Barmoq teatrining boshqa teatrlardan farqi Reja



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə1/16
tarix11.05.2022
ölçüsü1,23 Mb.
#86725
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Barmoq teatrining boshqa teatrlardan farqi


Barmoq teatrining boshqa teatrlardan farqi

Reja :

  1. Maktabgacha katta yoshdagi bolalarning badiiy ijodiy qobiliyatlarni qo‘g‘irchoq teatri vositasida shakllantirish mazmuni.

  2. Maktabgacha ta’lim muassasalarida qo‘g‘irchoq teatrini tashkil etish va qo‘g‘irchoq yasash usullari.


Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyasi: T sxemasi, muammoli ta’lim, klastr,

Maktabgacha ta’lim muassasalarida qo‘g‘irchoq teatrini tashkil etish texnologiyasi va qo‘g‘irchoq yasash usullari






Maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilari faoliyatlarida axloqiy-estetik sifatlarni shakllantirishga qaratilgan pedagogik faoliyatni samarali yo‘lga qo‘yishda tarbiyalanuvchilarning ijodiy faoliyatlarini tashkil etish muhim ahamiyat kasb etadi. Maktabgacha ta’limning hozirgi bosqichida tarbiyalanuvchilarni ijodiy mehnatga tayyorlash – kelajak avlodning ta’lim-tarbiyasiga qo‘yiladigan muhim vazifalardan biridir. Tarbiyalanuvchilarni ijodiy mehnatga tayyorlash ularning qiziqishlari, moyilliklari va imkoniyatlariga asoslangan qo‘l mehnati hisoblanadi. Qo‘l mehnati jarayonida bolalar asosan tashlandiq (keraksiz, chiqindi) materiallardan, sun’iy xom-ashyolar bilan ishlash ko‘nikmalari hosil qilinadi. Tarbiyalanuvchilarni qo‘g‘irchoq yasashga o‘rgatishda quyidagilar muhim o‘rin tutadi

yasalayotgan qo‘g‘irchoq turi va uning o‘ziga xosligi haqida dastlab og‘zaki tushuncha berish;

kerakli jihozlar, ulardan to‘g‘ri va ehtiyotkorona foydalanish haqida tarbiyachi eslatmasi;

asosiy ishni boshlash, har bir harakatlar ketma-ketligi oldidan tarbiyachining amalda ko‘rsatmasi;

har bir tarbiyalanuvchilarning xatti-harakatini kuzatish;

o‘z vaqtida rag‘batlantirib borish.

Tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar uchun turli qo‘g‘irchoqlar yasash texnologiyalari ishlab chiqilib, bevosita maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatida qo‘llanildi. Ushbu jarayonni amalga oshirishda quyidagi talablarga rioya qilinishi qat’iy belgilab olindi

qo‘g‘irchoqning turi, nomi, shakli, hajmi va ishlatilishi to‘g‘risida dastlabki tushunchalarning berilishi;

bolaning bemalol harakat qilishi va yasashi uchun qulay shart-sharoit yaratilishi;

bolalarning o‘yinchoq yasashlari uchun kerakli materiallarning hozir bo‘lishi;

tarbiyachi har bir harakatni tushuntirgan holda yasab ko‘rsatishi;

tayyor qo‘g‘irchoqlar namuna sifatida ko‘rsatilishi;

qo‘g‘irchoq milliylikka yo‘g‘rilgan, an’analarni saqlab qolgan, o‘zbekona turmush tarzini o‘zida aks ettirgan bo‘lishi lozim;

qo‘g‘irchoq bolaga jarohat yetkazmaydigan, o‘ynash uchun qulay, bola sog‘lig‘iga zararsiz, bejirim tayyorlanishi kerak;

qo‘g‘irchoq bolaning qiziqishlariga mos kelishi, har xil o‘yinlarda foydalana oladigan, ijodkorlikka undaydigan bo‘lishi lozim;

qo‘g‘irchoqning tashqi ko‘rinishi samimiy, xushchaqchaq bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.

ish jarayonida estetik didga e’tibor qaratish;

bolalarning jismoniy rivojlanganligini e’tiborga olish;

bolada yasagan qo‘g‘irchog‘iga nisbatan muhabbat hissini uyg‘otish, mehnatning natijasidan quvonish, mas’uliyatli bo‘lishga o‘rgatish;

o‘rtoqlari bilan hamkorlik qilish, o‘zaro yordamlashishni qaror toptirish;

yasalayotgan qo‘g‘irchoq bolaning yosh va bilim saviyasiga mos bo‘lishi, uning tashqi qiyofasi tasviridan bola zavqlanishi lozim;

qo‘g‘irchoqqa berilgan ranglarning turli-tumanligi, kiyimining bejirimligi, yasalishining soddaligi bola ruhiyatiga katta ta’sir ko‘rsatadi.


Tajriba-sinov ishlari davrida maktabgacha katta yoshdagi bolalarda qo‘g‘irchoq teatri vositasida axloqiy-estetik sifatlarni shakllantirishga xizmat qiluvchi – bolalar ijodiy mehnatidan unumli foydalanildi. 

Ushbu jarayonda bolalar yapaloq (tekis) qo‘g‘irchoqlar, qo‘lqopli qo‘g‘irchoqlar, qutili qo‘g‘irchoqlar, qo‘lga kiyib o‘ynatiladigan qo‘g‘irchoqlarni yasashda faol ishtirok etdilar va bu borada tarbiyachi ko‘rsatmalari asosida muayyan bilim, ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar. Shuningdek, tarbiyachilar uchun sim (trostoviye) bilan boshqariladigan qo‘g‘irchoqlar, ip (marionetka) bilan boshqariladigan qo‘g‘irchoqlar, aktyori ko‘rinadigan (planshetniy) qo‘g‘irchoqlar, soyali (tenevoy) qo‘g‘irchoqlar, niqobli (maska-shou) qo‘g‘irchoqlarni yasash bo‘yicha muayyan ko‘rsatmalar berildi va ularning o‘z faoliyatlarida foydalanishlari uchun imkoniyat yaratildi. 

Ushbu qo‘g‘irchoqlarni yasalish texnologiyalari sinov ishlariga jalb qilingan tarbiyachilarga oldindan tayyor buklet shaklida tavsiya qilinganligi ish jarayonining samarali kechishini ta’minlabgina qolmay, belgilangan vaqtdan unumli foydalanish imkoniyatini yuzaga keltirdi. 

Quyida yuqorida qayd etilgan ikki yo‘nalish ya’ni tarbiyalanuvchilar va tarbiyachilar ish jarayonida foydalanilgan qo‘g‘irchoqlarning yasalish texnologiyalari va ularning mohiyati to‘g‘risida so‘z yuritiladi. 




Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə