Axborot Sohasida Globallashuv



Yüklə 60 Kb.
tarix11.05.2022
ölçüsü60 Kb.
#86678
Axborot Sohasida Globallashuv

Axborot Sohasida Globallashuv



Bugungi kunda “Axborot xavfsizligi” tushunchasi faqat axborot texnologiyalari sohasidagi olimlar va mutaxassislar tomonidangina emas, balki davlat hokimiyatining barcha tarmoqlari vakillari, siyosatchilar, iqtisodchilar va moliyachilar tomonidan ham keng qo'llanila boshlandi. Shu bois har qanday davlat, har qanday jamiyat axborot xavfsizligi muammosiga jiddiy e'tibor qaratmoqda. Boshqacha aytganda, hozirgi dunyoda axborot xavfsizligini ta'minlash muammolari – axborot sohasida shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarining himoyalangan holati dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Chunki, axborot qudratli kuchga aylanib, yadro poligonlaridan ham xavfliroq tus olib bormoqda. Jahonda noxolis axborot tarqatish, uni salbiy talqin qilish yoki o'z m anfaatiga moslab uzatish holatlari avj olmoqda. Shuning uchun ham axborot xavfsizligini ta'minlash har qachongidan ham muhimdir. Demak, axborot xavfsizligini ta'minlash usullarini 'rganish va tatbiq etish zarur va shartdir. Axborot xurujlarining oldini olish, axborot xavfsizliginita'minlash — mamlakatni ichki va tashqi xavflardan himoyalash demakdir.ilgari surgan edi. Bugungi axborot texnologiyalari yuksak taraqqiy etgan , axborot jamiyati qaror topib borayotgan sharoitda masalaning mohiyati o`zgarib ketdi : kimki axborot tarqatishga egalik qilsa , dunyoning taqdiri o`shaning qo`lida bo`ladi.Globallashuv jarayonining kelib chiqishi va unda OAVning roli to‘g‘risida gapirishdan oldin “globallashuv” terminiga izoh bersak. “Globalizatsiya” — “gloub” (inglizchadan “globe”, ya’ni yer shari), “global” (“global”, ya’ni butun dunyoga tegishli) va “globallashuv” (“globalize”, ya’ni butun dunyoga tarqalishi) so‘zlaridan kelib chiqqan.Globallashuv jarayoni 1990 yillar o‘rtalarida asrning buyuk kashfiyoti internet paydo bo‘lgach, yanada murakkab tabiatga ega bo‘ldi. Moskvaning globallashuv muammolari instituti chop etgan “Globallashuv amaliyoti. Yangi asr o‘yin qoidalari” to‘plamida (2000 yil. 16-bet) globallashuv jarayoni axborot inqilobi, ayniqsa, internetning rivojlanishi hamda moliyaviy bozorlarning integratsiyalashuvi bilan uzviy bog‘liq ekani yoziladi.
Globallashuv jarayonini olimlar “internatsionallashtirish yoki baynalminallashtirish”, “liberallashtirish yoki erkinlashtirish”, “universallashtirish”, “amerikalashtirish” hamda “g‘arblashtirish”, deb talqin qilishadi. “Internatsionallashtirish” — mamlakatlararo munosabatlar, xalqaro savdoning o‘sishi, demokratiya va inson huquqlari kabi g‘oyalarni o‘zaro almashinishidir. “Liberallashtirish” — mamlakatlararo ochiq savdoning chegaralashning man etilishi va jahon iqtisodiyotini erkinlashtirish. “Universallashtirish” — bu turfa qarash va tajribalarning yer yuzidagi barcha insonlar orasida tarqalishi. Iqtisodiy va madaniy aloqalarning o‘sishi milliy madaniyat va qadriyatlarning uyg‘unlashuviga olib keladi. Boshqacha aytganda, madaniyatlarning qo‘shilib ketishi natijasida o‘zgacha madaniyat yuzaga keladi. Ingliz olimi Voterning fikriga ko‘ra, “g‘arblashtirish” jarayonini “zamonaviylashtirish” jarayoni deb ham aytish mumkin. Biroq “zamonaviylashuvning ijtimoiy tuzilishi” bo‘lgan kapitalizm, mustamlakachilik, sanoatlashuv, byurokratizm, imperalizm va hokazolar globallashuv jarayonining asosiy negizini tashkil qiladi. Ya’ni gap “g‘arblashtirish” haqida ketganda, g‘arbiy kapitalizmning jahon miqyosida ustun turishi nazarda tutiladi. Masalan, 2000 yil ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda internetdan foydalanuvchilar soni 304 millionni tashkil etgan. Lekin butun dunyoni egallab olgan mazkur axborot tarmog‘idan foydalanuvchilar soni davlatlar va mintaqalarda teng taqsimlanmagan. 1999 yil oxirlarida internetdan foydalanuvchilarning 88 foizi rivojlangan davlatlarda istiqomat qilishgan. Bu esa dunyo aholisining 15 foizini tashkil qiladi. AQSh va Kanadada yer yuzi aholisining 5 foizi istiqomat qiladi va mana shu besh foiz aholi internetdan foydalanuvchilarning 50 foizini

tashkil etadi. Ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, internetni butun dunyo axborot tarmog‘i deya atash ham qaysidir ma’noda nisbiylik kasb etadi. Hozirgi kunda dunyo globallashuvining yangi davri “axborot asri” yoki “elektron yuz yillik” tomon qadam tashlamoqda. Sun’iy yo‘ldoshlar va internet orqali telekommunikatsiyalarning faoliyat yuritishi har kim va har narsa uchun yer sharining xohlagan chekkasiga borish va joylashish, ya’ni diterritoriallashish imkoniyatini yaratadi.Globallashuvning turli mamlakatlarga o'tkazayotgan ta'siri ham turlicha. Bu hol dunyo mamlakatlarining iqtisodiy, axborot, ma'naviy saloqiyatlari va siyosati qanday ekani bilan bog’liq. Dunyoda yuz berayotgan shiddatli jarayonlarning har bir mamlakatga o'tkazayotgan salbiy ta'sirini kamaytirish va ijobiy ta'sirini kuchaytirish uchun shu hodisaning mohiyatini chuqurroq anglash, uning xususiyatlarini o'rganish lozim. Bu hodisani chuqur o'rganmay turib unga moslashish, kerak bo'lganda, uning yo'nalishini tegishli tarzda o'zgartirish mumkin emas. Globallashuv yana shunday jarayonki, uni chuqur o'rganmaslik, undan foydalanish strategiyasi, taktikasi va texnologiyasini ishlab chiqmaslik mamlakat iqtisodi va madaniyati, ma'naviyatini tog’dan tushayotgan shiddatli daryo oqimiga boshqaruvsiz qayiqni topshirib qo'yish bilan baravar bo'ladi.Biroq, har qanday hodisa singari globallashuv ham o‘ziga xos jihatlarga ega. Masalan, bugungi kunda «urf» bo‘layotgan g‘oyalar va madaniyatlar sohasidagi globallashuvga diqqatingizni qaratmoqchimiz. Ayrim tadqiqotchilar dunyoviy demokratiya, siyosiy plyuralizm, ochiq jamiyat g‘oyalari hozirgi davr globallashuvining negizidir deyishmoqda. Ammo, mamlakatimiz bizning tarixiy, madaniy xususiyatlarimizga xosu mos tarzda o‘z taraqqiyot yo‘lini belgilagan. Shu yo‘lda dunyoviy demokratik davlat qurishni maqsad qilib olganmiz. Globallashuv bayrog‘i ostida ayrimlar o‘ylayotgani, xohlayotgani kabi ko‘r-ko‘rona g‘arbiylashtirish — «vesternizatsiya» siyosatini qabul qilolmaymiz.

G‘arb ijtimoiy andazalarini tabiatimizga moslay olmaymiz, ruhiyatimizga singdirolmaymiz. Bunday andaza-yu asoslarni mintaqamizda, yurtimizda joriy etishga urinayotganlar o‘zlik tuyg‘ularini paymol qilishni o‘ylashadi. Bu yo‘lda «g‘arb madaniyati»ning turli xil tazyiqlarini ham kuzatishimiz mumkin. Turli xil pornofilmlar, yovuzlik, o‘ldirish-otish, xunrezlik urchigan videotasmalar, ahloqsizlik urchigan kinolar, yalang‘ochlik va hayosizlik asosida chop etilgan nashrlarni tarqatishga urinishlar, g‘arb estradasining o‘zga davlatlarga ham bostirib kirishini istagan «Globallashuv tarafdorlari»ning asl muddoasi — madaniy yemirilishlar asri vujudga kelishini jon dili bilan istashayotganini nafaqat ziyolilar, yurtimizdagi har bir fuqaro anglab yetishi kerak. Globallashuvning yana bir xavfli jihati: bugun dunyo yagona axborot maydoniga aylanmoqda. Shu bilan birga xavfsizlik va barqarorlikka tahdid soluvchi yangi, misli ko‘rilmagan xavf-xatar, tahdid paydo bo‘layapti. Uyushgan jinoyatchilik, jahon terrorizmi qo‘lida axborot xavfli qurolga aylanmoqda. Hozirgi kunda, ma’lumotlarga qaraganda, axborot tahdidini uyushtirish ustida 120 ga yaqin davlat «hamjihatlik» bilan ish olib borayapti. Demak, yagona axborot makonini yaratish, undan axborot tahdidi yo‘lida foydalanish shu darajaga yetdiki, axborot makonidagi xuruj yadro poligonlaridan ko‘ra xavfliroq bo‘lib qoldi. Bugungi kunda 20 ga yaqin davlatda yadro quroli ishlab chiqarish borasida sa’y-harakatlar davom etayotgan pallada, axborot tahdidi bilan 120 ga yaqin davlatning jiddiy shug‘ullanishi, dunyoni yadro urushidan ko‘ra, axborot xuruji talvasaga solayotganidan dalolat beradi. Globallashuv hodisasini mukammal o‘rganmay turib, uning har bir mamlakat yoki millatga keltiradigan foyda va ziyonini chuqur anglamasdan uning yo‘nalishini tegishli tarzda o‘zgartirib bo‘lmaydi. Globallashuvdan foydalanish strategiyasi, taktikasi, texnologiyasini ishlab chiqmaslik har qaysi mamlakat iqtisodi va madaniyati, ma’naviyatini boshi berk ko‘chaga olib borishi mumkin.

burishimiz tabiiy. Umumbashariy madaniyat insonning ongu shuurini nurafshon etadi. Millatning qarashlariga ijobiy ta’sir qiladi. Biroq vayronkor g‘oyalarning bir dasta gul ichida o‘tkir xanjar kabi yashirinib turishi globallashuvning salbiy jihatlari ham borligini esga soladi. Chetdan o‘tkazilayotgan mafkuraviy ta’sir va tazyiqlar globallashuv shabadasini bo‘ronga va dovulga aylantirib yuborayotganidan ko‘z yummasligimiz kerak. Shu o‘rinda rossiyalik olim A.Zinovevning «Globallashuv yangi jahon urushi. U yangi tipdagi jahon urushi...» degan ta’kidi kishini ancha sergak torttiradi. Yana bir olim A.Parshev esa: «Aslida globallashuvning asosiy mazmuni boshqa mamlakatlarda ishlab chiqarilgan mahsulotning qo‘shimcha qiymatini, dunyodagi asosiy zaxiralarni o‘zlashtirishdan iboratdir...», deydi.

boshqalardan izlab , o‘zini “yetuklar” qatorida his qiluvchi tarbiya, axloq haqida gapira turib: “...bizning davrda boshqacha edi, bizlar yaxshi edik, bizlarga umuman gap yo‘q edi...” qabilidagi “porloq” xotiralarni aljirashdan nariga o‘tmaydigan murabbiy yoki ota- onalarni bugungi kun talabi darajasidagi tarbiyachilar deyishga til bormaydi. Aslida, dunyoqarash qotib qolgan, izlanmaydigan, g‘oyasi, saviyasi eskilik (sovet) sarqitlari bilan g‘uborlangan kishilar shular emasmiq Ana shunday kayfiyatdagi bir “tarbiyachi”ning e’tirof etishicha, “hozir zamon shunaqa” emish. Bu o‘rinda Ommaviy Axborot Vositaning ta’sir kuchida nazardan qochirmaslik o‘rinli. Taassufki, “erkinlik”, “demokratiya” niqobi ostida faoliyat yuritayotgan “rangli matbuot” hamda “serjilo telekanallar”, teletarmoqlar, yengil qilib aytganda, “beboshlikning” eng yuqori cho‘qqisiga chiqib oldi va ularga “til tekkizish” “globallashuv” atalmish mezon”ga,g‘arbona demokratiyaga zid amal o‘laroq talqin qilinadigan bo‘ldi. Bizga iqtisodiy taraqqiyot, farovonlik, yurt obodligi, erkinlik, demokratiya ham kerak va zarur. Ammo jamiyatda har xil ma’naviy zug‘umni, fahshni ochiq-oydin targ‘ib etayotganlarni bir og‘iz “globallashuv” degancha oqlab, tomoshabin bo‘lib turaveramizmiq Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek sohaga doir Yurtboshimizning alohida qarorlari chiqdi. Aytmoqchimanki, har xil niqobda yurtimizga baloyi azimdek yopirilib kelayotgan “kanalizatsiya” tarmoqlariga uzil kesil choralar ko‘rish kerak.Va, albatta, ta’qiqlash shart. Ko‘rib-bilib turibmiz yon atrofdagi, qo‘shnidagi “demokratik” manzaralarni. Tinchligimizga, xalqimizning yuksak ma’naviyatiga raxna solib buzg‘unchilik ishlariga bel bog‘lagan ko‘ngli marazga to‘la g‘animlarning maqsadi tayin. Ko’pgina yoshlarning ma’naviyati zaharlanib bormoqda. Ularning mafkurasiga arzimaydigan, kerakmas bo’lgan g’oyalar qamrab olgan. Qisqa qilib aytadigan bo’lsam, kompyuter tilida “virus”, ya’ni zaharlanib bormoqda. Xo’sh,bularni oldini olish uchun nimalar qilish lozim? Axir bu faqat o’zigagina emas, balki atrofdagilarni ham zaharlaydiku. Men ko’pgina ota-onalarga, ustozlarga bugungi yoshlarning fikrlashish jarayonida ogoh va hushyor bo’lib turishlarini istardim.

O‘z navbatida, ko‘proq qamrab oluvchi va butun dunyoning madaniy an’analariga kirib keluvchi global madaniy yo‘nalishlar vujudga keldi. Bu jarayonga ikkinchi tomondan yondashganda, uning ijobiy tomonlarini ham ko’rishimiz mumkin. Dunyo miqyosida ilmiy tadqiqot faoliyatida akademik infratuzilmalarning dunyoviy rivojlanishi, xalqaro akademik almashuv dasturlari, internatsional forumlar, ilmiy nashriyotlar, jurnallar «global ilm»ni shakllantirishga yordam beradi. Hozirgi paytda tarqatilayotgan axborotning 85% dunyoda ingliz tilida chop etilmoqda. U har xil millat va irqqa mansub bo‘lgan kishilarni birlashtiradi, lekin shu bilan bir qatorda rus, xitoy, nemis, fransuz, ispan kabi rivojlangan tillarga tahdid soladi. Yuqorida ta’kidlagan tillarning ishlatilishi o‘zining milliy hududlarida ham torayib bormoqda. Milliy tillar inglizcha kosmopolitik so‘zlar bilan buzilib ketmoqda. Bora-bora global unifikatsiyalangan hayot tarzining turg‘un yo‘nalishi vujudga kelishi mumkin. Er kurrasining turli burchaklarida insonlar bir xil ovqat iste’mol qilishadi, bir xil kiyim kiyishadi, bir xil musiqa eshitadi, bir xil film ko‘rishadi, bir xil ommaviy axborot vositalaridan ma’lumot olishadi. Bu turdagi globallashuv millat o‘zligining hamma sohalariga tahdid soladi. Rivojlanish, kashfiyot doimo insonni hayratga solib kelgan. Tabiiylik qonuniga ko‘ra hayrat bilan boshlangan yangilik biroz vaqt o‘tgach hayotning odatiy tarkibiy qismiga aylanib qoladi. Insoniyat tarixida hayrat cho‘qqisida eng uzoq turgan kashfiyotlardan biri bu kompyuter va internet bo‘lsa ajab emas. Kompyuter texnologiyalari bugun hayotga shiddat bilan kirib kelayapti. Yangi narsa esa yosh avlod uchun doim qiziqarli. Lekin o‘sha yosh avlod mazkur sohani ipidan ignasigacha mukammal egallashga harakat qilayaptimi yoki uning quliga aylanib borayaptimi, buni ajratib olish mushkul Agar bolaning o‘ziga qo‘yib bersangiz, u soatlab va hatto kunlab ana shu mashina oldida muk tushib o‘tirishi mumkin. "Bu yaxshi emas!" ligini barchamiz bilamiz. Lekin bunga baribir to‘sqinlik qilolmaymiz. Buning sabablari juda ko‘p. Birinchidan, bolani har qadamda nazorat qilishning imkoni yo‘q yoki bunday ishning oqibati bolaga nisbatan ishonchsizlik va uni bezdirib qo‘yish bilan tugashi mumkin. Ikkinchidan, katta avlodning kompyuter texnologiyalari borasidagi bilimlari yetishmasligi. Ular bolaga bu borada o‘rnak bo‘lolmaydi yoki yo‘l-yo‘riq ko‘rsata olmaydi. Uchinchidan, axborot tabiiy ravishda ko‘payib boraveradi. Bu jarayonni esa faqat bolani, qo‘pol tushuntirganda, qamab qo‘yibgina to‘xtatib turish mumkin.



O‘zMU psixologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi Liliya Sultanova o‘zining ana shunday o‘yinlar bozori bilan qiziqqanini ta'kidladi: - Bilasizmi, kompyuterda o‘ynash uchun mo‘ljallangan o‘yinlar (disklar) turini o‘rgandim. Ma'lum bo‘ldiki, bozorda disk ko‘rinishida sotilayotgan o‘yinlarning deyarli 95 foizi qotillik, o‘g‘rilik, zo‘ravonlik va shu kabi xatti-harakatlar asosiga qurilgan ekan. Doimiy kopyuter o‘yinlarini o‘ynash bolada ko‘nikish paydo qiladi va asta-sekin eng dahshatli jinoyatlarni ham u oddiy holdek qabul qiladi. Bola dunyoqarashiga katta ta'sir o‘tkaziladi: unda bir urib ko‘rsam, mushtlashsam degan fikrlar paydo bo‘ladi. U bu dunyo shafqatsiz, unda faqat kuchlilargina g‘olib chiqadi, deb o‘ylay boshlaydi. Shuningdek, o‘yinlarda ayrim davlatlarning ramzlari qo‘llanadi. Bolaga ularni tanlash taklif etiladi. Va ana shu vosita orqali bizning turmush tarzimiz eng zo‘r, bizdan ibrat oling, degan g‘oya sezilarsiz tarzda singdirib boriladi. Bu juda jiddiy g‘oyaviy ta'sirdir. Lekin bolaga o‘yin o‘ynashni taqiqlash ham noto‘g‘ri. Negaki tafakkurni rivojlantirishga yordam beruvchi, til o‘rganishga ko‘maklashuvchi o‘yinlar mavjudligini inkor qilolmaymiz. Faqat ularni me'yorida o‘ynash lozim. Deylik, o‘smirlar uchun kuniga bir soat (har bir narsaning me'yorida bo‘lgani yaxshi) o‘yin yetarli. Bolaga o‘yinda odam o‘ldirganligi uchun, mashina o‘g‘irlagani uchun pul berishadi. Bu unga yoqadi, u g‘olib bo‘ladi. Bola miyasi "nusxa ko‘chirish"ga juda usta. Xo‘sh, uning hayotda ham ana shunday g‘olib bo‘lgisi kelib qolmasligiga kim kafolat beradi. Kopyuter, internet, ayniqsa, kichik oilalardagi bolalarni alohida olamda yashashga o‘rgatib qo‘yadi. U voqealarni o‘zi mushohada qiladi va o‘zi qaror chiqaradi. «To‘g‘ri» yoki «noto‘g‘ri» degan tushunchalar uning ongida istalgan shaklda rivojlanishi mumkin. Bu quruq vahima emas. Bizda endi-endi rivojlanayotgan jarayonning taraqqiy etgan davlatlarda oqibatlarini ko‘rishimiz mumkin. Kanadalik 25 yoshli Kimvir Jill 20 kishini jarohatlab, 18 yoshli qizni o‘ldirgan, keyin esa o‘zini ham otib tashlagan. Mutaxassislar uning Internetdagi yozishmalarini izlab topishgach, ma'lum bo‘ldiki, u pochta xodimlari tomonidan sodir etiluvchi be'mani qotilliklar asosiga qurilgan «Postal» o‘yinining ashaddiy ishqibozi bo‘lgan. Bu o‘yinlar oqibatida Moskva sinagogida ham Aleksandr Koptsev tomonidan qirg‘in amalga oshirilgan. Yigitchalarning jinoyat olamiga umuman dahli yo‘qligini ham ta'kidlash kerak. Umuman olganda, so‘nggi vaqtlarda bu kabi odam joniga qasd qilgan o‘quvchilar, yoshlar haqidagi xabarlar oqimi ko‘payib qolgan. Kompyuter o‘yinlariyu internet tarmog‘iga haddan ortiq bog‘lanib qolishni mutaxassislar kasallik, deya baholashmoqda. Garchi buning qay darajadagi ruhiy xastalik ekanligi noma'lum bo‘lsa-da, lekin yuqori texnologiyalarsiz "yasholmayotganlar" soni o‘sib bormoqda. Amerikada 2,5 ming kishi o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, 70 foiz odam internetsiz umuman yashay olmasligini bildirgan. Ularning 14 % butunjahon tarmog‘isiz hayot kechirishlari mushkul kechishini aytgan. 12,3 % odam o‘zini bu tarmoqda ishlashdan tiyishga urinayotgan ekan. 8,7 % kishi esa Internetga bo‘lgan qiziqishini do‘stlari, hamkasblari va oila a'zolaridan sir tutishga urinadi. - Ko‘pchilik yoshlarning axborotga nisbatan ehtiyoji yuqori, - deydi psixologiya fanlari nomzodi, dotsent Abdumo‘min Rasulov. - Axborot olish imkoniyatlarining yuqoriligi bois internet ularni o‘ziga ko‘proq jalb etmoqda. Biroq ular ma'lumotlar ahamiyatini ajrata olishmayapti. Shu bois tajovuzkor o‘yinlar, axloqsizlikni targ‘ib qiluvchi saytlar bilan band bo‘lib qolishyapti. Buning oqibatida ular real hayotdan ajralib qoladi, virtual olamga o‘tib yashaydi. Lekin buni ularning o‘zlari his qilmaydi. Yoshlarning ehtiyojini qondiradigan axborot kam bo‘lishi mumkin. Ular uydan,auditoriyadan, do‘stlari orasidan o‘z his-tuyg‘ulari uchun qoniqish ololmaydi. Buning oldini olish uchun ularga real hayotiy shart-sharoitlarni yaratish kerak. Deylik, kutubxona, dars, yana boshqa vositalar orqali o‘smir hayotiga yangi mazmun olib kirish mumkin. Jahon tibbiyoti tajribasida kompyuter oldida o‘tirib vafot etganlar ham uchragan.
Yüklə 60 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə