Basketbochilarning jismoniy tayyorgarligini rivojlantirish Reja: Basketbochilarning integral tayyorgarligi



Yüklə 116 Kb.
səhifə1/4
tarix16.03.2023
ölçüsü116 Kb.
#102595
  1   2   3   4
Basketbochilarning jismoniy tayyorgarligini rivojlantirish


Basketbochilarning jismoniy tayyorgarligini rivojlantirish


Reja:

  1. Basketbochilarning integral tayyorgarligi

  2. Texnika va taktikani o’zaro bog’liqligini

o’rgatish.

  1. Musobaqa tayyorgarligi.



Basketbochilarning integral tayyorgarligi


Basketbolda musobaqa faoliyatining asosiy maqsadi, ma’lumki raqib ustidan g’alaba qozonishdir. g’alaba qozonishga intilish va unga erishishda butun jamoa a’zolarining hamma harakatlarida tayyorgarlikni har bir tomoni o’z aksini topadi.


Basketbolda sport natijasiga erishishda musobaqa mashqlarini ko’p ishlatish (foydalanish) maqsadga muvofiqdir. Shuning uchun tayyorgarlik turlaridan tashkil topgan keng ko’lamdagi vositalar va metodlar va hokazolarni qo’lashdan, o’rgatish va takomillashtirish jarayonida texnik, taktik, jismoniy, ruhiy va irodaviy sifatlarni mujassamlashtirgan (biriktirgan) holda foydalanish muhimdir.
Basketbolchilarni o’yin faoliyati yaxlitlik sistemalilikni yaqqol namunasidir. Bu muhim holni o’quv-trenirovka jarayoni hisobga (inobatga) olishi zarur. Itegral tayyorgarlikni ikki yoqlama o’yinga yo musobaqaga aylantirmaslik lozim. Integral tayyorgarlik deganda, faktorlararo aloqani hosil qilishga basketbolchilarni o’yin harakatlarini (natijaga, yutuqga) samarali bo’lishligiga erishish va o’yin faoliyatini, shu bilan birga musobaqani ham, bir butunligiga kompleks tasir qilishligiga yo’naltirilgan jarayonni tushunmog’imiz lozim.
Integral tayyorgarlikni ilg’or vositalari ikki xil tayyorgarlikni vazifasini hal qilishga yo’naltirilgan, bu har xil xarakterdagi mashqlarni (tayyorlov, yondoshuvchi texnika, taktika bo’yicha) galma-gal almashtirish; almashish mashqlari (tayyorgarlikni hamma turlaridan har xil vazifalar), texnika va taktika bo’yicha vazifalar bilan o’quv o’yinlari, o’yinga ko’rsatma berish bilan o’rtoqlik o’yinlari va kalendar o’yinlar o’tkazish. o’rganilayotgan materialni mustahkamlash va takomillashtirishda asosan bir biriga mohiyati va xarakteri bilan yaqin bo’lgan o’yin va masubaqa metodidan foydalaniladi. Ularni asosiy qimmati shundaki, ular ruhiy-jismoniy sifatlarni kompleks rivojlantira olish, halaqit qiluvchi faktorlarga qarshi tura olishlikni egalanishi "hujumchi-himoyachi" yakka kurash siste-masi programmasini universal yarata olishlikdadir. o’yin metodidan ayniqsa o’rgatish va trenirovka jarayonida foydalaniladi. har xil o’yinlar hamda harakatli o’yinlar tayyorlov va o’yin mashqlari sifatida qo’llaniladi.
o’rgatish jarayonida harakatli o’yinlarni ahamiyati shundaki, u musobaqalarda o’yin harakatlarini modeli tariqasida xizmat qilish mumkinligidir.
o’quv-trenirovka jarayonida musobaqa metodi oldingi o’rinlarni egallab turadi. Uning mohiyati har xil darajadagi va ahamiyatdagi musobaqalarni sportchining organizmi sistemalarini funktsional faoliyatini takomillashtirish va o’rganilgan texnik-taktik usullarni (priyomlarni) hamda o’yin sistemalarini rejali ravishda foydalanishdadir.
har qanday harakat qilish ko’p hollarda malum jismoniy qobiliyatlarni qay darajadaligiga bog’liqdir.
Ular natijaga, texnikani aniq bir usuli (priyomi) orqali, texnik priyomlar esa, o’z navbatida - taktik harakatlar orqali erishishiga yordamlashadi.
Texnika bilan qurollanish qanchalik kengroq (ko’proq) va muhimroq bo’lsa, o’yinda jismoniy imkoniyatlardan shunchalik maksimal (unumli) foydalanish mumkin bo’ladi. Taktika bilan qanchalik yaxshi va mukammal qurollanilgan bo’linsa, o’yinda texnik imkoniyatlarni shunchalik maksimal (unumli, ko’p marta) darajada foydalanilsa bo’ladi.
Integral tayyorgarlikning vazifalari va vositalari. o’yin tayyorgarligi basketbolchilarning sport tayyorgarligining integ­ral formasidir. U (sport) kurash olib berishni uddasidan chiqishni takomillashtirishga yunaltirilgandir. o’yin tayyorgarligini asosiy vositasi bu - trener maxsus tashkil qilgan va boshqaradigan ikkiyoqlama o’yindir. o’quv ikkiyoqlama o’yinda basketbolchilarning asosiy vazifalari faqat yutuqqa erishishga qaratilmasdan, balki kurash olib borishni o’rganishni egalash, o’yin qanday borayotganini kuzatib, muhim va ahamiyatli narsalarni ikkinchi darajali va tasodifiy narsalardan ajratishga qaratilgandir. o’yin tayrgarligining vazifalari:
1. o’z kuchini taqsimlay bilishni takomillashtirish, bu o’z kuchi va imkoniyatlarini iloji boricha jamlay bilishni zo’r harakat faoliyati davrlarini birga olib borishni shakllantirishni nazarda tutadi.
2.Shaxsiy harakatlarni va jamoachi sheriklari bilan uzaro harakatlarni takomillashtirish bu ishlab chiqilgan o’yin rejasini yoki trenerning operativ vazifasini amalga oshirishda o’z aksini topadi.
Z.o’zlashtirib olingan taktik sxemalar, kombinatsiyalar va ularni usullaridan foydalanishni takomillashtirish. o’yin tayyorgarligini boshqarish uchun kontrol vazifalarni bajarishda o’yin shartlarini biroz engillashtirish, maydonni va vaqtni sun’iy ravishda chegaralash, musobaqalashishini (qiyinlashtirish) murakkablashtirish, halaqit qiluvchi faktorlardan foydalanish, basketbolchilar o’yin vazifalarini qanday bajarayotganliklarini muntazam ravshida kuzatib borish va ularni muvoffaqiyatli bajarganlari uchun rag’batlantirish tavsiya kilinadi.
o’yin tayergarligini samaradorligini oshirish uchun metodik usullar (priemlar) kompleksini qo’llash maqsadga muvofiqdir:
1.o’quv o’yiniga o’yin olib borishni tanlangan sxemasini yoki halaqit qiluvchi faktorlarni engish bilan bog’liq rejalashtirilgan o’zaro harakatlar sistemasini albatta amalga oshirish bilan bog’liq vazifalarni kiritish.
2.Kelajakda bo’lishi ehtimoli mumkin bo’lgan asosiy raqibga o’xshab hara­kat qilayotgan sheriklari bilan ikki yoqlama o’quv o’yini o’tkazish.
3.Umum komandaning o’yin vazifasini hal qilishga yordam beruvchi sportchilarga aniq vazifalar berish.
4.Jamoaning asosiy tarkibiga vaqti-vaqti bilan aniq taktik vazi-fa olgan hamda ishni bajarilishini talab qilgan holda yangi o’yinchilarni o’yinga kiritib turish.
5.Avval kelishib olingan signallar yordamida, bir taktik kombinatsiya va variantlardan boshqachalariga o’tishdan foydalanish.
6.Biroq bir o’yin sharoitidan boshqacha o’yin sharoitiga kutilmaganda tez o’tishni o’rganish uchun basketbolchilarga tegishli mashqlar tavsiya qilinadi.Bu maqsadga yo’naltirilgan tayyogarlikni talab qiladi.
o’quv o’yinlarida o’yinchilar kutilmaganda boshqacha sharoitga tez o’tishni takomillashtirishlari uchun ma’lum metodik ketma-ketlikda ularni amalga oshirish lozim. Shu maqsadda xali yaxshi o’zlashtirilmagan va amallarda (ko’p) unchalik qo’llanilmagan taktik o’zaro harakatlarni ishlatish mumkin. O’yinda final sharoitlarni foydalanish. Bu usul (priem) shug’ullanuvchilarda o’yinni hal qiluvchi vaziyatlarida bor kuchlarini tez jamlash va zo’r berishni erishilgan muvofaqqiyatni (ustunlikni) mustahkamlashni shakllantirishga yo’nal­tirilgan.
Integral tayyorgarlikning asosiy metodlari - qo’shma tasir etish, o’yin, musobaqa metodlaridir. Integral tayyorgarlikning eng yuqori shakli bu basketbol bo’yicha har xil darajadagi musobaqalardir.
Jismoniy va texnik-taktik tayergarlikni o’zaro bog’liqligicha quyidagicha erishiladi: birinchidan biron bir aniq texnik priyomni bajarish uchun zarur bo’lgan jismoniy qobiliatlarni rivojlantirishda ikkinchidan, texnik-taktik priyomlarni (usullarni) o’rganishda jismoniy qobiliyatni ustirishda; uchinchidan, ba’zi bir texnik priyomlarni (usullarni) zo’r shiddat bilan ko’p marta qayta-qayta bajarish jarayonida muvofiq maxsus jismoniy qobiliyatlarni rivojlantirishda.
Texnik va taktik tayyorgarlik birlashtirishga erishish katta ahamiyatga egadir. Texnika qanchalik yaxshi egallangan bo’lsa, basketbolchi jismoniy qobiliyalarini shunchalik ko’p amalga oshirish (tatbiq eta olish) imkoniga ega bo’ladi. Texnik usullarni qanchalik ko’p egallangan va taktik tayergarligi juda yaxshi zo’r bo’lsa sportchi ham umuman komanda ham o’z texnik tayyorgarligini maksimal amalga oshirish imkoniga ega bo’ladi.
Texnik va taktik tayergarlikni birikkanligiga erishish taktik hara­katlarni ichida texnik priyomlarni (usullarni) takomillashtirish va tak­tik harakatlarni texnikani takomillashtirayotib, qayta-qayta zo’r shiddat bilan bajarishda erishiladi. Integral tayyorgarlikning vazifasini echish (hal qilish) pozitsiyasidan qaralganda basketbol o’yini malakalarini paydo bo’lishining strukturasi (tuzilishi) metodlari va vositalari, tayyorgarlik turlari, taktika va texnikani o’rgatish bosqichlarini ko’rib chiqish zarur.

Yüklə 116 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə