Bellashuv uz – Barcha fanlardan testlar banki 7 sinf geografiya fanidan topshiriqlar: ii-variant test



Yüklə 30,84 Kb.
tarix23.04.2018
ölçüsü30,84 Kb.
#39877




7 - sinf geografiya fanidan topshiriqlar:

II-variant

TEST

1. “Issiqlik mashinasi”ning harakat yo‘nalishi, tezligi kabi xususiyatlariga Oy va Quyoshning tortishi hamda Koriolis kuchi, hatto antropogen omil bilan birga yana nima ta’sir etadi?

A) Yerning ichki energiyasi B) Shamollar C) Havo bosimi D) Yerning tashqi energiyasi

2. Qaysi okeanda cho‘kindi jinslarning qalinligi chuqur botiqlarda 100-200 m ni tashkil etadi?

A) Atlantika B) Hind C) Shimoliy Muz D) Tinch



3. Qizil – sariq ferrolit tuproqlar qaysi mintaqada tarqalgan?

A.) Tropik B) Subekvatorial C) Ekvatorial D) Subtropik



4.Qaysi okeanda oqimlar halqalar hosil qiladi?

A) Janubiy B) Tinch C) Atlantika D) Hind



5.Yevrosiyodagi mo‘tadil mintaqaning qaysi qismida yoz salqin , qish yumshoq bo‘ladi?

A) Sharqida B) Shimolida C) Janubida D) G‘arbida



6.Himolayning qaysi qismida botqoqlashgan changalzorlar –terayalar joylashgan?

A) Tog‘ yonbag‘rida B) Tog‘ etagida C) Tog‘ cho‘qqisida D) Joylashmagan
7.Braziliya yassitog‘ligida qanday tog‘ jinslaridan qazilmalar qazib olinadi?

A) Kristall va metamorfik B) Cho‘kindi C) Magmatik D) Metamorfik

8.O‘rta Osiyo chalacho‘l zonasining iqlimi qanday?

A) Quyosh nurlarini o‘rtacha oladi, harorat yuqoridan pastroq, yillik yog‘in miqdori 150-175 mm

B) Quyosh nurlarini kamroq oladi, harorat o‘rtacha, yillik yog‘in miqdori 200-225mm

C) Quyosh nurlarini ko‘proq oladi,harorat yuqori, yillik yog‘in miqdori 200-225 mm

D) Quyosh nurlarini kam oladi, harorat nisbata past, yillik yog‘in miqdori 100-150 mm

9.O‘rta Osiyo hududida yoz oylarida qaysi radiatsiya miqdori ko‘p bo‘ladi?

A) Yalpi B) Tarqoq C) To‘g‘ri D) To‘plama



10.Kimning asari 1878 yilda rus tiliga tarjima qilingan?

A. Al Xorazmiy “Yer tasviri” B. Bobur “Boburnoma” C.Beruniy “Hindiston” D. Abu Is’hoq Istaxriy “Iqlimlar kitobi”



11. “20%” iborasi quyidagi javoblardan qaysi biriga tegishli?

A. Kattaqo‘rg‘on suv omborida 1 yilda 20% suv bug‘lanadi

B.Quyoshdan keladigan energiyaning 20 % ga yaqin qismi havo qobig‘idan aks etib , fazoga qaytadi

C. O‘zbekistonda haydaladigan yerlar jami yer fondining 20% ni tashkil etadi

D. O‘zbekistonda 1 yil mobaynida kollektor va drenajlarda to‘planadigan suv hajmi mamlakatda mavjud suv hajmining 20 % ga yaqin qismini tashkil etadi

12. O‘rta Osiyoning dasht zonasiga kirmaydigan hududlarini belgilang .

A. Qozog‘iston past tog‘larining markaziy qismi

B. To‘rg‘ay platosining shimoliy qismi ,Qozog‘iston past tog‘larining shimoliy qismi

C. Qozog‘iston past tog‘larining g‘arbiy va sharqiy qismi ,To‘rg‘ay platosining janubiy qismi

D. Qozog‘iston past tog‘larining markaziy qismi, To‘rg‘ay platosining shimoliy qismi

13. O‘rta Osiyoning barcha burmali tog‘laridagi yer osti suvlarining asosiy qismi qanday suvlardan iborat?

A.karst yo‘laklari va chuqurliklaridan chiqadigan

B.tog‘ jinslari yoriqlaridan va karst yo‘laklaridan chiqadigan

C.tog‘ jinslari yoriqlaridan chiqadigan D. tog‘ jinslari yoriqlaridan va yer po‘stidan chiqadigan



14.Nimasi bor tuproqlar donador bo‘ladi?

A. fosfor moddasi bor B.kaliy moddasi bor C.chirindisi bor D.kesakchalari bor



15.Nishopur tog‘i qaysi tog‘lar tarkibida joylashgan?

A.Turkman-Xuroson B.Himolay C.Hindiqush D.Pomir



16 Yer yuzida nechta soat mintaqasiga bo‘linadi

A 12 B 24 C16 D 20



17. O‘rta Osiyo hududida qaysi fasllarda tarqoq radiatsiya miqdor ko‘proq bo‘ladi?

A.bahor va yoz B. kuz va qish C. qish va bahor D. bahor va kuz



18.Shimoliy qismi qumli tekislikdan iborat relyef shaklini toping?

A.To‘rg‘ay platosi B.Ustyurt platosi C. To‘rg‘ay supasimon o‘lkasi D.Qozog‘iston past tog‘lari



19.O‘rta Osiyo haqidagi dastlabki ma’lumotlarni kimlarning asarlarida uchratish mumkin?

A. Al Xorazmiy, Bobur, Beruniy, Abu Is’hoq Istaxriy B. Syuan Szan ,Chjan-Syan

C.Gerodot,Strabon ,Arrian,Ptolemey D.Mushketov,Fedchenko,Severov,Mushketov

20.Qaysi andozalardan foydalanilganda materiklar, davlatlar, dengizlar,orollar va boshqalarning maydonlari xatosiz tasvirlanadi?

A. ixtiyoriy andoza B. teng maydonli C. teng burchakli D. konussimon



21. Ustyurt platosining O‘zbekiston qismi shimolidagi qaysi balandlikning janubida Borsa –kelmas botig‘i joylashgan?

A.Kassaram B. Qoraqalpog‘iston C. Shoxpaxta D. Kuanish



22.O‘zbekistonning balandligi 2000 m dan past tog‘lardan boshlanuvchi daryolarini toping .

A. Chirchiq,Tursundaryo B. Zominsuv ,Sangzor C.Ohangaron,SheroboddaryoD. Tursundaryo , Sheroboddaryo



23.Boysun tizmasi qaysi tog‘ tizmalari bilan tutash?

A. Zarafshon va Turkiston B. Nurota va Oqtog‘ C. Hisor va Ko‘hitang D. Turkiston va Hisor



24.Tayxu ko‘li qaysi tabiiy geografik o‘lkada joylashgan?

A.Janubi-G‘arbiy Osiyo B.Janubi-sharqiy Osiyo C.Janubi Osiyo D.Sharqiy Osiyo



25.Ko‘llar mamlakati deb qayerni aytishadi?

A.Kareliya B.Finlandiya C.Bolqon yarim oroli D.A va B



26 O‘rta osiyo haqidagidastlabki ma’lumotlar kimlarning asarlarida uchraydi?

A Geradot Strabon B Ruf Tatsit C Arrian Ptolomey D Ava C



27 O‘rta osiyo geografiyasiga asos solgan alloma kim ?

A Beruniy B Al –Xorazmiy C Bobur D M. Koshg‘ariy



28.Miloddan avvalgi VII- V asirlarda Zarafshon vodiysida qaysi davlat bo‘lgan?

A) Marg‘yona B) So‘g‘diyona C) Baqtrriya D) Xorazm



29 .O‘rta Osiyo daryolari to‘yinishiga ko‘ra necha guruhga bo‘linadi?

A) 3 guruhga B) 5 guruhga C) 4 guruhga D)2 guruhga



30.Vaxsh daryosida qaysi suv ombori qurilgan?

A) Boxtarma B) To‘xtag‘ul C) Norak D) Hovuzxon




1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

14

15

16

17

18

A

D

C

B

D

B

A

C

C

A

B

C

B

D

A

B

C

B

19

20

21

22

23

24

25

26

27

28

29

30



















C

B

A

B

C

D

B

D

B

B

C

C




















Kamolov Mansurjon Muhammadovich – Tel: +998912511112

+998934601119



Yüklə 30,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə