Barg vazifasi va morfologiк tuzilishi



Yüklə 34,19 Kb.
səhifə1/2
tarix30.12.2023
ölçüsü34,19 Kb.
#164230
  1   2
Barglar




TDAU
MUSTAQIL ISHI


MAVZU : BARG VA UNING VAZIFALARI
Bajardi : Abduvaqqosova Shahzoda
Tekshirdi : Ahmedov Xasan
Reja:
1. Bargning vazifasi.
2. Bargning morflogik tuzilishi.
3. Barglarning tomirlanishi.
4. Barglarning hayot kechirish davri.
5. Barg metamorfozi.


Barg (lot. folium, yun. phyllon) — yuksak oʻsimliklarning asosiy vegetativ organlaridan biri, fotosinteztranspiratsiya va gaz almashinuvi vazifasini bajaradi. Ba’zi oʻsimliklar barglari evolyutsiya davomida yashash sharoiti ta’sirida shakli oʻzgarib, oziq yoki suv gʻamlash, himoya qilish, ilashish kabi qoʻshimcha funksiyalarni bajarishga moslashgan. B.ning kattaligi turlicha, odatda 3—10 sm, ayrim oʻsimliklar (mas, palmabanan) B. 20 m ga yetadi. B.ning plastinkasimon kengaygan qismi yaproq, novdaga yopishish uchun xizmat qiladigan ingichka qismi B. bandi deyiladi. Bir qancha oʻsimliklar (bugʻdoydoshlarziradoshlar) B. bandi kengayib, novdani oʻrab turadigan qinni hosil qiladi. Ba’zi oʻsimliklar (yalpizdoshlar)da B. bandi boʻlmaydi, yaprogʻi toʻgʻridan-toʻgʻri novdaga birlashadi. Bunday B. oʻtroq deyiladi. B.ning fotosintez qiladigan sathi yaproqning shakli va kattaligiga bogʻliq. Yaproqning yassi boʻlishi B.ning fotosintez qiladigan yuzasi sathini oshiradi.B. oddiy va murakkab boʻladi. Oddiy B. bandida bitta, murakkab B. bandida bir necha yaproq bor. Oddiy B. yaprogʻining shakliga koʻra yumaloq, tuxumsimon, nashtarsimon, toʻgʻri chiziqpi, ninasimon, yuraksimon, doirasimon va boshqa; qirrasining tuzilishiga koʻra tekis qirrali, tishli, kungurali; i. 1 mm2 barg yuzasida ogʻizchalar soni 40 dan 500 gacha, ba’zan undan ham koʻproq boʻladi. Ogʻizchalar ayniqsa sernam joylarda oʻsadigan oʻsimliklar bargi kutikula, yogʻsimon moddalar yoki tuklar bilan qoplangan, barg plastinkasi kichik, koʻpincha etli; barg orqali suvning koʻp bugʻlanishiga imkon bermaydi. Epidermis ostida B. eti (mezofill) joylashgan. B. eti koʻpchilik oʻsimliklarda ustki epidermis ostida joylashgan 1 — 2 qator hujayralardan iborat ustunsimon toʻqima va uning ostidagi gʻovak toʻqimadan tashkil topgan. B. eti hujayralari (ayniqsa ustunsimon toʻqima) B.ga yashil rang beruvchi xloroplastlarga boy. Xloroplastlar ishtirokida hujayralarda fotosintez sodir boʻladi. B. etidan tomirlar oʻtadi. Ular har xil shaklda boʻlib, sistematik ahamiyatga ega. Ikki pallali oʻsimliklar B. toʻrsimon yoki patsimon, bir pallalilar esa parallel yoki yoysimon tomirlangan. Tomirlar lub va yogʻochlik tolalaridan hamda oʻtkazuvchi va toʻrsimon naylardan iborat. Tomirlar yaproquchun tayanch sinch vazifasini oʻtaydi. Oʻtkazuvchi naylar orqali suv va mineral oziq moddalar iddizdan barg mezofili hujayralariga toʻxtovsiz kelib turadi. B. hujayralarida sintezlangan mahsulotlar tomirlardagi toʻrsimon naychalar orqali oʻsimlikning boshqa qismlari, ya’ni poya, ildiz, gul, mevalarga yetkazib beriladi. B. yuzasining keng boʻlishi uning karbonat angidridni faol qabul qilishi, koʻp miqdorda suv bugʻlatishi va kislorod ishlab chiqarishiga sabab boʻladi. I ga maydondagi yashil oʻsimliklar bir kecha-kunduzda 150 – 500 kg karbonat angidridni oʻzlashtirib, 60 – 400 kg kislorod ajratadi va 100 t gacha suv bugʻlatadi. Bu jarayonda B. 75 – 250 kg gacha organik modda hosil qiladi. B.ning yashash muddati ham turlicha boʻlib, ayrim oʻsimliklar B. Bir necha hafta, boshqalari bir necha yilgacha (mas, lavr bargi 3 —4 yil, Yevropa archasi bargi 8—10 yil, Shrenka archasi bargi 30 yil) yashaydi. B. hayoti fotosintez va metabolitik jarayonlarning izchilligi bilan bogʻliq. Bu jarayonlar sekin kechadigan ninabarglilarning bargi nisbatan uzoq yashaydi. B. cheklangan oʻsish xususiyatiga ega boʻlishi bilan boshqa oʻsimlik organlaridan farq qiladi. Yaproqning oʻsishi cheklanganligi, biroq B. bandning oʻsishi toʻxtovsiz davom etaverishi tufayli B. yaprogʻi yorugʻlikka oʻgirilish xususiyatiga ega boʻladi.Oʻktam Pratov.www.ziyouz.com kutubxonasi 110
1. Barg vegetativ a`zo sifatida yuksak o`simlilkar uchun xosdir. Barg vositasida o`simliklarning tashqi muhit bilan munosabati amalga oshadi.
Barg poyada joylashgan bo`lib, uning o`sish konusidagi merestema hujayralarining rivojlanishidan hosil bo`ladi. Ular poyada o`ziga xos navbat bilan joylashgan bo`lib, uning eniga va bo`yiga o`sishi bargning asosini va barg yaprog`ini hosil qiladi.
Barg quyidagi funksiyalarni bajaradi.
1. Fotosintez
2. Gazlar almashinuvi
3. Suv bug`latish
4. Zahira oziq moddalarni saqlash (karam, piyoz)
5. Himoya vazifasi (tikanaklar)
6.Vegetativ ko`payishga, xizmat qiladi.
(yapon binafshasi, begoniya)
Fotosintez jarayonini К. A. Temiryazov har tomonlama o`rganib, ko`p yillik mehnati asosida “quyosh, hayot va xlorofill” nomli asarini yozadi. Bu asarda fotosintez jarayoni tabiatda energiyaning saqlanish va bir turdan ikkinchi turga o`tish qonuniga amal qilshi bayon qilingan.
Bu jarayonni 1840-yilda J. B. Busenko tomonidan taklif qilingan quyidagi formula bilan ifodalash mumkin.
YORUG`LIК
6 CO2 + 6 H2O ¾¾¾¾® C6 H12 O6 + 602 + 674 kkal
xlorofill
Fotosintez jarayoni natijasida barcha tirik organizmlar uchun zarur bo`lgan organik moddalar hosil bo`ladi.
Olimlarning hisoblashlaricha Yer sharidagi barcha yashil o`simliklar har yili 2 mlrd. t azot, 6 mlrd. t fosforni o`zlashtirib 170 mlrd. t uglerod hosil qiladi. Bunda 500 mlrd. t suvni parlatib, 400 mlrd. t organik moddalar hosil qiladi va 460 mlrd. t kislorod ajratib chiqaradi.

Nafas olish barg uchun asosiy vazifalardan biri hisoblanadi. Bu jarayon natijasida murakkab organik moddalar kislorod ishtirokida suv va karbonat angidridga parchalanadi. Parchalanish natijasida hosil bo`lgan energiya organizmlar tomonidan foydalaniladi.


C6H12O6 Q 6O2 ¾® 6SO2 6H2O Q 2721,8 kdj.

Suv bug`lanish jarayoni natijasida o`simlik tomonidan shimilgan suv barg vositasida parlatiladi. Bu jarayon natijasida ajratilgan mineral moddalar o`simlik tomonidan foydalaniladi. Suv bug`latish xususiyati tufayli o`simlikda tinimsiz suv harakati ta`minlanadi. Suv bug`lanish jarayoni tufayli, cho`l zonasida o`suvchi o`simlik tanasining harorati havo haroratiga nisbatan 7-80 C ga past bo`ladi. Masalan: Bir tup makkajo`xori yoz bo`yi 150 kg suv parlatsa, kungaboqar 200 kg, mosh 5 kg, suv bug`latadi. 1ga maydondagi suli eqilgan joydan 3 000 000 kg, karam ekilgan joydan 2700 kg suv bug`latiladi.


1000g shimilgan suvning 990 gr parlatilsa 10gr o`simlikda saqlab qolinadi. Кunduzi 1m2 barg yuzasi 50. 250gr suv bug`latilsa, kechasi 1-20g suv bug`latadi.
2. Bargning tuzilishi. Barg quyidagi qismlardan tuzilgan bo`ladi va barg bandi, plastinkasi, yon bargcha va barg asosi. Barg asosi bilan novdaga birlashib turadi. Barg bandi barg asosi va yaprog`ini orasida hosil bo`ladi. Uning vazifasi bargni yorug`likka qaratib, maxanik vazifani bajarishidir. U ayrim o`simliklarda yaxshi rivojlangan bo`lsa, ayrimlarida bo`lmaydi, bunday barglar o`troq barglar deyiladi. Bunday barglar g`allagulli o`simliklarda hosil bo`lib, barg qinchasi, tilchasini hosil qilib bo`g`indan bo`g`ingacha masofada joylashadi.
Yon bargchalar mayda bo`lib, asosan 2 tadan bo`ladi. Vazifasi kurtakni himoya qilishidir. Ayrim o`simliklarda ular tushib kyetadi. (qamish, olma, nok). Masalan: moshda, g`o`zada uch burchakli bo`lsa, akatsiyada tikanaklarga aylanadi. Vegetatsiya davrida har bir o`simlikda quyidagi toyifadagi barglar hosil bo`ladi.
1. Pastki yarusdagi barglarga kurtakdagi, ildizpoyadagi, piyoz boshlardagi barglar kiradi.

2. O`rtayarusdagi barglar haqiqiy yashil barglar hisoblanadi.


3. Yuqori yarusdagi barglarga. G`unchani va to`p gullarni o`rab turuvchi barglar kiradi.
Bargni o`lchami har xil. Masalan: Butguldoshlar oilasi vakillari bir necha mm barg hosil qilsa, tropik o`simliklar 10 - 22 mga yetadigan barglar hosil qiladi. Makkajo`xori 1 m gacha, bananniki 1 m, eni 40 - 50 sm, Afrika, Amerikada o`sadigan Palmaniki uzunligi 20- 22 m. eni 10 - 12 m va h.k.
Bargni miqdori o`simlik yuzasini ko`paytirib beradi. Masalan: 1 ga maydondagi makkajo`xori bargi 12 ga yuzaga ega bo`lsa, kartoshka bargi 40 ga yuzani hosil qiladi.

O`simliklarda morfologik tuzilishga ko`ra oddiy va murakkab barglar hosil bo`ladi. Oddiy barg deb faqat bitta barg plastinkasi bo`lgan barglarga aytiladi. Bir necha barg plastinkasi bo`lsa murakkab barg deyiladi. Murakkab barglarda dastlab plastinkasi so`ngra bandi to`kiladi.


Odiiy barglar barg yaprog`ining shakliga qarab: dumalok, ovalsimon, tuxumsimon, uzunchoq, nashtarsimon, nayzasimon kabi barglarga ajratiladi. Barg qirrasining tuzilishiga ko`ra: tekis qirrali, tishsimon, arrasimon bo`ladi. Murakkab barglarda o`zining kichkina barglari bilan barg asosiy bandga birikib turadi. Ular quyidagi turlarga bo`linadi: 1. Uchbarglilar (dukkakdoshlar) 2. Panjasimon (akatsiya, no`xot) 3. Tok patsimon (yongoqda) 4. Juft patsimon (yasmiq, no`xotak)
3. Bargni tomirlanishi. Bargdagi o`tkazuvchi bog`lamlarni tarmoqlanib joylanishdan hosil bo`ladi.
Ular quyidagi turlarga bo`linadi.
1. Parallel tomirlanish. (bir pallali o`simliklarda)
2. Yoysimon tomirlanish. (zupturumda)
3. To`rsimon tomirlanish (Ikki pallalilarda)
4. Patsimon tomirlanish (tol, olma, otquloqda)
5. Oddiy tomirlanish (mox, plaun, ochiq urug`liklarda)
Oddiy tomirlanishda bargning asosidan barg uchigacha bitta barg tomiri hosil bo`ladi. Bunday tomirlanish yuksak sporali o`simliklar, mox, plaun, ochiq urug`lilar (igna barglilar) va yopiq urug`liklardan elodiya o`simligida uchraydi.
4. Bargning hayot kechirish davri. Bargning hayot kechirish davri turlichadir. Ayrim o`simliklarda barg atigi bir necha oy hayot kechirib keyin tushib kyetadi. Ayrim o`simliklarda 1,5-5 yil hatto 12-15 yildan keyin tushadi. Bunday o`simliklar doimiy yashil o`simliklar deb nomlanadi. Ularda barglar almashinuvi muntazam, uzoq vaqt davom yetadi. (Masalan qarag`ayda, emanda 1-3 yil, lavr daraxtida 4 yil). Velvichi daraxtida (Afrika cho`lida o`sadi) 100 yil hayot kechiradi.
Barg to`kilishi yoki xazonrezgilik me`yoriy biologik jarayon hisoblanadi. Кuzga kelib o`simlikni suv va mineral moddalarni qabul qilishi qiyinlashib qoladi natijada organik moddalarni sintezi sekinlashadi. Кuzda barglar dastlab sargayib keyin qizara boshlaydi. Bu xlorofill pigmentlarining hayotchanligini susayishi asosida amalga oshadi. To`kilgan barglar tuproqda mineral moddalar tarkibini oshishiga, ildizni sovuq urishidan saqlashga, urug`larni himoya qilishga xizmat qiladi.
5. Bargning shakl o`zgarishi - metamarfozi. Evolyutsiya jaryonida ko`p-chilik yuksak o`simliklar vegetativ organlarida bo`lgani singari barg ham o`z tashqi ko`rinishini o`zgartirib boshqa fiziologik funksiyani bajaradigan bo`lgan.
Barg metomorfoziga tikanaklar, mo`ylovlar, zahira oziq modda to`plovchi barglar, tangacha barglar va hashoratxo`r o`simlik barglari misol bo`ladi.
Кo`pchilik hashoratxo`r o`simliklarda barg bandi barg plastinkasi vazifasini bajaradi. Bunga fillodiya deyiladi. Кaktus, astragal, qushqo`nmas o`simliklarida barg plastinkasi tikanaklarga aylanadi. Mosh, no`xot, qovoq, yovvoyi no`xot o`simliklarida barg plastinkasi o`ziga xos mo`ylovlar hosil qiladi. Oq akatsiyada kovil, qarag`ayda yon barglar tikanlar hosil qiladi. Hashoratxo`r o`simliklarda bezli to`qimalar bo`lib, ulardan ishlab chiqarilgan sekretlar hashoratlarni jalb qilish va parchalash xususiyatiga ega. Hashoratxo`r o`simliklarni 450 dan ortiq turi mavjud bo`lib, ular rossiyankalilar, puzirchatkalilar, nepentesoviklar
oilasiga mansubdir.
Adabiyotlar:



Yüklə 34,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə