Auditorlik tashkilotining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi



Yüklə 118,65 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix23.03.2023
ölçüsü118,65 Kb.
#102959
Auditorlik tashkilotining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi



Ana s
ə
hif
ə
Psixologiya
Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi Audit 1-qism
5230900
Auditorlik tashkilotining huquqlari, majburiyatlari va
javobgarligi
ox
ş
ar tapmaq
Yükl
ə
0,8 Mb.
s
ə
hif
ə
11/143
tarix
22.05.2022
ölçüsü
0,8 Mb.
#87655
1
...
7
8
9
10
11
12
13
14
...
143
AUDIT UMK 1-QISM 2022
SNOSKA SALJUQIYLAR

8

Test nazoratlarga
,
Приветствуем

5-
мазу

matlab

2-kurs Oraliq nazorat
3.3. Auditorlik 
tashkilotining huquqlari
,
majburiyatlari va javobgarligi.
Auditorlik tashkiloti mustaqil xo’jalik yurituvchi
sub’ekt sifatida «Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi
qonunning 6-moddasiga muvofiq quyidagi huquqlarga
ega:
auditorlik tekshiruvi o’tkazish to’g’risida qaror qabul
qilish uchun xo’jalik yurituvchi sub’ektning ta’sis
hujjat-lari hamda buxgalteriya hisobi va moliyaviy
hisobot hujjat-lari bilan oldindan tanishib chiqish; 
auditorlik tekshiruvi o’tkazilayotganda xo’jalik
yurituvchi sub’ekt amalga oshirayotgan moliya-
xo’jalik faoliyati bilan bog’liq hujjatlarni to’liq 
hajmda
olish
, shuningdek ushbu hujjatlarda hisobga olingan
har qanday mol-mulkning amalda mavjudligini hamda
har qanday majburiyatlarning 
amaldagi holatini
tekshirish

auditorlik tekshiruvini o’tkazish davomida yuzaga
kelgan masalalar bo’yicha xo’jalik yurituvchi
sub’ektning moddiy javobgar shaxslaridan og’zaki va
yozma tushuntirishlar olish hamda auditorlik tekshiruvi
uchun zarur bo’lgan qo’shimcha ma’lumotlarni olish; 
uchinchi shaxslar tomonidan yozma tasdiqlangan
axborotni xo’jalik yurituvchi sub’ektdan olish; 
ishonchli auditorlik xulosasini tuzish uchun zarur
bo’lgan barcha axborot xo’jalik yurituvchi sub’ekt
tomonidan taqdim etilmagan taqdirda auditorlik
tekshiruvi o’tkazishdan bosh tortish; 
auditorlik tekshiruvini o’tkazishda ishtirok etishga
auditorlar va boshqa mutaxassislarni belgilangan
tartibda jalb etish. 
auditorlik tashkiloti qonun hujjatlariga muvofiq boshqa
huquqlarga ham ega bo’lishi mumkin. 
Auditorlik tekshiruvi o’tkazish to’g’risida qaror qabul
qilish uchun xo’jalik yurituvchi sub’ektning ta’sis
hujjat-lari hamda buxgalteriya hisobi va moliyaviy
hisobot hujjat-lari bilan oldindan tanishib chiqadi. 
Xo’jalik yurituvchi sub’ektning ta’sis hujjatlari ya’ni
ustavi va ta’sis shartnomasi bilan tanishish auditorga
bo’lg’usi mijozining yuridik maqomi, 
faoliyat turi
,
predmeti va ta’sischilari to’g’risida aniq tasavvurga ega
bo’lish imkonini beradi. Bunda auditor korxonaning
asosiy ustav faoliyati, ustavning qachon va qaysi davlat
organida ro’yxatga olinganligi hamda notarial idora
tomonidan tasdiqlangan-ligiga e’tibor berishi kerak.
Shuningdek, ta’sis shartnomasiga muvofiq ta’sischilari
kimlar, 
ularning yuridik maqomi
, ustav kapitalidagi
ishtiroki (ulushi), moliya-xo’jalik faoliyati bo’yicha
huquq va majburiyatlari bilan tanishadi. 
Buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot hujjatlari
bilan tanishish auditor uchun korxonada buxgalteriya
hisobining qaysi shakli (memorial-order, jurnal-order,
jadval-avtomatlashtirilgan va b.) qo’llanilishi,
buxgalteriya appara-tining hajmi va tuzilishi,
buxgalteriya hisobini yuritish va hisobot tuzishning qay
darajada me’yoriy ta’minlanganligi, umumiy moliyaviy
ahvol va boshqalar to’g’risida dastlabki tasavvurga ega
bo’lish imkonini beradi. 
Auditorlik tekshiruvi o’tkazilayotgan xo’jalik
yurituvchi sub’ekt amalga oshirayotgan moliya-
xo’jalik faoliyati bilan bog’liq hujjatlarni to’liq hajmda
olish, shuningdek ushbu hujjatlarda hisobga olingan
har qanday mol-mulkning amalda mavjudligini hamda
har qanday majburiyatlarning amaldagi holatini
tekshirish. 
Qonunda belgilangan ushbu huquqlar tekshiruv
jarayonida zarur bo’lgan, mijoz-korxonaning moliya-
xo’jalik faoliyati bilan bog’liq hujjatlarni hech qanday
to’sqinliksiz to’liq hajmda olish imkonini beradi.
Shuningdek, auditor ushbu hujjatlarda aks ettirilgan
mol-mulklarning haqiqatda mav-judligini va
majburiyatlar holatini tegishli usullar (inventarizatsiya
qilish, qarama-qarshi tekshiruv va h. k.) bilan
tekshirish huquqiga ega. Mijoz-korxona esa auditor
talab qilgan barcha hujjatlarni to’liq hajmda taqdim
etishi, mol-mulklar mavjudligi va majburiyatlar
holatini tekshirishga zarur shart-sharoitlarni yaratib
berishi lozim. 
Auditolik tekshiruvini o’tkazish davomida yuzaga
kelgan masalalar bo’yicha xo’jalik yurituvchi
sub’ektning moddiy javobgar shaxslaridan og’zaki va
yozma tushuntirishlar olish hamda auditorlik tekshiruvi
uchun zarur bo’lgan qo’shimcha ma’lumotlarni olish. 
Auditor tekshiruv jarayonida 
aniqlangan xato-
kamchilik-lar
, xususan kamchiliklar va ularning
sabablari hamda moddiy javobgar shaxslardan yozma
va og’zaki tushuntirish oladi. Shuningdek, auditorlik
tekshiruvini boshlashdan oldin ham moddiy javobgar
shaxslar (kassir, omborchi va b.)dan belgilangan
tartibda tilxat oladi. 
Shu bilan birga auditor zarur hollarda uchinchi shaxslar
tomonidan yozma tasdiqlangan axborotni xo’jalik
yurituvchi sub’ektdan olishga ham haqli. 
Ishonchli auditorlik xulosasi tuzishi uchun barcha
axborotlar xo’jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan
taqdim etilmagan hollarda auditor tekshiruv
o’tkazishdan bosh tortishi va bu holni 

70-«Auditorlik
hisoboti va moliyaviy hisobot haqidagi auditorlik
xulosasi» nomli AFMS ga muvofiq «Auditorlik
tashkilotining auditorlik xulosasi tuzishdan voz kechish
to’g’risidagi arizasi» bilan rasmiylashtirishi mumkin. 
Bulardan tashqari auditorlik tashkiloti zaruratdan kelib
chiqib tekshiruvda ishtirok etishga boshqa auditorlar va
mutaxassislarni ham belgilangan tartibda jalb etish
huquqiga ega. 
Auditorlik tashkiloti qonun hujjatlariga muvofiq
boshqa huquqlarga ham ega bo’lishi mumkin. 
Auditorlik tashkilotlarining majburiyatlari. Auditorlik
tashkilotlarining majburiyatlari «Auditorlik faoliyati
to’g’risida» gi qonunning 7-moddasida belgilangan.
Unda ta’kidlanishicha, auditorlik tashkiloti auditorlik
faoliyati bilangina shug’ullanishi mumkin. Ushbu
qonunning 3-moddasiga muvofiq «auditorlik faoliyati
deganda auditorlik tashkilotlarining auditorlik
tekshiruvlarini o’tkazish va boshqa shu bilan bog’liq
professional xizmatlar ko’rsatish borasidagi
tadbirkorlik faoliyati tushuniladi» 
Shuningdek, auditorlik tashkilotining zimmasiga quyi-
dagi majburiyatlar yuklatiladi: 
auditorlik faoliyatini amalga oshirayotganida ushbu
Qonun hamda boshqa qonun hujjatlarining talablariga
rioya etishi; 
auditorlik tekshiruvi o’tkazishga doir shartnoma
tuzishdan oldin buyurtmachining talabiga binoan
auditorlik faoliyatini o’tkazish huquqini 
beruvchi
tegishli litsenziyani
, auditor (auditorlar)ning malaka
sertifikatini taqdim etishi; 
xo’jalik yurituvchi sub’ektning so’roviga binoan
auditorlik tekshiruvini o’tkazish bo’yicha qonun
hujjatlarining talablari to’g’risidagi, auditorning
e’tirozlari asoslanilgan qonun hujjatlarining normalari
to’g’risidagi axborotni taqdim etishi; 
auditorlik tekshiruvini amalga oshirishda olingan
axborotlarning 
maxfiyligiga rioya etishi

auditorlik hisobotida moliyaviy-xo’jalik
operatsiyalarining qonuniyligi buzilishi faktlarini
hamda ularni bartaraf etish yuzasidan takliflarni aks
ettirishi; 
xo’jalik yurituvchi sub’ektga uning mansabdor
shaxslari va boshqa xodimlari zarar etkazilganligini
aniq tasdiqlab turgan faktlarni aniqlagan taqdirda bu
haqda xo’jalik yurituvchi sub’ektning rahbariyatiga
(mulkdoriga) ma’lum qilishi hamda auditorlik
xulosasiga tegishli qaydni kiritishi shart. Zarur hollarda
auditorlik tekshiruvining natijalarini ma’lum qilish
uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda
qatnashchilarning (aktsiyadorlarning) umumiy yig’i-
lishi chaqirilishini talab qilishi shart. 
Auditorlik tashkiloti zimmasida qonun hujjatlariga
muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo’lishi mumkin. 
Auditorlik tashkilotining javobgarligi. «Auditorlik
faoliyati to’g’risidagi» Qonunning 8 moddasiga
muvofiq auditorlik tashkilotlari auditorlik tekshiruvi
buyurtmachilari, xo’jalik yurituvchi sub’ekt va
moliyaviy hisobotdan boshqa foydalanuvchilar oldida
moliyaviy hisobot hamda xo’jalik yurituvchi
sub’ektning boshqa moliyaviy axboroti to’g’risida
noto’g’ri yakundan iborat bo’lgan auditorlik xulosasini
tuzish oqibatida ularga etkazilgan zarar uchun javobgar
bo’ladi. 
Auditorlik tekshiruvini sifatsiz o’tkazganlik yoki lozim
darajada o’tkazmaganlik oqibatida xo’jalik yurituvchi
sub’ektga va (yoki) auditorlik tekshiruvining
buyurtmachisiga 
etkazilgan zarar
, shu jumladan boy
berilgan foyda, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda
qoplanishi shart. 
Shuningdek, auditorlik tashkilotining javobgarligi
O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi 336
moddasiga muvofiq ikki taraflama shartnomani
bajarmaslik oqibati-da ham vujudga keladi. Unda
ko’rsatilishicha: agar ikki taraflama shartnomada bir
taraf o’zi javobgar bo’lgan vaziyat tufayli uni bajarishi
mumkin bo’lmay qolsa, ikkinchi taraf, basharti
qonunda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda
tutilgan bo’lmasa, shartnomadan voz kechishga va
shartnomaning bajarilmasligi tufayli etkazilgan zararni
undirib olishga haqli. 
Auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya
uni bergan davlat organi tomonidan quyidagi hollarda
bekor qilinishi mumkin: 
auditorlik tashkiloti litsenziyani bekor qilish to’g’ri-
sida 
ariza bilan murojat qilganda

litsenziya soxta hujjatlardan foydalanilgan holda
olinganligi fakti aniqlanganda; 
maxsus vakolatli davlat organining litsenziya berish
to’g’risidagi qarori noqonuniyligi aniqlanganda; 
agar auditorlik tashkiloti unga litsenziya berish to’g’ri-
sidagi qaror qabul qilingani haqida xabarnoma
yuborilgan (topshirilgan) paytdan e’tiboran uch oy
muddat ichida maxsus vakolatli davlat organiga
litsenziya berganlik uchun davlat boji to’langanligini
tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmagan yoki litsenziya
shartnomasini imzolamagan bo’lsa. 
Yükl
ə
0,8 Mb.
Dostları il
ə
 payla
ş
:
1
...
7
8
9
10
11
12
13
14
...
143
Veril
ə
nl
ə
r bazası mü
ə
lliflik hüququ il
ə
müdafi
ə
olunur ©www.genderi.org
2023
r
ə
hb
ə
rliyin
ə
müraci
ə
t
23/03/23, 9
:
50 AM
Page 1 of 1

Yüklə 118,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə