Bilish – falsafiy muammo sifatida. Bilishning predmeti, obyekti va subyekti. Bilish bosqichlari, asosiy turlari va shakllari



Yüklə 152 Kb.
səhifə1/17
tarix24.03.2023
ölçüsü152 Kb.
#103043
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bilish – falsafiy muammo sifatida. Bilishning predmeti, obyekti


5-mavzu: Bilish falsafasi (Gnoseologiya)

Reja:


  1. Bilish falsafiy muammo sifatida.

  2. Bilishning predmeti, obyekti va subyekti.

  3. Bilish bosqichlari, asosiy turlari va shakllari.

  4. Haqiqat tushunchasi, uning mezoni va asosiy shakllari.

  5. Falsafada metod va metodologiya, metodika tushunchalari.

  6. Falsafa va fan metodlari.



Tayanch so‘z va iboralar: Gnoseologiya, epistemologiya, dunyoni anglash, in’ikos, ong, til, ongning tuzilishi, ijtimoiy ong, individual ong, odatiy va nazariy ong, bilim, kundalik (empirik) bilim, nazariy bilim, bilish obyekti, bilish subyekti, xissiy bilish, mantiqiy bilish, ilmiy bilish metodlari, nazariya, optimizm, skeptitsizm, agnostistizm, gnostiklar, agnostiklar, hissiy va rasional bilish, intuitsiya, sezgi, idrok, tasavvur, tafakkur, mantiqiy tafakkur, tushuncha, hukm, xulosa, gipoteza, bilim, bilim shakllari, kuzatish, eksperiment, ilmiy dalil, nazariy bilim, muammo, paradigma, haqiqat, obyektiv haqiqat, mutlaq haqiqat, nisbiy haqiqat, isbotlash, rad etish, ideal, iroda, yolg‘on, yanglishish, metod, metodologiya, metodika, fan metodlari, falsafa metodlari, dialektika, metafizika, sofistika, eklektika, sinergetika, evristikai.


Bilish nazariyasi, yoki gnoseologiya (yunoncha – bilish haqidagi ta'limot) – falsafiy ta'limotlarning ajralmas qismidir.
Gnoseologiya subyektning bilish faoliyatining prinsiplari, qonuniyatlari, shakllari, bosqichlari va darajalarini, shuningdek, shu prinsip va qonunlardan kelib chiqadigan, haqiqiy bilimga erishilishini ta'minlaydigan talablar va mezonlarni o‘rganadi. Bilish nazariyasi bilish jarayonining oddiy, kundalik darajasini ham, bilishning umumiy ilmiy shakllari va metodlarini ham tadqiq qiladi.
Bilishning bosh vazifasi haqiqat izlashdir. Haqiqat masalasi butun bilish nazariyasining eng muhim vazifasidir. Faylasuflar orasida haqiqat va uning bilishdagi roli to‘g‘risida yagona fikr yo‘q.
Bilish- bu inson ongi va tafakkurining tabiat, jamiyat va o‘zi to‘g‘risida yangi bilimlar hosil qilishga qaratilgan aqliy, ma’naviy faoliyat turidir. Bilish bu inson ongining yangi bilimlarga boyib borish jarayonidir. Bilishning mahsuli, natijasi Ilm bo‘lib, har qanday kasbni egallash faqat ilm va tajriba orqali ro‘y beradi.

Yüklə 152 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə