Biologiya o’qitish metodikasining rivojlanish tarixi



Yüklə 55,5 Kb.
səhifə1/3
tarix15.03.2023
ölçüsü55,5 Kb.
#102575
  1   2   3
Biologiya o’qitish metodikasining rivojlanis


Aim.uz

Biologiya o’qitish metodikasining rivojlanish tarixi
Darsning maqsadi va vazifalari:
a) ta’limiy: ulug’ mutafakkirlar inson madaniy ma’rifiy qarashlarini o’stirishda o’z davrida va keyinchalik ham asosiy rolь o’ynaydilar, inson kamolotiga doir beqiyos ta’limotni yaratadilar.
b) tarbiyaviy. insonning axloqiy ruhiy kamolotini ulug’lash
v) rivojlantiruvchi insonning kamolotga yetishida ilmu ma’rifat, san’at va amaliyot asosiy rolь o’ynasada, nasl-nasab, ijtimoiy muhit va ijtimoiy turmush qonuniyatlari ham katta ahamiyatga ega
Darsning turi: ma’ruza.
Dars uchun ajratilgan vaqt: 80 min. Dars o’tish joyi: № 536 xona.
Darsning jixozlanishi: Adabiyotlar, tablitsa.
Fanlar bilan bog’lab o’tish: psixologiya, pedagogika, kimyo.
Xayot bilan bog’lab o’tish: insonga o’qitish, tushuntirish asosida nazariy bilim berish; tarbiya nazariy fazilatlarni, ma’lum hunarni egallash uchun zarur bo’lgan xulq normalarni va amaliy malakalarini o’rgatishdir,
Darsning texnologik xaritasi.
Darsning borishi:
1. Tashkiliy qism: salomlashuv, davomat, yangiliklar. (2 min)
II. O’tilgan mavzuni so’rash va mustaxkamlash: (30 min)
1. Biologiya o’qitish metodikasining asosiy maqsadi va vazifalari iimalardan iborat
2. O’quvchilarni tarbiyalashda biologik ta’limning qanday ahamiyati bor?
3. Biologiya o’qitish metodikasi bilan psixologiya fani o’rtasida qanday bog’lanish bor?
4. Nima uchun har bir kishiga biologik bilimlar kerak?
5. Nima uchun tadqiqot bilogiya o’qitish metodikasi fanida eng muxim metod xisoblanadi.
III. Asosiy tayanch iboralar: ( 5 min) Tabiiyotshunoslik va biologiya o’qitish metodikasi. Maktablardagi tabiiyot o’quv fanlarik. Maktablardagi biologiya o’quv fanlari. Biologiya o’qitish metodikasiga oid darsliklar.Jihozlar.
IV. Asosiy qism. (30min)
Yangi mavzu bayoni:
Reja:
1. Tabiatshunoslik o’qitish metodikasining dastlabki davri.:
2. XX asrda biologiya o’qitish metodikasining holati.
3. Uzbekistonda biologiya o’qitish metodikasi.
1.Tabiatshunoslik o’qitish metodikasining dastlabki davri. Tabiatshunoslik maktablarga o’quv fani sifatida 18- asr oxirida kiritilgan. Bu sohada dastlabki darslikni V.F.Zuyev yozgan. Uning darsligi "Anorganik tabiiyot", "O’simliklar dunyosi", «hayvonlar dunyosi» kabi bo’limlardan tashkil topgan. Birinchi bo’lim tuproq, toshlar, tuzlar, yonilg’i moddalar, toshga aylangan organizmlar haqidadir. O’simliklar dunyosi bo’limida esa o’simliklarning hujayraviy tuzilishi, har xil o’simliklarning tasnifiga oid bilimlar berilgan.Zoologiya bo’limida ayrim hayvonlarning tashqi qiyofasi, hayot kechirishni hikoya qilinadi.V.F.Zuyev darsligida o’simliklar, hayvonlar morfologiyasi, sistemasidan tashqari ekologiyaga oid ma’lumotlar bor. Darslikda tabiiy, tasviriy ko’rgazmali qurollardan foydalanish haqida ham fikr bildirilgan.
X1X asrda nashr qilingan A.Sh.Teryayev botanika darsligi sistematika fanining asoschisi Karl Linneyning "Botanika falsafasi" asaridan to’liq ko’chirilganligi sababli o’quvchilar uchun tushunarli bo’lmadi. 1828-1852 yillar mobaynida halq ta’limi sohasida isloh o’tkazilib , Tabiatshunoslik o’quv fani maktab rejasidan olib tashlandi.
Lekin keyinchalik 1853 yildan boshlab maktablarda qayta «tabiat haqida umumiy tushuncha», «zoologiya», «botanika», «mineralogiya», «odam anatomiyasi va fiziologiyasi» kabi fanlar o’qitila boshladi.
19 asrning ikkinchi yarmiga kelib Ch.Darvinning organik olam evolyutsiyasi to’g’risidagi ta’limoti e’lon qilingandan keyin olimlardan A.N.Beketov, K.A.Timiryazev maktab Tabiatshunoslik o’quv fanini asosiy vazifasi o’quvchilarning mantiqiy tafakkurni rivojlantirish va tarbiyalashdan iborat ekanligini e’tirof etdilar.
A.N.Beketov o’quvchilarning mustaqil ravishda mantiqiy tafakkurini rivojlanishida Tabiatshunoslik muhim ahamiyatga ega ekanligini qayd kiladi. U Tabiatshunoslikni o’qitishda qo’rgazma qurollardan keng foydalanish, tajribalar olib borish nihoyatda muhim ekanligini ta’kidlaydi. A.L.Gerd X1X asrning Tabiatshunoslikning yirik metodisti sanaladi. Uning qayd etishicha maktab Tabiatshunoslikining asosiy maqsadi o’quvchilarga rivojlantiruvchi bilim berishdan xamda bilim olishdagi ularning mustaqilligini taraqqiy etdirishdan iboratdir. A.L.Gerd faoliyatida darslarda tajribalarni namoyish qilish, ekskursiyalar o’tkazish, amaliy mashg’ulotlar olib borish muhim o’rin tutadi. A.Ya.Gerd Darvin tomonidan asoslangan evolyutsion nazariya ta’sirida bo’lgan va o’z darsliklariga evolyutsion prinsipini joriy etgan.
U maktab Tabiatshunoslik kursi:
1. Anorganik dunyo; 2.O’simliklar dunyosi; 3. «Hayvonot dunyosi», «Odam», «Yer tarixi» kabi o’quv fanlaridan tuzilgan bo’lishi kerak deb ta’kidlaydi. A.Ya.Gerd faoliyati tufayli Tabiatshunoslikni o’qitish metodikasi pedagogika fanining alohida ilmiy shaxobchasi sifatida e’tirof etila boshlandi.

Yüklə 55,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə