Bayonnomas I



Yüklə 27,24 Kb.
tarix02.07.2022
ölçüsü27,24 Kb.
#90297
A. Navoiy bayonnoma


Baxmal tumani XTB ga qarashli 36- umumiy o’rta ta’lim maktabida


Alisher Navoiy tavalludi kuniga bag’ishlab o’tkazilgan tadbir
B A Y O N N O M A S I
09.02.2022-yil -maktab
Jizzax viloyati Baxmal tumanidagi 36- sonli umumiy o’rta ta’lim maktabida 2022-yil 9-fevral kuni Buyuk mutaffakir shoir , bobomiz Mir Alisher Navoiyning 581 yilligi munosabati bilan maktabning 6 – sinf o’quvchilari ishtirokida tadbir o’tkazildi.
Tadbirga maktabning MMIBDO’ Allanazarov R , ona tili va adabiyot fani o’qituvchilari Alishev A, Amanova M, Bobojonova Z , Boyqo’ziyev F, Toshboyev A va 6- sinf o’quvshilari ishtirok etishdi.
Mumtoz musiqa sadolari ostida davraga 2 boshlovchi chiqib keldi. Ular Navoiy g’azallaridan namunalar aytib tadbirni ochib berish uchun so’zni MMIBDO’ Allanazarov R ga berdi. R. Allanazarov o’z so’zida Xalqimiz ona tilimizga befarq bo'lmagan o'zbek farzand borki, bugun chuqur iftixor va ehtirom bilan buyuk bobokolonimiz hazrat Mir Alisher Navoiyni esga oladi, bu hazratning avlodi ekanligidan dili cheksiz quvonchga to'lishi haqida gapirdi.
Shundan so’ng tadbir ishtirokchilari 3 guruhga bo’linib o’zaro Alisher Navoiy hayoti va ijodi bo’yicha o’zaro bellashuv olib borishdi. Bellashuvga quyidagi shartlar qo’yildi;

  1. Tanishtiruv sharti.

  2. Alisher Navoiy hayoti va ijodi haqida savol-javob .

  3. Mozaika ( bo’g’in va so’zlardan mozaika usulda g’azallarni to’g’ri yig’ish)

  4. Baxru-bayt. ( Alisher Navoiy ruboiy va g’azallaridan namunalar keltirib aytish)

Bellashuvni ona tili va adabiyot fani o’qituvchilaridan Alishev A, Amanova M va Toshboyev A lar baholab borishdi. Qizg’in bahs va munozaralardan so’ng 6-“A” sinfning “Navo “ guruhi 16 ball , 6-“B” sinfning “ Ma’naviyat “ guruhi 18 ball va
6-“D” sinfning “Xamsa “ guruhi ham 18 ball to’plashdi.
Bellashuv ishtirokchilariga estalik sovg’alar taqdim etildi.

-maktab MMIBDO’ : R. Allanazarov


Ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi : Z. Bobojonova
Yüklə 27,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə