini tabriklayotgan kishilarning boshidan suv quyishadi.Bayram kuni deyarli barcha kishilar jiqqa ho’l yurishadi.
Finlandiyalik bola: Qorli Finlandiyada Yangi yil bayrami 28- dekabrda o’tqaziladi.O’sha kuni Laplandiya deb nomlangan olis mamlakatdan Qorbobo bolalar uchun bir savat to’la sovg’alar olib keladi.
Kareyalik mehmon: Bizda esa Yangi yil kuni ommaviy sayl boshlanadi, turli musobaqalar o’tkaziladi.
O’zbek yigiti:O’zbekistonda Yangi yil bayrami o’zgacha surur va zavq shavq bilan o’tadi. Bir-birimizga tliklar tilab, sovg’a-salom hamda shirinliklar ulashamiz. Archa atrofida sho’x qo’shiqlar aytib, raqsga tushamiz. Qani, do’stlar! Davramizga marhabo! (“Andijon polkasi” ga ommaviy o’yin ijro etiladi).
1-suhandon:Yangi yil tabriklarini bildirish uchun navbat bitiruvchi sinf o`quvchilariga!
____________:Yangi yil oqshomi, qadahlar qo’lda,
Samimiy tilaklar tilaylik yana.
Tilaklar tilda-yu, orzular dilda.
Galma-gal ularni aytalik yana.
Osoyishta yurtga hech ko’z tegmasin,
G’anim aslo unga soya solmasin.
Tanisin elimni jumlayi jahon,
Imon-ishonchimiz bo’lsin himoya
Ta’lim fidokori – qalbi quyoshlar!
Yangi yil sizlarga omadli kelsin!
Bilim chashmasidan bahramand yoshlar!
Sizga ulkan-ulkan zafar keltirsin !
Barcha insonlarning tilagin Olloh,
Ijobat etsin deb, duo qilaylik.
Baxt-u saodatdan topaylik panoh,
Obod, ozod yurtda o’ynab kulaylik!
(Barcha bitiruvchi sinf o’quvchilari o’z sinfining bayramga tayyorlab kelgan dasturlarini navbatma- navbat namoyish etishadi.Davraga tulki kirib keladi).
Tulki: “Voy, yolg’onchi Yalmog’iz !“O’rmonda bu yil maktablarda archa bayrami bo’lmaydi”, - deb gap tarqatib, o’zing malaylaring bilan birga bu yoqqa qochib qolgan ekansan-da! Seni aldaganing uchun hozir sharmandangni chiqaraman.
Yalmog’iz : Tish,kel, tulkijon, kelishaylik, yana o’rmonga qaytib ketishingni ham o’ylagin-a!
Tulki:Bo’pti , bo’lmasa,men bilan archa atrofida duet ijro etasan!
Yalmog’iz : Ko’p vaqqillamay duetni boshla!
Tulki: Archa yonida turgan yalmog’iz,
Qosh-ko’zini suzgan yalmog’iz,
Tovuqlarimni olgan yalmog’iz,
Olgan bo`lsang ber tovuqlarimni!
Yalmog’iz : Archa yonida turganim yo’q,
Qoshi-ko’zimni suzganim yo’q,
Tovuqlaringni olganim yo’q.
Olganlar bersin tovuqlanigni.
(Shu payt davraga quyon kirib keladi).
Quyon: Bolalar! Yalmog’izga ishonmanglar.U sizlarni laqillatyapti.U Qorbobo va Qorqizni o’rmonga sehrlab tashlab kelgan. Shuning uchun ular bayramga kelisha olmayapti.
Bolalar:Endi nima qilamiz, axir Qorbobo va Qorqizsiz bayram tatimaydi-ku!
Quyon: Bolalar , buning bitta iloji bor, hozir men aytgan kuyga Yalmog’iz o’ynasa,uning sehr kuchi yo’qoladi Xo’sh, men aytgan kuyga o’ynaysanmi? Yo sharmandangni chiqaraymi?
Yalmog’iz : Bo’pti, chal musiqangni! Faqat ovozingni o’chir!
(Yalmog’iz bolalar bilan birga “Baba yaga” kuyiga rosa o’ynaydi,charchab yiqilib qoladi).
Kachal polvon: Ey nomard !Shuncha paytdan beri hammani laqillatib o’tirgan ekansan-da !Bolalar, hozir men do’stlarim bilan birga o’rmonga borib, Qorbobo va Qorqizni qutqarib kelaman.
(Kachal polvon o’z do’stlari bilan birga Qorbobo va Qorqizni qutqarish uchun o’rmonga ketadi).
1-suhandon: Kelinglar, davrani sovutmaylik.Hammani ommaviy raqsga taklif etamiz (Hamma raqsga tushadi).
2-suhandon: Kelinglar, hammamiz birgalikda Qorboboni chaqiraylik.
Hamma:Qorbobojon, Qorbobo, davramizga marhabo!
(Shu payt eshik ochilib, Qorbobo, Qorqiz, Kachal polvon va uning do’stlari kirib keladilar).
Salim: Urra! Qorbobo va Qorqiz kelishdi.
Qorbobo:Assalomu alaykum,bolajonlar!
Bolalar:Assalomu alaykum,bobojon!
Qorbobo:Bayramingiz muborak!
Keldim ko’p yurtlar kezib,
Bog’-u tog’lardan oshdim.
O’rmon oralab yurdim,
Archani xo’p tanladim.
Eng chiroyli, eng ko’rkam,
Qarang,ulkandir biram.
Uni sizga yo’lladim,
Behad u xo’p chiroyli,
O’yinchoqlar marjonli,
Quvondi ko’rib ko’zim,
Ofarin o’g’il-qizim!
Kachal polvon: Bolalar,Yalmog’iz rostdan ham Qorbobo va Qorqizni o’rmondagi eng baland daraxtga arqon bilan bog’lab tashlagan ekan, yana Qorboboning po’stiniga: “Bu bayramona hazil”,- degan yozuvni yopishtirib ketgan.Menimcha , Yalmog’iz, bu sen va malaylariningning ishi bo’lsa kerak-a?
Yalmog’iz: Albatta, Qorbobo bilan bir hazillashaylik degan edik, Qorbobo bizlarni kechiring, boshqa takrorlanmaydi.
Qorbobo: Bolajonlar! Ularni kechiramizmi?
Bolalar: Yo’q, u bizlarga ko’p shartlar qo’ydi, bizning ham unga shartimiz bor.
Yalmog’iz:Ayt shartingni.
Fotima:Yalmog’iz buvi, eshitimizcha, siz yaxshi chastushka atishar ekansiz. Biz bilan chastushka aytishasizmi?
Yalmog’iz :Bo’pti, boshla chastushkangni!
__________: Asli naslingiz ayting,
Yalmog’iz buvijonim.
Kimligingizni bilmay,
Halak doim bu jonim,
Uha, uha, uha-ha.
Yalmog’iz:Asli naslim so’rang gar,
As Yalmog’iz bo’laman.
Dodamlarning dodasi
Yalmog’iz bo’lgan asli
Uha, uha, uha-ha.
____________: Buvijonim , nega siz,
Yomon ishlar qilasiz?
Ezgu ishlar qilsangiz,
Faxrlanib yuramiz!
Uha, uha, uha-ha
Yalmog’iz:Yomon ishlar qilmayman,
Hazillashib yuraman,
Yaxshi ishlar qilmasang,
Jazolab ham turaman,
Uha,uha,uha-ha
___________:Supurgingiz qo’ying,
Uni bizlarga bering,
“Ikki”chining qulog’in
Mayli, rosa ham cho’zing.
Uha, uha, uha-ha
Yalmog’iz:Supurgisiz yashamoq-
Sira-sira mumkinmas.
Musiqangni chal, mashshoq,
Maqsad davra qizdirmoq,
Uha,uha,uha-ha.
1-suhandon: Navbat Qorqizga.
Qorqiz: Salom , aziz bolajonlar!Men sizlarni tabriklash uchun tog’-u toshlardan,cho’l-u biyobonlardan oshib,mehribon bobojonim bilan birga keldim. Yangi yilingiz muborak bo’lsin! Yangi yil sizlarga faqat omad olib kelsin! Qani, davrani quvnoqroq davom ettingiz.Sizlarga ko’pgina topishmoqlar keltirganman. Qani, topishmoq sevarlar bormi oralaringizda?To’q qizni to’qqiz soat daraxtga bog’lab qo’ysa nima bo’ladi?
________: Och qoladi!
Qorqiz: Barakalla! Qani, topinglar-chi, dunyoda, sizningcha, eng yovuz kishi kim?
___________: Yalmog’iz!
Qorqiz:Yo’q,singiljon,topolmadingiz. Dunyodagi eng yovuz kishi bu ezma kishidir.
Qorbobo:
Orqamda qopim katta,
Unda bordir, albatta.
Shirin kulcha, yong’oqlar,
Konfet-u o’yinchoqlar.
Ulashaman sizlarga,
Dono o’gil-qizlarga!
(Qorbobo va Qorqiz bolalarga sovg’a ulashadi).
Qorbobo: Yalmog’iz,sen bizdan oldinroq kelding. Mabodo bilmadingmi, 2013-yilni qanday atashibdi?
Yalmog’iz: Men qanday bilay,bir nafaqaxo’r bo’lsam,o’rmondagi radio buzilgan, o’rmonda gazeta - jurnal bo’lmasa!
_________: Qorbobo,ha deb Yalmog’iz buvini uyaltiravermang . Mayli,men ayta qolay.2013-yil-Obod turmush yili deb ataldi,

Yüklə 27,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə