Avtomobil va shahar yo’llaridagi ko’prik va quvurlar to’grisida asosiy tushiunchalar



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə1/9
tarix08.05.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#109131
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
SUN\'IY INSHOOTLAR TO\'G\'RISIDA TUSHUNCHA


SUN'IY INSHOOTLAR TO'G'RISIDA TUSHUNCHA

Reja:



  1. Avtomobil va shahar yo’llaridagi ko’prik va quvurlar turlari

2. Ko’prik va quvurlar, ko’prikli o’tish qismlari.
3.Avtomobil va shahar yo’lidagi ko’prikli inshootlar va

quvurning tasnifi.




  1. Avtomobil va shahar yo’llaridagi ko’prik va quvurlar turlari

Avtomobil yo’llari xar-xil joylardan o’tganda bir-biri va temir yo’llar bilan va xar-xil to’siqlar bilan kesishadi. Jarliklar, yondamalar, tog’lar, ariqlar, daryolar, ko’llar, dengiz ko’rfazlari quyilmalariga duch keladi. Bunday hollarda yo’llardagi xavfsiz harakatni taminlash uchun xar-xil inshootlar; quvurlar, ko’prik inshootlari, tonnellar, galereya, balkonlar va devorli to’siqlar quriladi.
Quvurlar transport vositalarini, piyodalarni qishloq joylarida hayvonlarni o’tkazish uchun kam suvli to’siqlarga quriladi. Quvurlar (1,1rasm) avtomobillarni xarakatiga qulay sharoit yaratish uchun yo’l ko’tarmasini uzmasdan yo’l ko’tarmasining ichiga qalin va yupqa yig’ma qismlardan quriladi. Rossiya avtomobil yo’llaridagi sun’iy inshootlarning 70% ni kichik quvurlar tashkil etadi. O’rtacha 1.35km yo’lga 1ta suv o’tkazish quvuri to’gri keladi.

1. Rasm. Suv o’tkazuvchi quvurning yo’l ko’tarmasidagi ko’rinishi: 1-Yurish qismi satxi; 2-Yo’l ko’tarmasi; 3-Quvur kallagi qismlari

2rasm. Ko’prikli inshootlarning turlari:
a-ko’prik; b-yo’l o’tkazgich; v-viaduk; g-estakada; 1-oraliq qurilma; 2-oraliq tayanch; 3-ko’prikka bardosh yo’li
Ko’prikli inshootlar (2.rasm) avtomobil yo’lini suvli to’siqlardan, jarliklardan, daralardan va yo’llarni bir-birini ustidan o’tkazish uchun quriladi.
Ko’prikli inshootlkarni quvurlardan farqi shundaki inshootlarning oraliq qurilmalari va tayanchlari, yo’l ko’tarmasini o’rniga joylashadi. Bunda oraliq qurilmalar tayanchlar oralig’idagi bo’shliqni yopib transport vositalaridan keladigan vaqtinchalik yuklarni va o’zining og’irligini tayanchlarga uzatadi. Tayanchlar qabul qilgan vaqtinchalik va doimiy yuklarni poydevorlar orqali zaminga uzatadi. Ko’prikli inshootlarning turlari; ko’prik (2a- rasm), yo’l o’tkazgich (2b-rasm), viaduk (2vrasm), akveduk va estakada (2g- rasm).

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə