Aylanma harakat kinematikasi va dinamikasi



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə1/4
tarix18.05.2022
ölçüsü0,49 Mb.
#87291
  1   2   3   4
Aylanma harakat kinematikasi va dinamikasi


ILGARILANMA VA AYLANMA HARAKATLAR
Reja:
1. Qattiq jism aylanma harakati kinematikasi.
2. Impuls momentining o'zgarish qonuni.
3. Qo’zg’almas o’q atrofida aylanuvchi qattiqjism dinamikasi.
Ilgarilanma harakat  haqida umumiy tushuncha

1. Qattiq jism aylanma harakati kinematikasi.


1. Qattiq jismning, u bilan mustahkam bog’langan AB to'g’ri chiziqning hamma nuqtalari qo'zg’almasdan qoladigan harakatiga jismning AB qo'zg’almas o'q atrofida aylanishi deyiladi.


AB to'g’ri chiziq jismning aylanish o'qi deyiladi. Aytaylik D, qo'zg’almas AB o'q atrofida aylanuvchi qattiqjismning ixtiyoriy nuqtasi bo'lsin. Jism qattiqbo'lgani uchun (mutloq qattiq), uning aylanishida AB, AD va VD masofalar o'zgarizsiz qoladi. Demak, jismning D nuqtasi markazi aylanish o'qida yotgan, tekisligi esa unga tik bo'lgan aylana bo'ylab harakatlanadi.
Qo'zg’almas o’q atrofida aylanuvchi jism bitta erkinlik darajasiga ega. Uning fazodagi holati bu jismning qandaydir shartli tanlangan boshlang’ich holatining aylanish o’qi atrofida burilish burchagining qiymati bilan to'liq aniqlanadi. Jismning ko'rilayotgan nuqtasi aylanish o’qidan qancha uzoqda tursa, bir xil dt vaqt oraligida u shuncha ko'p ds yo'lni o'tadi. Bunga muvofiq ravishda uning u=ds/dt tezligi ham shuncha katta bo'ladi. Shuning uchun jismning aylanma harakatini tasvirlash uchun kinematikaning nuqta, siljish, bosib o'tilgan yo'l, nuqtaning tezligi va tezlanishi tushunchalaridan foydalanish noqulay. Bunday holda kichik dt vaqt oraligida butun jismning siljishini o'lchovi sifatida jismning elementar burilish vektori xizmat qiladi. U moduli bo'yicha dt vaqt ichida jismning o’q atrofida burilish burchagi d ga teng va o'ng parma qoidasi bo'yicha aylanish o’qi bo'ylab yo'nalgan: vektorning uchidan qaralganda jismning burilishi soat strelkasi yurishiga teskari sodir bo'layotgani ko'rinadi.
* * O'ng emas, balki chap koordinat sistemasidan foydalanilgan holda vektori aylanish o’qi bo'ylab teskari tomonga yo'naladi, ya'ni bunda uni uchidan qaralganda jismning burilish soat strelkasi yo'nalishda sodir bo'layotgan bo'lib ko'rinadi. Matematikada o'ng koordinat sistemasidan chapiga o'tganda o'zining yo'nalishini saqlaydigan odatdagi qutbli vektorlardan farqli ravishda, ko'rsatilgan koordinata almashtirishlarda o'z yo'nalishini o'zgartiruvchi vektorlar, psedovektorlar yoki aksial vektorlar deyiladi. Qutbli vektorlarga misol qilib nuqtaning radius-vektorini, uning tezlik va tezlanishini, kuch vektori va shu kabilarni olish mumkin. Shu bilan bir vaqtda ikki qutbli vektorning vektor ko'paytmasi-psevdovektor.

2. Jismning yo'nalishi va aylanish tezligining kinematik xarakteristikasi bo'lib, jismning elementar burilish vektorini, bu burilishni davom etish vaqtiga nisbatiga teng bo'lgan kattalik - jismning burchak tezligi xizmat qiladi:


. (1)
Agar burchakli tezlik moduli doimiy bo'lsa, jismning qo’zg’almas o’q atrofida aylanishi tekis aylanish deyiladi:
(2)

Bu holda jismning burilish burchagi aylanish t vaqti t ga to’g’ri proporsional:


j = w t (3)
Jismning qo’zg’almas aylanish o’qi OA dan masofada turgan ixtiyoriy N nuqtasining V tezligini topamiz (1-rasm). Aylanish o’qining O nuqtasini koordinata boshi sifatida olamiz, N nuqta harakatlanayotgan aylana markazini O¢ bilan belgilaymiz. U holda N nuqtaning radius-vektori
(4)
bo'ladi, bu yyerda vektori. Aksial vektorlar va OA aylanish o’qida aniq qo'yilish nuqtasiga ega emas. 1-rasmda ular O nuqtadan yo'nalgan. N nuqtakichik dt vaqtda rasmda shtrix chiziq bilan ko'rsatilgan aylana yoyi bo'ylab harakatlanib
ds = r dj = rw dt
yo'lni bosib o'tadi.
Shuning uchun jism N nuqtasining tezlik moduli
(5)
bo'ladi.
Bunda va vektorlarning o'zaro tik ekanligini, N nuqtaning tezlik vektori bu ikkala vektor tekisligi - 1-rasm tekisligiga tikligini hisobga olib quyidagini yozishimiz mumkin:
(6)
Jismning qo’zg’almas o’q atrofida aylanishida vektor doimiy bo'lgani uchun bu holda (4) dan
(7)
bo'lishi kelib chiйadi. va vektorlar kollinear, shuning uchun (4) dan (6) formulani
(6 )
ko'rinishda qayta yozish mumkinligi kelib chiqadi. Jismning burchakli tezligi dan farqli holda V tezlik ko'pincha jism N nuqtasining chiziqli tezligi deyiladi. Bunda V vektori ham o'ng parma qoidasi bo'yicha yo'nalgan: V vektorning uchidan
qaralganda vektorining r vektorga
1 - rasm. burilishi, qisqa masofadan soat strelkasiga teskari yo'nalishda sodir bo'layotgani ko'rinadi.
Burchakli tezlik bilan tekis aylanayotgan jismning to'liq bir marta aylanishi, ya'ni ω =2 burchakka burilishi uchun ketgan T=2 / vaqt oraligi aylanish davri deyiladi.
Aylanish chachtotasi, burchak tezlik bilan tekis aylanayotgan jismning vaqt birligi ichida necha marta aylanishini ko'rsatadi:

(8)


3. Qo’zg’almas o’q atrofida jism notekis aylanganda uning burchakli tezligi o'zgaradi. Burchakli tezlikning o'zgarish tezligini xarakterlovchi vektorga burchakli tezlanish deyiladi:


(9)
Agar jism qo’zg’almas o’q atrofida tezlanuvchan aylanayotgan, ya'ni dw/dt>0 bo'lsa, vektor ham aylanish o’qi bo'ylab vektor tomonga yo'nalgan. Sekinlanuvchan aylanishda vektori vektoriga qrama-qarshi tomonga yo'naladi.
Qo’zg’almas o’q atrofida aylanuvchi jism N nuqtasining a tezlanishini topamiz. (6), (7) va (9) dan
a=
yoki
a= (10)
formulalarga ega bo'lamiz.
(10) formulaning o'ng qismidagi birinchi had N nuqtaning a urinma tezlanishini ko'rsatadi:
at = , (11)
ikkinchi had esa - T nuqtaning normal tezlanishi:
a= . (12)
Qattiq jismning harakatida uning faqat bitta O nuqtasi hamma vaqt qo’zg’almasdan qolishiga qattiq jismning qo’zg’almas nuqta atrofida harakati deyiladi.
Bu holda jismning hamma nuqtalari markazi O nuqtada joylashgan konsentrik sferalar sirtida harakatlanadi. Shuning uchun qattiq jismning bunday harakatiga ko'pincha jismning sferik harakati deyiladi. Qattiq jismning qo’zg’almas nuqta atrofidagi harakatini, vaqtning har bir momentida jismning shu qo’zg’almas nuqtasidan o'tgan va aylanishning oniy o’qi deb ataluvchi o’q atrofidagi aylanish sifatida qarash mumkinligi nazariy mexanikada isbot qilinadi. Umumiy holda oniy aylanish o’qining holati vaqt o'tishi bilan qo’zg’almas sanoq sistemasiga nisbatan qanday o'zgarsa, harakatlanuvchi jism bilan qattiq bog’langan sanoq sistemasida ham shunday o'zgaradi. Elementar burilish vektori va burchakli tezlik jismning oniy aylanish o’qi bo'ylab yo'nalgan, burchakli tezlanish vektori (9) esa bu o’q bo'ylab yo'nalmagan.
Jismning N nuqtasi tezligi V=dr/dt uchun oldingidek, (6 ) formula o'rinli, bu yerda r - jismning qo’zg’almas O nuqtasidan o'tkazilgan N nuqtaning radius-vektori. N nuqtaning tezlanishi
a=
yoki
a= (10 )
bo'ladi.
Bunda vektori jism N nuqtasining aylanma tezlanishi deyiladi, vektor esa N nuqtaning o’qqa intilma tezlanishi deyiladi, chunki a vektorning bu tashkil etuvchisi N nuqtadan aylanishning oniy o’qiga tik yo'nalgan.
Qo’zg’almas O nuqta atrofida aylanuvchi qattiq jism uchta erkinlik darajaga ega: u O nuqtadan o'tgan o'zaro tik qo’zg’almas uchta o’q atrofida mustaqil aylanishi mumkin. Bir qiymatli masala uchun bunday jismning fazodagi holati uchta mustaqil koordinata bilan berilishi zarur. Buning uchun Eyler burchaklari deb ataluvchi uchta burchakdan foydalaniladi. Lekin Eyler burchaklarini ko'rib o'tish bizning kursimiz doirasiga kirmaydi.
5. Erkin qattiq jism, masalan havoda uchayotgan samolyot oltita erkinlik darajaga ega. Ulardan uchtasi, uchta koordinat o’qlari bo'ylab bo'ladigan musta?il ilgarilanma harakatga, qolgan uchtasi esa bu o’qlar atrofidagi aylanishga mos keladi. Shuning uchun, erkin qattiqjism uchta ilgarilanma, uchta aylanma erkinlik darajasiga ega deyiladi.
Qattiqjismning har qanday harakatining bir vaqtda sodir bo'ladigan ikki harakatning kombinatsiyasi sifatida qarash mumkin: jismning qutbi deb ataluvchi ixtiyoriy tanlangan qandaydir A nuqtasining VA tezlik bilan ilgarilanma harakati, hamda qutb orqali o'tuvchi oniy o’q atrofida aylanishi. Bunda qutbning tanlanishi, jismning har bir ko'rilayotgan vaqt momentida (odatda w vaqt o'tishi bilan o'zgaradi) qutb atrofida aylanish burchakli tezligi qiymatiga ta'sir etmas ekan.
Jismning ixtiyoriy N nuqtasining tezligi
V = VA + [ (r - rA] (13)
bo'ladi. Bu yerda rA va VA=drA/dt - A qutbning radius-vektori va tezligi; r - N nuqtaning radius-vektori.
Qattiq jismlar dinamikasi masalalarida ko'pincha qutb sifatida jismning massa markazi S ni tanlash qulay. Bu holda
V = Vc + [ (r – rc] (13 )
bo'ladi. Bir jinsli doiraviy silindr tekislikda tebranganda uning hamma nuqtalari paralel tekisliklarda harakatlanadi. Qattiq jismning bunday harakatiga yassi parallel yoki yassi harakat deyiladi. Bunday harakat turi texnikada juda ko'p uchraydi. Ko'p mashina detal va mexanizmlari (masalan, statsionar ichki yonuv dvigatelining shatuni, kulis mexanizm detallari va boshqalar) shunday harakat qiladi. Yassi harakat holida A qutb atrofida oniy aylanish o’qi fazoda o'zining yo'nalishini o'zgartirmasdan ilgarilanma siljiydi, va VA vektorlari esa o'zaro tik.
Qattiq jismning murakkab harakatiga yana bir misol qilib uning vintsimon harakatini olish mumkin. Bu harakat jismning qandaydir o’q atrofida aylanma harakati bilan, shu o’q atrofida ilgarilanma harakatning qo'shilishi natijasida olinadi. Vint va boltlar, ularni burab kiritishda va chiqarishda xuddi shunday harakat qiladi.
2. Impuls momentining o'zgarish qonuni.

1. Qo’zg’almas O nuqtaga nisbatan F kuchning momenti deb, O nuqtadan F kuch qo’yilgan N nuqtaga o'tkazilgan r radius-vektor bilan shu kuchning vektor ko'paytmasiga aytiladi:1


M = [r F] (14)
M vektori r va F vektorlar tekisligiga o'ng parma qoidasi bo'yicha tik yo'nalgan (2-rasm). Kuch momentining moduli

М=Fr sin a=Fl (15)



formula bilan aniqlanadi. Bu yerda a - r bilan F orasidagi burchak, l=r sina - 0 nuqtadan F kuchning ta'sir chiziqiga tushirilgan tik chiziqning uzunligi. Bunda l kattalik F kuchning yelkasi deyiladi.
2. Biz n moddiy nuqtadan tashkil topgan mexanik sistemani ko'ramiz (xususan bu qattiq jism ham bo'lishi mumkin, lekin biz hozircha bunday cheklashni qo'ymaymiz).
Moddiy nuqtaning qo’zg’almas 0 nu?taga
2 - rasm. nisbatan impuls momenti Li - deb, moddiy nuqtaning 0 nuqtadan o'tgan ri - radius vektori bilan shu moddiy nuqtaning Pi = mi Vi - impulsining vektor ko'paytmasiga aytiladi (3-rasm):

Li = [ri mi Vi]=[ri Рi] (16)


M os holda, qo’zg’almas 0 nuqtaga nisbatan mexanik sistemaning impuls momenti deb, sistemaning barcha moddiy nuqtalarining shu nu?taga nisbatan impulc momentlarining geometrik yigindisiga teng bo'lgan vektorga aytiladi:


(17)
3 - rasm.

( 17) ifodani t vaqt bo'yicha differensiyalaymiz:




,
chunki, .
(2.13) va (2.14) ifodalardan
(18)
bo'lishi kelib chiqadi.
3. Mexanik sistemaga ta'sir etuvchi hamma tashqi kuchlarning O nuqtaga nisbatan momentlarning geometrik yigindisiga teng bulgan vektor O nuqtaga nisbatan tashqi kuchlarning bosh momenti deyiladi.
(19)
(18) tenglamaning o'ng tomonidagi 0 nuqtaga nisbatan barcha ichki kuchlarning yig’indisini ko'rsatuvchi ikkinchi summa nolga teng ekanini ko’rsatamiz. Bu summada Fir va Fri kuchlarning juft momentlari ishtirok etadi: Мik =[ri Fik] va Мki =[rk Fki].Nyutonning uchinchi qonunidan

Мik + Мki =[ri Fik] - [rk Fki] =[ri Fik]- [rk Fik]= [(ri - rk) Fik]


bo'lishi kelib chiqadi.


3.3- rasmdan ko'rinadiki,(ri - Fr) va Fir vektorlar kollinear. Shuning uchun ularning vektor ko'paytmalari nolga teng. Demak,


, (19 )

(20)


bo'ladi.
(20) tenglama impuls momentining o'zgarish qonunini ifodalaydi:
Qo’zg’almas nuqtaga nisbatan mexanik sistemaning impuls momentidan vaqt bo’yicha olingan hosila, sistemaga ta'sir qiluvchi barcha tashqi kuchlarning o'sha nuqtaga nisbatan bosh momentiga teng.
Mexanik sistemaning o’qqa nisbatan impuls momenti deb, ko'rilayotgan o’qdan ixtiyoriy tanlangan nuqtaga nisbatan sistema impuls momenti vektorining shu o’qqa proektsiyasiga aytiladi. Mos xolda, o’qqa nisbatan kuch momenti deb, shu o’qqa ixtiyoriy tanlangan no’qtaga nisbatan kuch momenti vektorining shu o’qqa proeksiyasiga aytiladi.
O’qda nuqtani tanlash shu nuqtaga nisbatan impuls momenti va kuch momenti qiymatlariga ta'cir kiladi, lekin shu bilan bir vaqtda o’qqa nisbatan impuls va kuch momentlari qiymatiga hech qanday ta'sir qilmasligini isbot qilish mumkin.
(20) tenglamani markazi 0 nuqtada bo’lgan to'gri burchakli dekart koordinata sistemasi o’qlaridagi proeksiyalardan


(21)
tenglamalarga ega bo'lamiz.
(21) Tenglamalardan ko'rsatadiki, qo’zg’almas o’qqa nisbatan mexanik sistemaning impuls momentidan vaqt bo'yicha olingan hosila sistemaga ta'sir qiluvchi barcha tashqi kuchlarning shu o’qqanisbatan bosh momentiga teng.
5. (20) tenglama qo’zg’almas 0 nuqtaga nisbatan L impuls va Mtash tashqi kuch momenti uchun o'rinli. Endi, L bilan A nuqtaga nisbatan erkin holda xarakatlanayotgan mexanik sistemaning LA impuls momenti orasida qanday bog’lanish borliini tushuntiramiz. LA ni hisoblashda biz sistema moddiy nuqtalarining koordinata boshi 0 nuqtada bo'lgan qo’zg’almas inersial sanoq sistemasiga nisbatan harakatiga mos keluvchi Ri impulslari qiymatlarini qo'yamiz (ya'ni, L ni hisoblashda qanday bo'lsa, o'shandek). Bunda rA- A nuqtaning K sanoq sistemasidagi radius-vektori bo'lsin. U holda A nuqtadan sistemaning birinchi nuqtasiga o'tkazilgan radius-vektori r¢i = ri - rA bo'ladi. Shuning uchun
,
yoki
LА = L - [rA Р] (22)
bo'lishi kelib chiqadi. Bu yerda P - sistemaning K sanoq sistemasiga nisbatan impulsi. Bu munosabatni differensiallab

ifodani olamiz.
(2.20) ga binoan, bo'lgani uchun yuqoridagi ifoda quyidagi ko'rinishni oladi:
. (23)
A nuqtaga nisbatan tashqi kuchlarning momenti
,
ya'ni,
. (23 )
(20), (23) va (23 ) lardan
(24)
kelib chiqadi.
Xususan, agar A nuqtasifatida sistemaning massa markazi olinsa, VA=Vc bo’lib, [Vc Р]=0 bo'ladi. Shuning uchun
(25)
bo'lishi kelib chiqadi.
Mexanik sistemaning massa markaziga nisbatan impuls momentidan vaqt bo'yicha olingan xosila, sistemaga ta'sir etuvchi barcha tashqi kuchlarning o'sha nuqtaganisbatan bosh momentiga teng.
Ko'rsatish mumkinki, ni hisoblashda teng huquqli ravishda sistema barcha nuqtalarining K qo’zg’almas sanoq sistemasidagi yoki unga nisbatan massa markazi tezligi bilan ilgarilanma harakatlanayotgan sanoq sistemasidagi harakatlarining impulslarini olish mumkin. Haqiqatdan ham 2,6 da kiritilgan va belgilardan foydalanib,

formulani olamiz, chunki .
3. Qo’zg’almas o’q atrofida aylanuvchi qattiqjism dinamikasi.

1. Dekart koordinata sistemaning shunday joylashtiramizki, OZ o’q jismning aylanish o’qi bilan mos tushsin, uning k orti esa jismning burchakli tezligi bilan bir xil yo'nalsin (4-rasm). Bunda = wzk, bu yerda wz=w >0.


qo’zg’almas OZ o’q atrofida aylanuvchi jism dinamikasi tenglamasi
(26)
ko'rinishga ega bo'ladi.
Aylanuvchi jismning o’qqa nisbatan impuls momenti bilan burchakli tezlik orasidagi bog’lanishni topamiz. 4-rasmdan ko'rinadiki, jism tarkibiga kiruvchi mi massali moddiy nuqtaning
radius-vektori bo'ladi, bunda Oi -tekshirilayotgan moddiy nuqtaharakatlanayotgan i radiusli aylananing markazi. Koordinata boshi 0 ga nisbatan jismning impuls momenti

vektor OZ o’qqa tik, vektor esa OZ o’q bo'ylab yo'nalgan. Shunday qilib,

rasm. (27)


2. Mexanik sistemani tashkil qiluvchi hamma moddiy nuqta mi massalarining aylana o’qidan ulargacha bo'lgan ri masofaning kvadratiga ko'paytmasining yig’indisiga teng bo'lgan J kattalik sistemaning shu o’qqanisbatan inersiya momenti deyiladi:
(28)
Shunday qilib, jismning OZ o’qqa nisbatan impuls momenti
(27¢ )
bo'ladi. Bu yerda J jismning OZ aylanish o’qiga nisbatan impuls momenti. (27 ) ni hisobga olib, (26) ni quyidagi shaklda qayta yozishimiz mumkin:
(29)
Agar jism aylanish jarayonida deformatsiyalanmasa, uning inersiya momenti o'zgarmaydi va (29) da uni diferensial belgisi ostidan chiqarish mumkin:

yoki
, (29¢ )
bu yyerda ez=dwz/dt - burchakli tezlanish vektorining OZ aylanish o’qiga proeksiyasi.
(29¢ ) dan ko'rinadiki, ez inersiya momenti J ga teskari proporsional. Demak, jismning aylanish o’qiga nisbatan inersiya momenti uning shu o’q atrofida aylanishidagi jism inertligining o'lchovidir.
3. Qat'iy qilib aytganda, jismni m massasi uning V hajmi bo'yicha uzluksiz taqsimlangan mexanik sistema sifatida qarash lozim, bunda jismning inersiya momenti
(30)
bo'ladi. Bu yerda D - jismning zichligi, dm=D dV - jismning aylanish o’qidan r masofada turgan dV hajm kichik elementining massasi. Jismning inersiya momenti uning materialiga, shakliga, o'lchamiga, shuningdek jismning aylanish o’qiga nisbatan joylashishiga bog’liq.
Agar Shteyner teoremasidan foydalanilsa, ixtiyoriy o’qqanisbatan jismning inertsiya momentini hisoblash osonlashadi:

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə