FTAI
Jild: 03 | Nashr: 05 | мај 2022
“BILIG – ILMIY FAOLIYAT” nashri http://bilig.academiascience.org
165
Solijonova Iroda
Farg`ona
davlat universiteti, magistri
MORFOLOGIK KOMPETENTLIKNI SHAKLLANTIRISH YO`LLARI
FAN, TA’LIM VA
AMALIYOT
INTEGRATSIYASI
ISSN: 2181-1776
Anotatsiya
Mazkur maqolada til va nutq tushunchalari, o`quvchilarda
lingvistik kompetensiyani
shakllantirish usullari va umumiy o„rta ta‟lim maktablarida ona tili darslarida
kompetensiya,
morfologiya, morfologik kompetensiyadan foydalanish bo„yicha namunalar berilgan.
Kalit so'zlar:
Nutq, til, lingvistik kompetensiya, kompetensiya, morfologiya,
morfologik kompetensiya.
Til - bu insoniyatni millat sifatida shakllanishi va bardavomligini ta‟minlovchi mo„jizasi,
shaxs sifatida shakllanishi va ma'naviy rivojlanishining zaruriy vositasidir.
Tilshunos olim
E.Begmatov “Til bu insonning butun borlig„i – moddiy turmushi, madaniy - ma‟naviy
hayoti,
etnik va ruhiy holati, aqlu tafakkuri,
estetik olami, o„tmishi, buguni va istiqbolini
gavdalantiradigan musaffo oynadir” [1], - deya ta‟riflasa, professor N.Mahmudov “Inson tili
benihoya
murakkab, benihoya ko„p tomonlama, benihoya o„ziga
xos muhtasham va
muntazam hodisadirki, uning barcha jihatlarini yaxlitligicha va birdaniga tasavvur qilishga
ko„pda inson aqli ojizlik qiladi” [2], - deb tilning faqat
aloqa-aralashuv vositasi
bo„lmasdan, xalq va millat ma‟naviy mulkining xazinasi ham ekanligi, uning naqadar ko„p
qirrali, mo„jizakor, nodir ne‟mat ekanligini e‟tirof etadi. Har qanday milliy til kabi o„zbek
tili ham o„zbek xalqini birlashtiruvchi, uning milliy ruhini ifodalovchi vositadir.
Umumta‟lim
maktablarida o