BePro it academy



Yüklə 14,73 Kb.
tarix29.11.2023
ölçüsü14,73 Kb.
#143381
BePro IT ga hat


Hurmatli _______________ Sizning “BePro IT Academy” o‘quv markazingiz bilan AKTvaAHI tomonidan imzolangan ________sonli shartnomaga ko‘ra bizning 4 nafar hodimlarimiz CCNA (1,2,3) v7 bo‘yicha (halqaro sertifikatga topshirish bilan birgalikda) bilimlarni olib kelishmoqda. Bilimlarni berishda o‘qituvchining bilim darajasi mukammal darajada va barcha talablarga javob beradi. Dars ko‘tarinki ruxda tashkillashtirilmoqda. Biroq hodimlarimiz tomonidan yangi bilimlarni egallashda bir qator asosli muammolar yuzaga kelmoqda. Jumladan:
- dars mashg‘ulotlarining har kuni tashkillashtirilganligi. Hodimlarimiz ishdan ajralmagan holda mashg‘ulotga qatnashayotganligini hisobga olinsa egallagan yangi bilimlarni mustahkamlash uchun vaqt yetarli emas;
- berilayotgan yangi bilimlar tezkorlik bilan amalga oshirilishi. So’ngi kunlarda dars mashg‘ulotlari 3-3,5 soatdan tashkillashtirilmoqda va bir necha kun o‘tilishi lozim bo‘lgan mavzular bir kunda o‘tilmoqda;
- bilimlarni egallashda amaliy mashg‘ulotlarning kamligi; Dars mashg‘ulotlarni davomida amaliy tarzda ishlash deyarli yo‘q (“IPv4 Addressing” mashg’ulotidan tashqari).
- amaliy vazifalarning berilmasligi va uning tekshirilmasligi; Shu kunga qadar o‘qituvchi tomonidan o‘tilgan mavzular yuzasidan bilimlarni mustahkamlash uchun amaliy vazifa berilmagan va kelgusi mashg‘ulotlarda tekshirilmagan (“IPv4 Addressing” mashg’ulotidan tashqari).
Yuqorida keltirib o‘tilgan muammolar bartaraf etilmasa hodimlar tomonidan bilimlarni sifatli egallanishi ta’minlanmaydi va buning natijasida pirovard maqsadga erishib bo‘lmaydi.
Yuqoridagi muammolardan kelib chiqib shuningdek, shartnoma talablariga asosan Sizdan dars mag‘ulotlarini shoshmasdan, chuqurroq, amaliy vazifalarga boy shuningdek, yangi bilimlarni egallash uchun yetarli vaqt ajratgan holda (haftada
3 marta) tashkillashitirilishini ta’minlab berishingizni so‘raymiz.
Yüklə 14,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə