Bakteriyalar haqida tushuncha



Yüklə 13,5 Kb.
tarix30.04.2018
ölçüsü13,5 Kb.
#40850

Bakteriyalar haqida tushuncha.

Bakteriyalar yer yuzining hamma joyida uchraydi. Ularda yadro bo`lmaydi( -rasm). Ularning DNKsi sitoplazmada joylashgan( -rasm). Bakteriyalar kattaligi har xil bo`lib 1dan 10-15mkm.gacha bo`ladi. Ular irsiy axborotni bitta aylanma shakldagi DNK molekulasida bo`lib, u sitoplazmada joylashgan. Ularda yana bir qiziq hodisa yuz beradi yani barcha genlari to`xtovsiz irsiy axborot olib turadi. Bakteriya hujayrasi membrana bilan o`raglan bo`lib, u sitoplazmani hujayra devoridan ajratib turadi. Unda ribosomalar bo`lib, oqsil sintezini amalga oshiradi. Bakteiyalarning hayot faoliyati bilan bog`liq fermentlar sitoplazma bo`ylab tarqlib ketgan yoki membranalarning ichki tomoniga biriktirilgan bo`ladi. Odatda bakteriyalar ikkiga bo`linish yo`li bilan ko`payadi. Sharoit og`irlashsa yoki modda almashinuv mahsulotlari ko`p to`planganda spora hosil qiladi. Sporalari juda hayotchan bo`lib, quruq holatda ular hayotiylik hususiyatini yuz hatto ming yillar ham saqlab qoladi. Harorat keskin o`zgarishi ham sporalarga ta`sir ko`rsatmaydi.Kasalik tarqatuvchi bakteriyalarga asosan har xil antibiyotiklar ta`sir etirib kurashiladi( -rasm).



( -rasm) Bakteriyaga antibiotiklarning

ta`siri.


( -rasm) Bakteriyaning ichki tuzulishi.


( -rasm) Bakteriyaning tashqi ko`rinishi. ( -rasm) Bakteriyaning mikroskopik ko`rinishi. ko`rinishi.
Mikoriza va bakteriyalar bilan simbioz yashaydigan ildizlar

  1. ko`pgina daraht va o`t o`simliklarining ildizlarida zamburug`lar yashaydi, bu esa mikoriza deb ataladi. u ikki hil bo`ladi endotrof va ektotrof mikoriza.

Endotrof mikorizada gifalar deb ataladigan mayda-mayda iplardan yuzaga kelgan zamburug` vegetativ tanasi, asosan, ildiz parenhima to`qimasining xujayralari ichida bo`ladi va kamdan-kam gifalarigina ildizdan tashqariga—tuproqqa chiqib turadi. Ayni vaqtida ildizning tashqi tuzulishida aytarli o`zgarishlar ko`rilmaydi. Ildiz xujayralarining ichida, odatda zamburug` gifalari qisman yemirilib, moddalari ildiz xujayralariga ovqat bo`ladi.

Endotrof mikoriza, masalan, vereckgullilar bilan orxisgullilar oilasiga kiradigan hamma o`simliklarda, shuningdek, har-hil oilaga kiradigan boshqa ko`pgina o`simliklarda uchraydi.

E k t o t r o f mikorizali o`simliklarda zamburug` gifalari yosh, kalta yon ildizchalarining bir qismini tashqi tomondan o`rab oladi va ularning atrofida ancha zich jilt hosil qiladi. Ana shu yon ildizlarga tarmoqlangan bir muncha uzun ildizlar zamburug` gifalari bilan o`ralmasdan, bo`yiga o`sishini davom ettiradi va ildiz sistemasining tuproqqa tobora chuqur kirishiga imkon beradi. Mikoriza hosil bo`lgan yon ildizchalar esa boyiga o`sishdan to`htab, shohlana boshlaydi (bazan ayriga o`hshab shohlanadi) va marjonga o`hshagan zich tarmoqlar hosil qiladi. Ana shunday mikorizali ildizchalarda ildiz g`ilofchasi bo`lmaydi yoki juda kuchsiz taraqqiy etgan bo`ladi; ildiz tuklari ham yoq, ularning vazifasini ildizchalar atrofidagi zamburug` gifalari bajaradi. Ikkinchi tomondan, zamburug` gifalarining bir qismi zamburug` g`ilofchasidan ildizning ichiga kiradi. Gifalar xujayralar orasidagi pektin moddalarini qisman eritib, birlamchi ildiz po`stlog`ining tashqi tamonidagi xujayralar orasiga o`tadi va shu yerda to`rga o`hshab harakterli joy oladi; bulardan o`z navbatida ingichka tarmoqlar chiqib, po`stloq parenxima xujayralarining ichiga kiradi va qisman erib, o`sha hujayralarga <>. Shunday qilib, ektotrof mikoriza tamomila tashqi mikoriza emas, shunga ko`ra, u, ko`pincha ektoendotrof mikoriza deb ataladi.

Ektoendotrof mikorizali ildizlarning anatomic tuzilishi ham mikorizasiz ildizlar tuzilishidan farq qiladi. Ularda yuqorida aytilganidek, ildiz tuklarini yoqligi, ildiz qinining bo`lmasligi yoki juda kuchsiz taraqqiy etishidan tashqari, ikkilamchi tartibda yo`g`on tortgan qismlar ham bo`lmaydi, birlamchi po`stloq tushib ketmaydi va xujayralari biroz kattalashadi.

Ektoendotrof mikorizalar ko`pchilik darahtlarimizda-nina bargli va yaproq bargli darahtlarda vujudga keladi. O`sha mikorizalarni hosil qiluvchi zamburug`lar odatda o`rmonlarimizda o`sadigan qalpoqchali zamburug`lar jumlasiga kiradi va juda har hil bo`ladi (podberezovik,podosinovik,rijik,borovik,maslyata,siroeshka,muhomo degan qo`ziqorinlar va boshqalar). Ayrim zamburug` turlari ko`p darajada tahassuslashgan emas, yani talaygina zamburug`lar, aftidan, muayyan bir daraht turiga bog`langan emas. Mikoriza xosil qiluvchi zamburug`lar o`rmondan tashqarida o`smaydi, demak, bular muqarrar ildizlar bilan birga yashashi kerak. Ular, chamasi, ildizdan azotsiz organik birikmalarni fotosintez qiluvchi yashil o`simliklarda oson o`zlashaydigan birikmalar holida ko`p bo`ladigan uglevodlarni oladi. Ikkinchi tamondan, darahtlar ildizida mikorizalar yuzaga kelmasa qurib qolishini yoki yahshi o`smasligini ko`rsatadigan talaygina kuzatuvlar bor. Mikoriza zamburug`larini yuksak o`simliklar uchun har taraflama ahamiyatga ega deb tahmin qilsa bo`ladi. Mikorizalar o`simliklarni suv va minereal tuzlar bilan taminlaydi, shu bilan birga mikoriza ildiz chalarining shohlanishi, shuningdek zamburug` gifalarining tuproqda juda tarmoq otishi tufayli ildizlarning yutish kuchi ancha oshadi. Mikorizalar orqali ildizlarga fosfor, azot, kirishi nishonli atomlardan foydalanish usuli bilan isbot etiladi. Bundan tashqari, zamburug`lar yuksak o`simliklar tog`ridan-to`g`ri o`zlashtira olmaydigan azotli murakkab organic birikmalarini tuproqdan o`zlashtiradi; zamburug`lar ildiz xujayralarida qisman erib, ularga o`zlashadi va shu tariqa yuksak o`simlikka uning o`zi o`zlashtira olmaydigan organik birikmalarni assimilatsiya qilishiga imkon beradi. Nixoyat, mikoriza zamburug`lari yuksak o`simliklarni yana vitaminlar va o`sishini tezlashtiradigan qandaydir boshqa moddalar bilan ham taminlab tursa hech ajab emas. Yuksak o`simliklarning mikoriza zamburug`lari ishtirokida oziqlanish usuli m I k o t r o f oziqlanish deb nom oldi.

Zamburug` bilan yuksak o`simlikning mikorizadagi o`zaro munosabatini garmonik simbioz xarakterida deb aytish juda qiyin, bunday simbioz, umuman aytganda, tabiatda bo`lmasa ham kerak. O`tmishda mikorizalar hosil bo`lishining dastlabki davrlarida va hozirgi ontogenezining boshlarida zamburug` avaliga ildizning qanday bo`lmasin chiqindilarini, chamasi, o`zlashtiraydigan va so`ngra ildizga kirib, parazit kabi hayot kechiradigan bo`lgan. Keyinchalik yuksak o`simlik zamburug` gifalarini qisman o`zlashtira boshlaydi, natijada bir muncha muvozanatlashgan ikki tomonlama parazitizm vujudga keladi,bunda har ikki komponent malum foyda oladi, shu bilan baravar o`zaro antogonizm munosabatlari yo`qolib ketmaydi.

G`amlovchi ildizlar

Bu ildizlarda g`amlovchi perenxima hujayralari yahshi rivojlanganligi sababli ildiz kuchli yo`g`onlashgan shaklda bo`ladi. Perenxima xujayralari birlamchi po`stloqda, yog`ochlikda va o`zakda rivojlanadi.


Xavo ildizlari

Orxisgullilar, quchalagullilar, bromeliyagullilar oilasiga kiruvchi talaygina tropic epifitlari va boshqa o`simliklarda ularni substratga o`rnashtirib, oziqlantiruvchi ildizlardan tashqari yana quruq holida kumushdek oppoq bo`ladigan, xavoda osilib turadigan qo`shimcha ildizlar (xavo ildizlari deb ataladigan ildizlar) ham bor. Ularning yuzasi bir qancha yoki bir talay o`lik hujayralar qavati bilan qoplangan bo`ladi, bu xujayralar ichi bo`sh bo`lib, pardalarida spiralga o`hshagan yo`g`onlashmalari va teshiklari bor. O`sha xujayralar yog`in suvlarini, bazi malumotlarga qaraganda, aslini aytganda, rad etilayotgan malumotlarga qaraganda esa xavodagi suv bug`laridan xosil bo`ladigan suvni ham oson yutadi.



Ko`pgina tropic darahtlarida tana bilan shohlaridan qo`shimcha xavo ildizlari paydo bo`ladi. Bu ildizlar pastga, yerga qarab o`sadi va tarmoq otib, darahtlarga tayanch bo`ladi va oziq beradi. O`sha ildizlar daraht tanasining pastki qismidan chiqib,qiyshiq xolda pastga qarab o`sgan bo`lsa, yog`ochoyoq ildizlar deb ataladi; ular ingichka tanadan chiqqan kattagina shoh-shabbani tutib tura oladi. Bazan daraht tanasining pastki qismi chiqib ketadi va daraht go`yo yog`ochoyoqda turgandek bo`lib qoladi. Asosan, suvda, balchiqli kichik dengiz ko`rfazlarida, daryolarning manbai bilan mansabida o`suvchi darahtlarda ana shunday ildizlar bo`ladi.
Yüklə 13,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə