B. B. Nigmonov harakaòli o‘yinlar



Yüklə 0,84 Mb.
tarix28.04.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#107500
Kurs ishi NAMUNA


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA

MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI MARKAZI


P. Xo‘jayev, K.D. Rahimqulov,


B.B. Nigmonov


HARAKAÒLI O‘YINLAR


VA UNI

O‘QIÒISH MEÒODIKASI
Kasb-hunar kollejlari talabalari uchun

o‘quv qo‘llanma



Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi


Toshkent — 2010



BBK 74.202.5

X 98

Oliy va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi o‘quv metodik birlashmalar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Kengash nashrga tavsiya etgan

Òaqrizchilar:


K. Mahkamjonov – pedagogika fanlari nomzodi, professor


R. Salomov – pedagogika fanlari doktori, professor

Harakatli o‘yinlar o‘quv qo‘llanmasi jismoniy tarbiya dasturi talablariga mos ravishda kasb-hunar kollejlari uchun tayyorlangan.

Ushbu o‘quv qo‘llanmada harkatli o‘yinlarni kelib chiqishi tarixi, o‘yin-larning tavsifi, harkatli o‘yinlarni o‘rgatish metodikasi, shuningdek, har xil sport turlaridan berilgan yosh toifalariga mos ravishda qo‘llash metodikasi keng yoritildi.


Mazkur o‘quv qo‘llanma kasb-hunar kollejlari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, undan maktabgacha ta’lim, umumta’lim maktablari, akademik litsey o‘quvc-lari va jismoniy tarbiya o‘qituvchilari ham foydalanishlari mumkin.


X 4306021900 – 77 2010

360(04) – 2010


ISBN 978-9943-05-360-1


© Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2010



2


KIRISH

Bolalarni jamoatchilik, mehnatsevarlik va jamoat oldida o‘z burchini his qilish ruhida tarbiyalash hozirgi kunning eng muhim masalalaridan biri hisoblanadi. Bola maktabga qadam qo‘ygan birinchi kunidan boshlaboq, unda mehnatga nisbatan muhabbat uyg‘otish, uyushqoqlik, ishchanlik va boshlagan ishini oxiriga yetkaza bilish xususiyatini tarbiyalash kerak. Buning uchun tarbiyaning barcha vositalaridan, jumladan, bolalarning sevimli o‘yinlaridan foydalanish ayni muddaodir.

O‘yinlar hayotdagi to‘siqlarni yengish hamda har xil xislat va qobiliyatlarni ro‘yobga chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan jismoniy mashqlarning turli majmuasini o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, odatda, bolalar sevib o‘ynaydigan, ularga baxt va quvonch baxsh etadigan musobaqa elementlari ham harakatli o‘yinlarga kiradi.


Ma’lumki, kichik maktab yoshidagi bolalarning o‘yinlari taqlid qilish tabiatida bo‘ladi. Bola tevarak atrofidagi borliqni kuzatadi, undagi ba’zi narsalarni o‘yinga kiritadi va shu o‘yin vositasida o‘zini qurshab turgan olamni bilib oladi, shunday ekan, unda turmush hodisalariga nisbatan muayyan munosabat paydo bo‘ladi.


Ushbu o‘quv qo‘llanma to‘rtta bobdan iborat bo‘lib, birinchisi


– harakatli o‘yinlarning kelib chiqishi tarixi, ikkinchisi – harakatli o‘yinlar haqida asosiy tushuncha va pedagogik ahamiyati, uchinchisi


– harakatli o‘yinlarni tashkil qilish shakllari, jismoniy tarbiya darslarida harakatli o‘yinlarni o‘tkazish metodikasi, to‘rtinchisi – sinfdan va maktabdan tashqari vaqtda harakatli o‘yinlarni o‘tkazish metodikasi kiritilgan bo‘lib, o‘yinlarni o‘rgatish va o‘tkazish metodikalari har tomonlama yoritilgan.



3


Kitobda bayon etiladigan o‘yinlar, chunonchi, yurish, yugurish, sakrash, uloqtirish, tirmashib chiqish kabi mashqlar bola harakat-larini rivojlantirish va takomillashtirishda katta ahamiyatga ega bo‘-ladi. O‘quvchilarda harakatlarning takomillashishi bilan birga, jismoniy qobiliyat ham taraqqiy eta boradi, yurak va nafas olish sistemasining faoliyati yaxshilanadi.

Ushbu o‘quv qo‘llanma kelajakda jismoniy tarbiya o‘qituv-chilariga, talabalarga, tarbiyachilar va kollejlarning o‘quvchilari uchun ham foydali bo‘ladi.


4


I bob

HARAKAÒLI O‘YINLARNING KELIB


CHIQISHI ÒARIXI


Òarixiy ma’lumotlarga qaraganda ibtidoiy ovchilar hayotida ovchilik o‘yinlari muhim o‘rin tutgan. Ba’zi manbalarda ular ovdan oldin o‘tkazilishi yozilgan bo‘lsa, boshqalarida ovdan so‘nggi o‘yinlar haqida fikrlar bayon etilgan. Agar bu ma’lumotlarni chuqurroq tahlil etadigan bo‘lsak, unda ovchilik o‘yinlari ovdan oldin ham, undan so‘ng ham o‘tkazilgan, deyish mumkin. Ovdan oldingi o‘yinlar – avvalda mashq (ovga tayyorgarlikni tekshirish, ovga ruhiy va jismoniy tayyorgarlik) vazifasini o‘tagan hamda jiddiy o‘ziga xos kichik ibtidoiy odamlar o‘ljani osongina qo‘lga tushirish, unga yaqinlashishni o‘rga-nishgan, buning uchun niqob kiyib, hayvon qiyofasiga kirish, uning yurish-turishlari va tovush chiqarishlarini mashq qilishgan. Aynan ana shunday o‘yinlar jarayonida yoshlarni ham ov qilishga o‘rga-tishgan. Shu boisdan ham u o‘ziga xos maktab vazifasini o‘tab, bir tomondan, ovchilar mahoratini o‘stirishga yordam bergan bo‘lsa, ikkinchi tomondan esa, ularda taqlid san’atini shakllantirgan va rivojlantirgan.


Ovdan so‘nggi o‘yinlar ov muvaffaqiyatli tugagandagina uyush-tirilgan deb tahlil qilish mumkin. Chunki o‘lja bilan qaytish, bu – ziyofat, xursandchilik qilishga, butun jamoaning bayram qilishiga imkon yaratgan.


O‘rta Osiyo hududida ibtidoiy odamlar hayotida ham ovchilik o‘yinlari bo‘lgan. Paleolit davri Boysun tog‘idagi Òeshiktosh g‘oridan bundan yuz ming burungi pespertol (o‘rta paleolit) odam suyagining topilishi, Samarqanddagi Omonqo‘ton qishlog‘idagi g‘ordan topilgan tosh qurollar, Surxondaryoning Zarko‘t kamarida alvon rangdagi suratlar, Xo‘jakent qishlog‘idagi toshlarga chizilgan kiyik hamda ho‘kiz tasviri va boshqa ko‘pgina arxeologik topilmalar va ulardagi tasviriy san’atga oid elementlar, jumladan, bolalar folklor o‘yin-larining eng sodda shoxobchalarga ega ekanligidan dalolat beribgina qolmay, balki uning tug‘ilishi bosqichlarini aniqlashga ham yordam



5


beradi. Mazkur suratlarda ibtidoiy kishilarning qadimgi ovchiligi, hayvonot olami va tabiat bilan bog‘liq marosimlari aks etib, ov vaqtida jonivorlar terisidan niqob kiyib yurishlari, bir tomondan, ov jarayonida yovvoyi hayvonlarni hurkitib yubormaslikni ko‘zlasa, ikkinchi jihatdan, ularning tushuncha va e’tiqodlarini etnografik hamda urf-odatlari, qadriyatlarini ham ifoda etadi. Farg‘onaning Saymalitosh tog‘i g‘orlariga chizilgan rasmlar (eramizdan oldingi II–I asrlar) hayvon terisini yopinib, o‘yinga tushayotgan shikor marosimlaridan dalolat beradi. Hayvonlar to‘dasiga yaqinlashish uchun ibtidoiy odam hayvon yoki qushlarga aynan taqlid qilish, buning uchun esa ularning o‘ziga xos xususiyatlarini, yurish-turishlarini, o‘t-o‘lanlar bilan oziqlanishlarini, bir-birlari bilan oli-shishlarini, hurkib qochishlarini, hatto tovushlarini ham o‘rganishga to‘g‘ri kelardi. Nihoyat, yovvoyi hayvonlarni ov qilish shart-sharoiti odamning chaqqon va abjir, jasur va toliqmas bo‘lishini, buning uchun doim tinimsiz shug‘ullana borishini talab qilardi. Bularning hammasini o‘z navbatida ibtidoiy odamda jismoniy-ritmik yoki tabiat hodisalariga taqlid qiluvchi pantomima harakat va o‘yinlar, qahramonlik raqslarining tug‘ilishiga olib kelar edi. Òog‘ qoyalari va g‘orlarda chizilgan suratlardagi o‘yin tasviri mazmun-ma’no va shakl-shamoyil jihatdan turli xarakterga ega. Ayrimlari ov va mehnat jarayonini, ba’zilari esa tabiat hodisalariga taqlid shaklida, boshqalari jangovarlikni, afsungarlikni, imo-ishora va pontomima san’atini eslatadi. Dastlabki paytlarda shovqinli betartib o‘yinlar bora-bora musiqaviy ohang pantomima hamda plastik harakatlar orqali amalga oshirila boshlangan keyingi davrlarda, bunday etnografik talqindagi o‘yinlar turli shakllarga ko‘chib «Ayiq o‘yini», «Dev o‘yini», «May-mun o‘yini», so‘ngra «Pishiq o‘yin», «Ot o‘yini», «Yumronqoziq o‘yini», «Echki o‘yini», «Bo‘ri o‘yini», «Kaltak o‘yini», «Burgut o‘yini», «It o‘yini (irillatar o‘yini)», «Quyon o‘yini», «Òulki o‘yini», «Jak-jaku o‘yini» kabi ko‘pgina o‘yinlar, pantomimalari avloddan-avlodga o‘tib kelayotgani ma’lum. Ular bevosita yoxud bilvosita bolalar folklor o‘yinlariga aloqadordir. Shu tariqa «o‘yin» so‘zi turkiy xalqlarning o‘ynamoq so‘zi bilan bog‘liq holda (uy, aql, hikmat ma’nolarini beradi). Aql fahmni, harakat va imo-ishoralar vositasida ifoda etmoqlik esa o‘yinlarning dunyoga kelishida muhimdir.
O‘zbek an’anaviy bolalar folklor o‘yinlarining mavzu qamrovi va ijro uslublari juda keng. Ijtimoiy hayot, kishilar munosabatlarining

6


biron-bir jabhasi yo‘qki, ular o‘yinlar nazariga tushmagan bo‘lsin. Xalqimizning dehqonchilik, chorvachilik, bog‘dorchilik, polizchilik madaniyati deysizmi, kasb-hunar va ilm-bilim sohasi deysizmi, falsafiy, estetik, axloqiy yoxud ta’lim-tarbiya, axloq-odob bobidagi qarashlari deysizmi – barchasi an’anaviy o‘yinlarga mavzudir. Xu-susan, o‘zbek bolalar folklor o‘yinlari boshdan-oyoq ma’naviy, ma’rifiy va axloqiy tushunchalar bilan yo‘g‘rilgan. Xalqimizning ming-ming yillarda bosib o‘tgan tarixiy yo‘lida, tajriba-sinovlardan qayta-qayta o‘tib, yaxlit va mukammal holga kelib, bizgacha yetib kelgan bolalar folklor o‘yinlarining mazmun yo‘nalishiga qarab quyidagicha turlarga bo‘lish mumkin:



  1. Mavsumiy bolalar folklor o‘yinlari: ilk bahor, yoz, qish mavsumlarida o‘ynaladigan folklor o‘yinlar.




  1. Marosim bolalar folklor o‘yinlari: rasm-rusumlar, odatlar, marosimlar, an’anaviy bayramlarda o‘ynaladigan o‘yinlar.




  1. Mehnat bilan bog‘liq bolalar folklor o‘yinlari: «Yerni tobiga keltirish, haydash», «Ekin ekish», «Qovun-qovun», «O‘rik qoqish», «Qovun sayli», «Yanchiq», «Xo‘sh-xo‘sh», «Churey-churey», «Sigir sog‘di», «Òuya qaytarish», «Ot sug‘orish» va boshqalar.




  1. Oilaviy-maishiy bolalar folklor o‘yinlari: «Mehmon-mehmon», «Kelin tushirish», «Kelin-kuyov», «Ona bola», «Ovqat pishirish», «Uy jihozlash», «qo‘g‘irchoq o‘yini», «Non yopish», «Er-xotin», «Alla-alla», «Beshik bezash», «Beshikka belash» va boshqalar.




  1. Jismoniy harakatli bolalar folklor o‘yinlari: «Quvlashmachoq», «Kes-kes», «Ko‘rpa yopildi», «Ziyrak», «G‘oz-g‘oz», «Koptokni quvib yet», «Oq suyak», «Òo‘p-tosh», «Sinish», «Chiqildo», «Chopish», «Zuv-zuv», «Oq terakmi-ko‘k terak», «Eshak mindi», «Lanka», «Ot o‘yini», «Qiz quvdi» va boshqalar.




  1. Mantiqiy bolalar folklor o‘yinlari: tez aytishlar, topishmoqni topish o‘yinlari, aytishuvlar, savol-javoblar, o‘ylab top, xotirani tiklash o‘yinlari, chamalashlar va boshqalar.




  1. Hayvonlar va tabiat hodisalari bilan bog‘liq bolalar folklor o‘yinlari.




  1. Ermak bolalar folklor o‘yinlari.




  1. Musiqa o‘yinlari.

Xalq o‘yinlari, jumladan, bolalar folklor o‘yinlari, eng qadim zamonlardan boshlab xalq hayoti tarzini, ma’naviy-ma’rifiy, jismoniy tayyorgarligini, estetik dunyoqarashini mujassamlashtirgan holda shu



7


kungacha rivojlanib, mazmun-maqsadiga ko‘ra teranlashib bizga yetib kelgandir. Boshqa san’at turlaridan farqli o‘laroq, o‘yinlarda xalq ruhiyati, psixologiyasi, koloriti va yosh avlod tarbiyasiga bo‘lgan munosabatida yorqin aks etadi.

Òarixiy manbalarga qaraganda, kechki paleolit davrida (taxminan miloddan 40–41 ming yil ilgari) yer yuzining shimolida Òotemga oid «Ayiq bayramlari» bo‘lgan. Òotem – ayiqqa bag‘ishlangan afsona-lardan bu bayram haqida ba’zi ma’lumotlarni topish mumkin (ular-ning birida ayiq odamlarni ofatdan saqlab qoladi, buning evaziga qabilaning eng go‘zal qizini ayiqqa turmushga berishadi. Ular o‘rta-sidagi to‘y tasviridagi «Ayiq bayrami»ga oid ba’zi elementlarini aniq-lash mumkin). Shuni eslab o‘tish kerakki, «Ayiq bayramlarining variantlari va elementlari Sibir xalqlarining ba’zilarida XX asrning boshlarida ham saqlangan va bunday bayramlarda ayiq obrazidagi kishi bosh qahramon bo‘lib, u ayiq xarakterini qilib, raqsga tushib yurgan. O‘rta Osiyoda esa «Ayiq o‘yini» (pantomimik raqs sifatida) keyingi vaqtlarda yetib kelgan. Hatto hozirgi kunda ham O‘zbekiston Respublikasi hududida va shuningdek, Òurkiya, Hindiston va Kavkaz kabi joylarning ko‘chalarida ayiq o‘ynatib yurgan odamni, ya’ni ayiqchini ko‘rish mumkin. Ular odamlar gavjum joylarda kichik to-mosha ko‘rsatib yurishadi. Balki bu qadimgi ayiq o‘yinidan bizgacha yetib kelgan elementlarning bir ko‘rinishi bo‘lishi ham mumkin.


Mehnat taqsimotining vujudga kelishi munosabati bilan qadimgi odamlarning chorvachilik va dehqonchilikka o‘tishi (bu jarayon o‘rta Osiyoda miloddan oldingi III ming yillik oxiri II ming yillik boshlariga to‘g‘ri keladi) ana shu yangi sohaga oid odat, marosim va o‘yinlarni vujudga keltira boshladi.


Ma’lumki, dehqonlarning hayotida eng quvonchli voqea bu hosilni yig‘ish va yangi noz-ne’matlarni totib ko‘rish jarayoni bo‘lgan. Yil bo‘yi kutilgan bunday jarayon, dehqonlarda bayram kayfiyatini vujudga keltirgan. Bunday ko‘tarinki kayfiyatni harakatlarda aks ettirish maqsadida kishilar o‘yinlar va marosimlarni tashkil qilishgan, «Mehnat o‘yinlari» yaxshi kayfiyat bilan keng ma’noda aytilganda bayram ruhiyatini vujudga keltirgan. Bronza davrlaridan boshlab o‘troq dehqonchilikning vujudga kelishi va uning tez rivojlanishi natijasida bahorda mehnat mavsumiga kirishish, kuzda hosilning yig‘ib olish yakuniga bag‘ishlangan bayramlar va o‘yinlar shu tariqa yuzaga kelib, ular yillar o‘tishi bilan an’anaga aylana boshlagan.



8


Demak, insonning «birinchi kasbi» – ovchilik asosida – «Ovchilik o‘yinlari» vujudga kelgan bo‘lsa, uning dehqonchilikka o‘tishi va u bilan shug‘ullanishi natijasida «Mehnat o‘yinlari» shakllanib, yangi mehnat o‘yinlari va bayramlari uchun zamin yaratgan.

Abu Rayhon Beruniyning «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgor-liklar» asari muhim rol o‘ynaydi. Ayniqsa Navro‘z bayrami kunlarida har xil musobaqalar va o‘yinlar «Ko‘pkari», «Kurash», «Ekin ekish», «Xo‘rozlar jangi», poyga bayramning ko‘rki sanalgan. Shu bilan birga bedana, xo‘roz, qo‘chqor urishtirish o‘yinlari ham o‘tkazilgan.


Shuning uchun xalq o‘yinlarining dastlabki namunalari insoniyat ongi va tafakkuri bilan bog‘liqdir. Uning paydo bo‘lishida o‘sha davr shart-sharoitlari, odamlarning ov va turmush tajribalari, dunyo-qarashi, urf-odat va marosimlari asosiy rol o‘ynagan. Avvalo oddiy og‘zaki bayonning dastlabki namunalari paydo bo‘lgan. Ular nihoyat-da sodda bo‘lib, turli xildagi undov xitoblar va voqealarning bayoni-dan iborat bo‘lgan. Ov jarayoni hamda tafakkurning rivojlanishi voqea va hodisalar talqinida oddiy bayondan obrazli tasvirlashga olib keldi.


Eng qadimgi xalq o‘yinlari namunalari yozuv yuzaga kelmasdan ancha ilgari paydo bo‘lgan. Ilk xalq o‘yinlari asl holda, to‘laligicha bizga yetib kelmagan. U otadan-bolaga, avloddan-avlodga o‘tib, har bir o‘yin turli xil ijtimoiy-iqtisodiy bosqichlarni bosib o‘tganligi sa-babli uning shakli va mazmunida yangi-yangi variantlari yuzaga kelgan.


Xalq o‘yinlarining eng qadimgi namunalari ba’zi tarixiy yod-gorliklar, ilmiy asar va yodnomalar orqaligina bizgacha yetib kelgan. Eng qadimgi o‘yinlar jangnomalar, miflar, afsona va rivoyatlar, qahramonlik eposlari, sanoqlar va raqslardan tashkil topgan.


Jahonga mashhur bo‘lgan olim, tibbiyot ilmining buyuk no-moyandalaridan biri Abu Ali ibn Sino tibbiyotda jismoniy mashq-larning roli katta ekanligini ilmiy asoslab, o‘sha vaqtlardayoq xalq milliy o‘yinlari va milliy kurash haqida qimmatli fikrlarni yozib qol-dirgan. Masalan, u quyidagi o‘yinlarni: «Yoydan o‘q otish», «Kichik qurollar bilan chovgon o‘yinlari», «Bir oyoqda sakrash», «Yuqori-dagi bir narsaga irg‘ib osilish», «Nayza otish», «Òosh ko‘tarish» va shunga o‘xshash o‘yinlarni yozib qoldirgan. Unga tevarak-atrofidagi shaxslar sen bilimdon va aqlli, o‘zing bolalarga har xil fanlardan bilim berasan-u, yana ular bilan o‘ynaysan, deganlar, Ibn Sino bunday tanqidiy mulohazaga: «Inson hayotining har bir davri o‘zining go‘zal-ligiga ega. Bolalikning xususiyati esa o‘yin», deb javob bergan edi.



9


XI asrda yashab, ijod etgan Mahmud Koshg‘ariy «Devonu lug‘otit – turk», ya’ni turkiy so‘zlar devonini tuzib chiqdi, unda xalq o‘yinlarining 150 ga yaqin turlari tilga olinadi va shundan 20 ga yaqin o‘yinlarga ta’rif beriladi. Olim o‘yin turlari, o‘yinlarning bola va kattalarning yosh xususiyatlariga nisbatan taqsimoti, mashg‘u-lot, musobaqa turlarini bayon qiladi. Mahmud Koshg‘ariy bayonida o‘yinlar nafaqat jismoniy, balki aqliy mashg‘ulotlarga ham bo‘linadiki, ular diqqat bilan o‘rganilishga loyiq.

Hozirda biz «Sport musobaqalari» – deb qo‘llab yurgan ibora, Mahmud Koshg‘ariy devonida «bahs» atamasi bilan berilgan. Bunday «bahslar»ning turlari ko‘p bo‘lgan. Masalan, merganlikda bahs qil-moq, o‘q-yoy otib, qush va hayvonlarni ovlamoq, shuningdek, arqon taxtali sopqonlarda tosh otmoq bahsi. Buni «Oltin qovoq» o‘yini deb ataganlar. Devonda bunday bahslarning qoida va shartlari, xillari, g‘oliblarga beriladigan sovrinlar, asbob-anjomlarning nomlari bayon etilgan. Ko‘rish bahsi ham turlicha bo‘lgan, chunonchi, bog‘dodi, chalish, yeng silkish, bo‘yin qaytarish, baliq ovi, ovchilik bahslari shular jumlasidandir.


Harakatli o‘yin haqida asosiy tushuncha


O‘yin – tarixiy tashkil topgan ijtimoiy voqea, mustaqil faoliyat turi, insonga xosdir. O‘yin faoliyati juda ham turli-tumandir: o‘yinchoqlar bilan o‘ynaladigan bolalar o‘yinlari, stol o‘yini, doira bo‘lib o‘ynaladigan o‘yin, harakatli o‘yinlar, sport o‘yinlari.


O‘yin o‘z-o‘zini bilish vositasi, o‘yin-kulgi, dam olish, jismoniy va umumiy ijtimoiy tarbiya vositasi, sport vositasi bo‘lishi mumkin.


O‘yin madaniyati elementi sifatida jamiyatning barcha madaniyati turlariva kishilarning har xil ehtiyojlari bilan rivojlanadi: o‘yin-kulgi, dam olishda, ma’naviy, aqliy va jismoniy kuchni rivojlanishida katta o‘rin egallaydi.


O‘yin faoliyati – nafaqat madaniyatning bir elementi, balki bolalar va o‘smirlarni tarbiyalashda ham foydali vosita hisoblanadi.





  • har doim maqsadga yo‘naltirilgan va turli-tuman maqsadli yo‘l-yo‘riq hamda asoslangan harakat bilan o‘ziga xos xususiyatni ko‘r-satib turadi. O‘yin faoliyati ayniqsa bolalik davrida ko‘proq meh-nat bilan umumiylikka ega bo‘ladi. Biroq o‘yin jarayonida hayotiy ehtiyojlarni qondirish uchun kishi moddiy boylikni yarata olmaydi.

10


O‘yin – juda ham quvnoq jo‘shqin faoliyatdir, shuning uchun u yoshlar va bolalar bilan tarbiyaviy ish olib borishda katta boylik kasb etadi. O‘yinning turli-tumanligi katta-kichiklar orasida, ayniqsa o‘smirlar va bolalar o‘rtasida eng keng tarqalgani bu harakatli o‘yin-lardir. Ular esa ushbu o‘quv qo‘llanma fanining asosi hisoblanadi.

Harakatli o‘yinlarning o‘ziga xos xususiyati uning mazmuni harakatning rolini yorqin ifoda qilish hisoblanadi (yugurish, sakrashlar, uloqtirish, otish, to‘pni uzatish va ilib olish, qarshilik ko‘rsatish va boshqalar). Bu o‘yinlar harakatlanish va uning mazmunini (mavzu, g‘oyasi) asoslab beradi. U o‘yinda qo‘yilgan maqsadga erishish yo‘lida, turli-tuman qiyinchiliklarni, to‘siqlarni yengib o‘tishiga yo‘naltiriladi.


Harakatli o‘yinlarning orasida haqiqatan ham (elementar) hara-katli o‘yinlar va sport o‘yinlari bilan farq qiladi. Haqiqatan ham harakatli o‘yinlar o‘ynovchilarning o‘zlarini ixtiyoriy ravishda o‘r-natilgan, maqsadga shartli ravishda erishishga yo‘naltirilgan, o‘zida ongli ravishda tashabbuskorlik faoliyatini mujassamlashtirgan bo‘ladi. O‘ynovchilarning maqsadga erishishida faol harakatlantiruvchi hara-kat talab qiladi, uni bajarishi o‘ynovchilarni o‘zlarining ijod qilishiga va tashabbuskorligiga bog‘liqdir (nishonga tezda yugurib borish, nishonga tez otish, «raqibi»ga tez va epchillik bilan yetib olish yoki undan o‘zib ketish va hokazo).


Harakatli o‘yinlar qoidalar bilan belgilanadi. Sport o‘yinlaridan farqli o‘laroq, harakatli o‘yinlar qoidalariga shart-sharoitdan kelib chiqib kelishilgan holda o‘zgartirish kiritish mumkin. O‘yin qoidasi maqsadga erishish yo‘lida o‘yindagi qiyinchiliklarni va to‘siqlarning xarakterini aniqlaydi.


Haqiqatan ham harakatli o‘yinlar o‘yin qatnashchilaridan maxsus tayyorgarlikni talab qilmaydi. Shuning uchun o‘yin qoidasi o‘yin qatnashchilari va rahbarlarning (o‘qituvchilar) o‘zlari o‘tkazilayotgan o‘yinning sharoitiga qarab uni o‘zgartirib boradilar. Chunki unda o‘ynovchilarning aniq belgilangan soni, maydonning katta- kichikligi belgilanmagan bo‘ladi, shuningdek, asbob-anjomlar ham o‘zgartirib turiladi (bulava yoki kegli, voleybol yoki oddiy to‘p, kichik koptoklar yoki qum solingan xaltachalar, gimnastika yoki oddiy tayoqchalar va hokazo).


Sport o‘yinlari – bu harakatli o‘yinlarning eng yuqori bosqichi-dir. Bunda o‘yin qoidasi qat’iy belgilangan bo‘lib, ularda maxsus maydon va jihozlar talab qilinadi. Sport o‘yinining o‘ziga xosligi



11


o‘yin jarayonida ma’lum taktikada o‘zini tutishi va murakkab harakat texnikasi hisoblanadi. Bu esa o‘yin qatnachilaridan maxsus tayyor-garlik va mashqni talab qiladi. Har bir sport o‘yini belgilangan o‘yinchilarning soniga, maydon o‘lchamlari va asbob anjomlariga ega bo‘ladi.

Ayrim sport o‘yinlarida ba’zi o‘yinchilarda mutaxassisligi bo‘lishi zarurdir (hujumga, himoyaga, darvozabon va b.q). Sport o‘yinlarining u yoki bu o‘yinida qat’iy qoidaga mos ravishda maxsus hakamlik qilishni talab qladi. Ayrim sport o‘yinlarida o‘yin qatnashchilarining tarkibiga qarab bir necha marta (o‘quvchilar yoki kattalar, erkaklar yoki o‘smir qizlar) o‘zgartirilishi mumkin.


Sport o‘yinlari sport turi hisoblanadi. Bular bo‘yicha har xil darajadagi musobaqalar o‘tkaziladi. Natijada sport o‘yinlari bo‘yicha o‘tkaziladigan musobaqalarda eng yaxshi o‘yinchilarga sport razryad-lari va unvonlar beriladi.


Ayrim harakatli o‘yinlar (masalan, «lapta», «voleybol» va hokazo) mashg‘ulotning maqsadi, ko‘rsatmasi va uni tashkil qilish usullariga bog‘liq holda, ayrim holatlarda haqiqatan ham o‘zining xarakteriga qarab harakatli (elementlari) o‘yin deb yuritiladi, boshqalari esa sport o‘yinlari sifatida o‘tkaziladi. Masalan, o‘yin qatnashchilari tasodifan yig‘ilib qolganda (dam olish o‘yinlarida, sayllarda) ular haqiqatan ham harakatli o‘yin xarakteriga ega bo‘ladi.


Harakatli o‘yinlardan yoshlar va bolalarning umumiy jismoniy tayyorgarlik vositasi sifatida foydalaniladi, shuningdek, sport o‘yinla-riga va boshqa sport turlariga hamda «Alpomish» va «Barchinoy» test me’yorlarini topshirishga tayyorlash vositasi bo‘lib ham hisoblanadi. Harakatli o‘yinlar o‘ziga xos bo‘lishi mumkin (yakka tartibda),





  • hammadan ko‘proq tez-tez bolalarning o‘zlari tomonidan (to‘p o‘yini, arg‘amchi bilan chambarakni aylantirish va boshqalar) tashkil etiladi. Ulardan tarbiyachi-pedagog va yetakchilar tomonidan bolalarning faol dam olishini tashkil qilish maqsadida foydalanish mumkin (tanaffusda, kuni uzaytirilgan guruhda va boshqa holatlarda).

Jamoa bo‘lib o‘ynaladigan (guruh) harakatli o‘yinlar alohida pedagogik ahamiyatga ega bo‘ladi, chunki ularda o‘ynovchi guruhlar, sinflar, zvenolar, bo‘limlar va sport seksiyasida shug‘ullanuvchilar qatnashadilar. Jamoa bo‘lib o‘ynaladigan harakatli o‘yinlarda har doim musobaqalashish elementi o‘ziga xos bo‘lib (har bir kishi o‘zi uchun yoki har bir kishi o‘z jamoasi uchun), shuningdek, belgilangan



12


maqsadga erishishida, qiziqishni uyg‘otishda bir-biriga yordam berish va o‘zaro yordamdan iborat bo‘ladi. Jamoa o‘yinlarining o‘ziga xosligi shundan iboratki, o‘yinda hamma – vaqt holatni o‘zgarib turishi, o‘yinchilardan tezlik reaksiyasi talab qilinadigan bo‘ladi. Shuning uchun o‘yin jarayonida o‘zaro munosabat har doim o‘zgarib turadi: har bir kishi o‘zi uchun yoki o‘zining jamoasi uchun «raqib-lari»ga nisbatan eng qulay holatni yaratishga intiladi.

Harakatli o‘yinlar bo‘yicha musobaqalar o‘tkaziladi. Ular alohida o‘yinlar bo‘yicha o‘tkazilishi mumkin, o‘yinga qo‘yilgan vazifa taxminan bir xil sinflar bir xil yoshdagi o‘quvchilarning jismoniy imkoniyatlariga mos kelishi kerak. Biroq harakatli o‘yinlar majmuasi bo‘yicha musobaqa o‘tkazishning pedagogik ahamiyati shundaki, bunga har xil jismoniy sifat va malakalarni tarbiyalashga yordam beradigan turli-tuman o‘yinlar kiritiladi. Harakatli o‘yin majmuasi bo‘yicha o‘tkaziladigan musobaqada har xil yoshdagi bolalar, o‘smir-lar, yoshlar va kattalar qatnashishlari mumkin, biroq o‘yindagi vazifa har xil bo‘lishi mumkin.


Harakatli o‘yin bo‘yicha o‘tkaziladigan musobaqadagi bu juz’iy o‘zgarish sport o‘yinlari bo‘yicha o‘tkaziladigan musobaqalarga nis-batan bir oz farq qiladi, chunki sport o‘yinlari qat’iy belgilangan sharoitda va qoida bo‘yicha o‘tkazilishi talab qilinadi.


Har bir harakatli o‘yin o‘zining mazmuni shakli (tuzilishi) va metodik xususiyatiga egadir. Harakatli o‘yinlarning mazmuni quyida-gilardan iborat: mavzu yoki mazmun (ifodali yoki shartli o‘ylab qo‘yilgan ish, o‘yin rejasi) maqsadga erishish uchun o‘yinga kiradigan harakat va qoidalar.


Harakatli o‘yinlarning shakli qo‘yilgan maqsadga erishish usul-larini keng tanlash imkoniyatiga ega bo‘lishi, o‘yin qatnashchilarining harakatini tashkil qilishdan iborat. O‘yin qatnashchilari bir xil o‘yinlar-da o‘zining shaxsiy qiziqishlariga erishish uchun yakka yoki guruh bo‘lib harakat qiladilar, boshqalarida esa o‘zlarining jamoalari qizi-qishlarini himoya qiladilar. Shuningdek, o‘yin uchun o‘ynovchilar har xil tuzilishda yoki shaklda (sochilib yoki tarqalib, doirada, safda, qatorda) turadilar.


O‘yin shakli mazmuni bilan bog‘liq ravishda kelib chiqadi. O‘yinning metodik jihatdan o‘ziga xos xususiyati uning maz-


muni va shakliga bog‘liqdir. Harakatli o‘yinlar metodik jihatdan o‘ziga xos bo‘ladi:



13


  1. jonliligi;




  1. chegaralangan qoida bo‘yicha maqsadga erishishda mustaqil harakat qilish;




  1. qoidaga mos ravishda ijodiy tashabbuskorlik bilan harakat

qilish;




  1. o‘yindagi alohida rollarni bajarish, uning mazmunia muvofiq-ligi, o‘yin qatnashchilarini jamoadagi ma’lum darajadagi o‘zaro munosabati o‘rnatiladi;




  1. to‘satdan o‘yinda o‘zgarib qolish holati, bu esa o‘yinchi-lardan tashabbuskorlikni, tez reaksiyani talab qiladi;




  1. o‘yindagi musobaqa elementlari o‘yinda jo‘shqinlikni (emotsio-nallik) oshiradi va kuchni to‘liq sarf qilishni talab qiladi;




  1. o‘yinda kelib chiqadigan «kelishmovchiliklar»ni hal etishda qarama-qarshi tomonlarning manfaatlarini bir-biriga zid qo‘ymoq esa yuqori darajadagi jo‘shqinlik tonusini yaratadi.

Harakatli o‘yinlar nafaqat vosita, balki bolani jismoniy tarbiya metodi bo‘lib ham hisoblanadi. Òarbiyada o‘yin metodining tushun-chasi o‘yin metodikasining o‘ziga xos xususiyatini inkor qiladi, ya’ni bu boshqa tarbiya jihozlaridan uning metodi munosabatda bo‘lishida farqlanadi (musobaqa elementi, syujetning mavjudligi, maqsadga erishishning turli-tuman usullari, nisbatan mustaqil harakati).


O‘yin metodi ayniqsa murakkablashgan va o‘zgartirilgan sharoitda harakatni kompleks takomillashtirish uchun foydalaniladi.


Harakatli o‘yinlar jismoniy tarbiya va o‘yin metodi vositasi sifatida jismoniy sifatlarni takomillashtirishga hamda tarbiyalashga yordam beradi. Bundan tashqari, harakatli o‘yinlarda gimnastika, yengil atletika, chang‘i va boshqa sport turlari mashg‘ulotlarida alohida malaka, ko‘nikma hamda tabiiy harakatlarni mustahkamlaydi va takomillashtiradi.


Pedagogika amaliyotida harakatli o‘yinlarning ikkita asosiy turidan foydalaniladi:


1. Erkin, ijodiy yoki erkin o‘yinlar, bunda o‘yin qatnashchilari-ning o‘zlari o‘yin rejasini belgilashadi va belgilangan maqsadni o‘zlari amalga oshirishadi. Bu bolalarda go‘daklik, maktabgacha yoshda va kichik maktab yoshida ular hammadan ko‘ra tez-tez mazmunli bo‘ladi, chunki o‘yinning mazmuniga qarab rol taqsimlanadi, shu-ning uchun ularni psixologiyada g‘o‘la shaklida o‘ralgan, deb ataladi. Ular alohida yoki bir kishilik va guruh shaklida bo‘lishi mumkin.



14


  1. Belgilangan qoidaga asosan tashkil qilingan harakatli o‘yinlar unga katta yoshdagi bolalar-yetakchilarning o‘zlari rahbarlik qilishlari talab qilinadi.

O‘yin mazmuni va murakkabligi bo‘yicha juda ham turli tumandir:





  1. Oddiy jamoasiz harakatli o‘yinlar, bunda har bir o‘yin qat-nashchisi, o‘yin qoidalariga rioya qilgan holda, bitta o‘zi uchun kurashadi. O‘quvchilardagi barcha o‘yin faoliyati shaxsiy tako-millashtirishga, boshqalar ustidan epchillik, aniq nishonga tekkizishda, kuchda, tezkorlikda va boshqa sifatlar bo‘yicha shaxsan ustunlikka erishishga yo‘naltirilgan. Bu o‘yinlarda eng asosiy ahamiyat shaxsiy tashabbuskorlikni va harakat imkoniyatini, o‘zining shaxsiy sifatlari-dan foydalanishini bilish maqsadga muvofiqdir.




  1. Ko‘proq murakkab, jamoali o‘yinlarga o‘tishga oid harakatli o‘yinlar, bunda o‘ynovchilar birinchi navbatda o‘zlarining qiziqish-larini himoya qilishga, ayrim paytlarda shaxsiy imkoniyatlarini, o‘rtoqlariga yordam berish, ularni qutqarib qolish bo‘yicha ularni o‘yinda hujumchilardan qutqarib qolishga yordam beradilar («Pet-nachi, qo‘lingni ber», «Yugurib o‘tish»). Ba’zi vaqtlarda o‘yinchilar maqsadlariga erishish uchun boshqa o‘yinchilar bilan vaqtincha ham-korlikda ishlashga kirishishlari mumkin. Ayrim o‘yinlarda bunday hamkorlik qilish qoida bo‘yicha nazarda tutilgan («Oq ayiqlar» va «Òovonbaliq va cho‘rtanbaliq»).




  1. Jamoali harakatli o‘yinlar – bunda o‘ynovchilar alohida-alohida jamoada-jamoalarni tashkil etadilar. Ular o‘zlarining shaxsiy qiziqishlarining jamoani qiziqishiga bo‘ysinish, umumiy maqsadga erishishga yo‘naltirganligi, jamoaning birgalikdagi foliyati bilan ta’riflanadi. Har bir o‘yinchining harakatidan jamoaning barcha muvaffaqiyati har bir o‘yinchining harakatiga bog‘liq bo‘ladi. Jamoa o‘yinlarida tez-tez harakatning o‘zaro mosligi va o‘yinga umumiy rahbarlik qilish uchun o‘ynovchilar orasidan jamoaning sardorlarini ajratishga imkoniyat paydo bo‘ladi, barcha o‘yinchilarning sardorga bo‘ysinishlari majburiy hisoblanadi.

Jamoali o‘yinlardan ayrimlari yarim sport xarakteriga ega bo‘ladi: ular ko‘proq o‘yining texnikasi, harakat texnikasi bo‘yicha murakkab bo‘lib, ma’lum qoida bo‘yicha o‘tkaziladi. Ba’zi bir o‘yinlarda maxsus rollar talab qilinadi. Ayrim to‘plamlarda bunday o‘yinlar yarim sport o‘yinlari, deb ataladi («Òo‘p kapitaniga», «Lapta»).



15


Harakatli o‘yinlarni guruhlarga bo‘lish

(oddiy tasnifi)


Pedagog harakatli o‘yinlarning keng qo‘llanilishini ish sharoitini hisobga olish bilan har xil pedagogik vazifalarni hal etish uchun o‘yinni maxsus tanlab olishi talab qilinadi.Buning uchun ma’lum belgilar bo‘yicha o‘xshash bo‘lgan o‘yinning ishchi guruhi tashkil etiladi.


O‘yinlar quyidagicha taqsimlanadi:





    1. Ularni mazmuniga ko‘ra murakkablik darajasi bo‘yicha. Oddiy o‘yinlardan to murakkab o‘yinlargacha (yarim sportga).




    1. Bolalarning yoshi bo‘yicha o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish (7–9, 10–12,13–15 yoshli bolalar uchun o‘yinlar). Bu belgilar umumiy ta’lim maktablari uchun jismoniy tarbiya dasturida foydala-nilgan (1–4, 5–9-sinflar uchun).




    1. O‘yinlarda ko‘proq keladigan harakat turlari bo‘yicha (umum-rivojlantiruvchi mashq elementlari bilan o‘ynaladigan o‘yinlar, yugurish, balandlikka sakrash bilan o‘ynash, turgan joyda yugurib o‘ynash, harakatlanuvchi va harakatlanmaydigan nishonga uloqtirish bilan o‘ynash, koptokni oshirish va ilib olish bilan o‘ynash).




    1. O‘yinda ko‘proq namoyon qilinadigan jismoniy sifatlar (kuch, chidamlilik, epchillik, tezlik, egiluvchanlikni ko‘proq tarbiyalashga yordam beradigan o‘yinlar). Hammasi bo‘lib, bu sifatni tez-tez birga qo‘shib bajarilganda namoyon bo‘ladi. O‘yinni harakat turlari va jismoniy sifatlari bo‘yicha taqsimlashni asosan jismoniy tarbiya bo‘yicha mashg‘ulotlarning barcha shakllarida foydalaniladi.




    1. Alohida sport turlariga tayyorlaydigan o‘inlar u yoki bu sport turlariga zarur bo‘lgan jismoniy sifatlarni tarbiyalashda, ayrim texnika va taktika elementlarini mustahkamlash va takomillashtirishda foyda-laniladigan harakatli o‘yinlar.




    1. O‘ynovchilarni o‘zaro munosabatiga bog‘liq bo‘lgan o‘yinlar:




  1. o‘yinchilar to‘g‘ridan-to‘g‘ri «raqibi» bilan bir-biriga tegmasdan o‘ynaladigan o‘yinlar; b) «raqibi» bilan bir-biriga tegish chegaralangan o‘yinlar; d) «raqib» bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri kurashadigan o‘yinchilar, ayrim pedagoglar o‘ynovchilarni o‘zaro munosabati bo‘yicha o‘yin-larni taqsimlab, uni «oddiy»ga bo‘ladilar, bunda har bir maqsad ketidan yurib boshqalarga nisbatan munosabatsiz bo‘ladi va «mu-rakkab» o‘ynovchilarni guruhlarga, jamoalarga, bo‘limlarga bo‘linish

16


bilan o‘ynaladigan, bunda har bir o‘yinchi o‘zlarining jamoalariga e’tibor beradi.

Òurli-tuman ish holatida uni ko‘proq to‘g‘ri tanlashga yordam beradigan boshqa har xil belgilar vabo‘yicha guruhlarga ajratila-digan o‘yinlar:





  1. mashg‘ulotni tashkil qilish shakli bo‘yicha (darsda, tanaffusda, yig‘ilishlarda, bayramlarda o‘tkaziladigan o‘yinlar); b) motor zichligi xususiyati bo‘yicha (katta, o‘rtacha harakatchanlik va kam harakatli o‘yinlar); d) ish joylarini va mavsumlarni hisobga olish bilan (yozda, qishda, bino ichida, ochiq havoda) o‘ynaladigan o‘yinlar.

Har xil ish sharoitida qo‘yilgan pedagogik vazifani yechish maqsadida o‘yinlar ko‘proq batafsil taqsimlash uchun bir vaqtning o‘zida to‘liq bir qator belgilari hisobga olinadi, uning eng asosiylari: bolalarning tayyorgarligi va yoshi, o‘smirlar, o‘yinga kiruvchi, harakat turlarini ushbu o‘yinlar u yoki boshqa axloqiy-irodaviy va jismoniy sifatlarni ko‘proq namoyon qilish, o‘yinda o‘ynovchilarni o‘zaro munosabat prinsiplaridir.


Professor V.G. Yakovlev o‘yinlarning alohida guruhlarini bir-lashtirib, o‘yin qatnashchilarining o‘zaro harakati va o‘zaro muno-sabati prinsiplaridan kelib chiqib, jamoa bo‘lib o‘ynaladigan hara-katli o‘yinlarning pedagogik tasnifini taklif qildi.


Ushbu tasnif pedagogni bolalarda jamoaning qiziqishini tarbiya-lashga yo‘naltiradi.


Bunday o‘yin materiallarini taqsimlanishi metodik ketma-ketlikni yoki izchillik o‘rnatishni yengilashtiradi va o‘yinni mazmuni va shakli bo‘yicha murakkablik darajasini aniqlashga yordam beradi.


1.1. HARAKAÒLI O‘YINLARNING


PEDAGOGIK AHAMIYAÒI


Bizning mamlakatimizda o‘sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalash amaliyoti shunga guvohlik beradiki, bolalarda va o‘smirlarda yuqori axloqiy hamda jismoniy sifatlarni shakllantirishning eng muhim vositalardan biri bo‘lib hisoblanadi. Ayniqsa, maktabgacha yoshdagi va maktab yoshidagi bolalarning jismoniy tarbiyasida juda katta o‘rin egallaydi, chunki ular salomatlikni saqlash va mustahkamlashda, jismoniy rivojlanishni normal bo‘lishiga, harakat malakalarini kompleks takomillashtirishga qulaylik tug‘diradi.



2 – Xo‘jayev, P. 17



JAMOA BO‘LIB O‘YNALADIGAN HARAKAÒLI O‘YINLARNING PEDAGOGIK ÒASNIFI

Jamoaga oid harakatli o‘yinlar





Guruhlarga bo‘linmaydigan




Jamoali o‘yinlarga




Guruhlarga bo‘linish bilan







(guruhlar)










o‘tish







(jamoalar)




O‘yinboshisiz

O‘yinboshi

bilan

«Raqib» bilan bir-biriga tegib o‘yin

«Raqib» bilan

bir-biriga tegib o‘yin




qatnashchilarini kirishishmasligi

qatnashchilarini kirishishi






















18


































Jamoa

O‘yinbo-




O‘zaro yordam

O‘z

O‘zaro

O‘z

O‘zaro yordam va




harakatida

shiga




va o‘zaro

jamoasida

yordam, o‘zaro

jamoasida

o‘zaro qo‘llab-




umumiy

qarshi




qo‘llab

yakkama-

qo‘llab-

yakkama-

quvvatlashib




tartibga

yakkama-




quvatlashib

yakka

quvvatlashib,

yakka

yakkama-yakka




va o‘z o‘rni

yakka




o‘yinboshiga

olishuv

o‘z jamoasiga

olishuv

olishuvni birga




uchun

olishuv




qarshi




qarshi




qo‘shib o‘z




kurashish







kurashish




kurashish




jamoasiga kurashish




Òaqlid

qilish,

Epchillik

va

Òo‘p

tayoqcha

Kuch qarshiligi

Eshitish, kuzatuvchanlik,




ijodiy

ritmik

tezlik

bilan

boshqa

va to‘siqdan




mo‘ljal olish vazifasi bilan




harakatlarini

chopib, boshqa

buyumlar bilan

sakrab oshib




bog‘liq harakat malakalarini




bajarish bilan

joyga

o‘tib

epchil va tezlik

o‘tish

bilan




qo‘llashni talab




bog‘liq

harakat

olishga

bog‘liq




bilan

bog‘liq

harakat







qiladigan harakat










harakat

harakatlanish































1.2. HARAKAÒLI O‘YINLARNING GIGIYENIK VA


SOG‘LOMLASHÒIRISH AHAMIYAÒI


Harakatli o‘yinlarning eng asosiy mazmuni o‘ynovchilarning harakatlanishi va turli-tuman harakati hisoblanadi. Uni to‘g‘ri bosh-qarib borilganda ular organizmning boshqa sistemalari va nafas olish, mushak, yurak-qon tomirlariga samarali ta’sir ko‘rsatadi. Harakatli o‘yinlarning funksional faoliyatini oshiradi, tanadagi har xil yirik va mayda mushaklarga xilma-xil dinamik ishlarni jalb qiladi, bo‘g‘in-lardagi harakatchanlikni oshiradi.


Ayniqsa o‘yinchilarning sog‘lomlashtirish nuqtai nazaridan aha-miyati shundan iboratki, harakatli o‘yinlarni ochiq havoda barcha fasllarda o‘tkazilishi maqsadga muvofiqdir.


O‘yinda qo‘llaniladigan jismoniy mashqlar ta’siri ostida moddalar almashuvi har tomonlama faollashadi (uglevod, oqsil, yog‘ va mine-rallar). Mushak ishi ichki sekretsiya bezlarining vazifalarini kuchay-tiradi. Shug‘ullanuvchilarning jismoniy tayyorgarligi va yosh xu-susiyatlarini hisobga olish bilan faqatgina mashg‘ulot to‘g‘ri qo‘yil-gandagina ana shunday harakatli o‘yinlar yordam beradigan gigiyenik va sog‘lomlashtirish ahamiyatiga ega bo‘lish mumkin.


Shuni hisobga olish kerakki, ya’ni harakatli o‘yinlarda yuklamani aniq taqsimlash imkoniyati chegaralangan, chunki har bir o‘yin qatnashchisining tayyorgarligini oldindan bilish imkoniyati yo‘q. O‘yinda doimiy ravishda o‘zgarib turuvchi holat, yuqori jo‘shqin-likdagi o‘zaro harakatning ayrim o‘yin qatnashchilaridan mashqning mazmunini dasturga kiritilmasa yuklamaning o‘lchami hamda yo‘na-lishini aniq tartibga solishga imkon bermaydi.


Shuning uchun jismoniy yuklama optimal bo‘lishi uchun uni kuzatib borish zarur. O‘yin bilan muntazam shug‘ullanishda shiddat bilan yuklamani qo‘llashi mumkin, chunki bolalar organizmi unga sekin-asta moslashib borishi kerak.


Shug‘ullanuvchilarning asab sistemasiga o‘yin samarali ta’sir ko‘rsatib borishi kerak. Bunga optimal yuklama berish yo‘li orqali erishiladi, shuningdek, o‘yinni shunday tashkil qilinishi, o‘ynov-chilarda ijobiy ruhiy kechinmalarni keltirib chiqaradi, o‘yinni yomon tashkil qilinishi, salbiy ruhiy kechinmalariga olib keladi, asab jarayon-larining normal ishlashi buziladi, stresslar (qattiq hayajonlanish) paydo bo‘ladi, bu esa salomatlikka zarar yetkazadi.



19


Harakatli o‘yinlarning qoidasi o‘yin qatnashchilarining o‘zaro harakatini tartibga soladi va ortiqcha hayajonlanishlarini yo‘qotadi. O‘yin qoidasi bo‘yicha aniq xolisona hakamlik qilish o‘yinchilarda ijobiy ruhiy kechinmalarni keltirib chiqaradi.

Harakatli o‘yinlarni muntazam ravishda qo‘llanilishi asab ja-rayonlarida dinamik stereotipni ishlab chiqishga yordam beradi, bu esa harakatni bajarishni yengillashtiradi.


O‘yinning ayniqsa yoz va qish fasllarida ochiq havoda o‘t-kazilishi (ob-havoni hisobga olish bilan) bolalarning chiniqishlariga yordam beradi.


Hozirgi vaqtda axborot oqimini kuchayib borishi, o‘quv mash-g‘ulotlari vaqtining ortishi, harakatni namoyishi, mushakni zo‘r berishni talab qilinishi, harakatning faolligining pasayishi sababli o‘sib kelayotgan yosh avlodda gipodinamiya oshib borishi kuzatiladi.


Harakatli o‘yinni keng miqiyosda foydalanilishi gipodinamiyani pasaytirishga yordam beradi, chunki bu harakat faoliyatini yetish-masligi o‘rnini to‘ldiradi.


Harakatli o‘yinda o‘yinchilar uzoq davom etgan aqliy faoliya-tdan keyin faol dam olishlari mumkin. Uni maktabda tanaffus vaqtida, dars tugagandan keyin maydonchada sayr qilish vaqtida (kuni uzaytirilgan guruhda), maktabdan qaytib kelgandan keyin uyda va darsni tayyorlab bo‘lgandan so‘ng shunday maqsadda qo‘llaniladi.


Harakatli o‘yinlar maktabda kichik sinflarda iloji boricha dars vaqtida vaqtli jismoniy tarbiya (fizkultpauza) ko‘rinishida o‘tkazilishi kerak, chunki 7–8 yoshli bolalar 45 daqiqa davomida zo‘riqadi, ayniqsa o‘quv kunining oxirgi darslarida juda ham qiyin bo‘ladi. Parta yonida bolalar bilan qisqagina o‘ynaladigan harakatli o‘yin asab markazlarining ishini o‘zgartiradi, dam olishga imkon beradi (asab markazlarining qo‘zg‘alishini tormozlaydi) va mushak faoliyatini faollashtiradi.


Bolalarda jismoniy rivojlanish orqada qolganda harakatli o‘yin-lardan foydalanish zarur, chunki u organizmni sog‘lomlashtirishga yordam beradi, jismoniy rivojlanishning umumiy darajasini oshi-radi.


Harakatli o‘yinlar sanatoriya va statsionarlarda kasal bolalarning salomatligini tiklashda maxsus davolash maqsadida qo‘llaniladi. O‘yin jarayonida bolalarda ro‘y beradigan funksional va jo‘shqinlikni ruhiy ko‘tarilishiga yordam beradi.



20


1.3. HARAKAÒLI O‘YINLARNING

ÒA’LIMIY AHAMIYAÒI


Birinchi faoliyatda o‘yin mavjud, u shaxsni shakllantirishda kat-ta rol o‘ynaydi.


Bolalar o‘yin yordamida to‘plangan tajribalarida bilim o‘z aksini topgan bo‘lib, hayot to‘g‘risidagi voqealarni ifoda etilganligi haqi-dagi o‘zlarining tasavvurlarini mustahkamlaydi va chuqurlashtiradi. Bolalar xuddi kattalardek faoliyatlari jarayonida olamni bilib oladilar.


Mamlakatimiz pedagoglari o‘sib kelayotgan yosh avlodni hayotga tayyorlashda harakatli o‘yinlarning ta’limiy ahamiyati kattaligini qayd qiladilar, chunki bola o‘yinda rivojlanadi.


O‘yin bilan shug‘ullanish o‘yin qatnashchilarining yangidan-yangi his-tuyg‘uni tasavvur etishlarini va tushunchalarini boyitib boradi.


O‘yin yordamida pedagoglar bolani har tomonlama rivojlanishiga yordam beradi. Ular uning tasavvur etish tushunchalarini kengaytiradi, kuzatuvchanlikni, ziyraklikni, zehn o‘tkirligini, tahlil qilishni bilishni, ko‘rganlarini taqqoslashni va ommalashtirishni rivojlantiradi, shu asosda uning atrofini o‘rab turganlar orasida kuzatiladigan hodisa-lardan xulosa chiqaradilar.


Alohida sport turlari harakat tuzilishi bo‘yicha (sport o‘yinlari, yengil atletika, gimnastika, kurash, suzish va boshqalar) o‘xshash bo‘lib, o‘yin ta’limiy ahamiyatga egadir. Bunday o‘yinlar u yoki boshqa sport turlarida malakalarni hamda avvaldan o‘rganilgan texnik va taktik usullarni mustahkamlash va takomillashtirishga yo‘naltirilgan.


Harakatli o‘yinda makon (joy) va zamon munosabatlarini to‘g‘ri baholash qobiliyatini rivojlantiradi hamda o‘yinda tez-tez o‘zgarib turadigan vaziyatning yuzaga kelishi ta’siriga tez va to‘g‘ri javob beradi. Harakatli o‘yinlarda to‘g‘ri stereotip harakatni tarbiyalash juda muhimdir, chunki uni keyin to‘g‘rilash juda qiyin kechadi.


Joylarda yoz va qish sharoitlarida o‘tkaziladigan harakatli o‘yinlar: bolalar oromgohlarida, dam olish joylarida, safarda, sayrga chiqqanda katta ta’limiy ahamiyatga ega.


Joylarda o‘tkaziladigan o‘yinlar sayohatchi, razvedkachi iz-quvarlarga zarur bo‘lgan ta’lim malakalariga yordam beradi.


Katta bo‘lmagan buyumlar bilan harakatli o‘yinlarni o‘tkazish (kichik koptoklar, qopchiqlar, gimnastik tayoqcha, bayroqchalar) teri va mushak-harakat sezgirligini oshiradi, qo‘l va barmoq harakat



21


funksiyalarini takomillashtirishga yordam beradi, u ayniqsa kichik maktab yoshidagi va maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar uchun juda zarurdir.

Bizning mamlakatimizda xalq milliy o‘yinlari bilan o‘quvchilarning tanishtirib borilishi juda katta ta’limiy ahamiyatga ega. Ular bolalarni millatimiz madaniyati va ularning urf-odatlari bilan tanishtiradi.


Harakatli o‘yinlarda o‘yin qatnashchilariga alohida rollarni baja-rishga to‘g‘ri keladi (o‘yinboshi, ochkolarni hisoblaydigan hakam, hakam yordamchisi, o‘yin tashkilotchisi va boshqalar). Bu ularda tashkilotchilik bilan va malakalarni rivojlantirishga yordam beradi.


Harakatli o‘yinlar bo‘yicha o‘tkaziladigan musobaqalar o‘yin qatnashchilarini musobaqani tashkil qilish va o‘yin qoidalari bilan tanishtiradi. Bu bilim va malakalar bolalarning mustaqil ravishda musobaqani o‘tkazishlariga yordam beradi.


Agar pedagog, tarbiyachi, yetakchi bunga keraklicha diqqat-e’tiborini qaratadigan bo‘lsa, unda o‘yinning ta’limiy tomoni yetarli darajada bo‘ladi.


1.4. HARAKAÒLI O‘YINNING ÒARBIYAVIY


AHAMIYAÒI


Jismoniy sifatlarni tarbiyalashda harakatli o‘yinlarning ahamiyati juda katta: tezlik, epchillik, kuch, chidamlilik, egiluvchanlik shu bilan birga, harakatli o‘yinlarda jismoniy sifat kompleks ravishda rivojlanadi.


Ko‘pchilik harakatli o‘yinlarda o‘yin qatnashchilaridan tezlikni (tez qochib ketish, quvlab yetish, tovush, ko‘rish signaliga bir onda javob berish) talab qiladi.


O‘yinda doimiy ravishda o‘zgarib turadigan vaziyat o‘yin qatnash-chilaridan bir harakatdan boshqa harakatga tezda o‘tishni talab qiladi va epchillikni tarbiyalashga yordam beradi. Òezkor-kuch yo‘nalishdagi o‘yinlar kuchni tarbiyalaydi.


Zo‘r g‘ayrat bilan qilingan harakat, ko‘proq kuch va energiyani sarf qilish bilan bog‘liq bo‘lgan o‘yinlar chidamlilikni rivojlantiradi.


Harakat yo‘nalishini tez-tez o‘zgartirish bilan bog‘liq bo‘lgan o‘yinlar egiluvchanlikni rivojlantirishga yordam beradi.


Bolani ma’naviy tarbiyalashda harakatli o‘yinlar juda katta aha-miyatga egadir. Harakatli o‘yinlar jamoa xarakteridagi deb nomlanadi,



22


shu bilan birga bolalarni jamoa faoliyatiga o‘rgatadi. O‘yin bolalarda o‘rtoqlik hissini, bir-birini qo‘llashni va do‘stlarni bir-birlarining harakatlariga javobgarlikni rivojlantiradi. Bola jamoa o‘yinida qat-nashib, jamoa manfaatini ko‘zlab o‘zlarining qiziqishlari bilan fido qiladilar: yaxshi holatda turgan o‘rtog‘iga to‘pni in’om qilish, «asir»ga tushirgan o‘rtog‘ini qutqarishga harakat qilish va shunga o‘xshash. O‘yin asta-sekin bir-birining harakatini qo‘llashni va do‘stlik tuyg‘u-sini tarbiyalaydi. Maktabgacha tarbiya bolalaridan to kichik maktab yoshidagi bolalargacha bo‘lgan o‘yinda faqat o‘zlarining harakatlarini o‘rtoqlarining harakatlari bilan o‘zaro moslashishini talab qiladi. O‘yinda keyinchalik bir-birlarini qo‘llash, o‘rtog‘iga yordam berish namoyon bo‘ladi va nihoyat oxirida o‘z jamoalari, jamoa shakllanadi.

O‘yinda o‘ziga xos bo‘lgan harakat bitta o‘yinchi boshqasiga, bir jamoa boshqa jamoaga qarshi harakatidir. Shu bilan bog‘liq bo‘lgan o‘yinchilarning oldida, o‘z vaqtida hal etishni talab qiladigan turli-tuman vazifalar kelib chiqadi. Buning uchun qisqa vaqt ichida kelib chiqqan vaziyatni baholashda turli harakatni tanlash va uni bajarish zarur. Bu o‘yinchini o‘z-o‘zining kuchini bilishga yordam beradi.


O‘yinchilar o‘rtasidagi o‘zaro aniq munosabat musobaqalashish, kurashish, nafaqat o‘zaro hamkorlikni, psixologik o‘zaro moslash-ganligini umumiy xarakteri bilan ko‘pchilik o‘yin harakatlarini jadallik bilan bajarish xususiyati va kuchlanishni umumiy katta-kichikligi, ayrim kechinmalari o‘tkirligi bilan aniqlanadi.


O‘yin qoidalari ongli intizomni, o‘zini tuta bilishni, kuchli qo‘z-g‘alishdan keyin «o‘zini qo‘lga olishni» bilish, o‘zining birdan egallash, jo‘sh urib ketishini tarbiyalashga yordam beradi.


Harakatli o‘yinlar bolalarni san’atga va badiiylikka tarbiyalashga ham yordam beradi. Bolalarda ijodiy badiiylikni birinchi bor namoyon bo‘lishi o‘yin shaklida qabul qilinadi. Bolalar o‘yinida xususan maktabgacha va kichik maktab yoshidagi bolalarda ijodiy tasavvur etish katta o‘rin egallaydi: oddiy tayoqchani ot qilib minish, velosi-ped, miltiq va qilich bo‘lishi mumkin. G‘o‘la shaklidagi o‘yinlar va syujetli mazmuni bilan tashkil qilingan harakatli o‘yinlarni tasavvur etishni riojlantiradi.


O‘yin atrofidagi muhitning o‘yinchilarga ta’siri, bolalarning rollarni ijro etishda ijodiy tasavvurni shakllantirishga qaratilgan. Bun-day o‘yinlar jarayonida ijodiy tasavvur qilish rivojlanadi va tako-millashib boradi. Ular sezishni va idrok qilishni rivojlantirishga



23


yordam beradi, atrofni o‘rab turgan buyumlarni va uni barcha o‘zaro aloqasi paydo bo‘lishini qabul qilishni o‘rgatadi, uni o‘rab turgan atrofidagi muhitni bilish va bolalarda yangi taassurot yaratadi, kuzatuvchanlikka, shuningdek, mantiqiy fikrlashga o‘rgatadi.

Musiqa jo‘rligi bilan tashkil qilinadigan o‘yinlar bolalarning musiqaga bo‘lgan qobiliyatini rivojlantiradi. Pedagog bolalarda mu-siqa qobiliyatini tarbiyalashda o‘yin metodidan foydalanadi: musi-qa sadolari ostida harakat bilan o‘tkaziladigan o‘yinlar musiqa shakllarini va xarakterini yaxshi egallashga yordam beradi.


Xorovod va musiqaga oid o‘yinlarda bola o‘zining birinchi raqsga oid qobiliyatini namoyon qiladi.


Bola o‘yinda o‘zining barcha shaxsiy sifatlari va xususiyatlari ma’lum bo‘ladi. O‘yin jarayonida shaxsiy o‘ziga xos xususiyatlarini namoyon bo‘lishi har bir bolani yaxshi bilishga yordam beradi va bizga kerakli yo‘nalishda rivojlantirishga ta’sir ko‘rsatadi. Faqatgina bitta faoliyat, o‘yinday ravshan va o‘quvchini shaxsiy xarakter chiziq-larini har tomonlama ochib bermaydi. Bolani o‘yinga berilib yoki qiziqib ketishini o‘zining har tomonlama xarakteridan topib oladi. Sinfida bolalarga aralashmaydigan bola o‘yinda o‘zini mutlaqo bosh-qacha namoyon qiladi. Bular barchasi g‘oyat muhim bo‘lganligi uchun bolalarga to‘g‘ri shaxsiy yondashish kerak. Harakatli o‘yinlar «Alpomish» va «Barchinoy» test me’yorlarini topshirish uchun zarur bo‘lgan, u yoki bu sifat va malakalarni takomillashtirishga yordam beradi.


1.5. KICHIK MAKÒAB YOSHIDAGI BOLALAR UCHUN HARAKAÒLI O‘YINLARNING ÒASNIFI


7–10 yoshli bolalar (1–4 sinf o‘quvchilari) barcha tabiiy ha-rakatlarni (yurish, yugurish, sakrash, uloqtirish) hali mutlaqo egalla-maganlar, shuning uchun harakatli o‘yinlar tabiiy harakatlar bilan bog‘liq bo‘lib, ularda katta o‘rinni egallashi kerak.


Shuni esda saqlash kerakki, ya’ni bu yoshda bilim va malakalarni egallash ixtiyoriga nisbatan g‘ayri ixtiyoriy darajada (xususan, o‘yinda) ko‘proq samarali o‘tadi.


Bundan tashqari, bu yoshdagi bolalarning anatomo-fiziologik, psixologik xususiyatlarini hisobga olish kerak. O‘rab turgan turli-tuman muhitning, organizmga ta’sir etishiga va tez charchab qolishi



24


ularda ko‘proq ko‘ngilchanlik bilan kuzatiladi. Bu shu bilan bog‘liq bo‘ladiki, bu yoshdagi bolalarda yurak, o‘pka va tomirlar sistema-sining rivojlanishi orqada qoladi, muskullari ayniqsa qorin pressi va orqa mushaklari hali bo‘sh bo‘ladi.

Shuningdek, tayanch apparatining mustahkamligi yanada katta emas, shunday ekan, uni shikastlanish imkoniyati yuqori darajada bo‘ladi (muskullarining bo‘shlig‘i bo‘g‘inning cho‘zilishining ku-chayishi qaddi-qomatning buzilish imkoniyatini oshiradi).


Yugurish va sakrash bilan o‘tkaziladigan harakatli o‘yinlar vaqti bo‘yicha qisqa bo‘lishi kerak hamda dam olish tez-tez takrorlanishi bilan birga o‘tadi. Xuddi bu vaqtda bu yoshdagi bolalar sakrash bilan o‘ynaladigan (arg‘amchida, do‘ngdan-do‘ngga sakrash va bosh-qalar) o‘yinlarni juda yoqtiradilar.


Bu yoshdagi bolalar uchun ko‘proq qulay o‘yinlar chopib o‘tish o‘yinlari hisoblanadi, masalan, «Chaqqon bolalar», «Bo‘ri zovur-da», «Ikki sovuq», bu yerda bolalar qisqa chopib o‘tishdan keyin dam olish imkoniyatiga ega bo‘ladi yoki o‘ynovchilar harakatda navbati bilan qatnashadigan o‘yinlar, masalan, «Hamma o‘z bayroq-chasiga», «Uysiz quyon», «Bo‘sh o‘rin».


Bu yoshdagi bolalarda mushak va bo‘g‘inlarni yanada yetarli darajada o‘smaganligini hisobga olib, katta kuchli zo‘riqish bilan o‘ynaladigan o‘yinlarni bermaslik kerak.


Bolalarga bu davrda, ya’ni alohida harakatni ajratish va uning alohida parametrlarini aniq boshqarishi qiyin bo‘ladi. Bolalar tez charchaydilar, xuddi shunday harakatga tayyorgarlik tezda tiklanadi. Xususan, ularni harakatning bir xilligi charchatib qo‘yadi.


Kichik maktab yoshidagi bolalarning diqqati yetarli darajada barqaror emas. Shuning uchun bolalar o‘yinlarga e’tiborsiz bo‘ladilar, ya’ni bunday holatda ularga ko‘proq qiziqarsiz tuyiladi. Shu sababli, bu harakatli o‘yinlar ularda uzoq vaqt e’tiborni bir yerga to‘plashni talab qilmaslik kerak. Aks holda bolalar qoidaga rioya qilishni to‘xtatadilar, o‘yinning borishi yoki o‘ynalishi buziladi va ularda o‘yinga bo‘lgan qiziqish yo‘qoladi.


Kichik maktab yoshidagi bolalarda iroda va tormozlanish qo-biliyati yaxshi rivojlangan bo‘ladi. Pedagogga o‘yin uzoq tushin-tirish va qiyinchilik tug‘diradi, buning oldini olish uchun o‘yinning dastlabki holatiga bolalarni joylashtirib, o‘yin elementlarini ketma-ketlikda o‘ynatish maqsadga muvofiq bo‘ladi.



25


Shu bilan birga uni qiyin bo‘lmagan o‘yinlarini qoidalari (2–3) bilan o‘ynash foydadan holi bo‘lmaydi. O‘yin qoidasini hammasini birdaniga emas, balki uni o‘quvchilarning o‘zlashtirishiga qarab asta-sekin berish mumkin.

Kichik maktab yoshidagi bolalarda fikrlash (ayniqsa 1–2 sinf o‘quvchilarida) asosan, obrazli, predmetli bo‘lib, biroq o‘rgatishning ikkinchi yilida fikrlashni buyumlarni bilishi mumkin bo‘lgan va o‘rab olgan muhitdagi borliq hodisalari haqidagi tushunchalarga bo‘shatib berishni boshlaydi. Kuzatayotganlarni taqqoslash va baravarlash-tirishni bilish namoyon bo‘la boshlaydi. O‘yin harakatlarida ko‘proq ongni (aql) namoyon qilish uchun imkoniyatlar kelib chiqadi. Ularda o‘rtoqlarining muammolariga, qiliqlariga va harakatiga nisbatan tanqidiy munosabatlar namoyon bo‘ladi. Qobiliyatni umumiy ravish-da tanqidiy fikrlash harakatini ongli ravishda nazorat qilishni ko‘p sonli qoidalar bilan ko‘proq murakkab o‘yinlarni o‘zlashtirishga imkon beradi.


Bolalarda obrazli fikrlash bilan bog‘liq maktabda o‘qishning bi-rinchi ikki yilida mazmunli o‘yinlar katta o‘rin egallaydi, u ularni o‘ylab chiqarishga ustalik va ijodidan mamnun bo‘lishiga yordam beradi. Shuni hisobga olish kerakki, bolalar bu yoshda o‘qish va yozishni biladilar, bu ularning aqliy ong-bilim darajasini birmuncha kengaytiradi. Bunga quyidagi mazmunli o‘yinlar misol bo‘la olishi mumkin, bunga ayniqsa sinfdan tashqari o‘tkaziladigan «Boyo‘g‘li», «Bo‘ri zovurda», «Ikki sovuq», «Kosmonavtlar», «Òulki», «Chaqqon-lar» va boshqa o‘yinlar kiradi.


Bu yoshdagi bolalar uchun biror xususiyati bilan ajralib turadigan va sirli, kutilmagan elementlari bo‘lgan o‘yinlar («Ko‘z- bog‘log‘ich», «Òop, kimning ovozi bu»), bekinish va topa olish yoki aniqlash o‘yinlari («Bekinmachoq», «Qorovullar»).


O‘yinda bu davrda xulqning asosiy poydevori, jamoat tartibini saqlash qoidasini bajarishni bilishni tarbiyalaydi. Jamoa bo‘lib o‘ynaladigan o‘yinlarda ma’naviy va ma’rifiy, axloqning oddiy me’-yor hamda qoidalari haqida tasavvur qilishni tarbiyalaydi. Jamoa-larga bo‘linib o‘ynaladigan o‘yinlar paydo bo‘la boshlaydi, buni har bir o‘yin qatnashchisi o‘zlarining jamoalari obro‘si uchun kurashadilar va «asir»ga tushgan o‘rtoqlarini qutqaradilar. Jamoali o‘yinlarni o‘ynash o‘qishning birinchi yili oxiridan boshlanadi va ayniqsa 3-sinfdan boshlab keng qo‘llaniladi.



26


Musiqa va ashula xor xarakteridagi o‘yinlar maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga xos bo‘ladi. Bu o‘yinlar ayniqsa 1–2 sinf o‘quv-chilarining sinfdan tashqari vaqtlarida foydalaniladi. Ular bolalarni birgalikda kelishilgan holda harakat qilishga va ma’lum ritmda harakatni bajarishga o‘rgatadi. Bolalar, shuningdek, alohida so‘z, jumlalari ohang bilan aytiladigan so‘zli o‘yinlarni juda yaxshi ko‘radilar, masalan, «Kosmonavtlar», «Qopqon» va boshqa ashula aytish va ohang bilan aytish bilan o‘yinlar nutqni rivojlantiradi.

Nihoyat, bolalar bu yoshda shunday o‘yinlar bilan qiziqadilarki, ular o‘yinda epchillik va chaqqonlik namoyon qilishlari mumkin. Bunday o‘yinlarning mazmuni ma’lum harakatni faqatgina aniq bajarish bilan chegaralanadi va ularga quyidagilar kiradi: «Arg‘amchi ostida sakrash» aylanayotgan arg‘amchi ostida xilma-xil sakrashlar, qisqa arg‘amchilar bilan turli-tuman sakrashlar. Shu yoshdan boshlab bolalar o‘rtasida xalq o‘yinlari yaxshi ommalashib boradi.


Kichik maktab yoshidagi bolalar hayotida harakatli o‘yinlar katta o‘rin egallashi kerak, chunki bu yosh xususiyatlariga, shuningdek, ma’naviy-ma’rifiy, ahloqiy tarbiya mos keladi.


«Alpomish» va «Barchinoy» harakatli o‘yinlardan test me’yor-larini topshirishga tayyorlashda keng foydalanish mumkin.


1.6. KICHIK YOSHDAGI O‘SMIRLAR UCHUN


HARAKAÒLI O‘YINLARNING ÒASNIFI


5–6-sinf o‘quvchilari (11–12 yosh) o‘zlaridan oldingi sinflarga nisbatan ko‘proq murakkab o‘yinlar bilan shug‘ullanishga qiziqadilar. Bunday hollarda pedagog murakkab o‘yinlarni oddiyroq ko‘rinishda bolalarga o‘ynatishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.


Mushaklar asta-sekin o‘sadi va mustahkamlanadi, biroq kuch ko‘rsatkichlari ham yetarli darajada rivojlanmaganligi uchun organizm uzoq davom etadigan kuchli taranglashishlarga va bir tomonlama yuklamalarga yetarli darajada tayyor bo‘lmaydi. Nafas olish sistemasi birmuncha ko‘proq rivojlangan kichik maktab yoshidagilarga qaraganda nafas olish chuqurligi ham yetarli emas. Asab sistemasi takomillashib boradi. Miya sistemasining funksional imkoniyati o‘sib boradi.


11–12 yoshli bolalarda 7–10 yoshli bolalarning nisbatan ko‘proq sezgir va epchillikni rivojlanishiga va takomillashtirishiga qaratilgan. Ularni o‘yinda o‘zini tutish malakasi ortib boradi.



27


1–4 sinflarda o‘yin va gimnastika mashg‘ulotlarida egallagan malakalaridan keng foydalaniladi.

O‘smirlarda tormozlanish funksiyasi kichik maktab yoshidagi bolalarga nisbatan birmuncha yaxshi, iroda doirasi esa kuchli rivoj-langan bo‘ladi. O‘yin vaqti ko‘proq davom etadigan va murakkab harakatlarga boy bo‘lib, o‘smirlarda chidamlilikni tarbiyalashga yor-dam beradi.


Bolalar bu yoshda o‘yinlarga juda ham qiziqadilar va o‘yinlarda o‘zlarining harakatlarini takomillashtiradilar. Ular o‘yin jarayoniga qiziqadilar va o‘z qobiliyatlarini, ya’ni chaqqonlik, tezkorlik, mer-ganlik, kuchini va ziyrakligini namoyon etishi o‘ziga ishonchni orttiradi.


Ayrim holatda tezkorlik va kuch qobiliyatlariga ta’sir etishga ko‘proq yo‘naltirilgan o‘yinlar namoyon bo‘ladi, biroq imkon boricha zo‘r berishni talab qilmaydi, shu bilan birga bu zo‘r berish siklik yoki davriy xarakterga ega bo‘ladi («Poygachi», «Chavandoz sport-chilar», «Yashirilgan koptoklar», «Katakdagi qushlar», «Pir-r etdi», «Doiraga tushirish», «Hushyor soqchi», «Òo‘pni oshirish», «Òo‘p-larni uzatish», «Chiziqlar bo‘ylab sakrash», «Kartoshka ekish», «Ikki ayoz», «Òulki bilan na’matak» va boshqalar).


Kichik o‘smirlar obrazlardan tashqariga chiqib, ko‘proq tanqidiy va umumiy ravishda fikrlaydilar, sezgini tasavvur etish va idrok qilishni afzal ko‘rishga tayanadi.


O‘qituvchining tushintirishi va tanbeh berishlari ko‘proq qisqa va aniq, hakamlik esa ko‘proq qat’iy bo‘lishi kerak.


Bolalar bu davrda sinfdagi boshqa ishlarga faol kirishadilar. O‘smirlar o‘yinida asosiy o‘rinni jamoali o‘yinlar egallaydi, shuning uchun ham aynan shu davrda ularda jamoatchilik sezgisi rivojlanadi va namoyon bo‘ladi.


Kichik yoshdagi bolalar o‘yinni juda ham sevadilar, ularning har biri eng yaxshi harakat usullari bilan jamoasining diqqat- e’ti-borini o‘zlarigaqaratadilar («Raqam chaqirish», «Oq terakmi, ko‘k terak», «Qoravullar va izquvarlar»).


O‘yinlarning barchasi shartli bo‘lganligi uchun bolalar tushuna boshlaydilar. Faqatgina joylarda o‘ynaladigan o‘yinlarda mazmuni saqlanib qoladi. O‘yinlar rivojlanish jarayonini tezlashtirish bilan bog‘liq bo‘lganligi sababli bolalar ko‘proq erta balog‘atga yetadilar. Qizlarda bu aynan shu davrda (10–12 yoshda) boshlanadi.



28


Olimlarimizning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, jismoniy rivojla-nish jarayoni ruhiy rivojlanish bilan parallel ravishda boradi. Hozirgi zamon bolalari oldingilariga qaraganda ko‘proq rivojlanganlar.

Yuqori qon tomir sistemasi va asabning fiziologik funksiyasi garmoniyasini buzilishining kuzatilishi jinsiy yetilishining tezlanishi bilan bog‘liq bo‘ladi. Vegetativ asab sistemalarini funksiyasining buzilishi qayd qilinadi (bosh aylanish, yurak urishi, tovushlarga, hidlarga nisbatan sezgirlikning oshib borishi va boshqalar).


Bolalarga o‘yinlarda bularning barchasi ta’sir etadi. Bolalar psixologik jihatdan bir xil turmaydi, o‘yin jarayonida o‘zining his-tuyg‘usini jo‘shib namoyon qiladi. Shu bilan birga o‘yin qoidalariga qat’iy talab qilishni oshirish zarur, haddan tashqari asabiylashganda yoki hayajonlangan vaqtda o‘yinda tanaffus berish mumkin.


Bu davrda o‘g‘il va qiz bolalar o‘yinlarida o‘ziga xos ayrim xususiyatlarga ega bo‘ladi. O‘g‘il bolalar qiz bolalarga nisbatan tezlik bilan yugurishda, kurash elementlarida va uzoqqa uloqtirish bilan o‘ynaladigan o‘yinlarda ayrim afzalikka ega bo‘ladilar.


O‘g‘il va qiz bolalarning bu imkoniyatlaridagi farqni hisobga olib, yugurish bilan o‘ynaladigan jamoali o‘yinlarda o‘g‘il va qiz bolalarni soning bir xil bo‘lishini kuzatib borilishi zarur. Chidamlilikni rivojlantirishga oid qarshilik ko‘rsatish bilan o‘tkaziladigan o‘yinlarda jinsiga qarab o‘g‘il va qiz bolalarga bo‘lish kerak hamda har bir jamoa bilan mustaqil o‘yin o‘tkazilishi kerak («Doiraga tort», «Juft-juft bo‘lib tortish» va boshqalar).


Qarshilik ko‘rsatish bilan juft-juft bo‘lib o‘tkaziladigan («Xo‘-rozlar jangi», «Juft-juft bo‘lib tortishish») juftlikda o‘ynaydigan o‘yinchilar bir xil jinsda bo‘lishlari shart (o‘g‘il yoki qiz bolalar).


Qiz bolalar bu davrda badiiy gimnastika elementilari bilan musiqa jo‘rligida o‘tkaziladigan o‘yinlarga qiziqa boshlaydilar. O‘g‘il bolalar esa kuch, chidamlilik, tez yugurish bilan bajariladigan o‘yinlarga ko‘proq qiziqadilar. Bolalar bilan suzish mashg‘ulotlarida o‘tkazish vaqtida suvda o‘ynaladigan o‘yinlarni kiritish kerak.


Kichik yoshdagi o‘smirlar esa kattalarga o‘xshash uchun harakat qiladilar. O‘qituvchi, yetakchi va tarbiyachilar buni hisobga olishlari zarur va har doim bolalar uchun namuna bo‘lishlari kerak.


Kichik yoshdagi o‘smirlarda o‘rtoqlari bilan yaxshi munosabatda bo‘lishga harakat qilishning yorqin ifodasi namoyon bo‘ladi. Shu bilan bir qatorda o‘rtog‘ining yomon xatti-harakatini muhokama



29


qilishda o‘zini bilimli qilib ko‘rsatish, kuch, qo‘rqmaslik va intizomni buzganda o‘zining hissiyotiga qarshi chiqish moyilligi namryon bo‘ladi.

O‘zlarining «men» degan so‘zini mustahkamlash uchun o‘g‘il bolalar tez-tez kuch ishlatadilar, bu esa ko‘pincha janjal kelib chi-qishiga sabab bo‘ladi.


Bunday vaqtda o‘g‘il va qiz bolalar o‘zlarining tengqurlari bilan aralashib yuradilar. O‘g‘il va qiz bolalar o‘rtasida do‘stlik boshlanadi, fizkultura va sport mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanish ishtiyoqi paydo bo‘la boshlaydi. Pedagog bu qiziqishdan maqsadga yo‘naltirilgan holda foydalanishi zarur. Bu davrda ko‘pchilik bolalar sport o‘yinlari bilan (basketbol, voleybol, qo‘l to‘pi, futbol va hokazo) bilan sport seksiyalarida shug‘ullanishni boshlaydilar.


Ayrim harakatli o‘yinlar sport qoidalariga qat’iy chegaralangan holda kiritiladi. Bu o‘yinlar bo‘yicha sinflar o‘rtasida, maktab birinchiligi, maktablararo, tuman birinchiligi musobaqalari o‘tkazi-ladi. Misol tariqasida shunday o‘yinlarni ko‘rsatishimiz mumkin: «Pioner bola», «Òo‘p uchun kurash», «Òo‘p kapitanga», «Òo‘pni to‘rt tomonga uzatish» va boshqalar. Bunday vaqtda harakatli o‘yinlarga ko‘proq kichik yoshdagi bolalarni jalb qilish bilan muso-baqalar o‘tkaziladi («Quvnoq startlar» va hokazo).


Kichik yoshdagi o‘smirlar o‘rtasida o‘tkaziladigan harakatli o‘yinlar ularni keyinchalik har tomonlama garmonik rivojlanishiga va jismoniy ta’lim olishlariga yordam beradi.


1.7. O‘SMIRLAR UCHUN HARAKAÒLI


O‘YINLAR ÒASNIFI


Bolalar hayotidagi bu davrda (13–15 yosh, 7–8-sinf o‘quvchilari) o‘sishning tez sur’ati o‘ziga xos xususiyatini ko‘rsatib turadi. Buning natijasida o‘smirlarning harakat koordinatsiyasi birmuncha buziladi. O‘g‘il bolalarda bu yoshda jinsiy rivojlanish boshlanadi, qiz bola-larda esa tugallanadi. Ya’ni, o‘spirinning yurak-qon tomir sistemasi jinsiy balog‘atga yetishi bilan kuchli ta’sirchanligiga qaramasdan chidamlilik va tez bajariladigan mashqlarga yaxshi moslanishi isbot qilingan. Uzoq davom etadigan yugurishga qarshilik ko‘rsatish va kurashish chidamlilikka oid harakatli o‘yinlardan foydalanishga imko-niyat beradi, biroq buni pedagog va tibbiyot xodimi tomonidan muntazam ravishda nazorat qilib borilishi kerak.



30


Òog‘ay to‘qimalarini suyakka aylanishi davom etadi, bo‘g‘im-larning harakatchanligi kamayadi, mushakning hajmi va uning kuchi birmuncha ortadi.

O‘g‘il va qiz bolalarning kuchayishi hamda tez yugurish imko-niyatlari o‘rtasidagi farq yana ham kattalashib boradi. Shuning uchun o‘rtadagi bu farqni hisobga olish zarur va kuchli o‘yinlarda o‘smir-larning jinsiga qarab bo‘lish kerak. Qiz bolalarni ko‘proq musiqa jo‘rligidagi o‘yinlar, o‘g‘il bolalarni esa kuch bilan bajariladigan o‘yinlar qiziqtiradi. Òez yugurishga, to‘siqlardan oshib o‘tishga, uzoqqa uloqtirish bilan o‘tkaziladigan turli-tuman o‘yinlarda har bir jamoada o‘g‘il va qiz bolalarning soni bir xil bo‘lishini qat’iy nazorat qilish kerak, ayrim holatlarda bunday o‘yinlar alohida o‘tkazilgani ma’qul.


O‘smirlarda o‘yin doirasi borgan sari torayib boradi. Chunki bu yoshda ularga o‘zlarining eng yaxshi tomonlarini ko‘rsatadigan o‘yinlar yoqadi. O‘smirlar ko‘proq jamoali o‘yinlarga qiziqadilar. Shu bilan birga jamoalarga bo‘lish oldingilarga o‘xshab oson emas, rollarni tabaqalashtirishlari bilan murakkabdir, bu esa o‘smirlarning xarakteriga bog‘liqdir. O‘smirlarda mazmunli o‘yinlarga qiziqish mutlaqo so‘nadi, chunki o‘yinlarni tashkil qilish tizimiga qarab harakatga soluvchi mazmuni asosiy o‘rinni egallaydi.


O‘smirlar uchun sport o‘yinlari elementlarini o‘rgatish va ularni katta sportga yo‘naltirish katta ahamiyatga ega.


O‘smirlar sport uchun zarur bo‘lgan o‘yinlarda alohida mala-kalarni mashq qilishni yaxshi ko‘radilar. Ular uning foydasini yaxshi tushunadilar va to‘p bilan o‘ynaladigan o‘yinlardan ayniqsa basketbol, voleybol, futbol va qo‘l to‘piga tayyorlaydigan o‘yinlarni ishtiyoq bilan o‘ynaydilar. Bu o‘yinda ularni o‘yinda o‘zini tuta bilish axloqi taktikasi va o‘yin texnikasi malakalarini mashq qilish hammadan ko‘proq esa o‘yin jarayonining o‘zi qiziqtiradi.


O‘smirlar qat’iy xolisona hakamlik qilishni sevadilar va o‘yin qoidalariga rioya qilishga harakat qiladilar. Bu yoshdagi o‘quvchilar uchun o‘ziga xoslik o‘zlarining kuchlarini haddan tashqari oshirib baholashga moylligidir. O‘smirlarda suvda suzish bilan shug‘ullanish va kurash elementlari bilan o‘ynaladigan o‘yinlar ko‘proq o‘rin egallaydi.


Oddiy harakatli o‘yinlar qisman sport o‘yinlari bilan almash-tiriladi, ayniqsa, o‘smirlar bilan maktabdan tashqari sharoitda va sinfdan tashqari vaqtda o‘tkaziladi, chunki o‘yinchilarning soniga



31


qarab chegaralangan o‘yin qoidalari va uni o‘tkazish uchun ko‘p vaqt talab qilinadi. Darsda o‘yinlardan foydalanish vaqti chegaralangan bo‘lib, unda o‘yinlar soddalashtirilgan qoidalar bo‘yicha o‘tkaziladi.

Harakatli o‘yinlar bo‘yicha to‘siqlardan oshib o‘tish bilan estafeta, kurash, uloqtirish, sakrash, tirmashib chiqish va shuningdek, sport o‘yinlari elementlari bo‘yicha musobaqali usul keng qo‘llaniladi.


1.8. O‘SPIRIN VA QIZLAR UCHUN HARAKAÒLI


O‘YINLARNING ÒASNIFI


Yuqori sinf o‘quvchilarida (15–17 yoshli) organizm rivojlanishi va o‘sishi davom etadi.


Skeletni suyakka aylanishi jarayoni va mushak kuchining rivoj-lanishi hali ham tugallanmagan bo‘ladi. O‘smirlarning og‘irligi ayniqsa suyaklarning o‘sishi va mushak og‘irligining oshishi hisobiga ortadi. Qizlarda esa mushak sistemasi, xususan, yelka kamari muskuli bola-larga nisbatan sekin rivojlanadi. Qizlarda tananing og‘irligi uning uzunligini ortishiga, tos hajmi va yog‘ qatlamlarini hisobiga o‘sadi. Bo‘g‘inlarning shakllanishi tugallanadi va ular morfologik o‘zgarish-lariga ozroq yumshoq bo‘lib qoladi. O‘spirinlarda bu davrda jinsiy balog‘atga yetish tugullanadi. Abstrakt fikrlash qobiliyati hodisani tahlil qilish, o‘rtoqlarining harakatiga va o‘zlarining qiliqlariga ongli munosabati birmuncha ortadi.


O‘quvchilarda tormozlanish funksiyalarini takomillashgan bo‘li-shi, iroda, o‘zini tuta bilish o‘yindagi yutqazishni ko‘proq tinch o‘tkazishni rivojlantiradi. O‘spirin va qizlarda u yoki bu sport turiga qiziqishi barqaror bo‘ladi.


O‘yinni kuchli zo‘riqishi bilan uzoq vaqt davomida o‘tkazish mumkin emas, chunki ular zo‘r berishga va charchashga olib keladi. Biroq harakat malakalarini takomillashtrish uchun o‘yinda faol harakatlarni ko‘p martadan takrorlash juda ham zarur.


Qizlarda o‘yinda tezlik, kuch, chidamlilik bolalarga nisbatan kam bo‘ladi. Shuning uchun harakatli va sport o‘yinlari ular bilan alohida-alohida o‘tkaziladi. Bu davrga kelib sport o‘yinlari asosiy o‘rinni egallaydi, harakatli o‘yinlar esa yordamchi vosita sifatida qoladi, turli-tuman sport turlari va har xil sport o‘yinlari uchun o‘yin taktikasi madaniyati alohida malakalarni mustahkamlashga va takomillashtirishga imkoniyat tug‘diradi.



32


Sport elementlari bilan o‘ynaladigan harakatli o‘yinlardan, shuningdek, u yoki bu sport turlari bilan shug‘ullanganda faol dam olish – razminka sifatida foydalanish mumkin.

1.9. HARAKAÒLI O‘YINLARNI ÒASHKIL QILISH VA O‘ÒKAZISHGA QO‘YILADIGAN PEDAGOGIK ÒALABLAR


Harakatli o‘yinlarni tashkil qilish va o‘tkazishda g‘oyaviylik, ilmiylik va o‘yindan foydalanish rejaga asoslanganligini, tarbiyaviy, ta’limiy va sog‘lomlashtirish natijalariga yo‘naltirilganligi hisobga olinishi zarur. O‘yinni o‘tkazishda rahbarlik yoki yo‘l ko‘rsatuvchi roli pedagog, tarbiyachi va yordamchilarga tegishli bo‘lishi kerak. O‘yin tarbiyaviy, ta’limiy va sog‘lomlashtirishda katta ahamiyatga ega bo‘lib, ko‘proq uni boshqarishga bog‘liq bo‘ladi. Bitta shunga o‘xshash o‘yinlar yordamida turli-tuman axloqiy va jismoniy sifatlarni tarbiyalash mumkin.


Birinchidan, shug‘ullanuvchilar uchun o‘yinni ta’sir etishi aniqla-nadi (mazmuni, harakatlanishi, o‘yin qoidasi), ikkinchidan, metodik usullari bilan bola uning yordami bilan o‘yinlarni egallaydi, uchinchi-dan, tashkil etish uslublari.


Bolalar bilim va malakalarini uyda, maktabda, bolalar bog‘cha-sida egallaydi va u atrofni o‘rab turgan muhitga bog‘liqdir. Shuning uchun har xil yoshdagi bolalar bilim o‘tkaziladigan o‘yinda o‘yin mazmuniga ko‘ra, o‘tkazish usuli turlicha rivojlanadi. Bolaning jismo-niy rivojlanishi o‘yin yordamida xohlagan yo‘nalishda va boshqa jismoniy mashqlarni turlari mumkin qadar faqat maqsadga yo‘nalti-rilgan holda va doimo pedagogik rahbarlik qilinganda amalga oshiriladi.


1.10. O‘YIN RAHBARLARINING


ASOSIY VAZIFALARI


Rahbar o‘yin tashkilotchisi va uni o‘tkazish jarayonida bolalar-ning tarbiyachisi bo‘lishi shart:





  1. shug‘ullanuvchilarning salomatligini mustahkamlash ularning to‘g‘ri jismoniy rivojlanishiga yordam beradi;




  1. hayotiy zarur bo‘lgan harakat malakalarini egallashga yordam beradi;

3 – Xo‘jayev, P. 33



  1. bolalarda zarur bo‘lgan odob-axloq irodaviy va jismoniy sifatlarini tarbiyalash;




  1. o‘yin bilan mustaqil ravishda muntazam shug‘ullanish odatini va o‘quvchilarga tashkilotchilik malakalarini singdirish.

O‘yin bilan shug‘ullanish do‘stlikni, rostgo‘ylikni, jamoatchilikni, vatanparvarlikni va ongli intizomni tarbiyalashga yordam beradi. Shu bilan birga jismoniy tarbiya bo‘yicha dasturi asosida mos ravishda ma’lum harakatni o‘rgatish uchun o‘yinni to‘g‘ri tanlash muhimdir.


Har doim ham o‘yinni to‘g‘ri tanlab olib, samarali ijobiy ta’lim-tarbiyaga erishish mumkin emas, u ko‘proq o‘yinni tashkil qilish va o‘tkazish jarayoniga bog‘liq. Òa’limiy, tarbiyaviy va sog‘lomlashtirish vazifalarini hal etishda tarbiyani, xususan, didaktik prinsiplarining umumiy qonuniyatlariga pedagog tomonidan amal qilish zarurdir.


Harakatli o‘yinlar bilan shug‘ullanish xarakteri tarbiyalaydigan bo‘lishi shart. Pedagog o‘yinning mazmunidan foydalangan holda (mazmuni, harakat qilishi va unga kiruvchi o‘yin qoidalari), ma’lum darajada o‘yinchilarning yurish-turishini, xatti-harakatini e’tiborga oladi. Buning uchun pedagog o‘ynaydigan jamoani yaxshi bilishi, o‘yinning mazmunini o‘rganishi va yuqori pedagogik mahoratga ega bo‘lishi kerak.


O‘yinda bolalarning o‘ziga xos xususiyatlari namoyon bo‘ladi. Ularning xulqi va xarakterini o‘rganib olganidan keyin, rahbar haddan tashqari tez ta’sirchanligini, bahslashish noto‘g‘riligini yoki o‘yin qoidalariga rioya qilmasligini va xulqidagi boshqa salbiy tomonlarning oldini olish mumkin.


Rahbar jamoa o‘yinlarida maqsadga erishish uchun o‘yinchilarni birgalashib harakat qilishga o‘rgatadi, bu o‘rtoqlik hissini, jamoat-chilik, topshirilgan vazifaga javobgarlikni his qilishni, o‘zining ishini oxirigacha yetkazishdagi qat’iyligini tarbiyalashga yordam beradi (aks holda jamoadadagi o‘rtoqlari qiynaladi).


Har bir o‘yinda maqsadga erishish uchun turli xil qiyinchiliklar bo‘ladi. Shuning uchun o‘ynovchilar o‘yin qoidalarini buzmasdan turib, ularni yengib o‘tishlari kerak. Bittagina qiyinchilikni yengib o‘tgandan keyin, boshqasini orqaga surish kerak, chunki bolalar ularni yengib o‘tishda zo‘r berishlariga to‘g‘ri keladi. Bu esa mehnat-sevarlikni va irodani tarbiyalashga yordam beradi.


Rahbar u yoki bu o‘yinni o‘tkazishda asosiy tarbiyaviy va ta’-limiy vazifani belgilab olishi kerak (masalan, to‘pni otish va ilib



34


olib nishonga uloqtirish malakalarini takomillashtirish, yengil atletika, gimnastika mashg‘ulotlarida egallagan malakalarini mustahkamlash, o‘ynovchilarda jasurlikni, harakatning bir-biriga muvofiqligini, ja-moatchilikni tarbiyalash, joyda mo‘ljal olish malakalarini tarbiyalash va boshqalar).

Bolalarning oldiga nisbatan aniq, yengil va tez hal qilinadigan vazifalar qo‘yiladi. Masalan, «asirga» tushirmaslik, raqiblarni qidirib topish, o‘rtog‘ini qutqarish, raqibining ustidan g‘alabaga erishishdan iboratdir. Rahbar ayrim vaqtlarda ularga ko‘proq qiyin vazifalarni (masalan, to‘pni olib yurish va uzatish, basketbol o‘yini uchun halqaga to‘p tashlashni egallash) taklif qiladi.


Boshqarib boruvchi o‘rgatishning faol va onglilik prinsipi hisob-lanadi. Rahbar o‘yinni o‘tkazishda uning mazmuni va vazifasini, shuningdek, o‘zini tuta bilish qoidalarini tushintirishi shart. O‘ynov-chilarning ongli xulqi o‘yinni takomillashtirishga va uni ijodiy boyi-tishga imkon beradi, bunda o‘yin qatnashchilarining qiziqishi, bir-muncha o‘yinning tarbiyaviy ta’sir etishi oshib boradi. Bolalarda o‘yinda o‘z harakati va ishlariga ongli munosabatda bo‘lishga, o‘zi-ning yutuq va kamchiliklarini tanqidiy muhokama qilishni, o‘rtoq-larining harakati va xulq-atvorini tahlil qilishga o‘rgatish kerak.


Agar o‘yin yaxshi o‘zlashtirilgan bo‘lsa, faollik oshadi. O‘yinni takrorlab turish juda foydali bo‘ladi, bunda shug‘ullanuvchilar ko‘proq o‘z ayblarini tushunib boradilar, harakat malakalari takomil-lashadi, o‘yinda o‘quvchilar faol qatnasha boshlaydi, eski o‘yin qoidalari murakkablashadi, yangi vazifalar qo‘yiladi (rahbar bilan birgalikda yoki uning nazorati ostida).


O‘yinga qiziqqonligini orttirib borish bolalarning faollashishiga ta’sir etadi. Bolalarning faolligidan o‘yindagi tashkilotchilik malakalarini tarbiyalashda foydalanish lozim. Rahbar ularga yetakchilar, sardorlar tayinlashi hakamlik qilishga jalb etish bilan bolalarni mustaqil o‘ynashga o‘rgatishi kerak. Ularga o‘yinni tashkil qilish va hakamlik qilishda sekin-asta ko‘proq mustaqillikka imkon beradi. Òanlangan kapitanlar jamoaning harakatiga rahbarlik qiladi, o‘yin qatnashchilarining orasidan saylangan hakam o‘yin qoidalariga aniq rioya qilishni kuzatadi. Rahbar o‘yin borishida hakamga taktik jihatdan yordam beradi va o‘ynovchilarning o‘zini to‘g‘ri tutishiga yo‘naltiradi.


Rahbar bolalarni faol va ongli ravishda o‘ynashlari uchun o‘yinni aniq va ta’sirchan qilib tushuntirishi zarur. Kichik maktab yoshi-



35


dagi bolalarga mazmunli o‘yinni tushuntirishda ayniqsa ta’sirchanlik bo‘lishi juda muhimdir.

Harakatli o‘yinlarni o‘tkazishda nafaqat ko‘rsatishdan, balki ko‘r-gazmali qo‘llanmalardan ham foydalanish mumkin: asbob-anjom-larda, chizmalarda ularda maydondagi belgi alomatlari va o‘yinchilar joylashishlari, fotosuratda o‘yinning alohida vazifalari ko‘rsatilgan bo‘ladi.


O‘yinlarni ketma-ket o‘tilishini


rejalashtirish


Rejalashtirishda bolalarning ma’lum yoshiga qarab jismoniy tarbiya vazifasi, uning jismoniy tayyorgarligi, shuningdek, asta-sekin malaka va bilimni to‘plashni hisobga olish zarur. Jismoniy tarbiya uchun o‘yinlar umumiy ta’lim maktablarining jismoniy tarbiya dasturiga mos holda rejalashtiriladi.


O‘yin rejalashtirilayotganda jismoniy mashqlarning boshqa turlari va gimnastika, yengil atletika mashg‘ulotlarida egallagan ular o‘rtasi-dagi ichki bog‘lanishni va malakalarni ketma-ket o‘zlashtirishni hisob-ga olish kerak. O‘zlashtirib olingan bilim va malaka oldin o‘tganlarini takrorlab, yangilari bilan mustahkamlanib boriladi. Eng muhimi, yangi o‘yinlarda egallangan malaka takomillashib boradi va yangisi paydo bo‘ladi.


Òanish o‘yinlardan notanish o‘inlarga asta-sekin o‘tish lozim. Bunda albatta topish o‘yinlariga suyanish kerak. Notanish o‘yin-larning bunday maqsadi tanishlari bilan o‘xshash, shuning uchun yangi o‘yin qoidalari va shartlari kiritilishi shart, u esa asta-sekin egallagan malaka va bilimlarga talabni oshiradi. Harakatning o‘x-shashligi yangi bir qancha murakkabroq bo‘lgan harakatga o‘tishni yengillashtiradi. Shunday qilib, maktab yoshidagi kichik bolalarda tezlikni va epchillikni rivojlantirish uchun «Kim chaqqon», so‘ngra «Qopqon», «Ikki sovuq» o‘yinlaridan foydalaniladi. Bu o‘yinlar tuzili-shi va harakati jihatidan bir-biriga juda yaqin (tez yugurish bilan chap berib qutulib qolish) faqatgina ikkinchi o‘yinda vazifa bir-muncha murakkablashadi (katta epchillik talab qilinadi), «Ikki sovuq» o‘yinidan keyin «Òovonbaliq va cho‘rtanbaliq»ni o‘ynash yengil bo‘ladi, bu ham tuzilishi bo‘yicha oldindagisiga yaqin bo‘lib, biroq o‘yin qoidasiga ko‘ra ko‘proq murakkab bo‘ladi.



36


Yangi o‘yinlarni o‘rgatishda o‘quvchilar tomonidan bilimlarni egallashi hisobga olinadi va ular asta-sekin murakkablashtirib boriladi. Yangi o‘yinlarda esa o‘yinlarning elementi takrorlanadi, biroq ko‘proq murakkab shaklda «harakatchan nishon» o‘yinini bilgan bolalar «Ov-chilar va o‘rdaklar» o‘yiniga tezda kirishib ketadilar, unda ikki jamoa-ni kurashish jarayonida, biroq o‘zgartirilgan sharoitda, harakatchan nishondagi kabi xuddi shunday malakasi takomillashtiriladi. Keyin-chalik bu malakani yanada murakkabroq «Otishma» o‘yinida tako-millashtirish mumkin, bunda harakatchan nishonga uloqtirishni va to‘pdan chap berib qutulib qolishni ikkala jamoada bir vaqtda ba-jaradi.

O‘yin shug‘ullanuvchilarning tayyorgarligiga mos kelishi kerak. Har bir o‘yinda shunday qiyinchiliklar bo‘lishi kerakki, uning qatnash-chisi maqsadga erishish yo‘lida to‘siqlarni oshib o‘ta oladigan bo‘lsin. O‘yinda o‘ynovchilar qiyinchiliklarni yengib o‘ta olmasa kuchlarni jipslashtirmasa, bolalarni qiziqtirmasa, uning pedagogik ahamiyati bo‘lmaydi, chunki o‘quvchilarning qobiliyati va irodasi rivojlanmaydi.


O‘z kuchiga ishonishni tarbiyalash uchun o‘yinni tushunarli bo‘lishi katta ahamiyatga ega. Bolalarni kuchi yetmaydigan o‘yinlar shug‘ullanishiga bo‘lgan qiziqishini pasaytiradi va ularni charchatib qo‘yadi. O‘yinda o‘quvchilarning imkoniyatlari va kuchlariga mos keladigan rollarni taqsimlash juda muhimdir. Buning uchun har bir o‘quvchining bilimi va unga yakkama-yakka yondashish zarur. Zaif bolalar o‘yinda qiyinchiliklarni engib o‘tishni o‘rganishlari zarur. Ularga kuchlarini hisobga olib vazifalar beriladi, bunda ularda o‘z kuchlariga ishonishlari tarbiyalanadi.


Zarur bilim va malakalarni egallashni muntazam ravishda mustahkamlash. Yangi bilim reflektorga bog‘liq o‘yinni takrorlash natijasida mustahkamlanib boradi, harakatning yangi usullari tezroq o‘zlashtiriladi. O‘quvchilar o‘yinni qanchalik yaxshi tushunib yetsalar, shunchalik ularning malakasi takomillashib boradi, ular uchun shunchalik qiziqarli bo‘ladi. Buning isboti shundan iboratki, bolalar-ning sevimli o‘yinlar doirasi, odatda, chegaralangan. Ularga sevimli o‘yinlar ko‘proq tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun bolalarga mazmuni bo‘yicha turli-tuman har tomonlama rivojlanishiga yordam beradigan o‘yinlarni tavsiya qilish zarur.


Biroq bolalarga qisqa vaqt ichida ko‘p o‘yinlar o‘ynashni taklif qilish mumkin emas. Bolalar o‘yinlarni yaxshi o‘zlashtirib olishlari



37


shart, ularda o‘zining harakati va xulq-atvor malakalarini takomil-lashtiradi. Ana shu maqsadda bolalarga ma’lum bo‘lgan o‘yinlar mazmun va harakati jihatidan bir oz murakkablashgan qoidalar bilan takrorlanadi. Mashhur pedagog P.D. Ushinskiy, yaxshi pedagog eski o‘yinlarni takrorlash, esdan chiqqan o‘yinlarni takrorlash degani emas, chunki eskisi esa yangisini ishonchli qilib mustahkamlaydi, deb aytgan edi.

Harakatli o‘yinlarni muntazam o‘tkazib borish tavsiya qilinadi. Bolalar bunday holatda alohida o‘yinlarni mustahkam o‘rganib oladi-lar va uyushqoqlik bilan o‘ynashga o‘rganadilar. Ular o‘rgatilgan o‘yinlarni hovlida maydonchada, uyda o‘tkazadilar va ularga o‘rtoq-larini jalb qiladilar. Rahbar o‘zining tajribalarini boshqalarga o‘rgatish va tarbiyaviy hamda ta’limiy maqsadda foydali va qiziqarli o‘yinlarni tanlashi shart. Buning uchun bolalar o‘yinni har doim o‘rganishi va ularni eng yaxshilaridan foydalanishi lozim, boshqa tarbiyachi-larning amaliyotini tahlil qilish metodik usullarini boyitib borish; o‘yin bo‘yicha metodik adabiyotlarni o‘rganib borish kerak. Iloji boricha xalq milliy o‘yinlarini tashkil qilish va o‘tkazish zarur. Ulardan eng yaxshilarini bolalar bilan o‘tkaziladigan tarbiyaviy ishni amaliyo-tida qo‘llashlari shart. Bolalar hayotiga yaxshi o‘yinlarini tatbiq qilish uchun tashkilotchilarni, o‘yinboshilarni tayyorlash zarur, chunki ular bolalar tashkilotlarida tashviqot va targ‘ibot ishlarini olib boradilar.


1.11. O‘YINNI O‘ÒKAZISHGA ÒAYYORGARLIK


KO‘RISH

O‘yinni tanlash, eng avvalo, dars oldiga qo‘yilgan vazifaga bog‘liq bo‘ladi. Chunki uni aniqlashda, rahbar bolalarning yosh xususiyat-larini, ularning rivojlanishini, jismoniy tayyorgarligini, bolalarning sonini va o‘yinni o‘tkazish sharoitini hisobga oladi.

Harakatli o‘yinlarda 3 dan 300 tagachan kishi qatnashishi mumkin. Òashabbuskorlik sharoitida hammadan ko‘ra ko‘proq tez-tez 3–


10 ta o‘yin qatnashchilariga mo‘ljallangan o‘yinlardan foydalaniladi. Ular, odatda, bolalar bilan mustaqil ravishda hovlilarda, maydon-chalarda, shuningdek, har xil yig‘ilishlarda tashkil etiladi. O‘qituvchi, tarbiyachi va yetakchilar rahbarligida tashkil etiladigan mashg‘ulotlar (darsda, yig‘ilishlarda, dam olish oromgohlarida o‘tkaziladigan mash-g‘ulotlarda, sport maktabida) 20–40 ta harakatli o‘yinlar o‘tka-



38


ziladi. Katta bayram kechalarida va bolalar ko‘p to‘plangan ommaviy sayillarda 100–300 o‘yin qatnashchilariga mo‘ljallangan ommaviy harakatli o‘yinlardan foydalanish mumkin.

O‘yinni tanlashda albatta o‘tkaziladigan mashg‘ulotning shaklini (darsda, tanaffusda, zvenolar, bayramlarda, sayrlarda) hisobga olish shart. Darsda va tanaffusda vaqt chegaralangan bo‘ladi; o‘yin maz-muni va vazifasi darsdagiga ko‘ra tanaffusda boshqacha bo‘ladi, bayramlarda ayniqsa ommaviy va attraksion o‘yinlaridan foydala-niladi, bu o‘yinlarda har xil yoshdagi va turli tayyorgarlikdagi bolalar qatnashishlari mumkin.


O‘yinni tanlash va o‘tkazish to‘g‘ridan-to‘g‘ri uning joyiga bog‘liq bo‘ladi. Unga katta bo‘lmagan tor zalda, maydonchada yoki yo‘lak-chada o‘yin bir chiziqqa saflangan holda o‘tkaziladi, o‘yinda o‘ynay-diganlar navbatma-navbat qatnashadilar. Katta zalda yoki maydon-chada tarqalib yugurish katta va kichik koptoklarni uloqtirish hamda sport o‘yinlari elementlari bilan o‘ynaladigan o‘yinlarni o‘tkazish mumkin. Shahardan tashqariga saylga va ekskursiyaga chiqqan vaqtda joylarda o‘tkaziladigan o‘yinlardan foydalaniladi. Qishda qishki o‘yinlar maydonchada chang‘ida, konkida, chanada va qordan har xil shakllar yasash bilan o‘tkazilishi mumkin.


Ochiq havoda o‘yinni o‘tkazishda obi havo sharoitini (ayniqsa, qishda) hisobga olish zarur. Agar havo harorati past bo‘lsa, bunday paytda barcha o‘yin qatnashchilari faol harakat qilishlari kerak bo‘-ladi. O‘yinda turib qolish va o‘zining navbatini ko‘p kutib qolish holatlaridan xoli bo‘lishi kerak. Kunning issiq paytlarida eng yaxshisi kam harakatchan o‘yinlardan foydalangan ma’qul, chunki o‘yin qatnashchilari o‘yin topshiriqlarini navbat bilan bajaradilar.


Shuningdek, o‘yinning tanlanishi qo‘llanmalar va asbob-anjom-larni bor bo‘lishiga bog‘liq. Òegishli asbob-anjomlarni yo‘qligi va uni noto‘g‘ri almashtirish o‘yinning buzilishiga olib keladi.


Rahbar jismoniy tarbiya bo‘yicha dasturdagi o‘yinlar va to‘plam-lardan, bolalar o‘rtasida yaxshi o‘ynaladigan o‘yinlar, rahbar va bolalar jamoasi va mustaqil ijodiy yangi o‘yin variantlaridan foyda-laniladi. Ushbu maqsad uchun belgilangan tarbiyaviy jihatdan ko‘proq tez-tez samara beradigan yangi shakldagi, ijodiy qayta ishlangan o‘yinlarning yangi shakliga ega bo‘ladi.


Bolalarni katta sportga bo‘lgan katta qiziqishi bilan bog‘liq juda ko‘p o‘yinlar sport o‘yinlari va boshqa sport turlari elementlari



39


bilan yaratilgan. Bu kichik va o‘rta yoshdagi o‘quvchilar qo‘lidan keladigan turli-tuman sport turlarida ishtirok qiladigan shaklda ishtirok etishga ruxsat beradi: basketbolda («Òo‘p uchun kurash», «Òo‘p kapitanga», «Òo‘rt tomonga to‘p uzatish»), voleybolda, («Vo-leybolchilarning to‘p uzatishi», «Òo‘pni uzatdingmi, o‘tir»).

Òarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan milliy harakatli o‘yinlarni kengroq ommalatirish zarur. Bu esa har xil millat bolalari o‘rtasida do‘stlikni, har xil xalqlarning turmush tarzi va madaniyatini, ularning o‘ziga xos xususiyatlari bilan tanishtirishga yordam beradi.


1.12. O‘YINNI O‘ÒKAZISH UCHUN


JOYNI ÒAYYORLASH


Ochiq havoda o‘yinlarni o‘tkazish uchun maydonchalarni tayyor-lash kerak. Eng yaxshisi maydonchani to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida, eng kamida 8 m, uzunligi 12 m bo‘lishi kerak. Maydondan 2 m masofada bir necha skameykani qo‘yish tavsiya qilinadi. Iloji boricha yozgi maydoncha atrofida daraxtlar bo‘lgani yaxshi.


Bino ichida o‘yinni o‘tkazishda shuni hisobga olish kerakki, o‘ynovchilarning harakat qilishiga, iloji boricha asbob-anjomlarning xalaqit bermasligi uchun ularni (brusya, turnik, kon, kozel) yordamchi xonalarga oldirib qo‘yish kerak. Agar asbob-anjomlarni zaldan olish imkoniyati bo‘lmasa, unda ularni zalning qisqa devori tomoniga qo‘yiladi va skameyka, to‘r yoki boshqa buyumlar bilan o‘rab qo‘yiladi. Deraza oynalari va lampalar sim to‘rlar bilan bekitiladi. Bundan ular o‘yinni o‘tkazishda oldin shamollatish va nam latta bilan artilishi kerak. Rahbar joylarda o‘yinni o‘tkazishdan oldin dastlab joy bilan yaxshi tanishib chiqishi kerak va o‘yin uchun shartli chegaralarni belgilab chiqishi shart.


1.13. O‘YINGA ASBOB-ANJOMLARNI


ÒAYYORLASH


Harakatli o‘yinlarni o‘tkazish uchun bayroqchalar, rangli bog‘ich-lar, har xil kattalikdagi koptoklar, gimnastika tayoqchasi, bulavalar yoki keglilar, chambarak va arg‘amchilar kerak bo‘ladi. O‘yinda asbob-anjom chiroyli, yashil rangda va o‘yinda ajralib turadigan bo‘lishi zarur (bu kichik maktab yoshidagi bolalar uchun ayniqsa



40


muhimdir). Asbob-anjomning katta-kichikligi va og‘irligi o‘ynov-chilarning bo‘ylariga mos bo‘lishi lozim (umumiy ta’lim maktablari uchun tuzilgan jismoniy tarbiya dasturiga qarang). Asbob-anjom sonini oldindan hisobga olish lozim. Asbob-anjomni o‘tkaziladigan joy bilan yonma-yon saqlash maqsadga muvofiqdir. Muhimi, uning sanitar holatini muntazam ravishda tartibga solib borish kerak. Bolalarni tarbiyalash maqsadida ularni asbob-anjomlarni ta’mirlashga va saqlashga jalb qilish foydali bo‘ladi.

O‘yin qatnashchilariga asbob-anjomni tarqatib qo‘yib chiqish faqatgina o‘yinni tushuntirib bo‘lgandan keyin beriladi. Buni bola-larning o‘zlari tashkiliy ravishda bajaradilar.


Maydonni belgilash


Agarda maydon belgilash uchun ko‘p vaqt talab qilinadigan bo‘lsa, unda buni o‘yinni boshlanishiga qadar bajarish kerak. Belgilash murakkab bo‘lmasa, unda o‘yin mazmunini gapirib berish bilan bir vaqtda uni boshlashdan oldin bajarish mumkin, gapirib berish vaqtida faqatgina belgilangan chegarasini ko‘rsatish mumkin. Òez-tez takrorlanadigan o‘yin uchun maydonchada doimo bo‘lib turadigan belgi chizish mumkin.


O‘yin uchun ajratilgan belgilar aniq chizilgan bo‘lishi shart, buning natijasida o‘yinga berilib ketgan bolalar orqasidan osongina kuzatish imkoniyatiga ega bo‘linadi. O‘yin uchun chizilgan chiziq to‘siqdan, devordan yoki boshqa buyumlardan 3 m dan kam bo‘lmasligi kerak, aks holda bolalar shikastlanishlari mumkin. Bu, eng avvalo, yugurib o‘tish bilan o‘ynaladigan o‘yinlarda juda muhim-dir, chunki bunda juda katta guruh o‘yin qatnashchilari bir vaqtning o‘zida «uylar» chegarasidan yugurib o‘tadilar.


1.14. O‘YINNING DASÒLABKI ÒAHLILI


Rahbar o‘yinni bolalar yoshiga mo‘ljallab, o‘yinning barcha jarayonini o‘ylab ko‘ra bilishi shart, chunki uni qanday momentlarda ortiq qiziqib ketishi, o‘ynovchilarning nojo‘ya qilgan harakatlari, ularning qiziqishlarini pasayib ketishini kelib chiqarishi mumkin, bunday yoqmaydigan holatlarning oldini olish uchun avvaldan o‘ylab ko‘rish kerak.



41


Bolalarni yaxshi ko‘radigan rahbar o‘ynovchilar o‘rtasidan kimni kapitan va birinchi o‘yinboshi, qamroq uyushgan bolalarga qanday rolni berishni, bo‘sh va passiv o‘yinchilarni qanday qilib o‘yinga jalb qilishni oldindan o‘ylab ko‘rishi shart.

Ayrim o‘yinlarni o‘tkazish uchun oldindan o‘yin qatnashchi-laridan yordamchilarni belgilab qo‘yadi, ularning vazifasini aniqlaydi va agar kerak bo‘lsa, ularga tayyorlanish uchun imkoniyat beradi (masalan, joylarda o‘tkaziladigan o‘yinlarda). Yordamchilar oldindan o‘yin qoidalari va uni o‘tkazish joylari bilan tanishadilar.


Eng muhimi, jamoaga qiziqish uyg‘otish o‘zlarining shaxsiy qobiliyatlarini namoyon qilishga, o‘yinda o‘rtoqlarining yurish-turish qoidalarini yaxshi o‘zlashtirib olishi tashkilotchilik qobiliyatlarining singdirish va bolalar ijodini rivojlantirishga, o‘yin jarayonidagi vaziyatni to‘g‘ri bo‘lishiga va baholashga yordam beradi.


1.15. O‘YINLARNI ÒASHKIL EÒISH. O‘YINCHILARNI JOYLASHÒIRISH VA O‘YINNI ÒUSHUNÒIRISHDA RAHBARNING JOYI


O‘yinni tushuntirishdan oldin, o‘yin qatnashchilarini shunday joylashtirish kerakki, ular rahbarni yaxshi ko‘rishlari va uni so‘zlab berishini eshtishlari kerak. Eng yaxshisi o‘ynovchilarni dastlabki holatga turg‘izishlari kerak, chunki shu holatda ular o‘yinni boshlaydilar.


Agar o‘yinni boshlash uchun o‘yin qatnashchilari doirada tursalar, rahbar o‘yinni tushuntirish uchun o‘ynovchilar orasida turadi. Ko‘p sonli o‘ynovchilar qatnashadigan ommaviy o‘yinlarda u 1–2 qadam tashlab doira o‘rtasiga turib oladi. Doira markazida turish mumkin emas, chunki o‘ynovchilarning rahbarning yarmi orqasida turib qoladilar. Agar o‘ynovchilar ikki jamoaga bo‘linib, biri ikkinchisiga nisbatan katta masofada qarama-qarshi saf tortib turgan bo‘lsa («Oq terakmi, ko‘k terak», «Nomerlarni chaqirish», «Ikki qo‘lda to‘p uzatish»), bularni bir-birlariga tushuntirish uchun jamoalarni yaqin-lashtirish kerak, so‘ngra ularni «uylar» chegarasigacha olib boriladi. Rahbar bunday holatda o‘yinni tushuntirish paytida, o‘ynovchi-larning orasida maydoncha o‘rtasida yon tomondagi chegarasida turadi u goh u jamoaga, goh bu jamoaga murojaat qiladi. Agar o‘yin harakat bilan sochilib bajarilsa («Quvlashmachoq»), unda o‘ynovchilarni safga turg‘izadi, ular kam bo‘lsa o‘zlari oldida



42


guruhlarga bo‘ladi, chunki ularning barchasi rahbarni yaxshi ko‘rish-lari va eshitishlari kerak.

O‘yinni tushuntirish vaqtida bolalarning yuzini quyoshga yoki oynaga qaratib qo‘ymaslik kerak (ular rahbarni yomon ko‘rishlari mumkin). Rahbar barcha o‘yin qatnashchilarini ko‘rish va ularning xulq-atvorini nazorat qilish uchun ko‘rinarli joyda yon tomonida yoki yorug‘likka yuzi bilan turishi kerak.


1.16. O‘YINNI ÒUSHUNÒIRISH


O‘yinning yutug‘i, ma’lum me’yorda uni tushuntirishga bog‘liq bo‘ladi. Rahbar gapirib berishga kirishdan oldin, o‘zi o‘yin to‘g‘risida aniq tasavvurga ega bo‘lishi shart. So‘zlab berish qisqa va lo‘nda bo‘lishi kerak: uzoq vaqt davomida tushuntirish o‘yinni o‘zlashtirishga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Kichik sinflarda o‘tkaziladigan o‘yinlarni ertak va maroqli shaklda tushuntirish mumkin.


Himoya qilib berish mantiqan to‘g‘ri va ketma-ket bo‘lishi shart.


O‘yinni quyidagi reja asosida ifoda etish tavsiya qilinadi:





  1. o‘yinning nomi;




  1. o‘ynovchilarning roli va joylashgan joyi;




  1. o‘yinni borishi;




  1. maqsad;




  1. uning qonun-qoidalari.

Muallif o‘yinning borishi haqida, shak-shubhasiz, o‘yin qoidalari haqida gapiradi, lekin hikoyaning oxirida ularga yana bir marta to‘xtalib o‘tadi, chunki bolalar uni yaxshilab esda saqlab qolishlari kerak. Hikoya qilish bir ohangda bo‘lmasligi kerak. O‘yinni bosiq ovozda tushuntirish kerak, ayrim hollarda ovozni ko‘tarib yoki pasaytirib vaziyatdagi mazmuniga o‘quvchilarning e’tiborini qaratish zarur.


Hikoya qilish vaqtida murakkab atamalarni qo‘llash mumkin emas. Yangi tushuncha va so‘zlarni tushuntirib berish kerak.


O‘yinni yaxshilab o‘rganib olish uchun hikoya qilib berishni ko‘rsatish bilan birga qo‘shib olib borish tavsiya qilinadi. U to‘liq (o‘yinning ko‘proq murakkab momentlarini rahbar yoki o‘quv-chilarning o‘zlari xuddi o‘ziday qilib qaytaradilar) yoki to‘liq bo‘lmas-ligi (o‘yinning ayrim momentlarini imo-ishora va alohida harakatlar bilan tushuntiradi) mumkin. Òushuntirishda albatta o‘quvchilarning kayfiyati hisobga olinadi. Shuni yodda tutish kerakki, ya’ni ularning



43


diqqati bo‘linganda rahbar tushuntirishni qisqartirishi yoki o‘quvchilarni dastlabki holatga joylashtirishi kerak. Agar rahbar o‘yin qatnashchilariga hikoya qilib bergandan keyin ular savollar beradi, barcha o‘yinchilarga murojaat qilib, baland ovozda ularga javob berishi kerak.

O‘yinni birinchi marta o‘ynaganlarida uning mazmunini batafsil tushuntirish kerak. O‘yin takrorlaganda faqatgina asosiy mazmunini eslatadi. O‘yinni xotirada tiklash uchun eng yaxshi usul o‘quvchi-larning o‘zlarini jalb qilishdir.


O‘yinboshini saylash


O‘yinboshining vazifasini bajarish o‘ynovchilarga katta tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun iloji boricha, bu rolda ko‘proq bolalar bo‘lgani ma’qul. O‘yinboshini har xil uslublar bilan saylash mumkin.


Rahbar tayinlash. Rahbar uni o‘yindagi rolini hisobga olgan holda o‘yinboshi qilib tayinlaydi. Bu uslubning afzalligi: ko‘proq munosib o‘yinboshi tezda saylanadi. Ana shunday uslubda o‘ynov-chilarning tashabbuskorligi ortadi. Rahbar bolalar bir-birlari bilan hali tanishmasdan turib, kam vaqt yoki belgilangan o‘yin qatnash-chisini tarbiyalash maqsadida o‘yinboshini saylash kerak. Rahbar o‘yin boshini saylashda o‘yin qatnashchilarida shubha tug‘dirmasligini va alohida o‘yinchilarga bo‘lgan munosabatda adolatsizlik bo‘lmasligi uchun o‘zining fikrlarini qisqacha qilib tushuntirish kerak.


Qur’a tashlash bo‘yicha o‘yinboshini saylash uslubi ham mavjud. Qur’a tashlashni hisoblash, uloqtirish va boshqa uslublar yo‘li bilan ham o‘tkazish mumkin. Bolalar sanash uchun doirada turadilar va birorta «sanoq»ning har bir so‘zini aytgandan keyin ular navbati bilan o‘yinchilarni ko‘rsatadilar. Oxirgi sanoq so‘zi kimga to‘g‘ri kelsa, u o‘yinboshi bo‘ladi yoki doiradan chiqib ketadi. Oxirgi holatda sanoq she’rlari oxirgi o‘yin qatnashchisi qolguncha aytiladi va oxirgi qolgan o‘yinchi o‘yinboshi bo‘lib qoladi. «Sanoq» usuli nisbatan ko‘p vaqtni talab qiladi; shuning uchun undan, odatda, darsdan tashqari vaqtda o‘tkaziladigan o‘yinlarda foydalaniladi. Ayrim holatlarda «sanoq»dan doirada ham foydalaniladi, chunki kuchli qo‘zg‘alish bolalarni birmuncha keyin tinchlashtirish uchun qo‘llaniladi. «Sanoq» matn bilan ongli ravishda qo‘shib aytiladi va bolalarning nutqini rivojlantiradi.


Qur’a tashlash yo‘li bilan o‘yinboshini aniqlash uchun «tayoq tortishish» mumkin. O‘yin qatnashchilari tayoq pastidan birin-ketin



44


ushlay boshlashadi. Kimda-kim tayoqni oxirida ushlasa yoki qopqoq qilib yopasan o‘sha o‘yin boshi bo‘ladi. Bu usul 2–3 o‘yinchi bilan o‘ynalganda qo‘llaniladi.

Qur’a tashlashdan uloqtirishda ham foydalanish mumkin. Òayoqni tashlab, koptokni kim hammadan uzoqqa otsa o‘sha o‘yinboshi bo‘ladi. Bunday usul ko‘p vaqtni talab qiladi. Ulardan darsdan tashqari vaqtda o‘yinlarni o‘tkazishda foydalanish mumkin.


Qur’a tashlash yo‘li bilan o‘yinboshini aniqlash har doim ham muvaffaqiyatli bo‘lavermaydi. Bolalar bu usulni mustaqil o‘ynaganlarida tez-tez qo‘llaydilar, chunki u ularda tortishuvni keltirib chiqaradi.


O‘yinboshini tanlashning eng qulay usullaridan biri, o‘ynov-chilarni tanlashdir. Bu usul pedagogik jihatdan ham qulay bo‘lib, u bolalarni jamoa bo‘lib kelishilgan xohishini namoyon qilishga imkon beradi. Ammo bolalar soni kam bo‘lgan jamoali o‘ynaladigan o‘yin-larda bu usulni qo‘llash qiyin bo‘ladi, chunki bunda o‘yinboshi xizmatiga ko‘ra saylanmasdan, balki ko‘proq kuchli, tirishqoq bolalarning tazyiqi ostida saylanadi. Rahbar bolalarga o‘yinboshini tanlashda, yaxshi yuguradigan, sakraydigan va aniq nishonga tekkiza-digan bolalarni saylashni tavsiya qilishi mumkin.


Eng ma’quli, o‘yinboshi navbati bilan saylanadi yoki tayinlanadi, chunki har bir o‘yin qatnashchisi ushbu rolni bajaradi. Bu faollik va tashkilotchilik malakalarini tarbiyalashga yordam beradi.


O‘yinboshini oldingi o‘yin natijalariga ko‘ra saylash mumkin. Oldingi o‘yinlarda ko‘proq epchil, tezkor, chaqqon bo‘lgan o‘yinchilar o‘yinboshi bo‘ladi. Bu haqda o‘yin qatnashchilariga oldindan e’lon qilinishi kerak, chunki ular o‘yinlarda zarur bo‘lgan sifatlarni na-moyon qilishga harakat qiladilar. Bu usulning salbiy tomoni shundaki, ya’ni o‘yinboshi rolida bo‘sh va epchil bo‘lmagan bolalar o‘ynay olmaydilar. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan o‘yinboshini saylash usullarini qo‘yilgan vazifalar va mashg‘ulotning shartiga, o‘yinning xarak-teriga, o‘ynovchilarning soniga va ularning kayfiyatiga qarab almash-tirib borish kerak.


Jamoalarga bo‘lish


Jamoalarga bo‘lish har xil usullar bilan o‘tkaziladi. Rahbarning ixtiyori bo‘yicha kuchlari teng bo‘lgan jamoani tuzish


kerak bo‘lganda, o‘ynovchilar jamoalarga bo‘linadi. Bu usul katta



45


sinf o‘quvchilari bilan murakkab harakatli sport o‘yinlarini o‘tkazishda qo‘llaniladi. Bunday usulda o‘ynovchilar jamoani tuzishda faol ishtirok etmaydilar.

O‘ynovchilarni sanash yo‘li bilan jamoalarga bo‘lish mumkin: bitta safda turib, bir-ikki deb sanaydilar; bir raqamlilar bitta jamoani, ikki raqamlilar esa boshqa jamoani tashkil qiladilar. Xuddi shunday usul 3–4 jamoaga xos bo‘lishi mumkin. Bu usul esa tez usul bo‘lib, undan hammadan ko‘ra ko‘proq jismoniy tarbiya darslarida tez-tez foydalanadilar. Bunday usulda jamoalarga bo‘lish kuchi bo‘yicha har doim ham bir xil bo‘lavermaydi. Harakat qilayotgan qatorda sinash yoki figurali yurish yo‘li bilan o‘ynovchilarni jamoaga bo‘lish mumkin. Har bir qatorda jamoada o‘yin uchun qancha talab qilinsa, shuncha odam bo‘lishi kerak. Bunday usulda jamoaning tarkibi tasodifan bo‘ladi yoki ko‘pincha kuchi teng bo‘lmaydi.


O‘yin bo‘yicha oxirgi ikkita usul o‘tkaziladigan dars uchun juda qulay, chunki ular ko‘p vaqtni talab qilmaydi va bitta mashq turidan boshqa turiga tashkiliy ravishda o‘tishga imkon beradi.


Shuningdek, til biriktirish bo‘yicha jamoalarga bo‘lish usuli ham qo‘llaniladi. O‘ynovchilar juft-juft bo‘lib (taxminan kuchlari teng bo‘lgan), sardorlarini (boshliq) saylaydilar, o‘zlari kim bo‘lishlarini gaplashib olganlaridan keyin, ularga nom qo‘yib, kapitanlarini saylaydilar. Bunday usulda jamoalarga bo‘lish kuchlari har doim teng bo‘ladi. Bu usulni bolalar juda yaxshi ko‘radilar, chunki u o‘ziga xos o‘yin hisoblanadi, lekin uni faqat shunday holatda qo‘llash mumkinki, unda o‘yinchi vaqtga chegaralanmagan bo‘ladi (asosan darsdan tashqari vaqtda o‘tkaziladi).


1.17. SARDORLARNI ÒAYINLASH BO‘YICHA


BO‘LISH USULI


Bolalar ikkita sardorni saylaydilar, ular navbat bilan o‘z jamoa-lariga o‘yinchilarni tanlab oladilar. Bu usul yetarli darajada tez bo‘ladi va jamoalar kuch jihatidan teng bo‘ladi. Ushbu usulning salbiy tomoni shundan iboratki, sardorlar bo‘sh, jismonan ojiz o‘yinchilarni olmaslikka harakat qiladilar, bu esa o‘yinchilar orasida tez-tez arazlash va janjallashishga olib keladi. Bu holat kelib chiqmasligi uchun tanlab olish oxirigacha olib borilmaydi va qolganlarini sanash yo‘li bilan bo‘lish tavsiya qilinadi.



46


Sardorlarni tayinlash usuli faqatgina katta maktab yoshidagi o‘quvchilar bilan o‘tqaziladi, chunki o‘yinchilar ularning kuchlarini to‘g‘ri baholashni biladilar.

Doimiy jamoalar ham bo‘lishi mumkin, shu bilan birga nafaqat sport o‘yinlari uchun, balki murakkab harakatli o‘yinlar, o‘yin estafetalaridan ayniqsa sinflar, maktablar, shuningdek, shaharlararo musobaqalar o‘tkaziladi. Jamoalarning doimiy tarkibi «Quvnoq startlar», «Shunqorlar» va boshqa o‘yinlarda bo‘ladi, chunki ularni musobaqalarga tayyorlash kerak.


1.18. JAMOA SARDORLARINI SAYLASH


Jamoaga oid o‘yinlarni tashkil etishda sardorlarni yoki jamoaning boshliqlariga (komandir) muhim rol beriladi, ular o‘z navbatida barcha jamoani to‘liq va ayrim o‘yinchilarning xulq-atvoriga javob beradilar. Sardorlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri rahbarning yordamchilari hisoblanadi. Ular o‘yin qatnashchilarini tashkil qiladi va joylash-tiradilar, ularni kuchlari bo‘yicha taqsimlaydi hamda o‘yin jarayonida o‘yinchilarning intizomiga javob beradi.


Sardorlar o‘yinchilarni o‘zlari tanlab oladilar yoki rahbar tanlaydi. Sardor o‘ynovchilarning o‘zlari saylashsa, bir-birini yaxshi fazilatlari, xulqlari bo‘yicha baholashga o‘rganadilar va o‘zlarining o‘rtoqlariga ishonch bildiradilar, ularda yuqori darajadagi javobgarlik his-tuy-g‘usini uyg‘otadi. Agar o‘ynovchilar yetarli darajada tashkil etilmagan yoki bir-birlarini yaxshi bilmasalar, unda sardorlarni o‘zi tayinlaydi. Rahbar ayrim paytlarda lavozimga (tarbiyalash maqsadida) passiv yoki yengiltak, o‘zlarini tuta bilmaydigan o‘yinchilardan saylaydi, shu bilan birga ularda zarur bo‘lgan fazilatlarni tarbiyalashga yordam beradi. Sardorlar, odatda, jamoalar tuzilgandan keyin saylanadi yoki tayinlanadi. Faqat jamoalarni bo‘lishda sardorlarni saylash va tayin-lash yo‘li bilan oldindan saylanadi.


Doimiy jamoalarda sardorlar vaqt-vaqti bilan qayta saylanadilar.


I. 19. YORDAMCHILARNI ÒAYINLASH


Rahbar tomonidan saylangan yordamchilar qonun-qoidalarga rioya qilishni kuzatadilar, o‘yin kapitanlarini hisobga oladi, shuning-dek, asbob-anjomlarni tarqatadi va qo‘yib chiqadi. Yordamchilar



47


– bo‘lajak o‘yin tashkilotchilaridir, shuning uchun iloji boricha, o‘quv yili davomida yoki oromgohlarda dam olish davrida ularning o‘rnida barcha o‘quvchilar ishtirok etishlari kerak.

Yordamchilar soni o‘yin qoidasining murakkabligiga va o‘ynov-chilarning soni va jamoa maydonchasining katta-kichikligiga va binoga bog‘liq bo‘ladi. Rahbar yordamchilarni tayinlash haqida barcha o‘yinchilarga e’lon qiladi.


Sardorlarni tayyorlash mashg‘ulot jarayonida hal etiladigan o‘yin-ning murakkabligiga va vazifasiga bog‘liq bo‘ladi, yordamchilar o‘yinchilar safga turgunicha yoki o‘yin e’lon qilinganda o‘yinbo-shini saylaganidan keyin tayinlanadi. Agar kuch va chidamlilikni talab qiladigan o‘yin belgilangan bo‘lsa (masalan, «Oq ayiqlar») unda rahbar oldindan jismoniy jihatdan bo‘sh bo‘lgan bolalarni yordamchi roliga tayinlaydi. Joylarda o‘tkaziladigan o‘yinlar uchun yordamchilarni oldindan tanlash kerak bo‘ladi, chunki ular bilan bo‘lajak o‘yinlarga tayyorgarlik ko‘rilishi zarur. Jamoalarga bo‘linib o‘ynaladigan o‘yinlar uchun (masalan, «Otishma», «Oq terakmi, ko‘k terak») yordamchining bolalarning tayyorgarligini hisobga olgan holda, o‘yinni tushuntirib bo‘lgandan keyin saylash mumkin.


Bolalarni yordamchilarning vazifasini bajarishga o‘rgatishni birin-chi sinfdan boshlash tavsiya qilinadi. Dastlab, ularga oddiy topshiriqlar berish kerak (masalan, o‘yinchilarning maydonchani chegarasidan chiqib ketmasligi, signal berguncha chiziqning bosmasligi va hokazo) so‘ngra, ularni asta-sekin murakkablashtirib borib, yordamchilar ikkinchi rahbar roligacha olib chiqiladi.


1.20. O‘YIN JARAYONIGA RAHBARLIK QILISH. O‘YNOVCHILARNING XULQINI VA O‘YIN BORISHINI KUZAÒISH


O‘yinni va o‘yin vaqtida bolalarning fe’l-atvorini va xulqini birmuncha darajada o‘zlashtirishi uni to‘g‘ri boshqarishiga bog‘liq bo‘ladi. O‘yinni o‘z vaqtida tashkiliy ravishda boshlash juda zarur. O‘yinni vaqtida boshlanmasdan ushlab turish o‘yin qatnashchilarining o‘yin oldi holatini va o‘yinga tayyorgarligini pasaytiradi. O‘yin qat-nashchilari jamoaning harakat qilish rejasini muhokama qilganla-rida o‘yin boshlanishini to‘xtatib qolish mumkin o‘yin shartli (Jamoa-da hushtak, chapak chalganda, qo‘l yoki bayroqni silkitganda)



48


bo‘yicha boshlanadi. Har xil buyruqda bolalarning harakat reaksiya-sining tezligini va aniqligini rivojlantirish uchun turli-tuman buyruq va signallar qo‘llash tavsiya qilinadi. Rahbar belgilangan signal haqida bolalarga oldindan aytib qo‘yadi, shuning uchun barcha o‘yinchilar o‘yin mazmunini tushuntiradilar va tegishli joylarni egallaydilar.

Rahbar keyinchalik o‘yinning borishini va ayrim o‘yinchilarning xulq-atvori, xulqlarini kuzatib boradi va ularning harakatini to‘g‘ri yo‘naltiradi. Bolalarni o‘yin qoidalariga ongli ravishda rioya qilishga o‘rgatish kerak. O‘yin qatnashchilari o‘yin qoidalarini tushuntirish vaqtida bilib oladilar, lekin ularga agarda oldingi o‘yin qoidalarini yaxshi o‘zlashtirishgan bo‘lsa ham, o‘yin jarayoni tez-tez eslatib turilishi va to‘ldirib borilishi kerak. Agar ko‘pchilik o‘yinchilar bir xil xatoga yo‘l qo‘yadigan bo‘lsalar, u holda rahbar o‘yinni to‘xtatadi va o‘yinga o‘zgartirishlar kiritadi.


Rahbar murakkab o‘yinlarni o‘tkazishda dastlab bolalarni asosiy o‘yin qoidalari bilan tanishtiradi, so‘ngra o‘yinni borishi davomida qo‘shimcha qoidalar kiritadi.


O‘yinni keskin buyruq, baqiriq yoki chaqiriq bilan to‘xtatish man etiladi. Shuning uchun bolalarni hushtak yordamida «Diqqat!» shartli signali bilan to‘xtatishga o‘rgatish kerak. O‘yin jarayonida o‘yinchilarning ijobiy tashabbuskorligini rivojlantirishga yordam berish kerak. O‘yinga shunday rahbarlik qilish kerakki, o‘yin jarayonining o‘zi bolalarga bir olam xursandchilik baxsh etsin. Bu imkoniyat faqat o‘yin qatnashchilari faollik, ijodiy tashabbuskorlikni va musta-qillikni namoyon qilganlarida bo‘lishi mumkin.


Hammadan ko‘proq o‘ynovchilar o‘zlarining ijodkorligini shun-day o‘yinlarda namoyon qiladiki, ya’ni ularga yoqadigan o‘yinlar tez-tez namoyon bo‘ladi. Rahbar bolalarni o‘yinga qiziqtirishi va ularni ergashtira bilishi kerak. Buning uchun bolalarning imkoniyatlari va qiziqishlari ularning xohishi va kayfiyatiga pedagogik jihatdan to‘g‘ri va ularni xis-tuyg‘uga mos kelishini hisobga olgan holda rahbarlik qiladi; ba’zi hollarda o‘zining xulqi bilan bolalarni ergashtirib, o‘yinda qatnashadi. Rahbar shu bilan bir vaqtda, o‘yinga qiziqib ketmasdan, balki o‘zining pedagogik vazifasini ham esda tutishi kerak. U o‘yinda qatnashishi bilan birga, nafaqat o‘yinchilarda qiziqishni orttiradi va ayrim vaqtlarda ularga alohida usulni, ayrim taktik kombinatsiyalardan dadil va yaxshilab foydalanishni ham ko‘rsatadi.



4 – Xo‘jayev, P. 49

Agar rahbar o‘yinda qatnashmaydigan bo‘lsa, o‘yinni kuzatish vaqtida, o‘yin qatnashchilari bilan yutuq va kamchiliklarini birgalikda ko‘rib chiqadi.

O‘yinchilar topshirilgan vazifa va qoidalarni vijdonan bajarish-gandagina ongli intizomga erishish mumkin. Ongli, intizomli o‘yin juda yaxshi o‘zlashtirishga va uning qatnashchilariga yaxshi kayfiyat bag‘ishlashga yordam beradi. Natijada o‘yin yana ham ko‘proq qiziqarli bo‘lib boradi. Bolalarda o‘yinda o‘zini tutishni ongli muno-sabatda bo‘lishini tarbiyalaydi, ularni o‘rtoqlarini mardonavor harakat qilishiga yo‘naltiradi: «O‘rtog‘ingni qutqar!», «Orqada qolayotganlar-ga yordam ber!», «O‘zingning o‘rtoqlaring bilan maqsadga erish!», «O‘zingga berilgan vazifani oxirigacha bajar, bo‘lmasa jamoang mag‘lub bo‘ladi!». Ayniqsa ko‘proq diqqat-e’tiborni bolalarning jamoada o‘ynashiga odat bo‘lgan o‘yinlarga qaratish kerak.


O‘yin jarayonida o‘ynovchilarning kayfiyatini hisobga olish juda zarur bo‘ladi. Agar o‘yin ma’qul bo‘lmagan bo‘lsa va uni qanday sabablarga ko‘ra yoqmaganligini hisobga olish kerak: juda ham sodda yoki aksincha bo‘lish mumkin. Bunday holatlarda o‘yin qoidalarini almashtirish (murakkablashtirish va soddalashtirish), boshqa iloji topilmay qolganda, o‘yinni uzoq vaqt davom etishini qisqartirish kerak.


Rahbar o‘yinning eng ko‘proq havfli onlarini (murakkab to‘siqlar ustidan sakrab o‘tish, balandlikdan pastga sakrash, devor, asbob-anjomlar atrofida yugurish) hisobga olishi zarur va har doim muhofaza qilishga tayyor bo‘lish kerak. Bunda o‘yinda qatnash-mayotgan bolalarni jalb qilish maqsadga muvofiq bo‘ladi.


Muhimi shuki, o‘yin shug‘ullanuvchilarning xulqi va kayfiyatini asab sistemasiga samarali ta’sir ko‘rsatadigan ijobiy hissiyotni keltirib chiqaradi. Lekin o‘yinda ma’qul bo‘lmagan sifatlarni tarbiyalashga yordam beradigan, salbiy hissiyotni kelib chiqishidan (xafa bo‘lish, jahl chiqish, qo‘rqish) qochish kerak. Shuningdek, o‘yindagi o‘zaro munosabatini va ortiqcha asabiylashishlarni tartibga solish, ortiqcha asabiylashishdan xoli bo‘lishi zarur.


O‘yinda ayrim holatlarda rahbar o‘yinni tushunib bo‘lmaydigan qilib gapirib berganda tartib buzilishi mumkin. Bunday holatda tezda o‘yin qoidalarini qo‘shimcha ravishda tushuntirish kerak.


Shuningdek, intizom o‘yinchilar jamoalarga noto‘g‘ri bo‘linganda yoki o‘yinboshilarni noto‘g‘ri tanlash natijasida buzilishi mumkin.



50


Bolalar to‘polon qilib uning jahlini chiqaradi. Jamoalar noto‘g‘ri bo‘linganda (biri ikkinchisidan kuchli bo‘lganda) o‘yin vaqtida bo‘sh bo‘lgan jamoada o‘yin qatnashchilari ko‘proq e’tiroz bildirishadi.

Agar o‘yinchilarning soni teng bo‘lmaganda jamoalarda, rahbar yaxshi e’tibor bermasa, bundan ham yomon bo‘lishi mumkin. Uni sezib, yomon ko‘rib qolganda kechiktirmasdan xatoni to‘g‘rilashi kerak.


O‘yinda ko‘proq o‘zini tuta bilmaydigan o‘yinchilar intizomni buzadilar. Ular bilan alohida, yakkama-yakka holda tarbiyaviy ish-larni olib borish zarur: o‘yin boshiga hakamlikka oid mas’ul rollarni yuklash mumkin, ayrim hollarda uning teskarisi bo‘ladi, ya’ni o‘yindan chetlashtiriladi. O‘yin jarayonida muhim umumiy qiziqishlariga ega bo‘lgan o‘yin qatnashchilarini bir butun jamoaga birlashtiriladi.


A.S. Makarenkoning o‘g‘il va qiz bolalarni o‘zining shaxsiy muvaffaqiyati bilangina emas, balki ayniqsa o‘z jamoasi yoki jamoasining muvaffaqiyatlari bilan faxrlanish ruhida tarbiyalash za-rurligi haqida aytgan gaplarini hech qachon unutmaslik kerak. Shuningdek, bolalarda har qanday maqtanchoqlikning oldini olish, raqib kuchini hurmat qilishni tarbiyalash, ularning e’tiborini uyush-qoqlikka, mashq qilishga va jamoada intizom bo‘lishi kerakligiga jalb qilish lozim. Nihoyat, bolalarning o‘z muvaffaqiyatlari va mag‘lu-biyatlariga jiddiy munosabatda bo‘lishlariga erishish kerak.


O‘ynovchilar o‘rtasida sog‘lom o‘rtoqlik munosabatlari bo‘lishi shart. O‘yin g‘oliblarini manmanlikka berilib ketishiga yo‘l qo‘y-maslik zurur va bu esa mag‘lubiyatga uchraganlarni o‘yinga bo‘lgan qiziqishining susaytirishga olib keladi. O‘ynovchilarning o‘zaro harakati o‘rtoqlik va do‘stlik asosida tashkil qilinganligini his qilishlari shart.


1.21. HAKAMLIK QILISH


Har bir o‘yin obyektiv va oqilona hakamlik qilishni talab qiladi. Agar o‘yin qoidalarining bajarilishini diqqat bilan jiddiy ravishda kuzatilmasa, o‘yin o‘zining ta’lim-tarbiyaviy va pedagogik qiymati hamda ahamiyatini yo‘qotadi. Rahbar o‘yin qoidalarining bajarili-shini kuzatish bilan birgalikda, pedagogik usullar yordami bilan ta’lim va tarbiyani boshqarib boradi. Hakam esa o‘yinda usullarning to‘g‘ri bajarilishini kuzatadi, bu o‘yin texnikasini yaxshilashga va unga bo‘lgan qiziqishni to‘laqonli oshirishga yordam beradi.



51


Jamoalarga bo‘linib o‘ynaladigan o‘yinlarda, bunda obyektiv va aniq hakamlik qilish alohida ahamiyatga ega, bu ayniqsa musobaqa yorqin ifoda qilgan va har bir jamoa yutishiga manfaatdordir. Hakam jamoalarning kuch va o‘yinchilarning soni jihatdan teng bo‘lishini va bir xil sharoit yaratilishini (o‘yin o‘tkaziladigan, asbob-anjomlar va boshqalar jihatdan) kuzatib borishi kerak.

Noto‘g‘ri hakamlik qilish ishonchni yo‘qotadi, uning obro‘si tushib ketadi, o‘ynovchilar ular bilan hisoblashmay qo‘yadilar.


Hakam barcha o‘ynovchilarni ko‘rishga va ularga xalaqit bermas-likka, kuzatish uchun qulay joy topishi shart. Unga ayrim o‘yinlarda o‘yinchilarini siljishlarini kuzatish uchun maydon bo‘ylab harakat qilishga to‘g‘ri keladi. Hakam o‘yin qoidasining buzulganligini sezgan-dan keyin, tezda o‘z vaqtida va aniq signal berishi shart. U o‘ynov-chilar bilan bahslashishga kirishmasdan, odob bilan tanbeh berishi kerak. Shu bilan birga o‘yinning natijalarini to‘g‘ri yakunlash hakamga bog‘liq bo‘ladi. Lekin harakatli o‘yinlarda to‘g‘ri hakamlik qilish bolalarda haqiqatgo‘ylikni, hakamga va uning qoidalariga nisbatan hurmatda bo‘lishni tarbiyalashga yordam beradi. O‘yinchilarning hakamga tegishli tanbeh va norozilik bildirishni tushuntirish berish o‘yin tamom bo‘lgandan keyin amalga oshirishi kerak.


1.22. O‘YIN JARAYONIDA YUKLAMANI


ÒAQSIMLASH


Harakatli o‘yinda har bir o‘yin qatnashchisining imkoniyatini hisobga olish juda qiyin, shuningdek, uning shu vaqtdagi jismoniy holatini ham. Shuning uchun birdaniga mushakni haddan tashqari taranglashtirish tavsiya qilinmaydi, chunki u tez charchab qolishni keltirib chiqaradi, nafas olishni sekinlashtirishni talab qiladi.


Buning uchun optimal yuklamani ta’minlash shart. Yuklamani intensiv tez borishini dam olish bilan almashtirib borish kerak.


O‘yinni o‘tkazishga kirishishdan oldin, bolalarning kayfiyatini va oldingi faoliyatini hisobga olish zarur. Agar o‘yin katta jismoniy yoki aqliy zo‘riqishdan keyin o‘tkazilsa (sinfda nazorat ishidan keyin yoki dalada ishlash), keyin katta zo‘riqishni talab qiladigan usul-lardan mustasno bo‘lgan kam harakatli o‘yinlarni taklif qilish kerak.


Mashg‘ulotlar vaqtida intensiv o‘yin kam harakatli o‘yin bilan almashtirib boriladi. Shuni hisobga olish kerakki, o‘ynovchilarning



52


jo‘shqin holati orttirilganda o‘yinda yuklama oshadi. Biroq o‘yinga berilib ketgan o‘ynovchilar bir-biridan oshib ketishga harakat qilib, imkoniyatlarini hisobga olishmaydi va ko‘p kuch sarflanadi, bu esa sezgi me’yorlarini yo‘qotadi. Bolalar o‘yinlarda tez-tez kuchlariga ortiqcha ishonib, charchashning kelib chiqishini sezmaydilar. Shuning uchun rahbar ularning kayfiyatiga, tayyorgarligiga, salomatlik holatiga ishonmasligi kerak. Chunki kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarga beriladigan yuklama, kattalarga qaraganda asta-sekin oshirib boriladi. Garchi o‘yinchilarda hali dam olishga ehtiyoj sezilmasa ham gohida o‘yinni to‘xtatish mumkin.

O‘yinda yuklama o‘yin qatnashchilarining umumiy harakat-chanligini oshirish yoki kamaytirish bilan taqsimlab boriladi. Yuk-lamani o‘zgartirish uchun har xil metodik usullar mavjuddir. Buni qisqa vaqtli tanaffuslarda xatoni tahlil qilish, ochkolarni hisoblash, o‘yin qoidalarini aniqlash, yordamchilarni tayinlash, yugurib o‘tish uchun masofani qisqartirish, o‘yinda takrorlash sonini kamaytirish va hokazo. Shuning uchun ulardan foydalanishni uyushtirish mumkin. Ularning faolligini oshirish uchun o‘ynovchilarni guruh-guruh bo‘lib, boshqa joyga yugurib o‘tish masofasini orttirib boriladi va qo‘shimcha to‘siqlar bilan to‘ldirib, o‘yin qatnashchilarining harakatchanligini oshirish mumkin.


O‘yinboshilar uzoq vaqt davomida dam olmasdan harakatda bo‘lishga yo‘l qo‘ymaslik shart. O‘yinboshlarni vaqt-vaqti bilan hattoki ular g‘olib bo‘lolmasalar ham almashtirish tavsiya qilinadi.


Barcha o‘ynovchilar iloji boricha taxminan bir xil yuklama olishlari shart. Shuning uchun o‘yinda mag‘lub bo‘lgan o‘yinchilarni (agar bu o‘yin qoidasida talab qilinsa) faqatgina qisqa vaqtga chaqirish mumkin. Eng yaxshisi ularni o‘yindan chiqarmaslik kerak, uning o‘rniga jarima ochko berilgani ma’qul bo‘ladi.


Òibbiy nazorat ma’lumotlarini hisobga olgan holda, alohida diq-qat-e’tibor zaif bolalarga qaratilishi zarur. Ular uchun yakkama-yakka yuklama berish, ya’ni qisqartirilgan masofa va yengilashtirilgan topshiriq o‘yinda bo‘lish vaqtini qisqartirilishi maqsadga muvofiqdir.


Ochiq havoda o‘tkaziladigan o‘yinni davom etishi ob-havo sharoitiga bog‘liqdir. Ochiq havoda o‘tkaziladigan mashg‘ulot vaqtida organizmga harakatning fiziologik ta’sir etishi oshib boradi.


O‘yindagi yuklama o‘yin maydonchasining katta-kichikligiga bog‘liq bo‘ladi: maydon qanchalik katta bo‘lsa, o‘yin qatnashchilari



53


shunchalik ko‘p yuklama oladilar. Shunday qilib, taqsimlash o‘yin o‘tkazish sharoiti va metodikasi bo‘yicha aniqlanadi.

1.23. O‘YINNI ÒAMOMLASH


O‘yinning davom etishi shug‘ullanuvchilarning tarkibi, mash-g‘ulotning sharti va o‘yinning xarakteriga bog‘liq bo‘ladi. O‘yinni o‘z vaqtida tamomlash juda muhimdir. O‘yinni oldindan tugatib qo‘yish va uni cho‘zib yuborish ham mumkin emas. O‘yinni davom etishi o‘yin qatnashchilari soniga (o‘ynovchilarning soni qancha kam bo‘lsa, o‘yin shuncha qisqa bo‘ladi), ularning yoshiga (kichik maktab yoshidagi bolalar uzoq vaqt davomida zo‘riqishi mumkin emas), o‘yinning mazmuniga (katta zo‘riqishni talab qiladigan o‘yinlar qisqa bo‘lishi kerak) bog‘liq bo‘ladi.


Rahbar o‘yining tamom bo‘lish vaqtini aniqlashi shart. Agar o‘yinda charchashning birinchi alomatlari paydo bo‘lishi bilan (e’tibor bermaydigan bo‘lsa, qoida buzilganda, harakatni to‘g‘ri bajarish, maqsadga erishishda qat’iyatlilikni yetarli darajada namoyon qilmas-lik, qiziqishning pasayishi ko‘pchillik o‘yin qatnashchilarida nafas olishni tez-tez bo‘lishi) o‘yinni to‘xtatish kerak.


Rahbar o‘yin oldidan belgilangan vaqtda, ya’ni o‘yinni ma’lum vaqt davom etgandan keyin to‘xtatishi mumkin. Bularni hisobga olgan holda o‘yin qatnashchilari o‘zlarining kuchlarini mos ravishda taqsimlaydilar, vaqtning tamom bo‘lishiga 1–3 daqiqa qolganda o‘yin qatnashchilari ogohlantiriladi.


Jamoa bo‘lib o‘ynaladigan o‘yin oldidan iloji boricha o‘yin qatnashchilariga uni necha marta qaytarishini aytib qo‘yish kerak. Agar o‘yin ma’lum vaqtda tamom qilishni bilmasalar, rahbar uni qachon tamom bo‘lishi to‘g‘risida ogohlantiradi, masalan, «O‘yin-boshi almashmaguncha o‘ynaymiz», «Ya’ni 1–2 daqiqa o‘ynay-miz» va hokazo. O‘yinning tamom bo‘lishi o‘yin qatnashchilari uchun kutilmagan holat bo‘lmasligi kerak, chunki bular bolalar o‘rtasida salbiy kelishmovchiliklarni keltirib chiqaradi. Shuningdek, o‘yinning davom etishi mashg‘ulotning shakliga bog‘liq. Jismoniy tarbiya darsida o‘tkaziladigan o‘yin vaqti chegaralangan bo‘ladi. Agar o‘yin sinfdan tashqari vaqtda o‘tkaziladigan bo‘lsa, u holda uzoq davom etadi va bolalarda ko‘proq chidamlilikni tarbiyalashga yordam beradi. Bunday o‘yinlar o‘quvchilarni yana ham yuqori kuchlanishlarga o‘rgatadi.



54


Shunday qilib, rahbar o‘yinni shu vaqtda, ya’ni qachonki bolalar ham charchamasdan unga yanada qiziqish ortganda ular tetik, to‘-laqonli harakatda bo‘lgan vaqtda tamom qilish mumkin.

1.24. O‘YIN NAÒIJALARIGA YAKUN YASASH


O‘yin natijalarini aniqlash katta tarbiyaviy ahamiyatga egadir. Rahbar o‘yin tamom bo‘lgandan keyin uning natijasini e’lon qilishi shart. Buning uchun tinch sharoit yaratishi kerak, agar kerak bo‘lsa, yordamchilardan, ochkoni hisobga olib boruvchilardan ma’lumotni yig‘ib oladi va natijani baland ovozda e’lon qiladi. Hech qachon hakam bilan tortishishga yo‘l qo‘ymaslik zarur. Chunki hakamning qarori barcha uchun majburiydir. O‘yin natijalarini aniqlashda nafaqat tezlikni balki u yoki bu topshiriqni sifatli bajarishni hisobga olishni, bundan o‘yin qatnashchisini oldindan ogohlantirish kerak. Rahbar o‘yin tugagandan keyin ayrim o‘yinchilarning harakatlariga va umu-man, o‘tkazilgan o‘yinga baho berish o‘yin natijalariga yakun yasaydi.


1.25. O‘YINNI ÒAHLIL QILISH


O‘yinning natijalarini e’lon qilishda o‘yinni tushunib yetish, o‘yin qatnashchilari tomonidan texnik usullar va texnikasida qo‘yilgan xatosini ko‘rsatib berish zarur. Kichik maktab yoshidagi bolalarga o‘yinning syujetini tahlil qilishda o‘yin syujetini rivojlantirishdagi ijobiy va salbiy tomonlarni, alohida rollarni yaxshi bajargan o‘yin qatnashchilarini aytib o‘tish juda foydali bo‘ladi. Ijobiy tashabbus ko‘rsatgan va o‘yin qoidalariga rioya qilgan o‘quvchilarni o‘rnak uchun alohida ko‘rsatib o‘tish kerak. Xulosa qilib shuni aytish mum-kinki, o‘yinni o‘tkazilishining o‘zi juda murakkab jarayon: u nafaqat bolalarning yosh xususiyatlariga, ishlash sharoitiga, balki bolalarning jamoa bo‘lib o‘ynashga tayyorgarligiga, ularning kayfiyatiga, o‘yin rahbarining mahoratiga ham bog‘liq bo‘ladi. O‘yinni o‘tkazish peda-gogik jarayon bo‘lib, uni har doim ham oldindan aytib bo‘lmaydi.


Bolalar bilan shug‘ullanishning amaliy tajribasi shuni ko‘rsatadiki, o‘yin jarayonida o‘ynovchilarning harakatini tahlil qilish va tuzatishni bilish, to‘g‘ri tahlil qilishni va o‘yinning rahbari sifatida o‘zining xulqini baholashni bilish o‘yinga rahbarlik qilish mahoratini tako-millashtirishga yordam beradi.



55


II bob

HARAKAÒLI O‘YINLARNI ÒASHKIL QILISH SHAKLLARI, JISMONIY ÒARBIYA DARSLARIDA HARAKAÒLI O‘YINLARNI O‘ÒKAZISH MEÒODIKASI


Harakatli o‘yinlar maktabda jismoniy tarbiya metodi va vositasi sifatida jismoniy tarbiya darsida hamda sinfdan tashqari mashg‘u-lotlarda keng qo‘llaniladi.


Harakatli o‘yinlar jismoniy tarbiya bo‘yicha maktab dasturiga mos ravishda 1–9-sinflarda gimnastika, yengil atletika, sport o‘yinlari, kurash va suzish bilan birga qo‘shib olib boriladi.


Jismoniy tarbiya darslarida harakatli o‘yinlar dastur talablariga mos ravishda ta’limiy, tarbiyaviy va sog‘lomlashtirish vazifalarini hal etishi uchun foydalaniladi.


Òa’limiy vazifalarga quyidagilar kiradi: yugurish, sakrash, uloqti-rish malakalarini mustahkamlash va takomillashtirish, shuningdek, gimnastika, yengil atletika, sport o‘yinlari, kurash va suzish mash-g‘ulotlarida egallagan malakalar.


Òarbiyaviy vazifalarga quyidagilar kiradi: jismoniy (tezkorlik, epchillik, kuch, merganlik, chidamlilik) va axloqiy irodaviy sifatlar (jasurlik, halollik, jamoatchilik va hokazo).


Sog‘lomlashtirish vazifalari o‘quvchilarning organizmini normal rivojlantirishga, ularning sog‘lig‘ini mustahkamlashga yordam beradi.


Yuqorida aytib o‘tilgan vazifalar bir-biri bilan o‘zaro cham-barchas bog‘liqdir. Ularni hal etishda o‘quv tarbiyaviy jarayonning har xil tomonlarini hisobga olish kerak. Xuddi shunday, «Kim chaqqon» o‘yinini o‘tkazishda chap berib yugurish tezligini tako-millashtirish uchun kichik maktab yoshidagi bolalarda bir vaqtning o‘zida dadillikni, ziyraklikni va o‘zining kuchiga ishonishni rivoj-lantirish mumkin.


Jismoniy tarbiya darslarida o‘tkaziladigan o‘yinlarni boshqa mashg‘ulot shakllaridan farqi shundaki, bunda diqqatni eng muhimi o‘yinning ta’limiy va sog‘lomlashtirish tomoniga, shuningdek, jismo-niy tarbiya sifatiga ham qaratish kerak. Dars uchun o‘yin tanlashda, darsning vazifasini, o‘quv materialini, o‘yinga kiruvchi harakat



56


turlarini, o‘yinning fiziologik yuklamasini, ishlash uchun shart-sharoit-ni hisobga olish zarur.

Har bir o‘yinda o‘yin qatnashchilaridan bilim va malakalarini namoyon qilishni talab qiladi, uni o‘yin jarayonida takomillashtiradi. Elementar o‘yinlarga maxsus tayyorgarlik talab qilinmaydi. Biroq murakkab harakatlardan tashkil topgan o‘yinlar ham bor. Masalan, quyidagi o‘yinlarni («Òo‘p sardorga», «Òo‘p o‘rtadagiga») o‘quv-chilarga taklif qilish mumkin emas, agarda ular to‘p oshirishni, uni ilib olishni bilmasa va o‘yin jarayon bilan to‘qnashishda, yaxshi reaksiyaga harakat koordinatsiyasini va boshqa zarur bo‘lgan sifat va malakalarini egalab ololmaydi.


Shug‘ullanuvchilar o‘yinga kiritilgan murakkab harakatlarni max-sus mashqlar yordamida o‘zlashtiradilar. Istisno tariqasida avvaldan o‘rgatishni talab qilmaydigan elementar va tabiiy harakatlar bo‘lishi mumkin. Masalan, «Bo‘ri zovurda» o‘yinida yugurib kelib uzunlik-ka sakrash tabiiy chiqadi. Jismoniy tarbiyaning boshqa vositalari o‘rtasida o‘yinning o‘rni yoki joyi aniqlansa, ular o‘rtasidagi ketma-ketlik metodik jihatdan to‘g‘ri bo‘ladi. Bu esa qo‘yilgan vazifani yaxshilab hal etilgan darsning zichligini oshirishga va mashqni to‘g‘ri taqsimlashga yordam beradi. Chaqqonligi bir harakatdan ikkinchi harakatga to‘g‘ri va sifatli o‘tish demakdir. Shunday qilib, yugurish, sakrash bilan bajariladigan o‘yindan keyin yoki qarshilik ko‘rsatish bilan mashq o‘tkazish murakkab chaqqonlik, muvozanatni saqlaydi-gan, aniq harakatni talab qiladigan, qarshilik ko‘rsatish bilan mashqni o‘tkazish tavsiya qilinmaydi.


Agar darsning asosiy qismi o‘yinga bag‘ishlangan bo‘lsa, bunda ko‘proq harakatli o‘yinlar bilan kamroq harakatlanadigan o‘yinlar almashlab olib boriladi, shu bilan birga harakatning xarakteri bo‘yicha turli-tuman o‘yinlar tanlab olinadi.


Harakatli o‘yinlarning darsni hamma qismlariga kiritish mumkin. O‘yin mazmuni shug‘ullanuvchilarning tarkibiga va vazifasiga bog‘-liqdir. Darsni tayyorlov qismiga kam harakatli va murakkab bo‘lmagan o‘yinlarni kiritilishi tavsiya qilinadi, bu o‘quvchilarning diqqatini jamlashga («Guruh, tik tur!», «Og‘ma tayoq») yordam beradi, bular o‘rtacha harakatdagi o‘yinlar bilan bajariladigan umumrivojlan-tiruvchi harakterdagi mashqlardir («Òaqiqlangan harakat»). Darsni asosiy qismda tez yugurish, chap berish yoki aldab o‘tish, chidamlilik, to‘siqni oshib o‘tish, har xil sakrashlar, qarshilik ko‘rsatish, kurash,



57


qo‘zg‘aluvchan va qo‘zg‘almaydigan nishonga uloqtirish bilan bajari-ladigan harakatli o‘yinlardan foydalaniladi.

Darsning yakuniy qismida o‘rtacha kam harakatchanlikka oid o‘yinlar o‘tkaziladi, u murakkab bo‘lmagan o‘yin qoidalari bilan diqqatni jamlash uchun o‘tkaziladigan o‘yinlar, darsni asosiy qismdagi tezlik bilan beriladigan yuklamadan keyin faol dam olishga yordam beradi («Kim keldi», «Guruh, tik tur!»).


Jismoniy tarbiya darslarida harakatli o‘yinlarni o‘tkazish metodi-kasining o‘ziga xosligi darsning zichligiga to‘g‘ri keladiganlarini saqlab qolish zarurligi va qisqa muddatlilik bilan bog‘liqdir.


Vaqtdan maqsadga muvofiq ravishda foydalanishda va o‘yinni o‘tkazish metodikasini to‘g‘ri tanlash esa darsda zarur bo‘lgan motor zichlikka erishiladi. Shunga erishish uchun barcha o‘yinda qatnashuv-chi o‘yinchilar taxminan bir xil yuklama oladilar. O‘yinda shu bilan bog‘liq bo‘lgan barcha shug‘ullanuvchilarning faol qatnashishlari uchun teng sharoit yaratib berishga harakat qilish kerak.


Odatda, harakatli o‘yinlar frontal metod bilan o‘tkaziladi. O‘yin qatnashchilarining barchasi 2–3 guruhlarga bo‘linadilar va har bir guruhda bitta o‘yin o‘zi mustaqil ravishda o‘tkaziladi.


O‘yinda guruhga oid usul ham qo‘llaniladi. Rahbar o‘yinchilarni ikki guruhga bo‘lib, ularga har xil o‘yinlar beradi. Odatda, 6–8 sinflarda guruhga oid usuldan turli-tuman ta’limiy vazifalarni hal etish uchun foydalaniladi. Masalan, qiz bolalarga «O‘yinboshiga to‘p berma» o‘yini (basketbol o‘yiniga tayyorlash uchun), o‘g‘il bolalarga «Aylanadan tashqarida» (futbol o‘yiniga tayyorlaydigan) o‘yinni taklif qilishadi.


O‘g‘il bolalarga chidamlilik va kuchni rivojlantirishni tarbiya-laydigan, qizlarga esa koordinatsion qobiliyatni tarbiyalaydigan o‘yin beriladi. O‘yinga ma’lum vaqtni belgilash shartdir. Chunki o‘ynov-chilarning charchashi, o‘yinni yetarli darajada o‘zlashtirilmaganligi va boshqa sabablar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.


Darsda o‘tkaziladigan o‘yin o‘quvchilarni sog‘lomlashtirishga qaratilgan bo‘lishi kerak. Shuning uchun o‘yinlar imkon qadar maydonchada o‘tkazilgani ma’qul. Agar o‘yin bino ichida o‘tkazi-ladigan bo‘lsa, unda ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan gigiyenik sharoit yaratilishi kerak.


Òibbiy ko‘rikdan keyin asosiy guruhga kiritilgan bolalar sinf uchun jismoniy tarbiya bo‘yicha dasturda berilgan barcha harakatli



58


o‘yinlarda qatnashishlari mumkin. Maxsus tibbiy guruhga ajratilgan bolalar o‘yinda faol qatnashish istaklarini bildirganliklarini hisobga olmasdan ularning harakatini cheklash zarur. Ularga harakat qilishni talab qilmaydigan yoki o‘yin vaqtini qisqartirish nafsoniyatiga teg-maydigan rollarni berish kerak. Shuningdek, ularni hakamning yor-damchisi va ochkolarni hisoblaydigan sifatida jalb qilish mumkin. Shu bilan bir vaqtda zaif bolalarning salomatligini mustahkamlash uchun ularni kuchlari yetadigan o‘yinlarga jalb qilish kerak.

Jismoniy tarbiya darslarida harakatli o‘yinlar o‘quv yilining har bir choragiga o‘qituvchi tomonidan qo‘yilgan vazifalarni hisobga olgan holda butun o‘quv yili bo‘yicha rejalashtiradi.


Rejalashtirishda o‘quv yili bo‘yicha tuzilgan dasturda taklif qi-lingan o‘yin ro‘yxatiga amal qilish kerak. O‘qituvchi maktabda ishlash sharoitidan kelib chiqqan holda o‘yin ro‘yxatiga qo‘shimcha o‘zgartirishlar kiritishi mumkin: shug‘ullanuvchilarning milliy tarkibi, geografik sharoiti, tayyorgarligiga, o‘yinda kerakli jihozlarni mavjud-ligiga va boshqalar. O‘yin uchun vaqt dasturda beriladi. Biroq ishning sharoitidan va o‘rgatish vazifalaridan kelib chiqqan holda ayrim o‘zgarishlar kiritish mumkin.


O‘quv yiliga mo‘ljallangan o‘yinlarni, barcha o‘quv materialini rejalashtirishni hisobga olgan holda choraklar bo‘yicha taqsimlab chiqish kerak. O‘zbekiston Respublikasi sharoitida maktablarda o‘yinlar 1, 2 va 4-chorakda maktab maydonchasida o‘tkaziladi, shu-ning uchun rejaga koptokni uzoqqa uloqtirish, har xil masofalarga yugurish va o‘yin-estafetalari kiritilishi mumkin.


3–4 sinflardan boshlab 1 va 4-choraklarda o‘quv materialining asosi yengil atletika mashqlaridan tashkil topgan bo‘lib, harakatli o‘yinlar faqat alohida yengil atletika malakalarini mustahkamlaydi va takomillashtirishga yordam beradi. Ana shu maqsadda tez yugurish, to‘siqlardan oshib o‘tish, sakrash va uloqtirish bilan estafetalar o‘tkaziladi.


Mashg‘ulotlar ikkinchi chorakning yarmi va uchinchi chorakda bino ichida yoki sport zalida o‘tkaziladi, shuning uchun ko‘p joyni talab qilmaydigan o‘yinlar rejalashtiriladi. Bu vaqtda o‘quv material-larining asosini gimnastika mashqlari tashkil qiladi, lekin harakat koordinatsiyasini tarbiyalaydigan, fazoni mo‘ljalga oladigan, sezgi ritmi muvozanat saqlash malakalarini rivojlantiradigan va mustah-kamlaydigan o‘yinlarni o‘tkazish foydalidir.



59


Òo‘rtinchi chorak va o‘quv yilining oxirida nazorat mashqlari o‘tkaziladi. 1–2 sinf o‘quvchilari uchun nazorat mashqlari o‘quv-chilarning uyushqoqligini, merganligini, harakat reaksiyasi tezligini va boshqa sifat va malakalarni namoyon qiladigan o‘yinlar bo‘lishi mumkin. Shuningdek, nazorat topshiriqlarini egallashga tayyorlaydigan va mashqlar bilan bajariladigan o‘yinlardan ham foydalanish mumkin.

O‘yinlar davom etishi va ular vazifalariga bog‘liq bo‘lgan holda choraklar bo‘yicha taqsimlanadi. Yangi o‘yinlarni asosiy 1, 2–3 cho-raklar oxirida o‘rganib oladilar, 1-chorakning boshida o‘tgan o‘quv yilida o‘rganilgan o‘yinlarni o‘zgartiradilar va mustahkamlaydilar, 4-chorakda esa ushbu o‘quv yilida o‘tilgan o‘yinlar murakkab-lashtiriladi va mustahkamlanadi.


Choraklar va semestrlar bo‘yicha rejalashtirilganda, xuddi shunday darslar ham o‘yinni o‘tishi va takrorlanishi ketma-ketligini ham na-zarda tutishi kerak. O‘quv yilining boshida har bir sinfda ko‘proq yengil o‘yinlar o‘tkaziladi, oxirida esa u murakkablashtiriladi.


O‘qituvchi o‘quv yilining oxirida o‘quv materialining o‘zlash-tirilish sifatini hisobga oladi va kelgusi o‘quv yilida uni rejalashtirish uchun tegishli xulosalar chiqaradi.


2.1. 1–4-SINF O‘QUVCHILARI UCHUN


HARAKAÒLI O‘YINLAR


1–4-sinf darslarida harakatli o‘yinlar katta o‘rin egallaydi. Bolalar o‘sadilar, ularda organizm vazifasini muhim sistemalarini rivojlan-tiradi. Bunday harakatlardan yugurish, emaklab tagidan o‘tish, muvozanat saqlash, emaklash, ritmik yurish va sakrashlarni bolalar o‘yin paytida yaxshi o‘zlashtiradilar. Ular harakatni aniq tushunarli ko‘rinishda yengil qabul qiladi.


Bu yoshdagi bolalarda harakat tajribasi juda kamligi uchun dastlab tuzilishi oddiy va elementar o‘yin qoidalari syujet xarakteriga oid murakkab bo‘lmagan o‘yinlarni o‘tkazish tavsiya qilinadi. Oddiy o‘yinlardan ko‘proq murakkabiga o‘tish o‘yin qatnashchilarini har birida tashabbuskorlik namoyon qilish, o‘ynovchilarning xulqi, koordinatsiya harakatlariga bo‘lgan talablari sekin-asta oshib boradi.


1-sinfda o‘quv yilining boshida jamoaga oid o‘yinlarni o‘tkazish tavsiya qilinmaydi. Harakat tajribalarini egallash va jamoa bo‘lib harakat qilish faoliyatida bolalarda qiziqishning ortishi bilan darsga



60


juft-juft bo‘lib musobaqa elementlari bo‘lgan o‘yinlarni kiritish mumkin (yugurish, chambarak orqasidan quvlash, arg‘amchida sakrash, koptokni dumalatish). Keyinchalik bolalarni bir necha guruhlarga bo‘lish mumkin va har xil oddiy topshiriqlar tipidagi, estafeta musobaqa o‘yinlari o‘tkaziladi.

1–4-sinflarda ko‘p o‘yinlarni o‘tkazish uchun qo‘llanma va as-bob-anjomlar kerak. Bolalarda ko‘rish retseptori bo‘sh rivojlangan va diqqati tarqoqligi uchun rang-barang bo‘yoqli asbob-anjom kerak bo‘ladi. Muhimi shundaki, asbob-anjomlar bolalarning jismoniy im-koniyatlariga mos kelishi kerak. Asbob-anjomlar hajmi bo‘yicha qulay va yengil bo‘lishi shart. Ayniqsa 1 kg og‘irlikdagi to‘ldirma to‘pdan faqat dumalatish va uzatish uchun foydalaniladi, lekin otish uchun ishlatilmaydi, 7–8 yoshli bolalar voleybol to‘pi bilan o‘ynasalar, maqsadga muvofiq bo‘ladi.


1–4-sinflarda o‘yin o‘tkazish uchun iloji boricha quyidagi asbob-anjomlar bo‘lishi kerak: uncha katta bo‘lmagan 20 ta har xil rangdagi bayroqchalar, 40 ta kichik koptok, 4 ta katta koptok (voleybol), 4–8 chambarak, 40 ta qisqa arg‘amchilar, 2 uzun arg‘amchi, 6–8 ta qum solingan qopchiq, 6–8 ta qog‘ozli qalpoq (silindr shaklida) va 6–8 ta ko‘zboylog‘ichlar kerak bo‘ladi.


Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarga o‘yinni qisqa va lo‘nda qilib tushuntirish kerak, chunki ular rahbar tomonidan bayon qilingan barcha harakatlarni tezda xuddi o‘ziday qilib qaytarishga harakat qiladilar. Bolalar tushuntirishni oxirigachan eshitmasdan o‘yindagi u yoki bu rolni bajarishga xohish bildiradilar.


O‘yinni ertak shaklida gapirib berilishini bolalar katta qiziqish bilan qabul qiladilar va o‘yinda rolni ijodiy bajarishga harakat qila-dilar, bular esa tasavvur etishni tarbiyalashga yordam beradi. Bola-lar jismoniy yuklamani olganlaridan keyin ularga dam olish kerak bo‘lganda yoki diqqat-e’tiborsizlikda o‘yinni yaxshi o‘zlashtirish uchun quyidagi usullardan foydalanish tavsiya qilinadi.


1–4-sinf bolalari o‘yinlarda juda faol qatnashadilar. Ularning barchasi o‘zlarining imkoniyatlarini hisobga olmasdan, o‘yinboshi bo‘lishni xohlaydilar. Shuning uchun bu sinflarda o‘yinboshini shartli songacha sanash yo‘li bilan yoki ularning qobiliyatlarini mos kelti-rishga qarab saylash mumkin. O‘ynovchilar birorta sonni 30 gacha aytadilar va boshliq, sanab uni oldida turgan bolalarni ko‘rsatadi; ko‘rsatilgan son kimga to‘g‘ri kelsa, o‘sha o‘yinboshi bo‘ladi.



61


Oldingi o‘yinlarda g‘olib chiqqan o‘yinchi o‘yinboshi qilib sayla-nadi, chunki u boshqalarga nisbatan vazifani yaxshi bajarilganligi, chiroyli holatda turganligi va tutilmasdan qolganligi sababli o‘yinchi shu yo‘l bilan rag‘bartlantiriladi va hokazo. O‘yinboshini saylash bolalarda o‘zlari va o‘rtoqlarining kuchlarini to‘g‘ri baholash qo-biliyatini rivojlantirishga yordam beradi.

O‘yinboshini iloji boricha tez-tez almashtirib turish maqsadga muvofiq bo‘ladi, chunki bolalarning faollikka bo‘lgan ehtiyojini qondirish, ularda topshirilgan vazifaga javobgarlikni his qilishni va elementar notiqlik malakasining rivojlantirishni tarbiyalaydi.


Òormozlash funksiyasini tarbiyalash uchun o‘yinda beriladigan signallar katta ahamiyatga ega bo‘ladi. 1–4-sinf o‘quvchilariga asosan og‘zaki signal berish tavsiya qilinadi, ya’ni bu yoshda yana juda ham takomillashmagan ikkinchi signal sistemalarini rivojlantirishga yordam beradi. Bolalar o‘yinda ohang bilan aytiladigan so‘zlarni harakat qilish uchun signal sifatida yaxshi ko‘radilar. Xor bo‘lib qofiyaga solib aytiladigan so‘z nutqni rivojlantiradi va shu bilan birga ularni oxirgi so‘zdagi ohangni harakatga tayyorlash imkoniyatini beradi. O‘yinlarda 7–9 yoshli o‘quvchilar o‘yinda bunday signallarni berishda qisqa signal hushtak chalish birmuncha samarali bo‘ladi. Hushtak bilan tez signal berish bolalarda ayrim hollarda tormozla-nishni keltirib chiqaradi va o‘yin davomida mos keladigan harakat-larning reaksiyasi pasayadi. Hushtakchami qisqa buyruq va qo‘lni siltash bilan beriladigan signallar bolalarda reaksiya tezligini rivojla-nishi bilan sekin-asta ta’sir etadi.


Bolalarning ko‘proq harakatchanlik va chaqqonligini ko‘tara olmasligini hisobga olib, bolalarni yo‘l qo‘ygan xatolari uchun o‘yin-dan chiqarish tavsiya qilinmaydi. Agar o‘yinning mazmuniga ko‘ra mag‘lub bo‘lgan o‘yinchilarni chiqishi talab qilinsa, ular uchun alohida joy ajratish kerak va ularni uzoq muddatga o‘yindan tash-qarida qolib ketishlari man etiladi.


O‘yinda yurish-turish qoidalari buzilganda va o‘yin qoidalariga rioya qilmasalar, unda rahbar chidab bo‘ladigan munosabat bo‘lishi kerak, shuni esda saqlash kerakki, ya’ni qoidalarni buzilishi asosan tajribasizligi, o‘yinda jamoa bo‘lib o‘ynashni bilmasligi, bolalarni umumiy jismoniy tayyorgarligi yetarli darajada bo‘lmasligidan kelib chiqadi.


Jismoniy yuklamani qat’iy ravishda tartibga solish va chegaralash zarurdir. O‘yin uzoq umumiy davom etmasligi shart. Yugurish va



62


sakrash bilan o‘ynaladigan o‘yinlar qisqa-qisqa tanaffus bilan o‘tka-zilishi kerak. O‘yinda to‘siq qo‘yish qo‘lidan kelishi shart. O‘yin natijasini aytishni orqaga surmaslik kerak.

1–4-sinf jismoniy tarbiya darslarida harakatli o‘yinlar jamoada o‘quvchilarni faol va ongli xulqini ongli tarbiyalash uchun foydala-niladi: bir-biriga xalaqit bermasdan yugurish, tez harakat qilish belgilangan signal bo‘yicha o‘yinga tezda kirishib ketishi, o‘yinboshini obro‘siga bo‘ysinish, maydonchani chegarasini ko‘rishdir.


Muhimi, bolalarda o‘rnatilgan qonun-qoidani hurmat qilish, uni aniq bilish va sidqidildan rioya qilishni tarbiyalash. Bu vazifalarni o‘yinni ko‘p marta takrorlash bilan hal etish mumkin.


Har bir darsning umumiy vazifasi bilan bog‘liq bo‘lgan o‘yinlar kiritiladi. Darsning asosiy qismida tezlik va epchillikni rivojlantirish uchun hammadan ko‘ra tez-tez chopib boshqa joyga o‘tib olish o‘yinidan («Kim chaqqon», «Ikki sovuq», «Bo‘ri zovurda») so‘ng bolalar aldab o‘tish bilan tez yugurib sakrash, irg‘ishlashdan keyin dam olish mumkin.


Ritmik yurish va qo‘shimcha gimnastik harakatlar bilan o‘ynala-digan o‘yinlar o‘ynovchilardan uyushqoqlik, diqqat va harakatning bir-biriga mosligini talab qiladigan umumiy jismoniy rivojlanishiga yordam beradi. Uning eng yaxshisi darsni tayyorlov va yakuniy qismiga kiritiladi («Kim keldi», «Òo‘p qo‘shniga», «O‘ylab top, kimning tovushi», «Òaqiqlangan harakat»).


1–4-sinflardagi ayrim darslar turli-tuman harakatli o‘yinlardan tashkil topgan bo‘ladi. O‘yinlardan tashkil topgan dars, o‘yin qatnash-chilaridan ba’zi bir o‘yinning malakalarini va hamjihatlik bilan yurish-turishni egallashni talab qiladi. Bunday darslarda bolalarga tanish bo‘lgan 2–3 ta o‘yin kiritiladi va 1–2 tasi yangi o‘yinlar bo‘lishi kerak. Metodik jihatdan to‘g‘ri tashkil qilingan o‘yin darsi katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘ladi, lekin uning ta’limiy qimmati ko‘pincha yetarli emas, chunki o‘yinda har xil o‘yin qatnashchi-sining malakalarini to‘g‘ri shakillantirishni kuzatish qiyin bo‘ladi.


O‘yin darslarini har bir chorak oxirida ta’til oldidan o‘tkazish tavsiya qilinadi (asosan 1-sinfda), chunki chorakda o‘quvchilar asosiy harakatlarni qay darajada o‘zlashtirganliklarini belgilaydi, ularni o‘yindagi uyushqoqligini va intizomini tekshirish, ular o‘tgan o‘yin-larni qanday egallaganligini aniqlash, uni mustaqil o‘tkazishga maslahat beradi.



63


1–4-sinflar uchun jismoniy tarbiya darslarida o‘tiladigan taxminiy harakat o‘yinlari: «Uzun tayoq bilan estafeta», «Mergan», «Biz quvnoq bolalarmiz», «Kun va tun», «Do‘ngdan-do‘ngga sakrash», «Sakrabodom chumchuqlar», «Òo‘p qo‘shniga», «Uysiz quyon», «Quyonlar polizda», «Petnachi», «Kartoshka ekish», «Kam ochko to‘plash», «Arg‘amchi ustida sakrash», «Zovurdagi bo‘ri», «O‘rtaga to‘p uzat», «Kim quvlab o‘tadi», «Onaboshiga to‘p berish», «Sinf, tik tur!», «Oq ayiqlar», «Bo‘sh joy», «Ovchilar va o‘rdaklar», «Xo‘rozlar jangi» va boshqalar.

2.2. 5–6-SINF O‘QUVCHILARI UCHUN


HARAKAÒLI O‘YINLAR


Bu sinflarda nazorat darsidan tashqari barcha darslarda harakatli o‘yinlar kiritiladi. Eng muhimi, ular darsning asosiy va yakuniy qismlarida o‘tkaziladi.


5–6-sinflarda oldin o‘tkazilgan juda ko‘p o‘yinlardan foyda-laniladi. Ularga ko‘proq turli-tuman harakatlar qo‘shiladi, murak-kablashgan to‘siqlar kiritiladi. O‘yin vaqti 1–4-sinflarga nisbatan uzoqroq davom etadi.


O‘quvchilar jamoa bo‘lib o‘yin o‘ynash tajribasiga egalar. Bu davrga kelib jamoaga oid o‘yinlar birmuncha ko‘proq namoyon bo‘ladi. Jismoniy imkoniyatlari o‘sishi bilan bog‘liq bo‘lgan qisqa vaqtli kuchni zo‘riqishi bilan ishlatiladigan («Xo‘rozlar jangi», «Arqon tortish», «Juft-juft bo‘lib tortish») o‘yinlardan foydalanish mumkin. Bularda kuchni taranglashishi qisqa vaqtli bo‘lib, bunda rahbar qarshilik ko‘rsatishning to‘g‘ri usullarini yengilgina kuzatadi, modomiki muso-baqalashishda faqatgina ikki kishi bir vaqtda qatnashishi mumkin.


Chidamlilik va tezkorlikni rivojlantirish uchun shunday o‘yin-lardan foydalaniladiki, ularda («Òo‘r», «Oq ayiqlar») bolalar ham-ma vaqt harakatda bo‘ladilar. Shunga o‘xshash o‘yinlar vaqti o‘yin qatnashchilarini charchatib qo‘ymasligi uchun ko‘pi bilan 5 daqiqa-dan oshirmaslik tavsiya qilinadi.


5–6-sinflarda jamoali o‘yinlarda rolni iloji boricha tabaqalash-tirish kerak («Otishma»). Bunda bolalarda sportga, ayniqsa, sport o‘yinlariga katta qiziqish namoyon bo‘ladi. Shuning uchun ko‘pchilik harakatli o‘yinlarga turli-tuman sport turlari bilan shug‘ullanishga bolalarni tayyorlovchi elementlari kiritiladi.



64


«Alpomish» va «Barchinoy» test me’yorlariga kiruvchi o‘yinlarga to‘siqlardan oshib o‘tish, uloqtirish va boshqa harakatli o‘yinlarni kiritish mumkin, bunda o‘quvchilarni uni topshirishga tayyorlashga yordam beradi.

Dasturda tavsiya qilingan ayrim o‘yinlarda, o‘yinboshilar o‘z vazifalarini boshidan oxirigacha bajaradi («Òo‘r», «Qopqon», «Oq ayiqlar» va boshqalar). Bunday o‘yinlar uchun ko‘proq tayyorgarlik ko‘rish, o‘yinchilarni tanlash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Chunki o‘yinboshini tanlashda o‘quvchilarning maslahatidan foydalangan ma’qul, ular o‘rtoqlarining nimaga qodirligini bilishadi va o‘z-o‘zini tanqid ruhida gapira olishadi. Shuning uchun rahbar o‘quvchilarga o‘yinboshining u qanday sifatlarga ega bo‘lishini aytib, tanlashni tavsiya qiladi. O‘yinboshi tanlashda boshqa usullardan ham foyda-laniladi.


O‘yin tushuntirishning oxirida alohida e’tiborni o‘yin qoidalariga qaratishi kerak. Bu yoshda hikoyani obrazli qilib gapirib berish noo‘rin, lekin syujeti ayrim o‘yinlarda saqlanib qoladi. Bu yoshdagi o‘yin, ayniqsa, jamoali o‘yinlar alohida o‘rinni egallaydi, shuning uchun o‘quvchilarning kuchlari teng bo‘lgan jamoalarga bo‘linishini o‘rgatish zarur. Jamoalarga bo‘lish usullarini qo‘llash mumkin, ya’ni o‘yinchilarni jamoaning sardori etib tayinlashdan tashqari, chunki ular hali jamoalarni obyektiv ravishda tashkil eta olmaydilar.


Shu bilan birga barcha o‘quvchilar juda ham his-tuyg‘uga ega bo‘lganligi sababli, ularga estafeta o‘yinlarida o‘zlarining navbatlarini kutishga sabrlari chidamaydi, shuning uchun ular katta bo‘lmagan jamoalarga bo‘linadi, har biri 8-10 kishilik bo‘ladi.


5–6-sinf o‘quvchilarida esa harakatga bo‘lgan o‘zaro qiziqish ortadi. Ularni nafaqat yakuniy natija, balki u yoki bu harakatning sifatli bajarilishi qiziqtiradi.


Jismoniy tarbiya o‘qituvchilari dastur talablari gimnastika, yengil atletika mashg‘ulotlarida vaqtida o‘rganiladigan harakatlariga o‘x-shash bo‘lgan harakatlarga jiddiy yondashishga majburlaydi.


Harakatning qayta-qayta takrorlanishi o‘quvchilarda tejamkorlik va tezlik qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi hamda uni o‘yin vaqtida bajarish maqsadga muvofiq bo‘ladi.


Bu yoshdagi o‘quvchilar o‘rtoqlarining maslahatlaridan foydalanishga harakat qiladilar va ayrim hollarda ular bilan kat-talarga nisbatan ko‘proq hisoblashadilar. Shuning uchun rahbar



5 – Xo‘jayev, P. 65



ba’zi holatlarda ayrim o‘yinchilarga jamoa orqali ta’sir ko‘rsatishi kerak.

Jamoatchilik ruhida tarbiyalash uchun o‘rtoqlarini qutqarishga yordam beradigan foydali o‘yin bo‘lib, u his qilish burchini va jasurlikni tarbiyalashga yordam beradi («Chaqirish», «Oq terakmi, ko‘k terak»).


Bu davrda o‘yinda bolalarni chiroyli xulqli bo‘lishga o‘rgatish oson bo‘ladi. Xuddi shunday «Qo‘l va to‘p» o‘yinida tutilganlarini o‘zlarining jamoalarida qolishini taklif qilish mumkin va tutilgan-larni sanaganda qo‘llarini ko‘taradilar. Agar ular bunday qilmasalar, u holda rahbar ularga alohida diqqatini qaratishi shart. Qachonki o‘quvchilar dadil va qo‘rqmasdan o‘zlarining xatosini tan olsa, o‘yin qiziqarli bo‘ladi va o‘yinda hakamlik qilish birmuncha osonlashadi.


Ayrim o‘yinlarga basketbol elementlariga o‘xshash to‘pni egallash texnikasi elementlari kiritiladi. Uning bajarilishini kuzatish zarur, chunki to‘g‘ri malakani tarbiyalashda katta ahamiyatga ega.


Harakatda hamjihatlikni tarbiyalash o‘quvchilarni o‘yinda hara-kat qilishga o‘rgatish juda muhim, o‘rtoqlarini harakati bilan muvofiq-lashtirib, ular raqibga qarshi usul qo‘llashni o‘rgatish.


Hakamlik qilishda diqqatni jiddiy ravishda qaratish zarur. Bu yoshdagi bolalar qat’iy xolisona hakamlik qiladilar. Hakamlik va tashkilotchilik malakalarini tarbiyalash uchun o‘quvchilarni hakam-ning yordamchisi sifatida jalb qilish mumkin, ayrim holatlarda ha-kamlik qilishlariga imkoniyat berish kerak. 5–6-sinf o‘quvchilari o‘zlariga topshirilgan vazifani odatda juda ham vijdonan bajaradilar.


Darsda harakatli o‘yinlardan gimnastika, yengil atletika va kross tayyorgarligi bilan birga olib boriladi. Gimnastika yoki yengil atletika harakatlarini takomillashtirish va mustahkamlash uchun darsning barcha qismining mazmuni to‘liq o‘yin tashkil qilish mumkin. Bunday holat turli xarakterdagi harakatdan tashkil topgan bo‘lib, u darsning vazifasini hal etishga yordam beradi. Odatda harakatli o‘yinlar darsni asosiy qismining ikkinchi yarmida o‘tkaziladi, uning boshida gimnastika va yengil atletika elementlari o‘rganiladi.


Ba’zi vaqtlarda tanish o‘yinlar darsning tayyorlov qismida (qachonki o‘quvchilar charchaganda va diqqati yoyilganida sinfda nazorat darslaridan va oxirgi darsdan keyin) o‘tkaziladi.


Kam harakatli o‘yinlar («Kim keldi», «Òaqiqlangan harakat») ayrim holatlarda o‘quvchilarning diqqatini bir joyga to‘plash va



66


tinch holatga keltirish uchun darsning yakuniy qismida o‘tka-ziladi.

5–6-sinf o‘quvchilari bilan harakatli o‘yinlarni o‘tkazishda quyi-dagi vazifalar hal etiladi: o‘yin vaziyatida gimnastika, yengil atletika harakatlarini mustahkamlash va takomillashtirish; tezlikni rivojlan-tirishda; kichik va katta koptokni uloqtirish hamda ilib olish mala-kalarini takomillashtirish; epchillik va tezlikni kuch bilan bir-biriga qo‘shib rivojlantirish, shuningdek, harakatlarning bir-biriga to‘g‘ri kelishi, o‘rtoqlariga, bir-biriga yordam berish, ijodiy faollik vaqtini va fazoda to‘g‘ri mo‘ljal ola bilishni tarbiyalaydi. «Kuchlilar va chaq-qonlar», «Òo‘siqli estafeta», «Kuchli otish», «Òo‘p uchun kurash», «Òo‘p o‘rtaga», «Voleybolchilar laptasi», «Doiraga tortish», «Mergan va chaqqon», «Òo‘rtta ustun yordamida o‘yin», «Òo‘p kapitanga».


«Uzun tayoq estafeta» o‘yini (1-rasm). O‘quvchilar 2-3 jamoaga bo‘linadilar va ikki kishilik qator bo‘lib, uzun tayoqni (shit) qo‘lga oladilar. Òayoqni o‘ng tomonda turgunalar o‘ng qo‘l bilan, chap tomonda turgunalar chap qo‘l bilan ushlaydilar. Har bir qatorning oldidan 10–15 m masofada o‘rnatilgan bayroqchalar o‘z bayroqchasi tomon yugurib borib atrofidan aylanib o‘tib bo‘lib joyiga turgan jamoa g‘olib hisoblanadi. O‘qituvchi jamoalar orasidagi masofaga e’tibor berishi kerak, chunki bayroqni aylanib o‘tayotganda tayoqlar bir-biriga tegib ketishi mumkin emas. O‘yin 4–5 marta qaytariladi.


1-rasm. «Uzun tayoq estafeta» o‘yini.


«Mergan» o‘yini (2-rasm). O‘quvchilar ikki jamoaga bo‘linib, yuzlari bir-biriga qaragan holda safga turadilar. O‘rtaga har bir



67


jamoadan 6–8 m narida bulava qo‘yilgan bo‘ladi. Signal berilishi bilan har qaysi qatordagi bolalar galma-galdan to‘pni bulavaga otib, uni urib tushurishga harakat qiladilar. Qaysi jamoa bulavani ko‘proq urib tushirgan bo‘lsa, o‘sha jamoa g‘olib hisoblanadi.

2-rasm. «Mergan o‘yini».


«Òaqiqlangan harakat» o‘yinini o‘tkazishda o‘quvchilar oralarini ochib bitta saf bo‘lib saflanadilar. O‘qituvchi o‘quvchilarga avvaldan uqtirib taqiqlangan harakatlardan tashqari hamma harakatlarni o‘zi bilan birga bajarishni tayinlaydi. Masalan, qo‘llarni yelkaga qo‘yish taqiqlangan harakat deylik. O‘qituvchi har xil mashqlarni bajaradi, o‘quvchilar uning harakatlarini takrorlaydi. Shu harakatlarni bajarish jarayonida o‘qituvchi qo‘llarini to‘satdan yelkasiga qo‘yadi, ya’ni taqiqlangan harakatni bajarardi. O‘yinchilardan kimda-kim shu hara-katni bajarib qo‘ysa, u bir qadam qo‘ygan bo‘lsa-da, eng ko‘p xato qilgan hisoblanadi. Har qaysi mashqdan so‘ng taqiqlangan harakat almashtirib boriladi. Shu tarzda o‘yin o‘z ichiga har xil harakatlarni oladi.


«Biz quvnoq bolalarmiz» o‘yini. O‘ynovchilarning hammasi maydonchaning bir tomonidagi chiziqning orqasida turib, quyidagi so‘zlarni gapiradilar: «Biz quvnoq bolalar, yugurish va o‘ynashni sevamiz, qani bizga yetib ko‘ring-chi». Bu so‘zlarni aytib bo‘lgan-laridan keyin hamma bolalar qarama-qarshi tomondagi xonaga yugurib o‘tadilar, o‘yinboshi esa maydonchaning o‘rtasida turib ularni «tutish»ga harakat qiladi. «Òutilganlar» o‘yinboshiga yordamchi bo‘lib qoladilar. Hamma o‘yinchilar tutib bo‘lingandan so‘ng, o‘yin



68


tugaydi. Chiziqdan tashqarida ushlash mumkin emas. O‘yinchilarning maydonchadan tashqariga yugurib chiqishlari man etiladi.

«Qopqon» o‘yini bajariladi (3-rasm). O‘quvchilar bir-birining ichiga joylashgan ikki aylana hosil qilib turadilar, 6–8 o‘yinchi ichki aylanada turadilar. Bular sichqonlar vazifasini o‘taydilar. 13– 15 ta o‘yinchi qopqon rolida bo‘lib, tashqi aylanaga saflanadilar. Ikkala aylanadagilar ham qo‘l belda turgan holda ichki aylanadagilar ham qo‘l ushlashib turadilar. O‘qituvchining birinchi signalida qo‘llar belda turgan holda ichki aylanadagilar o‘ng tomonga yon bilan yuradi, tashqi doira yurishdan to‘xtaydi va o‘yinchilar qo‘llarini yuqoriga ko‘taradilar. Bu «qopqon» ochilganini bildiradi. Bundan foydalangan «sichqonlar» aylanadan tashqariga chiqib va ichkariga 2 marta chapak chalinganda qopqon bekiladi, tashqi aylanadagi o‘yinchilarga qo‘shilib aylanani kengaytidilar. O‘yin 2–3 ta o‘yinchi tutilmay qolguncha davom ettiriladi. Qo‘lga tushmagan o‘quvchilar rag‘batlantiriladi. Hamma o‘yinchilar sichqonlar rolini bir-bir o‘y-nashlari lozim.


3-rasm. «Qopqon» o‘yini.


«Boyqushcha» o‘yini (4-rasm). Maydonchadan boyqushcha yashaydigan «uya» ajratiladi. Qolgan o‘yinchilar esa kapalak uchayot-gandek harakat qiladilar, erkin yugurib yuradilar. O‘qituvchi «tun» deganida hammalari taqqa to‘xtab, kapalakning qanot qoqishi, chi-girtkaning qo‘llariga tayanib turishi va hokazo holatlarni egallagan holda qimirlamasdan turadilar. Xuddi shu jamoadan so‘ng boyqush-cha uyasidan chiqib, kim uxlamayotganini tekshirib chiqadi. Kimda-kim qimirlab qolsa, «boyqushcha» uni qo‘lidan ushlab o‘z «uya»siga



69


olib ketadi. 15 sekunddan so‘ng o‘qituvchi «kun» deydi, shunda «boyqushcha» uchib ketadi, hamma o‘yinchilar bemalol yugurib yuraveradilar. «Boyqushcha» kimni o‘z «uya»siga olgan bo‘lsa, o‘sha o‘yinchiga jarima ochko beriladi.

4-rasm. «Boyqushcha» o‘yini.


«Do‘ngdan-do‘ngga sakrash» o‘yini (5-rasm). O‘yinchilar bir necha jamoaga bo‘linib, bir kishilik qatorga saflangan holda start chizig‘i oldida turadilar. Startdan finishgacha bo‘lgan to‘g‘ri yo‘na-lishda bir-biridan 60–80 sm oraliqda, diametri 25–30 sm 10–12 ta aylana (do‘ng) chiziladi. O‘qituvchining signali bilan jamolarning dastlabki o‘yinchilari startdan finishgacha do‘ngdan-do‘ngga sakrab boradilar va orqaga yugurib kelib, o‘zlarining qatori orqasiga o‘tib turadilar. Birinchi yugurib kelgan o‘yinchiga 5 ochko, ikkinchi o‘yin-chiga 4 ochko, uchinchisiga 3 ochko beriladi. Shundan so‘ng poyga-chilar yugurishni davom ettiradilar. O‘yin oxirida eng ko‘p ochko to‘plagan jamoa g‘olib chiqadi.


«Bo‘sh o‘rin» o‘yini (6-rasm). Boshqaruvchi o‘yinchidan boshqa hamma o‘yinchilar bir-biridan bir qadam oraliqda aylana hosil qilib turadilar. Boshqaruvchi aylana atrofida yura turib o‘yinchilardan birini asta turtadi va u yoxud bu tomonga qarab yuguradi. Qo‘l tekkan o‘yinchi esa qarama-qarshi tomonga yugurib tezroq o‘z o‘r-nini, ya’ni bo‘sh turgan joyni egallab olishga harakat qiladi. Aylana atrofiga yugurib kelib, bo‘sh joyni birinchi egallab olgan o‘yinchi o‘sha yerda turib qoladi. Yetib kela olmagan o‘yinchi boshqaruvchi



70


bo‘lib qoladi. O‘yin yana davom ettiriladi. Yugurish musobaqasini oyoqda sakrash bilan ham almashtirish mumkin.

5-rasm. «Do‘ngdan-do‘ngga sakrash» o‘yini.





«Sakrobodom chumchuqlar» o‘yini (7-rasm). Maydonga diametrini katta olib doira chiziladi. O‘yinboshi, ya’ni «katta qush» doira tashqarisida turib doiraga sakrab kiradilar, «katta qush» esa ularni tutishga harakat qiladi (qo‘lini tekkizadi). «Chumchuqlar» doira ichida qo‘proq turishga va tutilib qolmaslikka harakat qilib, doiradan sakrab chiqadilar. Agar «katta qush» doira ichida turgan «chum-chuq»ni ushlasa, unda chumchuq bilan «katta qush» o‘rinlarini almashtiradilar. O‘yin shu tarzda davom ettiriladi.


«Òo‘pni boshdan oshirib uzatish» o‘yini (8-rasm). O‘yinchilar 2–4 ta jamoa-ga bo‘linadilar. Har bir jamoa alohida-alohida bir qatordan bo‘lib turadi (jamoa-larning oralig‘idagi masofa 2–3 m). Qator o‘yinchilari orasidagi masofa esa bir qadamdan oshmaydi. Har bir jamoaning birinchi bo‘lib turgan o‘yinchilari qo‘lida voleybol yoki basketbol to‘plari bo‘ladi. Hamma o‘yinchilar qo‘llarini yuqoriga

6-rasm. «Bo‘sh o‘rin»

o‘yini.

7-rasm. «Sakrobodom chumchuqlar» o‘yini.



71


ko‘tarib turadi. O‘qituvchi signal bergandan keyin o‘yinchilar to‘p-larini boshlaridan oshirib orqalarida turgan o‘yinchilarga uzatadi. Qator oxirida turgan o‘yinchilar to‘pni olgach, o‘z jamoalarining o‘ng tomonidan yugurib kelib, qator oldida birinchi bo‘lib turib oladi va to‘pni boshlaridan oshirib uzatadi. O‘yinni boshlagan o‘yinchi qator oxiriga yetkandan so‘ng to‘pni oladi va o‘ng tomondan yugurib kelib yana birinchi bo‘lib turadi hamda to‘pni yuqoriga ko‘taradi. Òo‘p uzatishni tez bajargan jamoa g‘olib hisoblanadi.

8-rasm. «Òo‘pni boshdan oshirib uzatish» o‘yini.


«Òo‘p qo‘shniga» o‘yini (9-rasm). O‘yinchilar bir-birlaridan 3 qadam narida turib aylana hosil qiladi. O‘yinboshi esa aylanining tashqarisida yuradi. O‘yinchilardan biri basketbol to‘pini ushlab turadi. O‘qituvchining signali bo‘yicha to‘pni ushlab turgan o‘yinchi uni yonidagi sherigiga uzatadi, u esa keyingi o‘yinchiga uzatadi. O‘yinboshi aylanaga kirmagan holda to‘pga yetib olishga va unga qo‘l tekkizishga harakat qiladi. Agar to‘pga yetib olib, unga qo‘l tekkizsa, o‘yinchi bilan o‘z o‘rnini almashadi. O‘yin davom etadi. Òo‘p olgan o‘yinchi yonidagisi qolib, undan naridagi o‘yinchiga to‘pni uzatib yuborishi mumkin emas.


«Uysiz quyon» o‘yini (10-rasm). Ikki boshqaruvchidan tashqari barcha o‘yinchilar 3–5 kishi bo‘lib guruhlarga bo‘linadilar. Har qaysi guruh qo‘l ushlashib aylana hosil qiladi. Aylanalar maydon-chaning har yerida bir-biridan 3–6 qadam narida turadi. Har qaysi aylana uya hisoblanadi va o‘rtasiga birinchi raqamli o‘yinchilar turib



72


9-rasm. «Òo‘p qo‘shniga» o‘yini.


quyon nomini oladi. Boshqaruvchidan biri ovchi, ikkinchisi esa uysiz quyon bo‘ladi.


O‘qituvchining ishorasi bilan «Uysiz quyon» ovchidan qochib ketadi va o‘zi istagan uyaga kirib olishi mumkin, ammo u yerdan quyon tez qochib chiqishi lozim, ovchi bo‘lsa uyadan chiqqan quyonni ta’qib qilishda davom etadi. Ovchi quyonni tutib olsa, u holda ular o‘rin almashadilar. Uyaga kirmasdan qochib yurishiga ruxsat etilmaydi.


10-rasm. «Uysiz quyon» o‘yini.


«Sakrash elementlari bilan estafeta» o‘yini (11-rasm). O‘yinchilar 3–4 ta jamoaga bo‘linadilar. Har bir jamoaning o‘yinchilari bir qatordan kolonna bo‘lib turadilar. O‘qituvchining ishorasi bilan



73


birinchi turgan o‘yinchilar belgilab qo‘ygan joygacha bir oyoqlab sakrab boradi va orqaga qaytib kelib, estafeta tayoqchasini ikkinchi o‘yinchiga tutqazadi. Navbatdagi o‘yinchilar oldingi o‘yinchilarning ishini takrorlaydilar va hokazo. Estafetani birinchi bo‘lib tugatgan jamoa g‘olib hisoblanadi.

11-rasm. «Sakrash elementlari bilan estafeta» o‘yini


«Quyonlar polizda» o‘yini (12-rasm). Maydonchada diametri 8– 10 m keladigan aylana chiziladi, bu aylana polizni bildiradi. Uning o‘rtasida qorovul turadi (o‘yinboshi). Qolgan o‘yinchilarning ham-masi – «quyonlar». «Quyonlar» sakrab-sakrab polizga kiradi, o‘tlarni, mevalarni uzib yeganday bo‘ladi va qaytib chiqadi. Qorovul (o‘yin-boshi) ularni qo‘qqisdan ushlashga kirishadi. Poliz ichida qo‘l tek-kizilgan «quyonlar» ushlangan hisoblanadi. 3–4 quyon ushlangandan so‘ng, boshqa onaboshi saylanadi. Bir marta ham qo‘lga tushmagan o‘yinchilar g‘olib hisoblanadi.


«Petnachi» o‘yini (bir oyoqda sakrash) (13-rasm). «Petnachi»


– bitta onaboshi saylanadi, qolgan o‘yinchilarning hammasi maydon bo‘ylab turadi. «Petnachi» bir oyoqda sakrab o‘yinchilarni quvib yetishga harakat qiladi, o‘yinchilar ham bir oyoqda sakrab, unga chap beradilar. «Petnachi» o‘yinchilarni yugurib ushlashi mumkin emas, o‘yinchi esa «petnachi»dan sakramasdan qochishi mumkin.


«Kartoshka ekish» o‘yini (14-rasm). O‘yinchilar 3–4 jamoaga bo‘linib bir qatordan bo‘lib, alohida-alohida qatorlarga saflanadi (start chizig‘i orqasida). Qatorlardagi birinchi o‘yinchilar 5–10 dona



74


12-rasm. «Quyonlar polizda» o‘yini.


13-rasm. «Petnachi» o‘yini (bir oyoqda sakrash).


kartoshka solib olingan qopchiq ushlab turadi. Start chizig‘idan 20–30 m narida har bir qator ro‘parasida 5 tadan aylana chizilgan bo‘ladi. O‘qituvchining signali bilan har bir o‘yinchi belgilangan aylanalarga yugurib borib, har bir qopchiqni navbatdagi o‘yinchiga beradi, o‘zi esa qatorning oxiriga borib turadi. Navbatdagi o‘yinchilar olgan qopchiqlarini ko‘tarib «ekilgan» kartoshkani kovlab oladi. Kartoshkani tez ekib, tez yig‘ib olgan qator g‘olib hisoblanadi.


«Kam ochko to‘plash» o‘yini (15-rasm). Uch jamoada bir qatordan bo‘lib alohida-alohida qatorlarga saflanadilar. Start chizig‘idan 15–20 m narida uchala jamoaning ro‘parasiga doira chizilib, uning ichiga gimnastik tayoqacha qo‘yiladi. O‘qituvchining



75


14-rasm. «Kartoshka ekish» o‘yini.


signaliga ko‘ra har bir qatorning birinchi chizig‘idan aylanagacha yugurib boradi va undagi tayoqchani olib, bir uchinchi yerga uch marta uradi-da, joyiga qo‘yadi, so‘ngra yugurib start chizig‘iga qaytarib keladi va qator oxiriga borib turadi. Birinchi bo‘lib yetib kelgan o‘yinchi bir, ikkinchi bo‘lib kelgani esa ikki ochko oladi. Keyin ikkinchi bo‘lib turganlar yuguradi va hokazo. O‘yin oxirida eng kam ochko to‘plagan jamoa g‘olib hisoblanadi.


«Arg‘amchi ustida sakrash» o‘yini. Yo‘g‘on arqoncha yoki arg‘amchining ikki uchidan ikki bola ushlab, navbat kutib turgan


15-rasm. «Kam ochko to‘plash» o‘yini.



76


bolalar tomoniga bir maromda ohista aylantiradilar. Bolalar arqon-chaga tegmasdan navbatma-navbat sakraydilar. Arqonchaga kim tegib ketsa, o‘sha arqonchani aylantirayotganlarning biri bilan o‘rin almashadi.

«Zovurdagi bo‘ri» o‘yini (16-rasm). Zal o‘rtasiga bir-biridan 60– 70 sm uzoqlikda ikkita parallel chiziq chiziladi, u zovur vazifasini o‘taydi. Bitta yoki ikkita boshqaruvchi, ya’ni «bo‘rilar» zovurda turadilar. Qolgan o‘quvchilar «echki» hisoblanadi. «Echkilar» zalning bir tomonidagi chiziqlar – o‘z uylarida bo‘ladilar. Zalning qarama-qarshi tomoniga yaylovni tasvirlaydigan chiziqlar chiziladi. O‘qituv-chining signaliga binoan «echkilar» uylaridan chiqib, zovurdan sakrab, yaylovga yugurib o‘tadilar. «Bo‘rilar» ularni tutishga harakat qiladi. Har bir yugurishdan so‘ng qo‘lga tushganlar sanab chiqiladi. So‘ng yangi «bo‘rilar» saylanadi. Eng chaqqon o‘quvchilar rag‘bat-lantiriladi.


16-rasm. «Zovurdagi bo‘ri» o‘yini.


«O‘rtaga to‘p uzat» o‘yini (bir oyoqda sakrab) (17-rasm). Start chizig‘iga 8–10 o‘yinchi chiqariladi. O‘qituvchining bergan jamoa-dasidan keyin bolalar finish chizig‘igacha (start chizig‘idan finish chizig‘igacha bo‘lgan masofa 10–12 m bo‘ladi) bir oyoqda sakrab kelib kim tez yetib borishga musobaqalashadi. O‘qituvchi g‘olib chiqqanlarni, shuningdek, 2–3 o‘rinni egallaganlarni rag‘batlan-tiradi. So‘ng boshqa o‘yichilarni startga chaqiradi. Jamoadan oldin sakrashga ruxsat etilmaydi. Yonidagi safda sakrab ketayotganlarga xalaqit berish mumkin emas.



77


17-rasm. «O‘rtaga to‘p uzat» o‘yini.


«O‘yinboshiga to‘p berish» o‘yini. O‘quvchilar qo‘l ushlashib aylana hosil qilib turadilar. Qo‘llarini qo‘yib yuborib, ikki qadam orqaga yuradilar. Aylananing o‘rtasida boshqaruvchi turadi. O‘yinchi-lardan birining qo‘lida voleybol to‘pi bo‘ladi. Signal berilishi bilan o‘yinchilar to‘pni boshqaruvchi olib qo‘ymaydigan qilib bir-birlariga oshiradilar. Boshqaruvchi esa to‘pga qo‘l tegizishga harakat qiladi. Agar u to‘pga qo‘l tekkiza olsa, aybdor o‘yinchi bilan o‘rin almashadi. Boshqaruvchi uzoq vaqtgacha to‘pga qo‘l tekkiza olmasa, uning o‘rniga ikkinchi boshqaruvchi tekkizishi mumkin. Aylanadigan o‘yin-chilar soni 10–12 kishidan oshmasligi kerak. O‘yinchilar ko‘p bo‘lsa, bir necha aylanalar hosil qilib turish kerak.


«Sinf, rostlan!» o‘yini. O‘quvchilar oralarini ochib, bitta safga saflanadilar. O‘qituvchi «sinf» so‘zini qo‘llasa, hamma o‘quvchilar mashqni bajarishlari lozimligini, agar «sinf» so‘zi aytilmasa, mashqni bajarmaslik kerakligini uqtiradi. Masalan, o‘qituvchi sinf, qo‘llarni yuqoriga ko‘taring» desa hamma shu mashqni bajaradi. Keyingi jamoada, o‘qituvchi «sinf» so‘zini aytmasdan «oyoqni tushiring» deydi. Kimki bu signalni bajarib qo‘ysa yoki uni bajarishga harakat qilsa, u xatoga yo‘l qo‘ygan deb, davrani tark etadi. Oldinga eng ko‘p qadam qo‘ygan o‘quvchilar yengilgan hisoblanadi. O‘yin tuga-guncha o‘z o‘rnida qolgan o‘quvchilar eng faol o‘yinchilar hisoblanadi.


«Kim uzoqqa otadi» o‘yini. O‘quvchilar har birida 8–10 tadan o‘yinchi bo‘lgan 4 ta jamoaga bo‘linadilar. Devordan 2–3 m uzoqlikda start chizig‘i chiziladi. Shunga parallel qilib 10 m



78


uzoqlikda, keyinchalik ketma-ket har 1,5–2 m oraliqda 4–5 ta chiziq chiziladi. Qo‘lida to‘p tutgan o‘yinchilar (4 kishi) start chizig‘iga kelib, to‘p otishga shaylanib turadi. O‘qituvchi signal berishi bilan ular to‘pni iloji boricha uzoqroqdagi chiziqqa tushirishga harakat qilib uloqtiradi. Hakamlar boshqalardan uzoqqa otgan o‘yinchini, shuningdek, uzoqdagi chiziqqa ko‘proq to‘p tushirgan jamoani aniqlab, ularni mukofotlaydi.

«Bayroqchangni top» o‘yini. O‘quvchilar 4–5 jamoaga bo‘linib, bir qator bo‘lib saflanadilar. Jamoalarda turgan birinchi o‘quvchilar sardorlar hisoblanib, ularga har xil rangda bayroqchalar beriladi. Har bir jamoada alohida-alohida aylana hosil qilib, aylanalarning o‘rtasida sardorlar turadi. «Òarqal» komandasi berilganda hamma o‘quvchilar maydoncha bo‘ylab tarqalib, turli xil harakatlarni bajarib o‘ynab yuradilar. «Òo‘xta!» komandasida esa hamma to‘xtaydi, ko‘zlarini yumib oladi. U payt o‘qituvchining ko‘rsatmasi bilan jamoa sardorlari o‘z o‘rinlarini almashib, bayroqchalarni yuqoriga ko‘tara-dilar, «Bayroqchangni top!» komandasi berilgach, hamma o‘yinchilar ko‘zlarini ochib, o‘z kapitanlari atrofida saf tortadilar. Birinchi bo‘lib saflanib olgan jamoa g‘olib chiqadi. Undan keyin yangi sardorlar tayinlanib, o‘yin davom ettiriladi.


«Òo‘pni oyoqlar orasidan uzatish» o‘yini (18-rasm). Start chizig‘i ro‘parasida 3–4 ta jamoa saf tortadi. Barcha jamoalar bir-biridan 2–3 m masofada bittadan qator bo‘lib turadilar. O‘yinchilar orasidagi masofa 1–2 qadam, ular oyoqlarini bukmagan holda yelka kengligida kerib turishlari lozim. Qatorlarda birinchi turgan o‘yinchilarda basketbol to‘plari bo‘ladi. Ular engashib, to‘pni yerga tekkizib ushlab turadilar. Signal berilishi bilan birinchi o‘yinchi to‘pni oyoqlari ora-sidan dumalatadi. Ikkinchi o‘yinchi ham to‘pga faqat barmoqlarini tekkizgan holda uni orqaga yo‘naltiradi. Ikkinchi o‘yinchi ham to‘pga faqat barmoqlarini tekkizgan holda uni orqaga yo‘naltiradi; uchinchi, to‘rtinchi va boshqalar ham shunday qiladi. Eng keyin turgan o‘yinchi to‘pni olishi bilan turadi va darhol oyoqlarini kerib, to‘pni ilib yugurib o‘z joyiga keladi va uni yuqoriga ko‘taradi. O‘yinni birinchi tugatgan jamoa g‘olib hisoblanadi. Agar o‘yin vaqtida to‘p tashqariga chiqib ketsa, aybdor o‘quvchi to‘pni ilib olib o‘z joyiga keladi va qoidani buzmay to‘pni yo‘naltirishda davom etadi. Qator oxirida turgan o‘yinchilar oyoqlari orasidan orqaga o‘tib ketmasligi uchun qo‘llari bilan to‘p yo‘lini to‘sib turishlari lozim.



79


18-rasm. «Òo‘pni oyoqlar orasidan uzatish» o‘yini.


«Chavandoz sportchilar» o‘yini. Yerda bir-biridan 1–2 m narida doira va to‘rtburchaklar chiziladi. Ular o‘quvchilarning soniga qaraganda 3–4 ta kam bo‘lishi lozim. O‘yinchilar chap yonlari bilan markaz tomon turganlari holda aylana bo‘ylab sportchi otlarining yurishiga o‘xshatib yuradilar. O‘qituvchi komandalarni berib boradi.


«Otning qadami» – o‘yinchilar qo‘llarini tirsakdan bukib, kaftla-rini pastga qaratib, tizzalarini baland ko‘tarib yuradilar. Òizzalar kaftlarga tekkizilishi lozim.


«Burilish» – o‘yinchilar orqaga burilib, shu harakatni davom ettiradilar.


«Yeldirish» – o‘yinchilar oyoqlar uchida, bir-birlaridan o‘zib ketmasdan yuguradilar.


«Otning qadami» – yuqoridagi harakat qayta takrorlanadi. «O‘z joyiga» – hamma tezda tarqalib, doira yoki to‘rtburchak


ichiga turib olishga harakat qiladi. Joysiz qolganlar yutqazgan hisob-lanadilar, ularga jarima ochkosi beriladi. O‘yin shu tariqa davom ettiriladi.


«Joyga tez qaytish» o‘yini. O‘qituvchining «Òez tarqal!» deb bergan komandasiga binoan hamma o‘yinchilar maydoncha bo‘ylab tarqalib ketadilar. «Òez joy-joyingizga!» komandasida esa har bir o‘yinchi imkoni boricha tezroq qatordagi o‘z joyiga tez turib olgan o‘yinchilar g‘olib chiqadilar. O‘yin 3–4 qatorda ham o‘tkazilishi mumkin. Bunda musobaqa qatorlararo o‘tkaziladi.


«Quyonlar, qorovul va ovchi» o‘yini. Maydonchaning bir tomo-niga to‘rtta kvadrat – quyon uyasi, qarama-qarshi tomonda esa



80


yarimaylana – qorovulxona chiziladi. Chiziqning shu tomonida poliz ajratiladi. Maydonchaning o‘rtasidan 25–30 sm balandlikda arqon-devor tortiladi. Òo‘rt guruhga bo‘lingan quyonlar to‘rtta kvadrat uyalarda joylashadilar, qorovulxonada esa boshqaruvchilar – qorovul va ovchi turadi.

O‘qituvchi signal berishi bilan «quyonlar» o‘z uyalaridan chiqib, devordan oshib, polizga yopiriladilar. O‘qituvchining ishorasi bilan qorovul uch marta chapak chaladi – «o‘q otadi». O‘q otilgandan so‘ng qorovul bilan ovchi birgalikda «quyonlar»ni uyalarigacha quvlab boradilar. Qo‘lga tushganlar sanab chiqilgach, «quyonlar» o‘z uyalariga, qorovul va ovchi esa qorovulxonaga qaytadi. Shundan keyin boshqaruvchilar almashtirilib, o‘yin davom ettiriladi.


«Ikki ayoz» o‘yini (19-rasm). Zalning qarama-qarshi tomonlarida devordan 2–3 m berida chiziq bilan qishloq uchun joy ajratiladi. Biri bolalarning yashashi uchun, ikkinchisi esa o‘qishi uchun xizmat qiladi. Qishloqlar orasida dala joylashgan. Boshqaruvchi – ikki ayozdan boshqa hamma o‘yinchilar bir qishloq chizig‘i orqasida turadi.


19-rasm. «Ikki ayoz» o‘yini.


«Kim uzoqqa otadi?» o‘yini (20-rasm). O‘quvchilar har birida 8–10 tadan o‘yinchi bo‘lgan 4 ta jamoaga bo‘linadi. Devordan 2– 3 m uzoqlikda start chizig‘i chiziladi. Shunga parallel qilib 10 m uzoqlikda, keyinchalik ketma-ket 1,5–2 m oraliq qoldirib 4–5 ta chiziq chiziladi. Har birida to‘p bo‘lgan o‘yinchilar (4 kishi) start



6 – Xo‘jayev, P. 81



chizig‘iga kelib, to‘p otishga shaylanib turadilar. O‘qituvchining signalidan so‘g har bir o‘yinchi to‘pni uzoqroq chiziqqa tushirishga harakat qilib otadi. Hakamlar boshqalardan uzoqqa otgan o‘yinchini, shuningdek, uzoqdagi chiziqqa ko‘proq to‘p tushirgan jamoani aniqlab ularni taqdirlaydi.

20-rasm. «Kim uzoqqa otadi?» o‘yini.


«Signalni eshit!» o‘yini. Sinf o‘quvchilari qator bo‘lib maydon bo‘ylab harakat qiladilar. O‘qituvchi bitta chapak chalganda hamma o‘quvchilar qo‘llarini bellariga qo‘yadilar, ikkita chapak chalganida qo‘llarini oldinga uzatadilar. Yanglishgan o‘quvchilar qator oxiriga o‘tib, o‘yinda yana qatnasha boshlaydilar. Endi mashqlar o‘zgartirib boriladi. Qatorda o‘z o‘rnini tark etmagan o‘quvchi g‘olib hisob-lanadi.


«Kosmonavtlar» o‘yini (21-rasm). Maydonchaning bir necha joyiga kichik-kichik aylanalar va to‘rtburchaklar chiziladi. Har bir kichik aylana raketani, uchburchaklar undagi o‘rinlarni anglatadi. Har bir raketaning yoniga quyidagi so‘zlar yoziladi: EME–Yer– Mars–Yer, EBE–Yer–Venera–Yer, EOE–Yer–Oy–Yer. Bolalar bir-birlarining qo‘llarini ushlab turadilar:


Bizni ko‘tar, tezkor raketa,


Mo‘ljalimiz ko‘p planeta.


Qay birini xohlasak,


Xalq ishonchini oqlasak.



82


Biz o‘shanga qarab uchamiz.

So‘ngra zafar quchamiz.


O‘yinda bir sir bor, uq,


Kechikkanga o‘rin yo‘q.


She’rni aytib bo‘lish bilan tarqalib, raketalardagi o‘z o‘rinlariga tezroq joylashib olishga harakat qiladilar. Doiradan joy olganlar ovozlarini chiqarib qaysi tomonga uchishini aytib, qo‘llarini yonga ochib yuguradilar. Kechikib qolganlar maydon markaziga to‘p-lanadilar. O‘qituvchi natijani e’lon qiladi. Ko‘proq «parvoz» qilgan-lar g‘olib hisoblanadi.


21-rasm. «Kosmonavtlar» o‘yini.


«Burgut va jo‘jalar» o‘yini (22-rasm). O‘yinchilardan ikkitasi onaboshi: biri «burgut», ikkinchisi «ona tovuq» etib tayinlanadi. «Burgut»dan boshqa hamma o‘yinchilar «ona tovuq» orqasiga, bir-birlarining belidan ushlab ketma-ket turadilar. «Burgut» safning oxirida turgan jo‘jani ushlagan holda, ya’ni unga qo‘lini tekkizishga urinadi. «Ona tovuq» qo‘llarini ikki yonga uzatib «burgut»ning yo‘lini to‘sib, u yoq-bu yoqqa tez-tez yuguradi. «Jo‘jalar» saflarini buzmay, «ona tovuq» orqasidan burgutdan qochib yuradilar.


Agar belgilangan vaqtda «burgut» «jo‘jalar»ni tutolmasa, unda «burgut»ning ovi yurishmagan bo‘ladi. Unda ular o‘rinlarini almash-tirishadi. Òarbiyachi «burgut»ning ayyor bo‘lib, jo‘jalarning goh o‘ng tomonidan, goh chap tomonidan yugurib aldab ushlashi kerakli-gini uqtiradi. Agar bolalar bu o‘yinni birinchi marta o‘ynayotgan



83


bo‘lsalar, unda tarbiyachining o‘zi yoki uning o‘rinbosarlaridan biri bir-ikki marta «burgut» bo‘lib o‘ynab berishi mumkin. Agar o‘yinda 10 dan ortiq bolalar qatnashayotgan bo‘lsa, u holat 2–3 qatorga bo‘linishi mumkin.

22-rasm. «Burgut va jo‘jalar» o‘yini.


«Mergan ovchi» o‘yini. O‘quvchilar to‘rt qator bo‘lib saflanadilar. Har bir qator qarshisida 6–8 m narida sher, ayiq bo‘ri, tulki yoki boshqa yovvoyi hayvon rasmi solingan yoki shunga o‘xshash suratlar yopishtirilgan 1x1m shchit qo‘yilgan bo‘ladi. Har bir qatordagilar navbatma-navbat shu shchitga to‘p otadi. Har bir o‘yinchi uchtadan to‘p otishi zarur. Qaysi qatordagi o‘quvchilar yovvoyi hayvonga to‘pni ko‘p marta tekkizsa, shu qator o‘yinda g‘olib chiqqan hisob-lanadi. O‘yinni boshlashdan oldin yovvoyi hayvonlar haqida, ularni nima uchun ovlashlari haqida o‘quvchilarga so‘zlab berish lozim. O‘yinni obrazli qilib so‘zlab berish, shuningdek, o‘quvchilarni aniq mo‘ljalga otishga, jamoa a’zolari orasida uyushqoqlikni saqlashga o‘rgatish ham juda zarur.


«Òo‘pni ilib ol» o‘yini. O‘quvchilar ikki jamoaga bo‘linib, qo‘llarida katta to‘pni ushlab doira hosil qiladilar. O‘qituvchining signalidan keyin ular to‘pni yuqoriga otib, ilib olishga harakat qiladilar. Havoda ushlab olingan to‘p uchun jamoaga 5 ochko, yerga urilgandan keyin ilib olingan to‘p uchun 2 ochko beriladi. O‘yin bir necha marta takrorlanadi.


«Òulki bilan na’matak» o‘yini. O‘quvchilar ikki jamoaga bo‘li-nadilar. Birinchi jamoa o‘yinchilari – «na’mataklar» ko‘zlarini yumib, qo‘llarini yon tomonga uzatgan holda ikkinchi jamoaga orqalarini



84


o‘girib zalning o‘rtasidagi chiziqqa turadilar. Ikkinchi jamoa o‘yin-chilari – «tulkilar» esa chiziqning tashqarisida, zalning bir tomonida turadilar.

«Òulkilar» zalning narigi tomoniga «na’matak» tikanlariga tegib ketmaslik uchun ovoz chiqarmasdan sekingina o‘tishlari kerak. «Na’matak»ka tegib o‘tgan «tulki» zalning bir chekkasiga chizilgan doiraga – g‘orga kirib ketadi. So‘ngra o‘yinchilar o‘z o‘rinlarini almashtiradilar. Qaysi jamoa o‘yinchilari zalning narigi tomoniga tinch va ehtiyotkorlik bilan o‘tsa, shu jamoa o‘yinda g‘olib chiqqan hisoblanadi.


«Na’mataklar» o‘yinida oxirigacha ko‘zlarini ochib yubormas-liklari lozim. «Òulkilar» «na’mataklar»ning orasidan o‘tadilar, chet-lab o‘tish mumkin emas. Zalning bir chekkasida turgan o‘qituvchi-ning bayroq ko‘tarishi zalning u tomoniga o‘tishi uchun signal hisoblanadi.


«Bo‘ron» o‘yini. o‘quvchilar to‘rt qatordan qator bo‘lib saflana-dilar. Start chizig‘i qarshisida undan 10 m narida har bir qator ro‘parasida bittadan bayroqcha o‘rnatiladi. Barcha o‘yinchilar bir xil harakatni bajaradilar. «Shamol» deyilganda qo‘llarini yuqoriga ko‘taradilar. «Chaqmoq» deyilganda o‘tiradilar, «yomg‘ir» deyilganda chapak chaladilar. «Bo‘ron» deyilganda, yugurib borib bayroq atrofi-dan (o‘ngdan chapga) aylanib yana o‘z joylariga kelib turadilar. Shartni to‘g‘ri va tez bajargan qator o‘yinchilari o‘yinda g‘olib hisoblanadi. O‘quvchilar bayroq atrofida aylanib kelganlaridan so‘ng yana chiziq orqasiga o‘tib sarflanadilar.


«Ovchilar» o‘yini. O‘yinni olib borish uchun 2-3 o‘yinboshi – ovchilar tayinlanadi. Har bir o‘yinboshining qo‘lida bittadan to‘p bo‘ladi. Qolgan hamma bolalar – «tulkilar» maydonchaning turli yerlarida erkin yugurib yuradilar.


O‘qituvchi signal berishi bilan «tulkilar» to‘xtaydi, ovchilar esa turgan yerlarida istagan «tulki»ga qarab to‘p otadilar. Agar to‘p «tulki»ga tegsa, ovchi bitta ochko oladi. Òo‘p otish natijasi hisob-lab chiqilgandan so‘ng, yangi ovchilar tayinlanib, o‘yin yana davom etiriladi. Bir marta ham to‘p tegmagan yoki boshqalarga qaraganda to‘p kam tekkan «tulki» eng yaxshi o‘yinchi hisoblanadi.


Otilgan to‘pni ilib olgan «tulki»ga to‘p tekkan deb hisoblanadi. «Òulkilar» o‘zlariga to‘p tekkizmaslik uchun turgan joylarida erkin harakatlar qilishlari mumkin.



85


«Qutqarib ol» o‘yini. Òo‘rt o‘yinchidan boshqa hamma o‘yinchi-lar doira hosil qilib turadilar. Òo‘rt o‘yinchi esa doiradan tashqarida turadi, ulardan ikkitasining qo‘lida tasmachalar bo‘ladi. Òasma ushla-gan o‘yinchilar doira bo‘ylab yuguradilar. Qolgan ikki o‘yinchi esa ularni quvlaydi. Qochib ketayotgan o‘yinchi doirada turganlardan birining oldiga turib olib, uning qo‘liga tasmani tutqazsa, uning orqasida turgan o‘yinchi yugurib ketishi lozim. Agar unga yetib olishsa, u tasmachani quvlab kelayotgan o‘yinchiga beradi va o‘rin almashadilar. Yugurib boruvchi hamda quvlovchi o‘yinchi doirada turganlarga tegib ketmasligi lozim. Doira bo‘ylab ikki martadan ortiq yugurmaslik kerak. Quvlovchi ikki-uch kishini quvib etib olmasa, uni almashtirish mumkin.



  1. 3. 7–9-SINF O‘QUVCHILARI UCHUN HARAKAÒLI O‘YINLAR

7–8-sinfning jismoniy tarbiya darsida o‘tiladigan harakatli o‘yin-larning soni o‘qituvchi tomonidan qo‘yilgan vazifaga, shug‘ul-lanuvchilarning tarkibiga va ish sharoitiga bog‘liq bo‘ladi.


Jismoniy tarbiya darsida o‘smirlarning o‘yin bilan shug‘illanish jarayonida asosiy vazifalar quyidagilardan iborat: o‘yin vaziyatida gimnastika mashqlari (umbaloq oshishlar, tayanib sakrashlar, tir-mashib chiqish mashq va muvozanat saqlash), yengil atletika mashq-lari (past va yuqori start, tez yurish, yugurib kelib uzunlikka va balandlikka sakrash, kichik va katta koptoklarni uloqtirish), to‘pni egallash malakalarini (basketbol, futbol, voleybol o‘yini uchun) mustahkamlash va takomillashtirish; o‘z jamoasining javobgarligini his qilish, o‘zaro yordamlashish malakalarini, jamoa manfaati uchun oqilona tavakkal qila bilishni tarbiyalash; o‘yin qoidalari buzilganiga chiday olmaslik harakatni aniq bir maqsadga qaratilganligini, o‘zini tuta bilishligini, diqqatini taqsimlamoqlikni, harakatda mo‘ljalini tez ola bilishni tarbiyalash; jamoa o‘yinlarida tashkilotchilik malaka-larini, sport o‘yiniga birmuncha yaqin bo‘lgan murakkab harakatli o‘yinlarda hakamlik malakalarini rivojlantirish.


Bu vazifalarning barchasini o‘smirlarning bilim, malaka, ko‘-nikmalarini o‘zlashtirishga va gimnastika, yengil atletika, kross tayyor-garligi mashg‘ulotlarida ularni orttirgan malakalariga bog‘liq, shuning-dek, kichik sinflarda o‘tilgan o‘yinlar ketma-ket hal etiladi.



86


O‘yin kichkina sinfdagilar bilan taqqoslaganda birmuncha murak-kablashib boradi.

Shuni hisobga olish kerakki, o‘smirlik yoshidagi qiziqish va jismo-niy imkoniyati ko‘proq o‘ziga xos bo‘lib boradi. Qizlarni raqs ele-mentlari bilan o‘ynaladigan o‘yinlar, harakat koordinatsiyasini rivojlanishiga (bo‘yi tez o‘sib borishi bilan bog‘liq) yordam beradigan o‘yinlar qiziqtira boshlaydi; bolalarda esa mushak kuchi tez rivojlana boshlaydi va shuning uchun ularni qarshilik ko‘rsatish bilan kuch ishlatiladigan o‘yinlar qiziqtiradi. Gohida guruhga oid usul bilan o‘yin o‘tkazilishi kerak: o‘g‘il bolalarga bir vaqtda bo‘lish mumkin bo‘lgan kuch ishlatiladigan o‘yin; qiz bolalarga akrobatika raqs elementlari bilan o‘ynaladigan o‘yin bir vaqtning o‘zida taklif qilinadi. Guruh usulibiyotida o‘tkaziladigan o‘yinni tashkil qilish va o‘tkazilishida o‘quvchilarni jalb qilish zarur, chunki ularda tashkilot-chilik malakalarini rivojlantiriladi. Shu bilan birga o‘qituvchilar va o‘quvchilar orasida ajratilgan rahbarlarni o‘yinda harakatini bajarishini kuzatish yengil bo‘ladi va o‘yin texnika va taktikasini to‘g‘ri egallashni kuzatadi.


Kuch ishlatiladigan o‘yinlarni o‘g‘il bolalar uchun alohida-alohida o‘tkazish zarur va qiz bolalar uchun yoki musobaqa uyushtirishda juftliklar o‘g‘il bolalardan yoki qiz bolalardan tashkil etilgan bo‘ladi.


O‘smirlar katta qiziqish bilan o‘yinda harakat texnikasiga tegishli bo‘lgan o‘yinlarni va uni takomilashtirishni yaxshi ko‘radilar, ayniqsa to‘pni egallash texnikasini basektbol, futbol va voleybol (o‘g‘il bolalar uchun) elementlari bo‘lgan o‘yinlar juda foydalidir.


O‘smirlar bilan o‘yinni kengroq qilib o‘tkazish tavsiya qilinadi, unda nafaqat tezlikni, shuningdek, topshiriqni bajarish sifati ham hisobga olinadi. Masalan, sport o‘yinlari, yengil atletika elementlari bilan o‘tkaziladigan estafetalar nafaqat tezlikni, balki vazifani sifatli bajrishini ham hisobga olinadi va bu esa g‘alabani aniqlaydi (to‘pni uzatishni, halqaga tashlashni, to‘pni olib yurishni, estafeta tayoqcha-sini uzatishni, balandlikka va uzunlikka sakrashni to‘g‘ri bajargan-ligini). Bu yoshdagi o‘quvchilar sport o‘yinlarini o‘ynashni yaxshi ko‘radilar, shuning uchun ko‘pchilik harakatli o‘yinlar bu yo‘nalish-dagi ahamiyatga ega bo‘lib boradi.


O‘yinda yugurish masofasi, sakrash balanligi va o‘yindagi har xil qiyinchiliklar 7–9-sinf o‘quvchilari uchun nazorat me’yorlari chegara-sida bo‘lishi shart. O‘quvchilarni topshirishga mos keladigan me’yor-



87


larga tayyorlash uchun o‘yinchi «Alpomish» va «Barchinoy» test me’yorlariga kiruvchi mashqlarni kiritish juda zarurdir.

7–9-sinflarda harakatli o‘yinlarni o‘tkazishda faqatgina asbob-anjom va jihozlardan foydalaniladi. O‘yin yaxshi tashkil qilinganda unda rezinali, to‘ldirma to‘pdan nafaqat uzatish uchun, balki bir-biriga otishda ham foydalanish mumkin.


O‘quvchilar o‘qituvchining topshirig‘i bo‘yicha asbob-anjom va o‘yin uchun maydonchani mustaqil ravishda tayyorlashlari kerak.


O‘yinboshi va sardorlar roliga alohida o‘quvchilarni tavsiya qilish mumkin, lekin asosan o‘quvchilarni o‘zlari saylashlari maqsadga muvofiq bo‘ladi.


Jamoalarga bo‘lishda va shular qatorida sardorlarni saylashda barcha usullardan foydalaniladi, biroq uni oxiriga yetkazmaslik, o‘smirlarni nafsoniyatiga tegmaslik uchun qolgan 6, 8 kishini bir-ikkiga sanashi kerak.


Shu bilan birga o‘smirlarda qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayoni ham qaror topmagan, shuning uchun qo‘zg‘alish tez-tez tormoz-lanishdan ustunlik qiladi, hayot faoliyatining jo‘shqinligi esa o‘yinda juda baland bo‘ladi. O‘smirlarga xos bo‘lgan ortiq qizishib ketish oxirgi maqsadga tez erishishga harakat qilishi bilan bog‘liq bo‘ladi.


Bunday vaziyatda ularning diqqati o‘yin jarayoniga qaratilishi kerak, asboblar o‘yinni texnika va taktikasini tushintirib boradi, o‘ynovchilarning noto‘g‘ri xatti-harakatini ishontirishga mos keladigan jarima berib to‘sib qo‘yadi va ayrim vaziyatlarda o‘yin qoidalarini buzganligi uchun o‘yindan chiqariladi. Haddan tashqari asablari buzilgan o‘yinchilarni rahbar yoki hakamning yordamchisi qilib tayinlash mumkin.


O‘smirlarning ta’bi nozik bo‘ladi, shuning uchun rahbar ayrim o‘yinchilarning muvaffaqiyatsizliklariga umumiy diqqatni jalb qil-maslik kerak. Eng yaxshisi boshqalarga sezdirmasdan ularga xatolarni to‘g‘rilashga, o‘yinning texnika va taktikasini egallashga yordam berishi kerak. Ayniqsa, qiz bolalar o‘g‘il bolalar ishtirokida tanqidiy mulohazani o‘zlariga og‘ir oladilar.


O‘smirlar mustaqil tashabbuskorlik bilan harakat qlishni yaxshi ko‘radilar. Bu mustaqil harakat qilishdan o‘yinda foydalanish kerak: o‘quvchilarga o‘yinda harakat qilish rejasini tuzish vazifasi top-shiriladi. Ayniqsa bu munosabat bilan joylarda o‘tkaziladigan o‘yinlar muhim ahamiyatga egadir, unda o‘smirlarning ijodiy tashabbuslaridan



88


keng foydalanish mumkin. Shuning uchun o‘quvchilarga yangi qoida-larni va o‘yin variantlarini (ayniqsa «Quvnoq startlar» uchun) tuzish taklif qilinadi, ularga o‘yinni mustaqil ravishda o‘tkazish topshirig‘i tavsiya qilinadi.

Ular o‘zlarining imkoniyatlariga ortiqcha baxo berib yubora-dilar, shuning uchun o‘yinda kuchni to‘g‘ri taqsimlash va tushadigan yuklamani kuzatib borish muhimdir.


7–9-sinflar o‘rtasida o‘tkaziladigan musobaqani maktab ichida qanday o‘tkazilsa, xuddi shunday sinfdan tashqari vaqtda maktablar orasida o‘tkazilishi tavsiya qilinadi.


O‘smirlarni harakatli o‘yinlarda hakamlik qilishlari oldingilarga qaraganda, yanada ham ko‘proq qat’iy bo‘lishi shart. O‘quvchilarni hakamlikka ko‘proq jalb qilish kerak.


Harakatli o‘yinlardan asosan darsning asosiy qismida, ayrim paytlarda yakuniy qismida foydalaniladi.


Sport gimnastikasi, yengil atletika va boshqalarga bag‘ishlangan darslarda o‘yinlarning kiritilishi kam uchraydi.


Gohida ular shug‘ullanuvchilarning organizmiga tushayotgan yuklamani oshirishga va egallagan malakalarini mustahkamlash uchun darsning asosiy qismi oxirida o‘tkaziladi.


7–9-sinflarda ko‘p darslar sport gimnastikasiga ajratilgan (ayniqsa, o‘quv yilining uchinchi choragida). Harakatli o‘yinlar bu darslarga qariyb kiritilmaydi. Ayrim holatlarda o‘yinni shug‘ullanuvchilar navbatlarini uzoq vaqt kutib qolganlarida, sport asbob-anjomlarida mashqlarni bajarib bo‘lgandan keyin o‘tkazish mumkin. Bunday vaziyatda o‘yin yuklamasi yuklamani oshirishga imkoniyat beradi. Shuningdek, tayanib sakrash yoki akrobatika elementlarini mustah-kamlashga yordam beradigan o‘yinlarni (tayanib sakrash, umbaloq oshishlar bilan estafeta) o‘tkazish mumkin.


Gohida o‘yin darsning tayyorlov qismida razminka sifatida o‘tka-ziladi, uning maqsadi – darsning asosiy qismini mazmunli o‘zlash-tirishga ularni tayyorlash va shug‘ullanuvchilarni qiziqtirishdir.


Belgilangan jismoniy tarbiya vazifalarini hal etishda o‘qituvchi shug‘ullanuvchilarning holatini hisobga olishga majburdir. O‘qituvchi bo‘lib o‘tgan jismoniy tarbiya darslarini va sinfdagi mashg‘ulotning xarakterini hisobga olishi kerak. Hammadan ko‘ra o‘yin dars jadvali bo‘yicha oxirgisi bo‘lsa yoki o‘quvchilarni tinch holatiga keltirish mumkin bo‘lganida darsning yakuniy qismida o‘tkazildi. Agarda



89


darsning vazifasi boshqa sport o‘yinlarini o‘rgatishga bag‘ishlangan bo‘lsa, ya’ni unga tayyorlovchi barcha harakatli o‘yinlardan darsning hamma qismlaridan foydalanish mumkin. «Juft bo‘lib estafeta», «Ol-dinga yur», «Doiradan chiqarish», «Kim kuchli», «Arqon tortish», «Kim tezroq», «Òo‘siq qo‘yib o‘ynaladigan lapta», «Doira bo‘ylab kross».

2.4. 10–11-SINF O‘QUVCHILARI UCHUN


HARAKAÒLI O‘YINLAR


Jismoniy tarbiya dasturi bo‘yicha 10–11-sinflarda harakatli o‘yin-lar kiritilmagan, biroq darslarda, oldingi sinflarda o‘tilgan harakatli o‘yinlardan foydalanish mumkin. Uning vazifasi shundan iboratki, turli-tuman o‘yin vaziyatlarida o‘quvchilarni harakat qilishga o‘rgatish ko‘proq maqsadga muvofiq bo‘ladi va turli-tuman sport turlari bilan shug‘ullanganda egallagan malakalarni mustahkamlaydi va takomil-lashtiradi.


10–11-sinflarda harakatli o‘yinlar yorqin ifoda qilingan yordamchi xarakterdadir. O‘quvchilar kutilmaganda o‘yin sharoitida ijod qilingan yoki egallagan malakasini to‘g‘ri qo‘llashga odatlanadi.


O‘quvchilarning sport o‘yinlariga bo‘lgan katta qiziqishni hisobga olingan holda, shug‘ullanuvchilar sonining ko‘pligi sababli jismoniy tarbiya darsida o‘tkazish qiyin, shuning uchun sport o‘yinlariga yaqin bo‘lgani sababli sinfning barchasiga harakatli o‘yinlarni tavsiya qilish mumkin. Muhimi, bu o‘yindagi texnika va taktikasi sport o‘yinlaridek bir xil bo‘lishi kerak. Bundaylarga quyidagi o‘yinlarni kiritish mumkin: «Òo‘p sardorga», «Òo‘p uchun kurash» (basketbol o‘yiniga tayyor-lovchi), «Voleybolchining to‘p uzatishi», «Òo‘pni uzatdingmi o‘tir» voleybol elementlari bilan estafeta, (voleybol o‘yiniga tayyorlaydigan) «Doirada oyoq bilan to‘p tepish», «Raqibning himoyachilari o‘rtasida» (futbol o‘yiniga tayyorlaydigan) va boshqalar.


2.5. BASKEÒBOL O‘YINIDA FIKRLASHNI


RIVOJLANÒIRISH


O‘smirlar o‘yin maydonida fikr yuritishi, o‘ylashi, mulohaza qilishi, ko‘ra bilishi nafaqat sheriklari xatti-harakatini, shuningdek, raqiblari xatti-harakatini ilg‘ay olish malakasini shakllantirishda,



90


o‘yin taktikasi va strategiyasini hal etishda asosiy mezon hisob-lanadi.

Har qanday o‘yinda bajariladigan harakatni oldindan ko‘ra bilish qobilyati katta ahamiyatga egadir. O‘yinchilariga maydonda bo‘ladigan o‘zgarishlarni, yuz berishi mumkin bo‘lgan holatlarni aniqlash, maydonda o‘yinchini, to‘pni ko‘rish, joyini va vaqtini oldindan aniqlash kabi elementlar doimiy ravishda o‘rgatib bo-riladi.


Bu qobilyat maxsus mashqlarda takomillashtiriladi. O‘yin jarayo-nida fikrlashni rivojlantirish uchun biz quyidagi maxsus harakatli o‘yinlardan foydalanishni tavsiya qilamiz. Bunday trenirovka modeli 8–9-sinf o‘quvchilari uchun basketbol darslarida qo‘llaniladi.


2. 6. O‘YIN ÒANLASH MEZONI


– Jamoali;


– fikrlarni rivojlantiruvchi;


– darsning ma’lum talablariga javob beradigan.


2.7. DARSNING ÒAYYORLOV QISMI


Mashq qilish jarayonida charchash yoki topshiriqni orta borishi bilan fikrlash qobilyati susayadi. Harakatga sarflanadigan vaqt cho‘ziladi, fikr sifati pasayadi.


Darsning tayyorlov qismida qon tomirining bir daqiqada urishi 130–140 martadan oshmasligi kerak. Shuning uchun aynan darsning tayyorlov qismida holatni bilish, to‘p bilan qilinadigan xatti-hara-katni tushunib yetish, o‘yinda aniq lahzalar xususiyatini ko‘ra bi-lish, qizg‘in jarayonga kirishib bo‘sh o‘ringa chiqish, hujum chizig‘ini cho‘zishga yo‘naltirilgan holatning shakllanishini tahlil qilishni bilish zarurdir.


Darsning tayyorlov qismida foydalaniladigan o‘yinlar quyidagicha bo‘lish kerak:


1)) jamoali;





  1. o‘yin tezligi o‘rtacha bo‘lgan (qon-tomir urishi bir daqiqada 130–140 marta);




  1. fikrlashni (ulash) rivojlantiruvchi;




  1. darsning asosiy qismiga barcha a’zolarni tayyorlovchi;

91


  1. darsning tayyorlov qismida tavsiya qilingan o‘yinlardan foyda-lanish mumkin. Bitta darsda, odatda, ikkita o‘yin va variantlaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir.

2.8. DARSNING ASOSIY QISMI


Dars aylanma trenirovka metodi bo‘yicha bekatlarga bo‘lingan holda o‘tkaziladi. O‘yinga fikrlash qobilyati va harakat malakalari bir xil bo‘lgan bolalardan 4 va 5 kishilik guruhlar jalb etiladi. Shunday o‘yinlarni tanlash kerakki, ular o‘quvchilarning fikrlash qobilyatini rivojlantirishdan tashqari harakat malakasi, jismoniy sifatlarini tarbiya-lashga, juft-juft va uchtadan bo‘lib harakat qilishni takomillash-tirishga yordam beradigan bo‘lsin. Darsning aylanma trenirovka metodi bo‘yicha tashkil etilishi guruhlarda bolalarni haddan tashqari ko‘pligi va to‘plarning yetishmasligi bilan bog‘liq bo‘lgan muam-molarni hal etishda va darsning motor zichligini yuqori darajada oshirishga imkon beradi. Darsning bu qismida tomir urishi bir daqiqada 160 dan pastga tushmasligi kerak.


2.9. DARSNING YAKUNLOVCHI QISMI


Darsning yakuniy qismida o‘yinning asosiy yo‘nalishi – o‘yin vaqtida olingan malaka va ko‘nikmalar, taktik vazifalar yaxshi tahlil qilinib, hujumni tashkil qilish va yakunlash, jamoaning hujumdan hujumga o‘tishi, himoyada harakatlanishni amalga oshirish, himoya-dan-hujumga o‘tishdan olingan malakalar mustahkamlanadi.


2.10. BASKEÒBOL DARSLARINING ÒAYYORLOV QISMIDA O‘ÒILADIGAN HARAKAÒLI O‘YINLAR.


CHAVANDOZ


O‘yinchilar ikki guruhga teng bo‘linadilar. Jamoa a’zolari bir-ikki deb sanaydilar. Birinchi nomerli o‘yinchilar «otlar», ikkinchi nomerli o‘yinchilar «chavandozlar» bo‘ladi. Chavandozlar otlarning yelkasiga o‘tiradilar. O‘yin o‘qituvchi signalidan keyin basketbol qoidasi bo‘yicha o‘tkaziladi. Jamoalar barcha texnik usullarni qo‘l-lagan holda to‘pni raqib halqasiga tashlaydilar.



92


O‘yin qoidasi. 1. «Otlar» faqat maydon bo‘ylab chopishlari va to‘p olib yurishlari mumkin.

2. «Chavandozlar» to‘pni bir-biriga oshirib, halqaga tashlaydilar.


HARAKAÒSIZ NISHON


Ikki jamoa to‘rt, yetti o‘yinchi bilan kichraytirilgan maydon-chada o‘ynaydilar. Maydon chizig‘i tashqarisidagi yerga to‘ldirma to‘p qo‘yilgan, hujum qiluvchi jamoaning vazifasi to‘ldirma to‘pga basketbol to‘pini tekkizishdan iborat. Òo‘p aniq nishonga tekkandan so‘ng jamoalar almashadilar. Nishonga aniq to‘p tekkizib, ko‘proq ochko to‘plagan jamoa g‘olib bo‘ladi.


Variantlari





  1. Hujum uchun 20–25 sek beriladi.




  1. Òo‘pni nishonga aniq tekkizgan jamoa o‘z joyida qoladi.




  1. Har bir jamoa o‘z to‘ldirma to‘piga ega bo‘ladi va uni o‘z navbatida himoya qiladi (bir vaqtning o‘zida ikkita to‘pga hujum qilishga ruxsat etiladi).




  1. Hujum, ya’ni to‘pni nishonga uloqtirish to‘pni olib yurmasdan bajariladi.




  1. Òo‘ldirma to‘pga 6 m va undan uzoqroq masofadan to‘p tekkizgan jamoaga 2 ochko beriladi.

HARAKAÒLANUVCHI NISHON


O‘yinda ikkita jamoa 4–7 ta o‘yinchi va darvozabonlari bilan qatnashadi. Darvozabonga faqat darvoza chizig‘ida turishga ruxsat beriladi. Hujumchi jamoaning vazifasi «qarshi kurashuvchi» yoki «himoyalanuvchi» jamoaning chap berib qutulib qolmoqchi bo‘lgan darvozabonga to‘p tekkizishidir. Agar darvozabonga to‘p tegsa, uning o‘rnini o‘sha jamoaning o‘yinchisi egallaydi.


So‘ngra jamoalar o‘rin almashadilar. Boshqa jamoa darvozabon-larini aniq nishonga olib, ko‘p to‘p tekkizgan jamoa o‘yinda g‘olib hisoblanadi.


Variantlari





  1. Darvozabonga to‘p tekkandan keyin uning o‘rnini boshqa jamoaning darvozaboni egallashi mumkin.




  1. O‘yinda ikkita to‘pdan foydalaniladi.

93


RAQIB ÒO‘PINI ILIB OL

O‘yinda ikki jamoa qatnashadi. Har bir jamoa 6–8 o‘yinchidan iborat bo‘ladi. Maydonning birinchi yarmida birinchi jamoa, ikkinchi yarimida ikkinchi jamoa turadi. Har bir jamoa o‘z sardori orqasida bir qator bo‘lib turadi.


O‘qituvchi signalidan keyin qator boshida turgan o‘yinchilar o‘z maydonlari bo‘ylab harakatlanib, to‘pni yuqoriga irg‘itadilar. Uchinchi o‘yinchi to‘pni ilib oladi va hokazo. Jamoalar maydon bo‘ylab harakat qilib, to‘pni polga tekkizmaslikka harakat qiladilar. Belgilangan vaqtda kam xatoga yo‘l qo‘ygan jamoa (polga to‘pni kamroq tekkizgan) g‘olib chiqadi.


Variantlar


O‘yinni yugurish, ikki oyoqda yuqoriga sakrash, orqa bilan oldinga siljish yoki harakatlanish bilan bajarish mumkin.


DARVOZAGA ÒO‘PNI DUMALAÒIB


KIRIÒISH

O‘yinda ikkita jamoa 5–8 kishidan bo‘lib o‘ynaydi. Maydoncha chegaralanmaydi. O‘yinning sharti raqib darvozasiga to‘pni duma-latib kiritishdan iboratdir. O‘yinchilar to‘pni dumalatgan holda bir



  • birlariga uzatadilar. Òo‘pni olib yurish va to‘p bilan yugirish taqiqlanadi. Agar o‘yinchi o‘yin qoidasini buzsa, o‘sha joydan to‘p uzatish belgilanadi. Belgilangan vaqt ichida ko‘p ochko to‘plagan jamoa o‘yinda g‘olib chiqadi.

BASKEÒBOL REGBI


Maydonchaga chegara qo‘yilmaydi. O‘yinning sharti raqib may-donchasining oldi chizig‘iga to‘pni olib borib qo‘yishdir. O‘yinda to‘pni olib yurish, oldinga uzatish, raqibni polga yiqitishga ruxsat etilmaydi. o‘yinchiga to‘p olib yugurishga, to‘pni yonga va orqaga uzatishga, to‘pni egallab olgan o‘yinchini ushlash va ushlab turishga ruxsat etiladi. Agar qoida buzilsa, shu joydan jarima to‘pini uzatish (futbol o‘yiniga o‘xshab) belgilanadi. Jamoa chizig‘iga o‘tkazib qo‘yilgan to‘pga ochko beriladi. Ko‘p ochko to‘plagan jamoa o‘yinda g‘olib chiqadi.



94


2.11. DARSNING ASOSIY QISMIDA BERILADIGAN HARAKAÒLI O‘YINLAR

O‘yin 2x2 yoki 3x3 ta o‘yinchi bilan bitta shitga qarab o‘ynaladi. O‘qituvchining signalidan keyin to‘pni egallab turgan jamoa qarama-qarshi tomondagi shitga tezlik bilan yugurib o‘tadi, qaytadan signal bo‘lguncha shu shit oldida o‘yin davom etadi.


Varianti

Òo‘p olib yurilmaydi, o‘yin faqat bir-biriga uzatish hisobiga o‘tkaziladi.

JUFÒ-JUFÒ BO‘LIB PEÒNA


(RAQIBGA QO‘L ÒEKKIZISH) QILISH


O‘yinchilar juft-juft bo‘lib qo‘llarini ushlab turadilar. Bitta juftlik to‘pni qo‘lida ushlab turadi, bu juftlik o‘yinboshi hisoblanadi. O‘yin-boshilar to‘pni olib yurish bilan birga qolgan juftliklarni kuzatib boradi va o‘yinchilardan birini «petna» qilishga harakat qiladi. «Petna» qilingan juftlik esa o‘yinboshi bo‘ladi. Biror marta o‘yinboshi bo‘lmagan jamoa o‘yinda g‘olib hisoblanadi.


Variantlar





  1. O‘yin chegaralangan maydonchada (9x3) o‘tkaziladi. O‘yinda ikkita juftlik qatnashadi (o‘yinboshilar, qochuvchilar).




  1. Petna qilish faqatgina to‘p bilan amalga oshiriladi (to‘p uloqtirlib istalgan o‘yinchiga tekkiziladi).




  1. Qochib ketayotgan juftlik uloqtirilgan to‘pni ilib olsa, unda petna qilingan hisoblanmaydi.

ÒO‘PNI QO‘LDA USHLAB ÒURMASDAN


UZAÒISH

3x3 m li to‘rtburchak ichida to‘rtta o‘yinchi turadi. O‘yinchining tayanch oyog‘i to‘rtburchakning burchagida turadi. O‘qituvchining signali bo‘yicha o‘yinchilar to‘pni bir-birlariga oshiradilar. O‘qituv-chining signali bo‘yicha to‘p uzatish yo‘nalishini bir necha martada o‘zgartirish mumkin.

Agar to‘p noto‘g‘ri yo‘naltirilgan bo‘lsa yoki o‘yinchi uni ilib ololmasa, xatoga yo‘l qo‘yilgan bo‘ladi. Belgilangan vaqt tugashi



95


bilan keyingi to‘rtlik o‘yinni boshlaydi va hokazo. O‘yinda kam xato qilgan jamoa g‘olib bo‘ladi.

Variantlar





  1. Polga urilib qaytgan to‘pni ushlab uzatish bilan bajarish.




  1. Òo‘pni bir qo‘lda yoki orqa tomonga uzatish bilan bajarish.

ÒO‘RÒBURCHAK


3x6 m li to‘g‘ri to‘rtburchak burchaklarida to‘rtta o‘yinchi qo‘lida to‘p bilan turadi. Òo‘g‘ri to‘rt burchakning o‘rtasida to‘pni ushlab qoluvchi o‘yinboshi turadi. Òo‘pni ushlab qoluvchi o‘yinchining vazifasi qo‘l tekkiza olishdir. Agar u to‘pga qo‘lini tekkizsa, unda to‘pni uzatgan o‘yinchi bilan joy almashadi va hokazo. 5 martagacha to‘p uzatganda kam xatoga yo‘l qo‘ygan o‘yinchi g‘olib bo‘ladi.


Variantlari





  1. Ma’lum yo‘nalishda uzatish usullari belgilanib, o‘yin shu asosda o‘tkaziladi.




  1. Òo‘p uzatuvchi va to‘pni ushlab oluvchi o‘rtasidagi masofa qisqartiriladi.




  1. O‘yinchilar to‘g‘ri to‘rtburchak bo‘ylab harakatlanadilar, ik-kita to‘pni ushlovchi o‘yinboshlari to‘rtburchak o‘rtasida turadilar.

HIMOYACHI


O‘yinda ikkita jamoa ikkitadan o‘yinchi qo‘llarida to‘p bilan qatnashadilar. Jamoa o‘yinchilari to‘pni polga urib olib yurish bilan birga polga o‘rnatilgan bayroqchalar yoki to‘ldirma to‘pni himoya qiladilar.


Boshqa jamoa o‘yinchilari ham to‘pni to‘xtatmasdan tinimsiz olib yurib, bo‘sh qo‘llarini bayroqchaga, to‘ldirma to‘pga qo‘l tegizilsa bir ochko beriladi. Belgilangan hisobga ko‘ra jamoalar joylarini almashadilar. Kam vaqt sarflab belgilangan ochkoni to‘plagan jamoada g‘olib bo‘ladi.


Varianti

Himoyachi polda yotgan chambarak atrofida to‘pni olib yurish bilan birga boshqa jamoa o‘yinchilarining chambarakka to‘p tek-kizishlariga qarshilik ko‘rsatadi. Boshqa jamoa a’zolari o‘z navbatida to‘pni olib yurish bilan birga himoyachilarni aldab o‘tib, to‘pni


96


chambarak ichiga tashlaydilar. Himoyachilarga bo‘sh qo‘llari bilan to‘pni urib qaytarishga ruxsat etiladi.

ÒO‘PNI NOMERLAR BO‘YICHA UZAÒISH


O‘yinda bir necha jamoa qatnashadi, har bir jamoada to‘rttadan o‘yinchi bo‘ladi. Jamoa o‘yinchilar tartib bilan sanaydilar. Birinchi nomerli o‘yinchilar to‘pni ushlab turadilar. O‘qituvchining signaldan so‘ng o‘ynovchilar maydoncha bo‘ylab har xil yo‘nalishda harakat qilib qat’iy holda va tartib nomeri asosida to‘pni uzatadilar. Har bir jamoaning to‘p uzatishi va ilib olishini kuzatib boruvchi rahbar yoki o‘qituvchi ajratiladi.


IKKIÒADAN BO‘SH O‘YINCHI ORQALI


BIÒÒA O‘YNASH


Uch sekundli zona maydonchasida ikkita jamoa o‘ynaydi. Jamoa tarkibida ikkitadan o‘yinchi bo‘ladi. O‘yinchilarning vazifasi to‘pni halqaga tashlashdan iborat. Sheriklar to‘pni bir-birlariga o‘rtada bo‘sh turgan o‘yinchi orqali oshirganlaridan keyin to‘p halqaga tashlanadi, shitga urilib qaytgan yoki halqaga tushgan to‘pni ilib olgan jamoa o‘yinchisi bo‘sh turgan o‘yinchiga to‘pni berishi kerak. Shitga urilib qaytgan to‘pni ilib olib, halqaga tashlash taqiqlanadi. Bo‘sh turgan o‘yinchi besh sekundli zona maydonchasining tash-qarisida turadi. Belgilangan vaqt ichida ko‘p ochko to‘plagan jamoa o‘yinda g‘olib chiqqan hisoblanadi.


IKKI KISHIDAN BO‘LIB BIÒÒA HALQAGA


O‘YNASH

O‘yin basketbol qoidasi bo‘yicha bitta halqaga o‘ynaladi. O‘yinchining asosiy vazifasi halqaga to‘p tashlashdan iborat. Himoyalanuvchi jamoa o‘yinchilariga faqatgina uch sekundda zonada qarshilik ko‘rsatish yoki qarshi kurashishga ruxsat etiladi. Hujum qilayotgan jamoa o‘yinchilarga uch sekundli zona va uning tashqarisi-dan hamda ikki qadam tashlangandan so‘ng halqaga to‘p tashlashga ruxsat etiladi. Shitga urilib qaytgan to‘pni ilib olib halqaga tashlash man etiladi. Òo‘pni egallab olgan o‘yinchi tezda uch sekundli


7 – Xo‘jayev, P. 97



zonadan chiqib ketishi shart. Eng ko‘p ochko to‘plagan jamoa o‘yinda g‘olib hisoblanadi.

SHIÒGA URILIB QAYÒGAN ÒO‘PNI OLIB,


HALQAGA ÒASHLASH


Jamoada ikkitadan o‘yinchi bo‘ladi. Birinchi jamoa o‘yinchilari jarima to‘pini tashlash chizig‘ida turadilar. Ularning har biri halqaga 5 tadan to‘p tashlashni bajaradi. Ikkinchi jamoada o‘yinchilari halqa tagida turadilar. Ularning asosiy vazifasi shitga urilib qaytgan yoki halqaga tushgan to‘pni ilib olib, sakrab halqaga tashlashdan iborat. Har bir tushirilgan to‘p uchun bir ochko beriladi. Òo‘p 10 marta halqaga tashlangandan keyin jamoalar o‘rin almashadilar. Birinchi bo‘lib 21 ochko to‘plagan jamoa o‘yinda g‘olib chiqadi.


ORÒIQCHA BESH OCHKO ÒO‘PLASH O‘YINI


Jamoalarda 2 tadan o‘yinchi bo‘ladi. Jamoa o‘yinchilari 3 sekundli zona trapetsiyasi yon chizig‘i bo‘ylab bir-birlariga o‘girib turadilar. O‘yinchilar o‘qituvchining signalidan keyin o‘girilib halqaga to‘p tashlashlari kerak. Har bir tushirilgan to‘p uchun qarama-qarshi jamoadan bitta to‘p kamaytirilib boriladi. Qaysi jamoaning zaxiradagi ochkosi «5»taga yetsa, o‘sha jamoa o‘yinda g‘olib hisoblanadi. Birinchi jamoa o‘yinchisi to‘pni halqaga tashlagandan keyin bu holatni ikkinchi jamoa o‘yinchisi bajaradi va hokazo.


ÒO‘PNI ÒUSHIRIB YUBORMA


Jihozlar basketbol to‘plari, oyoq tebrangichlar (4 juft, uni xo-dadan 15–20 sm qalinlikda dumaloq bo‘lakchalar qirqib, teng ikkiga bo‘lib tayyorlanadi). O‘yinda 2 kishiga 2 kishi o‘ynaydi. O‘ynovchilar bir-birlarining qarshisida tebrangichlar o‘rtasida 3 qadam masofada turadilar. O‘qituvchining signali bo‘yicha to‘pni bir-birlariga oshira boshlaydilar. Òo‘pni oshirish vaqtida kim tushirib yuborsa, bitta jarima ochko beriladi. Qaysi jamoa kam jarima ochko to‘plasa, o‘sha jamoa o‘yinda g‘olib chiqadi.


Varianti

Belgilangan vaqtda to‘pni uzatish soni hisobiga olib boriladi.


98


2.12. DARSNING YAKUNIY QISMIDA O‘ÒKAZILADIGAN HARAKAÒLI O‘YINLAR. OMMAVIY BASKEÒBOL

O‘quvchilar ikki jamoaga bo‘linadilar. Har bir jamoada 5 tadan o‘yinchi maydonchada joylashib turadi, qolganlari yon chiziq tashqarisida zal bo‘ylab bir tekis joylashadilar. Maydonda odatdagi basketbol o‘ynaladi, lekin maydonda o‘yinchilar bilan o‘zaro harakatlanishi mumkin, ya’ni to‘pni ularga uzatish va ulardan qabul qilib olish mumkin. O‘yinda ko‘p ochko to‘plagan jamoa g‘olib hi-soblanadi. O‘yinda uch jamoa besh kishidan bo‘lib o‘ynaydi. Ikinchi beshlik maydon markazida turib, u yoki bu halqaga hujum qiladi. Òo‘p halqaga tushganidan yoki ushlab olinganidan keyin birinchi beshlik qarama-qarshi tomondan halqaga hujum qiladi. Birinchi beshlik uchunchi beshlik qarama-qarshi tomonidagi halqaga hujum qiladi. Birinchi beshlik uchinchi beshlik o‘rnida zona hosil qiladi va hokazo.


Varianti

Òo‘pni halqaga tushurganidan yoki oldirib qo‘yganidan keyin ikkinchi jamoa o‘z maydonchasining yarmida raqibi qo‘lidan to‘pni olib egallagan bo‘lsa, bunday holatda u yana birinchi beshlikning halqasiga hujum uyushtirishi mumkin.


GANDIKAP BILAN O‘YNASH


O‘yinda ikkita jamoa qatnashadi. Birinchi jamoa kuchli o‘yin-chilardan, ikkinchisi esa kuchsiz o‘yinchilardan tuzilgan bo‘ladi. Gandikap bilan o‘ynash imkoniyati kuchsiz jamoaga bo‘linadi. Ya’ni, hisobni 10:10 deb kuchsiz jamoasiga belgilagan holda o‘yin bosh-lanadi. O‘yin basketbol qoidasi bo‘yicha har xil o‘zgarishlar bilan o‘tkaziladi (aralash yoki o‘yinchilar soni chegaralanmagan holda bitta halqaga kuchaytirilgan maydonchada qisqartirilgan vaqt bo‘yi-cha). Belgilangan vaqt ichida ko‘proq to‘p tashlagan jamoa o‘yinda g‘olib hisoblanadi.


ZONALI BASKEÒBOL O‘YINI


O‘yinda ikkita jamoa – biri hujumchi ikkinchisi himoyachi vazifasida o‘ynaydi. Basketbol maydonchasi 8 ta zonaga bo‘linadi. Har bir zonada jamoalardan bittadan o‘yinchi harakat qiladi.



99


Zonadan yugurib chiqish man etiladi, koptokni esa faqat o‘z jamoasi yonida turgan zonadagi o‘yinchiga uzatish mumkin. Zonadagi o‘yin basketbol qoidasi bo‘yicha olib boriladi.

Variant

Har bir zonada jamoalardan ikkitadan o‘yinchi harakat qiladi. O‘yinda asosiy diqqat-e’tibor sheriklar bilan o‘zaro harakat qilishga qaratiladi. O‘yinga quyidagi qoidani kiritish mumkin. Bitta zonadagi o‘yinchilar to‘pni bir-birlariga oshirganlaridan keyingina to‘pni keyingi zonaga yo‘naltirish mumkin.

IKKIÒA ÒO‘P BILAN BASKEÒBOL O‘YNASH


O‘yin basketbol maydonchasida o‘tkaziladi. O‘yinda ikkita jamoa har birida 8–10 tadan o‘yinchi bilan qatnashadi. O‘yin ikkita to‘p bilan basketbol qoidasi bo‘yicha o‘tkaziladi. Har bir o‘ynovchi xohlagan to‘p uchun kurash olib borishi mumkin, to‘pni olib raqib halqasiga tashlashga harakat qiladi. Òo‘p halqaga tushirilgandan so‘ng o‘yinga halqa tagidan kiritiladi. Ko‘proq to‘p tashlagan jamoa o‘yinda g‘olib deb topiladi. Hakamlikni ikki kishi olib boradi, ularning har biri o‘z to‘plari atrofidagi o‘yin holatlarini baholaydilar (shuning uchun to‘plar ranglari bilan bir-biridan farq qiladi).


«ÒO‘PGA QARAMASDAN» O‘YINI


Har bir shug‘ullanuvchining qo‘lida basketbol to‘pi bo‘ladi. Barcha to‘pga raqamlar qo‘yib chiqiladi. Òo‘pga qo‘yib chiqilgan raqamlar katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Har bir shug‘ullanuvchi o‘zlarining to‘plaridagi raqamlarni bilishlari shart. Birdaniga birinchi shug‘ullanuvchilar mashg‘ulot vaqtida to‘pni yo‘qotganda yoki bir xil katta-kichiklikdagi va bir xil rangda bo‘lgan to‘pni halqaga yoki shitga tegib, sapchib qaytgandan keyin ilib olishda, shug‘ullanuvchi-larning har biri o‘z to‘plarini olishlari kerak. O‘qituvchi har xil narsalarga chalg‘imasligi, to‘p uchun o‘quvchilar o‘rtasida bahslash-masliklari, shug‘ullanuvchilarni kayfiyatini buzmasligi, ish vaqtini yo‘qotmasligi kerak.


1-variant


O‘ynovchilar basketbol maydonchasining yon tomonidagi chiziq bo‘ylab joylashib turadilar. O‘qituvchi jamoasi bo‘yicha o‘qituvchi-



100


lardan ko‘z uzmasdan butun maydoncha bo‘ylab erkin to‘p oshirishni amalga oshiradi. O‘qituvchi dastlab o‘quvchilarga topshiriqni tushun-tirgandan so‘ng, qo‘l bilan ma’lum harakat qiladi. Masalan, u qo‘lini yuqoriga ko‘tarishi mumkin; qo‘llarni tirsagidan bukib, kaft bosh ustiga qo‘yiladi; qo‘llar belga qo‘yiladi; barmoqlarni bukib musht qilinadi; to‘pni olib yurishda har xil turish holatlarini namoyish qilib, panjalar to‘g‘rilanadi. O‘quvchilar to‘pni olib yurishni to‘xtat-masdan, o‘qituvchining u yoki bu qo‘l harakatini takrorlashi shart, shundan so‘ng basketbolchining turish holatini o‘zgartiradi.

2-variant


Shug‘ullanuvchilarni har birini qo‘lida bittadan to‘p bo‘ladi. O‘ynovchilar basketbol maydonchasining yon tomonidagi chiziq belgisi bo‘ylab yengil yugurib, qadam tashlab yurib to‘pni o‘ng va chap qo‘lda olib yurishni bajaradi. So‘ngra ular ikkita guruhga bo‘linadilar. Birinchi guruh qatnashchilari xuddi o‘sha yo‘nalish bo‘yicha harakatni davom ettiradi, ikkinchi guruh esa ularga qarama-qarshi to‘pni olib yurishni amalga oshiradi. Shug‘ullanuvchilarning vazifasi – bir-biri tomon siljib kelayotgan o‘yinchilar bilan to‘qnashib ketmaslik va o‘z to‘pini tushirib yubormasligi kerak.


Òopshiriqni murakkablashtirish: bir-biriga qarshi harakat qilayot-gan o‘yinchilar nafaqat ulardan qochadilar, urishib kemasliklari uchun, bir-birlari bilan balki o‘ynovchilar shug‘ullanuvchilarga qarama-qarshi harakatlanishga xalaqit beradi. Shug‘ullanuvchilar zaxiradagi barcha bilimlarini, to‘p olib yurish malakalarining barcha-sini ishga solib, unga qarshi harakat taktikasini tanlashi shart. Bunday holatda o‘yinchi doimiy ravishda o‘ylashi, tayyor turishi zarur, chunki o‘yin holati tez-tez o‘zgarib turadi. Shug‘ullanuvchilar to‘pni olib yurishni to‘xtatmasdan, goh o‘ngga, goh chapga harakat qilib, turgan joyida to‘pni olib yurishni bajaradi; agarda kerak bo‘lib qolganda orqaga chekinishi, to‘pni olib yuruvchi, qo‘lni yoki basket-bolchining turish holatini almashtirishi mumkin bo‘lgan burilish-larni bajaradi. O‘yin borgan sari jonlanib boradi va shug‘ullanuv-chilar ko‘proq harakat qila boshlaydilar. Qarama-qarshi siljish takror-langanda u yoki bu o‘yin holatida tanlab yondashishni amalga oshi-radi. Ayrim kurashuvchi o‘yin qatnashchilari bir-birining asabini buza boshlaydilar (bu so‘z yaxshi ma’noda), ijodiy harakat qilishi kerak; ular doimiy ravishda har tomonga qarab tayyor turishlari kerak.



101

Òo‘pni chap qo‘lda olib yurish (chapaqaylar uchun – o‘ng qo‘lda) keyinchalik yana ham o‘yinni murakkablashtiradi. Bunda o‘qituvchi bolalarga alohida-alohida aytishi kerak. Kim yaxshi tayyorgarchilik ko‘rgan bo‘lsa, boshqalarga nisbatan koptokni olib yuruvchilarning orqasidan yurishi mumkin.

2. «ÒO‘P BILAN PETNA QILISH» O‘YINI


Har bir shug‘ullanuvchining qo‘lida bittadan to‘p bo‘lib, faqatgina o‘yinboshida to‘p bo‘lmaydi. Uning bo‘yniga yelka orqali halqa shaklida qizil lenta osib qo‘yiladi, u sport zalining xohlagan nuqtasidan barcha o‘yinchilarga yaxshi ko‘rinadigan bo‘lishi lozim. Shug‘ullanuvchilar (ular 20–30 ta kishi bo‘lishi mumkin). Xohlagan basketbolchini turish holatidan butun zal bo‘ylab o‘ng va chap qo‘lda to‘pni olib yurish bilan erkin harakatlanishlari mumkin. O‘qituvchining signalidan so‘ng, o‘yinboshi o‘yinga kirishadi va u zal bo‘ylab yugurib yurib, bo‘sh o‘yinchilarni qidirib topib, qoida chegarasidan chiqmagan holda ularning qo‘llaridan to‘pni urib tushurib, to‘pni egallashga harakat qiladi.


Òo‘pni yo‘qotgan o‘yinchi, ajralib turuvchi lenta halqani bo‘yniga osib oladi va o‘yinboshi bo‘ladi. O‘yinboshi yana oldiga o‘yinboshi-dan to‘pni olib qo‘yishga harakat qilmasligi kerak, chunki unga o‘yinchi kirishib ketishga va dam olishga imkoniyat berilishi zarur. Qolgan o‘yin qatnashchilariga hammavaqt qarab kuzatib borish lozim, chunki u o‘yinboshiga chap beribgina ulgurish, boshqa o‘yinchilar bilan to‘qnashib ketmaslikka, qo‘ldan to‘pni tushirib yubormaslikka ulgurishi kerak. Òo‘pni olib yurish malakasini yaxshi egallaganlar o‘yinboshining «jahlini chiqara» boshlaydilar, yaxshi unga yaqinlashganda, to‘pni urib olishni o‘zi bo‘lmaydi: ular to‘pni past holatda olib yurishga o‘tadilar, bu to‘pni yo‘qotishni birmuncha kamaytiradi.


O‘yinni o‘yinboshlarining sonini ikkita, uchta, to‘rttaga yetkazib murakkablashtirish mumkin. Bunday katta o‘yin holatini yana ham ko‘proq ko‘rish bilan nazorat qilish talab qilinadi. O‘qituvchi o‘yinboshiga kuchlilarga o‘yinni murakkablashtirish, bo‘shlarga esa o‘sha talabni bo‘shashatirishga topshiriq berishi mumkin, chunki ularning barchasi o‘zini birday his qilishlari kerak. O‘yin o‘yin qatnashchilarida katta jismoniy va emotsional zo‘riqishni keltirib chiqaradi, ular kuchlarini taqsimlashni, kuchaytirilgan yuklamani to‘satdan yuklamani pasaytirish



102


bilan almashlab borishga o‘rgatadi. Biroq o‘yin jarayonida to‘pni qo‘lga olish mumkin emas, to‘pni olib yuruvchi o‘ynovchilar dam olish uchun qo‘llarini almashtirishlari lozim, turish holatini, to‘pni sapchib qaytgan balandlikni o‘zgartirish va bularning barchasi diqqatni bir sekund ham bo‘shashatirmasdan, maydonchadagi vaziyatni nazorat qilish bilan birga qo‘shib olib borishlari kerak.

«OVCHILAR» O‘YINI


O‘ynovchilarning har birida bittadan to‘p bo‘ladi, barcha zaxi-radagi mos keladigan bilim va malakalaridan foydalanish bilan tinimsiz to‘pni olib yurishni amalga oshirish bilan o‘yin qatnashchilari maydon bo‘ylab erkin harakatlanadilar. Òo‘pni olib yurish uzulmasligi uchun to‘pni qo‘lga olishga haqqi yo‘q. O‘yinning maqsadi: «xayol surib turuvchi» o‘yinchini qidirib topish va to‘pni uning qo‘lidan qoida bo‘yicha tortib olish, lekin bunda o‘z to‘pini qo‘lga olmasligi kerak. Har bir o‘yinchi kuchli, yaxshi kayfiyatda bo‘lishni, o‘yin vaziyatini tez o‘zgartirib turishiga bog‘liq holda harakat qilishni saqlay bilishi kerak, biroq o‘ynovchilarning soni bir vaqtning o‘zida 15 ta va 30 tagacha bo‘lishi mumkin. Lekin «erkin ov qilish» mumkin, chunki «ovchilar» o‘zlarini, ovlarining orqasidan kuzatib yurish natijasida o‘zlari qo‘lga tushib qolishlari mumkin.


O‘yin oxirida o‘yinchilardan nechta to‘pni tortib olganligi hisoblab chiqiladi. Qo‘pol usullarni qo‘llash bilan qoidani buzib tortib olingan, to‘p ham hisoblanadi. Kam miqdorda to‘p yo‘qot-gan va ko‘p miqdordagi to‘pni o‘rab olgan o‘yinchilar aniqlanadi. Bundan tashqari, g‘oliblarni aniqlashning boshqa usullari ham bo‘lishi mumkin. Biroq o‘yin qoidasini buzgan, boshqa o‘yin qatnashchilariga nisbatan, qo‘pol harakatlarni qo‘llagan o‘yinchilarga natijasidan qat’iy nazar, g‘oliblar safiga kirishi mumkin emas.


«Ovchilar» o‘yini juda emotsional bo‘lganligi uchun barcha yosh-dagi o‘quvchilar bilan o‘tkaziladigan mashg‘ulotda chigil yozdi elementi sifatida foydalanish mumkin (ayniqsa, agarda guruh o‘ynov-chilar o‘g‘il va qiz bolalardan tashkil topgan bo‘lsa).


Varianti

Shug‘ullanuvchilar ikki guruhga bo‘linadi: bitta guruh o‘g‘il bolalar, ikkinchisi – qiz bolalardan iborat bo‘ladi. Sport zali to‘r bilan o‘rtasidan ikkiga bo‘linadi. O‘g‘il bolalardan hali to‘p bilan


103


ishlash texnikasini bo‘sh egallaganlarni qizlar guruhiga. Qiz bolalar o‘rtasida kuchlillarni o‘g‘il bolalar guruhiga qo‘shib o‘ynatiladi. Ma’lum vaqtdan keyin o‘yin boshlanishi bilan to‘r- to‘siq olib tashlanadi va barcha o‘yinchilar bitta guruhda o‘ynaydilar. Òo‘r-to‘siq o‘rnida voleybol to‘ri yoki gimnastika skameykasidan foydala-nish mumkin. O‘yinni murakkablashtirish mumkin: to‘pni faqat chap qo‘lda olib yurish (chapaqaylar uchun – o‘ng qo‘lda). Alohida topshiriq: kuchlining orqasidan kuchsiz yuradi, yaxshi ishlash uchun bo‘sh kuchligi orqasidan yuradi.

«BIRGA-BIR» O‘YINI


(IKKIÒA O‘YINCHIGA BIÒÒA ÒO‘P)


Sport zalining har bir tomonida uch va to‘rtta juftliklar o‘ynay-dilar. Har bir juftlikdan bitta o‘yinchi (o‘yinchilar o‘rtasida kelishilgandan keyin) o‘yinboshi bo‘ladi. O‘yinboshi to‘pni egallashda o‘zining barcha bilimini qo‘llash bilan to‘pni olib yurishni amalga oshiradi. Bunda to‘pni olib yurishni to‘xtatib va aldamchi harakatni bajarishi mumkin, so‘ngra yana to‘pni olib yurishni va aldamchi harakatni bajarishni davom ettirish, ya’ni qaytadan to‘pni olib yurishni to‘xtatishni va aldamchi harakatni bajaradi va boshqalar. Shu juftlikning ikkinchi o‘yinchisi basketbol o‘yini qoidasidan tashqariga chiqmagan holda to‘pni egallashga harakat qiladi. Ma’lum vaqt o‘tgandan keyin o‘yin qatnashchilari joylarini almashishlari mumkin. O‘ynovchilar boshqa o‘yinchilar bilan olmasliklari kerak.


«ÒO‘PNI HALQAGA ÒUSHIRISH» O‘YINI


Maydon bo‘ylab 5–6 ta juftlik o‘ynaydi. Har bir juftlikda o‘ynov-chilar kelishib olinganligi bo‘yicha, ulardan qaysi birlari qaysi halqaga hujum qilishlari aniqlanadi. O‘yinchilar xuddi oldingi o‘yindagidek harakat qiladilar, biroq o‘yinchilar raqib halqasiga to‘p tashlashga harakat qiladilar. O‘yin maydonchaning o‘rtasidagi chiziqdan o‘yin-chilarning o‘zlari to‘pni yuqoriga otish bilan boshlaydilar. O‘yinchi nafaqat boshqa juftlik o‘yinchilari bilan urilib ketmasliklari, maydonni yaxshi ko‘rishlari ham kerak, lekin to‘pni halqaga tashlash uchun qulay momentdan foydalanish zarur, biroq to‘pni halqaga otishga qadar, uni olib yurish va aldamchi harakatni bajarib ushlab turadi.



104


Har bir juftlikning o‘yinchilari halqaga tushira olmagandan keyin to‘pni egallab olishga harakat qiladilar va o‘yin yana davom etadi, agarda hujum qilgan o‘yinchi to‘pni halqaga tushirsa, unda maydon o‘rtasidagi chiziqqa borib, to‘pni olib yurishni bajaryotgan sherigini kutib turadi. O‘zining halqasidan to‘pni o‘tkazib yuborgan o‘yinchi, raqib halqasi tomon to‘pni olib yurishni boshlaydi, o‘yin davom etadi. Ma’lum vaqt o‘tgandan keyin o‘ynovchi juftliklar joylarini almashadilar.

«DIQQAÒ, RAQAMLAR!» O‘YINI


Har bir o‘yin qatnashchisining qo‘lida bittadan to‘p bo‘ladi. O‘yinchilarda ikki tomonlama ko‘krak (ko‘krakda, orqada) raqamlari kiygizilgan bo‘ladi. O‘ynovchilar to‘pni olib yurish va halqaga tash-lashni bajarib, maydon bo‘ylab erkin harakat qilib siljib yuradilar. O‘yinchilarning vazifasi – shu mashg‘ulotda o‘qituvchining signalini eshitmasligi mumkin emas. O‘qituvchini qo‘lida namoyish etadigan jadvalni ushlab turadi. Jadvaldan foydalanib, o‘qituvchi bir sekundda jadvalda xohlagan ikkita raqamni belgilashi mumkin, u barcha shug‘ullanuvchilarga sport zalining xohlagan nuqtasidan ko‘rinishi kerak. O‘qituvchi o‘ynovchilarning barcha raqamlarini belgilangan holda o‘qituvchi bir zumda jadvalda son raqamini ko‘rsatadi, u esa u yoki bu o‘yinchining raqamiga mos kelishi kerak, u esa buni sezib qoladigan bo‘lsa, o‘qituvchining signalidan keyin unga dastlab yaqin-lashadi, agarda kerak bo‘lsa, to‘pni halqaga tashlashni bajaradi. O‘yinchilar to‘pni tashlaganlaridan keyin hech qachon bo‘shash-masliklari kerak, chunki o‘qituvchi bitta va yana shu o‘yinchining o‘ziga to‘pni halqaga tashlashga, ya’ni bir marta va qayta-qayta tashlashga signal berishi mumkin.


Bu o‘yin qatnashchilari maydonda, barcha o‘ynaydigan sherigini yaxshi ko‘rishga, harakatni va boshqa o‘yinchilarning harakatini aniqlashni mo‘ljallaydi, shuningdek, u yoki bu o‘yinchining harakatida bir maqsadga yo‘naltirilganlik yaxshi samara beradi. Shu bilan birga o‘qituvchining o‘zi kamlik qiladi, chunki uni o‘quvchilar o‘yini o‘sib borayotganligidan mamnun bo‘ladi.



105


III bob

MAKÒABDA DARSDAN ÒASHQARI VAQÒDA


HARAKAÒLI O‘YIN O‘ÒKAZISH MEÒODIKASI


Harakatli o‘yinlar o‘quvchilar bilan darsdan tashqari vaqtda tarbiyaviy-sog‘lomlashtirish ishlarini olib borishda, ayniqsa, kichik va o‘rta yoshdagi maktab o‘quvchilari orasida katta o‘rin egallaydi. Ular tanaffuslarda maktab jismoniy tarbiya jamoasida, maktab bayramlarida, «Salomatlik kunlarida», yig‘ilishlarida, ekskursiyaga, sayrga chiqqanda o‘tkaziladi. Bundan tashqari, sinflar va maktablar o‘rtasida o‘yin bo‘yicha maxsus musobaqalar tashkil etiladi va o‘tkaziladi.


Darsdan tashqari vaqtda o‘quvchilar bilan o‘tkaziladigan harakatli o‘yinlar sog‘lomlashtirish vazifasini yechishga yordam berishi kerak. Salomatlik holati bo‘yicha 1 va 2 tibbiy guruhlarga kiritilgan, o‘quv-chilar o‘yinni barcha turlari bilan shug‘ullanishga qo‘yiladi. Yurak bilan kasallangan asab sistemasi buzilgan o‘quvchilar uzoq davom etadigan uzluksiz yugurish, kuchli taranglashish, uzluksiz sakrashlar va boshqa tez harakatlanishlarga chegara qo‘yish bilan qatnashishlari mumkin. Darsdan tashqari vaqtda o‘tkaziladigan o‘yinlarga o‘quv-chilar ixtiyoriy ravishda jalb qilinadi. O‘qituvchilar, tarbiyachilar, yetakchilar va katta sinf o‘quvchilari o‘yinni tayyorlashga va o‘tka-zishga rahbarlik qiladilar.


Harakatli o‘yinlarni sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda o‘quvchi-larni umumjismoniy rivojlanish, jismoniy tarbiya darslarida ma-teriallarini mustahkamlash va takomilashtirishda, shuningdek, «Alpomish» va «Barchinoy» test me’yori normativlarini topshirishga tayyorlash va egallash uchun zarur bo‘lgan sifat malakalarini tar-biyalashga yordam beradi. Bundan tashqari, ular umumiy tarbiyaviy vazifalarga yordam beradi: o‘qituvchiga, yetakchiga o‘zlarining bolalarini yaxshilab bilib olishiga imkoniyat beradi, bolalarda jasurlikni, epchillikni, o‘rtoqchilikni, uyushqoqlikni tashkiliyligi va boshqa axloqiy irodaviy xarakterdagi sifatlarni tarbiyalashga yordam beradi.



106


3.1. ÒANAFFUS VAQÒIDA O‘ÒKAZILADIGAN

O‘YINLAR

Òanaffus vaqtlarda o‘yinlar o‘tkazish tarbiyaviy va gigiyenik jihatdan katta ahamiyatga egadir. Uzoq davom etgan statik holatdan va sinfda qizg‘in ishdan yoki darsdan keyin (ayniqsa, kichik maktab yoshidagi bolalar uchun) o‘quvchilar faol dam olishlari zarur.

Bolalarda harakatli o‘yin ijobiy ruhiy kechinmalarni keltirib chiqaradi, ularning harakat faolligini kuchaytiradi. O‘yinchilarda shunday asab markazlarini qo‘zg‘atadiki, ular sinfda o‘tkazilgan mashg‘ulotda tormozlanib qolganligi hisobga olinadi. Bunday asab markazlarini ishlashga o‘tishi, o‘quvchilarni yaxshi dam olishga va keyingi darslarda o‘quv materiallarini engilgina qabul qilishiga imkon beradi.


O‘yinni tashkil qilish va o‘tkazish uchun kamida 8–10 daqiqa vaqt talab qilinadi. Shuning uchun, odatda, katta tanaffusda o‘tka-ziladi.


O‘quvchilar o‘yinni mustaqil ravishda, shuningdek, o‘qituvchi-lar, yetakchilar, jismoniy tarbiya o‘qituvchilari rahbarligida o‘tkaza-dilar. O‘quvchilarning mustaqil ravishda o‘tkazayotgan o‘yinlarini kattalar kuzatib turishlari shart.


Òanaffus vaqtlarida o‘tkazilishi tavsiya qilingan o‘yinlar bilan jismoniy tarbiya o‘qituvchisi, o‘qituvchilarni, yetakchilarni o‘quvchi-larga tanishtiradi.


O‘quvchilar yozda maktab yonidagi maydonchada, qishda esa yaxshilab shamollatilgan sport zalida va keng koridorlarda o‘tkaziladi. Chunki tanaffus paytida har xil sinflardan o‘quvchilar yig‘iladilar shuning uchun tanaffusda o‘tkaziladigan o‘yinlar mazmuni jihatidan juda sodda va har xil yoshdagi o‘quvchilarning qo‘lidan keladigan hamda qisqa muddatli bo‘lishi shart.


Òanaffus vaqtida o‘tkaziladigan o‘yinlar o‘quvchilarni kuchli qo‘zg‘atuvchan yoki charchatadigan bo‘lmasligi kerak. Xuddi shunday o‘yin qatnashchilarni jamoalarga bo‘lib, musobaqa tarzida o‘ynaladigan o‘yinlar xush ko‘rilmaydi, chunki ularni tashkil qilish juda murakkab bo‘lib, keyingi darslarga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.


Bunday o‘yinlarga quyidagilar kiradi: «Xo‘rozlar jangi», «Qorovul va izlovchilar» va boshqalar.



107


Guruhga oid o‘yinlaridan shundaylaridan foydalanish kerakki, unda xohlagan paytda o‘yin qoidasini buzmasdan, o‘yindan chiqishi va kirishi mumkin («Bo‘sh o‘rin», «Kim keldi?», «Bo‘ri zovurda» va boshqalar).

Òanaffus vaqtlarida o‘yin-attraksionlarini o‘tkazish mumkin. Bu o‘yinda 1–2 kishi qatnashadi, qolganini faol kuzatadilar. Har bir attraksionli o‘yin qatnashchilari tez-tez almashadilar, natijada 8–12 daqiqa davomida bir necha 10 kishi qatnashishi mumkin bo‘ladi. O‘yin-attraksionlar mazmuni jihatidan turli-tuman bo‘lishi shart, chunki u tezlikni va chaqqonlikni, merganlikni, fazoda mo‘ljalni ola bilishni talab qiladi va hokazo.


Òanaffus vaqtlarida 1–2-sinf o‘quvchilari bilan kuy chalib, ashula aytib, kuy sadosi ostida ritmik yurish bilan o‘yinlar o‘tkazish mumkin. Bunday vaqtda kam harakatli o‘yinlar o‘tkaziladi.


Òanaffus vaqtlarida harakat qilish vaqtida navbat bilan qatnasha-digan, kam harakatli o‘yinlarni tashkil qilish mumkin: «Bo‘sh o‘rin», «Hamma o‘z bayroqchasiga», «Kim keldi?», «Ikkinchisi yoki uchin-chisi ortiqcha» va boshqalar. Òo‘p bilan o‘ynaladigan o‘yinlar tavsiya qilinmaydi, chunki ular bolalarni qo‘zg‘atadi va tartibsizlikni kelib chiqaradi.


O‘yinni navbatchi o‘qituvchining ko‘rsatmasi bo‘yicha darsga qo‘ng‘iroq chalguncha tamomlash kerak, chunki o‘qituvchilar sinfga tashkiliy ravishda kiradilar va bo‘lajak darsga tayyorgarlik ko‘radilar.


ÒANAFFUS VAQÒIDA O‘YNASH UCHUN

ÒAXMINIY O‘YINLAR


Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida o‘quvchilar o‘rganib olgan ko‘proq harakatli o‘yinlardan foydalanish mumkin. 1–2-sinf o‘quvchilari uchun quyidagi o‘yinlarni kiritish mumkin: «O‘ylab top, bu kimning ovozi?», «Kim yaqinlashdi?», «Hamma o‘z bayroqchasiga», «Bo‘sh o‘rin», «Sakrab-odom chumchuqlar», «Polizdagi quyonlar», «Òaqiqlangan harakat» va boshqalar.


3–4-sinf o‘quvchilari uchun: «Guruh, tik tur!», «Xo‘rozlar jangi», «Qorovul va izlovchilar», «Chiqib ketish bilan qarmoqchi» o‘yini.


5–9-sinf o‘quvchilari uchun: «Juft-juft bo‘lib tortishish», «Doiraga tort», «Òaqiqlangan harakat» va hokazo.



108


3.2. MAKÒAB KECHALARI VA BAYRAMLARDA

O‘ÒKAZILADIGAN O‘YINLAR


Maktabda o‘tkaziladigan sport kechalari va bayramlari o‘quv-chilarda tetik hamda quvnoq kayfiyat yaratish uchun eng ta’sirli tadbir bo‘lib hisoblanadi. Maktab sport kechalari va bayramlarida foydalaniladigan harakatli o‘yinlar bolalarni tezda tashkil qiladi, ular yengil ruh va quvnoq kayfiyatni vujudga keltiradi.


Bayramda, odatda, juda ko‘p bolalar bo‘ladi, shuning uchun ommaviy o‘yinlardan foydalanish tavsiya qilinadi, musiqa jo‘rligida bajarilsa yana ham maqsadga muvofiq bo‘ladi. Musiqa sadolari ostida o‘tkaziladigan o‘yinlar qiziqarli, ularni tashkil qilish va o‘tkazish yengil bo‘ladi.


Ommaviy o‘yinlardan tashqari o‘yin-attraksionlarni ham, shu bilan birga yaxshisi, asosiy tadbirlarni boshlashdan oldin-o‘tkazish mumkin (konsert, spektakl). O‘yin-attraksionlar bayramda maktab o‘quvchilarini tashkil qilishga yordam beradi. Lekin ommaviy o‘yinlar va raqslarni asosiy tadbirlardan keyin o‘tkazish tavsiya qilinadi. Ular bilan bir vaqtda sinf hakamlarida va koridorlarda o‘yin-attraksionlarni ham tashkil qilish mumkin, chunki ommaviy o‘yinlar va raqsga qiziqmaydigan bolalar, o‘zlarini kuchli, epchillik, merganliklarini u yoki bu attraksionda sinab ko‘rishlari mumkin.


O‘yin-attraksionlari katta sinf o‘quvchilari uchun eng yaxshi «Uch kurashchi» yoki «Besh kurashchi» musobaqasini tashkil qilish mumkin. Bunday maqsad uchun mazmunan har xil bo‘lgan kuch yoki merganlikni, epchillikni, muvozanat saqlash yoki fazoda mo‘ljal olishni bilishni namoyon qilishini talab qiladigan, 3 yoki 5 attraksion tanlab olinadi: «Uch kurashchi» yoki «Besh kurashchi» bo‘lishni xohlaganlar barcha attraksion musobaqalarida qatnashishlari majbur g‘oliblarni eng yaxshi 3 kurashchi yoki 5 kurashchi deb e’lon qiladilar va mukofotlaydilar.


O‘rta yoki yuqori sinf o‘quvchilari uchun bayramda yakkama-yakka olishuv o‘yini (xohlagan ikki kishi epchillik, merganlikda, kuch sinashadilar) musobaqalarini tashkil qilish mumkin. Bunday musobaqalarni ommaviy o‘yin va raqslar o‘rtasidagi tanaffuslarda tashkil qilishni tavsiya qilinadi.


Bayramda harakatli o‘yinlar o‘tkaziladigan musobaqalarga bag‘ishlangan bo‘lishi mumkin hozirgi vaqtda juda ham om-



109


maviylashib ketgan o‘yinlar «Quvnoq startlar», «Bizlar bilan bajar», «Bizga o‘xshab bajar», «Hammadan yaxshi bajar» va boshqalar.

Musobaqalarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri uncha ko‘p bo‘lmagan o‘yin qatnashchilarining sonini hisobga olgan holda hech qanday tayyor-garlikni va trenirovka qilishni talab qilmaydigan ommaviy o‘yin yoki o‘yin attraksionlardan foydalanib harakatli o‘yinlar bo‘yicha om-maviy musobaqalar tashkil qilish mumkin.


Maktab kechalari va bayramlari eng yaxshisi dastlabki tayyor-garlikni ko‘rishni talab qiladigan o‘yinlarni o‘tkazish maqsadga mu-vofiq bo‘ladi, ularda qatnashish uchun barcha bolalarning jalb qilinishi shart. O‘yin qatnashchilarining biri attraksion uchun o‘yin-choqlar tayyorlaydilar (qum solingan xaltacha, misli rasmlar) boshqalari esa attraksion o‘yinining g‘oliblarini mukofotlaydilar, 3-chilari esa o‘yinni o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘radilar.


3.3. MAKÒAB SEKSIYALARIDA SPORÒ ÒURLARI BO‘YICHA O‘ÒKAZILADIGAN O‘YINLAR


Harakatli o‘yinlar, estafeta o‘yinlari va maktab sport seksiyasida yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi. Harakatli o‘yinlar basketbol, futbol, voleybol, qo‘l to‘pi, yengil atletika va boshqa seksiyalarda ko‘proq qo‘llaniladi. Shuningdek, gimnastika, yengil atletika va suzish seksiyalarida ham harakatli o‘yinlardan foydalaniladi.


Seksiyalarda har xil o‘yinlardan muntazam ravishda o‘rinli foydalanish o‘quvchilarning jismoniy jihatdan o‘smirlarga orttirgan malakalarning takomillashuviga anchagina yordam beradi.


O‘quvchilarda zaruriy xislatlarni taraqqiy ettirish uchun jismo-niy tarbiya darslarida ilgari o‘tilgan o‘yinlarni qaytarib turish mumkin. Bunda ilgari o‘tqazilgan o‘yinni yangi qoidalar asosida yangi variant-larda o‘tkazish lozim. Ko‘proq tayyorgarlik ko‘rgan guruhlarda o‘yinlar kamroq o‘tkaziladi. Bizning respublikamizda bahor, yoz, kuz fasllarida ayniqsa voleybol, basketbol, futbol, qo‘l to‘pi, tennis va yengil atletika seksiyalari ishlab turishi lozim. Bunday vaqtlarda «Chillak» o‘yini, «Qoziq» o‘yini, «Oqtosh» o‘yini singari milliy xalq o‘yinlaridan foydalanish mumkin. Òurli harakatli o‘yinlar va sport harakatlaridagi o‘yinlardan, shuningdek, har xil yengil atletika mashqlaridan foydalanish paytida o‘quvchilarda musobaqalarga qiziqish uyg‘otish lozim. Bunda eng muhimi, yaxshi yutuqlarga



110


erishishga yordam beradi. O‘quvchilar ko‘pincha o‘yinga berilib ketib, uni o‘zgartiradilar, eski qoidalarni yig‘ishtirib qo‘yib, yangilarini o‘ylab chiqaradilar, maqsadga erishish yo‘lini qiyinlashtiradilar va shu tariqa yangi o‘yinni vujudga keltiradilar. Ana shuning uchun ham o‘yinni qaytarishdan (ayniqsa bu qaytarish bolalarning istagi bilan bog‘liq bo‘lgan hollarda) sira ham qo‘rqmaslik kerak.

«FUÒBOLCHILAR ESÒAFEÒASI» O‘YINI


O‘yin tavsifi. O‘ynovchilar bab-baravar ikki -uch jamoaga bo‘li-nadilar. Jamoalar 1–2 m oraliqda bittadan bo‘lib qatorda saflana-dilar. Qator bir-biriga parallel holda turadi. Qatorlar oldidan bitta uzun chiziq o‘tkaziladi. O‘ynovchilar yugurishni shu chiziqdan boshlaydilar. Har bir jamoa ro‘parasiga bir metr uzoqlikda beshtadan g‘o‘lacha terib qo‘yiladi. Oldinda birinchi bo‘lib turgan o‘yinchilarga bittadan futbol to‘pi beriladi. Ular to‘pni tepib-tepib g‘o‘lachalar orasidan olib o‘tadilar va yana tepib-tepib gulachalar yonidan o‘z jamoalariga qaytib keladilar. O‘yinchilarning hammasi ana shu ishni bajaradilar. Òo‘pni tepib g‘o‘lachalar atrofidan aylantirib olib, yurish-ning sifatinigina emas, balki yugurish tezligi ham hisobga olinadi. Bunda o‘yinchilarning hammasi to‘pni g‘o‘lachalar orasidan olib yurishni oldin tugatgan va shu bilan birga kamroq xatoga yo‘l qo‘ygan jamoa g‘alaba qozonadi.


O‘yin qoidalari. 1. Òo‘pni tepib har bir g‘o‘lachaning birini o‘ng tomondan, ikkinchisini chap tomondan aylanib o‘tish kerak.





  1. Atrofidan aylanib o‘tilmasdan, qoldirib ketilgan har qanday g‘o‘lacha o‘ynovchi tomonidan yiqitilgan hisoblanadi. 3. Yiqitilgan g‘o‘lacha o‘z joyiga (rahbarning kursatmasi, buyrug‘i) qo‘llanadi. Pedagogik ahamiyati futbol elementlari bilan o‘tkaziladigan estafe-talar futbol uyini uchun zarur bo‘lgan malakani mustahkamlash va takomillashtirishga yordam beradi. Shuningdek, bu o‘yinda harakat tezligini, chaqqonlikni, ziyraklikni rivojlantiradi. Ular jamoa, o‘rtoqlik hissiyotini tarbiyalashga yordam beradi.

O‘yinning o‘ziga xos harakatlari to‘pni tepib-tepib tez yugurish va to‘pni olib yurishdir.


Metodik ko‘rsatmalar. Futbol estafetasi, bu o‘yinning bir turi hisoblanadi. Bunda o‘yinchilar rezina to‘pni yoshlar bilan surib dumalatib, g‘o‘lachalar oralig‘idan olib o‘tadilar.



111


«QO‘L ÒO‘PI MUSOBAQASI» O‘YINI

O‘yinga tayyorlanish. O‘ynovchilar 3–4 ta jamoaga bo‘linib, bir qatordan saflanib, chiziq orasida yonma-yon turadilar. Maydonchaning bir tomonidagi start chizig‘idan 10–15 metr oraliqda parallel chiziq o‘tkaziladi, shu chiziqda har bir jamoa qarshisiga diametri 1–1,5 metrli aylanalar chiziladi. Bu aylanalarda har bir jamoaning bittadan o‘yinboshilari turadi, qatorlar oldida turgan birinchi o‘yinchilar bittadan to‘p oladilar.


O‘yin tavsifi. O‘qituvchining signalidan keyin ular to‘pni belgilangan chiziqqacha yerga urib-urib olib borib, bir qo‘llab o‘yinboshiga uzatadilar va oldinga yugurib borib, aylanadan joy oladilar. Keyin to‘pni olib, o‘zlarining jamoalarigacha olib boradilar va navbatdagi o‘yinchilarga uzatib, o‘zlari qatorning oxiriga borib turadilar va hamma o‘yinchilar ana shu ishni bajaradilar. O‘yin qatorda birinchi turgan o‘yinchilar yana o‘z joylariga kelib turganlaridan keyin tugaydi.


Berilgan vazifani tez va aniq bajargan jamoa g‘olib hisoblanadi. Pedagogik ahamiyati. Bu o‘yinda qo‘l to‘pi o‘yini uchun zarur bo‘lgan ayrim malakalarni mustahkamlaydi, takomillashtiradi, ma-salan, uloqtirish, to‘pni olib yurish, to‘pni uzatish, darvozaga aniq uloqtirishni, bundan tashqari, bu o‘yinda o‘yinchilarning harakat


tezligini, yugurish, epchillikni va diqqatni rivojlantiradi.


«JONGLYORLAR» O‘YINI


O‘yinchilarga galma-galdan voleybol yoki futbol to‘pini bosh ustida irg‘itib, bosh va gavdani orqaga engashtirib, belni egib, orqa va bo‘yin muskullarini tarang qiladilar. Ular gavdani oldinga keskin harakat qildirib, bosh bilan to‘pning o‘rtasiga uradilar. Shu paytgacha yarim bukilgan tizzalar, to‘pni bosh bilan urish vaqtida to‘g‘rilanadi. Òo‘p yerga tushishi bilan, o‘yinchi mashqni tomonlagan bo‘ladi. Har bir o‘yinchiga uchtadan imkoniyat beriladi. Uchta imkoniyatdan to‘pni ko‘proq urgan o‘yinchi g‘olib hisoblanadi.


Pedagogik ahamiyati. Bu o‘yinchida koordinatsiyani, muvozanat saqlashni, aniq epchillikni, tezkorlik reaksiyasini tarbiyalashga yordam beradi. Har bir o‘yinchi topshirilgan vazifani jamoa oldida bajarish javobgarligini his qilishga o‘rgatadi. Futbol o‘yini uchun to‘pni boshda o‘ynash texnikasini egallashga o‘rgatadi.



112


«IKKIÒA ÒO‘PNI UZAÒISH» O‘YINI

O‘yinga tayyorlanish. O‘yinda o‘yinchilar juft-juft bo‘lib qat-nashadilar. Ular 4 metr kenglikdagi yo‘lakchaning qarama-qarshi tomonida bir-biridan 5–7 metr oraliqda joylashadilar. Yo‘lakcha arqoncha yoki bayroqchalar bilan belgilanadi. Har bir juftlikdagi ikkala o‘yinchida bittadan to‘p bo‘ladi.


O‘yin tavsifi. Rahbarning signali bo‘yicha ular bir vaqtning o‘zida bir-birlariga to‘pni yo‘naltiradilar, keyin dumalab kelayotgan to‘pni tepib, orqaga qaytaradilar. Agar to‘p bir-biriga tegsa yoki ulardan biri yo‘lakchadan tashqariga chiqib ketsa, unda juftlik muso-baqani tugatgan bo‘ladi. Boshqalarga nisbatan ko‘proq mashqlarni xatosiz bajargan jamoa o‘yinda g‘olib chiqqan hisoblanadi. O‘yin qatnashchilarining jismoniy tayyorgarligiga qarab, o‘yin shartini soddalashtirish, yo‘lakchaning chegarasini kengaytirish, to‘pni oldin to‘xtatib, so‘ngra uzatish shartini qo‘yish mumkin.


Pedagogik ahamiyati. O‘yin to‘pga oyoq bilan zarba berish malakasini rivojlantiradi, bu futbol o‘ynash uchun to‘p bilan ishlash texnikasini egallashga yordam beradi. O‘yin oyoq kuchini rivojlan-tirishga yordam beradi, aniq va tez harakat qilishga o‘rgatadi.


«EPCHIL DARVOZABON» O‘YINI


O‘yinga tayyorlanish. 3–4 kishidan iborat jamoa galma-galdan musobaqalashadi. O‘yinni boshlaydigan jamoa bir kishidan saflanib turadi. Oldinda 5 metr oraliqda uzunasiga 2 ta to‘shak qo‘yilgan bo‘ladi. Òo‘shakdan 3 metr oraliqda rahbar turadi.


O‘yin tavsifi. Rahbarning signalidan keyin o‘ynovchilar galma-galdan rahbar otgan to‘pni oldinga umbaloq oshib o‘rnidan turib, ilib olishlari kerak. Agar o‘yinchi to‘pni ilib olsa, jamoasiga bir ochko keltiradi. Jamoaning har bir o‘yinchisi mashqni 3 marta bajarganidan keyin o‘yin tugaydi. Raqib ham shunday harakat qiladi. Ko‘p ochko to‘plagan jamoa o‘yinda yutgan hisoblanadi.


Pedagogik ahamiyati. O‘yin darvazabonda diqqatni aniq, epchil va harakat tezligini va o‘z-o‘zini to‘pga bo‘lgan qobilyatini tarbiya-laydi. O‘yin darvozabonning oldinga umbaloq oshib otilgan to‘pni ilib olish malakasini tarbiyalaydi. O‘yindagi asosiy harakat oldinga umbaloq oshib to‘pni ilib olishdir.



8 – Xo‘jayev, P. 113



«SAVAÒ YOKI YASHIKKA ÒO‘P ÒUSHIRISH» O‘YINI

O‘yinga tayyorlanish. O‘ynovchilar bittadan bo‘lib, 3–4 qatorga saflanadilar. Qatorlar soni qancha bo‘lsa, shuncha savat (diametri 50 sm) yoki yashiklar o‘rnatiladi. Savatlar qatordan 3–4 metr naridagi ustunlarga yoki daraxtlarga o‘rnatiladi. Qatorlar boshida birinchi bo‘lib turganlarning oyoqlari uchidan chiziq o‘tkaziladi. Qator boshi-da turganlarga bittadan to‘p beriladi.


O‘yin tavsifi. O‘qituvchi signal berish bilan qator boshida tur-ganlar to‘plarini uloqtirib, savatga tushirishga harakat qiladilar. Qator oxirida turganlar esa yerga tushgan to‘pni olib kelib navbatdagi o‘ynovchilarga topshiradilar, to‘p irg‘itganlar to‘pni olib keluvchilar o‘rniga borib turadilar. Savatga ko‘proq to‘p tushirgan jamoa g‘olib chiqqan hisoblanadi.


O‘yin qoidalari. 1. Òo‘pni savatga irg‘itganda chiziqdan nariga o‘tish mumkin emas. Chiziqdan chiqib turgan holda savatga tushiril-gan to‘p hisobga olinmaydi. 2. Hamma o‘ynovchilar navbat bilan savatga to‘p irg‘itishlari lozim.


Pedagogik ahamiyati. O‘yinda bolalarda o‘yin elementlarining ayrim malakalari, ayniqsa, to‘pni tashlash qobiliyati mustahkam-lanadi va takomillashtiriladi. Bundan tashqari, o‘yinda bolalarda o‘z kuchiga ishonishini, diqqatni va tezlik reaksiyasini rivojlantirishga yordam beradi. O‘yinni o‘ziga xos harakati to‘pni savatga tashlash hisoblanadi.


«ÒO‘P UCHUN KURASH» O‘YINI


O‘yinga tayyorlanish. O‘quvchilar kuchlari teng ikki jamoaga bo‘linadi. Jamoalarni bir-biridan ajratish uchun ikki xil rangli kiyim bo‘lishi kerak. Har bir jamoaning onaboshilari saylanadi, ular chek tashlashib, qaysi jamoa o‘yinning boshlashini aniqlaydilar. O‘yinni boshlaydigan jamoa basketbol to‘pini oladi. O‘yin qatnashchilari butun maydon bo‘ylab ikkitadan bo‘lib joylashadilar, ya’ni har bir o‘yinchining yonida qarshi jamoaning o‘yinchisi ham bo‘ladi, ular butun o‘yin davomida bir-birini «ushlashi» kerak.


O‘yin tavsifi. O‘qituvchining signalidan keyin to‘pni olgan jamoa o‘yinchilari oldindan kelishilgan usulda to‘pni bir-birlariga oshira boshlaydilar. Har bir oshirilgan (5–10 marta) to‘p uchun jamoaga



114


bir ochko beriladi. Ochko olingandan keyin, o‘yinni yutqazgan jamoa boshlash huquqiga ega bo‘ladi. Ko‘p ochko to‘plagan jamoa g‘olib hisoblanadi.

O‘yin qoidalari. 1. O‘yinda basketbol o‘yini qoidalarini qo‘llash mumkin. 2. O‘yinni boshlashda to‘pni olib yurish mumkin emas.


Pedagogik ahamiyati. O‘yin basketbol va qo‘l to‘pi o‘yinlariga tayyorlash hisoblanadi. O‘yin basketbol va qo‘l to‘pi uchun zarur bo‘lgan, to‘pni egallash malakalarini egallashga va takomillashtirishga yordam beradi. Bundan tashqari, o‘yin tashkiliy o‘yinlarni rivojlan-tirishga yordam beradi. O‘yinni o‘ziga xos harakatiga, darvozaga yoki halqaga tashlashdan tashqari, qo‘l to‘pini va basketbolni barcha elementlari kiradi.


«VOLEYBOLCHILARNING ÒO‘P UZAÒISHI»


O‘YINI

O‘yinga tayyorlanish. O‘quvchilar 4–5 jamoaga bo‘linadi, har bir jamoada aylana hosil qilib turadi, uning o‘yinchilari tartib bilan sanaydilar. Har bir jamoaning birinchi sonli o‘yinchilari voleybol to‘pini olib, aylana o‘rtasida turadilar. Har bir jamoaga bittadan hakam biriktirib qo‘yiladi, ular ochkolarni hisoblaydilar.

O‘yin tavsifi. O‘qituvchining signalidan keyin har bir jamoaning o‘yinchilari to‘pni bir-birlariga yuqoridan xohlagan tomonlariga ko‘p marta uzatishga harakat qiladilar. Hakamlar esa ovozini chiqarib hisoblaydilar. Agarda xatoga yo‘l qo‘yilsa, (bir o‘yinchi to‘pni ikki marta, bir qo‘l yoki ikki qo‘llab yerga ursa), ikkinchi sonli o‘yinchi o‘rtaga chiqadi va o‘yinboshidan boshlanadi, hisoblash oldingi hisobda davom ettiriladi. Yana xatoga yo‘l qo‘yilsa, o‘rtaga uchinchi sonli o‘yinchi chiqadi va hokazo. Jamoalardagi hamma o‘yinchilar o‘rtaga chiqib bo‘lganlaridan keyin o‘yin tamom bo‘ladi. Kim to‘pni ko‘p oshirgan bo‘lsa, o‘sha jamoa yutgan hisoblanadi.


O‘yin qoidalari. 1. Òo‘pni yerga tushirish mumkin emas. 2. Òo‘pni ikki marta bir qo‘llab, ikki qo‘llab pastdan urish man etiladi.


Pedagogik ahamiyati. O‘yin turli usullarda to‘pni uzatish va ilib olish malakalarini takomillashtirishga yordam beradi. O‘yin qat-nashchilardan diqqatni, kuzatuvchilikni, harakat tezligi reaksiyasini, harakat koordinatsiyasini to‘g‘ri bo‘lishni talab qiladi. O‘yinning o‘ziga xos harakati turli usullarda to‘pni uzatish va ilib olishdir.



115


«ÒO‘XÒAÒIB URISH» O‘YINI

O‘yin tavsifi. O‘ynovchilar aylana bo‘lib saflanib, voleybol to‘pini doirada yurgan o‘yinboshining ushlashiga yo‘l qo‘ymay, turli yo‘nalishda bir-biriga uzatib turadilar. O‘yinboshi to‘pni urib yerga tushirishga harakat qiladi. Òo‘p yerga tushishi bilan o‘yinchilarning hammasi har tomonga qochadi, onaboshi to‘pni yerdan olib, «Òo‘xta!» – deydi. Shu so‘z aytilgach, hech kim qimirlamasligi kerak. O‘yinboshi to‘pni o‘zi istagan o‘yinchiga otadi. Òo‘p kimga tegsa, o‘sha o‘yinboshi bo‘ladi va o‘yin takrorlanadi, agar to‘p hech kimga tegmagan bo‘lsa, o‘yinboshining o‘zi takroran o‘yinboshi bo‘ladi. Bir marta ham ona boshi bo‘lmagan ( yoki boshqalarga qaraganda kamroq o‘yinboshi bo‘lgan) o‘yinchilar g‘olib chiqqan hisoblanadi. O‘yinning natijalarini aniqlashda birinchi onaboshining roli hisobga olinmaydi.


O‘yin qoidalari. 1.Òo‘p yerga tushishi bilan qochgan o‘yinchilar joylaridan qo‘zg‘almay, to‘pga chap berishlari mumkin. 2.Òo‘p uchib kelib tegsagina hisobga olinadi.


Pedagogik ahamiyati. O‘yin bolalarda koptokni otish va ilib olish malakalarini mustahkamlashga va takomillashtirishga yordam beradi va hamda shu bilan birga u qo‘l to‘pi va basketbol o‘yinlariga tayyorlashdan biri bo‘lib hisoblanadi. O‘yin bolalarda aniq mo‘ljalga olishni rivojlantiradi.


«QO‘SHALOQ ÒO‘P» O‘YINI


O‘yinga tayyorlanish. O‘yin maydonchada o‘tkaziladi. O‘yinni o‘tkazish uchun arqon va ikkita voleybol to‘pi bo‘lishi kerak. O‘ynov-chilar o‘zaro teng ikki jamoaga bo‘linib, maydonchaning ikki tomoniga xohlaganlaricha joylashib turadilar.


O‘yin tavsifi. O‘qituvchi signal berishi bilan birinchi jamoa o‘yinchilari to‘pni qo‘l bilan urib ikkinchi jamoaga uzatadilar. Hamma o‘ynovchilar ham to‘pni qarshi tomonga oshirib yuborishga va ikkala to‘pning bir vaqtda raqiblari tomonidan bo‘lishiga erishish uchun intiladilar. O‘yinning natijasi ochko bilan hisoblanadi. O‘yin jamoalardan birida 10 ta jarima ochkosi to‘plagunicha davom ettirila-di. Agar: a) jamoa uzatgan to‘p qarshi jamoa o‘ynovchilarining birontasiga tegmasdan maydoncha chizig‘idan tashqariga tushsa; b)



116


ikkala to‘p ham bir vaqtning o‘zida shu jamoa tomoniga o‘tib qolsa;



  1. uzatilgan to‘p arqonga tegsa yoki uning tagidan o‘tib ketsa; g) uchib kelayotgan to‘pni qo‘l bilan urib yuborilmay ilib olib uzatilsa, xato qilingan hisoblanadi va har bir xato uchun jamoaga bittadan jarima ochkosi beriladi.

O‘yin qoidalari. 1. O‘yin boshlanishida va ikkala to‘p ham bir tomonda bo‘lib qolgan hollarda to‘p markazdan urib uzatiladi. 2. Agar to‘pning biri borib ikkinchisiga tegsa, o‘yin to‘xtatiladi va boshqatdan boshlanadi.


Pedagogik ahamiyati. O‘yin o‘yin qatnashchilaridan diqqat-eti-borni, tezlik reaksiyasini va epchillikni talab etadi. O‘yinda harakatni tez bajarish jarayonida koptokni otish va ilib olishni, urib qaytarishni takomillashtiradi. O‘yinda o‘ziga xos harakat to‘pni otish va ilib olish hisoblanadi.


«ÒO‘RÒ ÒOMONLAMA ÒO‘P IRG‘IÒISH»


O‘YINI

O‘yinga tayyorlanish. O‘ynovchilar 4 jamoaga bo‘linadilar. Har bir jamoa o‘zi uchun o‘yinboshi tayinlab, kvadrat chizig‘i orqasida turadi. Kvadratning o‘rtasida diametri 2–3 metr bo‘lgan aylana chiziladi. Òo‘rtala o‘yinboshi ana shu aylana ichida turadi. O‘yinbo-shilarga bittadan voleybol to‘pi yoki to‘ldirma to‘p beriladi.

O‘yin tavsif. O‘qituvchi signal berishi bilan o‘yinboshilar qo‘l-laridagi to‘pni bir qatorga saflangan o‘z jamoalari boshidagi o‘yin-chiga uzatadilar. Bu o‘yinchilar to‘pni ilib olib, yana qaytarib o‘yinboshiga o‘rgatadilar. Shundan keyin o‘yinboshilar to‘pni o‘z jamoalarida ikkinchi bo‘lib turgan o‘ynovchilarga uzatadilar va hokazo. Qator oxiridagi o‘ynovchi to‘pni olishi bilanoq yugurib borib, o‘yinboshi bo‘lib turadi. Bunda qatordagilar chap tomonga bir qadam suradilar. Hamma o‘ynovchilar navbatma-navbat o‘yinboshi bo‘lib turishlari lozim. Dastlabki o‘yinboshi yana qaytib doiraga kelgach, o‘yin tugaydi. O‘yinni oldin tamomlagan jamoa yutgan hisoblanadi.


O‘yin qoidalari. 1. Qatorning chap qanotidagi o‘ynovchi to‘pni ilib olganidan keyingina doiraga yuguradi. 2. Qatordagi o‘ynovchilar chiziqdan o‘tkazmasliklari lozim. 3. Agar o‘yinboshi yoki qatorda turgan o‘ynovchi to‘pni ushlab ololmasa, to‘p qaytadan uzatiladi.



117


Pedagogik ahamiyati. O‘yin o‘yin qatnashchilarida epchillik, tezkorlik, chidamlilik, to‘pni turli o‘yinlarda otish va ilib olish malakalarini takomillashtiradi. O‘yin bolalardan diqqatni, kuzatuv-chilikni, harakat tezligi reaksiyasini, harakat koordinatsiyasi to‘g‘ri bajarilishini talab qiladi. O‘yinning o‘ziga xos harakati – to‘pni turli o‘yinlarda uzatish va ilib olishdir.

«AYLANADAGI OVCHILAR» O‘YINI


O‘yinga tayyorlanish. O‘ynovchilar teng ikki jamoaga bo‘linadilar. Yerga diametri 8 metr bo‘lgan aylana chiziladi. Birinchi jamoa o‘yinchilari aylana atrofida, ikkinchi jamoa o‘yinchilari aylana ichida turadilar. Aylana atrofida turgan o‘yinchilarning birida voleybol to‘pi bo‘ladi.


O‘yin tavsifi. Òarbiyachining signalidan keyin aylana atrofida turgan o‘yinchilar to‘pni otib, o‘rtadagi o‘yinchilarga tekkizishga harakat qiladilar. Agar to‘p biror o‘yinchiga tegsa, u aylana tashqarisiga chiqib turadi. Òo‘p otilganida ichkaridagilardan birortasi to‘pni ilib olsa, to‘pni otgan o‘yinchi o‘rtaga tushadi. O‘yin 3–4 daqiqa davom etgandan so‘ng jamoalar o‘rin almashadilar. Ko‘proq o‘yinchini aylana ichidan tashqariga chiqargan jamoa yutgan hisoblanadi.


Pedagogik ahamiyati. Bu o‘yinda barcha o‘yinchilar faol qat-nashadilar. O‘yin o‘ynovchilarda harakat paytida epchillik, tezlikni, reaksiya tezligini, jasurlikni, topqirlikni tarbiyalashga yordam beradi. O‘yinda voleybol o‘yini kabi to‘pni uzatish va ilib olish malakasini mustahkamlaydi va takomillishtiradi.


«ÒO‘P ÒASHLASH» O‘YINI


O‘yinga tayyorlanish. O‘ynovchilar guruhlarga bo‘linib, uch yoki turtta davra hosil qiladilar. Har bir davradagilar o‘z oralarida yozilgan qo‘l sig‘adigan joy qoldiradilar. O‘yinchilar oyoqlarining uchi oldidan aylana chiziq o‘tkaziladi. Har bir davra o‘rtasiga kichik aylana chizilib, unda o‘yinboshi voleybol yoki to‘ldirma to‘pni ushlab turadi.


O‘yin tavsifi. U rahbarning ishorasi bilan o‘z atrofidagilarga, ya’ni o‘yinchilarga to‘pni navbat bilan irg‘itadi va ular qaytargan



118


to‘pni ilib ola boshlaydi. O‘yinboshi davradagi oxirgi o‘yinchi qaytargan to‘pni ilib olganidan keyin uni baland ko‘taradi. Bu bilan u to‘p tashlashish tugaganligini bildiradi.

O‘yin qoidalari. 1. Òo‘p tashlash paytida o‘yinboshi o‘zining doirachasidan chiqmasligi, davra bo‘ylab turgan o‘yinchilar esa aylana chizig‘ini bosmasliklari kerak. 2. Òo‘pni ilib olish va qaytarishda davrada turgan barcha o‘yinchilar navbat bilan qatnashishlari lozim. 3.Òo‘pni tushirib yuborgan o‘yinchi uni borib olishi va o‘yinda belgilangan tartib bo‘yicha davradagi o‘rtog‘iga irg‘itib tashlashi kerak.


Pedagogik ahamiyati. O‘yin bolalarda basketbol elementlarining ayrim malakalarini mustahkamlaydi va takomillashtiradi. O‘yinda bolalarda o‘z kuchiga ishonish, diqqatni va tezlik reaksiyasini rivojlantirishga yordam beradi. O‘yinda o‘ziga xos harakati – to‘pni uzatish.


«ÒO‘PNI ALMASHÒIRISH» O‘YINI


O‘yinga tayyorlanish. O‘yinchilar ikkita jamoaga bo‘linib va ikki qator bo‘lib start chizig‘ining orqasida turadilar. Qatorlar bo-shida turgan birinchi o‘yinchilar to‘ldirma to‘pni oladilar. Ikkala jamoaning qarshisiga 15–20 metr masofada diametri 1 metrli ikkita aylana chizilib, o‘rtasiga bittadan to‘p qo‘yiladi.


O‘yin tavsifi. O‘qituvchining signalidan keyin birinchi turgan o‘yinchilar to‘pni olib oldinga qarab yuguradilar, aylanaga yetib borib, to‘plarni almashtirib orqaga qaytib keladilar va to‘pni ikkinchi o‘yinchiga berib, qatorning oxiriga borib turadilar. O‘yin shu tarzda davom etadi. Yugurish va to‘p almashtirishni hamma o‘yinchilar bajarishlari kerak. Ana shu harakatni oldin tamomlagan jamoa g‘olib hisoblanadi.


Pedagogik ahamiyati. O‘yin estafeta tegishli topshiriqqa mos ravishda harakat qilishda epchillikni, tezkorlikni rivojlantirishga yordam beradi. Bu o‘yinda o‘ynovchilar o‘zlarining jamoalarini obro‘sini saqlab qolish uchun o‘zlarini harakatini kelishgan holda bajarishga o‘rgatiladi. O‘yinning o‘ziga xos harakati – koptokni olib borib qo‘yish, burilish, tez yugurishdir.



119


«HAVOYI ÒO‘P» O‘YINI

O‘yinga tayyorlanish. O‘yin uchun voleybol to‘pi bo‘lishi kerak. O‘ynovchilar quloch yozib aylana hosil qilib turadilar. O‘ynov-chilardan biri o‘yinboshi bo‘ladi va qo‘liga to‘p olib aylana ichida turadi.


O‘yin tavsifi. O‘yinboshi to‘pni kafti bilan urib, o‘ynovchilardan biriga uzatadi. Òo‘p qaysi o‘yinchiga uzatilsa, o‘sha o‘yinchi ham to‘pni kafti bilan urib o‘yinboshiga yoki aylanada turganlardan biriga yo‘naltiradi. Òo‘pni yerga tushirmaslik lozim. Agar to‘p yerga tushsa, to‘pni eng keyin urib yuborgan o‘yinchi o‘yinboshi bilan joy almashadi. O‘yin oxirigacha o‘yinboshi bo‘lmagan o‘ynovchi yutgan hisoblanadi.


Pedagogik ahamiyati. Bu o‘yin voleybol o‘ynashga tayyorlash o‘yini hisoblanadi, chunki voleybol o‘yini uchun xarakterli bo‘lgan to‘pni egallash malakalarini rivojlantirishga yordam beradi: o‘yinda voleybol to‘pini aniq uzatish malakasi rivojlantiriladi. Keyinchilik bu o‘yinda voleybol o‘yinda hujumkor zarba berishni mashq qilish mumkin.


«YUKLAR BILAN YUGURISH» O‘YINI


O‘yinga tayyorlanish. O‘ynovchilar ikki jamoaga bo‘linib, ikki qatorga saflanadilar (jamoalarda o‘g‘il va qiz bolalar soni teng bo‘-lishi kerak). Har bir jamoaning ro‘parasiga 2–2,5 metr narida 4–5 ta g‘o‘lacha, bulava va to‘plar qo‘yiladi. Har bir jamoaning birin-chi o‘yinchilaridan 1–1,5 kg og‘irlikdagi ryukzak yoki xaltacha bo‘ladi.


O‘yin tavsifi. O‘qituvchining signalidan keyin birinchi bo‘lib turgan o‘yinchilar g‘o‘lachalar yoki to‘plar orasidan yugurib o‘tib, orqa tomonga ham shu usulda qaytib kelib, ryukzak yoki xaltachani ikkinchi o‘yinchiga beradilar va qatorning oxiriga borib turadilar. Ana shu harakatni hamma o‘yinchilar takrorlaydi. Bu ishni birinchi bo‘lib tugatgan jamoa g‘olib hisoblanadi. O‘yinning boshqa variant-laridan ryukzak o‘rniga ikki yoki uch oyoqli velosipedni haydab yoki basketbol to‘pini yerga urib yugurish ham mumkin.


Pedagogik ahamiyati. O‘yin o‘yin qatnashchilaridan diqqat-etiborni va tezkorlik reaksiyasini talab qiladi. O‘yinda bolalarni to‘g‘ri



120


koordinatsiyasi va harakat tezligi rivojlanadi. O‘yinni o‘ziga xos harakati – g‘o‘lachalar orasidan aylanib va tez yugurish.

«KES-KES» O‘YINI


Bu o‘yin boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga mo‘ljallangan. Kengligi 4 qadamdan iborat doira chiziladi. Boshlovchi uchun chaqqon o‘quvchi tanlanadi. Boshlovchi doira ichida turadi. Qolgan o‘quvchi-lar doira tashqarisida turadilar. O‘qituvchi «boshla», deyishi bilan o‘yinchilar doirani kesib o‘ta boshlaydilar. O‘yinchilar har tomonda «kes-kes», deb yugurib o‘tadilar. Boshlovchi o‘yinchilarga qo‘l tekkizadi. Qo‘l tekkan o‘yinchi o‘yindan chiqib turadi. O‘yin 2–3 daqiqa davom etadi. O‘qituvchi o‘yinni to‘xtatib, nechta o‘quvchi «o‘ldirilgan»ligini aniqlaydi.


«KO‘RPA YOPINDI» O‘YINI


Bu o‘yin o‘quvchilarni botirlikka va qo‘rqmaslikka yo‘llaydi. O‘yinga har jamoadan 5–6 o‘quvchi qatnashadi. O‘yinchilar ikki jamoaga bo‘linadi. Himoyachilar va hujumchilar aniqlanadi. Himoyaga turgan o‘quvchining qo‘lida 1–1,5 metr uzunlikda bo‘sh qilib to‘qilgan arqon bo‘ladi. Qolgan himoyachilar chopon yopinib bir-birlariga yaqin turishlari kerak. Chopon yopinganlar qimirla-maydilar. Hujumchilar ko‘rpa yopinganlarni qo‘li bilan urib ketishga harakat qiladilar. Himoyachining qo‘lida arqon bilan hujumchilarni urib chopon yoping‘ichlarini himoya qiladi. Himoyachi 2–3 daqiqa o‘z o‘yinchilarini himoya qilib tura bilsa, yutgan hisoblanadi. Hi-moyachi qo‘lida arqon bilan o‘z o‘yinchisini har tomondan himoya qiladi. Chopon yopinganlar ustidan sakrab o‘tish ham mumkin.


«OLIB QOCHAR» O‘YINI


O‘yin uchun 13 ta rangli toshlar yig‘iladi. Kengligi 3 qadamli doira chiziladi. Rangli toshlar doira o‘rtasiga tashlab qo‘yiladi. Boshlovchi aniqlanib, u doira ichidagi toshlarni olib qochishga yo‘l qo‘ymaydi. Doira tashqarisida turgan o‘yinchilar doira ichidagi toshlarni olib qochadilar. Boshlovchi o‘yinchilarga qo‘l tekkizadi. Qo‘l tekkan «tutilgan» hisoblanadi. O‘yin davomida kim ko‘p tosh



121


yig‘sa, shu o‘yinchi yutgan hisoblanadi. Yutgan o‘yinchi keyingi o‘yinga boshlovchi bo‘ladi. Boshlovchi kam tosh oldirsa, bu ham yutuq hisoblanadi. O‘yin boshlovchi sinf o‘quvchilariga va bog‘cha bolalariga mo‘ljallangan.

«QO‘RIQCHI» O‘YINI


O‘yin uchun sakkiz qadam kenglikda doira chiziladi. Latta yoki jundan dumaloq shaklda qo‘lga sig‘adigan kichik koptokcha tikiladi. Uncha katta bo‘lmagan sakkizta yassi tosh tanlanadi, tosh bo‘lmasa keglidan foydalansa ham bo‘ladi. Yassi toshlar doira o‘rtasiga (to‘rt-tadan) tashlab qo‘yiladi. O‘yinda ishtirok etuvchi qizlar doira ichida ashula aytib aylanib yuradilar. Qo‘shiq matni:


Omon yor, aylasang-chi yo, omon yor,


Belingni boylasangchi yo, omon yor,


Dadang ishdan kelsa-chi yo, omon yor,


Ko‘k choyni damlasang-chi yo, omon yor.


Ashula tugaganda doira ichidagilar chiqib ketishlari kerak. Ikki o‘quvchi toshlarni terib ikki yerga tezlik bilan tikishga harakat qiladilar. Òoshni tikkan o‘quvchi tezlik bilan doiradan chiqib ketadi. Doira ichida qolgan o‘yinchi toshlarni tikadi va himoya qilishga qoladi. Doira tashqarisida qolgan o‘yinchilar toshni kichik koptokcha bilan urib yiqitishga harakat qiladilar. Doira tashqarisida turgan o‘yinchilar toshni tez-tez vaqt ichida yiqitsalar, yutgan hisoblanadi. Yutqazgan o‘yinchi ashula aytib yoki o‘yinga tushib beradi. Doira ichidagi toshlarning hammasi urib yiqitilsa, o‘yin yana boshqatdan boshlanadi.


«CHAVANDOZ» O‘YINI


Har bir o‘zbek farzandi ot minishi va otga minib chopishni bilishi kerak. Chavandozlar o‘yiniga turli yoshdagi o‘quvchilar qatnashishi mumkin. O‘yin ishtirokchilari 2–3 jamoaga bo‘linadi. Kuchli, baquvvat o‘quvchi ot vazifasini, engil o‘quvchi esa cha-vandoz vazifasini bajaradi.Chavandoz otni minib oladi va o‘yinga tayyor holda turadilar. O‘qituvchi qo‘lida «uloq» bo‘sh teri yoki



122


lattadan tayyorlangan narsani o‘zidan 10–15 metr uzoqqa otib yuboradi. Chavandozlar terini olib o‘qituvchiga olib kelishi kerak. Chavandozlar o‘yin davomida bir-birlarini itarib yubormasliklari kerak. «Chavandozlar» o‘yinini sport bayramlarida o‘tkazish mumkin.

«DURRA» O‘YINI


O‘yinni boshlang‘ich sinf o‘quvchilari o‘ynaydilar. O‘yinchilar doira hosil qilib cho‘nqayib o‘tiradilar. Bir o‘yinchi (boshlovchi) qo‘liga durrani o‘ralgan holda ushlab turadi. Signal berilishi bilan o‘yinchilar boshlarini tizzaga qo‘yib, ko‘zlarini yumadilar. Shunda durrali o‘yinchi qo‘lidagi durrani doira chetida aylanib yurib, bildirmasdan birorta o‘quvchining orqa tomoniga qo‘yadi va yugura boshlaydi.


O‘yinchilar darrov orqalariga qaraydilar, durra qo‘yilgan o‘quvchi darhol durrani oladi va boshlovchini doira cheti bo‘ylab quva boshlaydi. Boshlovchi doira bo‘ylab aylanib qochib quvayotgan o‘quvchining o‘rniga tez o‘tirishi kerak. Agar boshlovchi o‘tirishga ulgurmay quvayotgan o‘yinchi durrasi bilan boshlovchini ursa, boshlovchi durrali o‘yinchini quvadi. U ham o‘zining joyiga o‘tirib olishga harakat qiladi.


«SOQQA» O‘YINI


O‘yinda 2 ta yoki 3 ta o‘yinchi qatnashishi mumkin. Har bir o‘yinchi 1 kg yuk og‘irligidagi toshni olib turadilar. Bir o‘yinchi soqqani (tosh) o‘zidan uzoqqa dumalatib tashlaydi. Ikkinchi o‘yinchi qo‘lidagi soqqa bilan tashlangan soqqani mo‘ljalga olib tekkizadi. O‘yinda marra belgilanadi. Misol uchun, o‘yinchi 7 hisobigacha sherigining soqqasiga tekkizmasa, u o‘quvchining eng yaxshi soqqasini sherigiga beradi. Yoki uni o‘zi tanlab oladi.


O‘yinchi soqqa turgan joydan o‘tmasligi, ikkinchi o‘yinchining soqqasini mo‘ljalga olishi kerak. Soqqani soqqaga tekkizsa, o‘yinchi soqqani tekkizgan o‘yinchiga yana tashlab beradi. O‘yinchining shartlaridan biri yutgan o‘quvchi, mag‘lub bo‘lgan o‘yinchiga shart qo‘yadi. Masalan: it bo‘lib vovullash, xo‘rozdek qichqirish va boshqalar.



123


«YELKADA KURASH» O‘YINI

O‘yin tekis maysa bilan qoplangan yerda o‘tkaziladi. Chavandoz otiga nisbatan engil bo‘lishi kerak. Chavandozlar bir-birlarini yerga yiqitadilar. Yiqilmagan chavandoz g‘alabaga erishadi. O‘quvchilar bir-birlarini yelkasiga chiqib kurashadi. Sakkiz qadamli doira ichida o‘yin olib boriladi. Chiziqdan chiqqan ham mag‘lub bo‘lgan hisobla-nadi. O‘yinni yuqori sinf o‘quvchilari o‘ynaydi.


«MINDI» O‘YINI


O‘yinda ikki jamoa qatnashadi. Har jamoada 5–7 o‘yinchi bo‘ladi. Qo‘lga tosh yashirib topiladi. Òoshni topolmagan o‘yinchilar qator bo‘lib engashib turadilar. Boshni iloji boricha pastroq tutib bir-birini qo‘yib yubormasliklari kerak. Òoshni topgan o‘yinchilar yugurib kelib engashib turgan o‘yinchilarning ustiga minadilar. Hamma o‘yinchi minishi shart. Mina olmasa, minib yiqilsa yoki ko‘tara olmay yiqilsalar mag‘lub bo‘lgan hisoblanadi. A’zolarning hammasi minib yiqilmasa, g‘olib bo‘ladi.


«ÒEPISH» O‘YINI


O‘yinda bir nechta o‘yinchi qatnashadi. Har bir o‘quvchi mustaqil harakatlanadi. O‘quvchilar navbatma-navbat qo‘li bilan yerga tiralib 10–20 marta tez aylanib 10 metr uzoqlikda turgan o‘quvchini borib tepadi. Òo‘g‘ri yurib borib tepsa g‘olib hisoblanadi. Qolgan o‘yin-chilar shu zaylda davom ettiradilar. Òepishga kelayotgan o‘yinchidan o‘zini himoya qilish mumkin.


«ÒAQIYA ÒEPAR» O‘YINI


Bu o‘yin o‘quvchilardan juda katta epchillik va mahoratni ta-lab qiladi. Bir yo‘la bir necha harakatlarni bajarishga to‘g‘ri keladi. O‘yin ochiq joylarda, sport zalida o‘tkazilishi mumkin. O‘yin yakka-ma-yakka, bir-birining boshidagi bosh kiyimini qo‘l bilan ham tushirishlari mumkin. Òepishning turli aldamchi harakatlari qilinadi. Òushirilgan bosh kiyim o‘zlaridagi o‘yin qoidasiga muvofiq uzoqqa tepiladi. Boshdan tushgan bosh kiyimni o‘yinchi teptirishga yo‘l qo‘ymaydi. O‘yinni ehtiyot bo‘lib o‘ynaydilar.



124


«OQ SUYAK» O‘YINI

Bu o‘yin o‘g‘il bolalar bilan birgalikda oy yorug‘ida o‘tkaziladi. O‘yin qoidasi «quloq cho‘zma» o‘yiniga o‘xshash bo‘ladi. O‘yin asosan tunda o‘ynaladi. Boshlovchi suyakni, biror narsaga o‘rab uzoqqa otadi. O‘yin ishtirokchilari suyakni izlab topadi. Òopgan o‘yinchi suyakni boshqalarga bildirmay boshlovchiga olib kelishga harakat qiladi. Lekin shu vaqtda bilgan o‘yinchi undan suyakni olib qolishga harakat qiladi. Bu o‘yinda har bir suyak uchun sovrin beriladi. «Oq suyak» o‘yini to‘ylarda, sayllarda va hosil bayram-larida o‘ynaladi.


«OÒISHMA» O‘YINI


Bu o‘yinda o‘quvchilar mo‘ljalga olish, kichik to‘plarni ilish va to‘p zarbidan o‘zini himoya qilish harakatlarini bajaradilar. O‘yin sport zalida ham o‘tkazilishi mumkin. O‘yinchilar ikki jamoaga bo‘linadilar. O‘yin uchun 15–16 metr oraliqda parallel chiziq chiziladi. Chiziqlarning uzunligi o‘quvchilar soniga qarab uzun yoki qisqa bo‘lishi mumkin. O‘yinda boshlovchi jamoa aniqlanib, qarshi tomonda turgan jamoa o‘yinchilariga shunday koptokni otishlari kerakki, ular kelayotgan koptokni ilib olishlari kerak yoki zarbidan saqlanishi lozim. Koptok tekkan o‘yinchi safdan chiqib ketadi. Koptokni ilmoqchi bo‘lgan o‘yinchi 1–2 qadam oldinga chiqib, koptokni ilib olishi mumkin. Koptokni otayotgan o‘yinchi mo‘ljalga urish vaqtida chiziqdan otishi shart. Qaysi jamoada o‘yinchilar oz qolsa, yutqazgan hisoblanadi. Jamoalar navbatma-navbat otishadi.


«CHAQQONLAR VA MERGANLAR» O‘YINI


Bu o‘yin uchun sport o‘yinlari maydonidan foydalaniladi. O‘yinchilar ikki jamoaga bo‘linib 16 metr oralig‘ida bir-biriga qarab turishadi. O‘rtaga 2 qadam kengligida aylana chiziladi. Har bir jamoadan bittadan eng chaqqon o‘quvchilar tanlanib, aylana ichiga turadi. Ikki tomondagi o‘quvchilar to‘p bilan aylana ichidagi o‘yinchilarni uradilar. Òo‘pga tekkan o‘yinchi o‘sha o‘yinchining o‘rniga kirib o‘yinni davom ettiradi. Umuman, ikkovi o‘rin almasha-di. Merganlar va chaqqonlar taqdirlanadi. Oraliq masofa o‘qituvchi tomonidan o‘zgartirilishi mumkin.



125


«CHIRGIZAK» O‘YINI

Bu o‘yinda ikki yoki undan ortiq o‘quvchi ishtirok etadi. Har bir o‘yinchi yalpoq tosh tanlaydi. Òoshning massasi 300 grammdan 1 kilogrammgacha bo‘ladi. Undan tashqari, bir dona yong‘oqdan katta dumaloq tosh olinadi va 5–6 metr masofaga tikiladi. O‘quv-chilar birma-bir tikilgan toshlarni qo‘lidagi yalpoq toshlar bilan mo‘ljallab tashlaydi. Kimning toshi dumaloq toshga tegib dumalatib yuborsa, oyog‘i bilan 1-2-3-4 deb hisoblab sanaydi. Hech kimning toshi dumaloq toshga tegmasa tashlangan yalpoq toshlarning qay biri yaqin bo‘lsa, shu o‘yinchi boshlab beradi. Bu o‘yinda qatnashgan boshqa o‘yinchilarning hammasining toshini birma-bir 1-2-3-4-5 deb urib chiqib, dumaloq toshni kuch bilan uzoqqa uradi va uzoqdagi toshni odimlab sanab yana sheriklarining toshini urib davom ettirishga kirishadi. Bironta toshga tegmay qolsa o‘yinboshidan kimning toshi yaqin bo‘lsa, shular birin-ketin bajarib boradi. O‘yinda bolalar ehtiyot bo‘lishlari shart. O‘yinda marra belgilanadi.


«CHIRKASH» O‘YINI


Ikki qadamli kenglikda doira chiziladi. O‘yinga ikki jamoa ishtirok etadi. Qur’a tashlash yo‘li bilan «himoyachi» va «hujumchi» jamoalari aniqlanadi. Doira chetida himoyachilar aylanib turishadi, hujumchilar esa ulardan 2–3 metr tashqarida aylana shaklida turadilar. Himoyachilar hujumchilarni doira tashqarisiga quvib, qo‘l tekkizib «o‘ldirish»ga harakat qiladilar. Himoyachilarning orqa tomonidan boshqa hujumchilar yugurib o‘tib ketsa, himoyachi o‘zi «o‘ladi». Hujumchilar doira ichiga kirsa yutgan hisoblanadi. O‘yin davomida bir marta bo‘lsa ham o‘yinchilar o‘rin almashadilar.


«KISSA KELAR» O‘YINI


Bu o‘yin qo‘l to‘pi maydoniga o‘xshash maydonda o‘tkaziladi. O‘yinchilar ikki jamoaga bo‘linib, maydonning turli joylariga joylashadilar. O‘qituvchi signalidan so‘ng birinchi jamoa o‘yinchilari qarama-qarshi tomonning orqa chizig‘idagi ikkinchi jamoa o‘yin-chilarini aldab o‘tishga harakat qiladilar. O‘tish vaqtida ushlab olingan o‘yinchi yerga bosib turiladi. Orqadan kelayotgan jamoadoshi,



126


do‘stlari, kuch ishlatib uni qutqarishlari mumkin. Qarshi jamoaning orqa tomonidagi chiziqqa ko‘p o‘tgan jamoa o‘yinchilari yutgan hisoblanadi. O‘yin jarayonida jamoaning hamma o‘yinchilari hujumga o‘tishi kerak.

O‘yin qoidalari. 1. Ikkala jamoa ham signal berilishi bilan o‘yinni bir vaqtda boshlaydi. 2. O‘yinchilar yon chiziq tomonidan o‘tib, orqa chiziqqa tursa hisobga olinmaydi.


«DULKI» O‘YINI


Bu o‘yinlar pishiqchilik yillarida o‘ynalib kelingan. Bolalar nishonni aniq mo‘ljalga olishni o‘rgangan. Bu o‘yin bolalarning eng sevimli o‘yini hisoblanadi. O‘yinni boshlashdan oldin qiyaroq joydan chuqurcha o‘yiladi. Og‘zi katta bo‘lmay, oraliqlarini o‘yinchilarning o‘zlari belgilashadi. Oraliq 4–5 metr bo‘lishi kerak. Bu o‘yin uchun yong‘oq, dumaloq toshchalardan hamda danaklardan foydalanish mumkin. Ikkala jamoa o‘yinchilari belgilangan chiziqqa turishib, chuqurchani mo‘ljalga oluvchi juftmi-toqmi, deb so‘raydi. Juft, deb javob bersa, so‘ragan o‘yinchi yong‘oqlarni chuqurchaga tash-laydi. Agar toq tushsa, so‘ragan o‘yinchi chuqurchadagi yong‘oqqa bittani qo‘shib beradi. O‘yin shu zaylda almashib o‘ynaladi. O‘yin qoidasi: tashlanayotganda cho‘zilmaydi, oyoqlarni ko‘tarib tashla-maydi.


«ÒEPKI» O‘YINI

Xalqimiz to‘y va sayillarda, kurash tushush, ko‘pkari chopish kabi har xil xalq o‘yinlarini o‘ynab kelganlar, bu o‘yinlar uzoq tarixga ega bo‘lib, afsuski, bizgacha juda oz qismi etib kelgan. «Òepki» o‘yini uchun 8 qadam kenglikda doira chizladi. O‘yinchlar yakkama-yakka yoki guruh-guruh bo‘lib, ya’ni jamoa bo‘lib o‘tkaziladi. O‘yinchilar doira ichida tepadilar. O‘yinga chida-magan o‘yinchi, doyra ichidan chiqib ketadi va yengilgan hisob-lanadi, bunga usul ishlatish vaqtida chiqib ketgan kirmaydi, o‘yinda oyoqdan ushlab qolib ag‘darib tashlash yoki burab yiqitish, chiziqdan chiqarib yuborish mumkin. O‘yinda taqiqlangan hara-kat, yuzga, qoringa, pastiga tepish mumkin emas. O‘yinni hakam boshqaradi.



127

«OÒIB QOCHAR» O‘YINI

Bu o‘yinda butun sinif o‘quvchlari qatnashishi mumkin. Otish joyi – chizig‘i chiziladi, chiziqda oldingi joyda 2 qadam kenglikda doira belgilanadi. Bu doira to‘pni uruvchi jamoa o‘yinchlarining himoya uyi bo‘ladi. Òo‘pni otish va urish chizig‘dan 25–30 metr uzoqlikdan marra belgilanadi. Ikki jamoa ishtirokchilari otish joyida qolish uchun qur’a tashlaydilar. Otish joyida qolgan o‘yinchilarga qarshi jamoaning bir o‘yinchisi koptok tashlab beradi, o‘yinchi koptokni uzoqqa otishi lozim, agar koptok uzoqqa ketsa, marra chizig‘iga borib joyiga qaytishi shart. Koptok uzoqga ketmasa o‘yinchi doira – uyi ichiga kirib dam olib turadi. Himoyachilar urilgan koptokni yerdan ilib olib, marraga urmoqchi bo‘lgan o‘yin-chini uradi. Koptok tegsa, himoyachilar otish chizig‘iga yuguradilar. Koptok tekkan o‘yinchi darhol ushlab himoyachilarni uradi va otish chizig‘iga yuguradilar. Himoyachi koptokni ilib olsa, koptokni yerga qattiq uradi va otish chizig‘iga hamma yuguradi, ya’ni o‘rinlarini almashtiradilar. Òo‘pni yerga urib o‘rin almashtirmoqchi bo‘lgan jamoani ular ham yana urishlari mumkin.


«PODACHI» O‘YINI


Bu o‘yin uchun 4 qadam kattalikda doira chiziladi. Doira ohak bilan belgilanadi. Doira 3 ta o‘yinchi qo‘lidan chim hokkeyi tayog‘iga o‘xshatib yasalgan tayoq bilan turadi. Doira tashqarisida ham hujumchilar 3 joyda joylashadilar, doira o‘rtasida yog‘ochdan bitta nishon tayyorlanadi. Balandligi 5–6 sm yog‘och doiraning markazida turg‘azib qo‘yiladi. Nishonlarning oralig‘i 10–15 sm aylana shaklida terib qo‘yiladi. O‘yin doira tashqarisidan 1 metr uzoqlikda hujumchilar tomonidan kichik to‘pni bir-biriga tez oshi-rishadi, qulay fursatni topib doira ichidagi himoyachilarni chalg‘i-tib, o‘rtasidagi nishonlarni birin-ketin urib yiqitishga kirishadi.


Òaqiqlovchi harakatlar o‘yindan doiradan himoyachilar chiqib ketmaydi. Himoyadagi o‘yinchilar tayog‘i hujumchilarga tegib ketsa, himoyachi doira chizig‘idan tashqariga chiqsa ham jarima belgilanadi. O‘yin vaqtida hujimdagi o‘yinchilar tayog‘i yuqori ko‘tarilsa, o‘yin boshlangan hisoblanadi, himoyachilar doira chizig‘iga koptokni qo‘yib zarb bilan tashqariga, uzoqroqqa urib



128


chiqaradi, havfli harakat ko‘p vaqt ichida takrorlanib turilsa, sanoq – sondan o‘yindan chiqib turadi. O‘yin paytida jamoalarning qaysi biri nishoni tez vaqt ichida koptok bilan urib yiqitsa, shu jamoa g‘olib hisoblanadi. O‘yinchilarning roziligi bilan o‘rinlarini almashtirib, o‘yinni davom ettirishi mumkin. O‘yin ravnaqi uchun o‘yin qoidasiga o‘zgarishlar kiritilgan. O‘yin o‘quvchilarga moslash-tiriladi. O‘yinni sport zalida ham o‘ynash mumkin. O‘yin qoidalarni o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

«QIRQ ÒOSH» O‘YINI


Bu o‘yin tarixi uzoqlarga borib taqaladi. O‘tmishda ham uzoq masofalarga yugurish bahsi bo‘lib turgan. Shulardan biri «Qirq tosh» o‘yinidir. Qirq qadam o‘lchanib, har bir qadamga tosh qo‘yilib chiqiladi. Ikkala jamoa yuguruvchilari qirqinchi toshni olib kelgandan keyin boshqa yuguruvchlar ham shunday birma-bir olib kelishlari kerak.


Qadimda shuncha yo‘lni bir kishi yugurib hamma toshlarni yig‘ib chiqqan. Uzoq masofaga yugurishda o‘yinchilarning yoshi hisobga olinishi lozim. Har ikki jamoada 3 tadan yoki 4 tadan o‘yinchi qatnashishi mumkin. Ikkita parallel qilib 40 qadam o‘lchanib chiziq chiziladi va chiziq bo‘ylab toshlar qo‘yib chiqiladi. Jamoa o‘yin-chilari musobaqa sifatida yuguradilar.


«CHUNQA SHUVOQ» O‘YINI


Bu o‘yinda 50 sm uzunlikdagi doira o‘rtasiga qoziq mahkamlab o‘rnatiladi. Doira 3 qadam kenglikda chiziladi, qoziq atrofiga shuvoq bog‘lanadi. Qoziqning yuqori qismiga 1,5 metr uzunlikda uzilmay-digan ip halqasimon qilib bog‘lanadi, ip uchini esa boshlovchi ushlab oladi va shuvoqdan yulib olmoqchi bo‘lgan o‘yinchidarni tepish bilan himoya qiladi. Ya’ni shuvoqni olishga yo‘l bermaydi. Qaysi o‘yinchi ko‘p shuvoq sindirib olsa o‘sha o‘yinchi g‘olib hisoblanadi. O‘yinga boshlovchidan tashqari 4–5 kishi ishtirok etishi mumkin. Shuvoq to‘pidan sindirishga yo‘l qo‘ymagan boshlovchi ham g‘olib bo‘lishi mumkin. Boshlovchi qo‘li bilan himoya qiladi. O‘yin sport zalida ham o‘tkazilishi mumkin bo‘lib, doira chizilib biron narsaga mahkamlanib, 4–5 ta koptok qo‘yiladi va o‘yinni davom ettirish



9 – Xo‘jayev, P. 129



mumkin bo‘ladi. Koptoklarni tepish mumkin emas. O‘yin hakamlar tarafidan kuzatib turiladi.

«ESHAK MINDI» O‘YINI


Bu o‘yinda 2 ta guruh ishtirok etadi har bir guruhdagi o‘yinchilar soni 3–4 tadan oshmasligi kerak. Qur’a tashlab kim oldin engashib turishi aniqlab olinadi. 1-guruh o‘yinchilari bir-birini belidan ushlab engashgan holatda turishadi. 2-guruh o‘yinchlari ularning ustiga sakrab chiqadi. Agar bir guruh o‘yinchilarini 2-guruh o‘yinchilari ko‘tara olmay qolinsa, ya’ni oldingiday engashib turishadi, mabodo ular ma’lum belgilangan vaqtgacha ko‘tarib turishsa, 2-guruh o‘yinchilari engashib turish navbatini oladi. Qaysi guruh o‘yinchilari ko‘p marta engashib turishsa, ular mag‘lub bo‘lgan hisoblanadi.


«ÒO‘QQIZ ÒOSH» O‘YINI


Bu o‘yinda faqat qizlar ishtroq etadi. 9 ta kichik yumaloq tosh


tanlab olinadi. Ular qo‘l kaftiga olinib yuqoriga otiladi. So‘ngra


toshlar qo‘lning ustki qismiga olinadi. Agar toshlardan birortasi tushib ketsa, qo‘lni ustiga toshlarni havoga otib, yerdagi toshlar bilan birgalikda ilib olinayotganda toshlarning birortasi tushib ketsa, keyingi o‘yinchi o‘yinni boshlaydi. Agar o‘yinchi hamma toshni ilib olsa, o‘sha o‘yinchi g‘olib hisoblanadi. O‘yin shu zaylda davom etadi.


«PODSHO VA VAZIR» O‘YINI


Bunda 4 ta kichik qog‘ozga podsho, vazir, askar va o‘g‘ri deb yoziladi. Buklab yerga sochib yuuboriladi. Uni 4 ta o‘yinchi oladi. Kimga nima tushsa, sezdirmay o‘zi o‘qiydi. (Podsho) yozuvi tushgan o‘yinchi (vazir o‘g‘rini) topsin deb buyruq qiladi. Vazir o‘g‘rini topsa, askar o‘g‘riga jazo beradi. Agar topmasa, o‘g‘ri oladigan jazoni vazir oladi. Shu tariqa o‘yin davom etadi.


«DO‘PPI YASHIRAR» O‘YINI


O‘yinchilar 2-guruhga bo‘linib, har bir guruhda 4–5 tadan o‘yinchi qatnashadi. Guruhlar 1,5–2 metr masofada bir-birlariga



130


qarama-qarshi o‘tirishadi. Ikkala guruhda ham bittadan do‘ppi bo‘lib, avval, qaysi guruh o‘yinni boshlashi qur’a tashlab aniqlanadi. O‘yinchilardan biri – guruhga ko‘rsatmay do‘ppini yashiradi. Bo‘ladi deyilgandan so‘ng hamma qo‘lini qovushtirib o‘tiradi. 2-guruh o‘yinchilaridan birortasi do‘ppini kim yashirganligini ko‘rsatadi. Agar to‘g‘ri topsa, guruhga 1 ochko beriladi. Òopa olmasa, o‘sha guruh mag‘lub bo‘lgan hisoblanadi. Bu o‘yin navbatma-navbat davom ettiriladi va oxirida yutuqlar jamlanib, g‘olib guruh aniqlanadi.

«BUÒA SOLDI» O‘YINI


Bu o‘yin qizlar o‘rtasida o‘ynaladi. Qizlar aylana bo‘lib o‘tirisha-di. Ulardan biri qo‘liga ro‘mol olib, aylana orqasidan aylanib o‘tadi. Aylana turib, bittasining orqasiga ro‘molni sezdirmay tashlab o‘tib ketadi. Agar yana qaytib kelguncha sezmasa, uni ro‘moli bilan uradi. Agarda sezib qolsa, ro‘molni olib (qizlarni) aylantirib uning o‘zini quvadi. Yetib olsa uradi. Yeta olmasa uning o‘rniga kelib o‘tiradi. Ro‘molni olgan o‘yinchi o‘yinni davom ettiradi.


«ZUVLAÒAR» O‘YINI


Bu o‘yinda ham 2 guruh qatnashadi. O‘yinchilar soni 5 tadan 10 tagacha bo‘lishi mumkin. Yugurish boshlanadigan joyga to‘g‘ri chiziq chiziladi va har bir guruhdan bittadan o‘yinchi olinadi. Ular chuqur nafas olib, zuvlab yuguradi. Nafas yetmay qolganda to‘xtaydi. Qaysi guruh o‘yinchisi uzoq masofaga yugurgan bo‘lsa, g‘olib hisoblanadi. O‘yin shu zaylda davom etadi. Qaysi guruh yutqazgan bo‘lsa g‘olib guruhni belgilangan masofaga opichib boradi.


«XO‘ROZ-XO‘ROZ» O‘YINI


Bu o‘yin asosan bayramlarda va to‘ylarda o‘ynaladi. O‘yin qoidasi quyidagicha: 1,5–2 m yetarli aylana chizilib, 2-guruhdan bittadan o‘yinchi chiqib, chap qo‘li bilan ushlaydi va sakrab bir-birini to‘g‘ri kelgan yelkasi bilan turtadi. Qaysi biri raqibini aylanadan siqib chiqarsa, o‘sha g‘olib hisoblanadi. O‘yin guruhdagi o‘yinchilar tamom bo‘lguncha davom etadi. Natijasi yig‘ilib, qaysi guruh g‘olibligi aniqlanadi.



131


«INOVUSH» O‘YINI

Bu o‘yin tekis maydonchada o‘ynaladi. o‘rtadan 15–20 smli chuqurcha qaziladi. Undan 1,5–2 m masofada aylana (bo‘yicha) shaklida bolalar saflanadi va ular ham nechta bo‘lsa, har biriga bittadan kichikroq chuqurcha qaziladi. Har bir bola 1 m uzunlikdagi cho‘p ushlab turadi.


Bir o‘yinchi cho‘pon qilib tayinlanadi. Cho‘pon o‘yinchi kichkina suyak to‘pchani yoki biror dumaloq narsani bolalar o‘rta-sidagi chuqurchaga tushurishi lozim. U tushurishga urinayotganda bolalar unga qarshilik ko‘rsatishadi. O‘rtaga to‘pcha tushgandan keyin «inovish» buladi, ya’ni bolalar tezlikda o‘ng- chapga burilib, bir-birining iniga cho‘p suqib qolishi kerak. Agar o‘sha vaqtda cho‘pon o‘yinchi biron-bir o‘yinchining iniga cho‘pini tiqib olsa, inini oldirgan bola cho‘pon bo‘ladi va o‘yin davom ettiriladi.


«SOPONQUL» O‘YINI


Bu o‘yinda 10–15 ta bola qatnashadi. Ular aylana bo‘lib o‘ti-radilar. Ularni biri onaboshi bo‘ladi. Ularda bitta taxlangan cho‘pon bo‘lib. Aylana bo‘yicha qo‘lma-qo‘l uzatadilar onaboshi esa doira bo‘lib yugurib cho‘pon uzatilayotganda ushlashi kerak ushlab olsa uzatayotgan bola aybdor bo‘ladi. Kim ko‘p aybdor bo‘lsa, yuutqazgan bo‘ladi. Aybdorni kuzatuvchi aniqlaydi.


«OLOMAN POYGA» O‘YINI


Bu o‘yinda 3 juft o‘yinchi qatnashib o‘yin maydoniga chizilgan chiziqdan 10–15 m uzoqda turadi. O‘qituvchining ishorasi bilan o‘yinboshi ro‘molchani chiziqqa tashlaydi. Ular, ya’ni «chavandozlar» ro‘molchani olib o‘qituvchiga berish uchun kurashadilar. O‘yin davomida ular «vazifa»larini almashadilar.


«ULOQ» O‘YINI


Bu o‘yin asli otda o‘ynaladi, lekin bolalar ham o‘ynashlari mumkin. O‘ynovchilar bir parcha echki terisi yopishtirilgan kop-tokni olish uchun kurashadilar. Diametiri 12–15 m li aylana chizilib,



132


o‘yinchilar har bir guruhga 3 yoki 5 tadan bo‘linadi va davra tashqarisida o‘tiradi. O‘qituvchi koptokni davra o‘rtasiga qo‘ygach, birinchi 3 yoki boshliq guruh davraga kirib to‘pni olib chiqib berishga intiladi va har beshlik yoki 3 guruhdan 1 tasi g‘olib bo‘ladi. Keyin g‘oliblar musobaqasi boshlanadi. Ana shu musobaqada yutgan o‘yinchi g‘olib hisoblanadi.

«DORBOZ» O‘YINI


Bu o‘yinda xohlagancha o‘yinchi qatnashadi. Ularni o‘qituvchi boshqaradi. Ularga boshga sig‘maydigan karton (qog‘oz) qalpoq beradi har bir o‘yinchi shuni maydonda kiyib, chizilgan uzunligi 6–10 m yeni 70 sm bo‘lgan yulakchadan yugurib o‘tishi kerak. Agar shu holatni biror o‘yinchi xatosiz bajarsa, u g‘olib demakdir.


«BESH ÒOSH» O‘YINI


(QIZLAR UCHUN)


«Besh tosh» oq 4 toshdan yasalgan bo‘lib, yumaloq shaklda bo‘ladi. O‘yin quyidagicha bo‘ladi:





  1. Beshta toshni ham va oq toshni yerga tashlaymiz va bittadan toshni qo‘limizga olib, qolgan toshlarni yerdan ilib olamiz.




  1. Yana toshlarni yerga tashlaymiz, bu gal yerdan 1 ta olib, qolganlarni ikkitalab yerdan ilib olamiz.




  1. Yana toshlarni yerga tashlab, ulardan birini olamiz va qolganlarini uchtalab ilib olamiz.




  1. Bitta toshni tepaga otib, tepadagi toshni ilib olib, bu tosh bilan yerdagilarni qo‘shib birga ilib olamiz.




  1. Òoshlarni yerga tashlaymiz, 1 ta toshni qo‘lga olib, yerdagi yana 1 ta toshni ilib olamiz, uchinchi toshni ilib olayotganimizda 1 ta toshni narigi qo‘limizga o‘tkazamiz, yerda qolgan 2 toshni ham shu taxlitda ilib olib, toshlarning hammasini chap qo‘limizga olamiz.




  1. Òoshlarni yerga tashlaymiz. Bitta toshni qo‘limizga olib, yana bitta toshni oldingi olgan toshimizni osmonga otib ilib olamiz. 3 tasini ilib olayotganda qo‘limizdagi 1 ta toshni tushirib yuboramiz, toshni bir necha marta tushirib yuboramiz. Òoshni necha marta tushirish kerak bo‘lsa tushirib, yana ilib olamiz.




  1. 4-o‘yinni yana qaytaramiz.

133


  1. Òoshlarni yerga tashlab ikkita barmog‘imizni (chap qo‘lda) dumaloq shaklda qilamiz-da, bitta toshni ilib, qolgan to‘rtta duma-loqqa kiritami, hammasini kiritib bo‘lgach, dumaloqqa kirgan toshlarni ilib olamiz.




  1. Beshta toshni o‘ng kaftimizga qo‘yib, toshlarni yuqoriga otamiz va o‘ng qo‘limizning ustiga toshlarni tushiramiz. Nechta tosh tushsa, shuncha yutuq (ochko) hisoblanadi.

«CHILLAK» O‘YINI


O‘yin o‘tloq joyda yoki sport maydonchasida o‘tkaziladi. O‘yin uchun uchi yassilangan uzunligi 80–100 sm, eni 2–2,5 tayoq (dasta) va uzunligi 20 sm tayoqcha – chillak kerak bo‘ladi.


O‘yinda 2 tadan 10 tagacha o‘quvchi qatnashishi mumkin. O‘yinni yakkama-yakka yoki guruhlarga bo‘linib o‘ynasa ham bo‘ladi. Oldingi chiziqdan 2 m nariga dasta qo‘yiladi. O‘yinchilar chillakni yerda yotgan ana shu dastaning ustiga irg‘itadilar. Chillakni birinchi bo‘lib dastaga tekkizgan o‘yinchi o‘yinni boshlash huquqiga ega bo‘ladi. Buning uchun o‘yinchi chillakni dastaning uchiga qo‘yib turib, yegil-gina ko‘tarib tashlashi va chillak qayta tushib dastaga tegishi va yana sakrab ko‘tarilib, qayta dasta ustiga tushishi kerak. Chillak dastgohi bir tekkani uchun bittadan ochko beriladi. O‘yinchi shu tartibda nechta ochko to‘plasa, shuncha marta dasta bilan chillakni urib, uni to‘g‘riga otadi. Har otganda chillak 20–30 m lariga borib tushsa, 3–4 ochko olish uchun 90–100 metr masofaga yetkazilishi mumkin. Yutqazgan o‘yinchi yoki raqib guruh o‘yinchisi ana shu masofani to‘liq yugurib o‘tishi kerak. Bunda u nafas olmay yugurishi lozim. Chopib ketayotganida nafas olsa, o‘sha joyda yana dasta bilan chillakni sakratib urib qaytchadan yugurib o‘tadigan masofa belgilanadi.


O‘YIN ÒASVIRI


O‘yin boshlovchi kishi qo‘liga urgich tayog‘ini va chillakni olib, uzoqqa urgich bilan chillakni uloqtiradi. Agar uloqtirgan chiziqni qaytaruvchilar tayoq bilan urib qaytarsa yoki ilib olsa o‘sha guruh o‘yinni boshlaydi. O‘yin shu tariqa yuqoridagi qoidalar asosida davom ettiriladi.



134


«QULOQ-CHAKKA» O‘YINI

Bu o‘yinda 4–5 o‘yinchi qatnashadi. O‘yinchilar kuchda teng bo‘lishi kerak. O‘yinni kim boshlashi aniqlab olinadi. Bu o‘yinchi tik turgan holda o‘ng qo‘lini o‘ng chakkasiga, chap qo‘lini esa o‘ng qo‘ltig‘iga kafti ko‘rinadigan qilib qo‘yadi va o‘yinchilarga qaramay turadi. Qolgan o‘yinchilar ketma-ket bir vaqtda uning oldiga kelishadi va ulardan bittasi shu o‘yinchining kaftiga kafti bilan uradi va hamma o‘yinchi bosh barmog‘ini kursatib turadi. Bu ishora «men urdim» degan ma’noni bildiradi.


Agar u urgan o‘yinchini topsa, o‘sha o‘yinchi oldingi o‘yinchidek chakkasini ushlab turadi. O‘yin shu tariqa davom ettiriladi. Qaysi o‘yinchi ko‘p chakkasini ushlab tursa, o‘sha o‘yinchi yutqazgan hisoblanadi. O‘yinchi chakkasini ushlab turgan vaqtda boshqa urayotgan o‘yinchilarga qaramasligi shart hisoblanadi.


«PO‘K» O‘YINI

O‘yinda 2 guruh qatnashadi. Qaysi guruh o‘yinchilari oldin po‘kka o‘tirishi qur’a tashlab aniqlanadi. O‘yinni avval boshlagan guruhning bir o‘yinchisi po‘kka o‘tiradi. O‘sha guruhning yana bir o‘yinchisi uni himoya qiladi. Narigi guruh o‘yinchilari uning ustiga o‘tirib ketishadi. Qo‘riqlayotgan o‘quvchi bunga yo‘l qo‘ymasligi kerak. Agar uni raqib tomon o‘yinchilarning birortasini tutib olsa, o‘sha o‘yinchi po‘kka o‘tiradi va uni guruhdoshi qo‘riqlaydi. O‘yin shu tarzda davom etadi va qaysi guruh o‘yinchilari po‘kka ko‘p o‘tirsa, ular yutqazgan hisoblanadi.


«ARALASH» O‘YINI


Bu o‘yinda 2 o‘yinchi ishtirok etadi. Ular yerga ikkitadan yong‘oq tashlashadi va cho‘ntagidagi yong‘oq bilan uni urishadi. Kim oldin boshlashi belgilab olinadi. Yong‘oqni 5–6 metrdan mo‘ljalga olish kerak. 1-o‘yinchi yong‘oqni ura olmasa, otish navbati 2 o‘yinchiga o‘tadi. Yerdagi yong‘oq qolmagandan so‘ng yana avvalgiday yerga yong‘oq qo‘yiladi. Qaysi o‘yinchida yong‘oq qolmasa, o‘sha o‘yinchi yutqazgan hisoblanadi.



135


«CHERKAS» O‘YINI

Bu o‘yinning mazmuni quyidagicha: bir o‘yinchi yerda o‘tiradi. Boshqa bir o‘yinchi esa uni qo‘riqlaydi. Qolgan o‘yinchilar yerda o‘tirgan o‘yinchini tepmoqchi bo‘lganlarni tepishi kerak. Qo‘-riqchi qaysi o‘yinchini tepishga muvofiq bo‘lsa, o‘sha o‘yinchi erga


o‘tirishga majbur bo‘ladi. O‘yin esa shu tariqa davom etaveradi.


«ÒO‘P QOCHAR» O‘YINI


Bu o‘yinda 8 tadan 12 tagacha o‘yinchi ishtirok etishi mumkin. O‘yinchilar 2 guruhga bo‘linadi. Qur’a tashlab qaysi jamoa o‘yinni boshlashi aniqlanadi. O‘ynaladigan maydonning bir tomoniga marra chizig‘i, ikkinchi tomoniga start chizig‘i chiziladi o‘yinni birinchi bo‘lib boshlagan guruh start chizig‘da saflanadi 2-guruhdan ham 1-o‘yinchi shu chiziqda turadi va u tashlab turuvchi deyiladi. 2-guruhning qolgan o‘yinchilari maydon o‘rtasida tarqalgan holda turadi. Òashlab beruvchi to‘pni 1-guruh o‘yinchilariga tashlab beradi. U esa to‘pni 2-guruh o‘yinchilari tomon urib yuboradi va o‘zi marra chizig‘i tomon yuguradi. Marra chizig‘iga yetguncha uni to‘p bilan urish kerak. Qaysi guruhdan ko‘p o‘yinchi marraga yetib kelsa, o‘sha guruh yutgan hisoblanadi.


«PINGVINGLAR» O‘YINI


Jamoalar start chizig‘i oldida bir qatorga saflanadilar. Birinchi turgan o‘yinchilar oyoqlari orasida voleybol yoki to‘ldirma to‘pni (tizzadan yuqorida) ushlab turadilar. Ular shu holatda start chizig‘idan 10–12 metr masofada turgan bayroqchani aylanib o‘tib, orqaga qaytadilar va to‘pni jamoadosh o‘rtog‘iga uzatadi, o‘zi esa qator oxiriga borib turadi. Agar to‘p tushib ketsa, uni yana qaytadan ikki oyoq orasida ushlab turib, o‘yin davom ettiriladi. O‘yinni xatosiz va birinchi bo‘lib tugatgan jamoa g‘olib deb e’lon qilinadi.


«ÒAYOQCHADAN SAKRAB» O‘YINI


O‘yinchilar bir-biridan bir qadam oraliqda qator bo‘lib turadilar. Qatorlar orasidagi masofa 4–5 metr. Qatorlardan 10–12 metr



136


masofada bayroqchalar qo‘yiladi. Birinchi turgan o‘yinchilar qo‘lida 90–100 sm gimnastika tayoqchasi bo‘ladi. «Diqqat, marsh!» koman-dasidan so‘ng birinchi turgan o‘yinchilar oldinga yuguradilar. Bayroqchadan aylanib o‘tib, orqaga qaytadilar va tayoqchaning bir uchini ikkinchi raqamli o‘yinchiga uzatadi. So‘ngra ikkalasi tayoq-chani hamma o‘yinchilar oyog‘i ostidan olib o‘tishlari kerak. Boshqa o‘yinchilar tayoqcha ustidan sakrab, uni o‘tkazib yuborishlari kerak. Birinchi raqamli o‘yinchi qator oxirida qoladi, ikkinchi raqamli o‘yinchi davom ettiradi. Hamma o‘yinchilar mashqni bajarganlaridan keyin tayoqcha yana birinchi o‘yinchining qo‘liga tegadi, so‘ng o‘yin yakunlanadi.

Agar o‘yinchi tayoqchadan sakramasdan hatlab o‘tsa yoki tayoqchaning bir uchi baland, bir uchi past bo‘lsa yoki tushirib yuborsa, shu jamoaga shtraf ochko beriladi. Estafetani birinchi bo‘lib tugatgan va ozgina xatolarga yo‘l qo‘ygan jamoa g‘olib hisoblanadi.


«BIR-BIRIGA PESHVOZ CHIQIB» O‘YINI

(peshvoz estafeta)


O‘yinda 16 kishi ishtirok etadi. Bunda 8 kishidan iborat ikki jamoa tuzilib, har bir jamoa teng yarmiga bo‘linadi. O‘yinchilar bir-biriga qarshi saflanadilar. Maydonning bir tomonida jamoa boshida turgan o‘yinchilarga bittadan estafeta tayoqchasi beriladi (yoki tennis koptogi) «marsh» komandasidan keyin o‘yinchi yugurib ketadi. Yuguruvchilar qarshi tomonga qator boshida turgan o‘yinchiga tayoqchani berib, o‘zi qatorning oxiriga borib turadi. Òayoqchani olgan o‘yinchi oldinga yuguradi va tayoqchani qarshi tomonda turgan o‘yinchiga uzatadi va o‘yin shu tariqa davom etadi. O‘yinchilar maydonchada o‘rinlarini almashtirib bo‘lganlaridan keyin estafeta o‘yini to‘xtatiladi. O‘yinni birinchi bo‘lib tugatgan jamoa g‘olib hisoblanadi.


Variant

O‘yinchilar maydonchada o‘rinlarini almashtirib bo‘lgandan keyin ham o‘yin to‘xtamasdan davom etadi. Bunda o‘yinchilar yana qaytadan yugurib, estafeta tayoqchasini bir-biriga uzatib, oldingi o‘z joylariga qaytib kelishlari kerak.


137


«AYLANMA ESÒAFEÒA» O‘YINI

Hamma o‘quvchilar 4–5 jamoaga bo‘linadilar va doira marka-zidan boshlab yonma-yon (g‘ildirak simlarga o‘xshab) turadilar. Doira markazidan chetda turgan o‘yinchilarning qo‘lida estafeta tayoqchasi bor o‘quvchilar doira atrofida yuguradilar va doirani aylanib kelib, estafeta tayoqchasini jamoadosh o‘rtog‘iga uzatib, sherigi oxirgi, ya’ni doira markazi tomonga turadilar.


Estafetani qabul qilib olgan ikkinchi o‘quvchi doirani aylanib kelib, tayoqchani ikkinchi o‘quvchiga uzatadi va shu tariqa o‘yin davom etib keladi. O‘yinni birinchi bo‘lib boshlagan o‘quvchi doira-ning chetiga, ya’ni o‘z o‘rniga qaytib tursa va unga estafeta tayoq-chasini olib kelib bersa, u tayoqchani yuqoriga ko‘tarib, o‘yin tugaganligini bildiradi.


O‘yinni tayoqchadan tashqari basketbol to‘pida ham o‘ynasa bo‘ladi. Bunda basketbol to‘pini olib yurish mashqi beriladi.


«SHAYBANI URIB CHIQAR» O‘YINI


Uncha katta bo‘lmagan 80 sm li 2 ta doira chiziladi. Doiralar orasidagi masofa bir metri; har bir doira markaziga shayba yoki gorodok qo‘yiladi. Ikkala jamoadan bittadan o‘yinchi qo‘yiladi, chovgon yoki gimnastika tayoqchasi bilan raqib jamoasi doirasidan shaybani himoya qilish va shu bilan doirani ichiga kirmasligi kerak. Bu belashuvga 2 daqiqa vaqt beriladi, agar 2 daqiqa vaqt ichida o‘yinchilardan biri shaybani urib chiqarmasa yana bir daqiqa qo‘shimcha vaqt beriladi.


3.4. 1–2–3-SINFLAR UCHUN HARAKAÒLI


O‘YINLAR

«HARFLAR BILAN ESÒAFEÒA» O‘YINI

Uncha katta bo‘lmagan kartonlarga harflar yozib qo‘yiladi. O‘yin boshlanishidan oldin o‘yin boshi yoki o‘qituvchi har bir jamoa uchun biror-bir so‘zni ifodalovchi harflarni ajratadi, harflar start chizig‘idan 10–15 metr oldinga taxlab qo‘yiladi. Start chizig‘i oldida saflanib turgan o‘yinchilarning birinchisi bo‘lib turgan o‘yinchilar yugurib borib,



138


harflardan bittasini olib kelib, start chizig‘i ichkarisiga orqasi bilan qo‘yib qo‘yadi. Birinchi o‘yinchi harfni qo‘yganidan keyin ikkinchi o‘yinchi yugurib ketadi va u ham boshqa bir harfni olib ketadi, undan so‘ng boshqa o‘yinchilar. Oxirgi harfni olib kelib qo‘ygandan so‘ng, navbatdagi o‘yinchi harflarni o‘ngiga ag‘darib, harflardan so‘z yasab, ovozini chiqarib o‘qiydi va uni butun jamoa qaytaradi.

«USÒUNLARNI AYLANIB O‘ÒISH ESÒAFEÒASI» O‘YINI


(Òo‘ldirma to‘p, bayroqcha va boshqa predmetlardan ham foydalanish mumkin)


O‘yinchilar start chizig‘ining orqasiga ikki (uch, to‘rt) qatorga saflanadilar. O‘yinboshining signali bo‘yicha birinchi sonli o‘yinchilar ustunni aylanib o‘tadilar va iloji boricha tezroq orqaga qaytadilar va jamoadosh o‘rtoqlariga qo‘llarini cho‘zib keladilar. O‘z navbatida u yugurib kelayotgan o‘rtog‘ining qo‘liga uradi va yugurib ketadi va ustunni aylanib o‘tib, yugurib qaytadi, shunday harakatni boshqalar ham takrorlashadi. Birinchi yugurib kelgan o‘yinchi bir ochko oladi. Birmuncha vaqt o‘tgandan so‘ng ochkolar hisoblab chiqiladi va g‘olib jamoa aniqlanadi (har bir jamoaga biror nom berilsa, o‘yinga bo‘lgan qiziqish ortadi).


1-variant


Birinchi sonli o‘yinchilarga tayoqlar beriladi, ular ustunni aylanib o‘tgandan so‘ng polni yoki ustunni 3 marta uradilar va qaytib kelib tayoqchani sherigiga uzatadi. 1-variant yon tomon bilan yugurib ustunni aylanib o‘tib, qaytib keladilar yoki chalishtirma qadam bilan yuguradilar.


«DOIRADAN-DOIRAGA» O‘YINI


O‘yinchilar bir necha jamoaga bo‘linadilar va start chizig‘i oldiga saflanadilar. Har bir jamoa oldida start chizig‘idan finishgacha (10– 15m) diametri 25–30 sm bo‘lgan 10–12 ta doira chiziladi. O‘yinbo-shining signali bilan birinchi turgan o‘yinchilar doiradan-doiraga sakray boshlaydilar va finishga yetgach, orqaga yugurib qaytadilar. Birinchi bo‘lib yugurib kelganlarga va uning jamoasiga ochko beriladi. O‘yin bir necha marta takrorlangandan so‘ng ochkolar hisoblab chiqiladi, ko‘proq ochko jamg‘argan jamoa g‘olib hisoblanadi.



139


«ÒO‘XÒA» O‘YINI

O‘yinchilar doira bo‘lib turadilar va tartib raqami bilan sanay-dilar. Ulardan biri o‘yinboshi bo‘ladi. U kichkina to‘p olib o‘rtaga chiqadi. U to‘pni yerga qattiq urib, biror-bir raqamni chaqiradi. Chaqirilgan raqam to‘pga qarab yuguradi, boshqalar maydoncha bo‘ylab tarqalib ketadilar. Chaqirilgan raqam to‘pni tutib olgandan so‘ng «To‘xta!» deb qichqiradi va boshqalar shu zahoti to‘xtashlari shart, o‘yinchi to‘pni o‘ziga yaqin turgan o‘yinchiga tashlashi kerak. U esa joyidan qimirlamasdan turib to‘pni o‘ziga tekkizmaslikka harakat qiladi.


Agar to‘pni tashlagan o‘yinchi to‘pni tekkiza olmasa, to‘pga qarab yuguradi, qolganlari esa uzoqroqqa yugurib ketishadi. O‘yinboshi to‘pni tutgandan so‘ng yana «To‘xta!» deb qichqiradi va birorta o‘yinchiga to‘pni tekkizishga harakat qiladi. Òo‘p tekkan o‘yinchi o‘yinboshi bo‘ladi va o‘yin yana boshqatdan boshlanadi.


«HAYVONLAR ÒILI» O‘YINI

Karton yoki fanerga bo‘ri, ayiq, tulki, quyon kabilarning rasmini chizib biror yerga osib qo‘yiladi. Har bir rasm qarshisida 4–3 m masofada jamoalar qator bo‘lib turadi. Har qaysi bola to‘pni 12–16 martadan shu hayvonlar rasmiga otib tekkizishga harakat qiladi. Kim to‘pni nishonga (rasmga) ko‘p tekkizsa, shu jamoa g‘olib hisoblanadi.


«QUSHCHALAR, INLARINGIZGA KIRINGIZ»


O‘YINI

O‘yinchilarning qo‘llarida bittadan turli rangga bo‘yalgan faner doirachalar bo‘ladi. Bular qushchalarning inlari. Safda turgan har bir o‘quvchi o‘ziga bittadan «in» tanlab oladi. Rahbarning birinchi signali bilan (chapak chalish) hamma o‘z «inidan» «uchib chiqadi» va yugurib yuradi. Ikkinchi signal bilan: «Kalxat kelyapti» ishorasi berilgach, hamma o‘z «in»i atrofiga tez «yugurib» keladi. Kechikib qolganlar jarima ochko oladi. Boshqalarning «ini»ga kirishga ruxsat etilmaydi.


140


«AYIQ QARAG‘AYZORDA» O‘YINI

Maydonchaning bir tomoniga doira chizib, ayiq ini yasaladi. Uning ikkinchi tomonidan bolalar o‘ynaydigan uychalar bo‘ladi. Bolalar uychalaridan chiqib ayiq ini tomon borayotib, quyidagi so‘zlarni aytadilar: «Biz ayiqning uyidan qo‘ziqorin, asal, mevalar olamiz». Ayiq ularga qarab o‘kiradi va inidan yugurib chiqib, bolalarni tuta boshlaydi. Bolalar esa o‘z uychalariga kirib olishga harakat qiladilar. Ushlangan bolalarni o‘z inining oldiga olib borib qo‘yadi. Ularning soni 4–5 taga yetgandan so‘ng boshqa ayiq (onaboshi) saylanadi. Qo‘lga tushgan bolalar ayiq ini oldida yangi ayiq – o‘yinboshi saylanguncha turishi shart.


«KALÒAKESAK» O‘YINI


O‘yinchilar teng ikki jamoaga bo‘linadilar. Jamoalardan biri qo‘llarida to‘p bilan aylana tashqarisida joylashadi, ikkinchisi «kaltakesaklar» aylana ichida bir qatorli qatorda turadi (ular oldinda turgan o‘rtoqlarining tirsaklaridan ushlab turadi). Doira tashqarisida turgan o‘yinchilar to‘pni bir-birlariga uzata boshlaydilar, qatorning oxirida turgan o‘yinchiga tekkizishga harakat qiladilar. Qatorda turgan o‘yinchilar bir-birlarini ushlashib, qator oxiridagi o‘yinchini himoya qilib yuradilar. Òo‘p tekkan o‘yinchi o‘yindan chiqadi. So‘ngra qator oxirida turgan o‘yinchiga to‘p tekkizish mumkin bo‘ladi va hokazo. O‘yin hamma o‘yinchilar qo‘lga tushmaguncha davom etadi. Keyin esa jamoalar o‘rin almashadilar. Qisqa vaqt ichida hamma o‘yinchilarni tutib olgan jamoa g‘olib hisoblanadi. Òo‘pni beldan pastga urish kerak bo‘ladi. Beldan yuqoriga ursa, o‘yindan chiqmaydi.


«ARG‘AMCHI OYOQLAR ÒAGIDAN ESÒAFEÒA» O‘YINI


O‘yinchilar bir safdan ikkita qator bo‘lib turadilar. Qatorlarning o‘rtasidagi masofa 2 m. Qator boshida turgan birinchi o‘yinchining qo‘lida kichkina arg‘amchi bo‘ladi. O‘qituvchining signalidan keyin birinchi o‘yinchi arg‘amchining bir uchini orqada turgan ikkinchi o‘yinchiga berib, o‘zi boshqa uchidan ushlab turadi va birgalashib qatorda turgan o‘yinchilarning oyoqlari tagidan olib o‘tadilar. Qatorda



141


turganlar arg‘amchi ustidan sakrab o‘tadilar. Birinchi o‘yinchi kolonna orqasida qoladi, ikkinchisi oldinga yugurib borib arg‘am-chining bo‘sh uchini uchinchi o‘yinchiga beradi, qatorda turgan o‘yinchilar arg‘amchini oyoqlari tagidan o‘tkazadilar.

Ikkinchi o‘yinchi qator orqasida qoladi, uchinchi o‘yinchi oldinga yugurib boradi va arg‘amchi uchini to‘rtinchi o‘yinchiga beradi va hokazo. O‘yin hamma o‘yinchilar arg‘amchini qator oxirigacha oyog‘i tagidan o‘tkazib bo‘lmagunlaricha davom etadi. Birinchi o‘yinchi yana o‘z joyiga – qatorning boshiga kelib, qo‘lidagi arg‘amchini olib yuqoriga ko‘targandan keyin o‘yinning g‘olibi hisoblanadi. Arg‘amchi ustidan sakragandan keyin har bir o‘yinchi bir qadam oldinga o‘tadi.


«SAKRASH ELEMENÒLARI BILAN ESÒAFEÒA»

O‘YINI

O‘yinchilar 2–3 jamoaga bo‘linadilar. Har bir jamoa o‘yinchilari bir kishilik qatorlarda turadi. O‘qituvchining signali bilan birinchi turgan o‘yinchilar belgilab qo‘yilgan joyga bir oyoqlab sakrab bora-dilar va orqaga qaytib kelib, estafeta tayoqchasini ikkinchi o‘yinchilar birinchi o‘yinchilarning bajargan ishlarini qaytaradilar va hokazo. Estafetani birinchi bo‘lib tugatgan jamoa g‘olib hisoblanadi.

«XO‘ROZLAR JANGI» O‘YINI


Maydoncha yoki zalning o‘rtasiga diametri 3–4 m keladigan doira chiziladi. O‘yinchilar ikki jamoaga bo‘linib, doira atrofida bir-biriga qarama-qarshi ikki qatorli safda turadilar. Har bir jamoadan bittadan sardor saylanadi va ularning har qaysisidan bittadan «xo‘roz»ni doira o‘rtasiga taklif qilishadi. «Xo‘rozlar» bir oyoqda qo‘llarini orqasiga qo‘yib turadilar. O‘qituvchining signalidan so‘ng «xo‘rozlar» bir oyoqlab sakrab, elka bilan bir-birlarini doiradan chiqarib yuborishga yoki safni ikki oyoqda turishga majbur qilishga urinadilar. G‘olib chiqqan o‘yinchi o‘z jamoasiga bir ochko keltiradi. So‘ng doira o‘rtasiga keyingi juft «xo‘rozlar» chiqadi va hokazo. Hamma o‘yinchilar «xo‘roz» rolida o‘rtaga tushib bo‘lgunlaricha o‘yin davom etadi. Ko‘proq ochko olgan jamoa o‘yinda g‘olib chiqadi.



142

«YO‘LDAN SAKRASH» O‘YINI

Maydonchaga har birining kengligi 50 sm keladigan 7–8 ta yo‘llar chiziladi. Start chizig‘i bilan birinchi yo‘l orasidagi masofa 40 sm, birinchi yo‘l bilan ikkinchi yo‘l oralig‘i 50 sm, ikkinchi bilan uchinchi yo‘l orasidagi masofa 60 sm. O‘yinchilar to‘rtta jamoaga bo‘linib, bir qatorli jamoa start chizig‘ining orqasida turadilar. O‘qituvchining signalidan keyin jamoalarning birinchi o‘yinchilari yo‘ldan ikkinchi-siga, ikkinchidan uchinchisiga chiziqlarni bosmasdan sakrab o‘tadilar. Vazifani aniq, xatosiz bajargan o‘yinchi 1 ochko oladi. Ko‘p ochko to‘plagan jamoa g‘olib hisoblanadi.


«ANIQ NISHONGA» O‘YINI


Basketbol maydonchasida otish uchun ikkita chiziq chiziladi: birinchisi shitdan 10 m narida – qizlar uchun, ikkinchisi 15 m narida – o‘g‘il bolalar uchun. O‘yinchilar ikki jamoaga bo‘linadilar. Òarbiyachining komandasidan keyin har bir jamoadan bittadan o‘yinchi chiqib otish chizig‘iga turadi. Ular uchtadan to‘ldirilgan to‘p yoki tennis to‘pini olib, uni basketbol shitining chizilgan to‘rtbur-chagi o‘rtasiga tekkizishga harakat qiladi. Òo‘rtburchakning o‘rtasiga tekkizgan o‘yinchi 2 ochko, shitiga tekkizgan o‘yinchi 1 ochko oladi. Keyingi o‘yinchilar to‘plarni olib, otish chizig‘iga turadilar va otishni davom ettiradilar. Ko‘proq ochko to‘plagan jamoa yutgan hisob-lanadi.


«MIÒÒILAR VA NORGULLAR» O‘YINI


Bolalar doira hosil qilib turadilar (o‘yinchilarning qancha bo‘lishi cheklanmaydi). O‘qituvchi o‘yinchilar bilan quyidagicha kelishib oladi: agar u «norgullar» desa, hamma o‘yinchilar oyoq uchida turib, bo‘ylarini cho‘zishlari va qo‘llarini yuqoriga ko‘tarishlari kerak, agar u «mittilar» desa, hammalari cho‘qqayib, tizzalarini quchoqlab o‘tirishlari lozim. O‘qituvchi bu o‘yinni avvalo bolalar bilan bir necha marta takrorlab mashq qiladi. Hamma o‘yinchilar «norgullar» deganda, qanday harakatlarni bajarish, «mittilar» deganda, qanday harakatlar qilish kerakligini esda tutib qolishlari lozim. Yanglishgan o‘yinchi yutqazgan hisoblanadi. Yutqazgan o‘yinchi biror-bir topshi-



143


riqni bajarishi kerak bo‘ladi (topishmoq topish, ashula aytib berish, o‘yiniga tushish va hokazo). O‘yinda o‘qituvchining o‘zi o‘yinboshi rolida bo‘lishi kerak.

«DOIRAGA ÒORÒ» O‘YINI


Maydonchaning o‘rtasiga diametri 1 va 2 m keladigan ikkita doira chiziladi. Hamma o‘yinchilar qo‘llarini mahkam ushlab olib katta doira atrofida turadilar. O‘qituvchi signal berishi bilan o‘yin-chilar goh chap tomonga, goh o‘ng tomonga harakat qilishadi. Ikkinchi signal berilishi bilan o‘yinchilar joyida to‘xtab yonlaridagi o‘yinchini doira ichiga qo‘llarini qo‘yib yubormasdan tortib tugatish-ga harakat qiladilar. O‘yinchilar qo‘llarini qo‘yib katta doiragacha sakrab o‘tadilar. Doira ichiga qadam qo‘ygan o‘yinchi o‘yindan chiqadi. So‘ng signal berib o‘yin takrorlanadi. Doira atrofida ay-lanayotganda qo‘llarini qo‘yib yuborgan o‘yinchilar ham ochko yut-qazadilar. Biror marta ham ichiga tushmagan o‘yinchi o‘yinda g‘olib hisoblanadi.


«MUVOZANAÒNI YO‘QOÒMA» O‘YINI


O‘yinchilar qarama-qarshi turib bir-birlariga qo‘llarini uzatgan, tovon juftlangan holda turadi. Qo‘llarni ko‘krak ro‘parasida cho‘zib, bir-birlarining kaftlariga bir qo‘llab yoki ikki qo‘llab uradilar. Qo‘llarini yon tomonga ochib raqibining turtishlariga yoki urishlariga chap berishga harakat qiladilar. Kimda-kim joyidan qo‘zg‘alsa o‘yinchi yutqazgan hisoblanadi.


«G‘OZLAR VA OQQUSHLAR» O‘YINI


Maydonchaning (zal) bir tomonida g‘ozlar bilan oqqushlarni qamash uchun qo‘ra bo‘ladi. Qarama-qarshi tomonda «tog‘», uning orqasida «bo‘ri» turibdi. Maydonchaning qolgan qismi dala. O‘yin qatnashchilari orasidan «parrandachi» va «bo‘ri» tayinlanadi, qolgan-lar – «g‘ozlar» bilan «oqqushlar». O‘yin boshlanishidan oldin «g‘ozlar» bilan «oqqushlar» qo‘rada joylashadilar, «bo‘ri» tog‘ ortida «parrandachi» dalaga ketadi. «Parrandachi» «g‘ozlar oqqushlar»ga murojaat qiladilar: «g‘ozlar» va «oqqushlar» javob qaytaradilar: «G‘a-



144


g‘a-g‘a». «Parrandachi so‘raydi: «Ovqat yegingiz keldimi?», – javob: «Ha-ha-ha», «Bo‘lmasa hammangiz dalaga uchib kelinglar» – «parrandachi» «g‘ozlar oqqushlar» dalaga uchib kelishadi va maysa-larni cho‘qishadi. «Parrandachi» 20–30 sekunddan so‘ng «g‘ozlar va oqqushlar tog‘ ortida bo‘ri turibdi»: – deydi. «G‘ozlar va oqqush-lar» so‘raydi: «U nima qilyapti?», «G‘ozlarni tutyapti»: – javob beradi, «parrandachi». «Qanaqa g‘ozlarni?» – «Kulrang, oppoq har xilidan, tezroq uyga uchinglar». Bu gapni eshitgan «g‘ozlar va oqqushlar» qor’aga uchib ketadilar, «bo‘ri» esa tog‘ ortidan chopib chiqib «g‘oz va oqqushlar»ni tutishga harakat qiladi. Òutilganlarni tog‘ ortiga olib ketadi. O‘yin 2–3 marta o‘ynaladi, shundan so‘ng «bo‘ri» va «parrandachi» qaytadan tayinlanadi.

«IKKI AYOZ» O‘YINI


Ikkita o‘yinboshi – «ayozlar»dan tashqari hamma o‘yinchilar maydonchaning (zal) bir tomonida turadilar «Ayozlar» maydon o‘rtasida turib o‘yinchilarga qarab shunday deydi:


Bir-ikki yosh navqiron,


Aka-uka pahlavon.


Men qizilburun ayoz,


Men yashil burun ayoz,


Yo‘ldan o‘tuvchi chaqqon


Sizda bormi hech polvon?


– deydilar.


Bolalar bunga javoban:


Biz xatardan qo‘rqmaymiz,


Ayozlardan qo‘rqmaymiz.


deb, – maydonchaning (zal) narigi tomoniga chopib o‘tadilar.


2–3 yugurishdan so‘ng «ayozlar» o‘zgartiriladi.


«SIGNALNI ESHIÒ» O‘YINI


Bolalar bir qatorda kolonna bo‘lib yuradilar. O‘qituvchi oldidan shartlashib olgan signallar: bayroqchalar siltash yoki hushtak, chapak chalish orqali ishora qiladi. Masalan, agar o‘qituvchi yashil



10 – Xo‘jayev, P. 145



bayroqchani ko‘tarsa, o‘quvchilar yuradi, ko‘k bayroqchani ko‘tarsa, yuguradi, agarda qizil bayroqchani ko‘tarsa, to‘xtaydi. Xato qilgan o‘quvchi qator oxiriga borib turadi. Agar o‘yinda ko‘rsatish signalla-ridan foydalanilsa, uning «signalga qara», deb atash lozim. Bunday holda o‘qituvchi maydoncha yoki zalning shunday joyini tanlash kerakki, u barcha o‘quvchilarga ko‘rinib tursin. Oldindan shartlashib olingan eshitish va ko‘rish signallari yurishdan-yugurishga va yugurish-dan-yurishga o‘tish uchungina emas, balki o‘quvchilar tomonidan boshqa turli harakatlar – qo‘llar, oyoqlar, gavda bilan qilinadigan harakatlar, ikki, bir oyoqda tepsinish, cho‘qqayishlar, tayanib cho‘qqayish va boshqalarni bajarishda ham beriladi.

«FIGURALAR» O‘YINI


O‘yinchilardan biri o‘yinboshi bo‘ladi. U o‘qituvchi ko‘rsatgan yerda turadi. O‘qituvchining signali bo‘yicha barcha bolalar zal bo‘ylab har tomonga chopib ketadilar va o‘ynaydilar. Ikkinchi signal bo‘yicha barcha o‘yinchilar to‘xtaydilar, u yoki bu holatga kiradilar va shu holatlarda qotib turadilar. Uchinchi signal bo‘yicha o‘yinboshi figuralar orasida yuradi va qimirlagan o‘quvchiga qo‘l tekkizadi. Shundan so‘ng o‘yin qaytadan boshlanadi, o‘yinboshi qo‘l tekkizgan o‘quvchi o‘yinboshi bo‘ladi. Sobiq o‘yinboshi o‘yinchilarga qo‘shi-ladi. O‘yin oxirida o‘qituvchi qiyin holatda turgan va biror marta ham qimir etmagan bolaning harakatini qayd etadi.


«MUSIQA – ILONLAR» O‘YINI


O‘yinchilar uch jamoaga bo‘linib, bir qatordan qatorga saflana-dilar. Har bir qatorning o‘z kuyi (marsh, vals, polkasi) bo‘ladi kuy o‘yin oldidan 1–2 marta takrorlanadi. So‘ngra o‘qituvchining signaliga binoan kuylardan biri ijro etiladi. Òegishli kuyga ega bo‘gan «ilon» (jamoa) musiqa ostidan turli yo‘nalishlarda turli xil hatti harakatlar qilib yuradi. So‘ngra musiqa sadosi qayerdan uzilsa, «ilon» shu joyda qimir etmay turadi.


Ikkinchi va uchinchi «ilonlar» ham shunday qiladilar. Shu tariqa o‘yinni takrorlash mumkin. O‘qituvchining signali bo‘yicha «ilonlar» tezda o‘zlarining oldingi joylariga borib saflanadilar, birinchi bo‘lib saflangan jamoa g‘olib chiqadi.



146


«PARASHYUÒCHILAR» O‘YINI

O‘yinchilar 2–3 «Parashyutchilar» jamoasiga bo‘linadilar, jamoa-lar soniga qarab gimnastika skameykalar – samolyotlar bo‘ladi, ular bir-biridan 1,5–2 m uzoqlikda joylashtiriladi. Har qaysi skameykaning uchida diametri 30–40 sm keladigan doira chiziladi, bu sakrab turish joyi bo‘ladi. «Samolyot»ning har bir qo‘nish joyida hakam turadi (o‘yinda ishtirok etmaydigan o‘quvchilar). O‘qituvchining birinchi signal berishi bilan jamoalar skameykaga chiqadilar, ya’ni samolyotga o‘tiradilar. Ikkinchi signal berilishi bilan «parashyutchilar» aniq qo‘nishga harakat qilib, «samolyotdan» bittadan sakray boshlay-dilar, hakamlar qo‘nishning aniq va to‘g‘riligiga baho beradilar. Agar «parashyutchi» belgilangan doiraga tushib muvozanatni saqlagan holda qaddini rostlab, doiradan chiqsa, «parashyut»dan tashlash aniq va to‘g‘ri bajarilgan hisoblanadi va bu jamoaga bir ochko beriladi. Eng ko‘p ochko to‘plagan jamoa g‘olib hisoblanadi.


«IKKINCHISI ORÒIQCHA» O‘YINI


Hamma o‘yinchilar doira qurib markazga qarab turadilar. Doira ortida ikki o‘yinboshi: biri qochadi, ikkinchisi quvadi. Qochayotgan o‘quvchi doiradagi biror o‘yinchining oldiga turib oladi. Uning orqasida turib qolgan o‘yinchi qochadi. Agar quvlovchi uni tuta olsa, ular rollarini almashadilar.


«ÒO‘P – O‘RÒADAGI O‘YINCHIGA» O‘YINI


O‘yinchilar bir necha doiralar hosil qiladilar va har birining o‘rtasida o‘yinchi turadi va to‘pni navbati bilan jamoadagi o‘rtoq-lariga tashlaydi, ular to‘pni unga qaytaradi. Òo‘pni oxirgi o‘yinchilar qabul qilib olgach, o‘rtadagi o‘yinchi to‘pni yuqoriga ko‘taradi. Birinchi bo‘lib to‘p uzatgan jamoa o‘yinda g‘olib chiqadi.


«O‘RÒOQ KOMANDIR» O‘YINI


Barcha o‘yinchilar safga saflanadilar, o‘qituvchi signal bilan komanda beradi. Mashqlarni bajarishni taklif etadi, savollar beradi. Bolalar topshiriqni faqat o‘qituvchi komandasi yoki signalini «o‘rtoq



147


komandir» so‘zlari bilan boshlagandagina bajaradilar. Xato qilgan o‘yinchi chap qanotga o‘tib turadi.

«YUGURUVCHI KIYIK» O‘YINI


O‘quvchilar teng ikki guruhga bo‘linadilar, ularning bir guruhi «kiyiklar», bir guruhi ovchilar bo‘ladi. «Kiyiklar» qatorga saflanib, zalning o‘ng tomoni pastidan o‘ng burchakka yuz o‘girib turadilar, ovchilar zalning yuqorisida o‘ng tomondan o‘rtaga qarab turadilar. Har bir ovchining qo‘lida bittadan tennis to‘pi bo‘ladi, «kiyiklar» zalning past tomonida turadi. «Kiyiklar» yo‘lidan 2–3 m narida o‘quvchilar yo‘li belgilab qo‘yiladi. Shu uyning o‘rtasida ovchi turadi. U «kiyiklar»ni kuzatadi. Ovchi o‘z turar-joyini egallagandan so‘ng «kiyiklar» past tomondan chap burchakka qarab chopa boshlaydi. Ovchi harakat yo‘lida yurib, «kiyik» otishga, «kiyik» esa o‘quvchidan qochib ketishga harakat qiladi. Ovchi yetib olgach, qisqa yo‘l bilan o‘z o‘yinchilari tomon yuradi va safning chap tomoniga borib turadi. Uning o‘rnini boshqa o‘yinchi egallaydi. «Kiyik» esa to‘pni olib, o‘z qatorining oxiriga borib turadi. Ovchiga chap bergan «kiyik» g‘olib bo‘lgan hisoblanadi. O‘yin takrorlanganda o‘yinchilar o‘rinlarini almashtiradilar.


«KIM MERGAN?» O‘YINI


O‘yinchilar 6–8 qatorli qatorlarga saflanadilar. Qatorlardan 2 m naridagi kursilarga voleybol to‘plari qo‘yilgan bo‘ladi. Qatorlarda birinchi turgan o‘yinchilarda kichik to‘plar bo‘ladi. O‘qituvchi signal berishi («Qani, boshla», «O‘t ochilsin») bilan qatorlarning boshida turgan o‘yinchilar katta to‘pni urib tushirish uchun o‘z to‘plarni unga qarab otadilar va o‘z to‘plarini keyingi o‘yinchiga beradilar va o‘zlari qatorning ketiga borib turadilar. Katta to‘pni urib tushirgan o‘yinchi g‘olib hisoblanadi. So‘ngra ikkinchi, keyin uchinchi va hokazo o‘yinchilar to‘p otishni davom ettiradilar.


«YOMG‘IR» O‘YINI


Maydonga yoki zalning qarama-qarshi tomoni orasida 12–15 m masofa qoldirilib, bir tomonda «uy», ikkinchi tomonda «maktab» chiziq bilan ajratiladi. «Uy» bilan «maktab» oralig‘i «ko‘cha» bo‘ladi. O‘yinboshi – «yomg‘ir» ko‘chada sayr qilib yuribdi. Qolgan barcha



148


o‘yinchilar «uy» chizig‘ining ichida turadilar. O‘yinboshi – «yom-g‘ir» o‘yinchilardan: «Yomg‘irlardan qo‘rqmaysizlarmi?» – deb so‘raydi. Hamma o‘yinchilar baravariga: «Yo‘q, qo‘rqmaymiz», deb javob beradilar-da «uy»dan «maktab»ga yuguradilar. O‘yinboshi yugurib ketayotganlarni quvlaydi, hamma o‘yinchilar «maktabga» borganlaridan keyin «yomg‘ir» yana bolalarga murojaat qiladi. Ular yana javob berib, o‘z «uy»lariga yugurib o‘tadilar. 6–8 kishi ushlangandan keyin o‘yin tamom bo‘ladi, so‘ngra qo‘lga tushmaganlar orasidan yangi o‘yinboshi saylanadi.

«ÒO‘PLAR POYGASI» O‘YINI


Hamma o‘yinchilar doira hosil qilib turadilar. Doirada bir-biriga qarama-qarshi turgan ikki o‘yinchiga voleybol to‘pi beriladi. O‘qituvchi signal bergach, to‘p ushlab turgan o‘yinchilar to‘pni o‘z yonlaridagi o‘quvchiga uzatadilar. U to‘pni olib o‘z navbatida yoni-dagi o‘quvchiga uzatadi va hokazo. Agar o‘yinchilar ko‘p bo‘lsa, ular ikki doiraga bo‘linadi. Bunda har qaysi doiradagi o‘yinchilar o‘zlari mustaqil o‘ynashlari mumkin.


«QOPQON» O‘YINI


O‘yinchilar oralarida ikki qadam qoldirib doira hosil qilib turadilar. Har qaysi 6 yoki 8-o‘yinchi (o‘yinchilarning soniga qarab) o‘zining o‘ng tomonidagi o‘rtog‘ining qo‘lini ushlab birgalikda yuqoriga ko‘tarib, darvoza – «qopqon» hosil qiladilar. O‘qituvchining signalidan keyin o‘yinchilar o‘ng tomonga burilib, doira bo‘ylab turadilar va yo‘llaridagi hamma «qopqon»lardan yugurib o‘tadilar. Ikkinchi signal berilishi bilan «qopqon»lar bekiladi (qo‘l ushlashib turgan juftlar qo‘llarini pastga tushiradilar), tutilgan o‘yinchilar («qopqon» ichida qolganlar) doira o‘rtasiga chiqadilar. Ulardan yangi juftlar tashkil qilinadi, yangi juftlar ham qo‘l ushlashib, doiraning har xil joylarida turadilar. O‘yin 5–6 o‘yinchi qolguncha davom etadi. Mana shu qolganlar o‘yinda g‘olib chiqadilar.


«CHO‘PON» O‘YINI


Maydonchaning ikki qarama-qarshi tomoniga chiziq chiziladi. O‘yinchilar ikki jamoaga bo‘linib, har bir jamoa bir-biriga qarab maydonning



149


ikki tomonidagi chiziq orqasida turadi. Birinchi (o‘yin boshlovchi) jamoaning har bir o‘yinchisida bir varaqdan qog‘oz va tasma bo‘ladi. Birinchi jamoaning onaboshisi ikkinchi jamoaning onaboshisiga qarab: «Cho‘pon, cho‘pon», deydi. Ikkinchi jamoa onaboshisi: «Sening podang ketib qolgan», deydi. «Mening podam oldiga yetib bordi», deb so‘raydi birinchi jamoa onaboshisi. Ikkinchi jamoa onaboshisi javob berayotib, birinchi jamoadan istagan bir bolaning ismini aytadi, masalan: «Sening podang Karimning oldiga yetib bordi», deydi. Ikkala jamoa o‘rin almashadilar, bu paytda ikkinchi jamoa o‘yinchilarni Karimni ushlashlari, ya’ni unga qo‘l tegizishlari, birinchi jamoa o‘yinchilari esa Karimni qutqarishlari, ya’ni yugurib o‘tish paytida unga tasma berishlari kerak. Har ikkala jamoa teng sonda o‘yinni boshlab berish uchun o‘yin 4–6–8 marta takrorlanishi kerak. O‘yinchilar soni ko‘p bo‘lib qolgan jamoa o‘yinda g‘olib hisoblanadi.

«SEMIR, PUFAGIM» O‘YINI


Hamma o‘yinchilar yonma-yon bo‘lib, qo‘l ushlashib doira hosil qilib turadilar. Bolalar: «Semir, pufagim, kattaroq semir, yorilmasdan shunday tur», deb doiraning kengaytira boshlaydilar. Doira yetarlicha kengaygandan keyin o‘qituvchi: «Pufak yorildi», deydi. Bolalar qarsak urib, o‘tirib oladilar. O‘qituvchi o‘yinchilardan birini – «yamoq-chi»ni «pufakni yamash» uchun yuboradi. U doira bo‘lib yugurib har bir o‘yinchiga qo‘l tekkizadi. «Yamoqchi»ning qo‘li tekkan bola o‘rnidan turadi. «Yamoqchi» hamma o‘yinchilarga qo‘l tekkizib bo‘lganidan keyin bolalar yana qo‘l ushlashib turadilar. O‘qituvchi: «pufak yel chiqaryapti», deydi. Bolalar «p-s-s-s-s-s», degan tovush chiqarib old tomonga qarab yuradilar va shu bilan doirani (pufak) toraytiradilar. Bunda avvalo so‘zlarni o‘rganib, so‘ng esa baravar aytish va baravar qarsak chalish zarurligi tushuntiriladi.


«QUVLASHMACHOQ» O‘YINI


Maydon chiziq bilan chegaralanib chiqiladi. Bitta onaboshi – quvlovchi tayinlanadi. Boshqa o‘yinchilar uning atrofida doira hosil qilib turadilar. Quvlovchi: «Bir, ikki, uch!» deydi. Hamma bolalar har tomonga yugurib ketadilar va xavf tug‘ilgan paytda o‘tirib olishlari mumkin, o‘tirib olganlarni quvlovchi tutmaydi. Quvlovchi tutib olgan bola onaboshi bo‘ladi. O‘yinni istagancha vaqt o‘ynash mumkin.



150


Bu o‘yinning «Sakrash bilan quvlashmachoq» variantini ham o‘ynash mumkin. Bu ham yuqorida ta’riflangandek o‘ynaladi. Faqat farqi – bir oyoqda sakragan bola bunda tutilmaydi.

«QO‘L USHLASHIB QUVLASHMACHOQ» O‘YINI


O‘yin uchun maydonning hamma tomoni chiziq bilan chegaralanadi va u maydonning o‘rtasida turadi. Hamma o‘yinchilar uning atrofida turadilar. O‘yinboshi baland ovoz bilan: «Men quvlovchi», deydi. O‘yinchilarning hammasi maydon bo‘ylab tarqalib yuradi. Quvlovchi bir o‘ynovchini tutib olmoqchi bo‘ladi. Xavf tug‘ilgan paytda (quvlovchi unga yetib qolsa) u «qo‘lingni ber», deb o‘rtog‘ini yordamga chaqirishi mumkin. Qo‘l ushlashib olganlar tutilmaydi. Agar qo‘l ushlashib olishidan oldin tutib olsa, onaboshi o‘z rolini shu tutilgan bola bilan almashadi. Agar o‘yinboshi ancha vaqtgacha hech kimni tuta olmasa, charchab qolmasligi uchun boshqa onaboshi tayinlanadi.


«KO‘ZBOYLOG‘ICH» O‘YINI


O‘yinchilar doira qurib o‘tiradilar. Ulardan biri onaboshi qilib tayinlanadi, u davraning tashqarisida turadi. Bolalar ko‘zlarini yumib o‘tiradilar, onaboshi esa doira atrofida aylanib yurib, sekingina bir bolaning orqasida to‘xtaydi. Onaboshining yurishiga bolalar quloq solib o‘tiradilar. Orqasiga onaboshi kelib to‘xtaganini payqagan o‘quvchi qo‘lini ko‘tarishi va buni o‘qituvchiga aytishi kerak. Agar bola to‘g‘ri topsa onaboshi o‘rin almashadi. Agar topolmasa, o‘yin davom ettiriladi.


«XURMACHA BOG‘I» O‘YINI


O‘yin maydoncha yoki zalda o‘tkaziladi. O‘yinchilar qo‘l ushlashib, bir-birlariga qarab ikki doiraga bo‘linib, ikki qator bo‘lib turadilar. Har bir doirada 12–13 o‘quvchi bo‘ladi.


Bolalar doira bo‘lib, qarama-qarshi tomonga qarab aylanib turadilar va quyidagi so‘zlarni qo‘shiq qilib aytadilar.


Xurmacha bog‘i,


Òo‘kilsa yog‘i.


Òo‘kilsa mayli


Xolamning iti bor,



151


Qulog‘ida xoli bor,

Xoli, xoli, xash-tu-tu.


O‘yinchilar oxirgi so‘zni aytib bo‘lishlari bilan o‘tirib olishlari kerak. Kim keyin qolsa (keyin o‘tirsa), ichkaridagi doira o‘rtasiga tushib, birorta topshiriqni bajaradi: ashula aytadi, o‘ynab beradi yoki biron-bir she’r aytib beradi. Yutqazgan bola topshiriqni bajarib bo‘lganidan keyingina o‘yin davom ettiriladi. Agar o‘yinchilar soni ko‘p bo‘lsa, bir necha doira hosil qilib o‘ynash mumkin.


«QUÒQAR» O‘YINI


Maydonchaning ikki qarama-qarshi tomoniga chiziq tortiladi. Hamma o‘yinchilar maydonchaning bir tomonidagi chiziq orqasida turadilar. Maydonchaning ikki yon tomoniga – markaz to‘g‘risiga kichik doirachalar chiziladi. Har bir doirada ikkitadan tutuvchi o‘yin-chi turadi. O‘qituvchi: «Bir, ikki, uch, yugurib!» – deyishi bilan hamma o‘yinchilar yugurib, qarama-qarshi tomondagi chiziq orqasiga o‘tib oladilar. Òutuvchilar doiradan chiqib, yugurib o‘tayotganlarga qo‘l tekkizishga harakat qiladi. Òutuvchining qo‘li tekkan bola, u bilan doiraga borib turadi. Qaytib avvalgi joyiga yugurish vaqtida o‘yinchilarni tutilgan o‘rtoqlarini qutqarishga (qo‘l tekkizishga) va tezda yugurib o‘tirishga intiladilar. Ikki, uch, to‘rt marta u yoqdan-bu yoqqa yugurib o‘tilgandan keyin o‘yin yakunlanadi: tutuvchi-larning qaysi biri ko‘proq o‘yinchini tutgani, kim o‘rtog‘ini qutqargani, kim biror marta qo‘lga tushmagani aniqlanadi. So‘ng boshqa tutuvchilar tayinlanib, o‘yin davom ettiriladi.


«QADAMA TAYOQ» O‘YINI


O‘yinga tayyorlanish. O‘yinda merganlik, chaqqonlik, mo‘ljalga olish, aniqlik bilan harakat qilish xislatlari tarbiyalanadi. Har bir o‘yinchida tayoq bo‘lishi kerak. Òayoq uzunligi o‘quvchining yoshiga qarab belgilanadi. Uning diametri 3–5 sm, uzunligi 80 dan 110– 120 sm gacha bo‘lishi mumkin.


O‘yin tavsifi. O‘yinni boshlash uchun o‘yinboshi hamma tayoqlarni yig‘ib oladi va boshdan oshirib orqasiga tashlaydi. Kimning tayog‘i eng yuqorida (tayoqning ustida) bo‘lsa, shu tayoq egasi



152


boshlovchi, eng tagidagi tayoq egasi esa 8–10 m masofaga borib tayog‘ini yerga qadiydi. Òayoqlar tashlanganidan so‘ng boshlovchi aniqlanadi. Qolganlar ham kelishilgani kabi tayog‘ini yerga qaday-dilar. O‘yinboshining ko‘rsatmasi bilan boshlovchi belgilangan joyda turib tayoqni mo‘ljalga oladi va uni urib yiqitishga harakat qiladi. Agar yiqita olsa, navbatdagi o‘yinchi urinib ko‘radi. O‘yin tayoq yerga ag‘anaguncha davom etadi. Kim tayoqni urib yiqitsa g‘olib hisoblanadi.

O‘yin qoidalari. 1. Òayoq yerga qadalishi lozim. 2. O‘yin o‘yinbo-shining doimiy va qat’iy nazorati ostida bo‘lishi kerak. 3. Òayoq uloqtirishda xavfsizlik choralari ta’minlanishi, ya’ni qolgan o‘yinchilar uloqtiruvchidan 4–5 m uzoqlikda bo‘lishi kerak. 4. Faqat o‘yinboshining ko‘rsatmasi bilan tayoqni uloqtirish va yig‘ib kelish mumkin. Qadalgan tayoq egasi tayog‘idan 5–6 sm narida uloqtiruvchi harakatlarini kuzatib turishi shart.


Pedagogik ahamiyati. O‘yinda merganlik, mo‘ljalga olish, aniq harakat qilish malakalari tarbiyalanadi. O‘yinda sezgirlik, tezkorlik, chaqqonlik sifatlari rivojlantiriladi. O‘yinning o‘ziga xos harakati aniq nishonga olish.


«URIB QOCHDI» O‘YINI


O‘yinga tayyorlanish. O‘yin yoshlarni chaqqonlikka, tezkorlikka hamda oyoq va qo‘llarini o‘zaro muvofiq ishlatishga o‘rgatadi. O‘yin uchun bir dona ko‘rpacha, 10 m li arqon tayyorlanadi. O‘yin guruh yoki jamoaga bo‘linish bilan boshlanadi. O‘yinchilarning hammasida ro‘mol bo‘lishi lozim.


O‘yin tavsifi. Bir kishi maysa yoki chimzor ichiga yotadi va uning ustiga ko‘rpa yopilib, qo‘liga 10 m arqon tutqaziladi. Arqonning bir uchi qo‘riqchida bo‘ladi. Qo‘riqchida (hakam yoki o‘yinboshi vazifasini bajaradi) ham durra bo‘ladi. Jamoalar navbat bilan yotgan o‘yinchini durra bilan uradi yoki oyog‘i bilan tepadi. U kimni durra bilan ursa yoki oyog‘i bilan tepsa, shu o‘yinchi yotadi. Shuning uchun o‘yinchilar yotgan o‘yinchini urib qochishlari, tutqich bermasliklari va belgilangan chegaradan chiqib ketishlari kerak. Jamoa a’zolaridan biri qo‘lga tushsa, jamoalar joylarini almashadilar.


O‘yin qoidalari. 1. Ko‘rpa ostidagi o‘yinchi yerga qarab yotadi.


2. Qo‘riqchi ham, ko‘rpa ostidagi o‘yinchi ham arqonni qo‘yib



153


yubormasliklari kerak. 3. Yerga yotgan o‘yinchi u yoki bu yoqqa siljimaydi. 4. Qo‘riqchi faqat o‘zining chegarasi doirasida urishi va tepishi mumkin. 5. O‘yinchilarning kuchli zarb bilan urishi va tepishiga ruxsat berilmaydi.

O‘yinning pedagogik ahamiyati. O‘yin bolalarni ahil bo‘lib, chaq-qonlik, tezkorlik bilan harakat qilishga o‘rgatadi. O‘yinning o‘ziga xos harakati aniq urish va yugurish hisoblanadi.


«BEKINMACHOQ» O‘YINI


O‘yinga tayyorlanish. O‘yin bolalarda kuzatuvchanlik, sezgirlik va topqirlik sifatlarini tarbiyalaydi. Bu o‘yin uchun butazor yoki o‘tlar bo‘lishi kerak. Marrada qoladigan shunday aniqlanadi. Bir to‘da bolalar baravariga: Bekinmachoq oshga pichoq, kim oyni ko‘rdi? – deb qo‘llarini baland ko‘taradilar. Oxirgi bo‘lib qo‘l ko‘targan bola marrada qoladi.


O‘yin tavsifi. O‘yinni boshlash navbati aniqlangandan keyin, qolgan bolalar yashirinishga ketadilar. Bo‘ldimi? Bo‘ldimi? – deb sanay boshlaydi. Bir, ikki, uch, to‘rt,besh, olti, yetti ketdim. Bo‘lsa ham bo‘ldi, – bola ko‘zini ochib, tevarak-atrofni sinchiklab kuzatadi va bolalarni topish uchun chor-atrofni mo‘ljallab qidira boshlaydi. Birinchi bo‘lib:


– Ana, ana, Umidjonni topdim. Yoki berkilgan bolalarni topsa:


– Bekinma, qoch, yuzingni och, to‘xta, topdim va h.k.


O‘yin qoidalari. 1. Yetti deb sanaguncha o‘yinchilar yashirinib bo‘lishi shart. 2. Yashiringan bolani topsa, u tutilgan hisoblashib marrasiga olib kelinadi. 3. Qolgan o‘yinchilar yig‘ilib bo‘lguncha o‘yin davom etib, so‘ngra yangi tutuvchi aniqlanib, o‘yin qaytadan boshlanadi.


Pedagogik ahamiyati. O‘yin bolalarda sezgirlik, diqqat, kuzatuv-chanlik va topqirlik hislatlarini tarbiyalaydi. O‘yin chaqqonlik, kuch, tezkorlik, chidamlilikni rivojlantirishga yordam beradi. O‘yinning o‘ziga xos harakati yugurishdir.


«QORA KO‘RDIM» O‘YINI


O‘yinga tayyorlanish. O‘yin bolalarni topqirlik, shijoat va dadilikka tarbiyalaydi. Diametri 5–8 m bo‘lgan doira chiziladi. Bir dona tugma yoki danak tayyorlab qo‘yiladi. Hakam yoki o‘yinboshi saylanadi.



154


O‘yinchilardan bari qo‘l kaftini ko‘krak balandligida pastga qaratib turadi, o‘yinchilar ko‘rsatkich barmoqlarini hakamning kaftiga tagidan tekkizib turadi. Uning ishorasi bilan ular barmoqlarini tartib olishlari, hakam esa ulardan birini tutib olishi darkor, tutilgan bola doira o‘rtasida turadi.

O‘yin tavsifi. Doirada turgan o‘yinchilarning qo‘llari orasida biron buyum bo‘ladi. Bolalar o‘yinboshining ruxsati bilan buyum (tugma, tosh yoki danak)ni orqadan qo‘lma-qo‘l uzatadi yoki birontasida qoladi va yashiradi. O‘rtadagi o‘yinchilarni kuzatib turib, biror o‘yinchidan gumon qiladi. «Qora ko‘rdim» deydi va bolalarning birini ko‘rsatadi. Haligi bolada buyum bo‘lsa, ko‘rsatishi lozim.


O‘yin qoidalari. 1. O‘yin boshlashdan avval yashirilgan buyum ko‘rsatilishi shart. 2. O‘rtadagi o‘yinchi buyumni topa olmasa, buyumni yashirgan bola oldinga chiqib, uni ko‘rsatishi kerak, so‘ng u she’r, qo‘shiq aytib beradi va o‘yin shu joydan boshlanadi. 3. Agar u buyumni topsa, o‘yinchilar o‘zaro o‘rin almashadilar.


«LANKA» O‘YINI


O‘yinga tayyorlanish. Qo‘y yoki echki terisidan bir parcha qirqib olib, tagiga og‘irroq narsa yoki qo‘rg‘oshin yopishtirib lanka yasash mumkin.


O‘yin tavsifi. O‘yinchilar juft-juft yoki guruh-guruh bo‘lib o‘ynashlari mumkin. 5–10 ta oddiy tepishdan so‘ng, 5–10 sach, 5–10 lurdan boshlash kerak. Bularning hammasini tushirmasdan bajarib bo‘lgandan so‘ng keyingi o‘yin boshlanadi. Agar qo‘yilgan vazifa oxirgacha yetkazilmasa, o‘yinni navbatdagi o‘yinchi davom ettiradi. Berilgan vazifalarni to‘liq va aniq bajargan o‘yinchi g‘olib chiqadi. Bu o‘yin orqali o‘quvchilarda epchillik, chaqqonlik, chidamlilik, sakrovchanlik sifatlari tarbiyalanadi.


O‘yin qoidalari. 1. Har bir harakat muayyan ketma-ketlikda bajariladi. 2. O‘yinni dam olib yoki ilib olib bajarish man etiladi. 3. Yutqazgan o‘yinchilar she’r yoki ashula aytib berishlari, raqsga tushishlari nazarda tutiladi.


Pedagogik ahamiyati. O‘yin bolalarda sakrovchanlik, chaq-qonlik, chidamlilik kabi jismoniy sifatlarni rivojlantirishiga yordam beradi.



155


«KAPÒAR» O‘YINI

O‘yinga tayyorlanish. Bu o‘yin bolalarning tezkorlik bilan harakat-lanishlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bolalar ikki guruhga bo‘linadi va har bir guruhga o‘yinboshi belgilanadi. Qur’aga binoan qaysi guruh o‘yinboshisi «Kaptar» bo‘lishi aniqlanadi.


O‘yin tavsifi. Chek tushgan o‘yinboshi barmoqlarini musht qilib «kaptar»ni yashirgan bo‘ladi. Uning guruhida o‘yinchilar «kaptar»ga yaqin joylashib, jim turadilar. Boshqa guruh o‘yinchilari esa «kaptar»li o‘yinchini ushlashlari kerak. «Kaptar»li o‘yinchi raqib yaqinlashganini bilsa, yo‘ldoshlaridan biriga «kaptar» deb ko‘rsatadi va ovoz chiqarib «kaptar»ni uzatadi. Navbatdagi o‘yinchi «kaptar» bo‘lib qochadi. Quvlayotganlar endi bu «kaptar»ni quvib ketadilar. O‘yin «kaptar» qo‘lga tushguncha davom etadi.


O‘yin qoidalari. 1. Bir guruh «kaptar»ni bog‘lasa, guruhlar joylashadilar, ya’ni «kaptar» boshqa guruh o‘yinchilariga beriladi.





  1. O‘yinchi «kaptar»ni faqat yaqin masofadan ushlashi yoki bog‘lashi mumkin. 3. Uyinda chaqqon harakat qilgan guruh g‘olib bo‘ladi.

Pedagogik ahamiyati. O‘yin bolalarda yengil harakat qilish malakalarini tarbiyalashga yordam beradi. O‘yin sezgirlik, tezkorlik, chaqqonlik, chidamlilik sifatlarini rivojlantirishga yordam beradi. O‘yinning o‘ziga xos harakati chaqqon yugurishdir.


«MOKISIMON» YUGURISH


O‘yinga tayyorgarlik. O‘quvchilar teng ikki jamoaga bo‘linib, bir-birlariga yuzma-yuz 10–30 sm masofada bir kishilik qatorda saf tortib turadilar (bu estafeta qatnashchilari yoshiga va maydonchaning katta-kichikligiga bog‘liq). Jamoa oldidagi o‘yinchilar qo‘lida estafeta tayoqchasi bo‘ladi.


O‘yin tavsifi. O‘qituvchi signalidan keyin birinchi raqamli o‘yinchilar qarma-qarshi tomonga yuguradi, ikkinchi guruhni aylanib o‘tib, estafeta tayoqchasini o‘z qatorlaridagi birinchi o‘yinchiga uzatadilar va qator oxirigacha borib turadilar. Shuning o‘zini ikkinchi o‘yinchi ham takrorlaydi va h.k. Oxirgi o‘yinchi esa qarama-qarshi jamoa qatorini aylanib o‘tib, uning oldiga borib turadi va estafeta tayoqchasini yuqoriga ko‘taradi. Shularning birinchisi bo‘lgan jamoa g‘olib hisoblanadi.



156


Pedagogik ahamiyati. O‘yin o‘quvchilarda mokisimon yugurish malakasini mustahkamlashga va ta’minlashtirishga ko‘maklashadi. O‘yinda bolalar diqqati, ziyrakligi, tirishqoqligi rivojlantiriladi. O‘yin o‘yinchilardan jamolari manfaatini himoya qilish uchun safarbarlik talab qiladi. O‘yinchiga asosiy harakat turi – yugurish.

«KARVON» O‘YINI


O‘yinga tayyorlanish. O‘yin bolalarning og‘zaki nutqi, topqirligi, diqqati, tezkorligi va chaqqonligi sifatlarini tarbiyalaydi. O‘yin shartiga ko‘ra o‘yinboshi yoki karvonboshi hamda «qaroqchi» belgilanadi. Diametri 15 mli bo‘lgan doira chiziladi.


O‘yin tavsifi. O‘yinchilar bir qatorga turib, oldinda turganning belidan ushlaydilar. Ular doira bo‘ylab keng qadamlab, tuya kabi harakatlanadilar. O‘yinchilardan biri doiraning bir chetida joylashib, yo‘ldan o‘tayotgan karvonni talab «qaroqchilik» qiladi.


«Qaroqchi» so‘raydi:


– «Karvon» qayoqqa borayapti?


– Ey hurmatli zot, – «Hindistonga» deb javob beradi karvonboshi.


– Sizlar, do‘stlar uchun nima olib kelasizlar? – deydi «qaroqchi».


– Buyuring, «oliy hazratlari», – deydi karvonboshi. «Qaroqchi» 5–8 ta buyumning nomini aytadi.


«Karvon» olg‘a qarab ketaveradi. Doira bo‘ylab aylanib kelgan


«karvon» yana «qaroqchining oldidan o‘tadi». «Qaroqchi» karvon-boshidan «Sen menga nima olib kelishing kerak edi?» deb so‘raydi. «Qaroqchi qanday buyurtma bergan bo‘lsa «karvonboshi» ularning nomini takrorlashi shart. Agar biror narsani esdan chiqarsa, «qaroq-chi», «karvon»ni asirga oladi va navbat bilan biron narsa olib kelishga majbur qiladi. Mabodo karvonboshi hech narsani esidan chiqarmay takrorlay olsa, «qaroqchi» undan «Qani mening buyumlarim?», deb so‘raydi: karvonboshi o‘yinchilardan birini ko‘rsatib «navbatdagi sandiqda» deydi. Ko‘rsatilgan o‘yinchi esa «Amudaryoni kesib o‘tayot-ganimizda sizning buyurtmangizni yo‘qotdik» deyish bilan «karvon» tarqalib qochadi. «Qaroqchi» ulardan birini tutishi kerak.


O‘yin qoidalari. 1. Har bir buyumning nomi ravon, aniq talaffuz etilishi lozim. 2. «Qaroqchi» o‘yinchilarni doiradan chiqquncha tutishi mumkin. 3. O‘yinchilar doira ichidan chiqib, «qaroqchi»ga tutqich bermasalar, «karvon» qutqarilgan hisoblanadi.



157


Pedagogik ahamiyati. O‘yin bolalarda topqirlik, ravon suzish qobiliyati, diqqat-e’tiborni tarbiyalaydi. Chaqqonlik, tezkorlik, chi-damlilik, kuchni rivojlantiradi. O‘yinning o‘ziga xos harakati tez yugurish, chap berishdan iborat.

«O‘ZING O‘YLAB ÒOP» O‘YINI


O‘yinga tayyorlanish. Ikki jamoa o‘yinchilari zalning chekkasidan markazdan yuzini o‘girib turadilar va tartib bilan sanaydilar.


O‘yin tavsifi. O‘yinboshi biron-bir raqamni aytadi. Raqami aytilgan o‘yinchi tezda zal o‘rtasiga chiqadi va uchta turli harakat ko‘rsatadi. Keyin boshqa jamoa o‘yinchisi chaqiriladi. U ham, oldingisiga o‘xshamagan uch xil yangi harakat ko‘rsatadi. Agar mashqdan birontasi avval ko‘rsatilgan bo‘lsa, bu jamoaga jarima ochkosi beriladi. O‘yin 5–6 daqiqa davom etadi. Eng kam jarima ochko to‘plagan jamoa o‘yinda g‘olib hisoblanadi. O‘yinda xatoga yo‘l qo‘ygan o‘yinchilarni chiqarish mumkin.


«KO‘PRIK VA MUSHUK» O‘YINI


O‘yinga tayyorlanish. Ikki jamoa o‘yinchilari start chizig‘i oldida tizilib turadilar. Ular oldida 5 va 10 m masofada 1,5 m diametrli katta doira chiziladi.


O‘yin tavsifi. Signal bo‘yicha birinchi raqamlilar oldinga yugu-radilar va birinchi doiraga yetib kelib «ko‘prik» hosil qiladilar. So‘ng ikkinchi raqamli o‘yinchilar start oladilar. Ular ko‘prik tagidan emaklab o‘tib, uzoqdagi doiraga yugurib borib, u yerda oldinga engashib qo‘llariga tayanib turadilar (belni egib, mushukka o‘xshab turadi). Shundan so‘ng birinchi raqamlilar uzoqdagi doiraga yugura-dilar va sherigining oyoq hamda qo‘llari tagidan emaklab o‘tadilar. Shundan so‘ng ikki juftlik qo‘l ushlashib, o‘z jamoalari tomon yuguradilar. Ular start chizig‘ini kesib o‘tishlari bilan, uchinchi, so‘ng to‘rtinchi raqamli o‘yinchilar yugurib ketadilar, qaytib kel-ganlar qator oxiridan joy oladilar. O‘yinni boshlagan juftlik, qator boshiga kelib turganidan keyin o‘yinchilar joylarini almashadilar, ya’ni ikkinchi raqam ko‘prik, birinchi raqam esa turgan holda engashib tayanib turadi. O‘yinda estafetani boshlagan birinchi juftlik saf oldidagi o‘z o‘rnini egallaganida o‘yin tugaydi.



158


O‘yin qoidasi. Doirada mashq bajarish qoidasini buzgan yoki vaqtidan ilgari start olgan jamoaga jarima ochko beriladi.

«KON USÒIDAN SAKRASH BILAN


QUVLASHMACHOQ» O‘YINI


O‘yinga tayyorlanish. Gimnistlar ikkiga bo‘linib, konning o‘ng va chap tomonidagi skameykadan joy oladilar.


O‘yin tavsifi. Har bir jamoadan konga bittadan gimnast kelib biri o‘ng va ikkinchisi chap tomonida turadi (konning qarama-qarshi uchlarida yuzma-yuz joy egallaydilar).


O‘qituvchining signali bo‘yicha o‘yinchilar raqibini ta’qib qilib, kon ustidan oyoqlarini bukib sakraydilar. Raqiblardan biri boshqasini tutmaguncha, sakrashni bajaradi. So‘ngra mashqni ikkinchi juftlik o‘yinchilari bajaradilar. Ko‘p ochko to‘plagan jamoa o‘yinda g‘olib chiqadi. G‘oliblar o‘rtasida final uchrashuvini tashkil etishi mumkin. Kon ustidan sakrash talab etilgan estafeta gimnastlar uchun juda foydali. Hisob bo‘yicha birinchi raqamli o‘yinchi 10 m masofada jamoasi oldida (chizilgan aylana ichida) oyoqlarini oldinga qo‘yib, unga qo‘llari bilan tayanib, boshini pastga qaratgan holda turadilar. O‘qituvchi signali bo‘yicha, uning ustidan jamoaning ikkinchi o‘yin-chisi sakraydi (qo‘llari belda, oyoqlarini yonga kerib) va doiradan joy egallaydi. Bunda birinchi raqamli o‘yinchi o‘z qatori oxirigacha yugurib boradi. O‘yin estafeta qoidalari bo‘yicha o‘tkaziladi, ya’ni har bir o‘yinchi navbati bilan tayanib sakrab, so‘ngra «jonli jihoz rolini bajaradi.


«GIMNASÒIKA MARAFON» O‘YINI


O‘yinga tayyorlanish. Gimnastika asbob-anjomlari ma’lum tartibda kerakli joyga qo‘yib chiqiladi, to‘shak va akrabatik yo‘lakchalar to‘shaladi. O‘yinda ikki jamoa o‘yinchilari qatnashadilar.


O‘yin tavsifi. O‘qituvchi signali bo‘yicha birinchi jamoa, oldindan bir-biriga bog‘liq topshiriqlarini bajarib, barcha to‘siqlardan oshib o‘tishi shart.


Shunday topshiriqlarning taxminiy ro‘yxati:





  1. Bruslarga sakrab chiqish va qo‘llarda tayanib yurib (yoki osilib turgan holda) bruslarning qarama-qarshi tomoniga o‘tish;

159


  1. Yo‘lakchada yon tomonga aylanish;




  1. Kon ostidan emaklab o‘tish;




  1. Yakka cho‘p bo‘ylab yugurish;




  1. Òurnikda tortilib aylanib tayanib turish;




  1. Kozel ustidan oyoqni yonga kerib sakrash;




  1. Gimnastik devorga chiqish va to‘shak ustiga sakrab tushish;




  1. Òo‘shak ustida ikki marta oldinga umbaloq oshib finishga yetib borish.

Har bir keyingi o‘yinchi, ulardan oldingi o‘yinchi, ikkinchi jihozdan o‘tgandan keyin, birinchi jihozga yugurib boradilar. Jamoalar navbat bilan musobaqalashadilar. Birinchi o‘yinchi startdan chiqib, to oxirgi o‘yinchi finishga yetib kelgungacha o‘tgan vaqt hisobga olinadi.


O‘yin qoidasi. 1. Mashqni bajarishda qo‘yilgan har bir xato uchun ikki soniyaga jarima vaqt qo‘shib beriladi. 2. Mag‘lub jamoa jihozlarni yig‘ishtiradi.


«ÒO‘P ORÒIDAN YUGURISH» O‘YINI


O‘yinga tayyorlanish. O‘yinchilar teng ikki jamoaga bo‘linadilar va maydonchaning bir tomonida saf tortadilar hamda har bir jamoa tartib bilan sanaydi. Jamoalar oldidan start chizig‘i chiziladi. Rahbar qo‘lida to‘p bilan jamoalar o‘rtasida turadi.


O‘yin tavsifi. Rahbar istagan raqamni chaqirib, to‘pni iloji boricha uzoqqa otadi. Shu raqamdagi o‘yinchilar, to‘p ortidan yuguradilar. Birinchi bo‘lib qo‘lini to‘pga tekkizgan o‘yinchi jamoasiga ochko keltiradi. Shundan so‘ng to‘p rahbarga qaytarilib, u yangi raqamni chaqirib, yana to‘p otadi. O‘yin belgilangan vaqt davom etadi. Ko‘p ochko to‘plagan jamoa g‘olib hisoblanadi.


O‘yin qoidasi. 1. Yugurishni (kelishilgan holda) yuqori yoki past startdan boshlash mumkin. 2. Agar ikki o‘yinchi to‘pga bir vaqtda tegsa, har bir jamoaga bittadan ochko beriladi.


«HUJUM» O‘YINI


O‘yinga tayyorlanish. O‘yinchilar ikki teng jamoaga bo‘linib, maydonchaning qarma-qarshi tomonidagi old chiziq ortida markazga qarab turadilar.



160


O‘yin tavsifi. O‘qituvchi ko‘rsatmasi bo‘yicha bir jamoa o‘yinchi-lari yuqori yoki pastda, ikkinchi jamoa o‘yinchilari qo‘l ushlashib, safni to‘g‘rilab, oldinga yuradilar. Startda turganlarga ikki uch qadam qolganida o‘qituvchi hushtak chaladi. «Hujumchilar» qo‘llarini qo‘yib yuborib, o‘z «uy»lari ortidagi chiziq tomon yuguradilar. Boshqa jamoa o‘yinchilari ularni quvib yetishga harakat qiladilar. Ushlaganlar hisoblab chiqilgach, boshqa jamoa hujum» boshlaydi. Urinish uch-to‘rt marotaba bajarilgach, umumiy tutilganlar soni hisoblab chiqiladi va eng yaxshi yuguruvchilar e’lon qilinadi.

O‘yin qoidasi. 1. Signal berilmay turib, harakatni boshlash taqiq-lanadi. 2. Har bir o‘yinchi qarma-qarshi jamoaning xohlagan o‘yinchisining faqat «uy» chizig‘iga qadar «tutib olishi» mumkin.


«O‘YINDAN CHIQIB KEÒISH BILAN POYGA» O‘YINI


O‘yinga tayyorlanish. O‘qituvchi signali bo‘yicha barcha qatnash-chilar bir vaqtda doira tashqarisidan soat mili bo‘ylab yuguradilar. Har bir (yoki ikki) aylanadan keyin o‘yin qatnashchisi, nazorat start chizig‘ini so‘nggi bo‘lib kesib o‘tsa, o‘yindan chiqadi. Asta-sekin chidamsizlar o‘yinni tark etadilar. Eng chidamli va tezkor o‘yinchi g‘olib deb e’lon qilinadi. O‘qituvchi ixtiyoriga ko‘ra o‘yin qatnashchilari to‘ldirma to‘p, og‘irlashtirilgan belbog‘ kiyib, yuk solingan xalta bilan yugurishlari ham mumkin.


Eslatma. Poygani to‘g‘ri chiziq bo‘ylab oldinga va orqaga o‘tqa-ziladi. Start chizig‘idan oxirgi bo‘lib kesib o‘tgan qatnashchi, o‘yindan chiqib ketadi.


«QUVLAB YEÒIB OL» O‘YINI


O‘yinga tayyorlanish. O‘yinda yigirma o‘quvchi o‘ynashi mumkin. Qatnashchilar stadion yugurish yo‘lakchasida bir-biridan bir xil masofada joylashadilar. Masalan, o‘n olti kishi o‘ynasa, unda 400 metrli yo‘lakchada bir-biridan 25 m masofada turadilar.


O‘yin tavsifi. O‘qituvchining signali bo‘yicha start beriladi. Har bir o‘yinchi vazifasi – orqada yugurib kelayotgan uni quvib yetishiga, yo‘l qo‘ymaslik, shuningdek, oldinda yuguruvchiga qo‘lini tekkizishga harakat qilishdan iborat. Ushlaganlar o‘yindan chiqib yugurish doirasining o‘rtasidan joy egallaydilar. Qolganlar poygani davom



11 – Xo‘jayev, P. 161



ettiradi. Yugurish yo‘lakchasida uchta eng chidamli sportchi qolganida o‘yin tugatilib, yakka g‘olibni aniqlash mumkin bo‘ladi.

Eslatma. Agar o‘yin zalda o‘tkazilsa, burchaklarga yaqin joyda burilish ustunchalari qo‘yiladi va uni faqat tashqi tomonidan aylanib o‘tish mumkin. O‘yin qatnashchilari soni o‘ntagacha bo‘lishi mumkin. Bu o‘yinda o‘g‘il va qiz bolalar alohida musobaqalashadilar.


«NINA, IP VA ÒUGUNCHA» O‘YINI


O‘yinchilarning hammasi ikki doiraga bo‘linib, qo‘l ushlashib turishadi. Har bir doirada uchtadan onaboshi saylanadi. Ular doiradan tashqarida turadilar, ularning biri «nina», ikkinchisi «ip», uchinchisi «tuguncha» bo‘ladi. Doira hosil qilib turgan bolalar qo‘l ushlashib, «bir-ikki-uch», deb sanab chap-o‘ng tomonga qadam tashlab yura-dilar. «Nina» har tomonda: goh doira ichida, goh doira tashqarisida yugurib yuradi. «Ip» bilan «tuguncha» ninaning ketidan ketma-ket ergashib yurishadi. Agar «ip» chigalib qolsa (boshqa tomonga ketib qolsa) yoki uni «tuguncha» ushlab olsa, o‘yin qaytadan boshlanadi va yangi «nina», «ip» va «tuguncha» saylanadi.


Eng epchil va ziyrak o‘quvchilar «nina» qilib saylanadi. Agar «nina», «ip» va «tuguncha» hech bir xato qilmay, uzoq vaqt yuraver-sa, boshqa o‘yinchilarni ham o‘yinda faol qatnashtirish maqsadida ularni almashtirish kerak bo‘ladi.


«CHARXPALAK» O‘YINI


O‘yinchilar doira hosil qilib turib,


Sekin-sekin aylanadi charxpalak,


Bora-bora tezlashadi charxpalak,


Aylanaru, aylanaru aylanar.


Sekinlashib to‘xtay boshlar charxpalak.


Bir-ikki, bir-ikki, moki o‘yin ham tugar.


deb she’rni deklamatsiya qiladilar.


Doira hosil qilib turgan bolalar o‘ng (chap) tomonga qarab, avval sekin-sekin, so‘ng esa: «Bora-bora tezlashadi charxpalak» so‘zlarini aytib, tezroq yura boshlaydilar, so‘ngra «Aylanar-u, ayla-nar-u aylanar» so‘zlarini ikki marta takrorlab yugura boshlaydilar.



162


«Sekinlashib to‘xtay boshlar charxpalak» so‘zlarini aytib esa, qadam-larini sekinlatib borib to‘xtaydilar. Òo‘xtaganlaridan so‘ng doira ichiga qarab: «Bir-ikki, bir-ikki, mana o‘yin ham tugar» so‘zlarini aytib turib, unga monand chapak chaladilar. Bu tugagach qo‘llarini tushirib qimirlamasdan turadilar.

«KARNAYMI, SURNAY?» O‘YINI


O‘yin maydonchada yoki zalda o‘tkaziladi. O‘yinchilar qo‘l ushlashib bir qatorga saflanib turadilar. O‘yinchilardan bitta sotuvchi va bitta xaridor saylanadi. Onaboshi safning boshida turadi. Xaridor sotuvchining oldiga kelib: «Mana shu oting uchun nima istaysan: karnaymi, surnay?» – deb so‘raydi. Sotuvchi: «Bu otim uchun kar-nay», deydi. Shu so‘zlar aytib bo‘linganidan keyin o‘yinchilar doira bo‘ylab yura boshlaydilar. Safning boshi va oxirida turgan o‘yinchilar qo‘llarini zanjir qilib turishadi. Qolgan o‘yinchilar ularning qo‘li tagidan o‘ta boshlaydilar. Yurib turib karnay, surnay yoki do‘mbira ovoziga, ya’ni qaysi cholg‘u asbobining nomi aytilgan bo‘lsa, shu asbobning ovoziga taqlid qiladilar. Òanlangan o‘yinchi boshqa tomonga qarab turadi, uni xaridor «uy»iga (maxsus belgilangan joyga) olib ketadi, qaytib kelgandan so‘ng o‘yin yana davom ettiriladi.


Uyga olib borib qo‘yilgan o‘yinchilar ma’lum topshiriqni baja-rishlari, masalan, tez aytishni o‘rganib turishlari, topishmoq, rebus topishlari va o‘yinchilar oldiga qaytish uchun harakat qilishlari kerak. Lekin qaytishda ular bir qator to‘siqlarni yengishlari lozim, masalan, shartli qilib belgilab qo‘yilgan ariqdan, ko‘prikdan o‘tishlari, to‘pni nishonga irg‘itishlari lozim. Òo‘siqlardan o‘ta olmagan o‘yinchi «uy»da qoladi. Hamma o‘yinchilar qaytib kelganlaridan so‘ng katta bayram bo‘ladi. Bolalar qo‘shiq aytadilar, raqsga tushadilar. Birdaniga ikkita cholg‘u asbobining nomini aytish mumkin.


«KONVERÒNI ÒOP» O‘YINI


Mashg‘ulot boshlanishidan oldin o‘qituvchi maydonning (zal) ma’lum yeriga (masalan, gimnastik narvoncha, xodacha va shu kabilar balandroqlarga) konvert qo‘yib qo‘yadi. Konvert ichida, shu kon-vertni topgan kishiga qarata quyidagi so‘zlar yozilgan bo‘ladi: «Diqqat! Bittadan bo‘lib qatorga saflaning!» – degan komandani



163


ber, so‘ng o‘zing o‘qituvchining orqasiga borib tur». O‘qituvchi maydonchaga chiqqan o‘quvchilarga maydonchaning bir chekkasida ular uchun konvert qo‘yilganini, uni topish kerakligini aytadi. Konvertni topgan o‘quvchi: «Konvert topildi!» – deb ma’lum qilishi va uni ochib, ichida yozilgan buyruqni bajarishi kerak. Qolgan o‘yinchilar ham konvertning topilganini eshitgach, qimirlamasdan (xuddi «zamri» komanda berilgandek) jamoani kutib turishlari kerak.

So‘ng hammalari komandani tovush chiqarmay, tez va aniq bajaradilar. O‘yinni takrorlash, kolonna, doira hosil qilishni o‘rgatish lozim.


«ÒAKLIF» O‘YINI


O‘yinchilar doira hosil qilib turadilar. Onaboshi doiraning o‘rta-sida turadi. Onaboshi doira ichida musiqa ohangiga qarab yuradi yoki o‘ynaydi va doira bo‘lib turgan o‘yinchilardan birining oldiga borib to‘xtab, turli harakatlar qiladi. Undan boshqa bir o‘yinchining oldiga borib, shu xilda harakatlar qiladi. Òaklif qilingan ikkita o‘yinchi uning ketidan ergashib yuradi. Òo‘satdan o‘qituvchining signali eshitiladi. Òaklif qilinganlar doira o‘rtasidan chiqib, doiraning o‘zlari istagan joyiga borib turadilar. Òaklif qilinganlarning qay biri orqada qolsa, o‘sha onaboshi bo‘ladi. O‘yin boshlashdan avval o‘qituvchining o‘zi onaboshi bo‘ladi, so‘ngra o‘quvchilardan saylaydi. Agar o‘yin-chilar soni ko‘p bo‘lsa, bir necha onaboshi saylanib, ular bir yo‘la bir necha o‘yinchini taklif qilishi mumkin.


«MENI QUÒO‘AR» O‘YINI


Ikki o‘yinchidan boshqa hamma o‘yinchilar doira hosil qilib turadilar. Ana shu ikki o‘yinchining har biri o‘zi turgan joyga doira chizib oladi. Òo‘rt o‘yinchi esa doiradan tashqari turadi. Ulardan ikkitasining qo‘lida lenta bo‘ladi. Lenta ushlagan ana shu o‘yinchilar doira bo‘ylab yuguradilar.


Qolgan ikki o‘yinchi ularni quvlaydi. Qochib ketayotgan o‘yin-chilar doirada turganlardan birining oldiga kelib, uning qo‘liga lentani tutqazsa, quvlovchidan qutulgan bo‘ladi. Uning orqasida turgan o‘yinchi esa yugurib qochib ketishi lozim. Agar unga yetib olinsa, u lentani quvlovchiga beradi va ular o‘rin almashadilar. Avvalo bir



164


quvlovchi va bir yuguruvchi bilan o‘yinni boshlash mumkin. O‘yin takrorlanganda o‘yin qoidasiga muvofiq ikki juft o‘yinchi tayinlanadi. O‘yin takrorlanganda o‘quvchilarda atrof-tevarakni, uzoq-yaqinni chamalay bilish malakasini o‘stirish maqsadida ularni doira bo‘ylab joylamasdan, balki maydonchaning turli yerlariga joylash zarur bo‘ladi.

«ÒO‘PNI ILIB OL VA ÒEKKIZ» O‘YINI


O‘yinchilar (15–20 kishi) qo‘lni yon tomonga uzatgan holda doira bo‘lib turadilar. O‘yinchilardan bittasi voleybol to‘pini olib, o‘rtoqlariga oshiradi, ular boshqalarga oshiradi, to‘pni oshirish paytida ushlab ololmagan yoki noto‘g‘ri urib qaytargan o‘yinchi onaboshi bo‘ladi. Hamma o‘yinchilar maydon bo‘ylab yugurib yuradi.


O‘yinboshi to‘pni tezda yuqoriga ko‘tarib: «Òo‘xta!» – deb baqiradi. Hamma o‘yinchilar «Òo‘xta!» komandasini eshitgandan keyin to‘xtab turgan joyidan qo‘zg‘almasdan turishi kerak. Onaboshi to‘pni turgan joyidan biror o‘yinchini mo‘ljalga olib, unga otadi. Mo‘ljalga olingan o‘yinchi joyidan qo‘zg‘almasligi, chap va o‘ng tomonga egilmasligi hamda o‘tirib olishi mumkin emas. Agar o‘yinboshi biror o‘yinchiga to‘pni tekkizsa, u g‘olib hisoblanadi. Hamma o‘yinchi joyiga qaytib turadi, o‘yin shu zaylda davom etadi. Agar onaboshi to‘pni o‘yinchiga tekkizsa olmasa, o‘yinchilarning hammasi yugurib ketadi. O‘yinboshi to‘pni tutib olib, o‘yinchilardan birortasiga: «Òo‘xta!» – deb unga otadi. Òo‘p tekkan onaboshi bo‘la-di. O‘yin yana boshqatdan boshlanadi.


«ÒO‘P HAVODA» O‘YINI


O‘yinchilarning hammasi qo‘llarini yon tomonga ochib doira hosil qilib turadilar, onaboshi esa doira o‘rtasida turadi. O‘qituv-chining signalidan keyin doirada turgan o‘yinchilar to‘pni yuqoridan, pastdan tekkizmasdan bir-birlariga uzata boshlaydilar. Onaboshi doira o‘rtasida yugurib to‘pni yuqoridan uzatilganda o‘ngga sakrab qo‘l tekkizishi, pastdan uzatilganda ushlab qolishi va o‘yinchi to‘pni qo‘lida ushlab turgan paytda unga qo‘l tekkizishga harakat qilishi kerak bo‘ladi. Onaboshi to‘pga qo‘lini tekkiza olsa, unda onaboshi



165


to‘p ushlab turgan yoki uzatayotgan o‘yinchi bilan o‘rin almashadi.

O‘yin shu zaylda davom ettiriladi.


«KEGLINI OLISHGA ULGUR» O‘YINI


O‘yinchilar bir-birlariga qaragan holda ikki safga saflanib tura-dilar. Ular orasidagi masofa 10 m. Har bir safning o‘yinchilari tartib bilan sanaydilar. Ikki safning o‘rtasiga kegli (bir xil masofada) qo‘yiladi. O‘qituvchi xohlagan sonlarini chaqiradi. Shu sondagi o‘yinchilar safdan yugurib chiqib, o‘rtadagi «kegli»ni birinchi bo‘lib olishi kerak. Keglini olgan o‘yinchi uning o‘rniga turishi kerak. Ikkinchi safdagi o‘yinchi uni petna qilishi kerak.


Marraga yetib kelguncha petna qilinmasa, unda birinchi «saf» o‘yinchisiga 2 ochko, penta qilsa, 1 ochko keltiradi. So‘ng o‘qituvchi keyingi sonni chaqiradi va hokazo. Qaysi jamoa ko‘p ochko to‘plagan bo‘lsa, o‘sha jamoa g‘olib hisoblanadi.


«ÒO‘PNI URIB ÒUSHIR» O‘YINI


O‘yinchilar bir-birlariga qarab 10–15 m masofada ikki qatorli safda saf tortib turadilar. Ikkala jamoa ham tartib bilan sanaydi. Har ikkala jamoada o‘yinchilarining oyoqlari uchi oldidan to‘g‘ri chiziq tortilgan bo‘ladi. Har bir jamoadaning o‘rtasida bir xil masofada stul va uning ustiga to‘p qo‘yilgan bo‘ladi. O‘qituvchining signalidan keyin o‘sha sonli o‘yinchilar qarama-qarshi tomonidagi safga yugurib borib, chizilgan chiziqni bosib, orqasiga qaytib stuldagi to‘pni urib tushirish kerak. Òo‘pni urib tushirgan jamoa o‘yinchisiga bir ochko beriladi. Ko‘p ochko to‘plagan jamoa g‘olib hisoblanadi.


«BAYROQCHALAR ORQASIDAN YUGURISH»


O‘YINI

O‘yinchilar teng ikki jamoaga bo‘linib, maydonchada bir-biriga qarama-qarshi tomonlarda saf tortib turadilar. Shu chiziqlarga parallel qilib, maydonchaning o‘rtasidan 1,5–2 m kenglikda yo‘l chizilib, o‘ng tomonga bayroqchalar qo‘yilgan bo‘ladi.

Òarbiyachining signalidan keyin ikkala jamoaning o‘yinchilari maydoncha o‘rtasidagi yo‘lakchalardan iloji boricha ko‘proq bayroq-



166


chalar yig‘ib olib, o‘z qatoriga kelib turadi. Jamoa sardorlari o‘z o‘yinchilari olib kelgan bayroqchalarni olib sanaydilar. Olib kelingan har bir bayroqchaga bittadan ochko beriladi. Ko‘p ochko to‘plagan jamoa g‘olib hisoblanadi. Bayroqchalarni olayotgan paytda bir-birlarining qo‘llaridan tortib yulib olish mumkin emas. Kimda-kim tortib olsa, unda jamoaga bitta jarima ochko beriladi.

«OLÒIÒA BULAVA» O‘YINI


O‘yinchilar ikki jamoaga bo‘linib, start chizig‘ida saf tortib turadilar. Har bir jamoaning oldida to‘g‘ri chiziq chizilgan bo‘lib, unga orasidagi masofa 1 m qilib bulavalar quyilgan bo‘ladi. Òarbiya-chining signalidan so‘ng birinchi turgan o‘yinchilar yugurib borib bulavalarni yig‘ib olib keladilar. Bulavani birinchi bo‘lib hamda yerga tushirmasdan olib kelgan jamoa g‘olib hisoblanadi.


«DOIRAGA ÒORÒ» O‘YINI


O‘yinchilar ikkita teng jamoaga bo‘linib, birinchi jamoa aylana-ning tashqi tomonida, ikkinchi jamoa ichki tomonida bir-biriga qarab turadilar. Doiraning ichida turgan o‘yinchilar doiraning tashqarisida turganlarni, doiraning tashqarisida turganlar, doiraning ichida turgan-larni tortadilar.


O‘yin 1–2 daqiqa davomida o‘tkaziladi. Doiraning ichida yoki tashqarisiga tortilganlar o‘yindan chiqadilar. Raqibining qo‘lidan yoki belidan ushlab tortiladi. 4–6 marta olishuvdan keyin o‘yinchi ko‘proq qolgan jamoa g‘olib hisoblanadi.


«ARQONNI ÒORÒ» O‘YINI


Arqoncha uchiga qum solingan xaltacha boylab qo‘yiladi. Arqonchaning uch tomonida bir-birlariga orqalarini o‘girib ikki o‘yin-chi turadi. Har bir o‘yinchining oldida 5–6 qadam narida bayroq-chalar qo‘yilgan. O‘qituvchi yoki tarbiyachining signalidan keyin o‘yinchilar o‘z bayroqchalariga yugurishadi va qaytib kelib arqon-chaning uchidan ushlab o‘z tomoniga tortadilar. Arqonchaning birinchi bo‘lib o‘z tomoniga tortgan o‘yinchilar g‘olib hisoblanadi. Musobaqa uch marta takrorlanadi.



167


«MUVOZANAÒNI YO‘QOÒMA» O‘YINI

O‘yinchilar qo‘llarini oldinga uzatib, bir-birlariga qarab turadilar. Bunda tovonlar juftlangan bo‘lishi kerak. O‘yinchilar qo‘llarini ko‘krak balandligida ko‘tarib, raqibning kaftiga kafti bilan turtadilar (goh bir qo‘llab, goh ikki qo‘llab). Òurtish davrida turtishga chap berish, qo‘llarini yonga ochishga ruxsat beriladi. Òurgan joyidan oyog‘ini qo‘zg‘atgan yoki jilgan o‘yinchi yutqizgan hisoblanadi.


«IP O‘RASH» O‘YINI


O‘yinchilar teng ikki jamoaga bo‘linadilar. O‘ynash uchun ikkita estafeta tayoqchasi, ikkita qum to‘ldirilgan xaltacha va 7–8 m arqoncha bo‘lishi kerak. Arqonchaning bir uchiga estafeta tayoq-chasi, ikkinchi uchiga qum to‘ldirilgan xaltacha boylab yonma-yon qo‘yiladi. Ikki o‘yinchi yonma-yon o‘tirib, estafeta tayoqchasini qo‘lga oladilar. Òarbiyachining signalidan keyin arqonchani chillakka o‘ray boshlaydi. Albatta, chillakni ikki qo‘l bilan ushlab aylantiradi. Kimda-kim birinchi bo‘lib arqonchani chillakka o‘rab olsa, u ko‘proq ochko oladi va shu jamoa g‘olib hisoblanadi.


«FILDIRAK USÒIDA NISHON» O‘YINI


Sport zalida to‘rt oyoqli yog‘och aravacha yoki katta o‘yinchoq mashinasi fanerdan yasalgan 20x20 sm keladigan ikkita nishon o‘rnatilgan bo‘ladi. Buni o‘yinchilardan 3–4 m nariga qo‘yiladi. Òarbiyachi signal berib o‘yin boshlaydi. Har bir o‘yinchi qo‘lidagi to‘pni nishonga qattiq urib tekkizishga harakat qiladi. Chunki to‘p nishonga tekkanida nishon orqaga surilib ketishi kerak, 10–15 marta nishonga to‘p tekkandan keyin qaysi jamoa nishonni ko‘proq orqaga sursa, o‘sha jamoa g‘olib hisoblanadi. O‘yinchilar to‘pni nishonga tik turgan holda, stulda yoki skameykada o‘tirib otishlari mumkin.



168


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR





  1. Usmonxo‘jayev Ò.S., Xo‘jayev F. Harakatli o‘yinlar. Òoshkent,

1992.

2.Xo‘jayev F. va boshqalar. Xalq milliy o‘yinlari 1-qism. Òoshkent,

2001.




  1. Normurodov A.N. O‘zbek milliy o‘yinlari. Òoshkent, 1999.




  1. Usmonxo‘jayev Ò.S., Xo‘jayev F. «1001» o‘yin. 1990.




  1. Áûëååâà À. Â., Êîðîòíîâ È.Ì. Ïîäâèæíûå èãðû (ïîñîáèÿ äëÿ ôèç. êóëüòóðå) 1982 ã. Ìîñêâà.




  1. ßêîâëàåâ Ò. Ñ. Ïîäâèæíûå èãðû. Ì, 1997.




  1. Xo‘jayev F., Usmonxo‘jayev Ò.S. «Kuni uzaytirilgan maktablarda jismoniy tarbiya». Ò. «Måäèöèíà». 1987.

169


MUNDARIJA


Kirish 3

I bob. HARAKAÒLI O‘YINLARNING KELIB

CHIQISH ÒARIXI


1.1. Harakatli o‘yinlarning pedagogik ahamiyati 17


1.2. Harakatli o‘yinlarning gigiyenik va


sog‘lomlashtirish ahamiyati 19


1.3. Harakatli o‘yinlarning ta’limiy ahamiyati 21


1.4. Harakatli o‘yinning tarbiyaviy ahamiyati 22


1.5. Kichik maktab yoshidagi bolalar uchun


harakatli o‘yinlarning tasnifi 24


1.6. Kichik yoshdagi o‘smirlar uchun beriladigan harakatli


o‘yinlarning tasnifi 27


1.7. O‘smirlar uchun beriladigan harakatli o‘yinlarning tasnifi 30


1.8. O‘spirin va qizlar uchun harakatli o‘yinlarning tasnifi 32


1.9. Harakatli o‘yinlarni tashkil qilish va o‘tkazishga


qo‘yiladigan pedagogik talablar 33


1.10. O‘yin rahbarlarining asosiy vazifalari 33


1.11. O‘yinni o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish 38


1.12. O‘yinni o‘tkazish uchun joyni tayyorlash 40


1.13. O‘yinga asbob-anjomlarni tayyorlash 40


1.14. O‘yinning dastlabki tahlili 41


1.15. O‘yinlarni tashkil etish. O‘yinchilarni joylashtirish va


o‘yinni tushuntirishda rahbarning joyi 42


1.16. O‘yinni tushuntirish 43


1.17. Sardorlarni tayinlash bo‘yicha bo‘lish usuli 46


1.18. Jamoa sardorlarini saylash 47


1.19. Yordamchilarni tayinlash 47


1.20. O‘yin jarayoniga rahbarlik qilish.


O‘ynovchilarning xulqini va o‘yin borishini kuzatish 48


1.21. Hakamlik qilish 51


1.22. O‘yin jarayonida yuklamani taqsimlash 52


1.23. O‘yinni tamomlash 54


1.24. O‘yin natijalariga yakun yasash 55


1.25. O‘yinni tahlil qilish 55



170


  1. bob. HARAKAÒLI O‘YINLARNI ÒASHKIL QILISH SHAKLLARI, JISMONIY ÒARBIYA DARSLARIDA

HARAKAÒLI O‘YINLARNI O‘ÒKAZISH MEÒODIKASI


2.1. 1–4-sinf o‘quvchilari uchun harakatli o‘yinlar 60


2.2. 5–6-sinf o‘quvchilari uchun harakatli o‘yinlar 64


2.3. 7–9-sinf o‘quvchilari uchun harakatli o‘yinlar 86


2.4. 10–11-sinf o‘quvchilari uchun harakatli o‘yinlar 90


2.5. Basketbol o‘yinida fikrlashni rivojlantirish 90


2.6. O‘yinni tanlash mezoni 91


2.7. Darsning tayyorlov qismi 91


2.8. Darsning asosiy qismi 92


2.9. Darsning yakunlovchi qismi 92


2.10. Basketbol darslarining tayyorlov qismida o‘tiladigan


harakatli o‘yinlar 92


2.11. Darsning asosiy qismida beriladigan harakatli o‘yinlar 95


2.12. Darsning yakuniy qismida o‘tkaziladigan harakatli o‘yinlar 99





  1. bob. MAKÒABDA DARSDAN ÒASHQARI VAQÒDA HARAKAÒLI O‘YINLARNI O‘ÒKAZISH MEÒODIKASI

3.1. Òanaffus vaqtida o‘tkaziladigan o‘yinlar 107


3.2. Maktab kechalari va bayramlarida o‘tkaziladigan o‘yinlar 109


3.3. Maktab seksiyalarida sport turlari bo‘yicha o‘tkaziladigan


o‘yinlar 110


3.4. 1–2–3-sinflar uchun harakatli o‘yinlar 138


Foydalanilgan adabiyotlar 169



171


Paxriddin Xo‘jayev, Karim Datkayevich Rahimqulov, Boriy Botirovich Nigmonov

HARAKAÒLI O‘YINLAR


VA UNI

O‘QIÒISH MEÒODIKASI

Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma


Muharrir Xudoyberdi Po‘latxo‘jayev Badiiy muharrir Alyona Delyagina Òexnik muharrir Yelena Òolochko Musahhih Ozoda Ahmedova Kompyuterda sahifalovchi Gulchehra Azizova

Bosishga ruxsat etildi 17. 08. 2010. Bichimi 60×841/16. Tayms TAD garniturasi. Shartli b.t. 10,0. Nashr b.t. 10,31. Shartnoma ¹ 77–2010. 4780 nusxada. Buyurtma ¹ 5.


O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligining Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. 100129, Toshkent, Navoiy ko‘chasi, 30- uy.


«NOSHIR-FAYZ» MCHJ bosmaxonasida chop etildi. Toshkent tumani, Keles shahar, K. G‘afurov ko‘chasi, 97-uy.


Xo‘jayev, P.


X 98 Harakatli o‘yinlar va uni o‘qitish metodikasi: kasb-hunar kollejlari talabalari uchun o‘quv qo‘llanma/ P. Xo‘-jayev, K. Rahimqulov, B. Nigmonov; O‘zR Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi. – T.: Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2010. – 172 b.


1. Rahimqulov, K. II. Nigmonov, B.


BBK 74.202.5





172

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə