Biologiya (odam va uning salomatligi) Real Education biologiya



Yüklə 55,93 Kb.
tarix30.03.2022
ölçüsü55,93 Kb.
#84884
BIOLOGIYA-26.04


BIOLOGIYA (ODAM VA UNING SALOMATLIGI) Real_Education


BIOLOGIYA
46. G.Mendel tomonidan aniqlangan qonuniyatlarni aniqlang?

1) belgilarning mustaqil irsiylanishi; 2) belgilarning birikkan holda irsiylanishi; 3) irsiyatning xromosoma nazariyasi; 4) jinsga birikkan holda irsiylanish; 5) tahliliy chatishtirish; 6) gametalar sofligi gipotezasi.

A) 1, 5, 6; B) 2, 3, 4;

C) 1, 3, 4; D) 2, 5, 6;


47. Yirtqich umurtqasiz (a) va o’txo’r umurtqali (b) hayvonlarni aniqlang?

1) malla shomshapalak; 2) zlatka; 3) falanga;

4) tipratikan; 5) aureliya; 6) tillako’z; 7) bizon;

8) qaldirg’och; 9) hasva qandalasi; 10) karkidon

A) a- 3, 9; b- 4, 10; B) a- 5, 6; b- 7, 10;

C) a- 3, 5; b- 1, 8; D) a- 2, 6; b- 4, 8;


48. To'g'ri fikrni aniqlang?

A) Ko'lbuqa urg’ochisi geterogametali, ko'l baqasi erkagi

gomogametali bo'ladi;

B) Tereska hujayrasida uglevod, teresken hujayrasida oqsil ko'p bo'ladi;

C) Yaguarda gastrulatsiya qat-qat joylashadi, kazuarda botib kirish bilan amalga oshadi;

D) Xongulda Mg elementi biologik katalizatorlar tarkibiga, xolmonda xlorofill pigmenti tarkibiga kiradi;


49. Hujayraning tuzilishi, funksiyalari qaysi usullar yordamida o‘rganiladi?

A) egizaklar, duragaylash;

B) sitogenetik, populyatsion;

C) sentrifugalash, sitokimyoviy;

D) tarixiy, kuzatish;
50. Kostroma va Kornuel zotlari uchun umumiy bo’lgan

ma’lumotlarni belgilang?

1) siydik yo’li kloakaga ochiladi; 2) tashqi quloq quloq suprasi va eshitish yo’lidan iborat; 3) miyacha po’stlog’ida burmalari ko’p; 4) umurtqalilar kenja tipiga mansub; 5) embrioni ona organizmdan tashqarida rivojlanadi; 6) yuragi to’rt kamerali

A) 3, 5, 6; B) 1, 2, 4;

C) 1, 2, 5; D) 3, 4, 6;
51. O’simliklarning meva nomlari to’g’ri juftlangan javobni aniqlang?

1) anzurning ko’sagi; 2) nokning olma mevasi;

3) tarvuzning rezavor mevasi; 4) bangidevonaning ko’sagi; 5) lavlagining ildizmevasi; 6) makkajo’xorining so’tasi.

A) 2, 4, 6; B) 1, 3, 5;

C) 1, 5, 6; D) 1, 2, 4;
52. Odamning eshitish organiga oid ma’lumotlardan qaysi biri noto’g’ri?

A) Dahliz va yarimdoira kanalchalarda vestibulyar

analizatorning periferik qismi joylashgan;

B) Nog’ora parda va quloq suprasi orasida nog’ora bo’shlig’I bo’ladi;

C) Suyak labirinti ichida parda labirinti, ular orasida

perilimfa suyuqligi bo’ladi;

D) Tashqi quloq - quloq suprasi va nog’ora parda bilan

tugovchi eshitish yo’lidan iborat;


53. Quyidagi hayvonlarning ikkinchi nomi va ularga xos

belgilarni aniqlang?

1) bukri baliq; 2) gulmoyi

A) 1- gorbusha, dengizda hayot kechiradi; 2- qilquyruq, to’sh suyagiga ega emas;

B) 1- gorbusha, miya qutisi suyakdan iborat; 2- forel,

suyak-tog’aylilar turkumi vakili;

C) 1- gorbusha, rivojlanishi chuchuk suvdan boshlanadi; 2- forel, orqa suzgichi ikkita;

D) 1- gorbusha, postembrional davrida o’q skeleti xordadan iborat; 2- forel, suzgich kamari umurtqaga birikmaydi;


54. Faqat erkakalik (a), faqat urg’ochilik (b) hujayraga ega bo’lgan to’pgullar qaysi javobda to’g’ri berilgan?

A) a- makkajo’xorini so’tasi; b- shuvoq savatchasi;

B) a- oqqayin kuchalasi, b- makkajo’xorining so’tasi;

C) a- ituzumni gajagi; b- bodiyonning soyoboni;

D) a- terakni kuchalasi; b- karamning shingili;
55. Feruzaning ovqat ratsionida oqsil, uglevod, yog’ning massa nisbati 1:1:1 nisbatda bo’lib qo’shimcha ovqatlanishdan ajralgan energiya 315 kkal ga teng bo’lsa, Feruzaning ovqat tarkibidagi biopolimerlardan ajralgan energiyani kj da hisoblang? (Ratsional ovqatlanishning yuqori foiziga amal qilingan)

A) 8892 kj; B) 984 kj;

C) 2100 kj; D) 4224 kj;
56. Qaysi javobda gulli o’simliklarning qo’sh urug’lanish

jarayonida chang hosil bo’lishidan urug’ hosil bo’lishigacha bo’lgan davr ketma-ketligi to’g’ri keltirilgan?

1) spermiylarning murtak xaltasiga kirishi; 2) triploid

hujayraning hosil bo’lishi; 3) chang naychasining hosil

bo’lishi; 4) urug’kurtakdan urug’ning hosil bo’lishi;

5) generativ va vegetativ hujayraning hosil bo’lishi

A) 3, 1, 5, 2, 4; B) 5, 3, 1, 4, 2;

C) 3, 1, 5, 4, 2; D) 5, 3, 1, 2, 4;


57. Odamning ko‘krak qafasini tashkil etuvchi

suyaklar soni qaysi suyaklar soni yig‘indisiga teng?

A) uzun naysimon suyaklar, miya qutisi, yuz

suyaklari, kurak suyaklari;

B) uzun naysimon suyaklar, miya qutisi, yuz suyaklari,

kalta naysimon suyaklari;

C) kalta naysimon suyaklar, miya qutisi, yuz suyaklari,

kurak suyaklari;

D) uzun naysimon suyaklar, miya qutisi, yuz suyaklari,

panja suyaklari;


58. Pilla ichiga tuxum qo’yuvchi organizmlarni aniqlang?

A) jigar qurti, exenakok;

B) suv shillig’i, qurbaqa;

C) planariya, chayon;

D) yomg’ir chuvalchangi, butli o’rgimchak;
59. Quyidagi ma`lumotlar qaysi tuzilmalarga mos keladi?

1) tarkibida adenin, riboza va ikkita fosfatkislota qoldig'i

bo’ladi; 2) osh tuzining kuchsiz eritmasida eriydi;

3) monosaxarid hisoblanadi;

A) 1 - ADF; 2 - globulin; 3 – riboza;

B) 1 - ATF; 2 - albumin; 3 – dezoksiriboza;

C) 1 - ADF; 2 - nukleoprotein saxaroza; 3 – saxaroza;

D) 1 - RNK; 2 - maltoza; 3 – xromoprotein;


60. 74.DNK da guanin necha foiz boʻlganda DNK dagi

vodorod bogʻlar jami nukleotidlardan 1 taga koʻp

boʻladi? (Purin asoslari 50 ta)

A) 1%; B) 3%; C) 2%; D) 5%;


61. Xorda butun umri davomida saqlanmaydigan umurtqalilarni toping?

1.beluga; 2.latcha; 3.oq amur; 4.qizilquyruq; 5.dengiz tulkisi; 6.gekkon; 7.lansetnik; 8.dilfin; 9.strelyad.

A) 4,6,8,9; B)1,4,3,7; C) 2,4,8,9; D) 2,3,4,6,8;
62. Odam yuragining o‘ng bo‘lmachasiga xos bo‘lgan ta’riflarni aniqlang?

1) ikki tavaqali klapan bilan tutashgan; 2) uch tavaqali klapan bilan tutashgan; 3) undagi qon tarkibida karbonat angidrid va mochevina bo‘ladi; 4) vena qon tomiri bilan tutashgan; 5) arteriya qon tomiri bilan tutashgan;

6) yarim oysimon klapan bilan tutashgan.

A) 1, 3 B) 2, 4 C) 1, 6 D) 5, 6


63. Yopiq urug‘li o‘simlik (a), ochiq urug‘li o'simlik (b), sporali o‘simlik (c) larni aniqlang?

1) zarpechak; 2) rovoch; 3) raffleziya; 4) baliqko‘z;

5) saur; 6) funariya.

A) a - 1, 5; b - 4; с – 6; B) a - 2, 4; b - 5; с – 3;

C) a - 1, 3; b - 2; с – 6; D) a - 1, 4; b - 5; с – 6;
64. Qaysi hayvonlar guruhida 3 juft nerv tugunlari bo`ladi?

A) tok shillig`i, bitiniya, dreysena;

B) sadafdor, tridakna, ustrisa;

C) baqachanoq, suv shillig`I;

D) nereida, yomg`ir chuvalchang, qizil chuvalchang;
65. Shimpanze zigotasi bir necha marta bo’lingandan keyin hosil bo’lgan blastomerlar soni va blastomerdagi jami xromosomalarning farqi 12032 ga teng bo’lsa, zigota necha marta meridianal bo’lingan?

A) 3 marta; B) 4 marta;

C) 5 marta; D) 6 marta;
66. Tashqi sekretsiya bezlariga qaysi bezlar kiradi?

1. qalqonsimon; 2. gipofiz; 3. so`lak bezlari; 4. teri bezlari; 5. qalqon orqa; 6. Jinsiy; 7. me`da osti; 8. Jigar;

9. ayrisimon; 10. Epifiz.

A) 3,4; B) 1,10; C) 6,7; D) 3,9;


67. Butli o`rgimchak oyoq paypaslagichlariga xos bo`lgan xususiyatlarni aniqlang?

1.xitin po`st bilan qoplanmagan; 2.asosiy bo`g`imlari pastki jag`lar vazifasini bajaradi; 3.sezgir tukchalar bilan qoplangan; 4.hid bilishda ishtirok etadi; 5.yurish oyoqlariga nisbatan kalta; 6.tuyg`u organi hisoblanadi.

A) 2,3,6 B) 1,3,5,6 C) 3,4,5 D) 1,4
68. Boldir muskullari 1 min ish bajarganda 19 kj energiya sarflasa 20 min ish bajarishi uchun qancha gulyukoza sarf bo’ladi?

A) 20,2 gr; B) 21,6 gr;

C) 18,6 gr; D) 19,0 gr;
69. Keltirilgan sxemadagi to’pgulga mos ta’rifni

aniqlang?



A) to‘pgulni gulpoyasining uchi etdor likopchasimon

kengaygan, tashqi tomondan o‘rama barglar o‘rab turadi;

B) to‘pgulni yo‘g‘on va uzun gulpoyasida bandsiz gullar

Joylashadi;

C) to‘pgulda gullar kalta va yo‘g‘on gulpoyada bandsiz

joylashadi, sharsimon shakldagi to‘pgulni hosil qiladi;

D) to‘pgulda mayda gullari uzun gulpoyada bandsiz

Joylashadi;
70. Fitoplankton→zooplankton→mayda baliq→yirtqich baliqdan iborat oziq zanjirining umumiy biomassasi 1111 tonna bo’lsa, II tartibli konsumentning biomassasini aniqlang?

A) 1 t; B) 10 t; C) 11 t; D) 100 t;


71. Basketbolchining ko’zi bog’langan holda to’pni

savatchaga tushirishi qaysi retseptorga bog’liq?

A) vestibulyar; B) muskul, pay retseptor;

C) visseroretseptor; D) ko’ruv analizatori;


72. G’o’za o’simligida parazitlik qiladigan hashoratning turkumini aniqlang?

A) qo’ng’iz turkumi; B) to’g’ri qanotlilar;

C) tangachaqanotlilar; D) ikki qanotlilar;
73. Nuqtalar o‘rniga mos javobni tanlang. Siklop soxta kurakburun singari . . . . ?

A) nerv sistemasi bosh va orqa miyadan iborat;

B) skeleti suyakdan iborat;

C) jabra orqali nafas oladi;

D) qon aylanish sistemasi yopiq;
74. Mitoz sikli bosqichlari to‟g‟ri ketma ketlikda berilgan javobni aniqlang?

1. Bo‟linish urchug‟I to‟liq shakllanadi.

2. Sentriolalar hujayra qutblariga tarqaladi.

3. Birlamchi belbog‟ uziladi. 4. Xromasomalar qutblarga to‟planadi. 5. Xromasomalar despirallashadi.

6. Xromasomalar bo‟linish urchug‟iga birikadi

A) 2.1.6.3.4.5; B) 1.3.5.2.4.6;

C) 1.5.6.2.3.4; D) 5.3.4.6.1.2;
75. G‘o‘zada poyaning uzun bo‘lishi past bo‘lishi ustidan to‘liq, tolaning qo‘ng‘ir rangda bo‘lishi oq bo‘lishi ustidan chala dominantlik qiladi va bu genlar mustaqil irsiylanadi. Digeterozigotali g‘o‘zalar o‘zaro chatishtirilib olingan avlod orasida 300 tasi past bo‘yli qo‘ng‘ir tolali bo‘lsa, uzun poyali oq tolali o‘simliklar sonini aniqlang?

A) 600; B) 300; C) 450; D) 900;





Yüklə 55,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə