Auditning umumiy rejasini tuzish. Audit dasturini tuzish



Yüklə 0,87 Mb.
tarix17.06.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#117619
Auditning umumiy rejasini tuzish. Audit dasturini tuzish


  1. Auditning umumiy rejasini tuzish.

  2. Audit dasturini tuzish.

  3. Uyg’unlik, uzluksizlik va maqbullik tamoyillari.

Javob
1Auditorlik shartnomasi tuzilgandan so’ng tekshiruvning umumiy rejasi tayyorlanishi va u auditorlik guruhi rahbari tomonidan tuzilishi hamda tasdiqlanishi lozim. Auditning umumiy rejasida tekshiriladigan xo’jalik yurituvchi sub’ektning buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimini o’rganish hamda ular ma’lumotlarining ishonchliligini baholash, auditorlik tanlash hajmini belgilash, audit dasturini tayyorlash, auditni bevosita o’tkazish jarayonining (dasturni bajarish)amallarini belgilash, bajarilgan ishlar natijalarini tahlil qilish, barcha oraliq va umumiy audit ish hujjatlarini tayyorlash, tekshiruv natijalarini xo’jalik yurituvchi sub’ekt va yuqori organlarga taqdim etish kabi vazifalarni o’z ichiga olgan holda audit o’tkazishning barcha umumiy bosqichlari aks ettiriladi. Auditor tekshiruvni auditorlik shartnomasida belgilangan muddatda yakunlashni ta’minlashi uchun unga sarflanadigan vaqtni rejalashtirishga ta’sir etuvchi omillarni to’liq va aniq hisobga olishi talab etiladi


2. Audit dasturi - bu auditorlik umumiy rejasida belgilangan vazifalarni bajarish bosqichlari, bajarish muddati va vaqti, vazifalarni bajaruvchilarning to’liq tarkibi, tekshiruvda bajariladigan auditorlik amallari hamda auditorlik ish hujjatlari batafsil aks ettirilgan auditorlik ish hujjatidir. Dastur audit umumiy rejasini rivojlantirish hisoblanadi va audit rejasini amalda qo’llash uchun zarur bo’lgan auditorlik amallari mazmunining batafsil ro’yxatini o’z ichiga oladi. Dastur auditor yordamchilari uchun batafsil yo’riqnoma bo’lib, bir vaqtning o’zida auditorlik tashkiloti va auditorlik guruhining rahbari uchun ish sifatini nazorat qilish vositasi hisoblanadi. Audit dasturi shunday tuzilishi kerakki, undan foydalanuvchi hech qanday xatoliklarga yo’l qo’ymasdan korxona faoliyatini belgilangan muddatda, to’liq va sifatli o’tkazish imkoniyatini ta’minlasin. Auditor audit dasturini hujjat shaklida rasmiylashtirishi, har bir bajariladigan auditorlik amallarini o’zining ish hujjatlarida aniq bayon etish maqsadida ularni ketma-ketlik asosida raqam bilan tartiblashi lozim. Amaldagi 3-son AFMSning 33-bandida dastur o’zaro bog’liq bo’lgan hujjatlar shaklida ya’ni, “auditorlik dasturini nazorat vositalari testlari dasturi ko’rinishida va mohiyatiga ko’ra auditorlik rusum-qoidalari dasturi ko’rinishida tuzish kerak”6 ligi belgilab qo’yilgan. Bunda, nazorat vositalari testlari dasturi korxona buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimini baholash bo’yicha test yoki savolnomalar majmui shaklida tuziladi. Buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimi ishonchliligini baholash natijalariga asosan, auditorlik tashkiloti tomonidan tekshirishda bajariladigan ishlar hajmi, shuningdek, tekshiruv muddati va qiymati belgilanadi, bunda nazorat vositalari testlarini o’tkazish orqali xo’jalik yurituvchi sub’ekt nazorat vositalarining jiddiy kamchiliklari aniqlanadi.

3. Uyg’unlik tamoyili auditning dastlabki rejasini tuzishdan tortib, to umumiy rejasi va dasturini tuzgunga qadar bo’lgan barcha bosqichlarning o’zaro bog’liqligi va muvofiqligini ta’minlashni nazarda tutadi.


Rejalashtirishning uzluksizlik tamoyili tekshiruvda ishtirok etadigan auditorlarga kelishilgan topshiriklar belgilanishi va rejalashtirish bosqichlarining muddatlar hamda tarkibiy bo’linmalar bo’yicha bog’liqligida ifodalanadi.
Auditni rejalashtirishning maqbullik tamoyili shundan iboratki, rejalashtirish chog’ida auditorlik tashkiloti o’zi belgilagan mezonlar asosida auditning umumiy rejasi va dasturidan maqbulini tanlash imkoniyatiga ega bo’lishi zarur. Auditorlik tekshiruvi uzoq vaqt davom etganida, auditor mijozning moliya - xo’jalik faoliyatidagi va qonunchilikdagi o’zgarishlarni hisobga olgan holda reja va dasturga zarur tuzatishlar kiritishi mumkin.
Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə